SHAXS


MAVZU: SHAXS Reja: 1. Shaxs haqida tushuncha 2. "Endopsixika" va "ekzopsixika" haqida tushuncha 3. Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari 4. Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi 5. Shaxsning faolligi 6. Shaxsning malaka va odatlari 7. Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili
1. Shaxs haqida tushuncha Shaxs tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Mehnat qila olish ko’nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta - sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan o’zini o’rganish va faol tarzda qayta o’zgartirish jarayonining sub'ektga aylanmoqda. Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi, ya'ni shaxs, individ, individuallik tushunchasining o’zaro bog’liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga to’xtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug’ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi professor E.G’ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma'nolarini anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog’lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan "Psixologiyadan qisqacha izohli lug’atda" individ bo’linmas, ayrim jins, shaxs ma'nolarini anglatib, biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida ko’rsatib o’tiladi. Keltirilgan ta'riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug’ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tug’diradi, qo’llarining shakli shamoyili mehnat
qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud-ligini ko’rsatadi. Yuqorida aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta'kidlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida tushuntirish lozim. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir. Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o’ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o’ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o’zida mujassamlashtirgan odam yo’q, inson shaxsi o’z individualligi jihatidan betakrordir. INDIVIDUALLIK INSON INDIVID SHAXS
2. "Endopsixika" va "ekzopsixika" haqida tushuncha Hozirgi kunda asosiy muammolardan biri bir shaxsning boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishga ega ekanligidir. Ushbu psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkonini yaratadi. Shaxs tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir necha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi binobarin, ushbu bo’laklarning yig’indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiya fanida psixologlar shaxsning psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli jihatlariga asoslanib, turkumlarga ajratishni tavsiya etmoqdalar. Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning voqelikka ta'siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo’lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan "ichki psixik" ("endopsixik" - yunoncha endo ichki degan ma'noni bildiradi) degan g’oyani ilgari surdilar. Uning talqiniga ko’ra, "endopsixika" shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o’zaro bog’liqligini aks ettiradi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan "endopsixika" aynan bir narsa degan tushuncha tasdiqlanadi, chunki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning "endopsixik" qismi bo’lsa, shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo’lgan barcha jihatlarni, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi. "Endopsixika" o’z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini irodaviy zo’r berish xislatlarini ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. "Ekzopsixika" esa o’z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni qamrab oladi. Tabiiy asosga ega bo’lgan "endopsixika" biologik shart-sharoitlarga bog’liq bo’lsa,