Ekologik tizimlar haqida tushuncha
Ek ologik t izimlar haqida t ushuncha Reja: 1. Ek ologik t izim t ushunchasi. 2. Ek ot izimda modda v a energiy a oqimi. 3. Ek ot izimlarning mahsuldorligi, ek ologik piramida v a uning qoidalari. 4. Ek ologiy aning mat emat ik modeli. 5. Ek ot izimlarning dinamik asi v a suk t sessiy asi.
Ekologik tizim tushunchasi Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy- energetik aloqada yashaydi. O`simliklar ozuqlanish jarayonida o`lik tabiatdan karbonot angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni oladi ya'ni ular hali iste'mol qilishga tayyor bo`lmagan anorganik moddalarni olib, ulardan organik birikmalarni sintezlaydi. Shuning uchun ham ularga avtotroflar, ya'ni o`zlari uchun o`zlari ovqat tayyorlaydiganlar deb nom berilgan. Tayyor ozuqa moddalari bilan oziqlanuvchi organizmlarga esa geterotroflar deyiladi. Bularga barcha o`txo`r va etxo`r organizmlar misol bo`ladi. Demak, geterotrof organizmlar avtotrof organizmlar hisobida yashaydi. Ular tashqi muhitdan qo`shimcha kislorod va suv ham oladi. Avtortrof va geterotrof organizmlarning olgan ozuqasi tarkibidagi barcha moddalarning o`rni biogen modda aylanishi davomida tabiatda tiklanib turadi. Demak, barcha organizmlar modda aylanish jarayonida ham o`zaro va ham tashqi muhit bilan bog`langan yaxlit tizimni hosil qiladi. Tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasi ekotizimlar deb ataladi. Bu terminni fanga 1935 y., ingliz olimi A. Tensli kiritgan. Ekotizimlar hajmi jihatidan turlicha kattalikda bo`ladilar. Masalan, daraxtning chiriyotgan poyasini kichik bir ekotizim, ya'ni
mikroekotizim deyish mumkin. O`rmon, ko`l, o`tloq va hokazolarni o`rtacha kattalikdagi ekotizim, ya'ni mezotizim deyish mumkin. Okean, qit'a va shu kabilarni yirik ekotizim, ya'ni makrotizim deyish mumkin. Eng yirik ekotizim ya'ni megaekotizim – bu biosfera hisoblanadi. Ekotizimning sinonimi sifatida fanda ko`pincha biogeotsenoz atamasi ham qo`llaniladi. Bu ikkala tushuncha bir-biriga yaqin, biogeotsenoz ekotizimning muayyan maydondagi bir bo`lagi hisoblanadi. EKOTIZIMDA MODDA V A EN ERGIY A OQIMI Yerda hayotning davom etishida quyoshdan kelayotgan energiya oqimi muhim rol o`ynaydi. Avtotrof organizmlar bu energiyadan foydalanib, fotosintez jarayonida organiq birikmalarni sintezlaydi, geterotrof organizmlar esa ularni iste'mol qiladi. Iste'mol qilingan organik moddalar bilan birga ularning tarkibida saqlangan energiya geterotrof organizmlarga o`tadi. Kishi ovqatlanishida ajralib chiqadigan issiqlik, yog`och, toshko`mir yoki torfning yonishida chiqadigan issiqlik va yorug`lik o`sha quyoshdan olinib, to`planib qolgan energiyadir. Organizmlarning ozuqalanishiga ko`ra aloqalari trofik aloqalar deyiladi. Organizmlar o`rtasidagi trofik aloqalar ozuqalar
zanjirini hosil qiladi. Bu zanjir yopiq bo`lib, 3 ta zvenodan tashkil topadi: 1-zveno – produtsentlar bo`lib, bularga avtotrof organizmlar ya'ni yashil o`simliklar kiradi. Ular ozuqani yaratuvchilar hisoblanadi. 2–zveno – konsumentlar ya'ni iste'mol qiluvchilar. Bularga barcha hayvonlar va insonlar kiradi. 3-zveno – redutsentlar ya'ni o`zgartiruvchilar. Bularga mikroorganizmlar va zamburug`lar kiradi. Ular tuproqqa qaytgan organik moddalarni parchalab, oddiy anorganik elementlarga aylantiradi. Shunday qilib, ekotizimda moddalar va energiya bir organizmdan boshqasiga o`tib oqib yuradi. Moddalar yopiq zanjir bo`yicha oqsa, energiya ochiq zanjirda oqadi, ya'ni u ertami- kechmi tashqi muhitga chiqib ketadi. Nega tirik organizmning massasi u o`zlashtirgan moddalar massasiga teng emas? – degan savol tug`iladi. Axir odam o`zining 70 yillik hayotida o`rtacha 45 t. ovqat iste'mol qilsa, uning vazni shunchalik o`smaydi-ku! Gap shundaki organizmga kirgan ozuqaning faqatgina kichik bir qismi uning o`sishiga ya'ni vazn to`plashiga sarf bo`ladi. Uning ko`pchiligi nafas olish, harakatlanish, ko`payish va boshqa jarayonlar uchun sarflanadi, yana bir qismi esa hazm bo`lmay, chiqindi sifatida muhitga
chiqarib tashlanadi. Organizm to`playdigan massaning u shu massani to`plash uchun oladigan ozuqa massasidan kam bo`lishini ekologik piramida qoidalari bilan tushuntirish mumkin. EKOTIZIMLA RN IN G MA HSULDORLIGI V A EKOLOGIK PIRA MIDA QOIDA LA RI Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi deganda ma'lum maydondagi tirik organizmlarning muayyan vaqt birligida vazn to`plash tezligiga tushuniladi. Bu tezlik tabiatda vaqt va joyga ko`ra turlicha kechadi. Produtsentlarning muayyan vaqt birligida to`plangan vazni birlamchi mahsulot hisoblanadi. U shu mahsulotni to`plash uchun tuproqdan undan ko`ra ancha ko`p modda oladi. Bu moddalarning 40-70 % ni o`z hayotiy jarayonlariga (nafas olish, oziqlanish, suv bug`latish) sarflaydi, qolganini vazn sifatida to`playdi. Birlamchi mahsulot konsument va redutsentlar uchun ozuqa bo`lib hisoblanadi. Ular ham ozuqa sifatida olingan birlamchi mahsulotning ko`p qismini o`z hayotiy ehtiyojlariga sarflab, faqat ozginasini vazn sifatida to`playdilar. Ularning to`plagan bu vazni ikkilamchi mahsulot deyiladi. Shunday qilib, geterotrof organizmlar birlamchi mahsulot hisobida yashaydi va uning faqatgina bir qismini ikkilamchi