logo

Hissiyot haqida tushuncha

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

74.5 KB
REJ A :
1.           Hissiy ot   haqida   t ushuncha .   X issiy   xol at l arni ng   nerv -fi zi ologi k
asosl ari .
2.           Hissiy ot   na zari y a l ari   (Dj ey m s-La ng,   K ennon-Ba rd,   S.SHa xt y or,
D.Zi nger).   Qa ra m a -qa rshi   em ot si y a l ar   na za ri y asi   (R.Sa l om on
bo‘y i cha ).
3.           Iroda   ha qi da   t ushuncha .   Irodav i y   fa ol iy a t ni ng     um um i y
x ususiy a t l a ri .
4.           Irodav i y  ak t  v a  uning t uzi l i shi . SHaxsni ng i rodav i y  sif at l ari .
5.   Hissiy ot   haqida	 tushuncha.   H issiy   h olatlarning	 nerv-fiziologik	 asoslari. Odam   tashqi   muhitdagi   turli-tuman   narsa   va   hodisalarni   idrok   qilar   ekan,
hech   vaqt   bu   narsalarga   batamom   befarq   bo‘lmaydi.   Odamning   aks   ettirish
jarayoni doimo  faol xarakterga egadir. Aks  ettirish  jarayoni  quyidagilarni  qamrab
oladi:  
a) shaxsni ng   ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini ;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt
sifatida qatnashishi ;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va   h ok a zo.
                      Chunki  odam  atrofidagi har  turli  narsalarni  idrok qilib aks ettirar ekan, bu
narsalarga   nisbatan   ma’lum   munosabatda   bo‘ladi.   Masalan,   bizga   ayrim   narsalar
yoqsa,   ya’ni   kayfiyatimizni   ko‘tarib   yuborsa,   boshqa   bir   narsalar   yoqmaydi   va
kayfiyatimizni   buzib,   dilimizni   xira   qiladi.   Ba’zi   bir   ovqatni   odam   juda   ham
yoqtiradi,   boshqa   bir   ovqatni   esa   mutlaqo   ko‘rgisi   kelmaydi   yoki   ayrim   odamlar
bizga   xush   keladi   yoki   boshqa   bir   odamlar   esa   noxush   keladi.   Umuman   odam
atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari
ham aks ettiriladi.
                      Kishilar   idrok   qilayotgan,   ko‘rayotgan,   eshitayotgan,   bajarayotgan,
o‘ylayotgan,   orzu   qiladigan   narsalarga   befarq   bo‘lmaydilar.   Bir   xil   predmetlar,
shaxslar,   xarakterlar,   voqealar   bizni   quvontiradi,   boshqalari   xafa   qiladi   yana
boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni
his   qilamiz,   dushman   ustidan   g‘alaba   qozonish   yoki   qiyinchilikni   engish   zavq
uyg‘otadi.
                      H issiyot   bizning   tuyg‘ularimizning   o‘ziga   xos   aks   ettirish   jarayoni   bo‘lib,
bunda   narsa   va   hodisalarni   aks   ettirish   jarayonida   bizda   tug‘iladigan   ichki
kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan,   tashqi   olamdagi   narsa   va   hodisalarning   ta’siri   bilan   bog‘liq   ravishda
yuzaga keladi.
                     Hissiyot	  –   shaxsning   voqelikka   o‘z   munosabatini   his   qilishidan   kelib
chiqadigan,   uning   ehtiyoj   va   qiziqishlari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   yoqimli   yoki
yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi
emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush
tarzidagi barcha    jabhalarni qamrab oladi.
                      Hissiyotlar   o‘zining   yuzaga   kelishi   nuqtai   nazaridan   odamning   ehtiyojlari,
qiziqishlari   va   intilishlari   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   Masalan,   odamning   organik
ehtiyojlarini   qondirishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   hissiyotlar   odamda   rohatlanish,
qanoatlanish   tuyg‘usini   yuzaga   keltiradi.   Organik   hissiyotlarni   qondira   olmaslik
odamning   ruhini   tushirib,   kayfiyatini   buzib,   azoblanish,   toqatsizlanish   hissiga
sabab bo‘ladi.
                  Hissiyot   odamda   sodir   bo‘layotgan   hodisa   va   narsalardan   shaxs   sifatidagi
odam   uchun   ahamiyatli   bo‘lganlari   haqida   darak   beruvchi   signallar   tizimi
hisoblanadi.   Mazkur   holda   sezgi   a’zolariga   ta’sir   qiluvchi   cheksiz   miqdordagi
qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va
paydo   bo‘lgan   hissiyot   bilan   birlashib   ketadi.   Natijada   ta’ssurot   uyg‘otib,   biror
hissiy   nom   bilan   ifodalangan   xotira   obrazlari   tariqasida   saqlanib   qoladi.   Buni
fiziologik   jihatdan   shunday   tushuntirish   mumkin:   ma’lum   qo‘zg‘atuvchilar   tirik
mavjudotlar   uchun   xotirjamlik   haqida   darak   beruvchiga   aylanadi.   Hissiy
kechinmalar   esa   insonning   shaxsiy   tajribasida   tarkib   topadigan   reflekslar   tizimini
mustahkamlash   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Hissiyotning   mana   shu   darak
beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb a t aladi.[1]
Hissiyot   boshqa   hamma   psixik   jarayonlar   kabi   bosh   miya   po‘sti   qismining
faoliyati   bilan   bog‘liqdir.   Bosh   miya   hissiyotlarning   kuchini     va   barqarorligini
idora   qilib   turadi.   Hissiyotlar   boshqa   bilish   jarayonlaridan   farqli   bosh   miya
po‘stining   faoliyatidan   tashqari   organizmning   ichki   a’zolari   faoliyati   bilan   ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati
bilan   ham   bog‘liqdir.   Chunonchi,   odam   qattiq   uyalgan   paytida   qizarib   ketadi,
qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida
ham   o‘zgarish   paydo   bo‘ladi.   Ana   shunday   hissiy   holat   yuz   bergan   paytda
odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi.
                      Demak,   odam   ma’lum   hissiy   holatni   boshdan   kechirayotgan   paytda   uning
qon aylanish  tizimi,  nafas   olish  organlari  nutq  apparatlari   ichki  sekretsiya   bezlari
ham   qatnashadi.   Masalan,   materialni   yaxshi   bilmaydigan   talaba   imtihon
topshirayotganda   terlab   ketadi,   tomog‘iga   nimadir   tiqilib,   gapini   gapira   olmay
qoladi.   Odamda   qattiq   qo‘rqish   paytida   «Yuragi   orqaga   tortib   ketdi»,   «Sovuq   ter
bosib   ketdi»   kabi   iboralarning   ishlatilishi   hissiyot   paytida   odamning   ichki
a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi.
                      Juda   ko‘p   hissiy   holatlar   bosh   miyaning   yaqin   po‘stloq   osti   qismlarining
oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan,     ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim
hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi.
                      Odamda   uchraydigan   yuksak   ma’naviy   hissiyotlar   ham   o‘zining   nerv-
fiziologik   asosiga   ega   bo‘lishi   kerak   (chunonchi   intellektual,   ahloqiy,   estetik
hissiyotlar).   Bu   jihatdan   akademik   I.P.Pavlovning   dinamik   streotip   haqidagi
ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb
yozgan   edi:   «Menimcha, ko‘pincha	 odatdagi	 turmush	 tartibining	 o‘zgargan
paytlarida	
 odat	 bo‘lib,	 qolgan	 birorta	 mashg‘ulot	 yaqin	 kishidan	 judo
bo‘lganda,	
 aqliy	 iztirob	 chog‘ida	 kechiriladigan	 og‘ir	 hissiyotlarning	 fiziologik
asosi	
 xuddi	 eski	 dinamik	 streotipning	 o‘zgarishi,	 uning	 yo‘qolishi	 va	 yangi
dinamik	
 streotipning	 qat’iylik	 bilan	 hosil	 bo‘lishidan	 iborat	 bo‘lsa	 kerak».
                      Ayrim   murakkab   hissiyotlarning   asosida   dinamik   streotipning   yotishi
yaqqol   ko‘rinadi.   Masalan,   estetik   hissiyotni   oladigan   bo‘lsak,   biron   yoqimli
ko‘ydan   lazzatlanish,   yoki   biron   mashhur   rassomning   ishlagan   ajoyib   suratlarini
tomosha   qilib,   rohatlanish   estetik   hissiyot   hisoblanadi.   Agar   bu   hissiyotlarning nerv-fiziologik   asoslarini   tahlil   qiladigan   bo‘lsak,   quyidagilarni   ko‘rishimiz
mumkin.   Masalan,   bizga   juda   yoqadigan   kuy   boshqa   millat   odamiga   yoqmasligi
mumkin.   Bunda   ajablanishga   hech   qanday   o‘rin   yo‘q.   Biz   yoshlikdan   boshlab
mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga
nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga
keladi.   Ana   shuning   uchun   ayrim   kuylar   bizga   yoqadi,   ayrimlari   esa   yoqmaydi.
Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning
ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi
rassomlar   tomonidan   ishlangan   rasmlar   odamda   qandaydir   noxush   hissiyotni
tug‘diradi.   Demak,   uzoq   yillar   davomida   yuzaga   keladigan   dinamik   streotiplar
ayrim murakkab hisni tashkil qiladi. [2]
                      Shunday   qilib,   hissiyot   vegetativ   nerv   tizimi   orqali   boshqariladigan   ichki
a’zo   faoliyati   bilan   bog‘liq   bo‘lsa   ham   bari   bir   bosh   miya   po‘sti   orqali   idora
qilinadi.   Chunki   akademik   I.V.Pavlovning   fikricha,   odamning   butun   a’zoyi
badanida   bo‘ladigan   har   qanday   hodisalarning   hammasini   bosh   miya   po‘sti
qismidagi   neyronlar   idora   qiladi.   Ana   shu   jihatdan   olganda   hissiyotning   nerv-
fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.
2.   Hissiyot  nazariyalari	 (Djeyms-Lang,	 Kennon-Bard,	 S.SHaxtyor,	 D.Zinger).
Qarama-qarshi	
 emotsiyalar	 nazariyasi	 (R.Salomon	 bo‘yicha)
Uzoq   vaqt   davomida   psixologlar   hissiyotlar   tabiati   haqidagi   masalani
echishga   uringanlar.   XVIII-XIX   asrlarda   ushbu   muammo   bo‘yicha   hech   qaday
nuqtai   nazarlar   mavjud   emas   edi.   Keng   tarqalgan   qarashlardan   hissiyotlarning
organik   ifodalanishlari   –   bu   psixik   hodisalarning   oqibati   haqidagi   dalil   asosida
paydo   bo‘lgan   intellektuallashtirish   nuqtai   nazari dir.   Tasavvur   fundamental
psixologik dalil bo‘lib hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida
o‘rnatiladigan   aloqalarga   mos   keladi,   va   tasavvurlar   o‘rtasidagi   nizolika   nisbatan
ta’sirlanish   sifatida   ko‘rib   chiqiladi,   deb   hisoblagan   I.F.   Gerbart,   bu   nazariyaning
aniq ifodasini keltirdi. V. Vundt ham bu nazariyaning tarafdori edi. SHunday qilib,   hissiyotlarni   tadqiq   qilishda   ular   haqidagi   sub’ektiv ,   ya’ni,   hissiyotlarning   psixik
tabiati haqidagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topdi, unga muvofiq psixik jarayonlar ma’lum
organik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
1872   yilda   CH.   Darvin   «Inson   va   hayvonlarda   hissiyotlarning   ifodalanishi»
asarini   chop   etdi.   Uning   fikriga   ko‘ra,   hayvon   va   odam   hulq-atvori   o‘rtasida
umumiyliklar   mavjud.   O‘z   fikrini   u   hayvonlar   va   odamlar   turli   emotsional
holatlarining tashqi ifodalanishini kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi.
Ushbu   kuzatishlardan   olingan   ma’lumotlar   evolyusion   ta’limot   nomini   olgan
hissiyotlar   nazariyasi   asosiga   qo‘yildi,   bu   ta’limotga   asosan,   hissiyotlar   tirik
mavjudotlar evolyusiyasi jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan organizmning yashash
sharoitlari   va   vaziyatlariga   moslashishni   ta’minlovchi   moslashish   mexanizmlari
sifatida yuzaga keldi.
Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi 1884 yilda U. Djemsning «Hissiyot
nima?»   maqolasining   chop   etilishidan   boshlanadi.   U.   Djems   va   undan
mustaqil   ravishda     G.   Lange   hissiyotlar   nazariyasini   ishlab   chiqdilar,   unga
asosan,   hissiyotlarning   paydo   bo‘lishi   hosil   qilinadigan   tashqi   ta’sirlar,
ixtiyoriy   harakat   va   tizimlar   sohasidagi   o‘zgarishlar   bilan   bog‘liq.   Bu
o‘zgarishlar   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   hissiyotlar,   emotsional   kechinmalarning
xuddi   o‘zidir.   Djems   bo‘yicha,   «yig‘laganimiz   sababli   qayg‘ulimiz;
qaltiraganimiz   uchun   qo‘rqamiz;   kulganimiz   uchun   xursand   bo‘lamiz».   Bu
hissiy xabar miyaga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum hulq-atvorni o‘t oldiradi, teskari
somatosensor   va   visserosensor   afferentatsiya   esa   hissiyotni   yuzaga
keltirishini bildiradi .
Lekin Djems-Lange konsepsiyasi bir qator e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Organik
va   emotsional   jarayonlarning   nisbatiga   U.Kennon   qarama-qarshi   fikr   bildirdi.
Uning   aniqlashiga   ko‘ra,   insonda   sun’iy   tarzda   hosil   qilinadigan   organik
o‘zgarishlar   har   doim   ham   hissiyotli   kechinmalar   birgalikda   kuzatilmaydi. Keyinchalik,   P.Bardning   ko‘rsatishicha,   haqiqatda,   tana   o‘zgarishlari   va   ular   bilan
bog‘liq bo‘lgan hissiyotli kechinmalar deyarli bir vaqtda paydo bo‘ladi, bosh miya
tuzilishidagi barcha qismlardan esa hissiyotlar bilan talamusning o‘zi emas, balki,  
gipotalamus va limbik tizimning markaziy qismlari bog‘lanadi.
Lindsey-Xebbning   faollashtirish   nazariyasi   Djems-Lange   va   Kennon-
Bardlarning psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bu nazariyaga ko‘ra,
emotsional   holatlar   bosh   miya  quyi  qismi  nayining  retikulyar   formatsiyaga  ta’siri
bilan belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning faolligi darajasiga javob beradi.
Hissiyotli   ifodalanishlar   esa   asab   tizimining   biror   bir   seskantiruvchiga   javoban
faollik darajasining o‘zgarishidir.
Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya’ni,
tafakkur   va   ong   orqali   ochib   beradigan   dunyoqarashlar   tashkil   etadi.   Ularning
orasida,   birinchi   navbatda,   L.   Festingerning   kognitiv   dissonans   nazariyasi ni
ta’kidlab   o‘tish   lozim.   Uning   asosiy   tushunchasi     dissonans dir.   Bu   sub’ektning
ob’ekt haqida psixologik qarama-qarshi ma’lumotga ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga
keladigan   salbiy   emotsional   holat.   Bu   nazariyaga   muvofiq,   ijobiy   emotsional
kechinmalar  odamda o‘zi kutgan natijalar  tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday
ijobiy   emotsional   holat     konsonans   sifatida   xarakterlanadi,   Salbiy   hissiyotlar
faoliyatdan   kutilgan   natijalar   va   voqeiy   natijalar   o‘rtasida   farqlar   yoki   dissonans
bo‘lganida yuzaga keladi.[2]
S.Shexterning   kognitiv-fiziologik   konsepsiyasiga   asosan,   paydo   bo‘ladigan
emotsional   holat   qabul   qilinadigan   rag‘batlar   va   yuzaga   keladigan   jismoniy
o‘zgarishlar   bilan   birga   insonning   o‘tmish   tajribasi   va   uning   vaziyatni   sub’ektiv
baholashi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb qiziqishlari va
ehtiyojlari asosida shakllanadi. Kognitivistik   nazariyalar   qatoriga   P.V.   Simonovning   hissiyotlar   axborot
beruvchi   konsepsiyasi   ham   kiritilishi   mumkin.   Bu   nazariyaga   asosan,   emotsional
holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini
baholashi   bilan   belgilanadi.   Bu   ehtimollikni   baholashni   inson   tug‘ma   va   avval
orttirilgan   individual  tajriba  asosida, ixtiyorsiz  ravishda  ehtiyojni  qondirish  uchun
taxminiy   zarur   vositalar,   vaqt,   zahiralar   haqidagi   ma’lumotni   ayni   vaqtda   olgan
ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.V. Simonovning yondoshuvi
quyidagi formulada aks etgan: H = E  (M – A), bunda H – hissiyot, uning kuchi va
sifati;   E   –   dolzarb   ehtiyoj   kattaligi   va  o‘ziga   xos   xususiyati;   M   –   dolzarb   ehtiyojni
qondirish uchun zarur ma’lumot; A – ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli
axborot.
Ushbu   formuladan   kelib   chiqadigan   oqibatlar   quyidagicha:   agar   insonda
ehtiyojlar   mavjud   bo‘lmasa   (E   =   0),   u   holda   hissiyotlarni   ham   sezmaydi   (H   =   0);
ehtiyoj sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan
holatda ham, hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining
sub’ektiv baholanishi yuqori bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar esa
sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi.
Miya po‘stlog‘i emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi.
I.P.   Pavlov   tomonidan   aynan,   miya   po‘stlog‘ining   hissiyotlar   kechishi   va
ifodalanishi,   boshqarishi,   tanada   yuz   beradigan   barcha   hodisalarni   o‘z   nazorati
ostida   ushlab   turishi,   po‘stloq   osti   markazlariga   tormozlovchi   ta’sir   ko‘rsatishi,
ularni boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan. YUqorida bayon etilganlarning tasdig‘i sifatida
sub’ektiv   kechinmalar   va   ularning   tashqi   ifodasi   o‘rtasida   keskin   farqlar
kuzatiladigan klinik holatlarni keltirish mumkin. Miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i
shikastlangan   bemorlarda   istalgan   seskantiruvchi   muvofiq   kelmaydigan   tashqi
ta’sirlanish:   qattiq   kulgi   yoki   shashqator   ko‘z   yoshlarga   sabab   bo‘lishi   mumkin. Lekin,   kulib   turib,   bu   bemorlar   o‘zlarini   qayg‘uli,   yig‘lab   turib   esa,   ba’zan
xursandchilik sezadilar.
Inson   hissiyotli   kechinmalarida   ikkinchi   signal   tizimi   katta   ahamiyatga   ega,
chunki   kechinmalar   tashqi   muhitning   bevosita   ta’sirlari   bilan   birgalikda   so‘zlar,
fikrlar   orqali  ham   yuzaga  kelishi  mumkin.  Xuddi  shunday,  o‘qib   chiqilgan   hikoya,
tomosha   qilingan   film   mos   bo‘lgan   emotsional   holatni   yuzaga   keltirishi   mumkin.
Hozirda   ikkinchi   signal   tizimi   intellektual,   ahloqiy,   estetik   yuksak   insoniy
hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi .
Shaxsning   xususiyatlariga   ta’rif   berish   ko‘p   holatlarda       ushbu   odamning
nimani yoqtirishini, nimadan nafratlanishini, mag‘rurlanishi,    uyalishi, hasad qilishi
va   qayg‘urishi   sababini   aniqlashni   bildiradi.   Individ   barqaror   hislari   p redmet i,
ularning jadalligi va xarakteri atrofdagilarga insonning emotsional olami, hislari va
bu   bilan,   uning   individualligini   ochib   beradi .   S.L.   Rubinshteyn ning
yozishicha ,   shaxsning   xarakteri   va   aqliy   qobiliyati,   qiziqishlari   va   boshqa
odamlarga   munosabatlarining   barcha   o‘ziga   xos   xususiyatlari   hissiyotlar   va
sezgilarning kamalak rangida namoyon bo‘ladi va aks etadi .
Emotsional lik   tug‘ma   bo‘ladi ,   lekin   affekt lar,   sezgilar   hayot   jarayonida
rivojlanadi ,   bu   esa   insonning   shaxs   sifatida   rivojlanishini   bildiradi .   Bunday
rivojlanish   inson   emotsional   sohasiga   yangi   ob’ektlarni   kiritish,   shaxs   sezgilarini
ongli   irodaviy   boshqarish   va   nazorat   qilish   darajasining   oshishi   ahloqiy
boshqarishga   yuksak   ahloqiy   qadriyatlar   (vijdon,   mas’uliyatlilik,   nomus   va
boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog‘liq.
Inson emotsional hayotining rivojlanishida ma’lum bo‘lgan izchillik mavjud.
Lekin   bir   davr   sezgisidan   keyingi   davr   sezgisiga   o‘tish   shaxsning   har   tomonlama
rivojlanishi   bilan   bog‘liq.   Hissiyotlar   odam   energiyasini   to‘plovchi   faoliyatga nisbatan   kuchli   rag‘bat   bo‘lishi   mumkin,   asosiysi,   ularni   tegishli   tarzda
yo‘naltirishdir.
Har   bir   inson   uchun   ijobiy   emotsional   ta’sirlanishlarni   kuchaytirish   va
kengaytirish   bilan  bir   vaqtda  boshqa  odamlar   emotsional  holatiga  samarali  ta’sir
ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar
ko‘p   hollarda   yuqori   emotsional   zo‘riqish   vaziyatlarida,   o‘ta   toliqqan   holatlarda,
frustratsiya  vaqtida,  odamlar  ta’sirchanligida, ishlar  ko‘ngilgidek   yurishmaganida,
hayotiy   muhim   rejalar   barbod   bo‘lganida   yuzaga   kelishini   bilish   va   yodda   tutish
lozim.
3.   Iroda haqida	 tushuncha.	 Irodaviy	 faoliyatning	 umumiy	 xususiyatlari
Ma’lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab
o‘zgaradi. S h u bois o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs o‘z
harakatlari   yordami   bilan   muhitga   moslashadi   va   undan   o‘z   ehtiyojlari   uchun
foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o‘z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib
o‘zgartiradi, qayta quradi va o‘ziga moslashtiradi. 
                      Odamning   shaxs   sifatidagi   faollik   xususiyati   shundan   iboratki,   o‘z
ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas,
balki   asosan   oqilona,   ongli   harakatlardir.   Bu   onglilik   shundan   iboratki,   odam
oldindan biron-bir maqsadni ko‘zlab harakat qiladi, shu maqsadga etishish uchun
yordam bera oladigan vositali yo‘l va usullarni oldindan qidirib topadi, to‘sqinlik va
qiyinchiliklarni engish uchun ongli ravishda kuch-g‘ayratini ishlata oladi.
                      Odam faqat o‘ziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda-gina emas,
balki,   tabiiy-biologik   ehtiyojlarini   qondirishda   ham   ongli   va   oqilona   ravishda   ish
tutadi.
                      Odam   tevarak   –   atrofdagi   narsalarni   o‘zgartirib   o‘ziga   moslashtirar   ekan,
yangilik   yaratadi,   ijod   qiladi,   shu   yangilikni   tevarak-atrofdagi   voqelikka   qo‘shadi, voqelikni   o‘zgartiradi   va   to‘ldiradi.   Umuman   odam   har   doim   harakat   qilmasdan
tura   olmaydi.   Ana   shu   jihatdan   olganda   odamning   barcha   harakatlarini   ikki
turkumga bo‘lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo‘lsa, ikkinchisi
ixtiyoriy harakatlardir. 
                      Odamning   ixtiyorsiz   harakatlari   qat’iy   bir   maqsadsiz,   ko‘pincha   impul’siv
tarzda,   ya’ni   reflektor   tarzda   yuzaga   keladi.   Masalan,   yo‘talish,   aks   urish,   ko‘z
qovog‘ini   ochib   yumilishi   va   shu   kabilar.   Bu   harakatlarni   odam   oldindan   o‘ylab
rejalashtirmaydi.   Ixtiyorsiz   harakatlar   har   qanday   sharoitda   yuz   berishi   mumkin.
Ixtiyorsiz harakatlar  ba’zan, odamning aqliy  faoliyatlari bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Chunonchi,   ixtiyorsiz   idrok,   ixtiyorsiz   diqqat,   ixtiyorsiz   esda   olib   qolish,   ixtiyorsiz
esga   tushirish   holatlari   ham   bo‘ladi.   Bunday   hollarda   odamning   ixtiyorsiz
harakatlari   idrok   qilinayotgan   narsaning   boshqa   narsalardan   keskin   farq   qilishi
yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.[2]
                      Irodaviy   harakatlarda   har   doim   maqsad   aniq   bo‘ladi.   Odam   o‘z   oldiga
qo‘ygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi.
Ana shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni engib bo‘lsa ham maqsadini amalga
oshirishga   intila   boradi.   Masalan,   odam   biror   imorat   solayotgan   paytda   oxirgi
natija qanday bo‘lib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday
qiyinchiliklar   bo‘lsa   ham   engib   ishni   davom   ettira   beradi.   Yoki   talaba
universitetning   birinchi   kursiga   kirganda   qanday   mutaxassis   bo‘lib   chiqishini
yaxshi biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab o‘qishni davom ettira
beradi.
                      Umumiy   irodaviy   faoliyatni   yoki   alohida   aktni   amalga   oshirishning   muhim
xususiyatlaridan   biri   amalga   oshirilayotgan   harakatlarning   erkin   ekanligini
anglashdan iboratdir.
                      Odamning   irodaviy   harakati   to‘la-to‘kis   determinizmga,   ya’ni   sababiy
bog‘lanish   qonuniga   bo‘ysunadi.   S h u   bilan   birga   irodaviy   faoliyatning   bevosita sabablari   sharoitida   irodaviy   harakatlarni   belgilab   beradigan   turli-tuman   hayotiy
sharoitlar bo‘lishi mumkin.
                      Odamning   irodaviy   faoliyati   ob’ektiv   jihatdan   bog‘langandir.   Irodaviy
faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt
shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog‘liq ravishda irodaviy
xarakatlar   odam   to‘la   ravishda   javob   beradigan   ish   sifatida   boshdan   kechiriladi.
Irodaviy   faoliyat   tufayli   shaxs   ko‘p   jihatdan   o‘zini  ma’lum   sharoitda   anglaydi,  o‘z
hayot yo‘li va taqdirini o‘zi belgilashi mumkin.
                      Irodaning  eng  muhim  xususiyati unda faoliyatni  amalga  oshirishning  puxta
o‘ylab   chiqilgan   rejaning   mavjudligidir.   Avvaldan   rejalashtirilmagan   xatti-
harakatlarni   irodaviy   harakat   deb   bo‘lmaydi.   Shu   bilan   birga   iroda   avvaldan
mavjud   bo‘lmagan,   lekin   faoliyatni   natijasiga   erishishdan   so‘ng   hosil   bo‘lishi
mumkin bo‘lgan qoniqishga butun e’tiborini qaratishdan iboratdir.
                      Ko‘p   hollarda  iroda   vaziyat   yoki   qiyinchilik   ustidan   g‘alaba  qozonish   emas,
balki   o‘z-o‘zini   engish   hamdir.   Bu   ayniqsa,   muvozanatsiz,   hissiy,   qo‘zg‘aluvchan,
sust   kishilarga   xos   bo‘lib,   o‘zlarining   tabiiy   xarakterologik   xususiyatlari   bilan
kurashishga to‘g‘ri keladi.
                      Hech bir muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi. Inson kuchli irodasiz
katta   muvaffaqiyatga   erisha   olmaydi.   Odamzod   boshqa   tirik   mavjudotlardan
o‘zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib
turadi.
4.   Irodaviy akt	 va	 uning	 tuzilishi.	 Shaxsning	 irodaviy	 sifatlari .
Ixtiyoriy   harakatning   dastlabki   boshlang‘ich   nuqtasi   harakat   maqsadining
vujudga   kelishi   va   shu   maqsadning   o‘rtaga   qo‘yilishidir   va   uning   tuzilishini
quyidagicha izohlash mumkin.
                      Maqsad- kishining   shu   paytda   ma’qul   yoki   zarur   deb   topgan   ish   harakatini
tasavvur   etish   demakdir.   Masalan,   inson   pedagogika   universitetiga   kirib   o‘qishni zarur   deb   topdi   yoki   viloyatga   ish   bilan   borib   kelish   zarurligini   tushundi,   deylik.
Bularning   hammasida   kishining   maqsadi   o‘z-o‘zidan   zohir   bo‘layotganga
o‘xshaydi, ba’zan esa bu maqsad bir qadar fikr yuritish natijasida yuzaga keladi.[1]
                      Maqsadni   tasavvur   qilish   odatda   shu   maqsadga   erishish   istagini   va   zarur
ishni   amalga   oshirish   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   u   quyidagicha   ifodalanishi   mumkin.
Ehtiyoj   ko‘ngildan   kechib,   mudom   kuchaygan   shu   ehtiyojni   qondirishga   intilish
maqsadi   ham   anglanila   boshlaydi.   Bunday   anglanilgan   ehtiyojlar   tilak-
havaslar   deb ataladi. Ammo odam o‘z intilishlarining maqsadini tasavvur qilganda
ham   shu   maqsadga   etishish   yo‘llari   va   vositalarini   hali   tasavvur   qila   olmasligi
mumkin.   Bunday   to‘la   anglanilmagan   intilishlar   (tilak,   havas)   ba’zan   zo‘r   xayol
surish   bilan,   ba’zan   esa   cheksiz   orzu   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   Ba’zan   (xayolparast
insonlarda)   bunday   tilak   havaslar   ko‘ngildan   kechirish   orqali   orzu   (fantaziya)
doirasida   qolib   ketaveradi.   Xilma-xil   tilak   havaslari   to‘lib-toshgan   kishilar   ham
mavjud.   Bu   kishilar   doimo   xo‘rsinadilar,   armon   qiladilar,   o‘zlarini   ham   tevarak-
atrofdagi   kishilarni   ham   tanqid   qiladilar.   Bu   kishilar   ko‘pincha   yaxshi   orzular
qilishadi-yu,   amalda   kam   faoliyat   ko‘rsatishadi   yoki   butunlay   faoliyat
ko‘rsatishmaydi. [5] [1]
                      Harakat   motivlari   va   motivlar   kurashi.   Kishi   biron   maqsadni,   ayniqsa,   shu
maqsadga   etish   uchun   biron   yo‘l   va   usulni   tanlar   ekan,   nega   boshqa   maqsadni
emas,   xuddi   shu   maqsadni   tanlashi   kerak,   bu   maqsadga   nima   uchun   boshqa
yo‘llar   bilan   emas,   balki   mana   shu   yo‘llar   bilan   hal   etishi   kerak   degan   savolni
ko‘ngildan   o‘tkazadi.   Maqsadni   va   unga   etish   yo‘lini   tanlash   jarayonida   unga
ma’qul yoki noma’qulligi nuqtai nazaridan baho beriladi.
                      Maqsadni   va   unga   etishish   yo‘llarining   ma’qulligi   yoki   noma’qulligini
belgilab   beradigan   hamma   narsa   ish-harakat   motivlari   deb   ataladi.   Kishi   nega
boshqa   bir   maqsadni   emas,   balki   xuddi   shu   vositalar   bilan   ish   ko‘rishni,   yoki   ish
ko‘rmoqchi   bo‘layotganining   sababi   nima   degan   savolga   javob   motiv   mazmunini
tashkil etadi.                       Irodaviy   ixtiyoriy   harakatlar   g‘ayri   ixtiyoriy   (irodadan   tashqari)
harakatlardan farq qilib, motiv tufayli sodir bo‘ladi.
                      Qarorga   kelish.   Maqsadga   etishish   yo‘llarini   va   vositalarini   tanlash
jarayonida   rejalashtirish,   motivlar   kurashi   bilan   bog‘langan   bo‘lib,   qarorga   kelish
bilan   tugaydi.   Qarorga   kelish-muayyan   bir   maqsadni   va   shu   maqsadga   erishish
yo‘lida harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Motivlar kurashida buning
ma’nosi   shuki,   motivlardan   biri   hal   qiluvchi   rol   o‘ynagan   bo‘ladi.   Masalan,
kechqurun   qayoqqa   borish   kerak   –   teatrgami   yoki   o‘rtog‘ining   yonigami-degan
motivlar kurashi natijasida kishi bormoqchi bo‘lgan joyi haqida qarorga keladi.
                      Qarorni ijro etish . Qaror unga muvofiq keladigan choralar ko‘rish va harakat
qilish   uchun   qabul  qilinadi.  Qarordan   harakatga  o‘tishni   ijro   qilish   (yoki  bajarish)
deyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa-qabul qilingan qarorni ijro etishdir.
Irodaviy   harakatlar   ikki   xil   bo‘ladi:   jismoniy   va   aqliy   harakatlar.   Jismoniy
harakatlarga   har   xil   mehnat   operatsiyalari,   o‘yin,   sport   mashg‘ulotlari   va
boshqalar.   kiradi.   Aqliy   harakatlarga   esa   masala   echish,     yozma   ishlar,   dars
tayyorlash,   ilmiy   tadqiqot   ishlarini   olib   borish   va   shu   kabilar   kiradi.   Ko‘p   vaqt
takrorlanib,   o‘zlashib   ketgan   ko‘nikma   va   odat   bo‘lib   ketgan   harakatlar   ham
murakkab irodaviy harakatlardandir.
                      Qarorni ijro etish odatda ma’lum vaqt, muddat bilan bog‘liq bo‘ladi. Qaror
kechikmasdan   belgilangan   vaqtda   ijro   etilsa   bu   irodaning   ijobiy   sifatidan   dalolat
beradi. Bu esa ishchanlik, puxtalikni bildiradi.
Kishining   irodaviy   sifatlari   ya’ni   iroda   kuchi,   mustaqilligi   jihatidan   ayrim   hollarda
turlicha   namoyon   bo‘ladi.   Har   bir   kishida   irodaning   ayrim   sifatlari   umr   bo‘yi
mustahkamlanib,   shu   odamning   xususiy   sifatlari   (ya’ni   doimiy   xislatlari)   bo‘lib
qolishi   mumkin.   Shaxsning   bu   o‘ziga   xos   xususiyatlari   xarakter   xislatlari   deb
ataladi.   Har   bir   kishidagi   biron   bir   irodaviy   sifatlarning   har   qanday   namoyon
bo‘lishi shu kishi xarakterining xislati bo‘lavermaydi. Xulosa
Xulosa  o‘rnida hissiyotlarning tarkibiy qismlarini keltirib  o‘tish  zarur, bular:
1) sub’ektiv kechinma, 2) organizm reaksiyasi, 3) hissiyotlar bilan yuzaga kelgan va
xayoldagi fikrlar yig‘indisi, 4) o‘ziga xos yuz ifodasi, 5) umumlashtirilgan hissiyotli
reaksiyalar:   salbiy   hissiyotda   atrofdagi   voqealarga   nisbatan   munosabatingiz   ham
salbiy bo‘ladi, 6) ushbu hissiyot bilan assotsiatsiyalangan harakatlarga moyillik.
SHuni   ta’kidlab   o‘tish   lozimki,   hozirgi   vaqtgacha   hissiyotlar   tabiatiga
nisbatan   yagona   nuqtai   nazar   mavjud   emas.   Hissiyotlarni   o‘rganishga   qaratilgan
tadqiqotlar   hozirda   ham   o‘tkazilib   kelinmoqda.   Hozirda   to‘plangan   tajribaviy   va
nazariy   material   hissiyotlar   tabiatining   ikkilanganligidan   dalolat   beradi.   Bir
tomondan,   hissiyotlar   –   turli   psixik   hodisalar,   shuningdek,   kognitiv   jarayonlar,
inson   qadriyatlari   tizimi   tuzilmasining   xususiyatlari   va   boshqalar   kabi   sub’ektiv omillar   hisoblanadi.   Ikkinchi   tomondan,   hissiyotlar   individning   fiziologik
xususiyatlari   bilan   belgilanadi.   Hissiyotlar   ma’lum   seskantiruvchi   ta’siri   natijasida
paydo   bo‘ladi,   bu   esa   inson   moslashishi   va   hulq-atvorining   boshqarish
mexanizmlari   ifodasining   xuddi   o‘zginasidir.   Inson   kayfiyati,   affektlari,   hislari   va
ehtiroslari     yig‘indisi   uning   emotsional   hayotini   va   emotsionallik   kabi   individual
sifatni   tashkil   etadi.   Emotsionallikni   insonning   hayotiga   tegishli   bo‘lgan   turli   xil
sharoitlardan hissiyotli ta’sirlanishga moyillik, kayfiyatdan ehtirosgacha –    kuchi va
sifati   turlicha   bo‘lgan   emotsiyalarni   kechirish   layoqati,   shuningdek,   emotsiyalar
kuchining tafakkur va hulq-atvorga ta’siri sifatida ta riflash mumkin.’
FOYDALANILGAN	
 ADABIYOTLA R
 O’zbekiston   Respublikasining   ―Ta’lim   to’g’risidagi   qonuni.   //Barkamol
avlod   O’zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   –Toshkent;   ―Sharq•   ,   1997,
20-29 betlar.
 Asqarov   M,   Xaytboyev   M,   Nishonov   M.   Pedagogika.   Dars.   T. ׃ Talqin,
2008.-289 bet
 Mavlonova R. Pedagogika. -T.: 2002.- 80 str.
 Pirmuxamedova M. Pedagogik mahorat asoslari.-  T.: 2001.
 Raximov B. H va boshqalar. Pedagogika. O quv uslubiy qo llan. GulDU.	
’ ’
2008
 Xo jayev N. va boshqalar. Pedagogika asoslari. – T.: 2003. -120 bet	
’
 http://www.edustorng.ru/main/book/pedagogtechno.htm   
 http://dl.nw.ru/theories/technologies   
 www.        ziyonet . uz.  www . avlony –library. connect uz.

REJ A : 1.           Hissiy ot haqida t ushuncha . X issiy xol at l arni ng nerv -fi zi ologi k asosl ari . 2.           Hissiy ot na zari y a l ari (Dj ey m s-La ng, K ennon-Ba rd, S.SHa xt y or, D.Zi nger). Qa ra m a -qa rshi em ot si y a l ar na za ri y asi (R.Sa l om on bo‘y i cha ). 3.           Iroda ha qi da t ushuncha . Irodav i y fa ol iy a t ni ng   um um i y x ususiy a t l a ri . 4.           Irodav i y ak t v a uning t uzi l i shi . SHaxsni ng i rodav i y sif at l ari . 5.   Hissiy ot haqida  tushuncha.   H issiy   h olatlarning  nerv-fiziologik  asoslari.

Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:   a) shaxsni ng ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini ; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi ; v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va h ok a zo. Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi. Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi. H issiyot   bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga

kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.                      Hissiyot   – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi. Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb a t aladi.[1] Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham

bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. Chunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «Yuragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi. Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi. Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv- fiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: «Menimcha, ko‘pincha  odatdagi  turmush  tartibining  o‘zgargan paytlarida  odat  bo‘lib,  qolgan  birorta  mashg‘ulot  yaqin  kishidan  judo bo‘lganda,  aqliy  iztirob  chog‘ida  kechiriladigan  og‘ir  hissiyotlarning  fiziologik asosi  xuddi  eski  dinamik  streotipning  o‘zgarishi,  uning  yo‘qolishi  va  yangi dinamik  streotipning  qat’iylik  bilan  hosil  bo‘lishidan  iborat  bo‘lsa  kerak». Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko‘rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli ko‘ydan lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning

nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tug‘diradi. Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab hisni tashkil qiladi. [2] Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi. Chunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv- fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq. 2. Hissiyot  nazariyalari  (Djeyms-Lang,  Kennon-Bard,  S.SHaxtyor,  D.Zinger). Qarama-qarshi  emotsiyalar  nazariyasi  (R.Salomon  bo‘yicha) Uzoq vaqt davomida psixologlar hissiyotlar tabiati haqidagi masalani echishga uringanlar. XVIII-XIX asrlarda ushbu muammo bo‘yicha hech qaday nuqtai nazarlar mavjud emas edi. Keng tarqalgan qarashlardan hissiyotlarning organik ifodalanishlari – bu psixik hodisalarning oqibati haqidagi dalil asosida paydo bo‘lgan   intellektuallashtirish nuqtai nazari dir.   Tasavvur   fundamental psixologik dalil bo‘lib hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida o‘rnatiladigan aloqalarga mos keladi, va tasavvurlar o‘rtasidagi nizolika nisbatan ta’sirlanish sifatida ko‘rib chiqiladi, deb hisoblagan I.F. Gerbart, bu nazariyaning aniq ifodasini keltirdi. V. Vundt ham bu nazariyaning tarafdori edi. SHunday qilib,