METAFORA – MADANIYATNING KO‘RSATKICHI
METAFORA – MADANIYATNING KO‘RSATKICHI Reja: 1. Metafora tildagi universal hodisa 2. Evfemizm va disfemizm
1. Metafora tildagi universal hodisa. Xizmat taqozosi bilan xorijiy davlatlarda bir muddat bo‘lib qaytganimdan keyin do‘stlarim va yaqinlarim ko‘pincha: “U yoqlarda ob-havo qanaqa ekan?” deb so‘rashadi. “Havosi juda dim, namli” deyman. Bu o‘ta jo‘n javob bo‘ladi va suhbatdoshlarimning men his qilganlarni menday his qilmaganliklarini payqayman. Shunda: “Kiyiming badaningga yopishib qoladi. Pardozlaring oqib ketadi. Baliqday nafas olasan” deb ma’joziy, metaforik tushuntirishga harakat qilaman. Ana shunda ularning yuz- ko‘zlarida o‘zlari bo‘lmagan mamlakatning ob-havosi haqida o‘zlari bo‘lgandek tasavvur hosil bo‘lganini ko‘raman. Zero, Gegel: “o‘z ma’nosida qo‘llaniladigan so‘z o‘z-o‘zidan tushunarli ifodadir, metafora esa boshqacha ifodadir” 1 , – deb yozgan edi. Qator adabiyotlarda metaforaning yashirin o‘xshatish ekanligi qayd qilinadi 2 . Binobarin, Aristotelning fikricha, o‘xshatish ham metaforadir, chunki ular o‘rtasida arzimagan farqlar mavjud, xolos. Masalan, u sherday tashlandi ifodasida o‘xshatish bor, agar ifoda sher tashlandi tarzida o‘zgartirilsa, metafora yuzaga keladi 3 . Metaforalarning mazmun jihati, shuningdek, ularga biriktirilgan madaniy konnotatsiyalar kognitiv bilishning manbasiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham obrazli-motivlashgan so‘zlar (metaforalar) madaniy belgilarning ko‘rsatkichiga aylanadi. Lingvokulturologiyani metaforalarning aynan mana shu jihati qiziqtiradi. Kognitiv tilshunoslikning taniqli vakili J.Lakoff hamda mashhur faylasuf M.Jonson metaforalarni shunday izohlashadi: “Metaforalar nafaqat kundalik hayot, nafaqat til, balki tafakkur va faoliyatimizga ham kirib boradi. Bizning kundalik tushunchaviy tizimimiz ham o‘z mohiyatiga ko‘ra metaforikdir” 4 . J.Lakoff va M.Jonson tadqiqotida tahlil etilgan vaqt bu – pul , vaqt bu – cheklangan zaxira , 1 Гегель. –М., 1969. –С. 115. 2 Арнольд И. Стилистика современного английского языка. –Л.: Просвещение, 1973. –С. 146; Маҳмудов Н., Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. –Т . : Маънавият, 2013. –Б. 9. 3 Аристотель. Риторика / Античные риторики. –М.: МГУ, 1978. –С. 134. 4 Лакофф Дж., Джонсон М. Метафоры, которыми мы живем (перевод Н.В. Перцова) // Теория метафоры. –М., 1990. –С. 387-416.
vaqt bu – qimmatbaho buyum kognitiv metaforalari o‘zbek tilida so‘zlashuvchi nutq egalari tezaurusida ham mavjudligi (Masalan: Bu ishga ko‘p vaqt sarfladim ; Vaqtim tugay deyapti; Behuda ishlar vaqtni o‘g‘irlaydi ) bir qator kognitiv metaforalarning kognitiv-semantik universaliya ekanligidan dalolat beradi 5 . Tadqiqotlarda metaforalar ongning universaliyalari sifatida belgilangan. Zamonaviy psixologlar dunyoni metaforalar asosida ko‘rishni insonning genezisi va madaniyati bilan bog‘lashga harakat qilishadi. Bobo tilning metaforik xususiyatga ega bo‘lgani, protokommunikatsiyaning esa metaforalar darajasida amalga oshirilgani haqida taxmin qilinadi. Metafora tildagi universal hodisa bo‘lib, u barcha tilga xosdir. Uning universalligi makonda va zamonda, til strukturasida hamda uning vazifalarida namoyon bo‘ladi. Metafora o‘zida fundamental madaniy qadriyatlarni aks ettiradi, zero, u milliy-madaniy dunyoqarashga asoslangandir 6 . “Metafora hosila ma’no yuzaga kelishi hodisalarining faoli hisoblanadi. U tilshunoslikda qayd etilishicha, hosila ma’no yuzaga kelishining hosil qiluvchi va hosila ma’no referentlari o‘zaro o‘xshash kelishiga asoslanadi” 7 . Prof. M.Mirtojiyevning qayd qilishicha, buni differensial-semantik metod bo‘yicha tahlil etib ko‘rilganda yaqqol tasavvur etish mumkin. Masalan, ulamoq fe’li “uchlarini biriktirib bog‘lamoq” leksik ma’nosi – sememasiga ega. U yana “uchiga qo‘shib uzaytirmoq” hosila ma’no – sememani orttirgan. Ular bildirgan harakat o‘rtasida o‘xshashlik bor. Ya’ni hosila ma’no yuzaga kelishi metafora hisoblanadi 8 . Ba’zi mutaxassislarning fikricha, “metafora – o‘xshatishning qisqargan shakli”. Prof. M.Mirtojiyevning yozishicha, “bu fikr ham o‘rni bilan to‘g‘ri”dir. “Masalan, o‘zbek tilida tokni zararlaydigan oidium kasalligini kul so‘zining hosila ma’nosi ifodalaydi. Uni “kulga o‘xshash kasallik” o‘xshatish qurilmasining 5 Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. –Тошкент: Фан, 2013. –Б. 49. 6 Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: Издательский центр «Академия», 2001. –С.88, 91. 7 Baldinger K. Die Senasiologie. –Berlin: Akademie Verlag, 1957. –S. 87; Арнольд И.В. Лексикология современного английского языка. –С. 70; Ҳожиев А. Семасиология // Ўзбек тили лексикологияси. –Тошкент: Фан, 1981. –Б. 221 ва бошқа манбалар. 8 Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. –Б.95.
qisqargan shakli deyish juda to‘g‘ri bo‘ladi. Bu o‘rinda o‘xshatish subyekti tushib qolib, o‘xshatish qurilmasining faqat kul etaloni butun ma’nosini o‘zida saqlagan va o‘xshatishning qisqargan shakli – metafora yuzaga kelgan. Ya’ni buni metaforaning ayrim ko‘rinishi sifatida ko‘rsatish mumkin” 9 . Lingvomadaniy birliklarni qiyoslashda yoki ularni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda o‘sha davr madaniyati, xususan, xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish lozim. Masalan, “Shekspirning “Qirol Lir” pyesasida Lirga o‘zini afgor Tom deb tanishtirgan Edgan unga “o‘tmish tarixi”ni hikoya qilib berar ekan, uning nutqida qo‘llanilgan muqoyasaviy birliklar rus va o‘zbek tillariga shu tillarda mavjud bo‘lgan muvofiq lisoniy vositalar yordamida adekvat o‘girilgan: …hog in sloth, fox in stealth, wolf in greediness, dog in madness, lion in pray – KL, 105 // ...был я свиньёй по лености, лисой по хитрости, волком по жадности, псом по ярости, львом по хищности – КЛ, 539 // ...yalqovlikda cho‘chqa, makkorlikda kal, so‘qtoylikda bo‘ri, badjahllikda it, vahshiylikda arslon edim – QL, 429. Birliklar tarkiblarida jonivorlarning uch tilda ham bir xil xulq-atvorni jonlantira olishlari ularni moddiy jihatdan aniq tarjima qilish, aniqrog‘i, ularni tayyor ekvivalentlari bilan almashtirish imkoniyatini bergan. O‘zbekcha tarjimada makkorlik an’anaviy “tulki” emas, balki “kal” obrazi orqali jonlantirilgan ekan, ushbu holatda asliyatning davr xususiyati to‘g‘ri yaratib berilgan. Hozirgi paytda makkorlik va mug‘ombirlikning tulki fe’l-atvoriga badiiy muqoyasa etilishi an’anaviy tus olgan bo‘lsa-da, o‘tmish o‘zbek adabiyotida, xususan, xalq og‘zaki ijodiyotida bu xulq “kal kirdikorlari”ga muqoyasa etilar edi” 10 . Metaforalar shirinsuxanlik tasvirini yaratish vositasi vazifasini ham bajaradi. Masalan, o‘zbek lingvomadaniyatida shirinsuxanlik ni ifodalash uchun “ qo‘zichog‘im ” , “ bo‘talo g‘im”, “asalim”, “ chirog‘im ” , “ oppog‘im ” , “jonginam”, “do‘mbog‘im”, turk lingvomadaniyatida “ şekerim ”, “bitanem”, “ kuzum ”, “yavrum”, “hayatim”, “ruhum”, rus lingvomadaniyatida “ голубчик ”, “котик”, 9 Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. –Б.95. 10 Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари. Дарслик. –Тошкент: Фан, 2005. –Б. 214-215.
“ зайка ”, “золотой” ingliz lingvomadaniyatida “baby”, “honey”, “dove”, “ frog ” , “sweet heart” kabi hissiy-ta’sirchan so‘zlardan keng foydalaniladi. N.D.Arutyunovaning qayd qilishicha, metaforada yolg‘on va haqiqat o‘zaro birlashadi... Metafora nafaqat qisqargan o‘xshatish, shu bilan birga, qisqargan qarama-qarshilik hamdir 11 . Metaforalarni ham xuddi o‘xshatishlar singari turg‘un va individual-muallif metaforalariga ajratish mumkin. Turg‘un metaforalarga dunyo – bu – teatr , dunyo – bu – kitob , sevgi – bu – olov , vaqt bu – pul va h.k. misol bo‘ladi. Individual-muallif metaforalariga N.Eshonqulning “Tun panjaralari” nomli qissasidan olingan quyidagi mikromatndagi metaforalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin: “...Sen nega meni bu xilvatga, bu zulmatgan tashlab ketding? Nega qalbimdagi imon chiroqlarini o‘chirding? Axir sendan buni kutmagandim-ku? Mana shu kichkina ko‘rimsiz yuragimda muhabbatning kemalari suzib yurardi-ku? Sen nega meni yolg‘izlikning yirtqich quzg‘unlariga tashlab ketding? Nega meni umidsizlikning oq ayiqlariga yem qilib tashlab ketding?” 12 . Umuman, metaforalarni yaratish mexanizmi quyidagicha bo‘ladi: turli mantiqiy sinflar orasidan umumiy xususiyatlar va belgilar asosida tenglashtirilgan ikki xil predmet tanlab olinadi. Masalan, bosh – “tananing bo‘yindan yuqorigi, oldingi qismi”; boshdagi yuqori, oldingi qismlik xususiyati “sabzavotning yumaloq o‘rami” hosila ma’noga ko‘chirilishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilida: bir bosh piyoz ; turk tilida: bir baş soğan . Metaforalar ma’lum “vaqt o‘tishi bilan o‘zining estetik qimmatini, yangiligini yo‘qotishi mumkin”. Masalan, stolning oyog‘i , shishaning og‘zi va h.k. Bunday holatlarda mazkur metaforalar obrazlilik yaratish vositasi sifatida iste’moldan chiqadi. Umuman, metaforalar tez eskirib, o‘rniga yangisi kelib turishi bilan tavsiflanadi. 2. Evfemizm va disfemizm. Turli xalqlarning ruhiyati ularning tilidagi evfemizm va disfemizmning yuzaga kelishida namoyon bo‘ladi. Muayyan tilning 11 Арутюнова Н.Д. Метафора дискурс / Теория метафоры. –М.: Прогресс, 1990. –С. 5-32. 12 Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. –Тошкент: Фан, 2013. –Б. 104.