Insonning vujudga kelish muammosi










Mavzu: Insonning vujudga kelish muammosi : REJA: 1. Inson tushunchasi. 2. Insonning kelib chiqishi haqida diniy va ilmiy qarashlar. 3. Insondagi tabiiylik va ijtimoiylik.
1) Inson - har qanday falsafiy ta’limotning asosini tashkil etuvchi fundamentad falsafiy kategoriya. Inson tushunchasigat aniq ta’rif berish uchun uni olamda mavjud bo’lgan boshqa biologik mavjudotlardan ajratib turuvchi eng muhim xususiyatlarni aniqlash zarur. Ta’kidlash zarurki, eng avvalo Inson boshqa mavjudotlardan o’zining xotirasi, tafakkuri, tili borligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa til uning ajdodlari va avlodlari fanidan vorisiylik aloqadorlik vazifasini bajaradi. Inson kasmiga xos barcha genetik xususiyatlar, ahloqiy normalar, uning faoliyatini boshqaruvchi dasturlar xuddi shu til orqali ajdodlardan avlodlarga uzatiladi. Boshqa tirik mavjudodlardan insonning tub sifatiy farqini ifodalovchi xususiyatlardan yana biri uning o’z amaliy faoliyatini tartibga sola boshlashidir. Bu holat insonning insoniyligini belgilovchi eng muhim xususiyat, madaniyat ekanligi ifodalaydi. SHuningdek insonning o’z turmush uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish malakasiga egaligi ham ana shunday xususiyatlardan biri hisoblanadi. Inson aqlini tanibdiki, o’zining kelib chiqishi, mohiyati va tutgan o’rnini hamda oqli doirasida bajaradigan vazifalarni har doim diqqat markaziga qo’yib keladi. Qadimda SHarqda ham, G’arbda ham insonga koinotning buyuk mo’jasi noyob hodisasi chifatida qaralgan. Bundan 2,5 ming yilcha avval muqaddam yunonistonda dramoturg Sofoklning sahnaga qo’yilgan "Antigona" fojiasida "Mo’zilalar ichida eng ajoyibi- insondir" degan fikr yangragan. O’sha davr mutafakkiri Eipedokl "Inoson har doim inson uchun qiziq hodisadir", desa, boshqa yunon donishmandining fikricha: "Inson o’zini o’zi yaratgan. SHunga ko’ra u barcha normalarning o’lchovidir". SHuningdek, insonni barcha mavjudotlarning eng baxtsizi, uning kelajaki yo’q, deb hisoblovchilar ham bo’lgan. Insonning tarixida kishilar eng ko’p o’ylagan va o’rganishga ehtiyoj sezgan muammolardan biri-insonning tabiati masalasidir. Darhaqiqat, inson va uning tabiati qariyb 2,5 ming yillardan biri maxsus o’rganiladi. Insonga jismoniy tana sifatida ham qarash mumkin. Ayni paytda uni
faqatgina vnv shularga tenglashtirib bo’lmaydi, chunki inson tabiatning bir qismi bo’lsa-da, u jamiyat bilan ham chambarchas bo’g’langan. Insonning tabiiy vujudga kelishini tahlil qilish odamlarning yuqori darajadagi sutemizuvchilar bilan genetik bog’liqligini, ularning biologik tabiatida umumiylik ko’pligini ko’rsatadi. Inson qaytarilmas, dunyodagi hech narsaga o’xshamaydigan noyob jonzot hisoblanadi. Insonning jismoniy xususiyatlari ham noyobdor. Hatto "Insonning tanasi- uning ruhiyatining in’ikosi" degan fikrlar ham mavjud. Inson tabiiy-ilmiy izlanishlar obyekti sifatida uch aspekda ko’rib chiqiladi; 1) vujudga kelishi jihatidan; 2) undagi tabiiylikka oid va ijtimoiylikka oid tomonlarning o’zaro munosabati jihatidan; 3) insoning turli-tuman xususiyatlarni maxsus tabiatshunoslik usullari bilan o’rganish jihatdan. Inson tushunchasi dunyoqarash tushunchasi bilan chambarchas bog’langan. U insonning dunyoga qarashi, uni tushunishidir. Bilimlar, qadriyatlar va e’tiqod dunyoqarashning muhim komponentlarini tashkil qiladi. Tabiat, kosmos, hayotning paydo bo’lishi, insoning tabiiy mohiyati haqiqiy bilimlar, shuningdek, kishilarning jamiyat haqidagi sotsiologik, siyosiy, ahloqiy bilim va qarashlari, ularning kundalik bilimlari ko’nikmalari dunyoqarash tizimini tashkil etadi. Insoning ichki olami-fikrlar, hissiyotlar, maqsadlar, qadriyat mo’ljallari, iroda va tasavvurlar - har bir individda noyob, qaytarilmasdir. Inson o’zining ruhiy-ma’naviy mavjudot maqomiga binoan yuksak intelekt, xotiraga, tengsiz hissiyotga egaligi, o’ylash, rad qilish, hisob-kitob qilish rejalashtirish, hayol surish va hokazo imkoniyatlari bilan mo’jizalidir. Faqat u o’zini o’limini oldidan ko’ra oladi. 2) Dastlabki asotiriy tushunchalarga ko’ra inson xudo tomonidan yaratilgan mavjudod hisoblanadi. SHumerliklarning saqlanib qollgan miflaridan birida insoning yaratilishi shunday tasvirlanadi: xudolar oilasi tobora kattalashib borgan. Erkak va ayon xudolar suv xudosi bo’lgan eng dono Enkiga oziq-ovqat va ichimlik miqdorini ko’paytirish usulini topishini burab murojaat qiladilar.
U yer boyliklari xudosi bo’lgan xotini Ninmax bilan birgalikda maylik holatida loydanbirinchi odamni nuqsonli qilib yasaydi. U farzand ko’rishdan mahrum etilgan xotin tanasi bo’lgan va aslzoda ayollar xizmatkorligiga tayyorlangan. Loydan yasalgan ikkinchi odamlar erkak va ayol xudolarga o’xshamasa-da, ular mangulikdan mahrum etilgan bo’lib, erkak va ayol xudolarning buyuk oilasiga sidqi dildan xizmat qilishi lozim edi. Birinchi insoning paydo bo’lishi xususida qadimgi yunon miflarida hikoya qilishicha olimp cho’qqisida yashagan xudolardan odamlar tug’ilganlar. Plutarxning fikricha, misrliklar Ra xudosini dunyoning yaratuvchisi deb hisoblanadi. Bu Osiris, Isida, Seta va boshqa xudolarni hamda dastlabki insonlarning yaratgan. Vaqt o’tishi bilan qarib va kuchsizlanib qolgan Ra xudosiga boshqa xudolar va kishilar bo’ysinmay qo’yishadi. Ana shunday Raning tashabbusi bilan xudolar kengashi chiqiladi va unda kishilarni jazolashga qaror qilinadi. Uni amalga oshirish Xator xudosiga topshirishda, u yerga tushib kishilarni halok qilishga kirishadi. Nihoyat Ra kishilarga rahm qiladi va qirin barotga chek qo’yiladi. Qaytarib qolganligi bois Ra podshohlik qilishdan voz kechadi. Radan so’ng ketma-ket uning uch juft farzandlari - juft xudolar podshohlik qilishadi. Podshohlik qilgan so’nggi juft xudolar-Osiris va Isida hisoblanadi. Ular kishilarni yaxshi xulqli qilib tarbiyalashga intiladilar va ular orasida madaniyatli keng yeyishga harakat qiladilar. Osirisning vafotidan so’ng podshohlik qilish yarim xudolarga o’tadi. Ulardan so’ng esa podshohlik qilish kishilarga nosib etadi. Bunday tasavvurlar Misrda o’sha paytda ko’pxudolik politeizm mavjudligidan dalolat beradi. Firovi Amenxeton IV davriga kelib (mil. avv. 1419- 1400) Quyosh xudosi hisoblanish Atonga yagona xudo sifatida sig’inish joriy qilingan. Nasroniylikning muqaddas kitobi "Injil" da aytishicha "... Yana Xudo: O’z suratimizga ko’ra, o’zimizga o’xshash odamni yarataylik. U dengizdagi boshqlar, ko’k yuzidagi parrandalar norvalor, haq butun yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik qilsin",-dedi. SHunday qilib, Xudo odamni o’z suratida, ilohiy suratda yaratadi. Ularni erkak va xotin qilib yaratadi. O’sha paytda
Xudovandi Karim yerning tuprog’idan odamni yasad, uning dimog’iga hayot nafasini pufladi, shu yo’sinda odam tirik jon bo’ldi". Qur’oni karimda bu jarayon quyidagicha ifodalangan: "Biz insonni (odamni) loyning sarasida yaratdik. So’ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon)dagi maniy qildik. So’ngra (bu) moniyni loxta qon qilib yaratdik bas, parcha go’shtni suyaklar qilib yaratib, (bu) suyaklarga go’sht qopladik, so’ngra(unga jon kirgizib, oldingi hamdan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik". Bunday qarashlarni har bir dinda uchratishimiz mumkin, xususan shulardan ba’zilarni ko’rib chiqsak. Buddizm. Diniy-falsafiy ta’minot sifatida braxmanlar ta’minotidan farqli ravishda paydo bo’ldi. Buddizm ta’limot markazida to’rt haqiqat g’oyasi yotadi. Bu haqiqatlardan birinchisi-hayot azob-uqubat chekishdir, ya’ni "tug’ulish-azob- uqubat, qarilik-azob-uqubat, kasallik- azob-uqubat, yaxshilikdan ajralish-azob- uqubat istalgan biror narsaga ega bo’lmaslik-azob-uqubat chekishdir". Ikkinchisi haqiqat azob-uqubatning kelib chiqishiga taalluqli. Budda ta’limoti bo’yicha azob-uqubatning ildizi hayotga chanqoqlikda, "huzur-halovatga erishishi orzusida, yashash ishtiyoqidir". Bundan uchinchi haqiqat kelib chiqadi.-azob uqubatning sabablari mavjud. Shunday ekan azob-uqubatni tugatish mumkin-buning uchun azob uqubat chekishga olib keluvchi orzu-istaklarga erishish ishtiyoqidan va kechish, uni yoqotish, uloqtirib tashlash kerak. Va, nihoyat to’rtinchi haqiqat azob-uqubatlardan qutulishga olib keluvchi yo’l haqida xabar beradi. Azob-uqubatlarni bartaraf etishga olib beruvchi yo’l quyidagilardan iborat; to’g’ri yo’l-tshrt haqiqatni to’g’ri tushunish; to’g’ri qat’iylik o’z hayotini o’zlashtirib olingan haqiqatlarga muvofiq ravishda o’zgartirish xoxish-irodasi, to’g’ri nutq-yolg’on, tuxmat, qo’pol so’zlardan o’zini tiyish; to’g’ri hatti-harakat-tirik jonvorlarga yomonlik qilmaslik, o’g’rilikdan o’zini tiyish; to’g’ri hayot tarzi-halol mehnat bilan yashash odati; to’g’ri zo’r berish-halol mehnat bilan yashash odati; to’g’ri zo’r berish-havas va yomon fikrlarga qarshi qurilishi; fikrni to’g’ri yo’naltirilish-hamma narsaning