Ikrom Otamurod she’rlarida metafora va uning ifodalanishi.
Ikrom Otamurod she’rlarida metafora va uning ifodalanishi. Baymuradova Adiba Olimovna SamDU filologiya fakulteti Lingvistika (O‘zbek tili) yo‘nalishi 1-kurs magistranti Annotatsiya: Ikrom Otamurod she’rlarida uchraydigan o‘xshatish va metaforalar, ularning faqat shoir ijodiga xos bo‘lganlari haqida fikr yuritildi. Kalit so‘zlar: Lingvopoetika, o‘xshatishlar, ko‘chma ma’no, oddiy metafora, personifikatsiya, sinesteziya. Lingvopoetikada o‘xshatish – badiiy tasvir vositalaridan biri bo‘lib, obyektni obrazli, ta’sirchan, konkret va ixcham ifodalash xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘xshatishla r orqali har bir ijodkor o‘zigagina ma’lum bo‘lgan dunyoni, o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib boshqalarga ham ilinadi. Kitobxonni o‘z dunyosiga olib kirmoqchi bo‘ladi. O‘xshatish deb, bir predmet yoki hodisani ikkinchi bir predmet yoki hodisa bilan taqqoslaganda ularning shakli yoki mazmun tomondan obrazli o‘xshashiga aytiladi. O‘xshatishlar o‘ziga xos obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun ham ular nutqda hamisha badiiy- estetik qimmatga ega bo‘lib, nutqning emotsional-ekspressivligi, ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiladi. Tilimizda o‘xshatishga nisbatan ham metafora atamasi ko‘p qo‘llaniladi. A. Potebnya metaforaga nisbatan qisqargan o‘xshatish ta’rifini beradi. Arastu esa siqiq o‘xshatish degan ta’rifni ishlatadi. Metafora narsa-buyum, voqea-hodisalar, belgilar o ‘ rtasidagi o ‘ zaro o ‘ xshashlikka asoslangan ma ’ no ko ‘ chishi, ya ’ ni metafora ko ’ chma ma ’ no hosil qilishning eng keng tarqalgan usullaridan biridir 1 . Boshqacha aytganda ko‘chma ma’noning keng tarqalgan turi metaforadir. O‘zbek tilida metafora leksik ma’no taraqqiyot yo‘llaridan biri sifatida qaraladi, hamda ko‘chimning o‘xshashlikka asoslangan turi sifatida baholanadi. Metafora asosida nom ko‘chishi predmet, belgi, harakat, holatlarning keng ma’nodagi o’xshashligiga asoslanadi. Metaforada o‘xshatish ochiq bo‘lganda tushunarli, o‘xshatish hosil qilinganda tushunarsiz, o‘xshatish yo‘qolganda sezilarsiz bo‘ladi. Ko‘chma ma’nolarni atroflicha tadqiq etgan M. Mirtojiyev metaforalarning denotat o‘xshashligi belgisiga ko‘ra uch guruhga bo‘ladi 2 : oddiy metafora, personifikatsiya, sinesteziya. Bunda oddiy metafora belgilarga qarab oddiy qiyoslash, personifikatsiya – jonlantirish orqali qiyoslash, sinesteziyada esa subyektiv holatda qiyoslash o‘xshatish uchun asos bo‘ladi. Metafora shoirga dilidagilarni kutilmagan o‘xshatishlar orqali kitobxonga yetkazish uchun yordam beradi. She’riyatda badiiy metaforadan unumli foydalaniladi. Metafora usulida ma’no ko‘chishini izohlash uchun komponent tahlil usulining ahamiyati juda muhimdir. Bu leksemalar tarkibini semalarga bo‘lib 1 Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р, Рустамов Ҳ. Ўзбек тили стилистикаси.Т.: Ўқитувчи, 1983,–Б.246 . 2 Миртожиев М. Лингвистик метафоралар таснифи. // Ўзбек тили ва адабиѐти. – Т., 1973.- № 4. – Б. 33-37 .
o‘rganish usuli bo‘lib, metafora hodisasini izohlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham ushbu maqolada asosan o‘xshatishning bir turi bo‘lgan metaforalarga to‘xtaldik. Ikrom Otamurodning ijodida metaforalar alohida e’tiborga loyiq. She’rlarida individual, hech bir ijodkorda kuzatilmagan metaforalarni ko‘rishimiz mumkin. 3 Xususiy-muallif metaforalari yangi va okkazional, kutilmagan bo ‘ ladi. Ularni yozuvchining o ‘ zi estetik maqsad, ya ’ ni borliqni subyektiv munosabatini ham qo ‘ shib obrazli ifodalab nomlash asosida yaratadi. Ular uslubiy jihatdan bo ‘ yoqdorlikka va voqelikni obrazli tasvirlash xususiyatiga ega bo ‘ ladi. Shuning uchun ham badiiy matnda qahramonning his-tuyg ‘ ularini ta‘sirchan, yorqin bo ‘ yoqlarda, aniq va ixcham ifodalashga xizmat qiladi. B unday metaforalar badiiy matnning lingvopoetik va lingvokulturologik tahlilida favqulodda muhim o ‘ rin tutadi. Chunki har bir yozuvchi o‘z mentaletidan kelib chiqib, o‘z tasavvur dunyosi doirasidan foydalanib o‘xshatishlar qiladi. Xususiy-muallif metaforalarida hamisha konnotativ ma ’ no aniq holda ifodalanadi. Metaforalar ham yozuvchilar mahoratini yaqqol ko‘rsatadigan oynaga o‘xshaydi. Oynaga esa siz nimaning aksini tutsangiz, o‘sha narsaning aksini ko‘rish mumkin. Badiiy-estetik qimmat, lingvopoetik salmoq nuqtai nazaridan erkin metaforalar yozuvchining mahoratini namoyon etuvchi vositalardan biri sifatida talqin etiladi. Yozuvchi o‘zining badiiy tasvir maqsadiga muvofiq ravishda xilma-xil metaforalar yaratadi, bu metaforalar kutilmaganligi, oxorliligi bilan o‘quvchini rom etadi, muayyan ruhiy yoki jismoniy holat-xususiyat – predmetlarni o‘quvchi ko‘z o‘ngida yaqqol gavdalantiradi. Metaforik munosabat ma’lum sharoitda, ma’lum voqea-hodisani tasvir etishda ikki predmet yoki hodisa o‘rtasidagi umumiy ko‘rinishlar, hislatlar biridan ikkinchisiga ko‘chiriladi. Ikrom Otamurod bir she’rida “dunyo”ni “ Dunyo – qadimgi roviy, dunyo – ruhimning sasi ” deya izohlaydi. “Roviy” so‘zi o‘zbek tilining izohli lug’atida “hikoya qiluvchi, naql aytuvchi, qissa aytuvchi” sifatida talqin etilgan. 4 Agar bolaligimizni eslasak, buvilarimiz tunlari hammamizga ertaklar aytib bergan. Bu ertaklarda buvilarimizning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlari ham aks etgan. Chunki ham ularning yoshi, ham hayot tajribasi katta bo‘lgan. Bu yerda shoir dunyoni ana shunday keksa hikoya aytuvchiga o‘xshatyapti. Dunyo yaralibdiki, unda millionlab odamlar yashab umr kechirib, unda o‘zining izini qoldirgan. Kimdirning hayoti kimdir uchun xulosa chiqarisha asos bo‘lgan. Dunyo esa yaxshiga ham, yomonga ham o‘z bag‘rini ochgan. Dunyoning qissa aytuvchiligi shundan dalolat. Yana dunyoni ruhimning sasi ham deyapti. “Sas” o‘zbek tilining izohli lug‘atida “ovoz, tovush” sifatida izohlangan. Shoir bu dunyo mening ichki olamim ovoziga o‘xshaydi demoqchi. Inson go‘yoki ichi turli xil 3 Икром Отамурод. Харитага тушмаган жой. –Тошкент: Шарқ, 2011. 4 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. А.Мадвалиев таҳрири остида. I I жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 200. – 59-b.
buyumlar bilan to‘ldirilgan ko‘zaga o‘xshaydi. Agar ko‘zaga gullar solingan bo‘lsa, undan faqar gullarning xushbo‘y ifori taralib turadi, agar ichiga chiqindi solingan bo‘lsachi? Javobini bildingiz, menimcha. Shoir dunyoni ruhining ovoziga o‘xshatayotgani bejiz emas ekan demak. Agar ruh ezguliklar bilan boyitilgan bo‘lsa, u dunyoga faqat ezguliklarni beradi. Dunyoni ham o‘sha sof ruhi, ovozi bilan idrok etadi. Yana o‘sha she’rida “ Sochar dashtlar ustinda, yulduzlarini osmon,//Dunyo – yamoq po‘stinda, dunyo – uzilgan paymon” misrasida metafora insonning dunyoni anglashida qanchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rish mumkin. U shoirning ichki olamini, keng fantaziyasini ochib berishga xizmat qilyapti. Nega aynan dunyoga nisbatan yamoq po‘stin metaforasi ishlatilyapti? Buning boisi inson bu dunyoda yashar ekan, uning hamma istaklari ham amalga oshavermaydi. Shuning uchun ham “birkam dunyo” iborasi ko‘p ishlatiladi. Bundan tashqari po‘stinning yamoqligi, dunyoning qadimiyligiga ham ishora. “ Dunyo – uzilgan paymon” jumlasida “paymon” izohli lug’atda “fors.- va’da, bitim, ahd” 5 deb izohlangan. Demak, bu dunyo o‘z va’dasida turmaydi. Qur’oni karimda “Bu dunyo hayoti, faqat g’urur (aldov) matohidir” deyilgan ( “Oli imon” surasi, 185). Navoiy esa ilohiy hikmatni nazmga solib shunday deydi: “Dunyo erur mazra’an foxira,// Ad-dunyo mazra’atul- oxira”. 6 Ya’ni ko‘zimizga ko‘rinib turgan dunyo chiroyli, faxrlansa arzigulik ekinzorga o‘xshaydi, aslida esa bu dunyo u dunyoning polizidir. Bu dunyoda yaxshilik ekinini eksang, u dunyoda jannat mevalarini terasan. Bu dunyo poliziga yomonlik urug’ini qadasang, Qiyomatda do‘zaxning otash toshlarini yutasan. Bu yerda poetik metafora – dunyo obrazni shakllantiryapti. Shoir dunyo haqida fikrlarini davom ettirib “ Dunyo – nishlagan g’uncha, dunyo – yangi chiqqan oy ” metaforalarini ham ishlatadi. G’uncha so‘zi izohli lug’atda (f. kurtak, shona) hali ochilmagan, gulbarglari hali yozilmagan gul tarzida izohlangan. Bu yerda ijodkor endi dunyoni eski, qadimiy emas, balki yangi hali kurtak ham ochmagan g’unchaga qiyos etyapti. Bilamizki, endi tug‘ilgan, endi qadam bosayotgan bolalar uchun bu dunyo yangi. Ular bu dunyoni o‘z holicha kashf etadi. Ular uchun bu dunyo hali o‘rganilmagan bir cho‘qqi. Bu yerda shoir aynan mana shu ma’noni nazarda tutib dunyoni g‘unchaga qiyoslayapti. G‘uncha ma’lum bir vaqtdan keyin, albatta, barglarini yozib, go‘zal gulga aylanadi. Gul bo‘lib, o‘z tarovatini hammaga taratgandan so‘ng, bir kun asta-sekin so‘liy boshlaydi. Shoir bu bilan bu dunyoga kelgan, kurtak yozgan, yashayotgan har qanday jonzot, dunyoni tark etishga mahkum demoqchi bo‘ladi. Ikrom Otamurodning yutug’i shundaki, u birgina dunyoni ham keksa, ham yosh kontrasti asosida ko‘z oldimizda gavdalantira olyapti. Yana dunyoni yangi chiqqan oyga mengzayapti. Tilimizda go‘zal qizlarni oyga qiyoslash juda ko‘p qo‘llanilgan, lekin dunyoga nisbatan 5 Yuqorida keltirilgan asar. 66-b. 6 Муталлибов С. Алишер Навоий. Ҳикматлар. –Тошкент, 1968 .42-b.
“ Dunyo – yangi chiqqan oy ” o‘xshatishining berilishi shoirning ijodiy original mahsulidir. Bu misollarda keltirilgan o‘xshatishlarning ko‘pchiligi metafora xarakterli. Badiiy adabiyotda metafora o‘xshatishning qisqargan formasi bo‘lib, u predmetning nomi bo‘lish vazifasini bajarmaydi. Chunki bunda shu nutqiy parchada ilgari hech qachon anglatmagan predmet yoki hodisani anglatadi. Ya’ni so‘zni hamma bilgan ma’noda emas, boshqa bir ma’noda qo‘llaydi. Professor L.I.Timofeyev badiiy metaforaning ana shu xususiyatini ko‘rsatib shunday deydi: “Metaforada...o‘xshashlikka yoki zidlikka ko‘ra real (voqea) aloqa va bog‘liqlikka ega bo‘lmagan asosiy va qo‘shimcha ma’nolar kesishgan bo‘ladi”. 7 Quyidagi satrlarda ham lingvistik metaforaning go‘zal ko‘rinishlarini ko‘rish mumkin : Tungi daryo – uzala tushgan qilich, Bo‘lak-bo‘lak tunning ko‘hna yostig‘i. Ko‘z oldimizga tungi daryo manzarasini keltiraylik. Kechqurun unga qaraganda uzoqdan oqimtir bo‘lib ko‘rinadi, oy oynaday dengiz suvida akslanadi. Uning nurlari shaffof suvda juda go‘zal ko‘rinadi. Endi shoirning misralarini yana bir bor eslaymiz: “ Tungi daryo – uzala tushgan qilich ”. Bilamizki, qilich juda o‘tkir bo‘lib, agar uni qiyalatsak nurda akslanib jilolanadi. Shoir aynan mana shu qilichning qiya tushganini, tungi daryoning jilolanishiga qiyoslayapti. Osmonga qaraganda, oyning yonida bulutlar suzib yuradi. Aynan mana shu bulutlarga ishora qilib, bulutlarni osmonning ko‘hna yostig‘i deb atayapti. Ikrom Otamurodning deyarli barcha she’rlarida hayotning baxti ham, baxtsizligi ham, oddiy qishloq bolasining sof qalbi ham, erta-yu kech tinim bilmay mehnat qilgan oddiy, sodda ayolni ham, qishlog‘ini sog‘ingan chapani insonni ham, xatto qismatga ko‘ngan qismatdoshlarni ham ko‘rish mumkin. Bosib kelaverar uqubat-quyun, Yukinib charchaydi, to‘kinib charchar. Qismat – langarcho‘pga tikilgan o‘yin, Kunduz quyosh-parcha, tunda oy-parcha. Ushbu misralarda shoir qismatni langarcho‘pga tikilgan o‘yin deb metaforik ma’noda qo‘llayapti. Xo‘sh, langarcho‘pga tikilgan o‘yin qaysi? Qaysi o‘yinda o‘yinchi, o‘z hayotini bitta shu langarcho‘pga ishonib, tavakkal qiladi. Bu, so‘zsiz, darbozlardir. Darbozlar dorda muvozanatni saqlash uchun qo‘lda tutadigan yo‘g‘on uzun tayoqdan foydalanadi. Shu orqali og‘irligini ikki tomonlama bir xil muvozanatda saqlaydi. Shoir mana shu o‘yinni qismatga qiyoslayapti. Darboz dorga chiqar ekan, u shu dordan omon tushushini aniq bilmaydi. Qismat ham shunday bir kun, bir soat, bir daqiqadan keyin nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Namoz so‘ngida o‘ng tomonga salom berib, chap 7 Усмонов С. Метафора // Ўзбек тили ва дабиеlти. – 1964. - № 4. – Б. 34-36.
tomonga salom berishga ulguramanmi, yo‘qmi, Xudo biladi”, degan ekanlar. Demak, chindan ham qismat – bu langarcho‘pga tikilgan o‘yin ekan. Yo yutasiz, yoki yutqazasiz. Shoir poetik metafora orqali qismatning langarcho‘pga tikilgan o‘yinligini oddiy so‘zlar orqali aks ettiryapti va shu orqali yangilangan badiiy obrazni shakllantiryapti. Ikrom Otamurod ijodida o‘z qishlog‘ini sog‘inish, unga talpinish, o‘zbek madaniyatining bir bo‘lagi bo‘lgan turli xil buyumlarni aks ettirish ham muhum o‘rin tutadi. Shoir bir she’rida “Mehr – momolarim to‘qigan tumor, oqibat – bobolar yigirgan tasbeh” deydi. Mehrni tumorga o‘xshatgan biror ijodkorni uchratganmisiz? Qadimda momolarimiz turli xil balo-qazolardan nabiralarini asrash, ularga ko‘z tegishini oldini olish maqsadida, har xil qalampir-u munchoqlarni olib, o‘z qo‘llari bilan tumorlar yasaganlar. Ularni o‘z qo‘llari bilan nabiralari bo‘yniga taqib qo‘yganlar. Bu tumorlarda momolarning mehri jo bo‘lgan. Bobolarning qo‘llarida esa doimo tasbeh bo‘lgan. Bu yerda tasbehga nisbatan yigirmoq so‘zi ishlatilyapti, bilamizki, ipni yigirayotganda tinmay charx aylanib turadi va ipni hosil qiladi. Shoir bu bilan oqibat ya’ni mehr-muhabbat kimga berilsa, u xuddi tasbeh qanday aylanib qaytsa, u ham xuddi shunday qaytadi degan fikrni aytmoqchi. Kimgadir oqibat qilinsa, u aylanib qaytishi bobolar qo‘lidagi tasbehga qiyos qilinyapti. Shoir o‘zbekka xos bo‘lgan milliy kiyim bo‘lgan to‘nni she’rida o‘zgacha qo‘llaydi: “ Poyida sog‘inchlar uxlagan uyning,//eshigi g‘iyqillab ochilar bir kun.// Yirtilib sog‘inchning qirq yamoq to‘ni,// baridan tirqirab sachraydi sukun” . Sog‘inchning to‘ni tasvirida, shoir qalbidagi sog‘inch, ilinj kabi tuyg‘ularini his qilish, to‘nning yirtiqligi, uning qirq yamoqligi obrazida esa sog‘inishning naqadar azobligini ko‘rish mumkin. Bu yerdagi metaforik ifoda sog‘inchning qirq yamoq to‘ni orqali, kitobxonni o‘sha holatga olib kiryapti. Uni his qildirishga urinyapti. Parchadagi sog‘inchlar uxlagan uy, sog‘inchning qirq yamoq to‘ni so‘zlari betakror bir tarzda metaforik qo‘llangan. She’rdagi yaxlit badiiy mazmunning tugal ifodalanishida bu so‘zlardagi metaforalar badiiy ustunlar vazifasini bajargan. Hatto bu metaforalar tufayli reallashayotgan badiiy ma’nolarni shunchaki tasvirlash, uni tushuntirish, uni his qilish ham mushkul. Shoir to‘n tasvirini yana bir misrada, yangicha ma’noda beradi. Bu safar u tunga nisbatan qora chopon metaforasini ishlatadi: “ Uzoq cho‘zildi o‘n besh kun, o‘n besh kun cho‘zildi uzoq.// O‘n besh kun osmon kiydi, tunning qora choponin”. Bu yerda zaminga tun kirishini osmonning qora chopon kiyishi orqali aks ettiryapti. Yana bu misralarda “Oyning o‘n beshi yorug‘ bo‘lsa, o‘n beshi qorong‘u” maqoliga ham ishorat bor. Metafora mohiyatan o‘xshatish bo‘lgani tufayli, unda o‘xshatilayotgan narsa tilga olinmasa ham, uning ma‘nosini o‘xshatayotgan narsa, uni ifodalayotgan so‘z orqali ham anglash mumkin. Yuqoridagi misralarda ham aynan shuni ko‘rish mumkin.