INSONNING TIL VA MADANIYATDAGI O‘RNI
INSONNING TIL VA MADANIYATDAGI O‘RNI Reja: 1. Inson – milliy mentallik va til egasi 2. Lisoniy shaxs
1. Inson – milliy mentallik va til egasi. So‘nggi yillarda falsafa, madaniyatshunoslik, tilshunoslik va lingvokulturologiyada insonning tabiatini, tashqi ko‘rinishini, ichki dunyosini, mentaliteti va h.k.ni atroflicha o‘rganishga kirishilgani kuzatilmoqda. Lingvokulturologiyaning “maqsadi – til vositasida insonni qanday qilib ko‘proq o‘rganish mumkinligini ko‘rsatishdir” . Lingvokulturologik nuqtayi nazardan “inson muayyan milliy mentallik va til sohibi, boshqa millat jamoalari vakillari bilan o‘zaro hamkorlik faoliyatining (xususan, nutqiy faoliyatda) ishtirokchisi sifatida tushuniladi”. Zamonaviy fanlarni endi oddiy odam emas, balki shaxsiyat, ya’ni tafakkur va til sohibi, murakkab ichki dunyoga ega bo‘lgan, narsa va hodisalar dunyosiga va o‘ziga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘lgan aniq inson qiziqtiradi. U Yerda va Koinotda alohida mavqega ega, u har doim olam bilan, o‘z-o‘zi va o‘ziga o‘xshaganlar bilan muloqotga kirishadi. Xudoning suratiga ko‘ra va Unga o‘xshab yaratilgan inson emin-erkindir 1 . Inson –o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy mohiyatdir, “insonda insoniylik uning jamiyat sharoitidagi, insoniyat tomonidan yaratilgan madaniyat sharoitidagi hayoti orqali shakllanadi” (A. A. Leontev). Lingvokulturologiyani shunchaki inson emas , balki tildagi inson qiziqtiradi. Gap shundaki, til insonning yashirin bo‘lgan mental sohasiga kirishimizga yordam beruvchi yagona vosita sanaladi, binobarin, til dunyoni u yoki bu madaniyatga ajratadi. Til inson haqida shunday narsalarni gapiradiki, insonning o‘zi ham bu narsalarni bilmagan bo‘ladi. I.A.Goncharov Y.N.Narishkinaga yozgan xatida: “Til nutq, so‘zlashuv bo‘lib qolmasdan, u insonning butun ichki kechinmalari: ongi, qalbining obrazi, tarbiya, aqliy va axloqiy jihatlarining ifodasidir”, deb ta’kidlagan edi. “Falsafada til faqatgina falsafiy ta’limotlarning ifoda vositasi bo‘lib qolmasdan, u dunyoni va insonni bilish vositasi hamdir. Avval boshda Kalom bor 1 Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: Издательский центр «Академия», 2001.
edi va aynan u bilimlarning muhim manbasi, unda dunyo va inson haqidagi butun ma’lumotlar mavjud” 2 . “Boshqaning” mavjudligini taqozo qiladigan semiotik faoliyat orqali anglashiladigan inson falsafiy fikrning asosiy maqsadiga aylangan. Mashhur yahudiy faylasufi M. Buber tadqiqotning yangi obyektini kashf qilgan: “Inson men va sen munosabatida yashaydi. Bu mohiyatan dialogik munosabat bo‘lib, unda “Sen”siz “Men” mavjud bo‘lmaydi (“Odam odam bilan tirik” – ta’kid bizniki Sh.Usmanova). Insonning yo‘li har doim boshqa inson hamrohligidagi yo‘l bo‘lib, u jamoat hayotining shartidir. Dunyoni biluvchi inson – bu inson bilan insondir. M. Buber insonning hayotga bo‘lgan munosabatining uch jihatini, ya’ni olamga, insonga, Xudoga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib bergan. Olamga munosabat san’atda, insonga munosabat sevgida, Xudoga munosabat diniy ro‘yirostlikda tugallanadi. Inson va boshqa inson o‘rtasidagi “men va sen” munosabati nutqda shakllangan dialogda ochiladi 3 . Inson tarjimayi hol, xronika, solnoma, ta’ziyanoma, va’z, epistolyar janr kabi qator adabiy janrlarning asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi. E. Benvenist til insonning tabiatini qamraydi, shuning uchun u sun’iy kashfiyot bo‘lolmasligini ta’kidlab, shunday yozadi: “Borliqda tilga ega bo‘lgan, boshqa inson bilan so‘zlashadigan inson mavjud, shuning uchun til insonning tavsifiga taalluqlidir... Aynan tilda va til tufayli inson sub y ekt sifatida gavdalanadi, faqat tilgina insonning mavjudligiga aniqlik kiritadi 4 . N.V.Ufimseva va Yu.A. Sorokinlarning milliy mentallik va tilning o‘zaro aloqasi masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlari 5 madaniyatshunoslikda katta 2 Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: Издательский центр «Академия», 2001. 3 Бубер М. Проблема человека. –Киев, 1998. 4 Бенвенист Э. Общая лингвистика. –М., 1974. 5 Уфимцева Н. В. Структура языкового сознания русских: 70-е - 90-е годы // Этническое и языковое самосознание: Материалы конференции. –М., 1995 ; Сорокин Ю.А. Речевые маркеры этнических и институциональных портретов и автопортретов // Вопросы языкознания. 1995. -№ 6 ; С орокин Ю.А. Стереотип, штамп, клише: К проблеме определения понятий // Общение: Теоретические и прагматические проблемы. –М., 1978.
qiziqish bilan kutib olingan. Mazkur tadqiqotlarda biron bir millat vakilining o‘ziga xos xususiyatlari boshqa millat vakillarining ko‘zi bilan psixolingvistik eksperiment asosida tahlil qilingan. Masalan, ruslar amerikalik va yaponlarning ko‘zi bilan tavsiflangan. Ruslar o‘zlari haqida quyidagi tavsiflarni berishgan: mehmondo‘st (5ta javob), ochiq chehrali (5ta javob), mehribon (4ta javob), samimiy (4ta javob), sabr-toqatli (4ta javob), saxiy (3ta javob), ko‘ngli ochiq (2ta javob), ishonuvchan (2ta javob), talantli (2ta javob), kashfiyotchi (2ta javob), hozirjavob (1ta javob), o‘qimishli (1ta javob), odobsiz (1ta javob), xayolchan (1ta javob), kitob ko‘rgan, o‘qigan (1ta javob), ikkiyuzlamachi (1ta javob), aqlli (1ta javob), og‘ir-bosiq (1ta javob), yovuz (1ta javob), (1ta javob), fikri tor (1ta javob), tushkunlikka tushgan (1ta javob), xushchaqchaq (1ta javob), charchagan (1ta javob), asabi tarang (1ta javob), g‘amgin (1ta javob), baxtsiz (1ta javob), xasis (1ta javob), dono (1ta javob), buyuk (1ta javob), dangasa (1ta javob), isyonkor (1ta javob). Amerikaliklar ruslar haqida shunday tasavvurga ega: materialist (7ta javob), do‘stona (4ta javob), isrofgar (3ta javob), qattiq gapiradi (3ta javob), o‘yin-kulgini yaxshi ko‘radi (2ta javob), erkin (2ta javob), mag‘rur (2ta javob), individualist (2ta javob), o‘z ishiga sodiq (2ta javob), ko‘p ishlaydi (1ta javob), sobitqadam (1ta javob), tajovuzkor (1ta javob), xasis (1ta javob), yoqimsiz (1ta javob), takabbur (1ta javob), qo‘pol (1ta javob), dangasa (1ta javob), kashfiyotchi (1ta javob), mehribon (1ta javob), baxtli (1ta javob) va h.k. Ko‘rinadiki, ruslarni tavsiflovchi portretlar va avtoportretlarda ziddiyatlar bo‘lishiga qaramay, mualliflar undagi bir butunlikni ajratishgan 6 . Til inson shaxsini belgilovchi muhim vositalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun tilning to‘satdan yangilanishi lisoniy shaxsga nisbatan zo‘ravonlik sanaladi: bunday vaziyatda inson o‘z-o‘zini anglash va o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning odatiy vositasidan mahrum bo‘ladi. 6 Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: Издательский центр «Академия», 2001.
2. Lisoniy shaxs Lisoniy shaxs – obyektiv voqelikni o‘z ko‘rishiga muvofiq tasvirlash va ma’lum maqsadga erishish uchun muayyan tilning tizimli vositalaridan foydalangan holda ularni matnlarda aks ettirishi nuqtayi nazaridan tavsiflangan u yoki bu til sohibidir. Lisoniy shaxs – muayyan bilimlar va tasavvurlar majmu y iga ega bo‘lgan nutqiy faoliyatni namoyon qiluvchi shaxsdir. Ma’lumki, inson , shaxs madaniyatni yaratadi va unda yashaydi. Aynan shaxsda insonning ijtimoiy mohiyati birinchi planga chiqadi, insonning o‘zi esa ijtimoiy-madaniy hayotning subyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxs haqida boshqa ta’limotlar ham mavjud. Amerikalik mashhur psixolog A. Maslou insonni tashqi dunyodan mustaqil bo‘lgan, ichki mohiyatning mavjudligi sifatida talqin qiladi. Ichki mohiyat har qanday psixologiyaning dastlabki kelib chiqish asosidir. A. Maslouga ko‘ra, shaxsning shakllanishi – bu idealga tomon harakat bo‘lib, unda shaxs o‘z imkoniyatlarini har tomonlama amalga oshiradi. U shunday yozadi: “Inson zotining yashashi uchun unga koordinat tizimi, hayot falsafasi, din (yoki dinning o‘rnini to‘ldiruvchi) xuddi quyosh nuri, kalsiy yoki sevgiday zarur” 7 . Shaxs xalq, millat madaniy an’analarining manzarasida baholanishi kerak. Negaki, insonda insonning tug‘ilishi uchun madaniyat doirasida shakllanadigan madaniy-antropologik prototip lozim bo‘ladi (Piskoppel, 1997). Madaniyat kategoriyalari – makon, zamon, qismat, huquq, boylik, mehnat, vijdon, o‘lim va h.k. mavjud tizim qadriyatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi va ijtimoiy axloq hamda dunyoni o‘zlashtirishning namunalarini belgilab beradi. “Lisoniy shaxs” termini birinchi marta 1927-yili nemis tilshunosi I. Veysgerberning “Ona til va ruhning shakllanishi” nomli asarida paydo bo‘lgan. I. Veysgerber tilni tushunishda jamoatga e’tibor qaratgan. Uning ta’biricha, til umumiy madaniy boylikdir; hech kim o‘zining lisoniy shaxsi tufayli tilni o‘rganmaydi, aksincha, inson muayyan lisoniy hamjamiyatga tegishli bo‘lgani uchungina tilga sohib chiqadi. Rus tilshunosligida bu sohaga birinchi bo‘lib 7 Маслоу А. Психология бытия. –М., 1997.