logo

Yuksak his-tuyg’ularning shaxs taraqqiyotidagi o’rni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

275.5 KB
MAVZU:    Yuksak his-tuyg’ularning shaxs taraqqiyotidagi o’rni
REJA
KIRISH
I-bob: Hissiyotlarni o’rganishning o’ziga xos jihatlari.
1.1. Hissiyotlarni o`rganishning nazariy va amaliy qiymati.
1.2.   Yuksak his-tuyg’ular haqida tushuncha .
II-bob:   Yuksak   his-tuyg’ularni   tadqiq   qilish   yo’llari,   usullari   va
vositalari.
2.1 Yuksak his-tuyg’ular ning shaxs hayotidagi o’rni
2.2    O`zining hissiyot holatlarini baholash metodi.
.
Xulosa.
Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. KIRISH.
XXI   asr   buyuk   o‘zgarishlar   davri   bo‘lishiga   shubha   yuk.   Bu   o‘zgarishlar   eng
avvalo inson tafakkurida, uning fikrlash tarzida ro’y berishi muqarrar. Tabiiyki, bu holat
shaxs ma’naviyati va u orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay
qolmaydi.         O‘zbekiston   Respublikasining   Prezidenti   I.A.Karimov   milliy   istiqlol
mafkurasini   shakllantirishning   hayotiy   zarurat   va   dolzarbligi   haqida   gapirar   ekan,
«Milliy  g‘oya   birinchi   navbatda   yosh   avlodni   vatanparvarlik,  el   yurtga   sadoqat   ruxida
tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek
olijanob   ishlarimizda   madadkor   bo‘lishi   zarur»,   deb   alohida   ta’kidlaydi.   Bu   vazifalar,
birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bulmish yosh avlodning bilim olish, yuqori
malakali kadrlar bulib o‘z yurti va xalqiga sidqidildan xizmat qilish, ozod yurt ravnaqi
va baxt-saodati uchun halol mexnat qilishga o‘rgatishni nazarda tutadi.
O’zbekistonda     yangi   hayot,   yangi   jamiyat   qurishga,   kelajagimizni   jahon
hamjamiyatining   uzviy   bir   qismi   sifatida   barpo   etishga   azmu   qaror   qilingan   dastlabki
kunlardanoq bunday yuksak maqsadlarga erishishning eng muhim sharti – o’z mustaqil
fikriga ega, mustahkam irodali, chuqur bilimli, dunyoda hyech kimdan kam bo’lmagan
sog’lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish bilan bog’liq.
Ana   shu   maqsadni   amalga   oshirish   yo’lida   dastlabki   qadam   sifatida   “Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi”   ishlab   chiqildi.   Dasturdan   ko’zlangan   asosiy   maqsad   –
mustaqil   taraqqiyotimizning   ustivor   yo’nalishini   tashkil   etadigan   sog’lom,   barkamol
avlodni   voyaga   yetkazish   etib   belgilandi.   Sog’lom   avlod   tarbiyasida   esa   uning
ruhiyatini,   psixik   jarayonlarini,   hissiy   va   irodaviy   xususiyatlarini   tarbiyalash   muhim
ahamiyat kasb etadi.
Bizning   psixik   hayotimizda   hislar   alohida   o’rin   tutadi.   Bizning   intellektual
jarayonlarimizda   obyektiv   dunyo   sezgilar,   idroklar,   tasavvurlar   va   fikrlar   tariqasida
in’ikos   qiladi.   Intilishlar   va   iroda   jarayonlarida   odam   o’z   miyasida   in’ikos   etayotgan dunyoga ta’sir qiladi. Hislar esa odamning o’z atrofidagi obyektiv voqyelikka va o’zi ga
munosabatidan hosil bo’ladigan tuyg’ulardir.
Shu bilan bir vaqtda bu tuyg’ular shaxsning quruq, mazmunsiz holati emas: aqliy
jarayonlarning   hammasi   –   sezgi   va   idroklar,   xotira,   tafakkur   va   nutq   xilma-xil
emosional komponentlardan tarkib topadi.
Hislar   bo’lmaganida   edi   bizning   idrok   qilishimiz,   xoti ra,   tafakkur,   tasavvur
jarayonlari nursiz, jonsiz bo’lib qolur edi, sezilmaydigan bo’lib o’tar edi yoki umuman
vujudga kelmas edi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, hislar idrokimizning yorqin va juda
to’liq   bo’lishini   ta’minlaydi,   tez   va   mustahkam   eslab   olishimizga   ta’sir   qiladi.
Emosional   tuyg’ular   bilan   birgalikda   eslab   qolingan   narsalar   xotiramizda   tez   va
mustahkam   o’rnashib   qoladi.   Xotiramizdagi   narsalarni   ko’z   oldimizga   tez   keltirish
hislarga   bog’liqdir.   Hislar   fantaziyamizni   ishga   soladi.   Fantaziya   obrazlari   emosional
hislar   tufayli   yorqin   va   jonli   bo’lib   qoladi   yoki,   aksincha,   tafakkur   jarayonlarini
to’xtatib qo’yadi. Hislar fikrlarimizning yorqin va jonli bo’lishini ta’minlaydi.
Hislar nutqimizni burro qiladi, nutqimizning ishonchli, yorqin va jonli bo’lishini
ta’minlaydi.   Hislar   tafakkur   va   iroda   bilan   birgalikda   bizning   harakatlarimizni
tug’diradi   va   rag’batlantiradi.   Bizdagi   beixtiyor   harakatlarning   ko’pchiligi   emosional
harakatlardir.   Iroda   harakatlarining   kuchi   va   shiddati   ko’p   jihatdan   hislarimizga
bog’liqdir.
Mana   shu   intellektual   va   iroda   jarayonlarida   hislarning   o’zi   ham   sermazmun
bo’lib   qoladi,   intellektual   va   iro da   komponentlari   bilan   tasavvurlar,   tushunchalar,
intilishlar   bilan   boyidi.   Hislar   inson   hayotining   mazmunini   boyitadi.   Emosianal
kechinmalari oz va kuchsiz bo’lgan kishilar quruq,   mayda gap kishilar bo’lib qoladilar,
o’z faoliyatlarida va o’zlarining ayrim hatti-harakatlarida formalist bo’lib qoladilar.
Ammo   kishining   hayotida   turli   hislar   turlicha   ahamiyatga   ega   bo’ladi,   Ijobiy
hislar,   masalan,   xursandlik,   ruhlanish   bizning   hayotiy,   ijodiy   faoliyatimizni   oshiradi.
Aksincha, salbiy hislarning ko’pi hayotiy, ishchanlik faoliyatimizni pasaytirib yuboradi,
Masalan,   havotir,   g’amginlik,   tashvish,   ma’yuslik,   o’z   kuchimizga   ishonmaslik   hislari
mana shunday salbiy hislardir. Yuksak hislar odam faoliyatining hamma turlarida katta rol o’ynaydi, o’yinlarni,
o’qish   va   o’rganishni   hamda   mehnatni   jonlantiradi   va   aktivlashtiradi.   Hislar   zaif
bo’lganida odamning faoliyati bo’shashib ketadi, ya’ni odam lanj bo’lib qoladi.
Tadqiqotning   maqsadi:   Yuksak   his-tuyg’ularning   shaxs   hayotidagi   o’rni   va
ahamiyatini tadqiq qilib  o’rganishdan iborat.
Tadqiqot   predmeti:   Tadqiqot   predmeti   bo’lib   yuksak   his-tuyg’ularni
o`rganishninig pedagogik-psixologik jihatlari xizmat qiladi.
Tadqiqot   obyekti:   Tadqiqotimiz   obyekti   bo’lib   SamDU   Pedagogika   fakulteti,
psixologiya yo’nalishi 3-bosqich talabalari  hisoblanadi.
Tadqiqotning vazifalari:
1. Hissiyotlarni o`rganishning nazariy va amaliy qiymatini aniqlash.
2.  Yuksak his-tuyg’ular haqida umumiy tushuncha berish .
3.  Yuksak his-tuyg’ularning shaxs hayotidagi ahamiyatini baholash .
4. O`zining hissiyot holatlarini baholash metodidan foydalanish.
Tadqiqot   farazi:   Agar,   shaxslarga   xos   bo’lgan   yuksak   his-tuyg’ularni
eksperimental   tadqiq   qilib   o’rganib   ularni   rivojlantirish   yo’llarini   qullasak,   inson
psixikasini rivojlanishida yanada samaradorlikka erishishimiz mumkin.
Tadqiqotning   metodologik   asosi:   O’zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi»,   «Ta’lim   to’g’risida»gi   Qonun,   Prezident   I.A.Karimovning
barkamol   avlod   tarbiyasi   bo’yicha   g’oyalari,   ma’ruzalari,   Sharq   mutafakkirlarining
ta’lim-tarbiya   jarayoni   samaradorligini   oshirish   bo’yicha   qarashlari,   shuningdek
Respublikamiz   pedagog-psixolog   olimlarining   hissiyot   va   emosiyalarni   o’rganish
muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlari tadqiqotimiz uchun asos qilib olindi. I-bob: Hissiyotlarni o’rganishning o’ziga xos jihatlari.
1. 1 .   Hissiyotlarni o`rganishning nazariy va amaliy qiymati .
Bizning   psixik   hayotimizda   hislar   alohida   o’rin   tutadi.   Bizning   intellektual
jarayonlarimizda   obyektiv   dunyo   sezgilar,   idroklar,   tasavvurlar   va   fikrlar   tariqasida
in’ikos   qiladi.   Intilishlar   va   iroda   jarayonlarida   odam   o’z   miyasida   in’ikos   (aks)
etayotgan dunyoga ta’sir qiladi. Hislar esa odamning o’z atrofidagi obyektiv voqyelikka
va o’zi ga munosabatidan hosil bo’ladigan tuyg’ulardir.
Shu bilan bir vaqtda bu tuyg’ular shaxsning quruq, mazmunsiz holati emas: aqliy
jarayonlarning   hammasi   –   sezgi   va   idroklar,   xotira,   tafakkur   va   nutq   xilma-xil
emosional komponentlardan (yoki momentlardan) tarkib topadi.
Hislar   bo’lmaganida   edi   bizning   idrok   qilishimiz,   xoti ra,   tafakkur,   tasavvur
jarayonlari nursiz, jonsiz bo’lib qolur edi, sezilmaydigan bo’lib o’tar edi yoki umuman
vujudga kelmas edi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, hislar idrokimizning yorqin va juda
to’liq   bo’lishini   ta’minlaydi,   tez   va   mustahkam   eslab   olishimizga   ta’sir   qiladi.
Emosional   tuyg’ular   bilan   birgalikda   eslab   qolingan   narsalar   xotiramizda   tez   va
mustahkam   o’rnashib   qoladi.   Xotiramizdagi   narsalarni   ko’z   oldimizga   tez   keltirish
hislarga   bog’liqdir.   Hislar   fantaziyamizni   ishga   soladi.   Fantaziya   obrazlari   emosional
hislar   tufayli   yorqin   va   jonli   bo’lib   qoladi   yoki,   aksincha,   tafakkur   jarayonlarini
to’xtatib qo’yadi. Hislar fikrlarimizning yorqin va jonli bo’lishini ta’minlaydi.
Hislar   nutqimizni   burro   qiladi,   nutqimizning   ishonchli,   yorqin   va   jonli
bo’lishini ta’minlaydi. Hislar tafakkur va iroda bilan birgalikda bizning harakatlarimizni
tug’diradi   va   rag’batlantiradi.   Bizdagi   beixtiyor   harakatlarning   ko’pchiligi   emosional
harakatlardir.   Iroda   harakatlarining   kuchi   va   shiddati   ko’p   jihatdan   hislarimizga
bog’liqdir.
Mana   shu   intellektual   va   iroda   jarayonlarida   hislarning   o’zi   ham   sermazmun   bo’lib
qoladi,   intellektual   va   iro da   komponentlari   bilan   tasavvurlar,   tushunchalar,   intilishlar
bilan   boyidi.   Hislar   inson   hayotining   mazmunini   boyitadi.   Emosianal   kechinmalari   oz va kuchsiz bo’lgan kishilar quruq,   mayda gap kishilar bo’lib qoladilar, o’z faoliyatlarida
va o’zlarining ayrim hatti-harakatlarida formalist bo’lib qoladilar.
Ammo   kishining   hayotida   turli   hislar   turlicha   ahamiyatga   ega   bo’ladi,   Ijobiy
hislar,   masalan,   xursandlik,   ruhlanish   bizning   hayotiy,   ijodiy   faoliyatimizni   oshiradi.
Aksincha, salbiy hislarning ko’pi hayotiy, ishchanlik faoliyatimizni pasaytirib yuboradi,
Masalan,   havotir,   g’amginlik,   tashvish,   ma’yuslik,   o’z   kuchimizga   ishonmaslik   hislari
mana shunday salbiy hislardir.
Hislar   odam   faoliyatining   hamma   turlarida   katta   rol   o’ynaydi,   o’yinlarni,   o’qish   va
o’rganishni   hamda   mehnatni   jonlantiradi   va   aktivlashtiradi.   Hislar   zaif   bo’lganida
odamning faoliyati bo’shashib ketadi, ya’ni odam lanj bo’lib qoladi.
Bolalarning   o’yinlari   emosiyalarga   boy   harakatlardir.   Hislar   o’yinlarning
tug’ilishiga sabab bo’ladi va ayni vaqtda shu o’yinlarning o’zi bolalarda xilma-xil ijobiy
tuyg’ular   tug’diradi.   Bu   tuyg’ular   esa   bolalarimizga   tetiklik   va   hushchaqchaqlik
bag’ishlaydi.
Mehnatda ham hislarning ahamiyati kattadir. Ijobiy hislar  g’ayratimizni, mehnat
qobiliyatimizni   oshiradi.   Ijobiy   emosional   holatda   ishlayotgan   kishining   mehnati
sermahsul bo’ladi va kishini kamroq charchatadi.
Odamda   maqsadga   muayyan   ijobiy   emosional   munosabat   bo’lgandagina   bunday
maqsad aktiv ijodiy faoliyatni vujudga keltiradi. Ijod qilmoq, yaratmoq uchun kishining
o’z   ishiga   mehr-muhabbati   zo’r   bo’lishi,   ijodkorlik   mashaqqatlari   va   shodliklaridan
zavqlanishi   kerak.   Xalqimizning   hayoti   va   ijodiy   faoliyati   ta’sirchan   emosional
tuyg’ularga   boydir.   Mehnatdagi   xursandlik   va   ruhlanish   yangilik   hissi,   o’rtoqlik   va
do’stlik hissi, milliy iftihor hissi vatanparvarlik hissi kishilarimiz hayotining mazmunini
tashkil   etadi.   Yangilik   hissi   bo’lmagan   odamlarga   salbiy   nazar   bilan   qaraymiz,
vatanparvarlikka   qarshi   har   qanday   harakatlarni   ko’rganimizda,   ayrim   kishilarning
qo’rqoqlik qilganligini, ularda o’rtoqlik va do’stlik hislari yo’qligini ko’rganimizda biz
bunga   g’azablanamiz   va   bunday   kishilardan   nafratlanamiz.   Emosional   ruhlanish   va
zavq   bizda   ilg’orlar   va   novatorlar   harakatining   o’sishiga   va   rivojlanishiga   olib   kelgan
sabablardan   biri   bo’ldi.   Hislar   odamning   ijodiy   faoliyatini   aktivlashtirib   yuboradigan
«uchqundir»,   «olovdir».   Ijodiyotning   hamma   turlarida   obrazlar   va   ideyalarni gavdalantirishda   kishidagi   hislar   ishtirok   qiladi.   Xuddi   shuningdek,   yangilik   uchun
kurash   kuchli   hislar   bo’lganidagina   olib   borila   oladi.   Biror   nimani   yaratish   va   uning
uchun   kurashish   uchun   shu   narsani   sevish   va   unga   mehr   qo’yish   kerak,   biror   nimaga
qarshi kurashish uchun esa shu narsaga kishida nafrat tug’ilishi kerak.
Jamiyatga   nisbatan   yuksak   ijodiy   hislarni   o’stirish   yosh   bo’g’inning   juda   muhim
vazifasidir.
Kishining   hislari   uning   aql-farosatining   o’sib   borishi   bilan   birlikda,   uning
ehtiyojlarining o’sib borishi bilan  birlikda, faoliyatida o’sib boradi. O’sib borayotgan
hislar   esa   odamning   aqliy   va   amaliy   faoliyatini   o’stiradi,   o’sib   borayotgan shaxsning
ehtiyojlarini kuchaytiradn va mustah kamlaydi.
Tarbiya   olish   va   o’z-o’zini   tarbiyalash   hislarning   o’sishida   katta   ahamiyatga
egadir.   Hislarni   tarbiyalash   keraksiz   va   salbiy   hislarni   tiyish dan,   ijtimoiy   jihatdan
qimmatli va barqaror ijobiy hislarni  o’stirish hamda mustahkamlashdan iborat bo’ladi.
Hislar  xilma-xil yo’llar bilan tarbiyalanadi.
Chunonchi,   ayrim   hislarning   manbalari   bir   shaklda   ko’p   m artalab   takrorlana
bersa,   unday   hislar   «so’nib   qolishi»   mumkin.   Masalan,   agar   bola   qorong’i   uyga
kirishga   qo’rqsa,   uning   shu   uyga   tez-tez   kira   berishi   bilan   undagi   qo’rqish   yo’qo la
boshlaydi. Agar o’quvchi doskaga chaqirilganida, u o’qib  berishga yoki yozishga uyalib
hijolat   tortsa,   bunday   o’quvchini   doskaga   tez-tez   chiqara   berish   kerak,   ana   shunda   u
tortinmay digan   bo’lib   _qolishi   mumkin.   Ko’p   kishilar   ko’pchilik   oldida   birinchi   marta
so’zlagan vaqtlarida ularda qo’rqish hissi   paydo bo’ladi, lekin ular qayta-qayta so’zga
chiqaverganlari dan   keyin,   ulardagi   bu   qo’rqish   hissi   susaya   beradi   va   butunlay
«so’nib   qolishi»,   yo’q   bo’lib   ketishi   mumkin.   Albatta,   bunda   shu   hislarni   to’ldiruvchi
manbaning   tak rorlana   berishi   emas,   balki   odamning   salbiy   kechinmalardan   qutulish
istagi muhim rol o’ynaydi.
Lekin bu qonuniyat faqat oddiy va tez o’tib ketadigan   hislargagina, bizga bir
xilda   ta’sir   qiluvchi   va   mazmuni   chuqur   bo’lmagai   obyektlar   sababli   tug’iladigan
hislargagi na   taalluqlidir.   Murakkab   chuqur   hislar   bizda   shu   hislarni   to’ldirgan
obyektlar   bizga   qayta-qayta   ta’sir   o’tkaza   berga nida   yo’q   bo’lib   ketmaydi,   balki,
aksincha,   tag’in   ham   kuchli   va   barqaror   bo’lib   qoladi.   Masalan,   muzika   asarlarini qayta- qayta eshitish natijasida bizning estetik hislarimiz chuqur,   kuchli bo’lib qoladi.
o’zimiz   yaxshi   ko’rgan,   o’zimiz   uchun   kadrli   bo’lgan   joylarga   har   safar
borganimizda   bizning   shu   joy larga   bo’lgan   hissimiz,   mehrimiz,   odatda,   kuchaya
boradi.   Ayrim   emosional   kechinmalarning   «so’nib   qolishi»   da   boshqa   qonuniyatlar
ham bor. Masalan, qarama-qarshi hislar   ba’zi nisbatlarda bir-birini yo’qotib yuborishi
mumkin.   Salbiy   his   paydo   bo’lib   turganida   kuchliroq,   ijobiy   his   tug’diradigan   sabab
paydo   bo’lib   qolsa,   u   holda,   salbiy   his   so’nib   qolishi,   yo’qolishi   mumkin.   Masalan,
bir   bola   yiqilib   tu shib,  yig’lab  turibdi. Onasi  shu  paytda  kelib qolib,  uni  erkalatdi–
bu erkalatish kuchli sababchi bo’ladi, shuning uchun   ham bolada ko’z yoshi o’rniga
kulish, xursandlik paydo  bo’ladi.
O’quvchi cho’chib turishini uni qayta-qayta doskaga chaqira   berish yo’li bilangina yo’q
qilib   qolmasdan,   balki   bolada   qarama-qarshi   hislar   tug’dirish   yo’li   bilan   ham   bu
cho’chishlik ni   yo’qotish   mumkin.   Masalan,   birinchi   sinf   bolasidagi   cho’ chishlikning
sababi uning o’z kuchiga ishonmasligidan iborat  bo’lsa, unga bemalol bajara oladigan
vazifa   berish   kerak.   Bola   shu   vazifani   bajarganida   uni   maqtash   kerak.   Maqtash,
rag’batlantirish   bolada   ijobiy   emosiya   tug’diradi,   cho’chish,   qo’rqish   hissi   esa   unda
yo’qola   boshlaydi,   shuning   uchun   ham   bunday   bolani   doskaga   chaqirgan   vaqtda,   u
unchalik cho’chimay,  doska oldiga dadilroq bo’lib keladi.
H islarni   iroda   kuchi   bilan   o’zgartirish   mumkin.   Avvalo   ma’lum   bir   h islarning
tashqi   ifodasini   ixti yoriy   ravishda   o’zgartirish   yoki   vujudga   keltirish   mumkin.
Chunonchi,   odam   o’zini   tashqaridan   qaraganda   q uvongan   qilib   ko’rsatish   bilan   ba’zan
h aqiqatan ham o’zida xursandlik hissi ni kechira boshlaydi. Shu tufayli u bardam bo’lib
qoladi,   h aqiqatan   ham   o’zini   tetik   h is   qila   boshlaydi.   Shu   sababli,   u larning   tashqi
ifodasini boshqarib turish,   h islarning   tashqi  ifodalarini  tiya bilish yoki shunday   h islarni
o’zida   tug’dira  bilish  va  vujudga  keltira   olish   odamning  emosional   holati   uchun   katta
ahamiyatga   egadir.   Odatda,   maktabda   tashqi   faktorning  roli   hisobga   olinadi,   shuning
uchun   ham   m aktabda   muayyan   emosional   holat   vujudga   keltirmo q   uchun   tashqi
intizomga va yurish-turishning batartib bo’lishiga alohida ahamiyat beriladi.
Lekin   hamisha   ham   shunday   bo’la   bermaydi.   H ar   qanday   tashqi   harakat   –
mimika,   imo-ishoralar   va   shu   kabi   harakat lar   o’z-o’zidan   tegishli   h islar   tug’dira beradi, deb o’ylash   noto’g’ridir   kechirmasligimiz mumkin. Alamning tashqi ifodalarini
o’zi mizda   bosgan   bo’lsak   ham,   lekin   biz   bu   bilan   alamiing   o’zini   yo’qotmagan
bo’lishimiz mumkin.   H islarning tashqi ifodala rini   o’zimizda   bosish   ( o’ zimizni   bosib
olishimiz),   ko’pincha,   h islarimizni   susaytiradi-yu,   ammo   bu   h islarni   batamom
yo’qotmaydi.
H islarni   iroda   yordami   bilan   boshqarib   turish   usullari   ham   bor.   Iroda   kuchi
bilan   tasavvur   va   fikrlar   tug’dirish   yoki   yaratish   mumkin,   bunday   tasavvur   yoki
fikrlar   tegishli   h islarni   ham   tug’dirishi   mumkin.   Iroda   kuchi   bilan   tegishli   emosional
holatni   kishi   o’zida   bosib   olishi   yoki   davom   etti rishi   mumkin.   Masalan,   odam   iroda
kuchi   bilan   o’zida   muayyan   ishga   me h r-   mu h abbat   tug’dirishi   va   keyin   shu   mu h abbat
hissi ni   musta h kamlashi   mumkin.   Biz   d o’ stlik   hissini   saqlash   zarurligi   to’g’risida,   er
bilan   xotinning   bir-biriga   mu h abbatini   va   h urmatini   musta h kamlash,   oila   a’zolari
o’rtasida   bir-biriga   mu h abbat   va   h urmatni   musta h kamlash   zarurligi   va   mumkinligi
to’g’risida   gapiramiz.   Ijobiy   h islar   ba’zan   uch q un   kabi   paydo   bo’lishi   mumkin.   Bu
uch q un   yonib   olovga   ay lanishi   uchun,   eng   muhimi   esa   h isning   uzoq   davom   qiladigan
bo’lib qolishi uchun kishiiing o’z irodasi ham zo’r berishi  lozim.
H islar   odamning   o’z   iroda   kuchini   ishga   solish   yo’li   bilan   tarbiyalanadi   va
kamolga   yetkaziladi.   H islarni   tarbiyalash   va   kamolga   yetkazishda   odamning
turmushdagi o’z vazifalarini va maqsadlarini anglab ishlashi, muayyan maqsadga bilib
intilishi katta ahamiyatga egadir.
H islarni   tarbiyalash,   asosan,   irodani   tarbiyalashga,   jum ladan,   kishi   o’z-o’zini
tuta   biladigan   qilib   tarbiyalanishiga   bog’liqdir.   Odamda   o’zining   emosional
kechinmalarini   bosh q a rish   zarurligini   anglashni   u qtirib   borish   va   h aqiqatan   ham shu
kechinmalarni boshqara bilishni o’qtirib borish tar biyaning asosiy   vazifalaridan  biridir.
Odamda   o’z-o’zinn   tuta   bilish   q ob i liyatini   o’stirish   –   iroda   va   xarakterni
tar biyalashning muhim jihatlaridan biridir.
Kishilarda   kuchli,   barqaror   ijobiy   h islarga   moyillik   paydo   qilish,   doimiy   bardamlik   va
quvnoqlik   kayfiyati,   ruhlanib   ishlash   kayfiyati   paydo   qilish   kishini   emosional   jihatdan
tarbiyalashning asosiy maqsadidir. Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni sub'ektiv
kechinmalarining   aks   ettirilishidir.   Shaxs   tirik   mavjudod   bo’lishi   bilan   birga   jamiyat
a'zosi   hamdir,   shuningdek,   yakkahol   (individual)   inson   sifatida   tevarak-atrofdagi
narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (ob'ektiv) aks ettiradi, in'ikos
qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 
                a) shaxsning eshtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; 
               b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko’rsatadigan ob'ektlarga 
sub'ekt sifatida qatnashishni; 
                        v) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va hokazo.
Sub'ektiv   munosabatlarning   inson   miyasida   His-tuyg’ular,   emosional   holatlar,   yuksak
ichki kechinmalar tarzida aks etishi  Hissiyot  va emosiyani  yuzaga keltiradi. Hissiyot  -
yaqqol   voqelikning   eshtiyojlar   sub'ekti   bo’lmish   shaxs   miyasida   ob'ektlarga   nisbatan
uning uchun qadrli, ahamiyatli bo’lgan munosabatlarining aks ettirilishidir. 
Mulohazalardan   ko’rinib   turibdiki,   munosabat   atamasi   bir   necha   marta   matnda
qayd   qilindi,   shuning   uchun   unga   ayrim   izohlar   berish   maqsadga   muvofiqdir.
Psixologiyada   hali   bir   talay   terminlar,   atamalar,   tushunchalar   mavjudkim,   ularga
moshiyat,   ma'no,   qo’lam,   sifat,   shakl   jishatidan   qo’llanilishi   yuzasidan   ba'zi   bir
tuzatishlar kiritilishi ayni muddao bo’lar edi. 
Psixologiya   fanida   munosabat   tushunchasi   ikki   xil   ma'noda   qo’llanilib   kelinadi:
1)   sub'ekt  (shaxs)  bilan  ob'ekt  (narsa)  o’rtasida  tabiiy holda  (tarzda)  yuzaga  keladigan
o’zaro aloqa o’rnatish (ob'ektiv munosabatlar); 2) o’rnatilgan aloqalarning aks ettirilishi
(ularning   kechinmasi),   xususiy   sub'ektning   ehtiyojlari   va   ularning   ob'ektlararo
munosabati   (sub'ektiv   munosabatlar),   binobarin,   namoyon   bo’lgan   ehtiyojlarni
qondirishga   shay   turgan   narsalar   bilan   odam   o’rtasidagi   munosabat   ma'nosida
ishlatiladi.   Hissiyot   tushunchasi   kundalik   turmushda   va   ilmiy   psixologik   manbalarda
har   xil   ma'noda   qo’llaniladi.   Jumladan,   Hissiyot   o’rnida   sezgilar,   anglanilmagan
mayllar,   anglanilmagan   xohishlar,   tilaklar,   maqsadlar,   talablar   tushunchalardan
foydalaniladi.   Bu   holatlar   o’rtasidagi   o’zaro   o’xshashlikka   asoslanib   ishlatilishi
kundalik turmush voqealari bo’lib Hisoblanadi, xolos.  Ilmiy   nuqtai   nazardan   kelib   chiqib   tashlil   qilinganda   "Hissiyot"   odatda   tirik
mavjudodlar   miyasida,   ya'ni   shaxslarning   eshtiyojlarini   qondiruvchi   va   unga   monelik
qiluvchi   ob'ektlarga   nisbatan   uning  (odamning)   munosabatlarini   aks   ettirish   ma'nosida
qo’llaniladi. 
Jahon   psixologiyasida   "Hissiyot"   bilan   "emosiya"   terminlari   (ayniqsa   chet
mamlakatlarda) bir xil ma'noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish
mumkin   emas.   Bunday   nuqson   ommabop   adabiyotlarda,   chet   ellarda   chop   etilgan
darsliklarda   aksariyat   shollarda   uchraydi.   Odatda   tashqi   alomatlari   yaqqol   namoyon
bo’ladigan   His-tuyg’ularni   ichki   kechinmalarda   ifodalanishdan   iborat   psixik   jarayon
yuzaga   kelishining   aniq   shaklini   emosiya   deb   atash   maqsadga   muvofiq.   Masalan,
ranglarning   o’zgarishi,   yuzlarning   ta'bassumlanishi,   lablarning   titrashi,   ko’zlarning
yarqirashi,   kulgu,   yig’i,   g’amginlik,   ikkilanish,   sarosimalik   va   boshqalar   emosiyaning
ifodasidir.   Lekin   vatanparvarlik,   javobgarlik,   mas'uliyat,   vijdon,   meshr   oqibat,   sevgi-
mushabbat   singari   yuksak   xislatlarni   emosiya   tarkibiga   kiritish   g’ayritabiiy   hodisa
Hisoblanar   edi.   Ushbu   Hissiy   kechinmalar   o’zining   moshiyati,   kuch-quvvati,
davomiyligi,   ta'sirchanligi,   yo’nalganligi   bilan   bir-biridan   keskin   farq   qilishlariga
qaramay, ularni emosiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo’lar edi.
Shu   boisdan   ularning   o’zaro   eng   muhim   farqi   shundaki,   birisi   ijtimoiy   (Hissiyot),
ikkinchisi esa (emosiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi. 
Ta'kidlab o’tilgan mulohazalarga qaramasdan, Hissiyot bilan emosiyaning o’zaro
bir-biridan   qat'iy   cheklab   qo’yish   ham   ba'zi   anglashilmovchilikni   keltirib   chiqarishi
mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala sub'ekti o’zining shaxsi hamda jamiyati uchun
ahamiyati   Hisoblangan   narsalar   va   hodisalarni   aks   ettiruvchi   munosabati   Hissiyotda
mujassamlashadi.   Shaxsning   individual   shayoti   va   faoliyatiga   aloqador   (xosh   foydali,
xosh   zararli   bo’lishdan   qat'i   nazar)   omillar,   qo’zg’ovchilar,   turtkilarni   ifodalovchi
hamda   kelib   chiqishi   instinktlar,   hartsiz   reflekslar,   irsiy   belgilar   (ovqatlanish,   jinsiy,
shimoyalanish,   qo’rqish   va   boshqalar)   bilan   bog’liq   sodda   Hissiy   holatlar   "emosiya"
deyiladi.   Emosiyalar   nafaqat   insonlarga,   balki   jonli   rivojlangan   mavjudodlarga   ham
taalluqli   ruhiy   (psixik)   holatlardir.   Shayvonlardagi   emosiyalar   o’zgarishi   murakkab
bo’lgan tabiylik (irsiy)  alomatlarga   asoslanuvchi   sodda   tuzilishga   egadir.   Odam   bilan   hayvon   emosiyalari
o’zlarining   moshiyati,   tuzilishi,   ta'sirchanligi,   jadalligi,   sifati,   shakli   bilan   keskin
tafovutlanadi.   Emosiyalar   tashqi   ko’rinishga   xosligi   bilan,   muvaqqat   xususiyatga   ega
ekanligi bilan Hissiyotdan farqlanadi. 
Shuni  aytib o’tish joizki, Hissiyot  hayvonot  olamiga xos  kechinma emas,  u aql-
zakovat sub'ekti sanalmish hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdardlik)
His-tuyg’ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko’tarilishiga kafolat negizidir. 
Hissiyot bilan emosiya (uning yuksak darajalari nazarda tutiladi) inson shaxsining
ijtimoiy   shayotiy   hart-haroitlarida   yuzaga   kelgan,   odamning   ijtimoiy   tarixiy
taraqqiyotida   shakllangan   (evolyusion   yo’sinda),   muayyan   ijtimoiy   mushitda
(jamiyatda)   istiqomad   qiluvchi   kishilar   tomonidan   o’zlashtirilgan   g’oyalar,   me'yorlar,
qonun-qoidalar,   nizomlar,   qadriyatlarni   aks   ettiruvchi   anglanilgan   His-tuyg’ular,
murakkab ichki kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir.  1.2.   Yuksak his-tuyg’ular haqida tushuncha .
Odamning   eng   yuksak   hislari   –   intellektual,   ma’ naviy,   estetik   hislari   bizning
sharoitimizda   o‘zgardi.   O‘zbek   kishilarning   o‘zaro   munosabatlarida   o‘rtoqlik   va
do‘stlik hislari keng rivojlandi, mehnatga munosabat o‘zgardi, chun ki mehnat ehtiyojni
qondirish   vositasidan   hayotiy   ehtiyojga   aylandi   va   mehnatning   o‘zi   xilma-xil   ijobiy
hislarni tug‘dir uvchi manba bo‘lib qoldi, bizda yangi hislar – va tanparvarlik hissi, milliy
iftixor hissi,  insonparvarlik hissi paydo bo‘ldi.
Odamning   aqliy   faoliyati   bilan ,   bog‘liq,   bo‘lgan   hislar   intellektual   hislar   deb
ataladi.   Bilishga   qiziqishlik   ta ajjublanish   va   hayron   qolish   hislari,   ishonch,
ishonchsizlik   va   shubhalanish   hislari   intellektual   hislar   qatoriga   kiradi.   Bunday
hissiyotlar   har   xil   nazariy   va   amaliy   savollar   tug‘ilganida,   vazifa   va   masalalarni   hal
qilish   chog‘ida ,   kashfiyotlar,   ixtirolar   qilinayotgan   chog‘da,   biror   yangilikni
o‘zlashtirish va bilish chog‘ida   paydo bo‘ladi va his qilinadi.
Intellektual hislarning ba’zi bir ayrim ko‘rinishlari ga to‘xtalib o‘tamiz.
Urinchoqlik.   Bu   hisning   nomidan   ko‘rinib   turibdiki,   bun day   his   odamning
bilimlarga   ijobiy   munosabatida   ifodalanadi.   Biror   sohada   yoki   turli   sohalarda   eng
chuqur   va   aniq   bilim   olishga   intilishdan   iborat   bo‘lgan   bu   his   juda   uzoq   (ayrim
odamlarda   umrbod)   davom   etadi.   Urinchoqlik   bilish- ning   turli   yo‘llarini   va
vositalarini   izlashga   (mahsus   a dabiyotlarni   o‘qishga,   radio   va   televidenie
eshittirishlari ni, leksiyalarni tinglashga, mutaxassislar bilan suhbatla shishga, tajribalar
o‘tkazib  turishga)   hamda shu  yo‘llar  va   vositalardan   foydalanishga   rag‘batlantiradi.
Ayni   vaqtda   bu   murakkab   hislar   olingan   bilimlarning   odamning   o‘zi   uchun   va
boshqalar   uchun   (jamiyat   uchun)   naqadar   ahamiyati   borli gini   ijobiy   baholashga
yordam beradi. Bilishga   qiziqish   urinchoqlikning   alohida   bir   turidir.   Ba’zan   bu   ikki   termin
(urinchoqlik va bilishga qiziqish ter minlari)   hatto   bir   xil   ma’noda   ishlatiladi.   Bilishga
qizikish   ba’zan   biror   nimadan   habardor   bo‘lishga   kuchli   inti lish   tariqasida   va   shuni
bilib olgach, undan mamnun bo‘lish  tariqasida namoyon bo‘ladi Lekin bunda (bilishga
qiziqish da)  mana  shu  intilish  va  mamnuniyat   hissi   ko‘pincha  qisqa   bo‘ladi, bevosita
yaqin   tevarak-atrofdagi   hodisalar   va   voqealar ni,   odatda,   odamning   o‘zi   qiziqayotgan
hodisalarni   ko‘pincha   bevosita   idrok   qilib   olishdan   iboratdir:   ko‘rib,   eshitib,   qo‘lda
ushlab bilib olishdan iboratdir.
Bilishga   qiziqish   degan   terminni   ba’zan   salbiy   ma’noda   i shlatiladi,   odamning
bilimini   kengaytirmaydigan,   aksin cha,   uning   pastkashligi,   befahmligidan   dalolat
beradigan   tarzda  mayda-chuyda  va  arzimas  narsalarni  va hodisalarni   bilishga intilish
mana shunday salbiy ma’nodagi bilishga  qiziqishning o‘zidir.
Bilishga qiziqa berish maktabgacha tarbiya yoshida bolalarga xos xususiyatlardir.
Normal   turmush   sharoitida   va   o‘qitish   jarayonida,   yoshi   ulg‘ayib,   tajriba   orta   borgan
sari, oqilona urin choqlik rivoj topa boradi. Bu his odamning ilmiy-tadqiqot  ishlari bilan
samarali shug‘ullanishini rag‘batlanti ruvchi asosiy faktordir.
Taajjublanish hissi.  Bunday his bizga qandaydir yangi,  odatdan tashqari, noma’lum
biror   narsa   ta’sir   qilganida   tug‘iladi.   Biz   kutmagan   voqealar   sodir   bo‘lganida   bunga
taajjublanamiz.   Bilish   jarayonida   taajjublanish   hissi   xursandlik   tariqasida   o‘tadi.   Bu
hol   samarali   bilish   faoliya tining   doimiy   yo‘ldoshidir.   «Voqealarni   kuzatib
borayotganimizda   biz   o‘zimizda   tug‘ilgan   hislardan   mamnun   bo‘la m i z ,   b u
m a m n u n i y a t   e s a   i n t e l l e k t u a l   x u r s a n d l i k d i r »   (D." R.Dekart).
Kutilmagan   bir   narsa   sababli   tug‘ilgan   taajjublanish   bizni   dastlabki   qarashda
kam   uchraydigan   va   odatdan   tashqari   bo‘lib   ko‘ringan   narsalarni   diqqat   bilan
ko‘zdan   kechi rishga   majbur   etadi.   SHunday   qilib,   taajjublanish   bizni   hodisalarni
bilishga g‘oyat   darajada rag‘batlantiradi.
Hayron qolish hissi.  Tadqiq qilinayotgan faktlarning  sabablarini topishda qiynalib
qolganimizda,   bu   faktlarni   o‘zimizga   shu   damgacha   ma’lum   bo‘lib   turgan   hodisalar
gruppasiga kiritolmay qolganimizda, bog‘lanishlarning aniqlan gan turlari qatoriga bu
faktlarni   kiritolmay   qolganimizda   va   shu   kabi   hollarda   bizda   hayron   qolish   yoki hayron   bo‘lish   hissi   tug‘iladi.   Bu   his   ham   bilish   faoliyatini   yanada   kuchay tirishga
yo‘llovchi zo‘r vositadir.
Ishonch hissi    . Narsa va hodisalar  o‘rtasidagi  bog‘lanish lar va munosabatlarning
to‘g‘riligi   tafakkur   jarayonida   aniq lanib,   mantiqiy   ravishda   chiqarilgan   xulosalar
bilan  va amaliyotning o‘zida yaqqol isbot bo‘lganida ishonch hissi tug‘iladi.
SHubhalanish hissi  biz o‘zimiz chiqargan qoidalar yoki gi potezalar faktlarga yoki
nazariyalarga zid bo‘lib, shular   bilan to‘qnashib qolganida tug‘iladigan hissiyotdir.
Bu   juda   muhim   hissiyot,   chunki   to‘plangan   faktlarni   va   biz   aytgan   qoidalarni   har
tomonlama tekshirib ko‘rishga rag‘batlanti radi. «Samarali ilmiy faoliyat uchun doimo
shubha bilan q aramoq va o‘z-o‘zingni tekshirib turmoq zarur» (I.   P. Pav lov) .
Nazariy   va   amaliy   vazifalarni   hal   qilish   jarayonida   odam   yangilik   hissi      degan
alohida   ijobiy   hisni   kechinadi.   B u   his   alohida   xursandlik   holatida   o‘tadi   va   odamda
g‘ayrat ni   qo‘zg‘atib   yuboradi.   Hal   qilinayotgan   vazifa   katta   ijtimo iy  ahamiyatga   ega
bo‘lganida,   tamoyili   xarakterdagi   masa lalar   hal   etilayotganida   odamdagi   bu   his
ayniqsa kuchli bo‘ladi.
Intellektual   hissiyotlar   odamning   bilish   faoliyati   sa babli   paydo   bo‘libgina
qolmasdan,   ular   hamisha   aqliy   jarayonlar   tarkibiga   kiradilar   va   shu   bilan   birga   bu
hissiyot lar aqliy faoliyatni rag‘batlantirib turadi, kuchaytiradi,   tafakkurning tezligiga,
samaraliligiga,   bilimlarning   mazmunli   va   aniq   bo‘lishiga   ta’sir   qiladi.   Masalan,
taajjub lanish va bilishga qiziqish hislari odamni xilma-xil ma salalarni hal etishga, tobora
ko‘proq bilim olishga majbur qiladi. SHubhalanish hissi dalillar qidirishga, fikrla rimizni
asoslash  yo‘llarini   topishga,   tug‘ilgan  masalalarga   to‘g‘ri   javoblar   qidirishga   majbur
etadi.
YAngilik hissining ta’sirchanligi ayniqsa kuchli bo‘ladi.  Bu his kishilarga – ilmiy
tadqiqot institutlarida  va laboratoriyalarda ishlayotgan kishlarga hamda, shuning dek,
kolxoz   dalalarida   va   fabrika,   zavod   sexlarida   ishla yotgan   kishilarga   ham   xos   bo‘lib
qoldi. YAngilik hissi yangi,  ba’zan tag‘in ham murakkab muammolarni hal etish bilan
bog‘liq   bo‘lgan   faoliyatni   davom   ettirish   istagini   tug‘diradi,   ko‘pincha   bu   istak   zo‘r
ehtiros bilan intilishni vujudga kel tiradi. Odamning   muhokamalarida   muayyanlik,   izchillik,   ravshan lik   bo‘lib   turganida,
bu   muhokamalar   dalillar   bilan   yaqqol   asoslanib   va   isbotlanib   turganida   mantiqiy
tafakkurdan   mamnun   bo‘lish   ham   intellektual   hissiyotlar   qatoriga   kiradi.   Aksincha,
tafakkurimiz mantiqiy bo‘lmay qolganida, jumla dan, odam o‘z muhokamasida hech bir
bog‘lanishsiz   bir   narsa dan   ikkinchisiga   sakrab   o‘taverganida,   uning   muhokamalarida
muayyanlik,   izchillik,   ravshanlik   bo‘lmaganida,   bu   muhokama larda   ziddiyatlar   paydo
bo‘lib   qolganida,   odamning   fikri   asossiz,   ishontirarli   bo‘lmay   qolganida   bizda
nohush his  paydo bo‘ladi.
Suhbatdoshning,   dokladchining,   lektorning   nutqi   to‘g‘ri   va   ravon   bo‘lganida
bular bizda ijobiy his tug‘diradi. Tilning  grammatika formalarini buzib gapirish, nutqda
keraksiz   so‘zlarni   ko‘p   ishlatish,   tushunilishi   og‘ir   bo‘lgan   va   zavqlantirmaydigan
nutq bizda yoqimsiz, salbiy his tug‘diradi. 
Umuman,   intellektual   hissiyotlar   o‘zining   murakkabligi   va   xilma-xilligi   bilan
farq qiladi, zotan odamning aqliy faoliyati ham murakkab va xilma-xildir.
Odamlar   o‘zlari   yashab   turgan   jamiyat   tomonidan   qabul   qilingan   ahloqiy
tamoyillarni ado etishlari yoki buzishlari sababli odamlarda paydo bo‘ladigan hislar
ma’naviy   yoki  ahloqiy  hislar   deb  ataladi.  Bu  tamoyillar,  shuningdek,  odat   qatoriga
kirib   qolgan   ahloqiy   normalar   va   qoidalar   nimalarni   «yaxshi»   va   «yomon»,
nimalarni   «adolatli»   va   «adolatsiz»,   nimani   «haq»   va   «nohaq»   deb   hisoblash
kerakligini belgilab beradi.
Odamlarning   ahloqiy   qoidalariga   va   qarashlariga   muvofiq   bo‘lgan   harakatlari
va   qiliqlari   ma’naviy,   ahloqiy   harakatlar   va   qiliqlar   deb   hisoblanadi,   shu   ahloqiy
qoidalarga   va   qarashlarga   to‘g‘ri   kelmagan,   shu   qoidalar   va   qarashlarni   buzadigan
harakatlar   esa   ahloqqa   to‘g‘ri   kelmaydigan   harakatlar   yoki   ahloqsizlik   deb
hisoblanadi.
Ma’naviy   hislar   ahloqiy   ongning   eng   umumiy   fundamental   (asos)
qismlaridandir.   Ular   jamiyatda   mavjud   ahloqiy   munosabatlar,   tasavvur   va
qarashlarning muhim, ijtimoiy mohiyatli jihatlarini o‘zida aks ettiradi.
Axlok tushunchalarida elat, millat, jamiyat ahloqining tarixi, bugungi holati va
uning   kelajak   yo‘nalishlari   ham   o‘z   ifodasini   topadi.   Ahloq-odob   qoidalari,   urf- odatlar   dunyoning   turli   xalqlarida   turlicha   bo‘lishiga   qaramay,   ahloq
tushunchalarini   tushunishda   umumiylik   bor.   Buning   sababi   shundaki,   ahloq
tushunchalarida   insoniyat   ahloqining   mushtarak   mohiyati,   mag‘zi   bo‘lgan
insoniylik   aks   etadi.   SHunga   ko‘ra,   ahloq   tushunchalarini   umuminsoniy   ahloqiy
kadriyatlar   deyish   mumkin.   Ular   jamiyat   insoniyat   kamoloti   ehtiyojlarini   ifodalab,
jamiyatda real, mavjud ahloqiy munosabatlar va tasavvurlardan yuqoriroq turadi va
aynan   shu   hususiyat   tufayli   ahloqiy   ideal   vazifasini   bajaradi,   har   bir   insonni,
jamiyatni ahloqiy yuksalishga undaydi.
Jamiyatning   ahloqiy   yuksalishi   insoniyatning   manfaatlarini   va   ideallarini
ifodalaydi.
Ahloq   voqelikning   eng   umumiy   hodisalarini   ifodalovchi   ilmiy   tushuncha
hamdir.  CHunki   u  ob’ektiv  reallik,  ijtimoiy  bog‘liq  ifodasidir.   ahloq  kategoriyalari
mavjud   ijtimoiy-tarixiy   sharoit,   insonlarning   manfaat   va   ehtiyojlaridan   ajralib
qolsa, ular  mavhum  kuch, hayoliy orzu-istaklarga aylanib qoladi. (Masalan:  adolat,
burch,   va   h.z.)   Amaliyot   uchun,   kundalik   hayot   uchun   foydasi   bo‘lmaydi.   Ahloqiy
ongning   ahloqiy   tushunchalari   ham   bo‘lib,   ular   kundalik   hayotda   kishilar   hulqini
baholash,   boshqarishda   ishlatiladi.   Ularni   ahloqning   «ishchi   tushunchalari»   deyish
mumkin.Masalan: ehson, ezgulik, sahovat, sadoqat, hayo, vafo, oliyjanoblik va h.z.
ahloq   kategoriyalari   jamiyat   ahloqining   eng   yuksak,   umumiy   ifodasi   bo‘lsa,
ahloqning   «ishchi   tushunchalari»   kategoriyalarining   mazmunini   ochuvchi,
konkretlashtiruvchi   yo‘ldosh   shakllardir.   Masalan:   yaxshilliq   kategoriya   bo‘lsa,
ehson,   rahm-shafqat,   sahiylik   uning   konkret   ifodalari,   ko‘rinishlaridir.   Demak,
ahloq   kategoriyalari   –   ahlokiy   ongning   birlamchi   tushunchalaridir.   Ahloq
kategoriyalari   –   ahlokiy   ongning   mujassam   tushunchalaridir.   Ahloq   talablarini
bajarish kishilarning burchidir. Tashqi majburiyat yoki buyruq sababli bajariladigan
vazifa emas, balki, avvalo har bir  insonni  jamiyat  oldidagi  va o‘zi  oldidagi  ahloqiy
mas’uliyat   sababli   bajarilishi   lozim   bo‘lgan   vazifadir.   Dilga   jo   bo‘lgan   ma’naviy
e’tiqodlar   ta’siri   ostidagina   qilinadigan   harakatlar   ma’naviy   burchning   oliy
ko‘rinishidir,   bunday   holda   mana   shunday   harakatlar   qilish   kishi   uchun   ma’naviy
ehtiyoj bo‘lib qoladi. Ahloq   tamoyillarini   yoki   ayrim   qoidalarni   bajarish   yoki   buzish   odamlarda
xilma-xil   ahloqiy   hislar   vujudga   keltiradi.   Odamning   boshqa   odamlarga
munosabati, mehnatga munosabati, ayni vaqtda o‘z-o‘ziga ham munosabati ana shu
hislarda ifodalanadi.
Kishilarning   kechiradigan   ma’naviy   hislari   nuqul   individual   tuyg‘ular,   ya’ni
kishilarning   shaxsiy   (o‘z)   hatti-harakatiga   bog‘liq   bo‘lgan   hislar   bilangina   cheklanib
qolmaydi.   Kishilardagi   ma’naviy   hislarning   xususiyati   shundan   iboratki,   boshqa
kishilarning   hatti-harakati   ahloqqa   muvofiq   bo‘lgan   taqdirda,   u   xursand   bo‘ladi,   bu
hatti-harakatlar ahloqqa nomuvofiq bo‘lganda g‘azablanadi.
  Bir   kishi   yuksak   ma’naviy   hatti-harakat   qilganda   shu   jamoaning   hamma
a’zolaridagina emas, ko‘pincha, butun xalqda ham yuksak ma’naviy qoniqish va shodlik
hislari tug‘iladi.
Kishilardagi jamoatchilik ularning boshqa odamlarda tug‘ilgan hislarni o‘zlaridek
his   qila   bilish   qobiliyatlarida   ifodalanadi:   kishi   boshqa   kishilarga   xayrihoh   bo‘ladi,
boshqa   kishilarning   dushmanga   g‘azabi   ,   nafratiga   sherik   bo‘ladi.   SHu   sababli   jamoa
turmushda   odamlar   bir-birlariga   xayrihoh   bo‘lganlarida   ularning   xursandliklariga
xursandlik   qo‘shiladi,   g‘am-g‘ussani   birgalikda   tortib,   bu   bilan   ularning   g‘amlari   ham
engilashadi.
Mana shu xilma-xil hislar va ularning roli jamoada- oilada,maktab sinfida
muassasada, korxona va shu kabilarda ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi.
  Jamoatchilik hislari shu jamoa hayotidagi va foaliyatidagi umimiylikni anglashda
o‘zaro   ma’suliyani   his   qilishda   butun   jamoaning   va   shu   jamoadagi   har   bir   a’zoning
farovonligi   to‘g‘rsida   g‘amho‘rlik   qilishda,   shu   jamoa   oldida   turgan   vazifalarni
muvaffaqiyatli bajarish istagida ifodalanadi.
O‘rtoqlik   va   do‘stlik   hissi   kishilar   xayrihoh   bo‘lib   bir-birini   hurmat   qilishida
ifodalanadi.   Bu   hislar   odamlarning   umumiy   mehnat   va   o‘qish   faoliyatidagi   o‘zaro
munosabatlarda tug‘iladi va namoyon bo‘ladi.
O‘rtoqlik   va   do‘stlik   munosabatlari,   odatda,   kishining   bolalik   chog‘idan
boshlanadi.   Bolalar   bir-birlariga   o‘rtoqdirlar,   chunki   ular   bir-birlari   bilan   bir   xildagi o‘yinlarni   o‘ynaydilar,   bir   xildagi   vaziyatda   birga   bo‘ladilar   va   shu   sababli   ularda
umumiy qiziqish tug‘iladi. Ular bir-birlarini ko‘rib va bir-birlarini eslab shodlanadilar.
Maktabda   o‘quvchilar   bir-birlariga   o‘rtoqdirlar,   chunki   ular   bir   maktabda,   bir
sinfda   o‘qiydilar,   ular   uchun   o‘qituvchilar   ham,   darsliklar   ham   umumiydir.   Maktab
bolalarda   o‘rtoqlik   va   do‘stlik   hislarni   tarbiyalash   sohasida   katta   ish   olib   bormoqda,
bolalarni   bir-biriga   bir   sinfda   o‘qiydigan   bolalarni   boshqa   sinfda   o‘qiydigan   bolalar
bilan o‘rtoq, do‘st qilib tarbiyalamokda.
  Maktab   o‘quvchilari   bilimlarni   egallamoq   uchun   birgalikda   kurashadilar,   bir-
birlarining   muvaffaqiyatlari   va   muvaffaqiyatsizliklari   uchun   shodlik   va   qayg‘urish
hislarini   birga   kechiradilar,   bir-birlariga   o‘rtoqlarcha   yordamlashadilar.   SHu   tariqa,
ularda o‘rtoqlik va do‘stlik hissi mustahkamlanadi. Maktabda vujudga kelgan o‘rtoqlik
hissi ko‘pincha umrbod saqlanib qoladi.
Mehnat   yuksak   ma’naviy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   faoliyat   turidir.   Bizning
xalqimiz   o‘z   faoliyatini   ijtimoiy   burchini   bajarilishini,   o‘z   vijdoniy   burchini   bajarish
deb biladi. SHu sababli u har qanday ishni bajarishga o‘zini ma’naviy javobgarligini his
qilib kirishadi.
Ma’lumki,   mehnat   –   shaxs   va   jamiyatning   moddiy   va   ma’naviy   ehtiyojlarini
qondirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy mahsulotlarni etishtirishga qaratilgan faoliyatdir.
Mehnat   qilish   orqali   inson   ongi   har   tomonlama   shakllanadi.   Mehnat   orqali   voqelikni
o‘zgartiriladi,   yangilik   yaratiladi,   ijod   qilinadi.   Tevarak-atrofdagi   voqelikni   o‘zgartirib
yuboradigan mehnat jarayonini o‘zi kishilarda ma’naviy mamnuniyat, xursandlik hissini
paydo qiladi. Bu hislar esa kishini kuchiga-kuch, g‘ayratiga-g‘ayrat bahsh etadi.
O‘z   burchni   anglagan,   o‘z   Vatanini,   xalqi   uchun   jon   kuydirib   mehnat   qiladigan
kishilar   odatda   o‘z   ishlarini   bajarganlarida   biror   g‘arazli,   xudbinlik   maqsadlarini
ko‘zlamaydilar.   Jamiyat   foydasiga   bo‘ladigan   ishlarni   bajarayotganlarida   yuksak
ma’naviy hislarga to‘lib-toshadilar va shu tariqa turmush gashtini suradilar, buni o‘zlari
uchun baxt deb biladilar. SHu ma’naviy burch hissi pedagogik mehnat jarayonida tag‘in
ham   ko‘proq   xilma-xil   namoyon   bo‘ladi.   SHu   narsa   yaxshi   ma’lumki   yosh   avlodni
o‘qitish   va   tarbiyalash   jarayonida   muallimlar   va   tarbiyachilar   hamisha   ma’naviy
mas’uliyat, tashvish, xursandlik va mamnuniyat his qiladilar. Ko‘pchilik muallimlarimiz yosh   avlodni   o‘qitish   va   tarbiyalash   borasidagi   o‘z   ishlarini   zo‘r   shavq-zavq   va
mamnuniyat bilan, o‘zlarining ma’naviy burchlarini yaxshi anglab bajaradilar.
Uyalish va     vijdon hissi.     Ahloq normalarining buzilishi, ahloqiy burchning, jamiyat
oldidagi   vazifalarning   bajarilmay   qolishi,   berilgan   biror   va’daning   ustidan   chiqmaslik
yoki jindak yolg‘on gapirib qo‘yish kishida, odatda, uyalish hissi va vijdon azobi singari
hislar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Kishida uyalish hissi paydo bo‘lganida u o‘zida alohida ung‘aysizlik, bezovtalik va
yuzi   shuvutlik   sezadi.   Uyalib   hijolat   tortayotgai   kishi   boshqa   odamlar   bilan
uchrashganida   (ba’zan   yakka   o‘zi   qolganida   ham)   uning   ahloqiy   qoidalarni
buzganligidan habardor bo‘lgan odamlarning ko‘ziga tikilib qaray olmaydi, qizaradi.
Odamning   ma’naviy   sezgirligi   vijdon   hissida   ayniqsa   yorqin   namoyon   bo‘ladi.
Vijdon hissi, vijdon «azobi» uyatning, kishi o‘zining nohaq ekanligini anglaganligining,
o‘z niyati va qilayotgan nojo‘ya harakati uchun ayrim kishilar ol didagi, jamiyat oldidagi
mas’uliyatni anglanganligining eng kuchli ko‘rinishidir.
Kishi   ahloqiy   qoidalarni   buzganini   boshqalar   ko‘rmagan   bo‘lsa   ham,   boshqa
kishilar   shu   kishining   ahloqqa   xilof   biror   nojo‘ya   harakat   qilgani   haqida   hatto
shubhalanmagan   bo‘lsa   ham,   lekin   shunday   hollarda   ham   kishi   vijdonan   siqilib,
hayajonlanib turadi.
Vijdon   hissining   barqarorligi,   uzoq   davom   qilishi   bu   hisning   o‘ziga   xos
xususiyatidir.
Odamlar   chiroyli   narsani   ko‘rganlarida,   shu   narsalarni   tasavvur   qilganlarida   va
ular   to‘g‘risida   fikr   yuritganlarida   ularda   paydo   bo‘ladigan   ijobiy   hislarni   biz   estetik
hislar deb ataymiz..N. G. CHernishevskiy bunday de gan edi: odam estetik hislarni «biz
uchun   sevikli   bo‘lgan   dilbar   oldimizda   turganida   bizda   paydo   bo‘ladigan   nash’ali
shodlik   tariqasida   kechiradi.   Biz   go‘zallikni   benihoyat   sevamiz   ,   go‘zallikka   qarab
zavqlanamiz   quvonamiz.   N.   G.   CHernishevskiyning   ta’riflab   aytishicha,   «go‘zallik
turmushning   o‘zidir»,   «biz   o‘zimizdagi   tushunchalarga   ko‘ra   o‘zimiz   tasavvur   qilgan
turmushning   ifodasi   deb   bilgan   narsamiz   biz   uchun   go‘zallikdir;   o‘zida   turmushni
ifodalagan yoki bizga turmushni eslatib turgan narsaning o‘zi go‘zallik dir...». Vatanparvarlik hissi – yuksak va murakkab hisdir. B u  h is murakkab va  x ilma- x il
h islarning: ma’naviy, intellektual, estetik   h islarning sintezi  ( b irlashmasi)  dir. Bu   h islar
bir-biriga   qo‘ shilib,   bitta   h isga   –   Vatanga   mu h abbat,   o‘z   yurtiga   mu h abbat   hissiga
aylanadi.
Vatanparvarlik   -   umuminsoniy   q adriyatlarga   sodi q likning   asosiy
tamoyillaridandir.   Vatan   -   arabcha so‘z bo‘lib o‘zbek tilida «Ona yurt» degan ma’noni
anglatadi.   Vatanga   mu h abbat,   yurtga   mu h abbat   har   bir   millat   kishisiga   xos   bo‘lgan
mu q addas   q adriyatdir. Vatanparvarlik har bir kishida o‘z uyiga, tug‘ilib o‘sgan yurtiga,
ota-ona   va   opa-ukalariga   bo‘lgan   munosabatida   aks   etadi.   Vatanparvarlik   bu
umuminsoniy  q adriyatlarga xos bo‘lib, u sado q at bilan xizmat qilish, uning sar h adlarini
tashqi   dushmanlardan,   terrorizmdan   h imoya   qilish,   uning   mustaqilligi,   tinchligi,
osoyishtaligini saqlashda faol ishtirok etmo q dir.  II-bob:  Yuksak his-tuyg’ular ni  tadqiq qilish yo’llari, usullari va
vositalari.
2.2 Yuksak his-tuyg’ular ning shaxs hayotidagi o’rni
Bizning   psixik   hayotimizda   hislar   alohida   o‘rin   tutadi.   Bizning   intellektual
jarayonlarimizda   ob’ektiv   dunyo   sezgilar,   idroklar,   tasavvurlar   va   fikrlar   tariqasida
in’ikos   qiladi.   Intilishlar   va   iroda   jarayonlarida   odam   o‘z   miyasida   in’ikos   (aks)
etayotgan dunyoga ta’sir qiladi. Hislar esa odamning o‘z atrofidagi ob’ektiv voqelikka
va o‘zi ga munosabatidan hosil bo‘ladigan tuyg‘ulardir.
SHu bilan bir vaqtda bu tuyg‘ular shaxsning quruq, mazmunsiz holati emas: aqliy
jarayonlarning   hammasi   –   sezgi   va   idroklar,   xotira,   tafakkur   va   nutq   xilma-xil
emotsional komponentlardan (yoki momentlardan) tarkib topadi.
Hislar   bo‘lmaganida   edi   bizning   idrok   qilishimiz,   xoti ra,   tafakkur,   tasavvur
jarayonlari nursiz, jonsiz bo‘lib qolur edi, sezilmaydigan bo‘lib o‘tar edi yoki umuman
vujudga kelmas edi. YUqorida aytib o‘tganimizdek, hislar idrokimizning yorqin va juda
to‘liq   bo‘lishini   ta’minlaydi,   tez   va   mustahkam   eslab   olishimizga   ta’sir   qiladi.
Emotsional   tuyg‘ular   bilan   birgalikda   eslab   qolingan   narsalar   xotiramizda   tez   va
mustahkam   o‘rnashib   qoladi.   Xotiramizdagi   narsalarni   ko‘z   oldimizga   tez   keltirish
hislarga   bog‘liqdir.   Hislar   fantaziyamizni   ishga   soladi.   Fantaziya   obrazlari   emotsional
hislar   tufayli   yorqin   va   jonli   bo‘lib   qoladi   yoki,   aksincha,   tafakkur   jarayonlarini
to‘xtatib qo‘yadi. Hislar fikrlarimizning yorqin va jonli bo‘lishini ta’minlaydi. Hislar nutqimizni burro qiladi, nutqimizning ishonchli, yorqin va jonli bo‘lishini
ta’minlaydi.   Hislar   tafakkur   va   iroda   bilan   birgalikda   bizning   harakatlarimizni
tug‘diradi   va   rag‘batlantiradi.   Bizdagi   beixtiyor   harakatlarning   ko‘pchiligi   emotsional
harakatlardir.   Iroda   harakatlarining   kuchi   va   shiddati   ko‘p   jihatdan   hislarimizga
bog‘liqdir.
Mana shu intellektual va iroda jarayonlarida hislarning o‘zi ham sermazmun bo‘lib
qoladi,   intellektual   va   iro da   komponentlari   bilan   tasavvurlar,   tushunchalar,   intilishlar
bilan boyidi. Hislar inson hayotining mazmunini boyitadi. Emotsianal  kechinmalari oz
va kuchsiz bo‘lgan kishilar quruq,   mayda gap kishilar bo‘lib qoladilar, o‘z faoliyatlarida
va o‘zlarining ayrim hatti-harakatlarida formalist bo‘lib qoladilar.
Ammo kishining hayotida turli hislar turlicha ahamiyatga  ega  bo‘ladi, Ijobiy hislar,
masalan, xursandlik, ruhlanish bizning hayotiy, ijodiy faoliyatimizni oshiradi. Aksincha,
salbiy hislarning ko‘pi hayotiy, ishchanlik faoliyatimizni pasaytirib yuboradi, Masalan,
havotir,   g‘amginlik,   tashvish,   ma’yuslik,   o‘z   kuchimizga   ishonmaslik   hislari   mana
shunday salbiy hislardir.
Hislar odam faoliyatining hamma turlarida katta rol o‘ynaydi, o‘yinlarni, o‘qish va
o‘rganishni   hamda   mehnatni   jonlantiradi   va   aktivlashtiradi.   Hislar   zaif   bo‘lganida
odamning faoliyati bo‘shashib ketadi, ya’ni odam lanj bo‘lib qoladi.
Bolalarning   o‘yinlari   emotsiyalarga   boy   harakatlardir.   H islar   o‘yinlarning
tug‘ilishiga sabab bo‘ladi va ayni vaqtda shu o‘yinlarning o‘zi bolalarda  x ilma- x il ijobiy
tuyg‘ular   tug‘diradi.   Bu   tuyg‘ular   esa   bolalarimizga   tetiklik   va   h ushcha q cha q lik
ba g‘ ishlaydi.
Mehnatda   ham   h islarning   ahamiyati   kattadir.   Ijobiy   h islar   g‘ayratimizni,   mehnat
qobiliyatimizni   oshiradi.   Ijobiy   emotsional   holatda   ishlayotgan   kishining   mehnati
serma h sul bo‘ladi va kishini kamro q  charchatadi.
Odamda   maqsadga   muayyan   ijobiy   emotsional   munosabat   bo‘lgandagina   bunday
maqsad aktiv ijodiy faoliyatni vujudga keltiradi. Ijod qilmoq, yaratmo q  uchun kishining
o‘z   ishiga   me h r-mu h abbati   zo‘r   bo‘lishi,   ijodkorlik   mashaqqatlari   va   shodliklaridan
zav q lanishi   kerak.   Xalqimizning   hayoti   va   ijodiy   faoliyati   ta’sirchan   emotsional
tuyg‘ularga   boydir.   Mehnatdagi   xursandlik   va   ruhlanish   yangilik   hissi,   o‘rtoqlik   va d o‘ stlik hissi, milliy iftihor hissi vatanparvarlik hissi kishilarimiz hayotining mazmunini
tashkil   etadi.   YAngilik   hissi   bo‘lmagan   odamlarga   salbiy   nazar   bilan   q araymiz,
vatanparvarlikka   qarshi   har   qanday   harakatlarni   ko‘ rganimizda,   ayrim   kishilarning
qo‘rqoq lik qilganligini,   ularda o‘rtoqlik va d o‘ stlik   h islari yo‘qligini   ko‘ rganimizda biz
bunga   g‘ azablanamiz   va   bunday   kishilardan   nafratlanamiz.   Emotsional   ruhlanish   va
zav q   bizda   il g‘ orlar   va   novatorlar   harakatining   o‘sishiga   va   rivojlanishiga   olib   kelgan
sabablardan   biri   bo‘ldi.   H islar   odamning   ijodiy   faoliyatini   aktivlashtirib   yuboradigan
«uch q undir»,   «olovdir».   Ijodiyotning   hamma   turlarida   obrazlar   va   ideyalarni
gavdalantirishda   kishidagi   h islar   ishtirok   qiladi.   Xuddi   shuningdek,   yangilik   uchun
kurash   kuchli   h islar   bo‘lganidagina   olib   borila   oladi.   Biror   nimani   yaratish   va   uning
uchun   kurashish   uchun   shu   narsani   sevish   va   unga   me h r   qo‘yish   kerak,   biror   nimaga
qarshi kurashish uchun esa shu narsaga kishida nafrat tug‘ilishi kerak.
Jamiyatga   nisbatan   yuksak   ijodiy   h islarni   o‘stirish   yosh   b o‘g‘ inning   juda   muhim
vazifasidir. 2.1. O`zining hissiyot  holatlarini baholash metodi.
Anglangan   his-tuyg`ular   haqidagi   ma`lumotni   olish   uchun   o`zining   hissiy
holatlari haqida hisobot berish metodidan foydalanish mumkin. Bu metod hissiyotlarni
paydo   bo`lish   sababi,   sub`ekt   tomonidan   o`z   ruhiy   holatlarini   idrok   qilish   xususiyati,
hukmron   hislar,   psixik   faoliyatda   biror   buzilishni   his   qilish   yoki   qilmasligi   kabi
holatlarni   aniqlash   imkonini   beradi.   Bu   metodning   afzalligi   tekshiriluvchi   o`zi   lozim
deb   topgan   barcha   ma`lumotlarni   etkazadi,   kamchiligi   esa   hissiyotlarni   o`lchash
imkoniyati   mavjud   emas.   SHunday   paytda   avvaldan   belgilangan   maxsus   shkalalardan
foydalanish maqsadiga muvofiq bo`ladi.
Emotsional holatlar shkalasi quyidagicha:
1. Kuchli   salbiy   holatlar  -  kuchli   qoniqmaslik ,  nafrat ,  afsuslanish ,  dahshatga   tushish .
2. Kuchsiz   salbiy   holatlar   -   kuchsiz   norozilik ,   qayg ` urish ,   xafa   bo ` lish ,
xavotirlanish ,  qo ` rquv .
3. Neytral holatlar: xotirjamlik, ishonchlilik. 
4. Kuchsiz   ijobiy   holatlar :  kuchsiz   zavqlanish ,  qoniqish   hissi , 
5. Kuchli   hissiy   holatlar - kuchli   suratdagi   qoniqish ,  quvonch ,  shodlanish . 
Tekshiriluvchi   u   yoki   bu   hisni   qanchalik   chuqur   yoki   kuchli   his   qilsa   unga
shunchalik   yuqori   ball   qo ` yish   mumkin .   Hissiy   holatlarni   laboratoriya   sharoitida   turli
vegetativ   sistemalar   faoliyatini   o ` rganish   orqali   ham   aniqlash   mumkin .
elektroentsofalogramma ,   elektrokardiogramma   va   boshqa   usullardan   foydanish   juda
katta   natijalar   olish   imkonini   beradi Psixik   jarayonlarning   hammasi   organizmning   tashqi   o’zgar ishlarida   va
harakatlarida   ma’lum   darajada   ifodala nadi.   Lekin   odamning   hissiyotlari   ayniqsa
yaqqol   ifodala nadi.   Emosional   kechinmalar   organizmning   tashqi   o’zgarish larida   shu
qadar   yaqqol   alomatlarda   ifodalanadiki,   odatda,   biz   odamning   tashqi   ko’rinishiga
qarab   unda   qanday   hissi yotlar   yuz   berayotganligini   –   u   xursandmi,   yoki   xafami,
g’ a zablanganmi   yoki   biror   nimadan   qo’rq ib   turganmi,   unda   mu h abbat   paydo
bo’lganmi  yoki  nafrat paydo bo’lganmi, shodlik   paydo   bo’lganmi   yoki   uyalish   paydo
bo’lganmi,   xullas,   mana   shu   h islarning   ko’pini   aytib   bera   olamiz.   Rang   k o’ r,   h ol
s o’ r,   degan   h ikmatli   so’zning   psixologik   ma’nosi   bunga   misol   bo’la   oladi.
hissiyotlarning tashqi alomatlarini  ifodali harakat lar  deb ataladi.
  Emosional   kechinmalar   avvalo   muskullarning   ixtiyorsiz   bo’ladigan
harakatlarida   ifodalanadi.   Ijobiy   hissiyotlar   vaqtida   bu   harakatlar,   odatda,   shu
hislarni tug’dirgan nar sa tomonga yo’nalgan bo’ladi, salbiy hissiyotlar vaqtida esa  bu
harakatlar   shu   hislarni   tug’dirgan   narsadan   teskari   to monga   yo’nalgan   bo’ladi.
Masalan,   biz  bir  badiiy  suratni   ko’rib undan zavqlansak, bizda yoqimli his tug’iladi,
shuning uchun beixtiyor shu suratga yaqinlashamiz. Shuningdek, qalin  do’stimiz bilan
to’satdan uchrashib qolganimizda, biz shu do’s timizga tomon beixtiyor harakat qilamiz,
ya’ni unga yaqin  borib qolganligimizni o’zimiz ham sezmay qolamiz.
Ayrim   salbiy   hissiyotlar   vaqtida   bizning   harakatlari miz   shu   hisni   tug’dirgan
narsadan   chetlatishga   intiladi.   Boshqa   ba’zi   salbiy   hissiyotlar   vaqtida,   masalan,
g’azab,   nafrat   hislari   vaqtida   bizning   harakatlarimiz   shu   emosional   kechinmalarga
sabab   bo’lgan   narsa   tomonga   yo’naladi.   Buning   sababi   shuki,   bizda   shu   narsani   yo’q
qilish   yoki   uning   harakatini   bostirish   harakati   tug’iladi   va   biz   shunga   in tilamiz.
Mustaqil  vatanimizning  dushmanlari, terorizmga, diniy  aqidaparastlikka,  vahobizmga
nisbatan bizdagi g’azab va nafratning ajoyib ahamiyati bor, chunki bu g’azab va nafrat
dushmanni yo’q qilishga qaratilgan emosional kechinmalardir.
Bizning   emosional   kechinmalarimiz   mimikada,   gavda   harakatlarida   va   imo-
ishoralarda   ayniqsa   yaqqol   ifoda lanadi.  Kishining  emosional   kechinmalari   fiziologik
jarayonlar da va yig’i, kulgi, boshqa shu kabilarda ham  namoyon bo’ladi. Hissiyotlarning harakatlarda, mimikada, gavdada , imo-ishoralar va ma’noli ko’z
qarashlarda, boshqa shu   kabilarda mana shu tariqa tashqi ifodalanishlarining ham masi
suratga va kinoga olish yo’li bilan qayd qilinishi  mumkin.
Kishining   emosional   kechinmalari   uning   nutqida   ifodalanadi.   Turli   emosional
kechinmalar   vaqtida   un ing   tezligi   o’zgaradi,   ko’pincha,   nutqning   sintaksis   tuzili shi
buziladi,   ritmika   va   intonasiya   o’zgaradi.   O’tkazilgan   tekshirishlar   shuni   ko’rsatdiki,
g’ amginlik   va   ma’yuslik   h is larini   ifodalovchi   nutq   vaqtida   shu   nutqni   so’zlovchi
kishining   ovozi   beixtiyor   pasayib   ketadi,   nutqning   o’zi   susayib   qoladi,   so’zlayotgan
kishining   tovushi   ham   bo’linib-bo’linib   chiqadi.   Xursandlik   holatida   bir   nima
so’zlayotgan   kishining   nutqida   bunga   butunlay   teskari   holat   namoyon   bo’ladi.   Turli
emosional   kechinmalar   vaqtida   ovozning   titrashi   va   uning   past-balandligi   turlicha
o’zgaradi.
Hissiyotlarning   mana   shu   tashqi   ifodalari,   odatda,   ixtiyo rimizdan   tashqari
namoyon   bo’ladi.   Shuni   ham   aytib   o’tish   kerakki,   ayrim   h islar   o’ziga   xos   formada
ifodalanadi.   Ma salan,   qo’rq uv   vaqtida   kishining   ko’z   qorachiqlari   kengayib   ketadi,
badani   q altiraydi, yuzi oqarib-b o’ zarib ketadi. Xur sandlik hissi  vaqtida kishining k o’ zi
yar q irab ketadi, yuzida  
q izarish paydo bo’ladi, harakatlar tezlashadi va  h okazo.
Ammo   odam   o’zining   ifodali   harakatlarini   o’zgartirishi   mumkin:   u   ba’zi
harakatlarni   tiyib   turishi,   ba’zilarini   esa   kuchaytirishi   mumkin.   Odam   sun’iy
ravishda   yangi   ifoda li   harakatlar   yaratishi   va   shu   ifodali   harakatlar   yordami   bilan
o’zidagi emosional kechinmalarni to’liq va  x ilma- x il  qilib ochib berishi mumkin.
Odam o’zining mimikasi va gavda harakatini, shuningdek,   tovushini atayin chiroyli
qilib   ko’rsatishi   mumkin.   U   garchi   o’zi   muayyan   hissiyotlarni   kechinmayotgan   bo’lsa
ham, ammo shu hissi yotlarni   ifodalaydigan   harakatlar   yaratishi   mumkin.   Chunonchi,
artistlar   sa h nada   o’z   h islarini   emas,   balki   sun’iy   mimika,   imo-ishoralar,   nutqining
intonasiyasi   va   shu   kabilarni   yaratish   yo’li   bilan   muayyan   ifodali   harakatlarni
tasvirlab   ko’rsatishlari   lozim   bo’ladi.   H ar   bir   kishi   ham   o’z   hissiyotlarining   tashqi
ifodalarini ma’lum darajada o’zgartirishi mumkin.
Mana   shu   o’zgartiriladigan   va   yangidan   vujudga   keltiriladigan   ifodali
harakatlar,   ya’ni   emosional   kechinmalarning   tashqi   alomatlari   kishida   musta h kam o’rnashib qolishi, ko’nikma va odatga aylanishi, so’ngra esa   h islarning tabiiy ifodasi
tariqasida beixtiyor namoyon bo’lishi mumkin. 
XULOSA.
Kishining   h islari  uning a q l-farosatining o’sib borishi,   uning  ehtiyojlarining  o’sib
borishi bilan  birlikda, faoliyatida o’sib boradi.  O’s ib borayotgan  h islar  esa odamning
a q liy   va   amaliy   faoliyatini   o’ stiradi,   o’sib   borayotgan   shaxsning   ehtiyojlarini
kuchaytiradn va musta h kamlaydi.
Tarbiya   olish   va   o’z-o’zini   tarbiyalash   h islarning   o’sishida   katta   ahamiyatga
egadir.   H islarni   tarbiyalash   keraksiz   va   salbiy   h islarni   tiyish dan,   ijtimoiy   jihatdan
qimmatli va barqaror ijobiy   h islarni  o’stirish hamda musta h kamlashdan iborat bo’ladi.
H islar  x ilma- x il yo’llar bilan tarbiyalanadi.
Yuksak   h is -tuyg’ularni   iroda   yordami   bilan  boshqarib   turish   usullari   ham   bor.
Iroda   kuchi   bilan   tasavvur   va   fikrlar   tug’dirish   yoki   yaratish   mumkin,   bunday
tasavvur yoki fikrlar tegishli   h islarni ham tug’dirishi mumkin. Iroda kuchi bilan tegishli
emosional   holatni   kishi   o’zida   bosib   olishi   yoki   davom   etti rishi   mumkin.   Masalan,
odam iroda kuchi bilan o’zida muayyan   ishga me h r- mu h abbat tug’dirishi va keyin shu
mu h abbat   hissi ni   musta h kamlashi   mumkin.   Biz   d o’ stlik   hissini   saqlash   zarurligi
to’g’risida, er bilan xotinning bir-biriga mu h abbatini va   h urmatini musta h kamlash, oila
a’zolari   o’rtasida   bir-biriga   mu h abbat   va   h urmatni   musta h kamlash   zarurligi   va
mumkinligi   to’g’risida   gapiramiz.   Ijobiy   h islar   ba’zan   uch q un   kabi   paydo   bo’lishi
mumkin. Bu uch q un yonib olovga ay lanishi uchun, eng muhimi esa  h isning uzoq davom
qiladigan  bo’lib qolishi uchun kishiiing o’z irodasi ham zo’r berishi  lozim. H islar   odamning   o’z   iroda   kuchini   ishga   solish   yo’li   bilan   tarbiyalanadi   va
kamolga   yetkaziladi.   H islarni   tarbiyalash   va   kamolga   yetkazishda   odamning
turmushdagi o’z vazifalarini va maqsadlarini anglab ishlashi, muayyan maqsadga bilib
intilishi katta ahamiyatga egadir.
H islarni   tarbiyalash,   asosan,   irodani   tarbiyalashga,   jum ladan,   kishi   o’z-o’zini
tuta   biladigan   qilib   tarbiyalanishiga   bog’liqdir.   Odamda   o’zining   emosional
kechinmalarini   bosh q a rish   zarurligini   anglashni   u qtirib   borish   va   h aqiqatan   ham shu
kechinmalarni boshqara bilishni o’qtirib borish tar biyaning asosiy   vazifalaridan  biridir.
Odamda   o’z-o’zinn   tuta   bilish   q ob i liyatini   o’stirish   –   iroda   va   xarakterni
tar biyalashning muhim jihatlaridan biridir.
Kishilarda kuchli, barqaror ijobiy   h islarga moyillik paydo qilish, doimiy bardamlik
va quvnoqlik kayfiyati, ruhlanib ishlash kayfiyati paydo qilish kishini emosional   jihatdan
tarbiyalashning asosiy maqsadidir.
H ar bir kishida o‘ziga xos u yoki bu xil kayfiyat bo‘ladi. Biz odamlarni quvnoq
kayfiyatli  kishilar  deb,   g‘ amgin ki shilar  deb, ja h ldor  kishilar  deb yoki  ma’yus  kishilar
deb farq qilamiz va  h okazo.
Emotsiyalar   sohasidagi   mana   shu   individual   x ususiyatlarning   hammasi   qisman
organik   sabablarga   (asosan,   nerv   sistemasinnng   holati   va   faoliyatidagi   x ususiyatlarga)
bog‘liq   bo‘ladi,   lekin   ko‘p   jihatdan   odam   yashab,   o‘ sa yo tgan   muhitga   va   q ay   holda
tarbiyalanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Kishilarimiz quvnoq mehnat sharoitida yashaydilar.
SHuning   uchun   ham   quvnoqlikka,   ruhlanishga,   ulfatchilikka,   o‘rtoqchilikka,
d o‘ stlikka hamda boshqa yuksak ijtimoiy va ma’naviy emotsiyalarga moyillik vujudga
keladi.   Mamlakatimizning   hayoti   va   ijtimoiy   mehnatda   aktiv   q atnashish,   Vatanga
cheksiz   me h r,   Vatanni   dushmanlardan   h imoya   qilishda   fidokorlik   h islarini   vujudga
keltirdi. 
Emotsiyalar   va   hissiyotlar   sohasidagi   mana   shu   individual   x ususiyatlarning
hammasi   odam   mijozining,   xarakterining   belgilaridir   va   odamning   nimalarga
qiziqayotganligini ko‘rsatuvchi belgilardir. Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar:
1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya Toshkent.2010y
2 . Davletshin M. G. Umumiy psixologiya. T . , TDPU,    200 2.
3.   Davletshin   M.G.,   Do’stmuxamedova   SH.A.,   Mavlonov   M.M,To’ychieva   S.M.,
«Yosh va  pedagogik psixologiya». T. TDPU, 2004 .
4.Ivanov I., Zufarova M.  Umumiy psixologiya . O’z.FMJ., 2008.
5.Nemov R . S.  Psixologiya. M.: Vlados, 2003. 1-2-t.
6. G`oziev E. G`. Umumiy psixologiya. 1-2 tom. T., Fan, 2002 .
7. Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: 2009.
8. Gamezo A. «A tlas po psixologii » .  Mo skva ,  Piter , 2001 .
9. Radugina A.A. Pedagogika i psixologiya.  M ., 2007.
10. Rubinshteyn S . L.   Osnovы obщey psixologii .  SPb :  Piter , 2007.
11. YUgay A.X. Laboratorno-prakticheskie zanyatiya po psixologii . T.: T DPU , 2008.
12. G`ozievE.G`.Ontogenez psixologiyasi.-T.: Noshir. 2010.
13. Nish a nova   Z.T.,   Do’stmuxamedova   SH.A.,   Tulyaganova   SH.T.   Redagogik
psixologiya   .-T.: Fan  va texnologiyalar markazining bosmoxonasi.2011.
Qo’shimcha adabiyotlar
1 4. Boymurodov N. Amaliy psixologiya. Yangi asr avlodi, 2008.
15. Klimov E.A. Obщaya psixologiya. M., Piter, 2001
16.Klimov E.A. Psixologiya. M., Piter, 2000
17.   K rayg   G .,  Bokum D .  Psixologiya razvitiya. SPb.: Piter, 2006.
18.  Maxsudova M.A. Muloqot psixologiyasi. T., 2006
19.   Nishanova Z. Psixik taraqqiyot diagnostikasi. T., TDPU, 2004
20.  Nish a nova Z.T., Tulyaganova SH.T., Ubaydullaev A.X. «O’smirlik davrida qo’rquv
holatining namoyon bo’lishi».T.TDPU, 2009.
21 .   Fridman L.M. Psixologiya vospitaniya. Kniga dlya vsex, kto lyubit detey. M. TTS
«Sfera»,1999.
22.   SHelixova   N.I   Texnika   pedagogicheskogo   obщeniya.     Pod   obщ.   red.   Ginzburga
M.R.-M; Izd-vo «Institut prakticheskoy psixologii», 1998.  23 .  G’ oziev E. Psixologiya fani XXI asrda. T.: Universitet, 2002.
24 . G’oziev E. Umumiy psixologiya. 1-kitob. T.: Universitet, 2002.
25 . G’oziev E. Psixologiya metodologiyasi. T.: Universitet, 2002.
www.bilimdon.uz ,
  www.pedagog.uz    ,  
    www.ziyonet.    .uz

MAVZU: Yuksak his-tuyg’ularning shaxs taraqqiyotidagi o’rni REJA KIRISH I-bob: Hissiyotlarni o’rganishning o’ziga xos jihatlari. 1.1. Hissiyotlarni o`rganishning nazariy va amaliy qiymati. 1.2. Yuksak his-tuyg’ular haqida tushuncha . II-bob: Yuksak his-tuyg’ularni tadqiq qilish yo’llari, usullari va vositalari. 2.1 Yuksak his-tuyg’ular ning shaxs hayotidagi o’rni 2.2 O`zining hissiyot holatlarini baholash metodi. . Xulosa. Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

KIRISH. XXI asr buyuk o‘zgarishlar davri bo‘lishiga shubha yuk. Bu o‘zgarishlar eng avvalo inson tafakkurida, uning fikrlash tarzida ro’y berishi muqarrar. Tabiiyki, bu holat shaxs ma’naviyati va u orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishning hayotiy zarurat va dolzarbligi haqida gapirar ekan, «Milliy g‘oya birinchi navbatda yosh avlodni vatanparvarlik, el yurtga sadoqat ruxida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur», deb alohida ta’kidlaydi. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bulmish yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadrlar bulib o‘z yurti va xalqiga sidqidildan xizmat qilish, ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mexnat qilishga o‘rgatishni nazarda tutadi. O’zbekistonda yangi hayot, yangi jamiyat qurishga, kelajagimizni jahon hamjamiyatining uzviy bir qismi sifatida barpo etishga azmu qaror qilingan dastlabki kunlardanoq bunday yuksak maqsadlarga erishishning eng muhim sharti – o’z mustaqil fikriga ega, mustahkam irodali, chuqur bilimli, dunyoda hyech kimdan kam bo’lmagan sog’lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish bilan bog’liq. Ana shu maqsadni amalga oshirish yo’lida dastlabki qadam sifatida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ishlab chiqildi. Dasturdan ko’zlangan asosiy maqsad – mustaqil taraqqiyotimizning ustivor yo’nalishini tashkil etadigan sog’lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish etib belgilandi. Sog’lom avlod tarbiyasida esa uning ruhiyatini, psixik jarayonlarini, hissiy va irodaviy xususiyatlarini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning psixik hayotimizda hislar alohida o’rin tutadi. Bizning intellektual jarayonlarimizda obyektiv dunyo sezgilar, idroklar, tasavvurlar va fikrlar tariqasida in’ikos qiladi. Intilishlar va iroda jarayonlarida odam o’z miyasida in’ikos etayotgan

dunyoga ta’sir qiladi. Hislar esa odamning o’z atrofidagi obyektiv voqyelikka va o’zi ga munosabatidan hosil bo’ladigan tuyg’ulardir. Shu bilan bir vaqtda bu tuyg’ular shaxsning quruq, mazmunsiz holati emas: aqliy jarayonlarning hammasi – sezgi va idroklar, xotira, tafakkur va nutq xilma-xil emosional komponentlardan tarkib topadi. Hislar bo’lmaganida edi bizning idrok qilishimiz, xoti ra, tafakkur, tasavvur jarayonlari nursiz, jonsiz bo’lib qolur edi, sezilmaydigan bo’lib o’tar edi yoki umuman vujudga kelmas edi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, hislar idrokimizning yorqin va juda to’liq bo’lishini ta’minlaydi, tez va mustahkam eslab olishimizga ta’sir qiladi. Emosional tuyg’ular bilan birgalikda eslab qolingan narsalar xotiramizda tez va mustahkam o’rnashib qoladi. Xotiramizdagi narsalarni ko’z oldimizga tez keltirish hislarga bog’liqdir. Hislar fantaziyamizni ishga soladi. Fantaziya obrazlari emosional hislar tufayli yorqin va jonli bo’lib qoladi yoki, aksincha, tafakkur jarayonlarini to’xtatib qo’yadi. Hislar fikrlarimizning yorqin va jonli bo’lishini ta’minlaydi. Hislar nutqimizni burro qiladi, nutqimizning ishonchli, yorqin va jonli bo’lishini ta’minlaydi. Hislar tafakkur va iroda bilan birgalikda bizning harakatlarimizni tug’diradi va rag’batlantiradi. Bizdagi beixtiyor harakatlarning ko’pchiligi emosional harakatlardir. Iroda harakatlarining kuchi va shiddati ko’p jihatdan hislarimizga bog’liqdir. Mana shu intellektual va iroda jarayonlarida hislarning o’zi ham sermazmun bo’lib qoladi, intellektual va iro da komponentlari bilan tasavvurlar, tushunchalar, intilishlar bilan boyidi. Hislar inson hayotining mazmunini boyitadi. Emosianal kechinmalari oz va kuchsiz bo’lgan kishilar quruq, mayda gap kishilar bo’lib qoladilar, o’z faoliyatlarida va o’zlarining ayrim hatti-harakatlarida formalist bo’lib qoladilar. Ammo kishining hayotida turli hislar turlicha ahamiyatga ega bo’ladi, Ijobiy hislar, masalan, xursandlik, ruhlanish bizning hayotiy, ijodiy faoliyatimizni oshiradi. Aksincha, salbiy hislarning ko’pi hayotiy, ishchanlik faoliyatimizni pasaytirib yuboradi, Masalan, havotir, g’amginlik, tashvish, ma’yuslik, o’z kuchimizga ishonmaslik hislari mana shunday salbiy hislardir.

Yuksak hislar odam faoliyatining hamma turlarida katta rol o’ynaydi, o’yinlarni, o’qish va o’rganishni hamda mehnatni jonlantiradi va aktivlashtiradi. Hislar zaif bo’lganida odamning faoliyati bo’shashib ketadi, ya’ni odam lanj bo’lib qoladi. Tadqiqotning maqsadi: Yuksak his-tuyg’ularning shaxs hayotidagi o’rni va ahamiyatini tadqiq qilib o’rganishdan iborat. Tadqiqot predmeti: Tadqiqot predmeti bo’lib yuksak his-tuyg’ularni o`rganishninig pedagogik-psixologik jihatlari xizmat qiladi. Tadqiqot obyekti: Tadqiqotimiz obyekti bo’lib SamDU Pedagogika fakulteti, psixologiya yo’nalishi 3-bosqich talabalari hisoblanadi. Tadqiqotning vazifalari: 1. Hissiyotlarni o`rganishning nazariy va amaliy qiymatini aniqlash. 2. Yuksak his-tuyg’ular haqida umumiy tushuncha berish . 3. Yuksak his-tuyg’ularning shaxs hayotidagi ahamiyatini baholash . 4. O`zining hissiyot holatlarini baholash metodidan foydalanish. Tadqiqot farazi: Agar, shaxslarga xos bo’lgan yuksak his-tuyg’ularni eksperimental tadqiq qilib o’rganib ularni rivojlantirish yo’llarini qullasak, inson psixikasini rivojlanishida yanada samaradorlikka erishishimiz mumkin. Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, Prezident I.A.Karimovning barkamol avlod tarbiyasi bo’yicha g’oyalari, ma’ruzalari, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish bo’yicha qarashlari, shuningdek Respublikamiz pedagog-psixolog olimlarining hissiyot va emosiyalarni o’rganish muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlari tadqiqotimiz uchun asos qilib olindi.

I-bob: Hissiyotlarni o’rganishning o’ziga xos jihatlari. 1. 1 . Hissiyotlarni o`rganishning nazariy va amaliy qiymati . Bizning psixik hayotimizda hislar alohida o’rin tutadi. Bizning intellektual jarayonlarimizda obyektiv dunyo sezgilar, idroklar, tasavvurlar va fikrlar tariqasida in’ikos qiladi. Intilishlar va iroda jarayonlarida odam o’z miyasida in’ikos (aks) etayotgan dunyoga ta’sir qiladi. Hislar esa odamning o’z atrofidagi obyektiv voqyelikka va o’zi ga munosabatidan hosil bo’ladigan tuyg’ulardir. Shu bilan bir vaqtda bu tuyg’ular shaxsning quruq, mazmunsiz holati emas: aqliy jarayonlarning hammasi – sezgi va idroklar, xotira, tafakkur va nutq xilma-xil emosional komponentlardan (yoki momentlardan) tarkib topadi. Hislar bo’lmaganida edi bizning idrok qilishimiz, xoti ra, tafakkur, tasavvur jarayonlari nursiz, jonsiz bo’lib qolur edi, sezilmaydigan bo’lib o’tar edi yoki umuman vujudga kelmas edi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, hislar idrokimizning yorqin va juda to’liq bo’lishini ta’minlaydi, tez va mustahkam eslab olishimizga ta’sir qiladi. Emosional tuyg’ular bilan birgalikda eslab qolingan narsalar xotiramizda tez va mustahkam o’rnashib qoladi. Xotiramizdagi narsalarni ko’z oldimizga tez keltirish hislarga bog’liqdir. Hislar fantaziyamizni ishga soladi. Fantaziya obrazlari emosional hislar tufayli yorqin va jonli bo’lib qoladi yoki, aksincha, tafakkur jarayonlarini to’xtatib qo’yadi. Hislar fikrlarimizning yorqin va jonli bo’lishini ta’minlaydi. Hislar nutqimizni burro qiladi, nutqimizning ishonchli, yorqin va jonli bo’lishini ta’minlaydi. Hislar tafakkur va iroda bilan birgalikda bizning harakatlarimizni tug’diradi va rag’batlantiradi. Bizdagi beixtiyor harakatlarning ko’pchiligi emosional harakatlardir. Iroda harakatlarining kuchi va shiddati ko’p jihatdan hislarimizga bog’liqdir. Mana shu intellektual va iroda jarayonlarida hislarning o’zi ham sermazmun bo’lib qoladi, intellektual va iro da komponentlari bilan tasavvurlar, tushunchalar, intilishlar bilan boyidi. Hislar inson hayotining mazmunini boyitadi. Emosianal kechinmalari oz