Shaxs Strukturasi
Mavzu:Shaxs Strukturasi Reja 1.Shax s st r ukt urasi haqida t ushuncha. 2. Shax s st ruk t urasi haqida fi krlar
• Shaxs- insonni ongli faoliyat yoki munosabatlar sub`yekti sifatida tavsiflaydi. Shaxs- bu menligini anglagan, jamiyatda biror ijtimoiy rol bajaradigan, ongli mehnati bilan o`z ehtiyojlarini qondiradigan insondir. K.K.Platonovning talqiniga binoan : jamiyatda o`z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a`zosi shaxs deyiladi. K.K.Platonov ta`limotiga ko`ra shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega: 1. Yo`nalganlik- shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko`lam darajalarini farqlash lozim. 2. Ijtimoiy tajriba-ta`lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko`nikmalar va odatlarni qamrab oladi. Psixologik aks ettirish shakllari-ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari. 3. Biologic shartlangan osttuzish-miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog`liq bo`lgan patologik o`garishlarni , shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xislatlarini birlashtiradi.
• Shaxsni o`rganishda psixologiyaning barcha metodlaridan foydalanish mumkin, ya`ni kuzatish, eksperiment, test, suhbat, anketa, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya metodlari. Ular orasida ko`proq so`rovnoma va test metodlaridan foydalanish keng tarqalgan. • Bolalar psixodiagnostikasi ixtiyorida faqat maxsus proyektiv meetodlar, ya`ni bolaning yutuqqa erishish motivlari va xavotirlanish holatlarini o`rganish metodlari mavjud shax sifatlarini baholashda ekspert baholash metodlaridan foydalanish mumkin. Bunda ekspert sifatida bolani yaxshi biladigan kattalar, tarbiyachilar, ota-onalar maydonga chiqadi. Faqat ana shunday tarzda bolaning shaxs sifatlariga baho bera olish imkoniyatlariga ega bo`lamiz. •
“ Men kimman” metodikasi • Ushbu metodika yordamida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning o`z-o`zini baholashi tashxislanadi. Tadqiqotchi 10 xil shaxs sifatlari haqida savol berib, qaydnomada belgilab boradi va ular ballarga aylantiriladi. • Natijalarni baholash • “ Ha” shaklidagi javoblar 1 ball bilan, “Yo`q” shaklidagi javoblar 0 ball bilan baholanadi. “Bilmayman” va “Ba`zan” javoblariga 0,5 ball beriladi. Bolaning o`z- o`zini anglashi umumiy ballar yig`indisi bilan aniqlanadi. • Bola taraqqiyoti haqida xulosa: • 10 ball – juda yuqori • 8-9 ball yuqori • 4-7 ball – o`rtacha • 2-3 ball – past • 0-1 ballgacha – juda past