SHAXS STRUKTURASI
SHAXS STRUKTURASI Reja: • Shaxs haqida tushuncha. • Shaxsning tuzilishi. • Shaxs taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar. • Shaxs shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari.
Shaxs strukturasi, ya’ni tuzilishi muammosini bayon , talqin qilishda tayanch va jabha , komponent tushuncha tariqasida yaxlit tuzilishning nisbiy mustaqil qismidan , tahlilning birligi sifatida element tushunchasidan (atamasidan), har qanday kontekstlardan yaxlitlik xususiyatini aks ettirmasa ham ulardan foydalanamiz. Bunday tafovut (farq) shaxs xususiyatlarini yaxlit holda mukammal ochish uchun tarkibiy tizimli va elementli-tizimli darajalarini namoyon etish uchun mutlaqo zarur .
Xarakter strukturasini Xarakter strukturasini xar tomonlama o’rganish, xulq atvorni hayotning turli vaziyatlarga tahlil qilish, yashash sharoiti va tarbiyani qanday yo’lga qo’yilganligini o’rganish asosida to’liq o’rganish mumkin. Xarakter strukturasida birinchi navbatda uning ikki tomoni: mazmuni va shakli farqlanadi. Xarakter mazmuni shaxsning hayotidagi yo’nalishini, ya’ni moddiy va ma’naviy extiyojlarini, qiziqishlarini, idealarini tashkil qiladi.
Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining dolzarbligi bilan fanning tadqiqot doirasidan , predmetidan tashqari chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib , insonning ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniyatiga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiyaga falsafa, pedagogika , tibbiyot singari fanlarning namoyandalari tomonidan uni muhokama qilish namoyon bo’layotganligi tufayli unga qiziqishning kjsakligidan dalolat bermoqda
• Psixologiya fani shaxs strukturasining modelini yaratishga boshqa fanlardan izchilroq kirishadi, uning tabiatini aks ettirish imkoniyatiga erishadi , natijada u psixologiya muammolari majmuasida markaziy o’rin egalladi. Psixologiya olimlari tomonidan tadqiqot qilinayotgan dolzarb muammolar bilan shaxs tuzilishiga oid masala u yoki bu jabhasi orqali uzviy bog’liqlikka ega. Bu kontekstda xulq motivatsiyasi, shaxsning tipologiyasini ishlab chiqish , shaxsga ta’sir o’tkazishning samarali yo’lyo’rinushrini qidirishni eslatib o’tishning o’zi kifoya.