logo

Irodava hissiyot

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

104.8857421875 KB
Iroda va  hissiyot
Reja
1. Iroda haqida tushuncha
2. Irodaviy akt va uning tuzilishi
3. Shaxsning irodaviy sifatlari
4. Hissiyot haqida tushuncha
5. Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari
6. Hissiy holatlarning ifodalanishi
7. Hislarni kechirish shakllari
8. Yuksak hislar Iroda haqida tushuncha
Ma'lumki,   insonning   ehtiyojlari   ijtimoiy   tuzum   shakllari   taraqqiyotiga   qarab
o’zgaradi.   Shu   bois   o’z   ehtiyojlarini   qondirish   uchun   inson   harakat   qiladi.   Shaxs
o’z  harakatlari  yordami  bilan muhitga  moslashadi  va undan o’z ehtiyojlari  uchun
foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o’z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib
o’zgartiradi, qayta quradi va o’ziga moslashtiradi. 
Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati  shundan iboratki, o’z ehtiyojlarini
qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan
oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir
maqsadni   ko’zlab   harakat   qiladi,   shu   maqsadga   yetishish   uchun   yordam   bera
oladigan   vositali   yo’l   va   usullarni   oldindan   qidirib   topadi,   to’sqinlik   va
qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch-g’ayratini ishlata oladi.
Odam   faqat   o’ziga   xos   madaniy-ijtimoiy   ehtiyojlarini   qondirishdagina   emas,
balki,   tabiiy-biologik   ehtiyojlarini   qondirishda   ham   ongli   va   oqilona   ravishda   ish
tutadi.
Odam   tevarak   -   atrofdagi   narsalarni   o’zgartirib   o’ziga   moslashtirar   ekan,
yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo’shadi,
voqelikni   o’zgartiradi   va   to’ldiradi.   Umuman   odam   har   doim   harakat   qilmasdan
tura   olmaydi.   Ana   shu   jihatdan   olganda   odamning   barcha   harakatlarini   ikki
turkumga   bo’lish   mumkin.   Ulardan   birinchisi   ixtiyorsiz   harakatlar   bo’lsa,
ikkinchisi  ixtiyoriy harakatlardir. 
Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat'iy bir maqsadsiz, ko’pincha impul'siv tarzda,
ya'ni   reflektor   tarzda   yuzaga   keladi.   Masalan,   yo’talish,   aks   urish,   ko’z   qovoqini
ochib   yumilishi   va   shu   kabilar.   Bu   harakatlarni   odam   oldindan   o’ylab
rejalashtirmaydi.   Ixtiyorsiz   harakatlar   har   qanday   sharoitda   yuz   berishi   mumkin.
Ixtiyorsiz harakatlar ba'zan, odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog’liq bo’ladi.
Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz
esga   tushirish   holatlari   ham   bo’ladi.   Bunday   hollarda   odamning   ixtiyorsiz
harakatlari   idrok   qilinayotgan   narsaning   boshqa   narsalardan   keskin   farq   qilishi
yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar
oldindan   belgilangan   maqsad   asosida   to’la   ongli   ravishda   amalga   oshiriladigan
harakatlardir.   Lekin   ixtiyoriy   harakat   deganda,   faqat   jismoniy   harakatlar   emas,
balki,   aqliy   harakatlar   ham   tushuniladi.   Shunday   qilib,   iroda   tushunchasiga
nisbatan   adabiyotlarda   turlicha   ta'riflar   uchraydi.   Jumladan,   A.V.Petrovskiy
darsligida   iroda   -   bu   kishining   o’z   oldiga   qo’ygan   maqsadlariga   erishishida
qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda
tashkil   qilishi   va   o’z-o’zini   boshqarishi   demakdir,   deb   ta'riflanadi.   Q.Turg’unov
muallifligidagi lug’atda ta'riflanishicha,   iroda  - shaxsning ongli harakatlarida, o’z-
o’zini   bilishida   ifodalanadigan,   ayniqsa   maqsadga   erishish   yo’lida   uchraydigan
jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy
faolligidir.  M.Vohidov  fikricha,   iroda   deganda  biz  oldindan  belgilagan,   qat'iy  bir
maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, to’siqlarni yengish
bilan   bog’liq   bo’lgan   harakatlarni   tushunamiz.   Professor   E.G’.G’ozievning
"Umumiy   psixologiya   "   darsligida   iroda -bu   tashqi   va   ichki   qiyinchiliklarni
yengishni   talab   qiladigan   qiliqlarni   va   harakatlarni   inson   tomonidan   ongli
boshqarilishidir,   deb   keltiriladi.   Umuman   olganda   iroda   shaxs   faolligining
ko’rinishi hisoblanadi. Shu bois uning yuzaga kelishi bir qator harakatlarni amalga
oshirilishi bilan izohlanadi. Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo’ladi. Odam o’z oldiga qo’ygan
maqsadidan   kelib   chiqadigan   natijalarni   ham   oldindan   tasavvur   eta   oladi.   Ana
shuning   uchun   har   qanday   qiyinchiliklarni   yengib   bo’lsa   ham   maqsadini   amalga
oshirishga   intila   boradi.   Masalan,   odam   biror   imorat   solayotgan   paytda   oxirgi
natija qanday bo’lib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday
qiyinchiliklar   bo’lsa   ham   yengib   ishni   davom   ettira   beradi.   Yoki   talaba
universitetning   birinchi   kursiga   kirganda   qanday   mutaxassis   bo’lib   chiqishini
yaxshi   biladi   va   shuning   uchun   barcha   qiyinchiliklarga   chidab   o’qishni   davom
ettira beradi.
Umumiy   irodaviy   faoliyatni   yoki   alohida   aktni   amalga   oshirishning   muhim
xususiyatlaridan   biri   amalga   oshirilayotgan   harakatlarning   erkin   ekanligini
anglashdan iboratdir. 
Odamning   irodaviy   harakati   to’la-to’kis   determinizmga,   ya'ni   sababiy
bog’lanish   qonuniga   bo’ysunadi.   Shu   bilan   birga   irodaviy   faoliyatning   bevosita Maqsad va unga erishishiga intilish
Maqsadga erishish imkoniyatlarini topish
Motivlarni paydo bo'lishi va imkoniyatlarni mustahkamlash.
Motivlar kurashi va tanlash.
Biror fikrni qabul qilish
Qabul qilingan qarorni amalga oshirish Irodaviy harakatlar bosqichlari sabablari   sharoitida   irodaviy   harakatlarni   belgilab   beradigan   turli-tuman   hayotiy
sharoitlar bo’lishi mumkin. 
Odamning   irodaviy   faoliyati   ob'ektiv   jihatdan   bog’langandir.   Irodaviy
faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt
shaxs   sifatida   amalga   oshiradi.   Xuddi   mana   shuning   bilan   bog’liq   ravishda
irodaviy   xarakatlar   odam   to’la   ravishda   javob   beradigan   ish   sifatida   boshdan
kechiriladi.   Irodaviy   faoliyat   tufayli   shaxs   ko’p   jihatdan   o’zini   ma'lum   sharoitda
anglaydi, o’z hayot yo’li va taqdirini o’zi belgilashi mumkin. 
Irodaning   eng   muhim   xususiyati   unda   faoliyatni   amalga   oshirishning   puxta
o’ylab   chiqilgan   rejaning   mavjudligidir.   Avvaldan   rejalashtirilmagan   xatti-
harakatlarni   irodaviy   harakat   deb   bo’lmaydi.   Shu   bilan   birga   iroda   avvaldan
mavjud   bo’lmagan,   lekin   faoliyatni   natijasiga   erishishdan   so’ng   hosil   bo’lishi
mumkin bo’lgan qoniqishga butun e'tiborini qaratishdan iboratdir. 
Ko’p   hollarda   iroda   vaziyat   yoki   qiyinchilik   ustidan   g’alaba   qozonish   emas,
balki o’z-o’zini engish hamdir. Bu ayniqsa, muvozanatsiz, hissiy, qo’zg’aluvchan,
sust   kishilarga   xos   bo’lib,   o’zlarining   tabiiy   xarakterologik   xususiyatlari   bilan
kurashishga to’g’ri keladi. 
Hech   bir   muammo   irodaning   ishtirokisiz   hal   etilmaydi.   Inson   kuchli   irodasiz
katta   muvaffaqiyatga   erisha   olmaydi.   Odamzod   boshqa   tirik   mavjudotlardan
o’zining   ongi   va   aqli   bilangina   emas,   balki   irodasining   mavjudligi   bilan   ham
ajralib turadi.
Irodaning nerv-fiziologik asoslari
Irodaviy ya'ni ixtiyoriy harakatlarning nerv - fiziologik asosida bosh miya katta
yarim   sharlari   po’stlog’ining   shartli   reflekslar   hosil   qilishdan   iborat   bo’lgan
murakkab   faoliyati   yotadi.   Irodaviy   harakatlar   har   doim   to’la   ongli   harakatlar
bo’lgani   uchun   bosh   miya   po’stlog’ida   yuzaga   keladigan   optimal   qo’zg’alish
manbalari bilan ham bog’liq bo’ladi. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb
yozgan edi: "Mening tasavvurimcha, ong ayni shu chog’da xuddi shu sharoitning
o’zida ma'lum darajada optimal (har holda o’rtacha bo’lsa kerak) qo’zg’alishga ega bo’lgan   bosh   miya   katta   yarim   sharlarining   ayrim   joylaridagi   nerv   faoliyatidan
iborat". 
Bundan tashqari irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar
tizimining faoliyati bilan bog’liqdir. Ma'lumki, odam ayrim nojo’ya harakatlardan
o’zini   so’zlari   orqali   (ya'ni   o’ziga-o’zi   pand-   nasihatlar   qilish   yoki   tarbiya   berish
orqali   )   ushlab   qoladi.   Shuning   uchun   irodaviy,   ixtiyoriy   harakatlarni   amalga
oshirishda ikkinchi signallar tizimining roli juda kattadir. Ana shu sababdan bo’lsa
kerak   akademik   I.P.Pavlov   ikkinchi   signallar   tizimiga   baho   berib,     bu   signallar
tizimi insonlar xulq-atvori va ixtiyoriy harakatlarining yuksak boshqaruvchisidir" -
degan   edi.   Shuni   ham   aytish   kerakki,   iroda   ikkinchi   signallar   tizimi   birinchi
signallar   tizimiga   asoslangan   holda   ishlaydi.   Agar   ikkinchi   signallar   tizimi   o’z
faoliyatida birinchi signallar tizimiga asoslanmasa, odamning aks ettirish jarayoni
ma'lum   bir   tizimli,   ma'noli   bo’lmaydi.   Ikkinchi   signallar   tizimi   birinchi   signallar
tizimiga   asoslanishi   bilan   birga   uning   faoliyatini   boshqarib,   nazorat   qilib   turadi.
Demak,   irodaviy,   ixtiyoriy   harakatlarda   ikkinchi   signallar   tizimi   bilan   birga
birinchi signallar tizimi ham ishtirok etadi. 
Irodaviy   ixtiyoriy   harakatlarni   amalga   oshirishda   nerv   tizimining   umumiy
normal   holati   ham   juda   katta   ahamiyatga   egadir.   Masalan,   uzoq   davom   etadigan
qattiq   kasallikdan   so’ng   nerv   tizimi   nihoyatda   madorsizlanib,   odamning   irodasi
bo’shashib   ketadi.   Odam   biror   ishdan   qattiq   charchagan   paytda   ham   nerv   tizimi
zaiflashib,   irodasi   bo’shashib   ketadi.   Ana   shuning   uchun   irodaning
mustahkamligini   ta'minlash   maqsadida   odam   vaqti   -   vaqti   bilan   dam   olib   turishi
kerak. 
Irodaviy akt va uning tuzilishi
Ixtiyoriy   harakatning   dastlabki   boshlang’ich   nuqtasi   harakat   maqsadining
vujudga   kelishi   va   shu   maqsadning   o’rtaga   qo’yilishidir   va   uning   tuzilishini
quyidagicha izohlash mumkin. Maqsad- kishining   shu   paytda   ma'qul   yoki   zarur   deb   topgan   ish   harakatini
tasavvur   etish   demakdir.   Masalan,   inson   pedagogika   universitetiga   kirib   o’qishni
zarur   deb   topdi   yoki   viloyatga   ish   bilan   borib   kelish   zarurligini   tushundi,   deylik.
Bularning   hammasida   kishining   maqsadi   o’z-o’zidan   zohir   bo’layotganga
o’xshaydi, ba'zan esa bu maqsad bir qadar fikr yuritish natijasida yuzaga keladi. 
Maqsadni   tasavvur   qilish   odatda   shu   maqsadga   erishish   istagini   va   zarur   ishni
amalga oshirish bilan bog’liq bo’lib, u quyidagicha ifodalanishi mumkin. 
Xatti-harakatdan   kutilgan   maqsad   turlicha   ravshanlikda   tasavvur   etilishi
mumkin.   Maqsad   qancha   ravshan   bo’lsa,   unga   yetishish   yo’lidagi   intilish   ham
shuncha muayyan bo’ladi. 
Maqsad   ko’zlash   kishining   avvalo   shaxsiy   (biologik   va   madaniy   ruhiy)
ehtiyojlariga   bog’liq.   Ko’pincha   kishining   maqsad   ko’zlashi   va   biron-bir   narsaga
intilishi   tevarak-atrofdagi   tabiiy   vaziyatga,   yoki   xuddi   shu   paytda   kishi
yashayotgan jamiyatga bog’liq bo’ladi. Masalan, kishi qiyin ahvolga tushib qolsa,
shu   ahvolidan   bir   amallab   qutilishni   o’z   oldiga   maqsad   qilib   qo’yadi.   Kishi   shu
vaziyatni ma'lum darajada o’zgartirish, bir nimaga barham berish, bir nima qilish,
bir   nima   ko’rish   va   shu   kabi   maqsadni   o’z   oldiga   qo’ya   oladi.   Kishi   jamoat Qarorni, ijro etishMaqsadni anglash
Unga erishish uchun intilish
Maqsadga erishish imkoniyatlarini anglash
Maqsadga erishish imkoniyatlariga mos keluvchi yoki ularni rad qiluvchi 
motivlarni 
anglash
Motivlar kurashi
Qarorga kelish
Qarorga kelish Qarorga kelish
Irodaviy zo'r berish
Ichki - sub'ektiv qarshilik Tashqi - ob'ektiv qarshlik
Ichki va tashqi qarshiliklarni
engishda namoyon bo'ladi
Bajarilgan ishga baho berish tartibini   birov   buzayotganligiga   bevosita   guvoh   bo’lishi   va   tartib   buzuvchilarga
qarshi kurash uchun shu onda qandaydir  choralar  ko’rishni  maqsad qilib qo’yishi
mumkin. 
Kishida kelib chiqadigan ehtiyojlar darrov yaqqol  tasavvur  qilinadigan maqsad
tarzida   hosil   bo’la   qolmaydi.   Ko’ngildan   kechayotgan   ehtiyoj   va   intilishlar   turli
darajada   anglanishi   va   turlicha   tasavvur   qilinishi   mumkin.   Masalan,   kelib
chiqadigan   ehtiyoj   va   intilishlar   ba'zan   istak   tarzida   ko’ngildan   kechadi-kishi
hozirgi   ahvoldan   noroziligini   his   qilib   turadi-yu,   lekin   qanday   maqsadga
yetishilayotganini,   binobarin,   shu   maqsadga   erishishga   doir   yo’l-yo’riqlarni   aniq
bilmaydi. Istak shunday holatki, bunda odam o’ziga allanima kerakligini his qilib
turadi-yu,   bu   narsani   nima   ekanligini   aniqlab   ololmaydi,   ya'ni   uni   tasavvur
qilolmaydi,   fahmiga   yetmaydi.   Bunday   odamning   o’zi   ba'zan   "menga   bir   narsa
kerak,   bir   narsa   yetishmayapti,   ammo   bu   narsaning   nima   ekanligini   o’zim   ham
bilmayman"   degan   gapni   ko’ngildan   o’tkazadi.   Boshqa   kishilar   to’g’risida   ham:
"nima istayotganini o’zi bilmaydi" deymiz. 
Istak   paytida   kishi   qanday   maqsadga   intilayotganini   bu   maqsadga   erishishning
yo’l-yo’riqlarini anglab yetmas ekan, demak, istakni bevosita amalga oshirish ham
mumkin emas. 
Ehtiyoj ko’ngildan kechib, mudom kuchaygan shu ehtiyojni qondirishga intilish
maqsadi   ham   anglanila   boshlaydi.   Bunday   anglanilgan   ehtiyojlar   tilak-havaslar
deb ataladi. Ammo odam o’z intilishlarining maqsadini tasavvur qilganda ham shu
maqsadga   yetishish   yo’llari   va   vositalarini   hali   tasavvur   qila   olmasligi   mumkin.
Bunday to’la anglanilmagan intilishlar (tilak, havas) ba'zan zo’r xayol surish bilan,
ba'zan   esa   cheksiz   orzu   bilan   bog’liq   bo’ladi.   Ba'zan   (xayolparast   insonlarda)
bunday tilak  havaslar   ko’ngildan  kechirish  orqali   orzu  (fantaziya)   doirasida   qolib
ketaveradi.   Xilma-xil   tilak   havaslari   to’lib-toshgan   kishilar   ham   mavjud.   Bu
kishilar   doimo   xo’rsinadilar,   armon   qiladilar,   o’zlarini   ham   tevarak-atrofdagi
kishilarni  ham   tanqid qiladilar. Bu  kishilar   ko’pincha  yaxshi  orzular  qilishadi-yu,
amalda kam faoliyat ko’rsatishadi yoki butunlay faoliyat ko’rsatishmaydi. Harakat yo’llari, usullari topilib odam ularni tasavvur qilayotgan ekan, demak
ehtiyojni  qondirishga  intilish  tamomila  anglaniladi, odamning  tilak-havasi   esa  bir
narsa   bo’lib   qoladi.   Bunday   intilish   holati   ba'zan   hohish   deb   ataladi.   Kishi   biror
ishni   qilmoqchiman,   falon   ishni   bajarmoqchiman,   o’qishga   kirmoqchiman   va
hokazo   deb   gapirar   ekan   buning   ma'nosi   shuki,   mazkur   kishi   o’z   intilishlarining
maqsadini   va   shu   maqsadga   yetish   vositalarini   anglash,   tasavvur   qilish   va   bilish
bilangina   cheklanib   qolmay,   maqsadga   yetish   mumkinligini,   ma'lum   bir   yo’ldan
ish ko’rishga tayyorligini va qilinadigan harakatlarining oqibatini kam anglaydi. 
Shunday   kishilar   borki,   ularda   muayyan   tilak-havaslar   tarzida   tamomila
anglanilgan  intilishlar   doimo  katta  o’rin  tutadi.  Bunday  kishilar  o’zlariga  nimalar
kerakligini, nimani hoxlayotganliklarini, nima ish qilmoqchiliklarini va uni qanday
bajarish kerakligini hamisha biladilar. Bunday kishilar o’z oldilariga hamisha aniq
maqsad   qo’yadilar   va   shu   maqsadga   yarasha   ish   ko’radilar.   Bunday   kishilarni
ma'lum   maqsadni   ko’zlaydigan   kishilar   deyiladi.   Ma'lum   maqsadni   ko’zlash
kishining   ijobiy   sifatidir.   Bu   sifatni   taraqqiy   ettirish,   irodani   tarbiyalash   va   o’z-
o’zini tarbiyalashning vazifalaridan biridir. 
Har bir  kishining anglab, bilib, ko’ngildan kechiradigan ehtiyojlari ko’p, uning
vazifalari   va   intilishlari   ham   kam   emas.   Shuning   uchun   kishida   xilma-xil
maqsadlarda doimo zohir bo’lib turadi va bu maqsadlarni ro’yobga chiqarish istagi
tug’iladi.  Har  bir  kishida  amaliy  va nazariy  vazifalar   vujudga  kelib turadi  va  ana
shu   vazifalarni   hal   etish   kerak   bo’ladi.   Barovar   amalga   oshirib   bo’lmaydigan   bir
necha maqsad kelib chiqqanda, qanday bo’lmasin faqat bittasini tanlab olib boshqa
maqsadlarni   qo’yib   turishga   to’g’ri   keladi.   Qaysi   maqsadni   oldinroq,   boshqasini
esa   keyinroq   amalga   oshirish   masalasini   hal   qilishga   to’g’ri   keladi.   Ba'zi
maqsadlarni esa qo’yib turishga to’g’ri keladi. 
Ba'zan   shunday   ham   bo’ladiki,   kishi   oldida   bir-biriga   zid   keladigan   bir   nechta
maqsad   ko’ndalang   turadi   va   shu   maqsadlardan   birini   tanlab   olish   shart   bo’ladi.
Masalan, yigit yoki qiz maktabni tugatib, oliy o’quv yurtiga kirib o’qisam, degan
masalani hal etayotganda turli maqsadlar va ularga yetish yo’llari degan maqsadlar
o’rtasida ichki qarama-qarshilik, ichki "kurash" ro’y berishi mumkin. Maqsad   qo’yish   bilan   bir   vaqtda   yoki   undan   keyin   shu   maqsadga   qaysi   yo’l,
usul va vositalar bilan yengish masalasi kelib chiqadi. 
Kundalik   turmushimizda   yoki   faoliyatimizda   maqsad   qo’yish   bilan   birga   uni
amalga oshirish usullari darrov anglanadi. Shuning uchun bu yerda maqsad qo’yish
bilan   to’ppa-to’g’ri   harakat   boshlanib   ketishi   mumkin.   Masalan,   kishi   qo’liga
qalam olishni hoxlasa, uni bemalol olishi mumkin, uxlagisi kelsa yotadi va hokazo.
Oddiy   ixtiyoriy   harakatlar   shu   bilan   ta'riflanadi.   Ammo   yangi   maqsadlarni
qo’yishda   o’sha   maqsad   usullarini   qidirib   topish,   tasavvur   qilish   va   o’ylab
ko’rishga to’g’ri keladi. Bu yerda maqsad bitta bo’lgani holda unga bir necha yo’l
va usul bilan yetishish mumkin. Qanday bo’lmasin eng yaxshi yo’l va usulni tanlab
olishga   to’g’ri   keladi.   Ayrim   ixtiyoriy   harakatlarning   murakkabligi   shular
jumlasidan kelib chiqadi. 
Bir   necha   maqsad   ko’ngilga   kelib,   shulardan   biriga   turli   yo’l   va   usullar   bilan
erishish   mumkin   bo’lsa,   kishi   muayyan   bir   maqsadni   tanlab   olishi   va   shu
maqsadga  yetish  uchun  muayyan  eng muvofiq yo’lni  tanlab  olishi   kerak.  Shunga
ko’ra,   ijtimoiy   mehnat   faoliyatda   ham,   kasb-korda   ham,   shaxsiy   ishlarda   ham,
boshqa   kishilarga   bo’lgan   munosabatda   ham   kishi   o’z   intilishlarini   va   ixtiyoriy
harakatlarini oldindan rejalashtiradi. 
Rejalashtirish   murakkab   aqliy   faoliyat   bo’lib,   aniq,   muayyan   va   ravshan
maqsadni   belgilash,   shuningdek   shu   maqsadga   yetish   uchun   eng   to’g’ri   usul   va
vositalarni   qidirib   topishdan   iborat.   Rejalashtirish   jarayonida   mumkin   va   zarur
bo’lgan   hamma   harakatlar,   mumkin   bo’lgan   qiyinchiliklar   va   to’siqlar   hisobga
olinadi,   ish-harakat   natijalariga   dastlabki   baho   beriladi.   Odam   asosiy   rejaga   ega
bo’lgan bir qarorga kelishi, maqsadiga yetishishi mumkin. 
Harakat   motivlari   va   motivlar   kurashi.   Kishi   biron   maqsadni,   ayniqsa,   shu
maqsadga   yetish   uchun   biron   yo’l   va   usulni   tanlar   ekan,   nega   boshqa   maqsadni
emas, xuddi shu maqsadni tanlashi kerak, bu maqsadga nima uchun boshqa yo’llar
bilan emas, balki mana shu yo’llar bilan hal etishi kerak degan savolni ko’ngildan
o’tkazadi.   Maqsadni   va   unga   yetish   yo’lini   tanlash   jarayonida   unga   ma'qul   yoki
noma'qulligi nuqtai nazaridan baho beriladi.  Maqsadni va unga yetishish yo’llarining ma'qulligi yoki noma'qulligini belgilab
beradigan hamma  narsa   ish-harakat  motivlari   deb  ataladi.  Kishi   nega boshqa   bir
maqsadni emas, balki xuddi shu vositalar bilan ish ko’rishni, yoki ish ko’rmoqchi
bo’layotganining sababi nima degan savolga javob motiv mazmunini tashkil etadi. 
Irodaviy   ixtiyoriy   harakatlar   g’ayri   ixtiyoriy   (irodadan   tashqari)   harakatlardan
farq qilib, motiv tufayli sodir bo’ladi. Inson irodaviy faoliyatining motivlari xilma-
xildir, kishining intilishi va hohishlari qaysi ehtiyojlardan kelib chiqsa, avvalo shu
ehtiyojlar   ixtiyoriy   motivlarga   kiradi.   Ma'lum   maqsad   va   unga   erishish   yo’llarini
tanlash ko’pincha biror ehtiyojning mazmuniga va ahamiyatiga bog’liq. Kuchliroq
ehtiyoj boshqa motivlar orasida kuchliroq motiv bo’lishi mumkin.
Bir   necha   maqsad   yoki   ularga   olib   boruvchi   bir   necha   yo’l   bo’lgan   taqdirda
ularning   ma'qul   yoki   noma'qul   ekanligi   chamalab   ko’riladi.   Biron   maqsad   va   bu
maqsadni amalga oshirish yo’llarini belgilab beruvchi yoki belgilab bermovchi har
qanday narsa  harakatning motivi  deb ataladi. 
"Motiv   -   deb   yozadi   I.P.Ivanov   -   kishi   nima   uchun   o’z   oldiga   boshqa   bir
maqsadni   emas,   balki   aynan   shu   maqsadni   qo’yishi   kerak,   nima   sababdan   u   o’z
maqsadiga   erishmoq   uchun   boshqa   bir   yo’llar   bilan   emas,   balki   xuddi   shu   yo’l
bilan harakat qilishi kerak degan savolga javobdir".
Maqsad   va   unga   erishish   yo’llarini   tanlash   jarayonida   odatda   tafakkur   va
hissiyot ishtirok etadi.
Tafakkur   faoliyati   (fikr   qilish)   bu   yerda   asosan   har   bir   motivga   "qarshi   "yoki
"tarafdor"likni   muhokama   qilib   asoslashdan   iborat   bo’ladi.   Kishi   motivlarni
muhokama   qilishda   va   asoslab   berganda   odatda   ayni   hodisa   yuzasidan   yoki
o’zining xatti-harakatlarida doimo asoslanadigan ma'lum bir faktlardan tamoyil va
qoidalardan   foydalanadi.   Motivni   shu   tariqa   muhokama   qilish   va   asoslab   berish
motivatsiyalash  deb ataladi.
Maqsadni   va   unga   erishish   yo’lini   tanlash   jarayonida   hissiyot   turtki   rolini
o’ynaydi.   Hissiyot   ayrim   tasavvur   va   motivlarni   yorqin,   jonli   va   jozibali   qilib
ko’rsatadi.   Hissiyot   kishining   intilishlarini   faollashtiradi   va   susaytiradi,   hissiyot
biron maqsadni, biron harakat yo’lini tanlab olishga turtki beradi.  Maqsadlarga   erishish   yo’llarini   va   vositalarini   tanlash   sharoiti   ba'zan   ichki
kurash xarakteriga ega bo’ladi, bu kurashda turli kuch va jozibaga ega bo’lgan bir
necha motiv maydonga chiqadi. Shuning uchun ham bu jarayon   motivlar kurashi
deb yuritiladi. 
Motivlardan   biri   ko’proq   asosli,   ikkinchisi   kamroq   asosli   ekanligi   ularning
kurash   jarayonida   oydinlashib   qoladi,   ba'zi   motivlar   kuchliroq   hissiyot   bilan
maydonga chiqsa, ba'zi motivlar sust hissiyot bilan maydonga chiqadi. 
Ko’pincha   motivlar   kurashi   tafakkur   (aql)   bilan   hissiyot   o’rtasidagi   kurashdan
iborat   bo’ladi.   Odam   ba'zan   "ikkiga   bo’linib"   qoladi:   "Aql   uni   desa,   hissiyot
(ko’ngil) buni deydi".
Motivlar kurashi ba'zan har xil hislar o’rtasidagi, masalan, burch hissi bilan unga
zid bo’lgan qandaydir boshqa shaxsiy his o’rtasidagi kurash tarzida boradi. 
Bu   motivlar   ko’pincha   bir-biriga   qarshi   ta'sir   ko’rsatadi,   qarorga   kelish   va   uni
ijro   etishni   paysalga   solib,   iroda   jarayonini   susaytiradi.   Motivlarning   bunday
kurashida kishida ichki konflikt holati vujudga keladi.
Ana   shunday   ichki   ziddiyat   holati   bu   ziddiyatdan   qutilishga   intilishi   bilan
ko’pincha   shu   zid   holatidan   qutilish   yo’lini   yengillashtiruvchi   yo’llarni   axtarish
bilan bog’langan bo’ladi. 
Ichki nizo holati g’oyat ko’ngilsiz noxush holat sifatida kechishini har kim o’z
tajribasidan   biladi.   Kishi   dunyo   va   hayotni   ravshan   tasavvur   qilgandagina   ish   va
harakatlariga, axloq qoidalariga amal qilgandagina uning shaxsiy motivlari jamiyat
manfaatlariga   qo’shilib   ketgandagina   ichki   nizo   holatiga   yo’l   qo’ymasligi   yoki
undan qutilishi mumkin. 
Qarorga kelish . Maqsadga yetishish yo’llarini va vositalarini tanlash jarayonida
rejalashtirish,   motivlar   kurashi   bilan   bog’langan   bo’lib,   qarorga   kelish   bilan
tugaydi.   Qarorga   kelish-muayyan   bir   maqsadni   va   shu   maqsadga   erishish   yo’lida
harakat   usullaridan   birini   tanlab   olish   demakdir.   Motivlar   kurashida   buning
ma'nosi   shuki,   motivlardan   biri   hal   qiluvchi   rol   o’ynagan   bo’ladi.   Masalan,
kechqurun   qayoqqa   borish   kerak   -   teatrgami   yoki   o’rtog’ining   yonigami-degan
motivlar kurashi natijasida kishi bormoqchi bo’lgan joyi haqida qarorga keladi.  Kishi ba'zan tez qarorga keladi, bu qarorning bajarilishi mumkinligiga ishonadi.
Buni  qat'iyat  deb ataymiz. Ba'zi  motivlar  kurashi  uzoq vaqtga cho’zilib ketadi  va
qaror   bajarilishiga   ishonchsizlik   hamda   ikkilanishlar   bilan   qabul   qilinadi.   Bu
qat'iyat   sezgirlikdir.   Masalan,   o’rta   maktabni   bitirayotgan   va   bitirgan   ba'zi   yigit-
qizlar   qaysi   o’quv   yurtiga   yoki   korxonaga   kirish   masalasini   tez   hal   qiladilar,
boshqalari   esa   juda  uzoq   vaqt   ikkilanib,   xayolga   tolib  yuradilar.   Qat'iyat   odamda
jiddiylik   vaziyatining   yengillashtirishi   mamnunlik   tuyg’usini   tug’dirsa,
qat'iyatsizlik ikkilanish hissi, jiddiylik tuyg’usi va alohida noaniq holat bilan birga
sodir bo’ladi. 
Biror   qarorga   kelish   sur'ati   bir   qancha   sabablarga,   jumladan,   ehtiyojga,   hal
iluvchi   motiv   kuchiga,   vaziyatga,   hissiyotga   tafakkur   va   xayolning   taraqqiyot
darajasiga, kishining turmush tajribasi va bilimlariga, temperamenti va xarakteriga,
boshqa   kishilarning   nasihat,   buyruq,   iltimos   takliflariga   quloq   solishiga   bog’liq
bo’ladi.   Biror   qarorga   kelish   sur'ati   asosan   qo’yilgan   maqsadning   ahamiyatiga,
biror qarorga keltiruvchi faoliyatning xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Murakkab   tarzdagi   motivlar   kurashi   va   qarorga   kelish   faqat   shunday   hollarda
bo’ladiki,   bunda   odamning   hayoti   va   faoliyati   uchun   ayniqsa   muhim   ahamiyatga
ega   bo’lgan   yangi   maqsadlar   qo’yiladi   va   bu   maqsadlarni   amalga   oshirish   uchun
yangicha usullar va vosita talab qiladi. 
Qat'iyat  faqat  tezlik bilan qarorga kelishdagina emas,  shuningdek bu qarorni
tez va dadil bajarishda ham zohir bo’ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni aniq
belgilangan muddatda bajarish - qat'iyatni namoyon qilish demakdir. 
Qaror   qabul   qilinsa-yu,   keyin   o’zgartirilsa,   yoki   boshqa   qaror   bilan
almashtirilsa,   yoxud   butunlay   bekor   qilinsa,   bunday   qarorni   yuzaki   yoki   bo’sh
qaror  deb ataladi. Qat'iyat va mustahkam qarorga kelish-irodaning yuksak sifatidir.
Qabul   qilingan   qarorning   o’zgarishi   ko’pincha   yana   bu   qaror   to’g’risida   yetarli
darjada   o’ylamaslikdan,   emosional   holatning   o’zgarishidan   yoki   kishi   harakat
qilayotgan   sharoit   o’zgarishidan   kelib   chiqadi.   Qarorning   o’zgarishi   ko’pincha
motivlar   kurashining   qaytadan   boshlanib   ketishiga   va   oxirgi   marta   qat'iy   qaror
qabul qilishga olib keladi.  Qarorni   ijro   etish .   qaror   unga   muvofiq   keladigan   choralar   ko’rish   va   harakat
qilish uchun qabul  qilinadi. qarordan  harakatga  o’tishni  ijro qilish (yoki  bajarish)
deyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa-qabul qilingan qarorni ijro etishdir.
Irodaviy   harakatlar   ikki   xil   bo’ladi:   jismoniy   va   aqliy   harakatlar.   Jismoniy
harakatlarga har xil mehnat operasiyalari, o’yin, sport mashg’ulotlari va boshqalar.
kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala yechish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy
tadqiot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Ko’p vaqt takrorlanib, o’zlashib
ketgan   ko’nikma   va   odat   bo’lib   ketgan   harakatlar   ham   murakkab   irodaviy
harakatlardandir. 
Qarorni   ijro   etish   odatda   ma'lum   vaqt,   muddat   bilan   bog’liq   bo’ladi.   Qaror
kechikmasdan   belgilangan   vaqtda   ijro   etilsa   bu   irodaning   ijobiy   sifatidan   dalolat
beradi. Bu esa ishchanlik, puxtalikni bildiradi. 
Ammo qabul   qilingan qaror  hamisha  bajarilavermaydi. Ayrim  hollarda  esa  o’z
vaqtida ijro etilmay qoladi. Kishining ba'zi bir holatlarida a'zoyi-badani bo’shashib
turganda,   xafalik   chog’ida   o’z   kuchlari   va   imkoniyatlaridan   hafsalasi   pir   bo’lib
turganda   qaror   ha   deganda   bajarilavermaydi.   qarorni   bajarishda   ro’y   beruvchi
to’sqinliklar   oldindan   nazarda   tutilmaganda   yoki   maqsadning   o’zi   vaziyat
o’zgarishi bilan kerak bo’lmay qolganda shunday bo’ladi. 
Shunday   hollar   ham   bo’ladiki   odam   ko’pgina   qaror   qabul   qiladi,   ammo
qarorning   ijrosi   cho’zilib   ketadi,   paysalga   solinadi,   boshqa   muddatlarga
ko’chiriladi.   Ijrosi   paysalga   solinadigan   yoki   butunlay   ijro   etilmaydigan   qarorlar
ko’pincha   niyatlar   deb   ataladi.   Ancha   vaqtdan   keyin,   lekin   muayyan   muddat
o’tgach   ijro   etiladigan   qarorlar   ham   niyatlar   deb   ataladi.   Masalan,   o’quvchi   yoki
talaba   o’quv   yilining   boshida   barcha   imtihonlarni   faqat   "a'lo"   baholar   bilan
topshirishga qaror qilishi mumkin. 
Irodaviy zo’r berish . Qabul qilingan qaror to’g’ridan-to’g’ri, avtomatik ravishda
amalga   oshirilavermaydi.   qabul   qilingan   qarorni   amalga   oshirish   uchun   ongli
ravishda irodaviy zo’r berish ham kerak. 
Irodaviy   zo’r   berish   ongning   avvalo   nerv-muskul   apparatining   zo’riqishida
ifodalanadi va organizmning tashqi ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Irodaviy zo’r berishning   ana   shu   ifodali   tomoni   odamning   iroda   holatini   tasvirlovchi   badiiy
asarlarda gavdalantirilganini ko’p uchratish mumkin. 
Ba'zi   odam   irodaviy   zo’r   berolmagani   sababligina   qabul   qilgan   qarorni
muddatida   ijro   etolmaydi.   Bunday   hollarda   "bajarsammikan   yoki   yo’qmi"   degan
yangi   kurash   ham   boradi.   Zo’r   berish   uchun   yana   kuch   sarflashga   to’g’ri   keladi.
Kuch   sarflay   olmaslik   yoki   bu   masalada   ikkilanish   irodaning   shu   paytdagi
bo’shligini   ko’rsatadi.   Qabul   qilingan   qarorni   zo’r   berish   yo’li   bilan   ijro   etish
irodaning muhim belgisi hisoblanadi. 
Irodaning   o’ziga   xosligi   ongli   ravishda   zo’r   berishning   biron   darajasida
bajariladigan   harakatlardan   iborat.   Irodaviy   zo’r   berish   va   irodaviy   harakat
maqsadga   erishish   yo’lida   uchraydigan   to’siqlarni   engishda   namoyon   bo’ladi.
Kishining irodasi juda katta to’siqlarni yengishga to’g’ri kelganda, ayniqsa yaqqol
ko’rinadi. Irodaviy zo’r berish va irodaviy harakatlar yo’li bilan yengishga to’g’ri
keladigan to’sqinliklar ikki xil: ichki va tashqi to’sqinliklarga bo’linishi mumkin. 
Irodaviy zo’r berish yo’li bilan yengishga to’g’ri keladigan ichki to’siqlar odam
organizmi   va   psixikasining   holatidir.   Odam   tinch   harakatsiz   va   hech   qanday
faoliyatsiz   holatda   bo’lishi   mumkin,   masalan,   dam   olish,   uxlash,   charchash,
kasallik   paytida   shunday   holat   bo’ladi.   Biron   ish   bilan   shug’ullanmay   harakatsiz
o’tirishga, ya'ni yalqovlikka undovchi mayl ham shunday holatdan hisoblanadi.
Irodaviy zo’r berish yo’li bilan avvalo organizmning passiv holatini o’zgartirish
uni   faol   holatga   keltirish   zarur   bo’ladi.   Masalan,   o’rnida   yotgan   kishi   (motivlar
kurashi)   turlicha   qaror   qiladi   va   o’zini   majbur   qilib   o’rnidan   turadi.   Yalhovlikni
yengish uchun ba'zan juda ko’p zo’r berishga to’g’ri keladi. 
Irodaviy   zo’r   berish   yo’li   bilan   kishining   aqliy   faoliyatini   ham   faol   holatga
keltiriladi. Masalan, ma'ruza boshlanishi bilan talaba darhol irodaviy kuchni ishga
solib, diqqatni bir joyga to’playdi, irodaning barqarorligini saqlab qoladi, tafakkur
va esda olib qolish jarayonlarini kuchaytiradi. 
"Harakat   qilish   o’ziga   qanday   o’rgatilgan   bo’lsa   -   deydi   I.M.Sechenov   -
harakatni to’xtatib qolishni boshqarishga ham shunday o’rganmoq kerak". Kishi   irodaviy   zo’r   berish   yo’li   bilan   ixtiyorsiz   faollikni   batamom   yo’qotib
yubormaydi, balki shu faollik ko’rinishlarini faqat o’zgartiradi, yoki bosib qo’yadi.
Ixtiyorsiz faollik ko’rinishlarini bosilishi  vazminlik  deb ataladi. 
Iroda-avvalo   kishining   o’zini   qo’lga   ola   bilishi,   o’z   intilishlari,   hissiyotlari   va
ehtiroslarini bosa bilishi demakdir. Iroda kishining o’z- o’zini idora qila olishi, o’z
xulqi   va   faoliyatini   anglab,   bilib   tartibga   solish   va   boshqara   olish   qobiliyati
demakdir. 
Kishining   ichki   to’siqlarni   yenga   olish,   o’zini   boshqarish   va   o’z   ustidan
hukmronlik   qila   olish   qobiliyati   odatda   ichki   iroda   deb   yuritiladi.   Kishi   irodaviy
zo’r   berish   yo’li   bilan   tevarak-atrofdagi   voqelikda   uchraydigan   tashqi   to’siqlarni
yengishi   zarur   bo’ladi.   Kishi   o’z   oldiga   qo’yilgan   maqsadni   amalga   oshirishga
qarshilik   qilayotgan   to’sqinliklarni   yengib   o’tadi,   voqelikni   o’z   maqsadiga
muvofiq   ravishda   o’zgartiradi   va   uni   o’z   ehtiyojlariga   moslashtiradi.   Insonning
to’siqlarni, tashqi qiyinchiliklarini yenga olish qobiliyati  tashqi iroda  deb ataladi. 
Ammo irodani faqat shartli ravishda ichki va tashqi deb ikkiga bo’lish mumkin.
Inson irodasi bitta, lekin u tashqi olamdagi o’zgartirish va boshqarishga qaratilishi
bilan   birga   shaxsiy,   sub'ektiv   holatlarni   va   jarayonlarni   boshqarishga   qaratilishi
ham   mumkin.   Modomiki,   shunday   ekan,   tashqi   to’sqinliklarni   yengish   ichki
to’sqinliklarni yengish bilan chambarchas bog’liqdir. 
Inson   tashqi   olamga   ta'sir   etar   ekan,   tashqi   olam   hodisalarini   boshqarish   bilan
bir   vaqtda   o’zini,   o’z   organizmini,   qo’l-oyoq   muskullarini   ham   boshqaradi,
ularning   tarangligini   kuchaytiradi   yoki   susaytiradi,   ularning   harakatlarini
uyg’unlashtiradi,   butun   organizmning   moslashish   vaziyatini   vujudga   keltiradi   va
zarur   paytda   bu   vaziyatni   o’zgartiradi   va   hokazo.   Shu   bilan   birga   ixtiyoriy
harakatlar,   asosan   mehnat   faoliyatida   odamning   ixtiyoriy   faollik   ko’rinishlarini
to’xtatib   va   bosib   turishga   to’g’ri   keladi.   Shuning   uchun   odamning   irodaviy   zo’r
berishi va ixtiyoriy harakatlari tashqi to’sqinliklarni yengishga qaratilishi bilan bir
vaqtda   organizmning   ichki   ahvolini   ham   o’zgartiradi.   Inson   tevarak-atrofdagi
voqelikni o’zgartirar ekan, o’zini-o’z vujudini ham o’zgartiradi.  Irodaviy   harakatlar   bajarilgandan   keyin   ularga   baho   beriladi.   Qaror   ijro
etilgandan   keyin,   ba'zan   esa   qarorni   bajarish   jarayonida   ham   ko’pincha
harakatlarga   baho   berish,   qarorni   qanday   ijro   etilganligiga   baho   berish   kerak
bo’ladi.   Qarorni   ijro   etish   yuzasidan   qilingan   baho   berish   qabul   qilingan   qarorni
hamda   qilinadigan   ishni   ma'qullash,   oqlash   yoki   qoralashdan   iborat   bo’ladi.   Bu
baho   qabul   qilingan   qaror   yoki   bajarilgan   harakatlardan   mamnun   bo’lish   yoki
mamnun   bo’lmaslik   tufayli   kelib   chiqqan   maxsus   hissiy   kechinmalarda
ifodalanadi. Salbiy baho ko’pincha qilingan ishlarga pushaymon bo’lish, achinish,
uyalish   va   afsuslanish   kabi   hislar   tug’ilishiga   sabab   bo’ladi.   Qilinayotgan   yoki
qilinadigan   ishlarga   beriladigan   baho   qabul   qilingan   qarorni   yoki   bajarilgan
harakatlarni   ma'qullovchi,   oqlovchi   yoki   qoralovchi   maxsus   hukmlarda
ifodalanadi.
Qilinayotgan   yoki   qilinadigan   ishlarga   ijtimoiy-siyosiy,   axloqiy,   estetik   va
boshqa   nuqtai   nazardan   baho   beriladi.   Mana   shunday   baho   berishdan   kelib
chiqadigan   his   va   hukmlarda   kishining   dunyoqarashi,   axloqiy   sifatlari   va
tamoyillari, shu bilan birga xarakteri va qiziqish - havaslari ham yaqqol namoyon
bo’ladi. 
Qarorni   bajarish   yuzasidan   qilingan   ishlarda   kishining   o’zi   baho   beribgina
qolmaydi, balki kishi  qaysi  jamiyatda yashasa  va ishlasa  o’sha jamiyat ham baho
beradi. 
Odam  qilgan  yoki  qilayotgan  ish  harakatlariga  tevarak-atrofdagi   kishilar  ijobiy
baho bergandan keyin ichki ma'naviy qanoat his qiladi xursand bo’ladi va kuchiga
kuch   qo’shilgandek   bo’ladi.   Ayrim   ish-harakatlariga   salbiy   baho   berilganda   esa
kishi o’ziga xos uyalish hissini ko’nglidan kechiradi va vijdon azobiga uchraydi. 
Qilingan   ish-harakatga   berilgan   baho   kishining   faoliyatida   katta   amaliy
ahamiyatga   egadir.   Bu   baho   kishining   keyingi   faoliyati   uchun   rag’bat   va   motiv
bo’lib   qoladi.   Salbiy   baho   odatda   ayni   faoliyatni   to’xtatish   yoki   o’zgartirishga
motiv   bo’ladi.   Ijobiy   baho   faoliyatni   davom   ettirish,   kuchaytirish   va   yanada
yaxshilashga, jumladan mehnat unumdorligini oshirishga rag’batlantiradi.
Shaxsning irodaviy sifatlari Kishining   irodaviy   sifatlari   ya'ni   iroda   kuchi,   mustaqilligi   jihatidan   ayrim
hollarda   turlicha   namoyon   bo’ladi.   Irodaviy   sifatlarning   klassifikasiyasi   sxema
tarzida quyidagicha  ifodalanadi. 
Har   bir   kishida   irodaning   ayrim   sifatlari   umr   bo’yi   mustahkamlanib,   shu
odamning   xususiy   sifatlari   (ya'ni   doimiy   xislatlari)   bo’lib   qolishi   mumkin.
Shaxsning   bu   o’ziga   xos   xususiyatlari   xarakter   xislatlari   deb   ataladi.   Har   bir
kishidagi   biron   bir   irodaviy   sifatlarning   har   qanday   namoyon   bo’lishi   shu   kishi
xarakterining xislati bo’lavermaydi. 
Ayrim   hollarda   hatto   tasodifiy   ravishda   kishi   kuchli   iroda   ko’rsatishi   mumkin,
ayrim   hollarda   mazkur   kishining   irodasi,   umuman   kuchli   iroda   kuchi   shu   kishi
xarakterining xislati ekanligidan dalolat beravermaydi. Bu kishining irodasi kuchli
deb aytish uchun uning iroda kuchini bir marta emas, bir necha marotaba namoyon
qilganini bilmoq kerak. 
Kishining   xarakterini   ta'riflaganimizda   falon   kishi   dadillik   qildi,   rost   gapirdi
demasdan, balki bu odam dadil, rostgo’y, to’g’riso’z deb ataymiz. Buning ma'nosi
shuki dadillik va rostgo’ylik, to’g’riso’zlik shu odamning xususiyatlaridir, xarakter IntizomlilikIrodaviy sifatlar
Maqsadga intiluvchanlik 
Tashabbuskorlik
Dadillik
Qat'iyatlik Printsipiallik
Mustaqillik
O'zini tuta bilish
Matonatlilik xislatlaridir,   tegishli   sharoitda   bu   kishi   dadillik,   rostgo’ylik,   to’g’riso’zlik
xislatlariga   ega   ekanligini   namoyon   qildi   deb   aytamiz.   Kishi   xarakterini,
xislatlarini bilib olgach, uning biron ish-harakatda qanday yo’l tutishini ancha aniq 
bilib olamiz, oldindan aytib bera olamiz. 
Iroda kuchi va xarakter qat'iyati . Iroda ma'lum kuch bilan yuzaga chiqadi: ba'zi
hollarda kishining irodasi kuchli sur'atda namoyon bo’lsa, boshqa hollarda kuchsiz
namoyon bo’ladi. 
Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir . Iroda kuchining turli  darajasi  irodaviy
jarayonning   hamma   bosqichlarida   ko’rinadi.   Iroda   kuchi   avvalo   ehtiyojlarni   his
qilishda   va   intilishda   ko’rinadi,   biz   kuchli   hamda   kuchsiz   intilishlarni,   kuchli
hamda kuchsiz hohishlarni farq qilamiz. 
Iroda   kuchi   ravshan   va   aniq   maqsad   qo’yishda,   shuningdek   mazkur   maqsadga
yetishishga   yordam   beradigan   yo’l,   vosita   va   usullarni   ochiq   tasavvur   qilishda
namoyon  bo’ladi.  Bu   ochiq   ravshanlik   darajasi   esa   kishining   turmush   tajribasiga,
bilimiga va umumiy saviyasiga bog’liq. Aniq maqsad qo’yishda inson tafakkuri va
ayniqsa   real   xayollar   (fantaziya)ning   taraqqiy   etishi   xususiyatlari   katta   rol'
o’ynaydi. 
Iroda   kuchi   tezlik   bilan   qarorga   kela   olishda   va   qarorni   mustahkamligida,
sabotlilikda ko’rinadi. Yuksak g’oyaviy tamoyillarga asoslangan oqilona qat'iyatlik
va   sabotlik   kuchli   iroda   belgilaridandir.   Qat'iyatsizlik   ikkilanish,   qabul   qilingan
qarorning   bajarilishiga   shubha   bilan   qarash   va   sabotsizlik   kuchsiz   iroda
belgilaridandir. 
Iroda kuchi jasorat deb ataladigan dadillikda ayniqsa ravshan ko’rinadi. Jasorat
kishining   shunday   holatiki,   bunda   kishi   tez   qarorga   keladi   va   uni   bajarishga   ahd
qiladi. Hatto salomatligini  va hayotini  xavf ostida qoldirishi  mumkinligi hayoliga
ham   kelmaydi.   Jasorat   kishining   boshqa   kishilarga   emas,   balki   o’ziga   bergan
amridir. Kishi  axloqiy burchining talabiga ko’ra, buyuk maqsadga erishish uchun
bir   zumda   hayot   bilan   o’limdan   birini   tanlab   olsa,   bunday   jasorat   iroda   kuchi
ekanligini ko’rsatadi.  Jasorat   shunday   qarorki,   u   go’yo   ish-harakatga   aylanadi.   Bu   ish-harakat   esa
kuchli   zo’r   berishni   talab   qiladi.   Xarakter   xislati   bo’lgan   dadillikda   odamning
qanchalik puxta o’ylab ish ko’rishiga qarab, bu dadillik maxsus tusga kiradi. 
Puxta   o’ylab   ish   ko’rishni   o’zi   yuksak   g’oyaviylikka   va   kishining   axloqiy
tamoyillariga   asoslangan   taqdirda   ijobiy   xislat   hisoblanadi.   O’ylab,   shoshmasdan
bir qarorga keladigan kishilarni  mulohazakor kishilar  deb ataymiz. 
Odatda o’zgaruvchan ayrim hislar kayfiyatlar ta'sirida tez bir qarorga keladigan
xarakterli,   dadil   kishilar   ham   mavjud.   Bular   hissiyotga   beriladigan   tasodifiy
kayfiyatli  kishilardir. Bunday kishilar  odatda  sabotsizligi,  shoshma-shosharligi  va
kalta   o’ylashi   bilan   ajralib   turadilar.   Kishi   uncha   ikkilanmasdan   o’ylab,   e'tibor
bilan   to’g’ri   bir   qarorga   kelsa   va   shu   qarorni   dadil   amalga   oshira   bilsa,   dadillik
xarakterning ijobiy xislati bo’ladi. 
Bir necha imkoniyatdan birini tanlab olishga to’g’ri keladigan ish - harakat  bir
qadar xavf-xatar bilan bog’langan bir murakkab vaziyatda dadillik ayniqsa yaqqol
ko’rinadi. Qat'iyatsizlik xarakterning salbiy xislatidir, qat'iyatsizlikda kishi  sustlik
bilan   bir   qarorga   keladi,   qabul   qilgan   qarorini   ko’pincha   o’z   vaqtida   bajarmaydi.
Bunday odam qabul qilgan qarori to’g’riligiga shubhalanadi, turli imkoniyatlardan
birini   tanlab   olishda   ikkilanadi,   ayniqsa   qiladigan   ish-harakatlari   xavf-xatar   bilan
bog’langan   bo’lsa,   shunday   ahvolga   tushadi.   Shu   sababli   qat'iyatsiz   kishilar
ko’pincha   kam   faolliklari   bilan   ajralib   turadilar   yoki   umuman   passiv   bo’lib,
yalqov, tanbal degan taassurot tug’diradilar. 
Sabotlilik   dadillikka   chambarchas   bog’liq   bo’lib,   xarakterning   ijobiy   xislati
hisoblanadi. Xarakterning bu xislatiga ega bo’lgan kishilar qabul qilgan qarorlarini
odatda   o’zgartirmaydilar,   bekor   qilmaydilar   va   bu   qarorlarini   bajarmasdan
qo’ymaydilar. Bu kishilar va'dalarining ustidan chiqadilar, aytgan so’zlarini albatta
qiladilar,   ularning   gapi   bilan   ishi   bir   bo’ladi.   Ularga   ishonsa   bo’ladigan   subutli
insonlardir. 
Qabul qilingan qarorlarini ko’pincha bekor qiladigan, bergan va'dalarini ustidan
chiqmaydigan, aytgan so’zidan tonadigan kishilar subutsiz hisoblanadi.  Kishi irodasining kuchi va qat'iyati   xarakterning irodaga bog’liq bo’lgan qaysi
xislatlarida ifodalangan  bo’lsa   o’sha  xislatlar   eng  yorqin  xislatlardan  hisoblanadi.
Bu   xislatlar   har   bir   kishining   xarakterida   bir   qadar   namoyon   bo’ladi.   Ammo
hamma   kishilarni   va   har   qanday   odamni   irodasi   kuchli,   xarakteri   kuchli   deb
bo’lmaydi. Balki shu sifatlari bilan boshqa kishilardan ajralib turgan odamlargina
irodasi kuchli, xarakteri qat'iy deb ataladi. Iroda kuchi va qat'iyati odamning o’zini
tuta bilishida, jasurligida, matonatida va chidamliligida namoyon bo’ladi. 
Iroda   kuchi   qabul   qilingan   qarorni   o’z   vaqtida   bajarishda   ko’rinadi.   Shuning
uchun   qarorni   bajarmaslik   yoki   uning   bajarish   muddatini   doimo   paysalga   solish,
galdan-galga   qoldiraverish,   boshlagan   ishini   oxiriga   yetkaza   bilmaslik   irodaning
kuchsizligi alomatidir. 
Lekin   qabul   qilingan   qarorni   bajarish   har   qanday   qilingan   ish-harakatning,
irodaning   kuchli   ekanligidan   darak   beravermaydi.   Iroda   kuchi   asosan   irodaviy
harakatlar   yordami   bilan   qanday   to’siqlar   yengilganiga   va   shu   yo’l   bilan   qanday
natijalarga   erishilganligiga   qarab   aniqlanadi.   Irodaviy   zo’r   berish   vositasida
bartaraf qilinadigan qarshilik va qiyinchiliklar darajasi va xarakteri iroda kuchining
ob'ektiv ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.
Kishi katta to’sqinliklarni, qiyinchiliklarni, qarshiliklarni irodaviy zo’r berish va
irodaviy harakatlar yordami bilan bartaraf qilib, zo’r muvafaqqiyatlarga erishsa, bu
kishi irodasi kuchli ekanligini ko’rsatadi. 
Kosmonovtlar   mislsiz   iroda   kuchini   butun   jahonga   namoyish   qilishadi.   Bu
qahramonlar   kosmik   parvozlarga   tayyorlanish   davrida   ham,   parvoz   paytida   ham
o’z irodalarining yuksak sifatlarini namoyish etadilar. Bu qahramonlar kuchli iroda
va   uning   xilma-xil   ko’rinishlari   o’z   xarakterining   asosiy   xislati   bo’lgan
kishilarning yorqin misolidir. 
Kishi   irodasining   kuchsizligi   uning   juda   arzimas   to’sqinliklarni   ham   bartaraf
qila olmasligida ko’rinadi. Masalan, ba'zan kishi biron kerakli xatni yozishga yoki
biror zarur ishni boshlashga o’zini majbur eta olmaydi.  Irodaning   kuchsizligi   odatda   irodasizlik   deb   ataladi.   Qarorni   bajarish
jarayonidagi   ixtiyoriy   ish-harakatlardagi   iroda   kuchi   o’zini   tuta   bilishda,   jasurlik,
sabot va matonat, chidam va toqatda namoyon bo’ladi.
O’zini   tuta   bilish   nomidan   ham   bilinib   turibdiki,   kishining   o’zini   idora   qila
bilishi   va   o’zini   qo’lga   ola   bilishi   demakdir.   O’zini   tuta   bilish   kishining   oldiga
qo’ygan   maqsadlariga   yetishuvida   to’sqinlik   qiluvchi,   irodasini   bo’shashtiruvchi
ichki   holatlarni   yengishda   ko’rinadigan   kuchli   irodadir.   Bunday   holatlarga
masalan,   qo’rqish,   o’z   kuchlariga   ishonmaslik,   zerikish,   qayg’urish   hissi   kiradi.
Bunday   holatlar   kishini   faoliyat   ko’rsatmaslikka   rahbatlantiradi   yoki   qo’yilgan
maqsadlarga   qarama-qarshi   bo’lgan   g’ayri   ixtiyoriy   harakatlarda   o’z   ifodasini
topadi.   Bunday   holatlar   har   kimda   bo’ladi.   Ammo   odamning   shaxs   sifatidagi
xususiyati  shundan iboratki, u o’zidan ana shu salbiy va keraksiz  holatlarni  iroda
kuchi   bilan   o’zgartira   oldi   yoki   bartaraf   qila   oladi.   Bu   borada   K.D.Ushinskiy
quyidagi   so’zlarni   keltirib   o’tadi:   "qo’rquvni   his   qilmasdan   xavf-xatarga   o’zini
uradigan   kishi   mard   emas,   balki   eng   kuchli   qo’rquvni   ham   bosa   oladigan   va
qo’rquv ta'siriga berilmagan, xavf-xatarni o’ylamaydigan kishi marddir". 
O’zini   tuta   bilish   kishi   xarakterining   xislati   bo’lib,   asosan   ichki   irodaning
namoyon   bo’lishidan   iborat.   Bu   xislat   kishining   o’z   xulq-atvorini   nazorat   qila
bilishda   o’zini,   o’z   harakatlarini,   nutqini   qo’lga   ola   bilishida,   shu   sharoitda
keraksiz   yoki   zararli   deb   qaraladigan   harakatlardan   o’zini   tiya   bilishida
ifodalanadi.   Xarakter   shu   xislatiga   ega   bo’lgan   kishilar   o’zlarini   qo’lga   ola
biladilar. Ular o’zlarini tuta biladilar, ular uyushqoq kishilardir. 
O’zini tuta bilmaslik irodaning kuchsizligini yaqqol ko’rsatuvchi belgidir. Odam
o’zini   qo’lga   ola   bilmaganda   o’z   mayllarini,   ixtiyorsiz   harakatlarini   nazorat   qila
olmaganda   g’ayri   ixtiyoriy   faollik   ko’rinishlari   reflekslar,   instinktlar,   tasodifan
ko’ngildan   kechadigan   hislar,   qo’rquv,   hadik-shubha,   gumon,   g’azab,   rashk,
ichiqoralik, affektiv holatlar va shu kabilar kishi irodasini bo’g’ib qo’yadi. Bunday
hollarda odam o’zini tiya olmay qoladi.
O’zini   tiya   olmaslikning   eng   yomon   ko’rinishi   buzuqlikdir.   Buzuqlik   butunlay
instinktlar va salbiy emotsiyalar ta'sirida bo’lish demakdir.  Jasurlik   kishining   omonligi   va   hayoti   uchun   havfli   bo’lgan   to’sqinliklarni
bartaraf qilishda ko’rinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashyutchi har gal o’zini
samolyotdan tashlaganda jasurlik qiladi. Jasurlik o’zini tuta bilishga chambarchas
bog’liq.   Jasurlik   bor   joyda   o’zini   tuta   bilishlik   mavjud.   Kishi   o’zini   tuta   bilsa
jasurlik   qila   oladi.   Biron   maqsadga   yetishish   yo’lida   mutassil   jasurlik   ko’rsatish,
dovyuraklik  jasorat  deyiladi. 
O’zining hayoti uchun xatarli to’sqinliklarni yengishga doimo tayyor turgan va
shunday to’sqinliklarni yenga oladigan kishilarni   jasur kishilar   deb ataymiz. Bular
xavf-xatardan cho’chimaydigan, xarakteri kuchli, dovyurak, botir kishilardir.
Jasurlikning   yo’qligi   irodaning   kuchsizligini   ko’rsatadi.   Buni   qo’rqoqlik,
nomardlik   deb   ataymiz.   Irodasi   kuchsiz   bo’lgan   bunday   kishilar   odatda   qo’rqoq,
yuraksiz kishilar  deb ataladi. Sabot, matonat ma'lum maqsadga yetishda ko’pincha
uzoq   vaqt   davomida   irodamizga   ta'sir   etib   turuvchi   katta   to’sqinlik   va
qiyinchiliklarni   bartaraf   qilishga   to’g’ri   keladi.   Irodaning   bunday   ko’rinishi
shaxsning eng muhim sifati bo’lib, iroda kuchining  yaqqolligini ko’rsatadi. 
Sabot,   matonat   -   qandaydir   bir   aniq   maqsadni   ko’zlab,   muntazam   ravishda
irodaviy zo’r berish demakdir. 
Ammo   kishilarning   hayoti   va   faoliyatida   ba'zan   shunday   hollar   ham   bo’ladiki,
kishi   o’z   oldiga   qo’ygan   qandaydir   zarur   maqsadlarni   bajarishda   yetib
bo’lmaydigan   yoki   kishiga   shunday   bo’lib   tuyuladigan   to’sqinliklarga   uchrab
qoladi.   Bunday   hollarda   kishi   ba'zan   qabul   qilgan   qarorni   o’zgartiradi,   bekor
qiladi,   u   qiyinchiliklardan   qo’rqishi   va   o’z   oldiga   qo’ygan   maqsadidan   voz
kechishi   mumkin.   Ba'zan   shunday   bo’ladiki,   talaba   to’satdan   o’qishni   tashlaydi.
Ilgari tanlagan ehtiyojidan voz kechadi, boshlagan ishini oxiriga yetkazmay, o’lda-
jo’lda qoldirib ketadi. 
Kishi   o’z  harakat, maqsadini   yaxshi   o’ylamaganda  maqsadga   yetishsa,  yordam
bera   oladigan   vosita   va   usullarni   puxta   o’ylamaganda,   o’zining   kuch   -
imkoniyatlarini   yetarli   yoki   to’g’ri   hisobga   olmaganda   odamda   belgilangan
maqsaddan shu tariqa qaytadi, irodasida chekinadi. Dastlabki muvaffaqiyatsizlikka
haddan tashqari katta ahamiyat berilganda, bu muvaffaqiyatsizlikka noto’g’ri, yoki yengil   baho   berilganda,   unga   faqat   salbiy   tomondan   qaraganda   shunday   bo’ladi.
Kishi   muvaffaqiyatsizlikka   uchrash   bilan   bir   vaqtda   o’z   kuchlariga,   o’z
imkoniyatlariga,   o’z   qobiliyatlariga   ishonmaganda   odam   "ruhi   tushib",   o’zini
passivlikka   qo’l   qovushtirib   o’tirishga   mahkum   etadi.   Albatta   umuman   irodasi
kuchsiz   kishilarda   shunday   bo’ladi.   Bunday   kishilar   irodasining   o’smaganligi,
etarlicha tarbiyalanmaganligi bilan farq qiladi. 
Ammo   irodali   mavjudot   bo’lgan   odam   hayot   va   faoliyatida   jamiyat   yoki   o’zi
uchun   muhim   ahamiyatga   ega   bo’lgan   maqsadidan   qaytmasligi   ham   mumkin.   U
iroda   kuchiga   zo’r   berib,   to’sqinliklarga   qarshi   kurashni   kuchaytirishi,   qabul
qilingan   qaroriga   yarasha   uzoq   vaqt   ish   ko’rishi   mumkin.   Barcha   to’sqinlik   va
qiyinchiliklarga qaramay u zarur natijani qo’lga kiritmoq uchun damba-dam, orada
vaqt o’tkazib zo’r berishi, g’ayratini ko’rsatib ishlashi mumkin.
Kutilgan   maqsadga   yetishda   katta   qiyinchiliklar   va   yengib   bo’lmaydigan
to’siqlar   bo’lsa,   kishi   shu   maqsadga   yetishi   uchun   zarur   yo’l,   vosita   va   usullarni
o’zgartirib,   yangi   usullarni   qidirib   topishi   mumkin.   Katta   to’sqinliklarni   bartaraf
qilib, uzoq qunt qilib, maqsadga yetishda ko’rinadigan bunday iroda kuchi   sabot-
matonat   deb ataladi. Shunday iroda sifatiga ega bo’lgan kishi esa sabot-matonatli,
kuchli irodali, qat'iy xarakterli kishi deb ataladi.
Har   qanday   faoliyatning,   jumladan   o’qib,   o’rganishning   muvaffaqiyati   sabot-
matonatga   bog’liq.   Bilimli   bo’lmoq   uchun   sabot-matonat   kerak.   Har   bir   sohada-
texnika,   san'at,   muzika,   sport   va   shu   kabi   sohalarda   bilim   va   malaka   ortirmoq
uchun sabot-matonat kerak.
Sabot-matonat   xarakterning   eng   qimmatli   xislatidir.   Bu   xislat   kishining
maqsadga yetish yo’lida qanday qiyinchilik va to’sqinliklar bo’lishidan qat'iy nazar
shu maqsadga erishishida o’z ifodasini topadi.
Xarakter   xislati   bo’lgan   sabot-matonat   ba'zi   kishilar   faoliyatining   hamma
sohalarida   namoyon   bo’ladi   boshqa   kishilarda   esa   bu   xislat   ularning   manfaatlari
bilan bog’langan, va ayrim faoliyat sohalarida ko’rinadi.
Sabot-matonatli   kishilar   boshlagan   ishlarini   hamisha   oxiriga   yetkaza   biladilar.
Ular o’zlariga nisbatan ham boshqa kishilarga nisbatan ham talabchan bo’ladilar. Sabot-matonatli   kishilar   muvaffaqiyatsizlikka   uchraganda   ruhini   tushirmaydi,
balki   aksincha,   maqsadga   erishish   uchun   ishga   yanada   qat'iyroq   kirishadi,   shu
maqsadga erishishning yangi yo’l va vositalarini izlab topadi.
Sabot-matonatli kishilar o’ziga va boshqa kishilarga nisbatan talabchanligi bilan
ajralib   turadilar.   Ular   belgilangan   yo’ldan   yurishlariga   to’sqinlik   qila   oladigan
hamma   narsaga   qarshi   tura   oladigan,   bu   to’sqinliklarni   yenga   oladigan   matonatli
kishilardir.
Sabot-matonat   irodaning   chidam   va   toqat   degan   sifati   bilan   ham   chambarchas
bog’liq.
Maqsadga   yetishda   bartaraf   qilinadigan   to’sqinlik   va   qiyinchiliklar   kishidan
kuch va vaqt sarf qilishni talab etibgina qolmay, balki ko’pincha jismoniy va ruhiy
azob beradi ham.
Kishining   o’z   faoliyatida   ba'zan   sovuq   va   issiqdan,   yomg’ir   va   qordan,   qattiq
toliqish,   och   qolishdan,   hamma   turli   kasalliklardan   azob   chekadigan   kishi   o’z
oldiga qo’ygan maqsadiga sodiq bo’lib shu maqsadga yetishga intilaversa, bunday
intilishlarda   ko’rinadigan   iroda   chidam   va   toqat   deb   ataladi.   Odamning
organizmidagi   yemirilish   jarayonlarini   yengishda   ifodalanadigan   ajoyib   iroda
o’zini   tuta   bilish   va   matonatda     ko’rinadi.   Bu   borada   quyidagi   misolni   keltirib
o’tish joiz.
Sobiq   sovet   uchuvchisi   Alievning   bir   o’zi   havo   jangida   dushmanning     yettita
samolyotiga qarshi mardonavor kurashdi va hammasini urib tushirdi. Kuchlar teng
bo’lmagan bu jangda Alievning samolyotini dushman o’qlari teshib yuborgan edi.
Aliev   o’zi   bir   necha   bor   yaralandi.   Ammo   u   o’zini   yo’qotib   qo’ymay,   samolyoti
bilan   o’z   aerodromiga   borib   qo’ndi.   Aerodromiga   yetib   borguncha   dushman
egallab   olgan   yerlardan   uchib   o’tishi   kerak   edi.   Dushmanning   zenit   to’plari
Alievning samolyotini qattiq o’qqa tutdi va samolyotining bir necha joyini snaryad
parchalari   teshib   yubordi.   Uchuvchi   yana   bir   necha   marta   yaralandi.   Lekin   Aliev
bu   safar   ham   sarosimaga   tushmay   samolyotini   boshqarib   boraverdi   va   uni   o’z
aerodromiga eson-omon qo’ndirdi. Samolyot kabinasi ochilganda uchuvchi o’lgan
edi.   U   ikki   qo’lidan,   oyog’idan,   kuragidan,   yelkasidan,   orqasidan,   jag’idan   va boshidan   yaralangan   edi.   Vrachning   aniqlashishicha,   og’ir   yarador   bo’lgan
Alievning   bu   holda   ucha   olishi   sira   mumkin   emas   edi.   Ammo   Aliev   samolyotini
boshqarib,   aerodromga   to’g’ri   qo’na   olgan.   Uchuvchining   irodasi   va   o’zini   tuta
bilishi   tufayli   o’qning   yemiruvchi   kuchlaridan   g’olib   kelib,   umrining   so’nggi
daqiqalarini cho’zishga erisha oldi.
Sabot-matonatli   chidamli   va   toqatli   kishilar   maqsadga   yetishishda   va
qiyinchiliklarga   qarshi   kurash   jismoniy   va   ruhiy   azoblarga   hamda   boshqa
mashaqqatlarga  chiday  oladilar.  Ular  har  qanday  vaziyatda  o’zlarini   tuta oladilar,
jasurlik, mardlik, botirlik, qat'iyat ko’rsata oladilar .
Bunday   xarakterli   kishilarga   optimallik   kayfiyati,   hayotga   quvnoqlik   bilan
qarash, porloq kelajakka doim ishonch bilan boish, boshqa kishilarga o’z kuchlari
va mehnat imkoniyatlariga yetishish kabi xislatlar xosdir. 
O’zini tuta bilish jasurlik sabot-matonat, chidam va toqatda ko’rinadigan kuchli
iroda   mardlik   deb   ataladi.   Shu   sifatlar   bilan   farq   qiladigan   kishilar   esa   mard
kishilar  deb ataladi. 
Kishilarning   hayoti   va   faoliyatida   shunday   hollar   ko’p   bo’ladiki,   bunda   odam
zarur paytida o’zini tuta olmay qoladi, jasurlik, sabot-matonat, intizomlilik ko’rsata
olmaydi. Xarakter xislati irodasiz kishilar mavjud, bunday kishilar irodasi kuchsiz
yoki   irodasiz   kishilar   deyiladi.   Bunday   kishilar   irodasi   kuchsiz   yoki   chidamsiz
kishilar   deyiladi.   Bular   xatto   arzimas   qiyinchilik   va   to’sqinliklarni   ham   bartaraf
qila olmaydigan kishilardir. Bular salgina muvaffaqiyatsizlik yoki qiyinchilik kelib
chiqqanda   ham   o’z   oldiga   qo’ygan   maqsaddan   voz   kechib   ish   harakatini
to’xtatadigan,   o’z   qarorini   bekor   qiladigan   yuraksiz,   qo’rqoq   kishilardir.   Ular
vaziyat   talab   qilganda   zarur   jasurlik   sabot-matonat,   chidam,   toqat,   qat'iyat
ko’rsatmaydilar.   Bular   cho’chima,   yalqov   joni   paxta   kishilardir.   Bunday
kishilarning xatti-harakatlari odatda ularning o’zidan ko’ra tashqi sharoitga bog’liq
bo’ladi.
Bunday   xarakter   xislatlarga   ega   bo’lgan   kishilar   pessimistik   kayfiyatda   bo’lib,
dunyoga   va   hayotga   umidsizlik   bilan   qaraydilar.   Ular   doimo   barcha   kishilarning
salbiy,   yomon   tomonlarini   ko’radilar,   bu   kishilarning   fikricha,   o’zlarining   barcha kamchiliklari   va   muvaffaqiyatsizliklarining   sababchisi   boshqa   kishilardir.   Bu
xildagi ba'zi kishilar passiv beparvo kayfiyatda bo’ladilar.
Irodaning   mustaqilligi .   Kishilaring   irodaviy   harakatlariga   ularning   mustaqillik
darajasiga qarab ham baho beriladi. Irodaviy harakatlarning mustaqilligi kishining
avvalo   tashabbuskorligida   ko’riladi.   Tashabbuskorlik   biror   bir   ishni   shaxsan
boshlab   yuborish   demakdir.   Tashabbuskorlik   odatda   tevarak-atrofdagi   sharoit
hamda   ijtimoiy   hayot   talablarini   epchillik,   mohirlik   bilan   hisobga   olish   va
ko’pincha   kelajakni,   yangilikni   oldindan   ko’ra   bilish   qobiliyati   bilan   bir   vaqtda
namoyon bo’ladi.
Tashabbuskor   kishi   shaxsiy   hayotida   ham,   ijtimoiy   faoliyatida   ham   vaziyat   va
turmush talablarini hisobga ola biladi, shu bilan bir vaqtda vazifalarni ilgari suradi,
qo’yilgan   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   yo’l   va   vositalari   tanlaydi   va   bu
vazifalarni   hal   etishda   faol   ishtirok   etadi.   Mustaqillik   qilinilmagan   va   qilinilgan
ish-harakatlar   uchun   javobgarlik   sezishda   ko’rinadi.   Javobgarlikni   sezish   ayni
harakatlarning   to’g’riligiga,   maqsadga   muvofiq   ekanligiga   va   zarurligiga   ishonch
hosil qilish demakdir.
Irodaning   mustaqilligi   yana   boshqa   kishilarning   fikr,   maslahat   va   takliflarini
tanqidiy   ko’z   bilan   mulohaza   qilib   chiqishda   ham   ko’rinadi.   Tanqidiy   ko’z   bilan
mulohaza   yuritish   xarakter   xislati   bo’lib,   boshqa   kishilarning   birga   maslahat   va
takliflarini   diqqat   bilan   tahlil   qilishda   ko’rinadi,   xarakterning   shu   xislati   bo’lgan
kishi   boshqa   kishilarning   fikr   va   maslahatlariga   e'tibor   bilan   quloq   soladi,   ularga
muayyan   tamoyillar   nuqtai   nazaridan   baho   beradi,   ijobiy   foydali   narsani   qabul
qilib undan foydalanadi, salbiy befoyda narsani dalillar bilan rad etadi.
Ayrim   kishilarning   iroda   mustaqilligi   ba'zan   qaysarlik   kabi   maxsus   holatda
ko’rinadi.   Bu   holat   shundan   iboratki,   odam   boshqa   kishilarning   aytgan   hamma
gaplariga,   maslahat,   iltimoslariga   qarshilik   ko’rsatadi.   qaysarlik   qilayotgan   odam
yo   buyurilgan   ishni   qilmasdan,   o’z   bilganini   qilaveradi   yoki   buyurilgan   ishni
teskarisini qiladi.
Intizomlilik   -   xarakter   xislati   bo’lib,   jamiyat   talablariga   ongli   ravishda   o’z
ixtiyori   bilan   bo’ysina   bilishda   ko’rinadi.   Intizomlilik,   jumladan,   belgilangan tartibga aniq rioya qilishda, olingan va'dani vijdonan bajarishda, o’z burchiga ongli
ravishda bo’ysinishda o’z ifodasini topadi.
Intizomli   kishi   mustaqil   tashabbuskor   bo’lib,   ayni   vaqtda   qabul   qilingan
qarorlarni so’zsiz ijro etadi, jamiyat manfaatlariga va axloq tamoyillariga itoat qila
biladi.
Mustaqillik ayni vaqtda irodaning kuchli ekanligini ham ko’rsatadi. Iroda kuchi
katta   to’sqinliklarni   bartaraf   qila   olish   qobiliyati   bilangina   ifodalanmay,
tashabbuskorlik   ko’rsatish,   mustaqillik,   dadillik   ko’rsatish   va   qabul   qilingan
qarorlar uchun, o’z xatti-harakatlari uchun mas'uliyat sezish bilan ham ta'riflanadi.
Irodaning   axloqiyligi   hayot   va   faoliyatda   iroda   kuchi,   uning   mustaqilligiga
ijobiy   yoki   salbiy   baho   berganda   qanday   to’sqinlik   va   qiyinchiliklar   bartaraf
qilinganligini nazarda tutish bilangina cheklanib qolmay, asosan kishining axloqiy
qiyofasi   irodaviy   harakatlarda   qanchalik   ifodalanishi,   biron   odamning   irodasi
naqadar axlohiy ekanligi ham nazarda tutiladi. 
Irodaning   axloqiyligi   deganda   odatda   kishi   o’z   oldiga   qanday   maqsadlar
qo’yilishi,   bu   maqsadlarga   qanday   vositalar   bilan   erishishi,   irodaviy   intilishlar
(xohishlar)   qanday  mayllar   tufayli   kelib  chiqishi   va   ma'lum   bir   qarorga  kelishida
qanday tamoyillarga amal qilishni nazarda tutamiz.
Irodaviy   harakatlarda   kishining   axloqiy   xislatlari   namoyon   bo’lsa,   iroda   kuchi
ijobiy ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Ikkinchidan, kishilarning axloqiy hislarlari
haqida fikr yuritilganda aytilgan so’zlarni emas, balki ularning ma'naviy qiyofasini
ko’rsatadigan   irodaviy   harakatlarni   nazarda   tutamiz.   Shuning   uchun   kuchli
irodaning   mardlik,   o’zini   tuta   bilish,   sabot-matonat,   chidam   va   jasurlik   kabi
xususiyatlari irodaning axloqiy sifatlari deb hisoblaymiz. 
Kishi  biror  qarorga kelishda o’z qarori  va  harakatlari  uchun axloqiy mas'uliyat
sezsa, uning irodasi axloqiy hisoblanadi. 
Kishining   chinakam   axloqiyligi   ma'naviy   qiyofasi,   so’zida   va   muhokamalarida
emas,   balki   faoliyatida,   ishida   va   asosan   mehnatda,   ya'ni   mehnatga   va   ishning
o’ziga mehr qo’yishida namoyon bo’ladi.  O’zining   intilish   (mayllarida),   qaror   va   harakatlarida   har   doim   axloq
tamoyillariga amal qiladigan kishilarni axloqli kishilar deb ataymiz. 
Iroda borasidagi nazariyalar
Irodaning tadqiqoti  uzoq tarixga ega bo’lib, u inson ongining mohiyatini  kashf
qilishdan   boshlanib,   muayyan   bilimlar   to’planishi   tufayli   shaxsning   irodasi
tabiatini   tushunishga   ilmiy   yondashuv   vujudga   kelgan   davrgacha   bo’lgan   tarixiy
yo’lni bosib o’tgan. 
Arastu  o’z davrida  irodani  jon haqidagi  fanning muhim  tushunchasi  deb e'tirof
etgan.   Uning   fikricha,   iroda   inson   xulq-atvorini   o’zgartirishini   boshqarish
imkoniyatiga ega bo’lgan omil hisoblanadi. 
Gumanitar   yo’nalish,   ya'ni   inson   muammolariga   e'tiborning   ortishi   bilan   o’z-
o’zidan   irodani   o’rganish   ham   dolzarb   masalaga   aylanib   bormoqda.   XVIII-XIX
asrlarda   bu   muammo   eng   markaziy   psixologik   tadqiqot   masalalaridan   biri   edi.
Biroq psixologiya fanida XX asr boshlarida ro’y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi
rejaga o’tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas. 
XVII   asrdayoq   Gobbs   va   Spinozalar   ta'kidlab   o’tganlaridek,   faollik   manbaini
bemahsul   sohaning   paydo   bo’lishi,   deb   tushuntirish   mumkin   emas,   chunki   uning
shaxsiy   kuch-quvvatini   hissiy   intilish   bilan   uzviylikda   qarash   lozim.   Spinozaning
fikricha,   iroda   bilan   aql   aynan   bir   narsadir.   Unga   bunday   yondashish   irodaning
ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan bo’lsa, ikkinchi bir tomondan u
mustaqil   substansiya   sifatida   tan   olindi.   V.Vundtning   mulohazasicha,   irodaning
negizida appersepsiya aktining sub'ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his
etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya
faniga   kirib   keldi.   U.Djeymsning   tan   olishicha,   irodaviy   harakatlar   boshqa   ruhiy
jarayonlarga qorishtirib bo’lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday
g’oya   dastlab   dinamik   tendensiyaga   ega   bo’lganligi   tufayli   irodaviy   aktning
vazifasi   diqqat   yordami   bilan   bir   g’oyaning   boshqasi   ustidan   ustuvorligini
ta'minlashdan iboratdir.
Etarli   darajada   qat'iy   fikr   qaror   topganligi,   iroda   -   bu   insonning   qo’yilgan
maqsadlariga erishish uchun qilgan faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad g’o’ya olish kabi shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish ham
kiritiladi.   I.V.Selivanov   irodani  tadqiq etish  negizidan kelib chiqqan holda  ayrim
xulosalarni  chiqaradi:
a)   iroda -bu   shaxsning   o’z   faoliyatini   va   olamdagi   o’zini-o’zi   boshqarish
shakllarini anglashning tavsifidir;
b ) iroda -inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va
bosqichlariga taalluqlidir;
v ) iroda -bu amaliy ong, o’zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o’zini
ongli idora qilishlikdir;
g )   iroda -bu   shaxsning   hissiyoti   va   aql-zakovati   bilan   bog’liq   bo’lgan
xususiyatidir, ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi.
V.I.Selivanov   irodaning   psixologik   jabhalarini   yoritayotib,   u   shunday   g’oyani
ilgari   suradi,   insonning   ongini   jarayonlar,   holatlar,   xislatlarni   o’zida
mujassamlashtiruvchi   yaxlit   tizim   sifatida   tasavvur   qilish   mumkin.   Shaxsning   u
yoki   bu   ongli   harakati   o’zining   tuzilishiga   ko’ra   bir   davrning   o’zida   ham   aqliy,
ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi. 
Tadqiqotchi   V.I.Ivannikov   esa irodani motivatsiyaning ixtiyoriy shakli sifatida
tushunadi. Shuningdek, harakat ma'nosining o’zgarishi hisobiga tarmoqlovchi yoki
qo’shimcha   turini   yaratuvchi   imkoniyat   yangi   real   motivlarni   harakat   bilan
birlashtiruvchi, yoinki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy
boshqaruv   esa   harakatni   "ixtiyoriy   boshqaruv   ko’rinishlarining   bittasi   sifatida"
tushuniladi,   bunda   boshqaruv   motivatsiyaning   ixtiyoriy   o’zgarishi   orqali   amalga
oshirilishi sifatida qaraladi. 
Keltirilgan   mulohazalardan   ko’rinib   turibdiki,   psixologiya   fanida   irodani
tushunish,   ta'riflash   bo’yicha   bir   xil   munosabat   yaratilmaganday,   irodaviy
sifatlarning   ma'naviy   asosini   tahlil   qilish   yuzasidan   ham   umumiylik,   mustaqillik,
qat'iyatlilik,   sabr-toqatlilik,   intizomlilik,   dadillik,   jasoratlilik   va   tirishqoqlilikni
kiritadi.
P.M.Yakobson   bo’lsa,  irodaning  muhim  sifatlari  sifatida mustaqillik, qat'iylik,
tirishqoqlik   o’zini   uddalashni   ko’rsatadi.   Insonda   namoyon   bo’ladigan   irodaviy sifatlar   sarasiga   A.I.Shcherbakov   quyidagilarni   kiritadi:   sobitqadamlik   va
tashabbuskorlik,   tashkillashganlik   va   intizomlilik,   urinchoqlik   va   qat'iyatlilik,
chidamlilik va o’zini uddalashlik, botirlik va jasoratlilik.
Iroda   borasidagi   tadqiqotlarda   "ishonch"   atamasi   qo’llanilishi   kamdan-kam
hollarda   qo’llaniladi.   Shunga   qaramasdan   ishonch,   iroda   sifati   tariqasida   tadqiq
etilishga   haqlidir.   Buning   uchun   A.I.Shcherbakov   tomonidan   quyidagicha
tadqiqot ishi amalga oshirilgan. Tadqiqotchining ta'kidlashicha, bir talabaga qisqa
vaqt   (fursat)   ichida   insititutni     tugatish   taklif   qilingan,   lekin   sinaluvchi   bu   ishni
uddasidan chiqa olmaslikni oshkora bildirgan. Shundan so’ng tadqiqotchi talabada
o’z   kuchiga   ishonch   uyg’otishni   maqsad   qilib   qo’ygan   va   unda   irodaviy   zo’r
berish, qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida talaba
o’z   maqsadiga   erishishga   musharraf   bo’lgan.   Xuddi   shu   bois   hozirgi   zamon
psixologiyasining   irodaga   oid   nazariyasi   zaifligi   tufayli   irodaviy   sifatlarni
tasniflashning asosiy tamoyili ishlab chiqilmagandir. 
Hissiyot haqida tushuncha
Odam  tashqi  muhitdagi   turli-tuman narsa  va  hodisalarni  idrok qilar   ekan, hech
vaqt   bu   narsalarga   batamom   befarq   bo’lmaydi.   Odamning   aks   ettirish   jarayoni
doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b)   qondirishga   yordam   beradigan   yoki   qarshilik   ko’rsatadigan   ob'ektlarga
sub'ekt sifatida qatnashishi; 
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki   odam   atrofidagi   har   turli   narsalarni   idrok   qilib   aks   ettirar   ekan,   bu
narsalarga   nisbatan   ma'lum   munosabatda   bo’ladi.   Masalan,   bizga   ayrim   narsalar
yoqsa,   ya'ni   kayfiyatimizni   ko’tarib   yuborsa,   boshqa   bir   narsalar   yoqmaydi   va
kayfiyatimizni   buzib,   dilimizni   xira   qiladi.   Ba'zi   bir   ovqatni   odam   juda   ham
yoqtiradi,   boshqa   bir   ovqatni   esa   mutlaqo   ko’rgisi   kelmaydi   yoki   ayrim   odamlar
bizga   xush   keladi   yoki   boshqa   bir   odamlar   esa   noxush   keladi.   Umuman   odam
atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo’ladi va uning munosabatlari
ham aks ettiriladi. Kishilar idrok qilayotgan, ko’rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o’ylayotgan,
orzu   qiladigan   narsalarga   befarq   bo’lmaydilar.   Bir   xil   predmetlar,   shaxslar,
xarakterlar,   voqealar   bizni   quvontiradi,   boshqalari   xafa   qiladi   yana   boshqalari
g’azab,   nafratimizni   uyg’otadi.   Biz   xavf   ostida   qolganimizda   qo’rquvni   his
qilamiz,   dushman   ustidan   g’alaba   qozonish   yoki   qiyinchilikni   yengish   zavq
uyg’otadi. 
Hissiyot   tushunchasiga   adabiyotlarda   turlicha   ta'riflar   uchraydi   jumladan;
A.V.Petrovskiy  tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida  hissiyot   -
kishining   o’z   hayotida   nimalar   yuz   berayotganiga,   nimalarni   bilib   olayotganiga
yoki   nima   bilan   mashg’ul   bo’layotganiga   nisbatan   o’zicha   turli   xil   shaklda
bildiradigan   kichik   munosabatdir.   M.Vohidovning   "Bolalar   psixologiyasi"   o’quv
qo’llanmasida   hissiyot   deb   -   tashqi   olamdagi   narsa   va   hodisalarga   bo’lgan   ichki
kechinmalarimizning   ongimizda   aks   ettirilishga   aytiladi.   Q.Turg’unov
muallifligidagi   lug’atda   hissiyot- shaxsning   voqelikdagi   narsa   va   hodisalarga,
kishilarga   hamda   o’z-o’ziga   bo’lgan   munosabatlarida   kelib   chiqadigan   yoqimli
yoki   yoqimsiz   kechinmalardan   iborat.   Professor   E.G’oziev   muallifligidagi
"Umumiy   psixologiya"   darsligida   hissiyot-   odamda,   tirik   mavjudotlar   miyasida,
ya'ni   shaxslarning   ehtiyojlarini   qondiruvchi   va   unga  monelik   qiluvchi   ob'ektlarga
nisbatan uning munosabatlarini aks ettirish ma'nosida qo’llaniladi.
Yuqoridagi   ta'riflardan   ko’rinib   turibdiki,   hissiyot   bizning   tuyg’ularimizning
o’ziga   xos   aks   ettirish   jarayoni   bo’lib,   bunda   narsa   va   hodisalarni   aks   ettirish
jarayonida   bizda   tug’iladigan   ichki   kechinmalar   va   munosabatlar   aks   ettiriladi.
Demak,   hissiyotlar   o’z-   o’zidan   yuzaga   kelmasdan,   tashqi   olamdagi   narsa   va
hodisalarning ta'siri bilan bog’liq ravishda yuzaga keladi.
Adabiyotlarda   hissiyot   bilan   birga   emotsiya   tushunchasi   ham   keng   doirada
qo’llaniladi. Aynan emotsiya tushunchasining mazmuni nimadan iborat va hissiyot
tushunchasi bilan o’zaro bog’liqligi qanday degan savol tug’iladi? Shunga muvofiq
emotsiya   tushunchasining   mazmun   mohiyatini   yoritadigan   bo’lsak;   jumladan
professor   E.G. ’ G’ozievning   "Umumiy   psixologiya"   darsligida   emotsiya- odatda
tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo’ladigan his-tuyg’ularni, ichki kechinmalarni ifodalanishidan   iborat   psixik   jarayonni   yuzaga   kelishining   aniq   shaklidir,   deb
ta'riflanadi.
Emotsiya   -   shaxsning   voqelikka   o’z   munosabatini   his   qilishidan   kelib
chiqadigan,   uning   ehtiyoj   va   qiziqishlari   bilan   bog’liq   bo’lgan   yoqimli   yoki
yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta'riflardan ko’rinadiki, hissiyot tushunchasi
emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo’lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush
tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.
Hissiyotlar   o’zining   yuzaga   kelishi   nuqtai   nazaridan   odamning   ehtiyojlari,
qiziqishlari   va   intilishlari   bilan   bog’liq   bo’ladi.   Masalan,   odamning   organik
ehtiyojlarini   qondirishi   bilan   bog’liq   bo’lgan   hissiyotlar   odamda   rohatlanish,
qanoatlanish   tuyg’usini   yuzaga   keltiradi.   Organik   hissiyotlarni   qondira   olmaslik
odamning   ruhini   tushirib,   kayfiyatini   buzib,   azoblanish,   toqatsizlanish   hissiga
sabab bo’ladi.
Odamning hissiyotlari uning mazmuni hamda shakllari, ijtimoiy- tarixiy sharoit
bilan   bog’liq   bo’ladi.   Ijtimoiy   tarixiy   taraqqiyot   davrida   odamning   ehtiyojlari
o’zgarib boradi. Natijada odamda borgan sari yangi, yangi hissiyotlar, chunonchi,
ma'naviy, intellektual va estetik hissiyotlar paydo bo’ladi. 
Hissiyotlar   ham  boshqa   bilish  jarayonlari  kabi   odamning faoliyatlari  davomida
namoyon bo’ladi. Masalan,  mehnatsevarlik hissini  yuzaga keltirish uchun ma'lum
muddat   davomida   ijtimoiy   foydali   mehnat   bilan   shug’ullanish   kerak.   U   yoki   bu
faoliyat davrida yuzaga kelgan hissiyot ana shu faoliyatning o’ziga ta'sir qilib, uni
o’zgartiradi.   Masalan,   hohlamasdan   o’zini   majbur   qilib   ishlayotgan   odam   bilan
o’zi hohlab sitqidildan ishlayotgan odam ishining unumdorligi o’rtasida juda katta
farq   mavjud.   Odamning   kayfiyati   yaxshi   xursand,   ruhi   tetik   bo’lganda   ishi   ham
barakali   bo’ladi,   aksincha   odamning   dili   ham,   qandaydir   tashvishli   yoki   g’amgin
bo’lganda   qo’li   ishga   bormaydi.   Ana   shu   jihatdan   olganda   hissiyotning   inson
hayotidagi roli juda kattadir. Hissiyot boshqa bilish jarayonlariga ham ta'sir qiladi.
Masalan, odamning ruhi tetik, xursand bo’lgan paytda, idroki hali juda jonli, esda
olib qolishi, tuyg’ularga boy, tafakkuri o’tkir, nutqi burro bo’ladi.  Hissiyot odamda sodir bo’layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam
uchun   ahamiyatli   bo’lganlari   haqida   darak   beruvchi   signallar   tizimi   hisoblanadi.
Mazkur holda sezgi a'zolariga ta'sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo’zg’ovchilardan
aniq   bo’lib   ajraladi,   ba'zilari   bir-birlari   bilan   qo’shilib   ketadi   va   paydo   bo’lgan
hissiyot  bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot  uyg’otib, biror hissiy  nom bilan
ifodalangan   xotira   obrazlari   tariqasida   saqlanib   qoladi.   Buni   fiziologik   jihatdan
shunday   tushuntirish   mumkin:   ma'lum   qo’zg’atuvchilar   tirik   mavjudotlar   uchun
xotirjamlik   haqida   darak   beruvchiga   aylanadi.   Hissiy   kechinmalar   esa   insonning
shaxsiy   tajribasida   tarkib   topadigan   reflekslar   tizimini   mustahkamlash   sifatida
namoyon bo’ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada
hissiyotning   impressiv   tomoni   deb   ataladi.   Impressiv   so’zi   lotincha   taassurot
degan ma'noni anglatadi. 
I.P.Pavlov   tirik   mavjudotlarning   atrofimizdagi   muhitga   moslashuvida   hosil
qiladigan   buziladigan   dinamik   streotiplar   orqali   biror   hissiyot   va   emosional
kechinmalarning ijobiy va salbiy sifatlarini tushuntirib beradi. 
Dinamik   stereotip   deganda   tashqi   qaytarilish   natijasida   hosil   qilingan   shartli
reflekslar,   nerv   bog’lanishlarining   barqaror   tizimi   tushuniladi.   Har   turli
qiyinchiliklar   va   qarshiliklarga   duch   kelishi   natijasida   dinamik   stereotiplarning
"o’zgarishi"   salbiy   emosional   holatni   yuzaga   keltiradi.   Hissiyot   bu   uning
kechirilishining   turli   shakllari   faqat   darak   vazifasini   emas,   balki   boshqaruvchilik
funksiyasini   ham   bajaradi.   Emotsiya   harakatlari   juda   ko’p   tana   o’zgarishlar
ifodalanadi.   Odam   organizmidagi   o’zgarishlar   kechirilayotgan   hissiyotning
ob'ektiv   ko’rsatkichi   hisoblanadi.   Moslashish   xarakteriga   oid   bo’lgan,   ya'ni
ovozning o’zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo’ladigan jarayonning
qayta   o’zgarishidan   iborat   ixtiyorsiz   va   ongli   harakatlar   psixologiyada   emosional
harakatlarning  ekspressiv tomoni  deb ataladi. 
Hissiyotlar  odatda   juft-juft   bo’lib  uchraydi.  Masalan,   yoqimli-   yoqimsiz,  xush-
noxush,   xursand-xafa,   g’azab-muhabbat,   nafrat   kabi   ana   shunday   hissiyotlar
sub'ektiv   xarakterga   ega   bo’ladilar,   lekin   ularning   tashqi   ifodasi   ham   bo’ladi.
Masalan,   hushchaqchaq   odam   bilan   g’amgin   odamning   yuz   ifodasini   ko’z oldimizga   keltirib   ko’rish   mumkin.   Aynan   mazkur   jarayon   psixologiyada
ambivalentlik   yoki   ikki   taraflamalik   deb   ataladi.   Ambivalentlik   -   lotincha   har
tomonlama kuchga ega ma'nosini anglatib kishining bir ob'ektning o’ziga nisbatan
bir vaqtning o’zida paydo bo’ladigan bir-biriga qarama - qarshi emosional irodaviy
holatdir.
Hissiyotda   ambivalentlik  bu  rohatlanish   va  azoblanishni   birga   qo’shilib  va   biri
ikkinchisiga   o’tib   ketmaydigan   emas,   balki   bunda   birga   bo’lish   kechiriladigan
hissiyotning   zarur   xarakterli   sifatlaridan   birini   tashkil   qiladi.   Masalan,   rashk
hissida muhabbat va nafrat.
Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari
Hissiyot   boshqa   hamma   psixik   jarayonlar   kabi   bosh   miya   po’sti   qismining
faoliyati bilan bog’liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora
qilib   turadi.   Hissiyotlar   boshqa   bilish   jarayonlaridan   farqli   bosh   miya   po’stining
faoliyatidan   tashqari   organizmning   ichki   a'zolari   faoliyati   bilan   ham   bog’liqdir,
boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham
bog’liqdir. Chunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo’rqqan
paytida esa rangi o’chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o’zgarish
paydo  bo’ladi.   Ana  shunday   hissiy   holat   yuz   bergan  paytda   odamning   yuragi   tez
ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. 
Demak,   odam   ma'lum   hissiy   holatni   boshdan   kechirayotgan   paytda   uning   qon
aylanish   tizimi,  nafas   olish   organlari   nutq  apparatlari   ichki   sekresiya   bezlari   ham
qatnashadi.   Masalan,   materialni   yaxshi   bilmaydigan   talaba   imtihon
topshirayotganda   terlab   ketadi,   tomog’iga   nimadir   tiqilib,   gapini   gapira   olmay
qoladi.   Odamda   qattiq   qo’rqish   paytida   "Yuragi   orqaga   tortib   ketdi",   "Sovuq   ter
bosib   ketdi"   kabi   iboralarning   ishlatilishi   hissiyot   paytida   odamning   ichki
a'zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi.
Juda ko’p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po’stloq osti qismlarining oraliqi
bilan  ham   bog’liqdir.  Masalan,  ko’rish   tepaligi   deb  ataluvchi  qism   ayrim  hislarni
ifodalaydigan ixtiyorsiz  harakatlarning markazi hisoblanadi.  Odamda uchraydigan yuksak ma'naviy hissiyotlar  ham o’zining nerv-fiziologik
asosiga ega bo’lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu
jihatdan   akademik   I.P.Pavlovning   dinamik   streotip   haqidagi   ta'limoti   juda   katta
ahamiyatga   egadir.   Bu   haqda   akademik   I.P.Pavlov   shunday   deb   yozgan   edi:
"Menimcha,   ko’pincha   odatdagi   turmush   tartibining   o’zgargan   paytlarida   odat
bo’lib,   qolgan   birorta   mashg’ulot   yaqin   kishidan   judo   bo’lganda,   aqliy   iztirob
chog’ida   kechiriladigan   og’ir   hissiyotlarning   fiziologik   asosi   xuddi   eski   dinamik
streotipning   o’zgarishi,   uning   yo’qolishi   va   yangi   dinamik   streotipning   qat'iylik
bilan hosil bo’lishidan iborat bo’lsa kerak".
Ayrim   murakkab   hissiyotlarning   asosida   dinamik   streotipning   yotishi   yaqqol
ko’rinadi.   Masalan,   estetik   hissiyotni   oladigan   bo’lsak,   biron   yoqimli   ko’ydan
lazzatlanish,   yoki   biron   mashhur   rassomning   ishlagan   ajoyib   suratlarini   tomosha
qilib,   rohatlanish   estetik   hissiyot   hisoblanadi.   Agar   bu   hissiyotlarning   nerv-
fiziologik   asoslarini   tahlil   qiladigan   bo’lsak,   quyidagilarni   ko’rishimiz   mumkin.
Masalan,   bizga   juda   yoqadigan   kuy   boshqa   millat   odamiga   yoqmasligi   mumkin.
Bunda ajablanishga hech qanday o’rin yo’q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni
bir   necha   yuz   marotalab   eshitib   borishimiz   natijasida   ana   shu   kuyga   nisbatan
deyarli   buzib   bo’lmaydigan   nihoyatda   murakkab   dinamik   streotip   yuzaga   keladi.
Ana   shuning   uchun   ayrim   kuylar   bizga   yoqadi,   ayrimlari   esa   yoqmaydi.   Suratlar
masalasiga   kelganda   shuni   aytish   kerakki,   qadimgi   klassik   asarlar   ularning
ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug’diradi. Aksincha, hozirgi
rassomlar   tomonidan   ishlangan   rasmlar   odamda   qandaydir   noxush   hissiyotni
tug’diradi.   Demak,   uzoq   yillar   davomida   yuzaga   keladigan   dinamik   streotiplar
ayrim murakkab qismni tashkil qiladi.
Shunday   qilib,   hissiyot   vegetativ   nerv   tizimi   orqali   boshqariladigan   ichki   a'zo
faoliyati   bilan   bog’liq   bo’lsa   ham   bari   bir   bosh   miya   po’sti   orqali   idora   qilinadi.
Chunki   akademik   I.V.Pavlovning   fikricha,   odamning   butun   a'zoyi   badanida
bo’ladigan   har   qanday   hodisalarning   hammasini   bosh   miya   po’sti   qismidagi
neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi
bosh miya po’sti bilan bog’liq.  Inson va hayvonlardagi emotsiyalar
Odam   his-tuyg’ulari   bilan   hayvon  hissiyotlari   o’rtasida   juda   katta   farq  bo’ladi.
Odamda   juda   ko’p   miqdorda   his-tuyg’ular   borki,   bunday   hissiyotlar   hayvonlarda
uchramaydi.   Shuning   uchun   ham   odam   ham   xayvon   uchun   umumiy   bo’lgan
g’azablanish,   qo’rqish,   jinsiy   hissiyot,   qiziquvchanlik,   xursandchilik,   g’amginlik
emotsiyalari   hayvonlarda   sifat   jihatidan   farq   qiladi.   Shu   o’rinda   S.Shexterning
emosional   faktorlarning   paydo   bo’lishi   kognitiv-fiziologik   konsepsiyasini   keltirib
o’tish joiz.
Insoniy   emotsiyalar   "insoniylashtirilgan"   ijtimoiy   sharoit   bilan   bog’liq   holda
namoyon   bo’ladi.   Emotsiyalarning   "insoniylashuvi"   shunday   namoyon   bo’ladiki,
ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni, juda boy va murakkabdir. Odamlar bilan
mehnat,   siyosat,   madaniyati,   oilaviy   hayot   o’rtasida   paydo   bo’lgan
munosabatlarning ko’pligi, sof insoniy hissiyotlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Ular   bolalarga   odob   bilan   javob   berishni,   suhbatdoshiga   ochiq   ko’ngillik   bilan
jilmayish,  keksalar   va  nogironlarga  hurmat   bilan   joy  berishni   o’rgatdi.  Odam   o’z
hissiyotlarini   o’zi   boshqaradi.   Ba'zi   kishilar   emotsiyalarini   yashirish   niyatida
qarama-qarshi  emotsiyalarni   ifodalaydilar.  Masalan,  qayg’urish  yoki  qattiq  og’riq
paytida kulimsirash, kulgilari kelgan paytda yuzlarini jiddiy, o’ychan holga keltira
oladilar.   Lekin   o’zining   imo-   ishoralari   va   mimikalarini   boshqara   olishga
qaraganda nafas olish, qon aylanish va ovqat hazm qilish tizimidagi o’zgarishlarni Fizik faktorlar (ta'sir etuvchi 
stimullar) Psixologik  (kognitiv)  faktorlar: 
xotira,  aktual  qiziqish)  va 
extiyojlar  nuqtainazaridan 
vaziyatni baholash  
Emosional kechinma (fizik, fiziologik va psixologik 
omillar asosida)
Fiziologik omillar (nerv-muskul tizimini  o'zgarishi) ushlab  qolish  juda qiyin  bo’ladi.  Odam  xayajonlangan  paytda  bir  maromda nafas
ola   biladi,   ko’z   yoshlarini   ushlab   qola   oladi,   lekin   rangini   o’zgartirish   yoki
qizartirishga   qodir   emas.   Ammo   emotsiyalarni   paydo   qiluvchi   narsalardan   o’zini
chalg’itishi mumkin. 
Hissiy holatlarning ifodalanishi
Hissiy   holatlarning   ifodalanishi   birinchidan,   ifodali   harakatlar   (yuz   ifodasi,
qo’l,   oyoq   harakatlari),   ikkinchidan   organizmdagi   turli   hodisalarni,   ya'ni   ichki
a'zolar   faoliyatining   va   holatining   o’zgarishida,   uchinchidan   tabiatda,   ya'ni
organizm   qon   tarkibidagi   va   boshqa   suyuqliklardagi   kimyoviy   o’zgarishlarni,
shuning   bilan   birga   modda   almashinuvida   bo’ladigan   o’zgarishlarni   o’z   tarkibiga
oladi. 
His-tuyg’ularning   tashqi   ifodasiga   yuz   ifodasi,   imo-ishora,   vajohat   va   qaddu-
qomatning   o’zgarishi,   ayiruv,   tashqi   chiqaruv   bezlarining   faoliyati   (so’lak,   ter
ajralishi)   va   ayrim   harakatlar   xususiyatlaridagi   o’zgarishlarni   kiritish   mumkin.
Bunga nutqning faol o’zgarishlari, "ovoz mimikasi" va gaplar tarkibining sintaksis
o’zgarishi,   "tutilmasdan   gapirish",   yoki   alo?ida   "silliqlik"   hamda   "ifodalilik"ning
yuzaga   kelishi   nihoyat   hissiyot   o’zining   to’la   qisman   ifodasini   topadigan   xatti-
harakatlarga   taalluqlidir.   Kishining   emosional   kechinmalari   vaqtida   nutqining
tezligi   o’zgaradi.   Ko’pincha   nutqning   sintaksis   tuzilishi   buziladi,   tezligi   va
ahamiyati   o’zgaradi.   O’tkazilgan   tekshirishlar   shuni   ko’rsatadiki,   g’amginlik   va
ma'yuslik   hislarini   ifodalovchi   kishining   ovozi   beixtiyor   pasayib   ketadi,
so’zlashgan kishining tovushi ham bo’linib-bo’linib chiqadi.
Hislarni kechirish shakllari
Hissiyot kechinmalari turli holatlarda turlicha tezlik bilan paydo bo’ladi. Ba'zan
hissiyot   to’satdan,   darhol   paydo   bo’ladi.   Masalan,   kishi   birdan   xursand   bo’lib
ketadi,   darhol   g’azabga   keladi,   achchiqlanadi   va   hokozo.   Lekin   ba'zan   shu
hissiyotlar o’zi dafa'tan qo’zg’almaydi, balki asta-sekin tug’ila boshlaydi. Shunday
hissiy kechinmalarning qay darajada tez paydo bo’lmasligini  belgilash  qiyin yoki
butunlay   bilib   bo’lmaydi.   Emosional   kechinmalarning   kuchi   turlicha   bo’lishi
mumkin.   Hissiyotlarni   kuchi   avvalo   yoqimli   va   yoqimsiz   tuyg’ularning   naqadar kuchli   bo’lishidadir.   Hissiyotning   kuchi   shu   hissiyotni   shaxsning   naqadar   ehtiros
bilan kechirilganligi bilan belgilanadi. 
Hissiyotning   qo’zg’alish   xususiyatlari   paydo   bo’lish   yo’lini   kuchi   va
barqarorligi bir qancha sabablarga bog’liqdir. Atrof-muhitning holati shu paytdagi
ehtiyojlarning kuchi shu xislat  tuzilishiga sabab  bo’lgan hodisalarning shaxsiy  va
ijtimoiy ahamiyatini anglashi, odamning dunyoqarashi, bu xislat qanday vaziyatda
paydo bo’lishi va o’tmishi hamda shaxsning individual xususiyatlariga bog’liqdir.
Hislarning   ayni   vaqtda   naqadar   tez   kuchli   va   barqaror   bo’lishiga   ko’ra   his-
tuyg’ularning   quyidagi   turlari   farqlanadi:   hissiy   ton,   emotsiyalar,   affekt,   stress,
kayfiyat  va boshqalar. 
Hissiy   ton.   hissiyot   ko’pincha   faqat   hissiy   tus   sifatidagi   ruhiy   jarayonlarning
o’ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo’ladi. Yoqimli suhbatdosh, kulguli voqea,
yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko’ngildagi mashg’ulot, hushchaqchaq sayohat, og’ir
ish   kabilar.   Hissiy   ton   tushunchasiga   ko’pgina   adabiyotlarda   turlicha   ta'riflar
uchraydi.   Jumladan,   A.V.Petrovskiyning   "Umumiy   psixologiya"   darsligida   hissiy
ton   sezgi   yoki   idrok   jarayonida   shaxsning   idrok   qilingan   narsa   va   hodisaga
munosabatini ifodalovchi maxsus hissiy bo’yoq yoqimli yoki yoqimsiz idrok bilan
bog’langan hissiyot, deb ta'riflanadi. Professor E.G’.G’oziev tomonidan  hissiy ton -
u   yoki   bu   hissiyotning   inson   tomonidan   bevosita   kechirilishi   (kechishi)
jarayonidan iboratdir. Q.Turg’unov lug’atida  hissiy ton  - hissiyot sezgi yoki idrok
jarayonida   shaxsning   idrok   qilingan   narsaga   hodisaga   munosabatini   ifodalovchi
maxsus   emosional     bo’yoq   yoqimli   va   yoqimsiz   kechinma   bevosita   sezgi   yoki
idrok bilan bog’g’langan hissiyot. Masalan, og’riq bir qator qo’zg’ovchilar yaqqol
ifodalangan     yoqimsiz   hissiy   ton   bilan   ajralib   turadi.   Ko’pincha   emotsiyalar
o’zining   ta'sirchanligi   bilan   bir-biridan   ajralib   turishiga   qaramay,   bunday   sifatni
hissiy   holatlar   stenik   (yunoncha   so’zdan   olingan   bo’lib,   kuch   degan   ma'noni
anglatadi)   xususiyatli   deyiladi.   Bunda   emotsiyalar   dadil   xatti-harakatlarga,
mantiqiy   mulohazalarga,   nisbiy   izlanishlarga   kuch   quvvat,   qanoat   bag’ishlaydi.
Masalan,   xursandchilikdan   shaxs   "parvoz   qiladi",   "yulduzni   narvonsiz   oladi",
kimlargadir   xolis   yordam   qilishga   shoshadi.   Faollik   qilib,   tinchimaslik   uning sifatiga   aylanadi.   Q.Turg’unov   lug’atida   stenik   hisga   quyidagi   ta'riflar   uchraydi:
stenik   hislar   -   shaxsning   hayot   faoliyatini   kuch-g’ayratining   orttiradigan   barcha
bilish   jarayonlarini   faollashtiradigan   ijobiy   hissiyot   turi.   Aksariyat   hollarda
xushxabar,   muvaffaqiyat   shaxsda   stenik   xususiyatli   emotsiyalarni   vujudga
keltiradi. 
Ba'zi   hollarda   emotsiyalar   o’zining   sustligi,   motorli,   kuchsizligi   bilan
tavsiflanadi.   Bunday   hissiy   holat   astenik   (yunoncha   so’zdan   olingan   bo’lib,
kuchsizlik,   zaiflik   ma'nosini   bildiradi)   deb   atashadi.   Bunday   hissiyot   insonni
bo’shashtiradi,   uni   xayolga   cho’mdiradi,  xayolparast   qilib   qo’yadi.   Shu  sababdan
favqulotda   shaxsdagi   befoyda   emosional   kechinmaga,   uyalish,   vijdon   azobi,
andisha esa qo’rqoqlikka aylanib qolishi xavfi kuchli. 
Psixik   jarayonlardan   ayniqsa,   emotsiya   o’zining   aniq   tashqi   ifodasiga   ega
bo’lishi   bilan   tavsiflanadi.   Emosional   o’zgarishlar   organizmning   tashqi
o’zgarishlarida   shu   qadar   yaqqol   ifodalanadiki,   biz   odamni   tashqi   ko’rinishiga
qarab, unda qanday xususiyatlar yuz berayotganini, uning xursand yoki xafaligini,
g’azablanganligini   yoxud   biror   narsadan   qo’rqib   ketganini   va   shu   kabi   his-
tuyg’ularning   ko’pini   aytib   bera   olamiz.   Hissiyotlarning   tashqi   alomatlari   ifodali
harakatlar  deb ataladi. 
Emotsiyalarning   tashqi   ifodasi   turli   ko’rinishlarda   ro’y   beradiki,   unda   asosiy
o’rinni ko’rgazmali jihatlar asosiy o’rin egallaydi. 
Birinchidan,   emotsiyalar   nafas   olish   a'zolarining   ishlarida   o’zgarish   yasaydi.
Masalan,   yoqimli   his-tuyg’ular   ishga   tushganda   nafas   olishning   tezligi   va
ampilitudasi ortadi, yoqimsiz his-tuyg’ular ustun kelganda kamayadi, qo’zg’algan
vaqtida   nafas   harakatlari   tezlashadi   hamda   chuqurlashadi,   zo’r   berish   vaqtida-
sekinlashadi   va   yuzakilashadi,   hayajon   vaqtida   tezlashadi,   hamda   kuchsizlashadi,
kutilmagan   holatda,   hayron   qolishda   zudlik   bilan   tezlashadi,   qo’rquvda
sekinlashadi va hokazolar. 
Turli emotsional holatlarda nafas olishning o’zgarishi 
a) xursandlikda nafas olish bir minutiga 17 marta;
b) faol xafalikda 9 marta;  v) qo’rqishda 64 marta; 
d) jahl chiqqanda 40 marta. 
Ikkinchidan,   emotsiya   imo   -   ishoralarda,   mimikada,   ya'ni   kishining   yuzida
bo’ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma'nodor harakatlarida ko’rinadi.
Uchinchidan ,   gumoral   harakatlardagi,   ya'ni   organizmning   qon   tarkibidagi   va
boshqa   suyuqliklardagi   kimyoviy   o’zgarishlarni   va   shuning   bilan   birga   modda
almashishida bo’ladigan yanada chuqur o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi.
Demak,   emotsiyalarning   tashqi   ifodasiga   mimika,   imo-ishora,   aft-bashara   va
qad-qomatning   o’zgarishlari,   ayrim   tashqi   sekresiya   bezlarining   faoliyati   yosh,
so’lak,   ter   ajralishi   hamda   ayrim   harakatlarning   xususiyatlaridagi   o’zgarishlar,
ya'ni ularning tezligi, kuchi, koordinasiyasi va hokazolar kiradi. 
Emotsiyalarning eng aniq va yaqqol ko’rinishlaridan biri kulgi bilan yig’idir. 
L.N.Tolstoy o’z asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi nigohlarning 85
xilini   va  kulishning  97  xilini  tasvir   etgan.   "Har  xil  sabab  bilan yig’lagan  paytda
odamning   boshi   va   og’zi   har   xil   qiyofada   o’zgaradi "   -   degan   edi.   Leanardo   da-
Vinchi.
Rus   psixologi   P.M.Yakobson   tomonidan   ishlangan   rasmlardan   ko’rinib
turibdiki,   odamning   aftidagi   qiyofa   asosan   lablar,   qosh   va   ko’z   o’zgarishlarining
bir-biriga   nisbatan   turlicha   holatga,   shuningdek,   ko’zning   qanchalik   chaqnab
turishiga   bog’liqdir.   Ko’zning   qanchalik   chaqnashi   ko’z   yoshining   miqdori,   ko’z
shilliq   pardasidagi   tomirlarning   kattalashuvi   bilan   belgilanadi.   Maskaning   tagida
ko’rinib   turgan   ko’z   o’zining   ifodasini   yo’qotgan   bo’ladi.   Ko’z,   lab,   qovoq,
qoshning har xil holati, xatto odam chehrasini ham turli qiyofaga kiritadi. 
Odam   hissiyotlarini   bildirishning   eng   nozigi   va   eng   kuchlisi   san'at,   xususan,
muzika bilan lirik she'rlardir, ularni tom ma'noda hissiyotning tili deyish mumkin.
Odam o’zini va gavda harakatlarini, shuningdek tovushni  ataylab chiroyli  qilib
ko’rsatishi   mumkin.   U   garchi   "muayyan   hissiyotlarni   o’zi   kechirmayotgan   bo’lsa
ham o’sha hissiyotlarni ifodalaydigan harakatlar qila oladi. 
Har   bir   kishi   ham   o’z   hissiyotlarining   tashqi   ifodalarini   ma'lum   darajada
o’zgartirishi   mumkin.   Odamlarni   kundalik   muomalalarida   badanning   xilma-xil ifodali   xarakatlari,   imo-ishoralar   xususan,   ko’z   bilan   qilinadigan   imo-ishoralar,
tovushning ohangi, g’amginligi muhim ahamiyatga ega. Shunchaki bir xo’mrayish,
salgina   jilmayib   kulish,   yelka   qisish   kabi   ifodali   harakatlar   kishining   maqsadini
anglatadi. 
Kayfiyat   tushunchasiga   psixologik   manbalarda   turli   nuqtai   nazardan
yondashilgan   taqdirda   ham   mazmunan   ular   bir   xillikni   anglatadi.   Jumladan
Q.Turg’unov   lug’atida   shaxsning   kuchsiz   yoki   o’rtacha   kuchga   ega   bo’lgan
nisbatan   barqaror   umumiy   emosional   holati,   A.V.Petrovskiyning   "Umumiy
psixologiya"   darsligida   kayfiyatlar   ancha   vaqt   davomida   kishining   butun   xatti-
harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi, deb ta'kidlanadi.
Professor E.G’.G’oziev fikricha,   kayfiyat   shaxsning ruhiy jarayonlariga muayyan
vaqt   davomida   tus   berib   turuvchi   emosional   holatdir.   Kayfiyat,   ya'ni   odamning
xursand   yoki   g’amgin   kayfiyati   hech   vaqt   sababsiz   maydonga   kelmaydi.   Odam
bajarayotgan   biror   ishning   mavaffaqiyatli   tugashi   yoki   imtihondan   yaxshi   o’tish-
yaxshi   tetik  kayfiyatni   yuzaga   keltiradi.   Qilayotgan   ishingizni   oldinga   yurmasligi
yoki   ishga   berilgan   yomon   baho   odamda   ma'yuslik,   kuchiga   ishonmaslik
kayfiyatini tug’diradi. 
Kayfiyatning   xush   yoki   noxush   bo’lishi,   birinchi   navbatda   odamning   sihat-
salomatligi   bilan   ham   bog’liqdir.   Masalan,   ichimiz   qattiq   og’rib   turgan   vaqtda
kayfiyat choq bo’lmaydi. 
Odatda   odamda   kayfiyatning   u   yoki   bu   turi,   ya'ni   xushchaqchaqlik   xursandlik
yoki  g’amginlik, ma'yuslik,  tushkunlik ustun bo’lishi  mumkin. Ana shunga  qarab
odamlar   xushchaqchaq,   g’amgin,   sertashvish   deb   turli   guruhlarga   bo’linadilar.
Lekin   shuni   aytish   kerakki,   odam   o’z   kayfiyatining   quli   bo’lib,   qolmay,   uni
boshqara bilishi kerak. O’z kayfiyatini idora qila biladigan odamlarning har doim
ruhi   tetik,   kayfiyati   chog’   va   ishida   unum   bo’ladi.   Kayfiyatni   idora   qila
olmaydigan odamlar bilan yashash juda qiyin bo’ladi. Bunday odamlar arzimagan
narsadan   kayfiyatini   buzib,   to’msayib   yuradigan   yoki   arazlab   yotadigan   odamlar
bo’ladi. Bunday odamlarni odatda "sirkasi suv ko’tarmaydigan" yoki "jahli burnini uchida   turadigan"   odamlar   deyishadi.   Agar   odam   har   doim   o’ylab,   aql   bilan   ish
tutsa, kayfiyatini bo’lgan bo’lmagan narsalarga buzavermaydi.
Inson kayfiyatini paydo bo’lishiga va o’zgarishiga ta'sir qiluvchi quyidagi ikkita
omillarni   tahlil   qilish   lozim:   Ulardan   bittasi   ob'ektiv   va   sub'ektiv   xususiyatli
vaziyatdir:   a)   tabiiy   omillarga   taalluqli   bo’lgan   vaziyat   (havoning   sovuqligi   yoki
issiqligi); b) shaxslararo munosabatning noqulayligi va boshqalar. Ikkinchisini bir
manba   sifatida   talqin   qilish   mumkin,   bu-sub'ektiv,   shart-sharoitlardir.   Masalan,
mehnat   va   o’qish   faoliyatiga   kerakli   vositalarning   mavjudligi.   Ichkikkinchi
sub'ektiv   munosabatlar,   iliq   psixologik   muhit,   muloqatmandlik   maromi,
rag’batlantirish, muloqot o’rnatish uslubi, shaxsiyatiga tegmaslik, teng huquqlilik,
shaxsning psixologik xususiyatlarini hisobga olish va hokozo. 
Affekt   tushunchasiga berilgan ta'riflarga asosiy e'tiborni qaratadigan bo’lsak bu
ham   shaxsning   kuchli   emosional   holatlari   bilan   bog’liqdir.   Q.Turg’unovning
lug’atida   aytilishicha,   affekt   tez   va   kuchli   paydo   bo’lib,   shiddat   bilan   o’tadigan
qisqa   muddatli   emosional   holatdir.   A.V.Petrovskiyning   "Umumiy   psixologiya"
darsligida affekt haddan ziyod tez kechishi bilan miyada paydo bo’luvchi, shaxsni
tez   qamrab   oluvchi,   jiddiy   o’zgarishlarni   yuzaga   keltiruvchi   jarayonlar   ustidan
irodaviy   nazorat   buzilishiga   yetaklovchi   organizm   a'zolari   funksiyasini   izdan
chiqaruvchi emosional jarayonlarga aytiladi. M.Vohidov darsligida affekt to’satdan
tez   paydo   bo’lib,   tez   orada   o’tib   ketadigan   nihoyatda   kuchli   hissiy   holat   sifatida
e'tirof etiladi. 
Affekt   lotincha   so’z   bo’lib,   ruhiy   hayajon   ehtiros   degan   ma'noni   anglatadi.
Affektlar   ko’pincha   to’satdan   paydo   bo’ladi   va   ba'zan   bir   necha   minut   davom
etadi. Affekt holatida kishini ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi,
susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda portlash
singari   birdaniga   boshlanib   ketadi.   Ba'zan   affektlar   tormozlanish   holati   tarzida
namoyon   bo’ladi   va   bunday   holatda   organizm   bo’shashib,   harakatsiz   bo’lib   va
shalvirab   qoladi.   Bunday   holat   ko’pincha   odam   birdaniga   qo’rqqanida,   to’satdan
quvonganida va shu kabi holatlarda o’zini yo’qotib qo’yish ko’rinishida namoyon
bo’ladi.  Affekt   holatini   boshlanishida   shaxs   insoniy   qadriyatlarning   barchasidan
uzoqlashib,   o’z   hissiyotining   oqibati   to’g’risida   ham   o’ylamaydi,   hatto   tana
o’zgarishlari, ifodali harakatlar bilinmay boradi. Kuchli zo’riqish oqibatida mayda
kuchsiz harakatlar barham topadi. Tormozlanish miya yarim sharlari po’stini to’liq
egallay   boshlaydi,   qo’zg’alish   po’stloq   osti   nerv   tugunlaridan   oraliq   miyada   avj
oladi,   xolos.   Buning   natijasida   shaxs   hissiy   kechinmasiga   (dahshat,   g’azab,
nafratlanish, umidsizlik va hokazolar) nisbatan o’zida kuchli hohish sezadi. 
Ma'lumotlarning   ko’rsatishicha   ko’pincha   hissiyotlar   affektiv   shaklda   o’tishi
tajribalarda   sinab   ko’rilgan.   Jumladan:   1)   teatr   tomoshabinlarida;   2)   tantana
nashidasini   surayotgan   olomonlarda;   3)   es-xushini   yo’qotgan   telbasimon
odamlarda;   4)   ilmiy   kashfiyot   laxzasida;   5)   tasodifiy   qizg’in   uchrashuvlarda,
jo’shqin shodliklarda  mujassamlashadi.
Affektlar   vujudga   kelishining   dastlabki   bosqichida   har   bir   shaxs   o’zini
tushunish,   o’zini   qo’lga   olish,   uddalash   qurbiga   ega   bo’ladi.   Ularning   keyingi
bosqichlarida   irodaviy   nazorat   yo’qotiladi,   irodasiz   harakatlar   amalga   oshiriladi,
o’ylamasdan   xatti-harakat   qilinadi.   Affektiv   holatlar   ma'suliyatsizlik,   axloqsizlik,
mastlik   alomatida   sodir   bo’ladi,   lekin   shaxs   har   bir   harakati   uchun   javobgardir,
chunki   u   aql-zakovatli   insondir.   Affektlar   o’tib   bo’lgandan   keyin   shaxsning
ruhiyatida osoyishtalik, charchash holati hukm suradi. Ba'zi  hollarda holsizlanish,
barcha   narsalarga   loqayd   munosabat,   harakatsizlik,   faollikning   barham   topishi,
hatto   uyquga   moyillik   yuzaga   keladi.   Shuni   ham   unutmaslik   kerakki,   affektiv
qo’zg’alish muayyan davrgacha davom etishi, ba'zan o’qtin-o’qtin kuchayishi yoki
susayishi sodir bo’lib turishi mumkin. 
Stress   tushunchasining   mazmuni   mohiyati   borasida   qator   ta'riflar   uchraydi.
Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress-ffektiv holatga yaqin turadigan, lekin
boshdan   kechirilishining   davomiyligiga   ko’ra   kayfiyatlarga   yaqin   bo’lgan   his-
tuyg’ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta'rif beriladi. Profssor
E.G’ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og’ir jismoniy va
murakkab   aqliy   yuklamalar   ishlarning   me'yoridan   oshib,   ketib   xavfli   vaziyatlar tug’ilganida,   zaruriy   chora-tadbirlarni   zudlik   bilan   topishga   intilganda   vujudga
keladigan hissiy zo’rig’ishlar sifatida ko’rsatiladi. 
Stress  - inson organizmini haddan tashqari zo’riqish natijasida paydo bo’ladigan
tanglik jarayonidir. 
Stress ko’rinishiga qarab ikki turga ajratiladi: 
1. Konstruktiv  - biz turidagi (ko’pchilik orasida); 
2. Destruktiv  - men turidagi (yakka shaxs o’zi bilan) kechadigan jarayon.
Stress   holatini   oddiy   tilda   aytadigan   bo’lsak,   bu   insonlarda   kechadigan
tushkunlik     holatidir.   Insonning   aqliy   jihatlari   va   fiziologik   tizimida   stress   holati
bo’lmasligi   mumkin   emas.   Bular   ko’p   hollarda   muloqotlarda   va   boshqa   ijtimoiy
jarayonlarda   yuz   beradi.   Stressni   fiziologik   va   psixologik   turlari   mavjud.
Fiziologik   stress   -   bu   o’ta   jismoniy   zo’riqish,   biror   og’riq,   qo’rquv,   kasalliklar
natijasida vujudga keladi. 
Fiziologik   stress   organizm   o’ta   zo’riqishi,   temperaturaning   baland   yoki   past
bo’lishi, nafas olishning qiyinlashishi bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, ba'zida odam
organizmida  qattiq  og’riq bo’lganda, og’riq nimadan  kelib chiqqanligini   tushunib
yeta   olmaslik   oqibatida   odamda   qo’rquv,   xavotirlanish   paydo   bo’ladi   va   stress
holatiga olib keladi.
Psixologik   stress -odamning   ruhiy   holatiga   voqealarni   ta'siri   tufayli   paydo
bo’ladigan stress .
Psixologik   stress   informasion   stress   va   emosional   stress   turlariga   ajraladi.
Informasion   stress   axborotlarni   haddan   tashqari   ko’p   qabul   qilish   vazifalarni
bajarishda bir qancha yechimlar bo’lsa-da, aniq ulardan qaysi birini tanlash yuqori
darajadagi shiddat bilan qaror qabul qilishdagi ikkilanishi natijasida kelib chiqishi
mumkin. Axborotlarni haddan tashqari ko’p qabul qilish oqibatida odam psixikasi
zo’riqadi   (charchaydi)   va   buyrak   usti   bezlaridan   stressli   garmonlar   ko’p   ishlab
chiqara   boshlaydi.   Haddan   tashqari   zo’riqish   natijasida   miyada   tormozlanish   yuz
beradi  va oqibatda tanglikka olib kelgan axborotgina miyada aks  etaveradi. Miya
boshqa axborotlarni tashqi ta'sirni qabul qila olmay qoladi. Bu ba'zi hollarda salbiy
yomon   oqibatlarga   olib   kelishi   mumkin.   Miyada   stressga   olib   kelgan   axborot tormozlanib,   saqlanib   qolganda   tanglik   holatining   yuqori   nuqtasiga   chiqqanda
tanglik holatidan chiqib ketolmay o’z joniga qasd qilishgacha olib kelishi mumkin.
Emotsional stress -ta'qiq qilish, falokat, hayotiy o’zgarishlar (oilaviy mojarolar,
to’satdan   ishdan   bo’shatish   yaqin   kishisini   yo’qotish,   uzoq   muddatli   sevgidan
qutila   olmaslik   sababli,   xavf   ostida   qolganda,   atrofdagilar   tomonidan   noto’g’ri
munosabat qilinganda va hokazolarda) ko’rinadi. 
Olimlar   o’tkazgan   tadqiqotlar   shuni   ko’rsatadiki,   falokat,   hayotiy   o’zgarishlar,
kundalik tashvishlar ko’proq stresslar hisoblanadi. 
Falokat   - bu notinchlik, urush, yer qimirlash, suv toshqinlari, avtohalokatlar va
hokazo. Bularning hammasi inson ruhiy holatiga juda katta salbiy ta'sir ko’rsatadi.
Olimlar   shuni   ta'kidlashadiki,   qattiq   yer   qimirlashi,   suv   toshqinlari,   yong’in
bo’lishi   kabi   falokatlarning   inson   ruhiyatiga   katta   ta'sir   ko’rsatishi   natijasida
xavotirlanish darajasi yuqori bo’lishi kuzatiladi. 
Hayotiy o’zgarishlar  - bu insonni hayotida yuz beradigan voqea va hodisalardir.
Masalan,   yaqin   kishisining   halok   bo’lishi,   kutilmaganda   ish   o’rnini   yo’qotishi,
ajralishlar   va   hokazo.   Agarda   inson   bir   qancha   inhirozli   vaziyatni   boshidan
o’tkazsa, qattiq kasallanishi va hattoki o’limga ham olib kelishi mumkin.
Kundalik   tashvishlar   -   bu   ish   joylarida   sodir   bo’ladigan   qiyinchiliklar,   o’qish
joylaridagi   o’quvchilarning   o’quvchilarga,   o’qituvchilarning   o’qituvchilarga
noto’g’ri   munosabatda   bo’lishlari,   imtihonlarni   muvaffaqiyatsiz   yakunlanishi   va
hokazolarda   namoyon   bo’ladi.   Kundalik   tashvishlar   mayda   stresslarni   kelib
chiqishiga sabab bo’lishi mumkin, mayda stresslar to’planib borib inson sog’liqiga
ta'sir ko’rsatadi. Jumladan, qon bosimining oshishi, yurak faoliyatining buzilishi va
boshqalarda kuzatilishi mumkin. Doimiy yuz berib turadigan kundalik tashvishlar,
aqliy, jismoniy, emosional va ruhiy zo’riqishga olib kelishi mumkin 
Stress   ayrim   odamlarda   yengil   kechadi,   ayrim   odamlarda   jiddiyroq,   qiyinroq
o’tadi. Bunga asosiy sabab quyidagilar deb belgilanadi: uning hosil bo’lishi stressli
vaziyatga   qay   darajada   munosabatda   bo’lishimizga   va   bu   holatni   baholashimizga
va   u   bilan   kurashishimizga   bog’liqdir.   Masalan,   optimist   odamlar   stress   holatini
taqdirning bir sinovi deb qabul qilsa, pessimist odamlar uning hayotiga xavf-xatar tug’ildi,   deb   qabul   qilar   ekanlar.   Pessimistlarda   xavotirlanish   darajasi   yuqori
bo’ladi   va   ular   vaqtida   ovqatlanmasalar   ham   stress   holatiga   tushib   qolaveradilar.
Psixologlar   Maykl   Shayer   va   Marlz   Karver   fikricha,   optimist   inson   eng   og’ir,
qiyin vaziyatda ham yaxshi deb oldinga intiladi, o’z organizmida stress moslashib
olishiga yo’l qo’ymaydi. 
Umuman olganda stress atamasi XX-asrning 40-yillariga kelib ommaviylashgan.
Bunga   sabab   stress   holatini   to’g’ri   tushunish   va  undan   himoyalanishni   o’rganish,
chunki stress turli salbiy munosabatlar natijasida vujudga kelishi mumkin. 
Birinchi bo’lib stress bo’yicha 1932 yili fiziolog   Uolter Kennon   va 1936 yilda
vrach   Gans  Sele   chuqurroq  tushuncha   berishga   harakat   qilganlar.   U.Kennonning
gomeostaz   nazariyasi   asosida   1933   yilda   "Psixika   va   tana"   asari   yaratildi.   Bu
asarda   barcha  tashqi   sharoit   o’zgarishlariga   optimal   (to’la)   moslasha   oladigan   bir
yaxlit   organizm   haqida   yozilgan.   Organizmdagi   turli   o’zgarishlar,   ya'ni   ochlik,
qo’rquv, jahldorlik holatlarini ko’p yillar kuzatib o’rganish natijasida "gomeostoz"
ya'ni   organizmni   ichki   holatini   davomiyligi   nazariyasi   yaratildi.   Uning   fikricha,
gemostoz va tashqi muhit ta'sirida asosiy o’rinni markaziy va vegetativ nerv tizimi
egallaydi.   Markaziy   nerv   tizimi   tashqi-muhit,   bilan   vegetativ   nerv   tizimi   esa
gemeostoz   holatini   saqlab   turadi.   Bundan   organizmni   "qochishi   va   kurashishi"
u1chun energiya ishlab chiqaruvchi simpatoadrenal tizimi muhim rol o’ynaydi
U.Kennon   yana   shuni   ta'kidlab   o’tadiki,   organizmni   stressga   qarshi   kurashish
yoki   qochish   vaqtida   yurak   urishi   tezlashadi,   qon   aylanishi   buziladi,   ya'ni
maqsadga   intilish   uchun   tayyorgarlik   ko’rishda   organizmda   qochish   va   kurashish
kechadi. Bu reaksiyani u organizmni moslashish tizimi deb ataydi.
Kanadalik   olim   vrach   G.Sel’e   (1936-1976   yillar)   o’zini   40   yillik   ilmiy
izlanishlari bilan U.Kennon nazariyalariga qo’shimchalar kiritib, stress psixologiya
va tibbiyotda asosiy tushunchalarda biri ekinligini aytib o’tgan. G.Sel’e stress har
doim   ham   zararli   emas,   ba'zan   inson   organizmiga   yordam,   ko’mak   foyda   berishi
mumkin. Ayrim hollarda stressga tushib qolganda odam yashash uchun kurashish
o’z   ehtiyojini   qondirish   uchun   faollashib,   o’zi   bilmagan   zahiradagi   energiyasini ishga   solishi   mumkin   degan.   U   tirik   organizmning   noqulay   tashqi   sharoitlariga
moslashuvchanlik muammosini o’rganib chiqqan. 
G.Sel’eni fikricha, shu sabablar  muhim va nomuhim stressni  keltirib chiqaradi.
Bu vaziyatlar bir-biriga bog’liqdir. Bunda 3 bosqich ajratiladi. 
-  xavotirlik bosqichi;
- moslashish bosqichi;
- o’ta charchash bosqichi.
Xavotirlik   bosqichida   taloqning   kichrayishi,   yoq   qavatining   yo’qolishi,
oshqozonda   o’tkir   yallig’lanishning   sodir   bo’lishi,   buyrak   tepasida   likosidlarning
kamayishi   kuzatiladi.   Shu   bilan   birga   teri   jarohatini   pasayishi,   ko’z   yoshlanishi,
so’lakning ajralishi kuzatiladi. Agarda ta'sir kuchli bo’lsa, bu bosqichda xavotirlik
holati boshlanadi. 
Moslashish   bosqichida   buyrak   usti   bezlari   kattalashadi,   organlar   va
to’qimalarning   ishlashi     sekinlashadi.   Agar   stressni   keltirib   chiqaruvchi   omil
organizmga   kuchli   ta'sir   etsa   etmasa   shu   holat   uzoq   vaqt   saqlanib   qoladi.   Agar
ta'sir kuchli bo’lsa, uchinchi bosqich boshlanadi. 
O’ta charchash bosqichi  - organizmda kuzatilayotgan yutuqlarga ko’ra bosqich
xavotirli bosqichga yaqin. Bunda odatda organizm kasallanadi. 
Chet   el   mualliflari   asosan   ijtimoiy,   psixik   va   fiziologik   stress   shakllarini
ajratadilar.   Ularning   fikricha,   ijtimoiy   stress   asosida   shaxsning   ijtimoiy,   iqtisodiy
yashash   sharoiti   yotadi.   Ijtimoiy   ziddiyatlar   doimiy   o’ziga   ishonmaslik   va
keskinlikni yuzaga keltiradi.
Yuksak hislar
Hissiy   jarayonlarning   har   xil   shakllari   normal   odamda   alohida,   yakka   holda
mavjud   bo’lmaydi.   Yuzlab   va   minglab   kechirilayotgan   emotsiyalar,   affektlar,
kayfiyatlarda   aniq   yashaydigan   umumlashtirilgan   hislar   yuksak   hislar   deyiladi.
Yuksak hislar o’z tarkibiga birinchi soddaroq ko’rinishdagi turli hislarni oladi. 
Inson   faoliyatining   qaysi   bir   turi,   yoki   qaysi   bir   sohasi,   hislarni   qaysi   birining
asosiy   ekanligiga   qarab,   yuksak   hislarning   muhim   turlari:   praksik   ,   axloqiy,
intellektual, estetik turlari ajratiladi.  Praksik   hislar .   Inson   amaliy   hayotining   istalgan   sohasi   maqsadga   muvofiq
aqliy   faoliyatiga,   shaxsning   ularga   nisbatan   muayyan   munosabatda   bo’lish
sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda biror maqsadni anglabgina qolmay,
uni   e'tirof   etadigan   yoki   inkor   qiladigan   maqsadlarga   erishish   yo’llarini
baholaydigan   ta'sir   qilish   usullari   va   ko’lamlarini   ma'qullaydigan   va
ma'qullamaydigan,   ularni   to’g’ri   tanlanganligiga   shubhalanadigan,   nihoyat
muvaffaqiyat   yoki   muvaffaqiyatsizlik   hissini   kechiradigan   mehnat   faoliyatida
kuzatiladi.   Mehnat   inson   hayotining   asosi   bo’lib,   insonning   mehnatga   bo’lgan
hissiy munosabati yuksak hislar orasida muhim o’rinni egallaydi,
Mehnat faoliyatida shaxs: 
1 . Biror maqsadni anglaydi.
2. Uni e'tirof qiladi yoki inkor etadi.
3. Maqsadga erishish yullarini baholaydi.
4. Uni   tadbiq   etish   usullari   va   qurol   vositalarini   ma'kullaydi   yoki
ma'qullamaydi.
5. Ularning tanlanganligiga shubhalanadi.
6. Inson muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradi va hokazo.
Axloqiy   hislar   odamning   boshqa   kishilarga,   jamoa   va   o’zining   ijtimoiy
burchlariga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadi. Inson bu hislarni  kechirar  ekan,
ma'lum   axloqqa,   ya'ni   ijtimoiy   axloq-qoidalari   va   normalari   majmuiga   asoslanib,
boshqa   kishilarning  xatti-harakatlariga   yoki   ruhiy   hususiyatlariga   hamda   o’zining
xatti-harakatlariga baho beradi.
Shaxsning   yetakchi   axloqiy   hislaridan   biri   bu   burch   hissidir.   Bu   his   odam
yashab   va   ishlab   turgan   tor   doiradagi   jamoa   (oila,   maktab,   ishlab   chiqarish,
korxona) manfaatlari nuqtai nazaridan turib, harakat qilish lozimligini anglaganda
ham   kechiriladi.   Odam   o’zining   ijtimoiy   burchlari   nimalardan   iborat   ekanligini
bilib   va   tushunibgina   qolmay,   balki   ularni   bajarish   zarurligini   ichdan   his   qilib
qayg’uradi.   Kishilar   hayoti   va   faoliyatida   o’zaro   yordamlashish,   hamjihatlik,
intilish va manfaatlar birligiga asoslangan o’rtoqlik munosabatlari yuzaga keladi.  O’rtoqlik munosabatlarining yuksak cho’qqisi do’stlik hissida namoyon bo’ladi.
Do’stlik   hissi   o’rtog’iga   mehribonlikda   uni   ko’rish   u   bilan   gaplashish   o’z   fikr
hislari   bilan   o’rtoqlashishda   namoyon   bo’ladi.   Haqiqiy   do’stlik   hissi   do’stga
nisbatan   yuksak   talabchanlik   bilan   bog’liqdir.   Xato   va   kamchiliklarni   tuzatishga
ham yordam berish, do’stlikka yaqin bo’lgan muhim axloqiy his muhabbat hissidir.
Muhabbat jamiyatda nikoh va oilaning axloqiy psixologik asosi hisoblanadi.
Agar   odamning   jamiyatdagi   xatti-harakatlari   axloq   normalariga   mutlaqo   zid
bo’lsa,   odam     vijdon   azobiga   uchraydi.   Vijdon   azobi   murakkab   hissiy   holatdir.
Mobodo odam biror axloqsiz harakat qilib, vijdon azobiga uchrasa, undan qutilishi
juda qiyin bo’ladi. Chunki vijdon azobiga uchragan odam jamiyat oldida o’zining
nohaqligini   biladi   va   o’zini-o’zi   so’roq   qila   boshlaydi.   Shuning   uchun   odam
o’zidan-o’zi qochib qutila olmagandek,  vijdon azobidan ham hech qachon qochib
keta olmaydi.
Ma'lumki, vijdon azobi kishining qalbida chuqur ichki kurash hissini tug’diradi.
O’z   xatti-harakatida   axloq   tamoyillariga   amal   qilmagan,   uyati   ham   vijdoni
bo’lmagan   kishilarni   "vijdonsiz"   odamlar   deyiladi.   Kishi   yomon   bir   ish   qilib
qo’yganligi   bu   kishining   o’ziga   munosib   emasligini,   anglashi   bir   tomondan
vijdonini   qiynaydi,   vijdon   azobiga   soladi,   ikkinchi   tomondan   axloq   talablariga
xilof   ish   qilish   bilan   boshqalardan   malomatga   qolishni,   ularni   o’rniga   nisbatan
salbiy   xislat   paydo   qilishni   ham   tushunadi.   Masalan,   mazkur   jarayonga   quyidagi
misolni   keltirib   o’tish   joiz.   AQSH   prezidenti   R.   Trumen   1945   yili   6   avgustda
Yaponiyaning   Xirosima   va   Nagasaki   shaharlariga   atom   bombasini   tashlashga
buyruq   bergan   edi.   Amerikaning   birinchi   darajali   uchuvchisi   Mayor   Klod     Izerli
Xirosimaga  atom bombasini  tashlab 300 000 kishini  yostig’ini quritishda  ishtirok
etdi.  Atom   bombasi   zarbidan  o’lgan  yosh   bolalarni   qariyalarni,  xotin-qizlarni   o’z
ko’zi bilan ko’rgan Izerli vataniga qaytganda "Xirosima qahramoni"ni sifatida uni
tantana bilan kutib olishadi.
Izerlini   vijdon   azobi   kundan   kunga   battarroq   qiynay   boshladi.   U   vijdonini
tinchitmoq   uchun   nafaqadan,   hamma   mukofatlardan   voz   kechdi,   o’ziga   berilgan
ordenlarni   qaytarib   bermoqchi   bo’ldi.   Pul   to’plab   Xirosimaga   yordam   yubordi. Ammo  vijdon azobi hamon uni ezardi, ta'qib qilardi, kechalari uxlolmasdan o’zini
o’zi   o’ldirishga   urinib   ko’rardi.   Ammo   natija   chiqmadi,   zora   qamasalar,   deb
jinoyat qildi. Nihoyat  Klod Izerli aqldan ozibdi, deb uni  jinnixonaga yotqizdilar.  
Estetik   hislar   ham   yuksak   ahloqiy   hislardan   hisoblanadi.   Estetik   his   deganda
biz   go’zallikni   idrok   qilish,   go’zallikdan   zavqlanish   va   go’zallik   yaratishga
intilishni   tushunamiz.   Estetik   hissiyot   hamma   odamlarga   xos   bo’lgan   hissiyotdir.
Atrofdagi   tabiat   manzaralari   estetik   hissiyotlarimizning   birinchi   manbai
hisoblanadi.   Masalan,   bahor   faslidagi   tog’   manzaralari   yaylovlarda   qo’y   va
qo’zichoqlarning   o’tlab   yurishlari,   baland   qorli   qoyalarni   uzoqlardan   mag’rur
turishlari odamda estetik lazzatlanish hissini tug’diradi yoki xuddi dengizdek ko’z
ilg’amaydigan   ko’m-ko’k   paxtazorlar   uzoqlarda   chiroyli   bo’lib   ko’rinib   turgan
dala tepaliklari odamda qandaydir ko’tarinki ruh tug’diradi. 
Odamlar hayotning turli faktlariga va ularning san'atini aks ettirishiga qandaydir
go’zallik   yoki   xunuklik   fojiali   yoki   kulguli,   oliyjanoblik   va   razillik,   nozik   yoki
dag’al   hodisalar   sifatida   munosabatda   bo’ladilar.   Bu   hislar   tegishli   baholarda
estetik   didlarda   namoyon   bo’ladi   va   o’ziga   xos   badiiy   lazzatlanish   holatida
kechiriladi. 
Estetik   hissiyotlarning   manbalari   juda   ko’p   va   xilma-xildir.   Masalan,   tabiat
manzaralaridan   lazzatlanishdan   tashqari   tasviriy   san'at   asarlari,   badiiy-adabiy
asarlar,   muzika   va   xaykaltaroshlik,   arxitektura   va   me'morchilik   ishlari   ham
odamda   estetik   hisni   tug’diradi.   Bundan   tashqari   odamlarning   o’zaro   bir-birlari
bilan   bo’lgan   munosabat   va   muomalalari   ham   estetik   hissiyotlarning   manbalari
bo’la   oladi.   Odamning   kiyinishi,   uyining   tutishi,   qanday   jihozlanish,   boshqalar
bilan   muomalasi   ham   estetik   hislarimizning   manbai   bo’la   oladi.   Masalan,   dag’al
gaplashadigan   kishidan   odam   nafratlanadi,   aksincha   muomalali,   gapni   o’rinli   va
madaniyatli   qilib   gapiradigan   kishidan   odam   zavqlanadi.   Shunday   odamlarga
taqlid  qilgisi   keladi.   Umuman   odamning   estetik   hissiyotlari   ko’p   manbalarga  ega
bo’lgan murakkab hissiyotlardandir. 
Intellektual hissiyotlar   ham o’z mohiyati jihatidan ahloqiy hissiyotlarga yaqin
bo’lgan   hissiyotlardir.   Intellektual   hissiyotlar   odamning   bilish   jarayoni   bilan bog’liq   bo’lgan   hissiyotlar   bo’lib,   biror   narsadan   hayron   qolish,   hayratda   qolish,
shubhalanish   kabi   holatlarda   ifodalanadi.   Intellektual   hissiyotlarga   dastavval
ajablanishni   kiritish   mumkin.   Ajablanish   inson   bilish   faoliyatining   ajralmas
tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo’lmaydigan, hayratda qoldiradigan
emotsiyalarga   berilib   qolgan   odam   o’zining   bilish   ehtiyojlarini   qondirishga
intiladi.   Haqiqatni   izlash   shubhalanish   hissi   bilan   bir   vaqtda   amalga   oshirish
mumkin.   Bu   his   odam   faol   bilish   faoliyati   orqali   hosil   qilgan   g’oya   hamda
e'tiqodlarni   hayotga   tadbiq   qilish   uchun   bo’lgan   kurashning   qiyin   daqiqalarida
unga madad bo’ladi.                 Adabiyotlar.
1. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. O.To’rayeva. Tosh-t. O’qit. - 1990.
2. Yusupov E., Ismoilov. Inson odobi bilan. -T., O’zb-n., 1983.
3. Mirtursunov.Z.F. O’zbek xalq pedagogikasi. -T., «Fan», 1973.
4. Oila   pedagogikasi.   A.Munavvarov.   Xalq   pedagogikasi   va   ma’naviy
qadriyatlar tarbiya manbai.  Tosh-t. O’qit. - 1992.
5. Talabalar   uchun   psixologiyasidan   topshiriqlar.     L.P.Xoxlova.   -T.,   O’qit.   -
1992.
6. Mirzakalon Ismoiliy. Odamiylik qissasi. -T., «O’zbek-n»., 1975.
7. Psixologiya v semye. I.Plotniyeks. Moskva.  «Pedagogika» 1991.
8. Oila tayanchi.Ilmiy maqolalar to’plami., Toshkent T.D.P.U. 1998.

Iroda va hissiyot Reja 1. Iroda haqida tushuncha 2. Irodaviy akt va uning tuzilishi 3. Shaxsning irodaviy sifatlari 4. Hissiyot haqida tushuncha 5. Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari 6. Hissiy holatlarning ifodalanishi 7. Hislarni kechirish shakllari 8. Yuksak hislar

Iroda haqida tushuncha Ma'lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab o’zgaradi. Shu bois o’z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs o’z harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o’z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o’z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib o’zgartiradi, qayta quradi va o’ziga moslashtiradi. Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o’z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni ko’zlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera oladigan vositali yo’l va usullarni oldindan qidirib topadi, to’sqinlik va qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch-g’ayratini ishlata oladi. Odam faqat o’ziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdagina emas, balki, tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ham ongli va oqilona ravishda ish tutadi. Odam tevarak - atrofdagi narsalarni o’zgartirib o’ziga moslashtirar ekan, yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo’shadi, voqelikni o’zgartiradi va to’ldiradi. Umuman odam har doim harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga bo’lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo’lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir. Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat'iy bir maqsadsiz, ko’pincha impul'siv tarzda, ya'ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo’talish, aks urish, ko’z qovoqini ochib yumilishi va shu kabilar. Bu harakatlarni odam oldindan o’ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba'zan, odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog’liq bo’ladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo’ladi. Bunday hollarda odamning ixtiyorsiz harakatlari idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi.

Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldindan belgilangan maqsad asosida to’la ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardir. Lekin ixtiyoriy harakat deganda, faqat jismoniy harakatlar emas, balki, aqliy harakatlar ham tushuniladi. Shunday qilib, iroda tushunchasiga nisbatan adabiyotlarda turlicha ta'riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy darsligida iroda - bu kishining o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi demakdir, deb ta'riflanadi. Q.Turg’unov muallifligidagi lug’atda ta'riflanishicha, iroda - shaxsning ongli harakatlarida, o’z- o’zini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish yo’lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy faolligidir. M.Vohidov fikricha, iroda deganda biz oldindan belgilagan, qat'iy bir maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, to’siqlarni yengish bilan bog’liq bo’lgan harakatlarni tushunamiz. Professor E.G’.G’ozievning "Umumiy psixologiya " darsligida iroda -bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan qiliqlarni va harakatlarni inson tomonidan ongli boshqarilishidir, deb keltiriladi. Umuman olganda iroda shaxs faolligining ko’rinishi hisoblanadi. Shu bois uning yuzaga kelishi bir qator harakatlarni amalga oshirilishi bilan izohlanadi.

Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo’ladi. Odam o’z oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi. Ana shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni yengib bo’lsa ham maqsadini amalga oshirishga intila boradi. Masalan, odam biror imorat solayotgan paytda oxirgi natija qanday bo’lib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday qiyinchiliklar bo’lsa ham yengib ishni davom ettira beradi. Yoki talaba universitetning birinchi kursiga kirganda qanday mutaxassis bo’lib chiqishini yaxshi biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab o’qishni davom ettira beradi. Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktni amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan iboratdir. Odamning irodaviy harakati to’la-to’kis determinizmga, ya'ni sababiy bog’lanish qonuniga bo’ysunadi. Shu bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita Maqsad va unga erishishiga intilish Maqsadga erishish imkoniyatlarini topish Motivlarni paydo bo'lishi va imkoniyatlarni mustahkamlash. Motivlar kurashi va tanlash. Biror fikrni qabul qilish Qabul qilingan qarorni amalga oshirish Irodaviy harakatlar bosqichlari

sabablari sharoitida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli-tuman hayotiy sharoitlar bo’lishi mumkin. Odamning irodaviy faoliyati ob'ektiv jihatdan bog’langandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog’liq ravishda irodaviy xarakatlar odam to’la ravishda javob beradigan ish sifatida boshdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli shaxs ko’p jihatdan o’zini ma'lum sharoitda anglaydi, o’z hayot yo’li va taqdirini o’zi belgilashi mumkin. Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o’ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Avvaldan rejalashtirilmagan xatti- harakatlarni irodaviy harakat deb bo’lmaydi. Shu bilan birga iroda avvaldan mavjud bo’lmagan, lekin faoliyatni natijasiga erishishdan so’ng hosil bo’lishi mumkin bo’lgan qoniqishga butun e'tiborini qaratishdan iboratdir. Ko’p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g’alaba qozonish emas, balki o’z-o’zini engish hamdir. Bu ayniqsa, muvozanatsiz, hissiy, qo’zg’aluvchan, sust kishilarga xos bo’lib, o’zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga to’g’ri keladi. Hech bir muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi. Inson kuchli irodasiz katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Odamzod boshqa tirik mavjudotlardan o’zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib turadi. Irodaning nerv-fiziologik asoslari Irodaviy ya'ni ixtiyoriy harakatlarning nerv - fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo’lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim to’la ongli harakatlar bo’lgani uchun bosh miya po’stlog’ida yuzaga keladigan optimal qo’zg’alish manbalari bilan ham bog’liq bo’ladi. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: "Mening tasavvurimcha, ong ayni shu chog’da xuddi shu sharoitning o’zida ma'lum darajada optimal (har holda o’rtacha bo’lsa kerak) qo’zg’alishga ega