logo

PEDAGOGIK PSIXOLOGIYYANING YUZAGA KELISH TARIXI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

38.041015625 KB
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYYANING YUZAGA KELISH TARIXI .
REJA:
1.Pedagogik psixologiyaning umumpsixologik konteksti. 
2. Psixologiya   nazariyalari   va   uning   pedagogik   psixologiya   rivojlanishiga
ta’siri. 
3.“Pedagogik  psixologiya"  terminining  kiritilishi. 
4. Pedagogik  psixologiya fanining rnvojlanish  bosqichlari. Mamlakatimizdagi   mavjud   barcha   o’quv   yurtlari   ta’lim-tarbiyani   to’g’ri,
ilmiy   asosda   tashkil   etish   uchun   bu   jarayonning   o’ziga   xos   psixologik
qonuniyatlarini,   uning   mexanizmlarini,   shuningdek,   faol,   mustaqil   hamda   ijobiy
tafakkur   jarayonini   zamonaviy   bilimlar   asosida   tarkib   toptirishning   samarali
usullairni bilishi lozim bo’ladi.
Ma’lumki   keyingi   o’n   yil   mobaynida   mamlakatimizdagi   barcha   ta’lim
tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi.   Ta’limning eksperimental
ravishda   tekshirilgan   yangi   usullari   (masalan,   interfaol   ta’lim   metodlari)   joriy
qilinmoqda.
Pedagogik   psixologiya   -   ilmining   tarmog’i   sifatida,   ta’lim   va   tarbiyaning
shaxsga   samarali   ta’sir   etuvchi   omillari,   qonuniyatlari   va   mexanizmlarini
o’rganuvchi fandir.
Bolalar   va   yoshlarning   maktabdagi   hamda   boshqa   ta’lim-tarbiya
muassasalaridagi   faoliyat   va   hatti-harakatlarining   psixologik   qonuniyatlarini
o’rganuvchi   pedagogik   psixologiya   ikki   fanni,   ya’ni   psixologiya   va   pedagogika
fanlarining   tutashgan   joyidan   o’rin   egallagandir.   Pedagogik   psixologiyaning
predmeti   maktabda   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   egallash   qonuniyatlarini,   bu
jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil
va   ijodiy   tafakkurni   tarkib   toptirish   qonuniyatlari   tashkil   etadi.   pedagogik
psixologiya   ta’lim-tarbiyaning   ta’siri   bilan   o’quvchilar   psixikasida   sodir
bo’ladigan o’zgarishlarni ham tadqiq etadi. bundan tashqari, o’quv materiallarining
o’quvchilarga   mos   kelishi,   turli   ta’lim   metodlarining   psixologik   jihatdan
samaradorligi,   darsliklar,   o’quv   qurollari,   asbob-uskunalar   va   maktab   ishlarining
tartibiga   nisbatan   bo’lgan   psixologik   talablar   kabi   muammolarni   ham   pedagogik
psixologiya o’rganadi.
Hozirgi   vaqtda   pedagogik   psixologiyaning   eng   muhim   vazifalaridan   biri
maktabdagi   ta’lim   jarayonini   yanada   takomillashtirishning   psixologik   asoslarini
ishlab chiqishdan iborat  bo’lib, bu narsa yangi  ta’lim dasturiga o’tish munosabati
bilan   bog’liqdir.   Pedagogik   psixologiya   shu   bilan   birga   o’quvchilar   shaxsining
tarkib   topish   jarayonini   turli   tarbiyaviy   tadbirlarning   o’quvchilarga   ko’rsatadigan ta’sirini   o’rganadi   hamda   o’quvchilarning   o’z-o’zini   tarbiyalashning   psixologik
asoslarini tadqiq etadi. 
Nihoyat, pedagogik  psixologiya  ta’lim   – tarbiya  jarayonining  tashkilotchisi
bo’lgan   o’qituvchi   shasini,   uning   pedagogik   faoliyat   xususiyatlarini   o’rganadi.
Bunda o’qituvchining ta’lim – tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlarni
ajratib   ko’rsatish   bilan   birga   uning     bilim,   ko’nikma,   malaka   va   qobilyatlarining
tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari aniqlanadi.
  Shu bois pedagogik psixologiya fanini o’rganish ham nazariy, ham amaliy
ahamiyatga   ega   bo’lib,   u   boshqa   fanlar   singari   taraqqiyotning   umumiy
tamoyillariga:   oliy   nerv   faoliyati   qonunlariga,   psixofiziologiya   qonunlariga   bu
sohada   to’plangan   ilmiy   ma’lumotlarga   tayanib,   inson   psixikasining   kechishi
rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan bahs yuritadi.
Pedagogik   psixologiya   ilmining   alohida   predmeti   sifatida   XIX   –   asrning
boshlarida   vujudga   kelgan   bo’lishiga   qaramay,   uning   mustaqil   fan   sifatida
rivojlanishi   va   qaror   topish   yo’li   ancha   murakkab   kechgandir.   Mazkur   ilmning
rivojlanishiga   turli   dunyoqarashlar   o’rtasida   olib   borilgan   doimiy   kurash   katta
ta’sir   ko’rsatgan.   Jamiyat   tarixiy   taraqqiyotining   u   yoki   bu   bosqichida   qanday
dunyoqarash ustuvorligiga qarab, tekshirishlar darajasi va sifati, olingan natijalarni
qanday izohlash zarurligi belgilab berilgan.
O’tmishda   ajdodlarimiz   insonning   psixologik   qonunyatlarini   izchil,
atroflicha,   muayyan   ilmiy   yo’nalishda   o’rganmagan   bo’lsalarda,   biroq
allomalarning   qo’lyozmalarida   mazkur   holatlarning   namoyon   bo’lishi,   inson
kamoloti to’g’risida qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.
Abu   Nasr   Forobiy   pedagogika   masalalarini   va   ular   bilan   bog’liq   bo’lgan
psixologik,   fiziologik   muammolarni   ijobiy   hal   etishda   insonni   har   tamonlama
yaxlit   va   o’zaro   uzviy   bog’liq   bo’lgan   qismlardan   iborat   deb   aytadi.   Forobiy
mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson
tanasi, miyasi, sezgi organlari tug’ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi,
ruhi,   intellektual   va   ahloqiy   xislatlari,   harakteri,   dini,   urf–odatlari,   ma’lumoti
tashqi   muhit,   boshqa     insonlar   va   shu   kabilar   bilan   muloqotda   vujudga   keladi, inson   o’z   faoliyati   yordamida   ularni   egallaydi,   ularga   erishadi.   Uning   aqli   fikri,
ruhiy yuksalishining eng yetuk mahsuli bo’ladi deb ta’kidlanadi.
Abu Rayhon Beruniy   ta’lim va trbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqyei,
inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik va
insonshunoslik   zamirada   yaratilgan.   Bilim   va   tarbiyaning   tabiatga   uyg’unlik
tamoyillarini   mutafakkirining   barcha   asarlarida   kuzatish   mumkin.   U   insonni
tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi.  
Beruniy   ta’lim   jarayonining   tabiatiga   chuqur   kirib   borib,   bolalarning   yosh
xususiyatlarini   hisobga   olish   asosiga   qurilgan   o’qitsh   tabiatga   uyg’unligini
uqtiradi.
Beruniy   pedagogik   ijodida   inson   va   uning   baxt–saodati,   ta’lim–tarbiyasi,
kamoloti bosh masala bo’lgan.
O’rta   asrda   yashab,   ijod   etgan   donishmand,   tabobat   ilmining   dohiysi   Abu
Ali ibn Sino  inson ruhiyati, jang va qalbning birligi, inson organizmining tuzilishi
undaga   nerv   faoliyati   va   ularning   tarmoqlanishi,   holatlari   haqidagi   qimmatli
ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi.
Yusuf   Xos   Hojibning   bosh   masalalarida   biri   komil   insonni   tarbiyalashdir.
Adib o’z asasrlarida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talablariga javob bera
oladigan   insonni   qanday   tasavvur   qilgan   bo’lsa,   shu   asosda   u   o’z   tamoyillarini
izchil   bayon   etadi.   «Qudadg’u   bilig»   («Saodatga   yo’llovchi»)   asari   ta’lim   va
tarbiya,   ma’naviy   kamolotning   yo’l–yo’riqlarini   usullarini,   chora   tadbirlarini
o’zida mujassamlashtirgan, ahloq va odobga doir ma’naviy manbadir. 
Abdurahmon   Jomiyning   «Bahoriston»,   «Xirandnomai   Iskandari»,
«Tuhtaful   ahror»   va   boshqa   asarlarida   ilm-ma’rifat,   ta’lim-tarbiya,   kasb-   hunar
o’rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalangan.
Alisher   Navoiyning   «Xazoyinul   maoniy»,   «Mahbubul   qulub»   va   boshqa
asarlarida   yetuk   barkamol   insonning   axloqi,   ma’naviyati,   o’zgalarga   munosabati,
iste’dodi   va   kobiliyati   to’g’risida   qimmatli     mulohazalar   yuritilgan.   Ana   shu
psixologik   mezonlar   ijtimoiy   adolat   qaror   topish   uchun   muhim   ahamiyatga   ega
ekani   takidlangan.   Shuningdek,   Navoiy   asarlarida   yosh   avlodni   barkamol   inson sifatida   shakllanishida     ota-   onaning     roli,   ayollarning   iffatliligi,   kishilarning
kamtarligi haqidagi fikr mulohazalari alohida o’rin egallaydi.
Navoiy «Hamsa»sining har bir dostonida buqilmas iroda, qa’tiyatlilik, itoat,
insonparvarlik   tuyg’ulari,   ijodiy   xayolot,   insonning   murakkab   ichki   kechinmalari
mohirona   yoritilgan.   Shuningdek   Mahmud   Qoshg’ariy,   Ulug’bek,   Naqshbandiy,
Ogahiyning   yoshlar   tarbiyasiga,   axloq-odob,   fe’l-atvor,   oilaviy   hayot,   kishilararo
munosabatlarga   doir   qarashlari   ularning   asarlarida   ravon   va   ixcham   bayon
etilganligini ta’kidlash mumkin. 
Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog’liq psixologik muammolari yirik
rus olimlari, faylasuf va yozuvchilarni ham muntazam jalb etib kelgan. Rossiyada
psixologik tadqiqot namunalari Sharq va G’arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati
bilan   bog’liq   turli   asarlarda   shakllanib   kelgan.   Dastlabki   pedagogik-psixologik
mazmundagi   asarlar   XVII-XVIII   diniy-axloqiy   negizda   yoritilgandir.
V.N.Tati щ yev,   A.N.Radi щ yev,   N.I.Novikov   va   boshqalarning   asarlaridagi
dastlabki   qarashlari   ham   psixik   taraqqiyotning   o’ziga   xos   xususiyatlari,   psixik
rivojlanishdagi tafovutlar bilan   yo’g’rilgandir.          
Rus   tarixchisi   V.N.Tatishevning   «Fanlar   va   bilim   yurtlarining   foydasi
to’g’risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til nutqining
mavqyei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog’liqligi ko’rsatilgan.
A.N.Radi щ yev   birinchilar   qatori   bola   psixik   taraqqiyotini   tabiiy-ilmiy
yo’sinda asoslab berishga urindi. Uning «Peterburgdan Moskvaga sayohat» kitobi
bu   boada   pedagogik-psixologik   sirasidan   munosib   o’rin   egallaydi.   Yozuvchining
fikricha inson tashqi muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, shu
yo’sinda uning tafakkuri, ulg’ayib shakllanadi. 
N.I.Novikov   bashariyat   farovonligini   ko’zlab,   yoshlar   va   bolalar   o’rtasida
foydali   bilimlarni   keng   targ’ibot   etish   uchun   ularni   o’ziga   xos   yo’sinda
tarbiyalamoq   zarur   deb   aytadi.   Uning   asarlarida   insonning   kamoloti   uchun
tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg’u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega ekanligi
ta’kidlanadi. Rossiyada   pedagogik   psixologiya   fanining   rivojlanish   tarixida
K.D.Ushinskiyning  o’rni alohida ahamiyat kasb etadi.   U ning fikricha psixologiya
fanining   asosiy   vazifasi   tarbiyaning   maqsadini   aniqlashga,   ta’lim-tarbiya
natijalarini   to’g’ri   baholashga,   shular   asosida   yangi   metod   va   usullar   yaratishga,
pedagogik   tajribani   tahlil   qilish   va   umumlashtirishda   muhim   o’rin   tutadi   deb
aytadi.   K.D.Ushinskiyning   «Inson   tarbiya   predmetidir»   asarida   pedagogik   ta’sir
jarayoni   hisoblangan   insonning   psixologik   xususiyatlari,   uning   o’ziga   xos
tomonlari o’z aksini topgan.
Shuningdek,   Rossiyada   ilmiy   psixologiyani   rivojlantirishda   N.F.Kapterev,
I.A.Sikorskiy,   A.P.Negayev,   A.F.Lazurskiy,   P.F.Lesgaft,   I.M.Sechenov,
I.P.Pavlov,  P.P.Blonskiy   singari  olimlar  bu  boada o’zlarining munosib  hissalarini
qo’shganlar.
Ta’kidlash   joizki,   ayniqsa,   L.S.Vigotskiy,   S.L.Rubin щ teyn,   A.R.Luriya,
A.I.Lebnisyev,   M.Ya.Basovlar   tomonidan   yaratilgan   yangi   ilmiy   nazariyalar,
chunonchi   psixikaning   madaniy-tarixiy   taraqqiyot   va   taraqqiyotning   o’zaro
munosabat   nazariyasi,   psixik   taraqqiyotda   faoliyatning   mavqyei   singari   ilmiy-
nazariy   qarashlar   hozigi   kun   psixologiya   o’qitish   metodikasi   va   pedagogik
psixologiya fanining tayanch tushunchalaridandir. 
O’tgan asrning o’rtalarida vujudga kelgan turli nazariyalar, qarashlar, o’quv
faoliyati   va   ta’limning   talqinlari   (D.N.Bogoyavlenskiy,   N.A.Menchinskaya,
P.Ya.Galperin,   Z.I.Kalm ы kova,   N.F.Gal ы zina,   D.B.Elkonin   V.V.Dav ы dov,
L.V.Zankov,   L.N.Landa,   A.A.Lyublinskaya,   N.V.Kuzmina   va   boshqalar)   nafaqat
pedagogik   tajribani,   balki   psixologiya   fanining   bu   tarmog’ini   ilmiy-amaliy
boyitishga asos bo’ldi.
Ayniqsa,   so’nggi   yillarda   o’quv   materialini   o’zlashtirishning
mexanizmlari   (S.L.Rubinshteyn,   N.Kabakova-Meller,   L.B.Itelson);   haqida
(P.I.Zinchenko,   A.A.Smirnov,   V.Ya.Lyaudis);   tafakkur   (N.F.Shemyakin,
A.M.Matyushkin);   idrok   (Yu.B.Gippenretter);   bolalarda   nutqning   rivojlanishi
(M.I.Lisina,   A.A.Venger);   shaxsning   rivojlanishi   (B.G.Ananyev,   L.I.Vojovich,
V.S.Muxina);   muloqot   va   nutq   (V.A.Artemov,   A.A.Leontev,   V.A.Kan-Kalik); psixik   rivojlanishning   davrlari   (P.P.Blonskiy,   A.S.Vigotskiy,   A.N.Leontev,
D.B.Elkonin, B.G.Ananyev,  A.V.Petrovskiy);   o’quvchilarning aqliy faoliyati  va
iste’dod muammolari  (A.A.Bodalev, N.S.Leytes, N.D.Levitov, V.A.Kruteskiy)ga
bag’ishlangan   qator   ilmiy   tadqiqotlar   o’z   fanining   yanada   rivojlanishiga
o’zlarining munosib hissalarini qo’shib kelmoqda.
XIX   asr   oxiri   va   XX   asr   boshlarida   G’arbiy   Yevropa   mamlakatlari   va
AQShda inson psixologik xususiyatlari bilan bog’liq tajribalarga asoslangan ilmiy
nazariya   va   yo’nalishlar   vujudga   keldi.   Odam   psixik   tabiatini   turlicha   talqin
qilishiga   qaramay,   bu   nazariyalar   ma’lum   darajada   pedagogik   psixologiya
rivojlanishiga   turtki   bo’ldilar.   Bu   borada   E.Meterman,   S.Xoll,   K.Byuler,
E.Klapared, E.Dyurkgeym, P.Jane,  J.Piaje, A.Vallon, Dj.Bruner  va boshqalarning
ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin.
Fransuz psixologi  E.Dyurkgeym   –   ulg’ayish   –   kishilarning   his-tuyg’ularni
o’zlashtirishi   ekanligini,   shu   bois,   idrok   qilingan   tasavvurlar   bolaning,   ruhiy
faoliyatini   ifodalashini,   bolaning   tajriba,   an’ana,   urf-odatlarni   taqlid   orqali
egallashini,   biologiyada   irsiyat   qanchalik   ahamiyatli   bo’lsa,   taqlid   ham
jamiyatda shunday o’rin tutishini uqtiradi .
Yana   bir   fransuz   psixologi   P.Janenning   fikriga   ko’ra,   inson   psixikasi
ijtimoiy   munosabatlarga   bog’liq,   zotan   jamiyat   va   tabiat   o’rtasidagi   turli
aloqalar   tizimining   shakllanishi   insonning   ulg’ayishini   belgilaydi.   U   aloqa
sifatida   hatti-harakatni   tushunadi,   bu   esa   kishining   atrof-muhitga   shaxsiy
munosabatidan   boshqa   narsa   emas,   albatta.   P.Janenning   ta’kidlashicha,   eng
qimmatli,   ahamiyatli,   ijtimoiy   harakat   hamkorligidagi   faoliyatda   o’z   ifodasini
topadi,   shaxslararo   tashqi   munosabatlar   rivojlanishning   muhim   tamoyili
hisoblanadi.
Amerikalik   Dj.Bruner   shaxsning   tarkib   topishi   bilan   ta’lim   o’rtasida
o’zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, insonning kamolot sari intilishi bilim olish
samaradorligini   oshirsa,   o’qitishning   takomillashuvi   uning   ijtimoiylashuvini
jadallashtiradi,  deb uqtiradi. Shuningdek, J.Piaje, E.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galton, A.Anastazi, A.Bike,
T.Simonlar   ham   bola   psixik   taraqqiyotida   ta’limning   mavqyeini,   ularning   aqliy
xususiyatlarini,   dasturli   ta’lim,   ko’nikma   va   malakalarning   ahamiyatini,
mashqlarning   o’rnini   ilmiy-amaliy   asoslab   berishda   muhim   o’rin   egallaydilar.
Bu ta’limotlar hozirgi kunda ham o’zining ahamiyatini saqlab qolmoqda.
Mamlakatimizda   ham   psixologiya   o’qitish   metodikasi   va   pedagogik
psixologiya   fanining   muhim   muammolariga   doir   qator   ilmiy-amaliy   tadqiqotlar
pedagog   va   psixolog   olimlar   tomonidan   olib   borilmoqda.   Mazkur   muammolar
hozirgi   zamon   fanining   metodologik   tamoyillari   asosida,   yaqin   va   uzoq   xorijiy
mamlakatlarda   olib   borilayotgan   ilmiy   tadqiqotlarning   yutuqlari   va   g’oyalari
haqidagi   ma’lumotlarga   ega   bo’lgan   holda   o’zining   munosib   o’rnini   egallab
bormoqda. 
Bu   borada   T.Qori-Niyoziy,   S.Rajabov,   P.I.Ivanov,   M.Vohidov,
M.G.Davletshin,   E.G’oziyev,   R.Gaynutdinov,   B.Qodirov,   R.Sunnatova,
R.Toshimov,   A.Jabborov   va   boshqalarning   ilmiy   tadqiqotlarini   e’tirof   etish
mumkin.   Jumladan,   o’quvchilarning   texnik   qobiliyatlari,   o’quv   motivlari,
zamonaviy   maktab   o’quvchisining   psixologik   qiyofasi   M.G.Davletshin   va   uning
izdoshlari   R.Gaynutdinov,   A.Jabborov,   F.Haydarovlar   tomonidan,   tafakkur   va
ta’limni   boshqarish   muammosi   E.G’.G’oziyevning   tashabbusida,   iste’dodli
o’quvchilar   va   kasb   tanlash   muammosi   B.R.Qodirov   rahbarligida,   bolalarning
aqliy faoliyat muammosi  R.I.Sunnatovalar tomonidan samarali olib borilmoqda.
Hozirgi   paytda   respublikamizdagi   yetakchi   oliygohlarning   kafedra   va
laboratoriyalarida o’quvchilarning psixologik-fiziologik xususiyatlari bilan bog’liq
jarayonlarni   tadqiq   etish   yuqori   malakali   mutaxassislar   tomonidan   maxsus
texnikalar   bilan   jihozlangan   sharoitlarda   ilmiy-tadqiqot   ishlari   samarali   yo’lga
qo’yilgan.
Fanning   vujudga   kelishi   va   rivojlanishi   jarayonida   unga   ta’sir   ko’rsatib
kelgan barcha nazariyalar, ilmiy va amaliy ma’lumotlar, yo’nalishlar hozirgi kunga
qadar   o’zining   ahamiyatini   saqlab   kelmoqda   va   fanning   istiqbolida   ham   muhim
ilmiy – nazariy manba hisoblanib qolishi, tabiiydir.  Biologik qonuniyatlarni o’ta jiddiy, o’ylab tashkil qilingan hamda muayyan
reja   asosida   olib   boriladigan   tekshirishlar   orqali   xolisona   aniqlash   mumkin.
Biologik   tadqiqotlar   jarayonini   quyidagi   asosiy   bosqichlariga   bo’lish   maqsadga
muvofiqdir:
1.Muammoninig   qo’yilishi .   Har   qanday   ilmiy   –   tekshirish   ishlari   kabi,
chunonchi, psixologiyadan olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va
amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muammoni aniqlashdan, shuningdek bu muammo
fanda qanchalik ochilganini bilish uchun mazkur mavzuga oid adabiyotlarni tahlil
qilishdan boshlanadi.
2.Tadqiqot   metodikasini   tanlash.   Biologik   tadqiqotlar   turli   metodlar
(bu   metodlar   haqida   quyida   batafsil   fikr   yuritaladi)   bilan   olib   boriladi.
Tekshirishlarning   muvaffaqiyatli   chiqishi   ko’p   jihatdan   metodni   to’g’ri   tanlashga
bog’liq bo’ladi.
3.Aniq   ma’lumotlarni   to’plash.   To’plangan   ma’lumotlar
o’rganilayotgan   muammoga   mos   bo’lishi   yoki   ularni   to’plash   maqsadga   muvofiq
harakterda olib borilishi  zarur. Ilmiy ma’lumotlarga bo’lgan asosiy talab ularning
obyektiv,   to’la   va   izchil   bo’lishidir.   To’plangan   ma’lumotlar   o’rganilayotgan
muammoni har jihatdan harakterlab berishi kerak.
4.Aniq ma’lumotlarni ishlash.  To’plangan ma’lumotlarni matematik va
mantiqiy   jihatdan   ishlab   chiqish   umimiylikni,   xususiylikni   topish   va   ularni
tasodifiy materiallardan ajratish imkonini beradi. Bunda to’plangan materiallarning
o’rtacha   miqdori   (arifmetik,   kvadrat   va   h.k.z),   prosent   va   boshqalar   aniqlanadi,
songa   oid   ma’lumotlar   jadvallarda   joylashtiriladi,   grafik,   diagramma   va
chizmalarda o’z aksini topadi.  Murakkab mutanosiblikdagi ma’lumotlarni topishda
esa variasion statistika metodlari qo’llaniladi.
5.Qonuniyatlarning ifodalanishi.   Bu tadqiqotning eng qiyin va ma’suliyatli
bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda ma’lumotlarning mohiyatiga qanchalik
chuqur   tushunilganligi,   ularning   o’zaro   bog’liqligini   hisobga   olib,   bosqich
ma’lumotidan har turli xulosa chiqarish mumkin. Ko’pincha chiqarilgan xulosalar taxminiy   harakterga   ega   bo’lib,   keyingi   tekshirishlar,   aniqlashlar   uchun   asos
bo’ladi.
6.Qonuniyatni   amalda   qo’llash.   Aniqlangan   qonuniyatlar
ma’lum   bir   amaliyot   sohasida   qo’llaniladi.   Amalda   qo’llash   aniqlangan
qonuniyatning   to’g’riligiga   batamom   ishonch   hosil   qilish   imkonini   beradi.
Ko’pincha o’qituvchilar o’z amaliy faoliyatlarida hamisha shaxsiy tajribalarini  va
boshqalarning   tajribalarini   umumiylashtiradilar.   Biroq   shunday     bo’lsa   ham,   har
holda,   bunday   umumlashtirishlar   ilmiy   jihatdan   yetarli   asoslangan   bo’lmaydi,
ya’ni, muhim aniqlik va teranlik bilan ajralib turmaydi.
A DABIYOTLAR RO’YXATI
1. Айсмонтас   Б.Б.   Педагогическая   психология:   Схемы   и   тесты.   –   М.:
Изд-во ВЛАДОС-ПРЕСС, 20 1 2. – 208 с.
2. Бадмаев Б.С. Методика преподавания психологии. – М., 20 14 .
3.Бадалев А.А. Общая психодиагностика. Санкт-Петербург 2000 й
4.Зимняя   И.А.   Педагогическая   психология:   Учеб.   пособие.   -     Ростов
Н/Д, 2007. 
5.Ismoilova   N.,   Abdullayeva   D.   Ijtimoiy   psixologiya.T,2013
O'zb.fay.mil.jam.nashr.
6. Карандашев В.Н. Методика преподавания психологии. - СПб, 20 1 5.
7. Ляудис В.Я. Методика преподавания психологии. - М.,  2012 .
8.Марсинковская Т.Д.. История психология. М. 2001  
10.Otajonov M. Psixoanaliz asoslari. T,2004 O’zbekiston
11.Педагогическая   психология:   Хрестоматия/Сост.   В.Н.Карандашев,
Н.В.Носова, О.Н.Щепелина. – СПб.:Питер, 2016. – 412 с.
12. Rasulov A.I.  Psixodiagnostika. T. 2010 Mumtoz so`z
13. Столяренко   Л.Д.   Педагогическая   психология.   –   2-е   изд.,   перераб.и
доп. – Ростов н/Д: «Феникс», 2003. – 544 с.

PEDAGOGIK PSIXOLOGIYYANING YUZAGA KELISH TARIXI . REJA: 1.Pedagogik psixologiyaning umumpsixologik konteksti. 2. Psixologiya nazariyalari va uning pedagogik psixologiya rivojlanishiga ta’siri. 3.“Pedagogik psixologiya" terminining kiritilishi. 4. Pedagogik psixologiya fanining rnvojlanish bosqichlari.

Mamlakatimizdagi mavjud barcha o’quv yurtlari ta’lim-tarbiyani to’g’ri, ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o’ziga xos psixologik qonuniyatlarini, uning mexanizmlarini, shuningdek, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullairni bilishi lozim bo’ladi. Ma’lumki keyingi o’n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, interfaol ta’lim metodlari) joriy qilinmoqda. Pedagogik psixologiya - ilmining tarmog’i sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda boshqa ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va hatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin egallagandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlari tashkil etadi. pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiyaning ta’siri bilan o’quvchilar psixikasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni ham tadqiq etadi. bundan tashqari, o’quv materiallarining o’quvchilarga mos kelishi, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligi, darsliklar, o’quv qurollari, asbob-uskunalar va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham pedagogik psixologiya o’rganadi. Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning eng muhim vazifalaridan biri maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo’lib, bu narsa yangi ta’lim dasturiga o’tish munosabati bilan bog’liqdir. Pedagogik psixologiya shu bilan birga o’quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning o’quvchilarga ko’rsatadigan

ta’sirini o’rganadi hamda o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi. Nihoyat, pedagogik psixologiya ta’lim – tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo’lgan o’qituvchi shasini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlarini o’rganadi. Bunda o’qituvchining ta’lim – tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlarni ajratib ko’rsatish bilan birga uning bilim, ko’nikma, malaka va qobilyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari aniqlanadi. Shu bois pedagogik psixologiya fanini o’rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv faoliyati qonunlariga, psixofiziologiya qonunlariga bu sohada to’plangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan bahs yuritadi. Pedagogik psixologiya ilmining alohida predmeti sifatida XIX – asrning boshlarida vujudga kelgan bo’lishiga qaramay, uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va qaror topish yo’li ancha murakkab kechgandir. Mazkur ilmning rivojlanishiga turli dunyoqarashlar o’rtasida olib borilgan doimiy kurash katta ta’sir ko’rsatgan. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining u yoki bu bosqichida qanday dunyoqarash ustuvorligiga qarab, tekshirishlar darajasi va sifati, olingan natijalarni qanday izohlash zarurligi belgilab berilgan. O’tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonunyatlarini izchil, atroflicha, muayyan ilmiy yo’nalishda o’rganmagan bo’lsalarda, biroq allomalarning qo’lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo’lishi, inson kamoloti to’g’risida qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi. Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog’liq bo’lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har tamonlama yaxlit va o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan qismlardan iborat deb aytadi. Forobiy mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug’ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy xislatlari, harakteri, dini, urf–odatlari, ma’lumoti tashqi muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi,

inson o’z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli fikri, ruhiy yuksalishining eng yetuk mahsuli bo’ladi deb ta’kidlanadi. Abu Rayhon Beruniy ta’lim va trbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqyei, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirada yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uyg’unlik tamoyillarini mutafakkirining barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi. Beruniy ta’lim jarayonining tabiatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosiga qurilgan o’qitsh tabiatga uyg’unligini uqtiradi. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt–saodati, ta’lim–tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo’lgan. O’rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining dohiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, jang va qalbning birligi, inson organizmining tuzilishi undaga nerv faoliyati va ularning tarmoqlanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi. Yusuf Xos Hojibning bosh masalalarida biri komil insonni tarbiyalashdir. Adib o’z asasrlarida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo’lsa, shu asosda u o’z tamoyillarini izchil bayon etadi. «Qudadg’u bilig» («Saodatga yo’llovchi») asari ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolotning yo’l–yo’riqlarini usullarini, chora tadbirlarini o’zida mujassamlashtirgan, ahloq va odobga doir ma’naviy manbadir. Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Xirandnomai Iskandari», «Tuhtaful ahror» va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, kasb- hunar o’rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalangan. Alisher Navoiyning «Xazoyinul maoniy», «Mahbubul qulub» va boshqa asarlarida yetuk barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, o’zgalarga munosabati, iste’dodi va kobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolat qaror topish uchun muhim ahamiyatga ega ekani takidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol inson

sifatida shakllanishida ota- onaning roli, ayollarning iffatliligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikr mulohazalari alohida o’rin egallaydi. Navoiy «Hamsa»sining har bir dostonida buqilmas iroda, qa’tiyatlilik, itoat, insonparvarlik tuyg’ulari, ijodiy xayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Shuningdek Mahmud Qoshg’ariy, Ulug’bek, Naqshbandiy, Ogahiyning yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy hayot, kishilararo munosabatlarga doir qarashlari ularning asarlarida ravon va ixcham bayon etilganligini ta’kidlash mumkin. Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog’liq psixologik muammolari yirik rus olimlari, faylasuf va yozuvchilarni ham muntazam jalb etib kelgan. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va G’arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog’liq turli asarlarda shakllanib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII-XVIII diniy-axloqiy negizda yoritilgandir. V.N.Tati щ yev, A.N.Radi щ yev, N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotning o’ziga xos xususiyatlari, psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo’g’rilgandir. Rus tarixchisi V.N.Tatishevning «Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to’g’risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til nutqining mavqyei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog’liqligi ko’rsatilgan. A.N.Radi щ yev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yo’sinda asoslab berishga urindi. Uning «Peterburgdan Moskvaga sayohat» kitobi bu boada pedagogik-psixologik sirasidan munosib o’rin egallaydi. Yozuvchining fikricha inson tashqi muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, shu yo’sinda uning tafakkuri, ulg’ayib shakllanadi. N.I.Novikov bashariyat farovonligini ko’zlab, yoshlar va bolalar o’rtasida foydali bilimlarni keng targ’ibot etish uchun ularni o’ziga xos yo’sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg’u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi.