TIL VA MADANIYATNING O‘ZARO ALOQASI
![TIL VA MADANIYATNING O‘ZARO ALOQASI
Reja:
1. Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi
2. Olamning lisoniy manzarasi
3. “Geshtalt” tushunchasi](/data/documents/f9c9f49b-dd30-47c1-8dd4-1bea2df3a456/page_1.png)
![1. Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi . Til ham madaniyat, ham tabiat
hodisasi sifatida mavjud. Shubhasiz, til madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib,
insoniyatning ijtimoiy tarixidagi eng muhim yutuqlardan biri sanaladi. Lekin
boshqa tomondan tilning materiyasida insonning biologik tabiati namoyon bo‘ladi.
Bu o‘rinda ko‘p narsa nutqiy faoliyatning fiziologik va psixofiziologik
imkoniyatlari bilan aniqlangan. Masalan, dunyoning barcha tillarida unli va
undoshlar hamda ko‘plab tovushlar almashinuvi zanjirining mavjudligi madaniyat
bilan emas, tabiat bilan bog‘liqdir. Binobarin, inson faqat unlilar yoki
undoshlarning o‘zi bilan nutq hosil qila olmaydi. Tabiat til strukturasining teran
xususiyatlarini hamda matnni hosil qilish va uni qabul qilish qonuniyatlarini
aniqlaydi. Madaniyat esa tilning mazmun jihatini aniqlaydi 1
.
Insonning nutqiy faoliyati tug‘mami yoki keyin shakllanganmi? degan savol
haligacha munozarali bo‘lib qolmoqda. Insonning nutq imkoniyatini
psixofiziologik mexanizm bilan ta’minlaydigan tug‘ma lisoniy qobiliyatga
egaligini barcha e’tirof etgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, bu inson
miya qobiliyatining dastlabki ontogenez yillaridagi birinchidan, muayyan til
belgilari tizimini, ikkinchidan, matn tuzishda kerakli belgilarni tanlash qoidalarini
o‘zlashtirishini ifodalaydi. Lisoniy qobiliyatni amalga oshirish atrofdagi muayyan
til eagalari bilan muloqot qilish jarayonida yuz beradi. N. Xomskiyning
ta’limotiga ko‘ra, lisoniy qobiliyatning tug‘ma komponenti juda sermazmun
bo‘ladi, shuning uchun ontogenezda til o‘rganish “noldan” boshlanmaydi. Lisoniy
qobiliyat ayrim tug‘ma va universal bilimlarni o‘z ichiga oladi, inson ular
yordamida jumlalar hosil qiladi va tushunadi. Shunday qilib, N.Xomskiy til
strukturasi va semantikaning botiniy xususiyatlarini tabiiy-genetik asosga
tutashtiradi 2
.
“Til va madaniyat” masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, unga madaniyat tarixchisi,
tilshunos, faylasuf, psixolog, etnograf va adabiyotshunos turlicha yondashadi.
Biroq masalaning tilshunoslikka oid tomoni ikki jihatlidir, chunki til va madaniyat
1
Мечковская Н. Б. Социальная лингвистика. I. 2 изд. - М., 2000.
2
Хомский Н. Аспекты теории синтаксиса. – М . 1972. - С.259; Язык и мышление. - М.,1972. – С.122.](/data/documents/f9c9f49b-dd30-47c1-8dd4-1bea2df3a456/page_2.png)
![o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ikkita savol tug‘iladi: 1) turli madaniy
jarayonlar tilga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 2) madaniyatga til qanday ta’sir qiladi?
Mashhur rus tilshunosi G.O.Vinokurning “tilni o‘rganayotgan har qanday
tilshunos, albatta, tanlagan tili uning mahsuloti bo‘lgan o‘sha madaniyatning
tadqiqotchisiga aylanadi” 3
degan tezisi tilshunoslikning shakllanishidan boshlab
tasdiqlanib kelmoqda.
I.Gerderning 1770-yilda yozilgan “Tilning kelib chiqishi haqida talqin”
asarida inson faoliyatidagi to‘rt asosiy hodisa: til, madaniyat, jamiyat va milliy ruh
bir-biri bilan bog‘lagan. Til o‘zining kelib chiqishiga ko‘ra madaniyat bilan bog‘liq
bo‘lib, u jamiyat bilan birga takomillashadi. Tilning madaniyat bilan organik
bog‘liqligi uni milliy ruhning muhim tarkibiy qismiga aylantiradi 4
.
Til va madaniyatning o‘zaro munosabati V. fon Gumboldtning ta’limotida
(1985) batafsil yoritilgan: 1) moddiy va ma’naviy madaniyat tilda
mujassamlashadi. 2) har qanday madaniyat milliydir, uning milliy xarakteri tilda
dunyoni o‘ziga xos ko‘rish vositasi bilan ifodalanadi.
3) tilga har bir xalq uchun o‘ziga xos bo‘lgan ichki shakl xosdir, tilning
ichki shakli – “xalq ruhi” va uning madaniyatining ifodasi. 4) til inson va uning
o‘rab olgan dunyo orasidagi halqa hisoblanad:
V. fon Gumboldtning qarashlari A. Potebnyaning “Tafakkur va til”, Sh.
Balli, J. Vandriyez, I.A. Boduen de Kurtene, R.O.Yakobson va boshqa
tadqiqotchilarning asarlarida o‘ziga xos talqin qilingan.
Tilshunoslarning hech biri “til va madaniyat” masalalari bilan amerikalik
mashhur tilshunos va madaniyatshunos Edvard Sepirchalik (1884-1939) ko‘p va
samarali shug‘ullanmagan deyish mumkin. E.Sepirning “Tilshunoslik va
madaniyatshunoslik bo‘yicha tanlangan asarlari” ( “ Избранные труды по
языкознанию и культурологии” M., 1993)da “til va madaniyat” masalalariga
doir qator savollar quyidagicha yoritilgan.
3
Винокур Г. О. Избранные работы по русскому языку. –М., 1959. –C. 211.
4
Гердер И. Г. Идеи и философия истории человечества. –М., 1977. –C. 233.](/data/documents/f9c9f49b-dd30-47c1-8dd4-1bea2df3a456/page_3.png)
![Madaniyat nima? E.Sepirning fikricha, madaniyat – turmush tarzimizni
tavsiflovchi, ijtimoiy meros qilib olingan amaliy malakalar va g‘oyalar majmuyi
(185-bet).
E.Sepirning boshqa bir talqiniga ko‘ra, madaniyat – jamiyat tomonidan
amalga oshiriladigan qadriyatlarning tanlab olinishi (193-bet). Madaniyat xatti-
harakatlar bilan qiyoslanadi (207-bet).
Til oldin paydo bo‘lganmi yoki madaniyat? E.Sepir til madaniyatdan oldin
paydo bo‘lgan, chunki til madaniyatga nisbatan ma’no ifodalovchi vosita sanaladi,
deb hisoblagan (42-bet). Til milliy madaniyat mavjudligi va uning ifodalanishining
asosiy shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq E.Sepirga ko‘ra, til ijtimoiy va
madaniy rivojlanish mahsulidir. Til madaniyatning ijtimoiylashgan qismidir (265-
bet).
Til va madaniyatning mushtarakligi nimada? Birinchidan, nutq ham
madaniyat ham konseptual tanlab olishni talab qiladi (60-bet). Ikkinchidan, tillar
ham, madaniyatlar ham kamdan kam holatlarda o‘z-o‘zicha yetarli bo‘ladi (173-
bet). Bu ikki hodisaning farqini E.Sepir shunday izohlagan: “Jamiyatning nima
qilishi va nimani o‘ylashiga qarab madaniyatni, qanday o‘ylashiga qarab esa tilni
aniqlash mumkin” (193-bet).
Til va madaniyat qanday o‘zaro ta’sir qiladi? Til madaniyatga nisbatan
madaniyatni to‘plash va uni meros qilish kumulyativ (lot. cumulatio - to‘plash,
yig‘ish, jamg‘arish) xususiyatiga ega bo‘ladi.
Chunonchi, kumulyativlik ham oddiy, ham rivojlangan tillar va
madaniyatlarning xususiyatidir (233-bet). E.Sepirning fikricha, madaniyatni
saqlanib qolishining asosiy shakllaridan biri “maqollar, standartlashgan duolar,
qarg‘ishlar, xalq rivoyatlari, nasl-nasab shajarasi” hisoblanadi. Tildagi farqliliklar
madaniyat farqliliklarini ko‘rsatadi (245-bet) 5
.
Til va madaniyat 1) kommunikativ jarayonlarda; 2) ontogenez (inson
lisoniy qobiliyatlarining shakllanishi)da; 3) filogenez (insonning irsiy va ijtimoiy
shakllanishi)da o‘zaro aloqada bo‘ladi.
5
Сепир Э. Избранные труды по языкознанию и культурологии. –М., 1993.](/data/documents/f9c9f49b-dd30-47c1-8dd4-1bea2df3a456/page_4.png)
![Ushbu ikki mohiyat 1) tilda ommaviy adresat (so‘zlovchi murojaat qilgan
kishi)ni belgilash hodisasi, madaniyatda saralanganlik qadrlanadi; 2) madaniyat
(tilga o‘xshash) belgilar tizimi bo‘lsa-da, u o‘zicha tashkil bo‘la olmaydi; 3) til va
madaniyat turli semiotik tizimlardir 6
.
“Til va madaniyat” masalasi favqulodda murakkab va ko‘p qirrali bo‘lgani
uchun mazkur masalaga turlicha yondashiladi:
Birinchi yondashuv rus faylasuflari S.A.Atanovskiy, G. A. Brutyan, Ye. I.
Kukushkin, E. S. Markaryanlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy
mazmuni quyidagicha: til va madaniyatning o‘zaro aloqasi bir tomonga bo‘lgan
harakatdir; til borliqni aks ettiradi, madaniyat esa bu borliqning ajralmas qismidir,
til madaniyatning in'ikosidir.
Ikkinchi yondashuv E. Sepir va B.Uorf maktabining qarashlarida o‘z aksini
topgan. Mazkur gipotezaning asosida insonlar olamni o‘z ona tillari vositasida
turlicha ko‘rishadi. Tilda aks ettirilgan olamgina mavjud. Modomiki, har bir til
borliqni o‘ziga xos usullar bilan aks ettirar ekan, unda tillar bir-biridan o‘zining
“olamning lisoniy manzarasi”ga ko‘ra farqlanadi. E. Sepir va B.Uorfning
gipotezasida quyidagi asosiy masalalar ajratiladi: 1. Til unda so‘zlashuvchi
xalqning tafakkur usuli bilan bog‘liqdir. 2. Olamni bilish usuli subyektlarning
qanday tillarda fikrlashiga bog‘liqdir 7
.
Uchinchi yondashuvga ko‘ra, til madaniyatning dalilidir: 1) til – biz
ajdodlarimizdan meros qilib olgan madaniyatning tarkibiy qismi; 2) til –
madaniyatni o‘zlashtirishning asosiy vositasi; 3) til – barcha madaniy
hodisalarning eng muhimi.
Xullas, til madaniyatning tarkibiy qismi va uning vositasidir. U ruhimizning
borlig‘i, madaniyatimizning ko‘rinishidir; u milliy mentallikning o‘ziga xos
xususiyatlarini ifodalaydi. Til inson oldida tafakkur sohasini ochgan mexanizmdir
(N.I.Jinkin).
6
Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.:
Издательский центр «Академия», 2001. –С.60.
7
Уорф Б. Л. Отношение норм поведения и мышления к языку // Новое в зарубежной лингвистике.
–М., 1960. –Вып. 1. –С. 174.](/data/documents/f9c9f49b-dd30-47c1-8dd4-1bea2df3a456/page_5.png)
![O‘zbek tilshunosligida “til va madaniyat” masalalari bilan eng ko‘p va xo‘p
shug‘ullangan olim sifatida professor Nizomiddin Mahmudovni ko‘rsatish
mumkin. Jumladan, olim o‘zining “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab...”
nomli maqolasida “til” va “madaniyat” tushunchalari haqida quyidagilarni yozadi:
“Til va madaniyat deganda, ko‘pincha, “nutq madaniyati” deyiladigan muammo
assotsiativ holda esga tushsa-da, bu ikki o‘rindagi madaniyatning aynanligini aslo
ko‘rsatmaydi. Til va madaniyat deganda, odatda, (to‘g‘risi ham shu) til orqali u
yoki bu madaniyatni yoki aksincha, madaniyatni o‘rganish orqali u yoki bu tilni
tushuntirish nazarda tutiladi, aniqroq aytadigan bo‘lsak, lingvokulturologiyadagi
madaniyatning ma’nosi “aqliy-ma’naviy yoki xo‘jalik faoliyatida erishilgan daraja,
saviya ( nutq madaniyati )” emas, balki “kishilik jamiyatining ishlab chiqarish,
ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmuyi
( madaniyat tarixi, o‘zbek madaniyati )” demakdir” 8
.
N. Mahmudov tilga ehtirom ko‘rsatish va unga e’tibor berishni ta’kidlab,
quyidagilarni yozadi: Til benihoya muqaddas va mo‘’tabar ne’mat, u odam degan
mavjudotga shakllantirilgan, qavmlar o‘laroq birlashtirgan, taraqqiyot
bosqichlariga olib chiqqan, ruhiy takomilga boshlagan, tafakkur gulshanining
darvozalarini ochgan bemisl bir robitadir. Shuning uchun ham tilga nopisandlik
insoniyatning o‘zligiga nopisandlik demkdir. Tilga ehtirom va e’tibor esa bu
dunyoda inson bolasi muhtaramligining e’tirofidir” 9
.
V.fon Gumboldning “Tilda xalq ruhi aks etadi” degan fikri N.
Mahmudovning asarlarida o‘ziga xos tarzda davom ettirilganini ko‘rish mumkin:
“...tilda xalqning urf-odati, yashash tarzi, iqtisodiy ahvoli, qisqasi, xalqning bor-
budi, bo‘y-basti aks etadi. Muayyan xalqning tilini bilish uning butun borlig‘ini
anglash demakdir. Muayyan xalq tilining mazmunu mohiyatini idrok etish shu
xalqning tarixiyu kelajagini idrok etish demkdir. Til xalqning bebaho va muqaddas
boyligidir, xalqning har bir asl farzandi o‘z tilida sobit va o‘z tiliga sodiq
bo‘lmog‘i azal-abad ham qarz, ham farz”.
8
Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб...// Ўзбек тили ва адабиёти. –
Тошкент, 2012. -№ 5. –Б. 10.
9
Маҳмудов Н. Тил . –Тошкент : Ёзувчи , 1998 . –Б. 3 .](/data/documents/f9c9f49b-dd30-47c1-8dd4-1bea2df3a456/page_6.png)
![Olim buyuk nemis tilshunosi Yakob Grimmning “Xalq haqidagi saqlanib
qoladigan eng jonli guvoh – bu uning suyagi, foydalangan ish qurollari yoki qabri
emas, balki uning tilidir” degan fikrini shunday rivojlantiradi: “Xalq o‘z tili haqida
uning ibtidosidan boshlab ma’lumotga ega bo‘lsa, bu tilning turfa tovlanishlariyu,
tarang va lo‘nda mantiqini chuqur his eta olsa, o‘zining uzoq va murakkab tarixini
ham chuqur his eta oladi, tarixidan faxrlana oladi, o‘zinikidan boshqa tillarning
xam muqaddasligiga. Har jihatdan hurmatga loyiqligiga imon keltira oladi. Bu esa
xalqning o‘zligini anglashi demakdir” 10
.
2. Olamning lisoniy manzarasi. Har qanday til alohida olam manzarasiga
ega va lisoniy shaxs ana shu manzaraga mos ravishda ifodalarning mazmunini
tuzishga majburdir. Bunda tilda o‘z aksini topgan insonning olamni o‘ziga xos
idroki namoyon bo‘ladi. Til insonning olam haqidagi bilimlarining shakllanishi va
mavjud bo‘lishidagi muhim omildir. Inson faoliyat jarayonida obyektiv dunyoni
aks ettirar ekan dunyoni bilish natijalarini so‘zda qayd etadi. Olamning lisoniy
manzarasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni to‘ldiradi. Lisoniy shakllarda
muhrlangan mazkur bilimlar majmuasi olamning lisoniy manzarasi, deb
nomlanadi 11
.
Olamning manzarasi (lisoniy ham) tushunchasi insonning olam haqidagi
tasavvurlarini o‘rganish asosida yaratiladi. Olam – o‘zaro munosabatdagi inson va
muhit bo‘lsa, olam manzarasi – inson va muhit haqidagi ma’lumotni qayta ishlash
natijasidir. Agar olamning obrazi bo‘linmaydigan yaxlit butunlikni namoyon qilsa,
olamning manzarasi dunyo haqidagi turli darajadagi bilimlar majmuyini va uning
obyektlariga bo‘lgan munosabatni namoyon qiladi. Olamning obrazini to‘g‘ridan-
to‘g‘ri reflekslar vositasida anglab bo‘lmaydi, uni faqat o‘ziga xos obrazlarni “o‘z
boshidan kechirish” orqaligina tushunish mumkin. Olam manzarasini “odatdagi”
bilish orqali anglab bo‘lmasa-da, uni verbal va obrazli aks ettirish, ifodalash
mumkin. A.K.Kamenskiy olamning lisoniy manzarasini “mantiqiy (konseptual) va
10
Миртожиев М., Маҳмудов Н. Тил ва маданият. – Тошкент : Ўзбекистон, 1992. – Б. 83 .
11
Кавинкина И.Н. Психолингвистика. Пособие для студентов педагогических специальностей
высших учебных заведений. –Гродно: ГрГУ, 2010. –С. 152; Маслова В. А. Лингвокультурология:
Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: Издательский центр «Академия», 2001. –
С.64.](/data/documents/f9c9f49b-dd30-47c1-8dd4-1bea2df3a456/page_7.png)
![lisoniy (so‘zli) modeldan tashkil topgan mantiqiy-so‘zli hosila” sifatida umumiy
shaklda izohlagan.
M. Xaydeggerning qayd qilishicha, “manzara” so‘zi deganda birinchi
navbatda, biron narsaning tasviri haqida o‘ylaymiz, “olam manzarasi dunyoning
tasvirini emas, balki olamni manzaradek tushunishni ifodalaydi”. Haqiqiy borliqni
aks ettiruvchi olamning manzarasi va olamning lisoniy manzarasi o‘rtasida
murakkab munosabatlar mavjud bo‘ladi. Olam manzarasi makon (yuqori-quyi,
o‘ng-chap, sharq-g‘arb, uzoq-yaqin), zamon (kun-tun, qish-yoz), miqdor va h.k.
o‘lchovlar vositasida tasavvur etilishi mumkin. Uning shakllanishiga til, an’analar,
tabiat va landshaft, ta’lim va tarbiya va boshqa ijtimoiy omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Olamning lisoniy manzarasi olamning maxsus manzaralari (kimyo, fizika va
h.k.) bilan bir qatorda bo‘la olmaydi, u boshqa manzaralardan oldinda bo‘lib,
ularni shakllantiradi. Chunki inson dunyoni va o‘zini umuminsoniy va milliy
tajribaga asoslangan til vositasida anglaydi. Bu o‘rinda milliy tajriba tilning barcha
darajadagi o‘ziga xos xususiyatlarni belgilaydi. Tilning o‘ziga xosligi tufayli til
egasining ongida muayyan olamning lisoniy manzarasi yuzaga keladi va inson u
orqali dunyoni ko‘radi
V. Fon Gumboldt “Tillarning xilma-xilligi faqat tovushlarning turlichaligi
emas, balki har bir millatdagi dunyoni ko‘rishning farqliligi natijasidir”, deb qayd
qilgan. Chindan ham, har bir millatning o‘ziga xos ko‘rish tarzi bor, o‘ziga xos
idrok intizomi bor, umumlashtirib aytganda, o‘ziga xos tafakkur tamoyili bor…
Amerikalik tilshunos Benjamin Li Uorf “Agar Nyuton inglizcha gapirmaganida,
inglizcha o‘ylamaganida edi, uning koinot haqidagi buyuk kashfiyoti bir qadar
boshqachroq bo‘lardi” degan 12
.
Har qanday til egasi bo‘lgan inson uchun haqiqiy borliq (moddiy va fizik)
quyidagi ko‘rinishlarda mavjud:
haqiqiy borliqning o‘zi;
birinchi signal (borliqni sezgilar vositasida idrok qilish) sistemasi;
ikkinchi signal (verbal) sistemasi.
12
Маҳмудов Н. Тил . –Тошкент : Ёзувчи , 1998 . –Б. 9 - 10 .](/data/documents/f9c9f49b-dd30-47c1-8dd4-1bea2df3a456/page_8.png)
![Haqiqiy borliqni idrok qilishning bu uch darajasi bilan haqiqiy borliq
haqidagi tasavvurlar: olam umumiy manzarasining tasavvuri (maishiy va ilmiy),
olamning lisoniy manzarasi yordamida obyektivlashtirilgan olamning subyektiv
tasavvuri o‘zaro munosabatda bo‘ladi.
Olamning lisoniy manzarasi insonni olamga (tabiatga, hayvonlarga, o‘z-
o‘ziga) bo‘lgan munosabatini shakllantiradi. Har qanday tabiiy til dunyoni
bilishning muayyan usulini aks ettiradi. Unda ifodalangan ma’nolar muayyan
qarashlarning yagona tizimida, o‘ziga xos jamoaviy falsafada mujassamlashadi va
u barcha til egalari uchun majburiylik kasb etadi. Mazkur tilda so‘zlashuvchilar
dunyosi shakllanadi, ya’ni olamning lisoniy manzarasi leksika, frazeologiya va
grammatikada muhrlangan olam haqidagi bilimlar majmuasidir.
Olam manzarasining konseptual va lisoniy turlarini farqlash lozim.
Olamning konseptual manzarasi olamning lisoniy manzarasidan farqli o‘laroq,
bilish va ijtimoiy faoliyatlar natijalarini aks ettirib doimo o‘zgarishda bo‘ladi.
Biroq olam lisoniy manzarasining ayrim qismlari insonlarning olam haqidagi
qadimdan qolgan, eskicha tasavvurlarini uzoq vaqt mobaynida saqlab qoladi.
Olamning konseptual manzarasi olamning lisoniy manzarasiga nisbatan boyroq
bo‘ladi, chunonchi, uning shakllanishida tafakkurning har xil turlari ishtirok etadi.
Turli kishilarda, masalan, turli davrlar, turli ijtimoiy va yosh guruhlari, turli bilim
sohalari va h.k.ning vakillarida olamning konseptual manzaralari farqlanishi
mumkin. Har xil tillarda so‘zlashuvchi kishilar muayyan sharoitlarda bir-biriga
yaqin bo‘lgan olamning konseptual manzaralariga, aksincha, bir tilda
so‘zlashuvchi kishilar olamning turli konseptual manzaralariga ega bo‘lishlari
mumkin 13
. Olamning konseptual manzarasida umuminsoniy, milliy va shaxsiy
o‘zaro munosabatlar bo‘ladi. Olamning konseptual manzarasi bilan olamning
lisoniy manzarasi bir-biridan farq qilishiga qaramay, har ikkala manzara o‘zaro
bog‘liqdir. Agar til olamning konseptual manzarasi bilan aloqada bo‘lmaganida, u
muloqot vositasi rolini bajara olmasdi.
13
Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.:
Издательский центр «Академия», 2001. –С.65.](/data/documents/f9c9f49b-dd30-47c1-8dd4-1bea2df3a456/page_9.png)
![Olamning lisoniy manzarasini yaratishda frazelogizmlar alohida rol
o‘ynaydi. Ular “xalq hayotining ko‘zgusi”dir. Frazeologik birliklarning tabiati til
egasining bilimlari, hayotiy tajribasi va mazkur tilda so‘zlashuvchi xalqning
madaniy-tarixiy an’analari bilan chambarchas bog‘liqdir. Frazeologik birliklarning
semantikasi inson va uning faoliyatini tavsiflashga qaratiladi 14
.
Frazelogizmlar vositasida yaratilgan olamning lisoniy manzarasini tahlilida
uning antropotsentrik xususiyatini ta’kidlash joiz. Olamning antropotsentrik
manzarasi frazeologizmlar yo‘nalishining insonga qaratilganligi bilan ifodalanadi.
Bunda inson barcha narsalarning o‘lchovi sifatida ishtirok etadi: ko‘p – boshini
yeb ; to‘la, butun – boshdan oyoq ; kichik – ko‘z ilg‘amas ; tez – ko‘z ochib
yumguncha va h.k.
Olamning lisoniy manzarasi turfa ranglar, xususan, mifologemalar, obrazli
metaforik so‘zlar, o‘xshatishlar, konnotativ so‘zlar, stereotiplar, ramzlar va h.k.
vositasida yaratiladi. Har qanday til o‘zida mazkur til egasining dunyoqarashini
belgilaydigan va olam manzarasini shakllantiradigan milliy, o‘ziga xos
xususiyatlar tizimini mujassamlashtiradi. Masalan, ruslarda cho‘chqa a) ifloslik, b)
nonko‘rlik, d) tarbiyasizlikni; inglizlarda pig ochofatni, o‘zbeklar, qirg‘izlar,
qozoqlar va boshqa musulmon xalqlarida cho‘chqa sof diniy nuqtayi nazardan o‘ta
haqoratni ifodalaydi; vetnamlarda cho‘chqa ahmoqlik ramzi bo‘lib keladi. Demak,
cho‘chqa so‘zi turli xalqlarda turlicha belgilarni konnotatsiyalaydi. Bu esa mazkur
xalqlar olam manzarasining shakllanishidagi ularning o‘ziga xos, individual
majoziy fikrlashini ko‘rsatadi.
Xullas, har qanday madaniyat o‘zining kalit so‘zlariga ega bo‘ladi. Bu
o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tilimizning milliy -
madaniy xususiyatlari haqida bildirgan quyidagi fikrlarini keltirish ayni
muddaodir: “...tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-
qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmun bilan boyitadigan va to‘ldiradigan
iboralarni olaylik. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga
14
Фразеологический словарь русского литературного языка / Под ред. А. И.Федорова. –М., 1996;
Образные средства русского языка / Под ред. В.Н.Телия. –М., 1995.](/data/documents/f9c9f49b-dd30-47c1-8dd4-1bea2df3a456/page_10.png)
![aynan tarjima qilishning o‘zi mushkul bir muammo. Shuni aytish lozimki, bu
tushunchalar kimdir shunchaki o‘ylab topgan shirin kalom, quloqqa xush
yoqadigan so‘zlar emas. Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning
dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongu
shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir” 15
.
Shunday qilib, olamning lisoniy manzarasini o‘rganish masalasi inson va
uning turmushi, uning dunyo bilan o‘zaro munosabati, uning mavjudligining
sharoitlarini aks ettiradigan olamning konseptual manzarasi masalasi bilan
chambarchas bog‘liqdir. Olamning lisoniy manzarasi insonning turli olam
manzaralarini izohlaydi va umumiy olam manzarasini aks ettiradi.
3. “Geshtalt” tushunchasi. Olamning lisoniy manzarasini o‘rganishga
bo‘lgan qiziqishning ortishi lisoniy geshtaltlar nazariyasini bilimlar strukturasi
sifatida qaralgan freymlar nazariyasi bilan aloqador qilishga urinayotgan kognitiv
tilshunoslik bilan ham bog‘liqdir.
Lisoniy geshtaltlar nazariyasi kognitiv tilshunoslikning asoschilaridan biri
bo‘lgan J. Lakoff tomonidan ilgari surilgan. J. Lakoffning qayd qilishicha, fikrlar,
idroklar, emotsiyalar, bilish jarayonlari, motorli faoliyat hamda til ayni strukturalar
bo‘lgan “geshtaltlar”dan tarkib topgan 16
.
Geshtalt nemischa so‘z bo‘lib, u “obraz, tuzilma, yaxlit shakl” ma’nolarini
anglatadi 17
. Ilmiy adabiyotlarda geshtaltga biror obyektni qismlar yig‘indisi sifatida
emas, balki yaxlit holda idrok etish jarayoni deb ta’rif beriladi 18
.
Umuman, geshtalt yaxlit obraz hisoblanadi, ya’ni biron bir obyektni
butunicha idrok qilinishi geshtalt , deb tushuniladi. Geshtalt-psixologiya idrokning
yaxlitligiga asoslanadi: ayrim shakllarning alohida bo‘laklari o‘z ma’nosini
butunning (geshtaltning ) tarkibida topadi. Masalan, daraxt tushunchasi olinganda,
daraxtni predmet sifatida idrok etuvchi shaxs uni qismlar yig‘indisi, ya’ni tana,
15
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 7.
16
Лакофф Дж. Лингвистические гешталь ты / Дж. Лакофф // Новое в зарубеж. лингви стике. Вып.
10. Лингвистическая семантика. –М.: Прогресс, 1981. –С. 350–368.
17
Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. –Жиззах, 2006. –Б. 47.
18
Хрестоматия по истории психологии. –М., 1980. –С.84-89; Алефиренко Н. Спорные проблемы
семантики. –М., 2005. –С. 326; Сафаров Ш. Кўрсатилган асар. –Б. 47.](/data/documents/f9c9f49b-dd30-47c1-8dd4-1bea2df3a456/page_11.png)
![ildiz, shoxlar va barglardan iborat o‘simlik sifatida emas, balki shu qismlarga
bo‘linuvchi yaxlit jism – daraxt sifatida idrok qilishi muhim hisoblanadi. Yoki J.
Lakoffning ta’biricha, janjal va urush ayni terminlar bilan tasvirlanadi, Demak,
ular bir xil tasavvur qilinadi, ya’ni ular ayni geshtalt (yaxlit obraz – Sh.Usmanova)
bilan bog‘lanadi 19
.
Geshtaltlar botiniy mazmundor bo‘lgan alohida til birliklaridir. Geshtaltlar
tilda amalga oshishi bilan birga, insonning borliqni idrok qilishi asosini tashkil
qiladi, bilish jarayonlarini yo‘naltiradi, motorli aktlarning o‘ziga xos
xususiyatlarini va h.k. aniqlaydi.
Tilga nisbatan geshtaltlarning botiniyligi bir necha jihatlarda namoyon
bo‘ladi. Chunonchi, tilning zohiriy sathida ayni geshtalt turli fikrlarni keltirib
chiqarishi mumkin va bunda faqat maxsus izlanishlar orqaligina ularning birligini
aniqlash mumkin 20
.
Shunday qilib, geshtaltlar konseptual bog‘lanishlar bo‘lib, ular inson
psixikasining botiniga tegishli bo‘lgan va tabiiy tilning kategoriyalari doirasidan
tashqarida yotgan universal tasavvurlar mohiyatidir.
19
Лакофф Дж. Кўрсатилган асар. –Б. 350–368.
20
Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.:
Издательский центр «Академия», 2001. –С.66.](/data/documents/f9c9f49b-dd30-47c1-8dd4-1bea2df3a456/page_12.png)
![ADABIYOTLAR
1 . Usmanova Sh. “Lingvokulturologiya” fanidan ma’ruza kurslari . – Toshkent:
Universitet, 2014.
2 . Алефиренко Н.Ф. Лингвокультурология. Ценностно-смысловое
пространство языка . У чебное пособие . –М.: Флинта , Наука, 2010.
3 . Хроленко А. Т. Основы лингвокультурологии. Учебное пособие. – М. :
Наука, 2009.
4 . Арутюнова Н.Д. Метафора и дискурс // Теория метафоры. –М., 1990.
5 . Арутюнова Н.Д. Язык и мир человека. –М., 1998.
6 . Байбурин А. К. Ритуал в традиционной культуре. –СПб., 1993.
7 . Бижева З.Х. Культурные концепты в кабардинском языке. –Нальчик, 1997.
8. .ВежбицкаяА. Язык. Культура. Познание. –М., 1996.
9. Воркачёв С.Г. Лингвокультурология, языковая личность, концепт:
становление антропоцентрической парадигмы в языкознании //
Филологические наук. 2001. -№ 1. –С. 64-72.
1 0 . Воробьев В. В. Культурологическая парадигма русского языка. –М., 1994.
11. Воробьев В.В. Лингвокультурология: теория и методы. –М., 1997 .
1 2 . Гумбольдт В. О различии строения человеческих языков и его влиянии на
духовное развитие человечества// Избр. труды по языкознанию. –М., 1984.
1 3 . Гумбольдт В. Язык и философия культуры. –М., 1985.
1 4 . Гуревич А.Я. Человек и культура: Индивидуальность в истории культуры.
–М., 1990.
15. Де мьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литературе и в
научном языке // Вопросы филологии. –Москва, 2001. -№ 1. –С. 35-47.
1 6. Ибрагимова Р.С. Француз ва ўзбек тилларида АЁЛ концептининг
лингвокогнитив тадқиқи: Филол. фанлар номзоди... дис.автореф. –Тошкент,
2012.](/data/documents/f9c9f49b-dd30-47c1-8dd4-1bea2df3a456/page_13.png)
TIL VA MADANIYATNING O‘ZARO ALOQASI Reja: 1. Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi 2. Olamning lisoniy manzarasi 3. “Geshtalt” tushunchasi
1. Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi . Til ham madaniyat, ham tabiat hodisasi sifatida mavjud. Shubhasiz, til madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, insoniyatning ijtimoiy tarixidagi eng muhim yutuqlardan biri sanaladi. Lekin boshqa tomondan tilning materiyasida insonning biologik tabiati namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda ko‘p narsa nutqiy faoliyatning fiziologik va psixofiziologik imkoniyatlari bilan aniqlangan. Masalan, dunyoning barcha tillarida unli va undoshlar hamda ko‘plab tovushlar almashinuvi zanjirining mavjudligi madaniyat bilan emas, tabiat bilan bog‘liqdir. Binobarin, inson faqat unlilar yoki undoshlarning o‘zi bilan nutq hosil qila olmaydi. Tabiat til strukturasining teran xususiyatlarini hamda matnni hosil qilish va uni qabul qilish qonuniyatlarini aniqlaydi. Madaniyat esa tilning mazmun jihatini aniqlaydi 1 . Insonning nutqiy faoliyati tug‘mami yoki keyin shakllanganmi? degan savol haligacha munozarali bo‘lib qolmoqda. Insonning nutq imkoniyatini psixofiziologik mexanizm bilan ta’minlaydigan tug‘ma lisoniy qobiliyatga egaligini barcha e’tirof etgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, bu inson miya qobiliyatining dastlabki ontogenez yillaridagi birinchidan, muayyan til belgilari tizimini, ikkinchidan, matn tuzishda kerakli belgilarni tanlash qoidalarini o‘zlashtirishini ifodalaydi. Lisoniy qobiliyatni amalga oshirish atrofdagi muayyan til eagalari bilan muloqot qilish jarayonida yuz beradi. N. Xomskiyning ta’limotiga ko‘ra, lisoniy qobiliyatning tug‘ma komponenti juda sermazmun bo‘ladi, shuning uchun ontogenezda til o‘rganish “noldan” boshlanmaydi. Lisoniy qobiliyat ayrim tug‘ma va universal bilimlarni o‘z ichiga oladi, inson ular yordamida jumlalar hosil qiladi va tushunadi. Shunday qilib, N.Xomskiy til strukturasi va semantikaning botiniy xususiyatlarini tabiiy-genetik asosga tutashtiradi 2 . “Til va madaniyat” masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, unga madaniyat tarixchisi, tilshunos, faylasuf, psixolog, etnograf va adabiyotshunos turlicha yondashadi. Biroq masalaning tilshunoslikka oid tomoni ikki jihatlidir, chunki til va madaniyat 1 Мечковская Н. Б. Социальная лингвистика. I. 2 изд. - М., 2000. 2 Хомский Н. Аспекты теории синтаксиса. – М . 1972. - С.259; Язык и мышление. - М.,1972. – С.122.
o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ikkita savol tug‘iladi: 1) turli madaniy jarayonlar tilga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 2) madaniyatga til qanday ta’sir qiladi? Mashhur rus tilshunosi G.O.Vinokurning “tilni o‘rganayotgan har qanday tilshunos, albatta, tanlagan tili uning mahsuloti bo‘lgan o‘sha madaniyatning tadqiqotchisiga aylanadi” 3 degan tezisi tilshunoslikning shakllanishidan boshlab tasdiqlanib kelmoqda. I.Gerderning 1770-yilda yozilgan “Tilning kelib chiqishi haqida talqin” asarida inson faoliyatidagi to‘rt asosiy hodisa: til, madaniyat, jamiyat va milliy ruh bir-biri bilan bog‘lagan. Til o‘zining kelib chiqishiga ko‘ra madaniyat bilan bog‘liq bo‘lib, u jamiyat bilan birga takomillashadi. Tilning madaniyat bilan organik bog‘liqligi uni milliy ruhning muhim tarkibiy qismiga aylantiradi 4 . Til va madaniyatning o‘zaro munosabati V. fon Gumboldtning ta’limotida (1985) batafsil yoritilgan: 1) moddiy va ma’naviy madaniyat tilda mujassamlashadi. 2) har qanday madaniyat milliydir, uning milliy xarakteri tilda dunyoni o‘ziga xos ko‘rish vositasi bilan ifodalanadi. 3) tilga har bir xalq uchun o‘ziga xos bo‘lgan ichki shakl xosdir, tilning ichki shakli – “xalq ruhi” va uning madaniyatining ifodasi. 4) til inson va uning o‘rab olgan dunyo orasidagi halqa hisoblanad: V. fon Gumboldtning qarashlari A. Potebnyaning “Tafakkur va til”, Sh. Balli, J. Vandriyez, I.A. Boduen de Kurtene, R.O.Yakobson va boshqa tadqiqotchilarning asarlarida o‘ziga xos talqin qilingan. Tilshunoslarning hech biri “til va madaniyat” masalalari bilan amerikalik mashhur tilshunos va madaniyatshunos Edvard Sepirchalik (1884-1939) ko‘p va samarali shug‘ullanmagan deyish mumkin. E.Sepirning “Tilshunoslik va madaniyatshunoslik bo‘yicha tanlangan asarlari” ( “ Избранные труды по языкознанию и культурологии” M., 1993)da “til va madaniyat” masalalariga doir qator savollar quyidagicha yoritilgan. 3 Винокур Г. О. Избранные работы по русскому языку. –М., 1959. –C. 211. 4 Гердер И. Г. Идеи и философия истории человечества. –М., 1977. –C. 233.
Madaniyat nima? E.Sepirning fikricha, madaniyat – turmush tarzimizni tavsiflovchi, ijtimoiy meros qilib olingan amaliy malakalar va g‘oyalar majmuyi (185-bet). E.Sepirning boshqa bir talqiniga ko‘ra, madaniyat – jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan qadriyatlarning tanlab olinishi (193-bet). Madaniyat xatti- harakatlar bilan qiyoslanadi (207-bet). Til oldin paydo bo‘lganmi yoki madaniyat? E.Sepir til madaniyatdan oldin paydo bo‘lgan, chunki til madaniyatga nisbatan ma’no ifodalovchi vosita sanaladi, deb hisoblagan (42-bet). Til milliy madaniyat mavjudligi va uning ifodalanishining asosiy shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq E.Sepirga ko‘ra, til ijtimoiy va madaniy rivojlanish mahsulidir. Til madaniyatning ijtimoiylashgan qismidir (265- bet). Til va madaniyatning mushtarakligi nimada? Birinchidan, nutq ham madaniyat ham konseptual tanlab olishni talab qiladi (60-bet). Ikkinchidan, tillar ham, madaniyatlar ham kamdan kam holatlarda o‘z-o‘zicha yetarli bo‘ladi (173- bet). Bu ikki hodisaning farqini E.Sepir shunday izohlagan: “Jamiyatning nima qilishi va nimani o‘ylashiga qarab madaniyatni, qanday o‘ylashiga qarab esa tilni aniqlash mumkin” (193-bet). Til va madaniyat qanday o‘zaro ta’sir qiladi? Til madaniyatga nisbatan madaniyatni to‘plash va uni meros qilish kumulyativ (lot. cumulatio - to‘plash, yig‘ish, jamg‘arish) xususiyatiga ega bo‘ladi. Chunonchi, kumulyativlik ham oddiy, ham rivojlangan tillar va madaniyatlarning xususiyatidir (233-bet). E.Sepirning fikricha, madaniyatni saqlanib qolishining asosiy shakllaridan biri “maqollar, standartlashgan duolar, qarg‘ishlar, xalq rivoyatlari, nasl-nasab shajarasi” hisoblanadi. Tildagi farqliliklar madaniyat farqliliklarini ko‘rsatadi (245-bet) 5 . Til va madaniyat 1) kommunikativ jarayonlarda; 2) ontogenez (inson lisoniy qobiliyatlarining shakllanishi)da; 3) filogenez (insonning irsiy va ijtimoiy shakllanishi)da o‘zaro aloqada bo‘ladi. 5 Сепир Э. Избранные труды по языкознанию и культурологии. –М., 1993.
Ushbu ikki mohiyat 1) tilda ommaviy adresat (so‘zlovchi murojaat qilgan kishi)ni belgilash hodisasi, madaniyatda saralanganlik qadrlanadi; 2) madaniyat (tilga o‘xshash) belgilar tizimi bo‘lsa-da, u o‘zicha tashkil bo‘la olmaydi; 3) til va madaniyat turli semiotik tizimlardir 6 . “Til va madaniyat” masalasi favqulodda murakkab va ko‘p qirrali bo‘lgani uchun mazkur masalaga turlicha yondashiladi: Birinchi yondashuv rus faylasuflari S.A.Atanovskiy, G. A. Brutyan, Ye. I. Kukushkin, E. S. Markaryanlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy mazmuni quyidagicha: til va madaniyatning o‘zaro aloqasi bir tomonga bo‘lgan harakatdir; til borliqni aks ettiradi, madaniyat esa bu borliqning ajralmas qismidir, til madaniyatning in'ikosidir. Ikkinchi yondashuv E. Sepir va B.Uorf maktabining qarashlarida o‘z aksini topgan. Mazkur gipotezaning asosida insonlar olamni o‘z ona tillari vositasida turlicha ko‘rishadi. Tilda aks ettirilgan olamgina mavjud. Modomiki, har bir til borliqni o‘ziga xos usullar bilan aks ettirar ekan, unda tillar bir-biridan o‘zining “olamning lisoniy manzarasi”ga ko‘ra farqlanadi. E. Sepir va B.Uorfning gipotezasida quyidagi asosiy masalalar ajratiladi: 1. Til unda so‘zlashuvchi xalqning tafakkur usuli bilan bog‘liqdir. 2. Olamni bilish usuli subyektlarning qanday tillarda fikrlashiga bog‘liqdir 7 . Uchinchi yondashuvga ko‘ra, til madaniyatning dalilidir: 1) til – biz ajdodlarimizdan meros qilib olgan madaniyatning tarkibiy qismi; 2) til – madaniyatni o‘zlashtirishning asosiy vositasi; 3) til – barcha madaniy hodisalarning eng muhimi. Xullas, til madaniyatning tarkibiy qismi va uning vositasidir. U ruhimizning borlig‘i, madaniyatimizning ko‘rinishidir; u milliy mentallikning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Til inson oldida tafakkur sohasini ochgan mexanizmdir (N.I.Jinkin). 6 Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: Издательский центр «Академия», 2001. –С.60. 7 Уорф Б. Л. Отношение норм поведения и мышления к языку // Новое в зарубежной лингвистике. –М., 1960. –Вып. 1. –С. 174.