logo

NUTQ VA MUOMALA Muomala texnikasi va strategiyasi.

Yuklangan vaqt:

29.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

202 KB
Mavzu. NUTQ VA MUOMALA  Muomala texnikasi va strategiyasi.
REJA:
1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi.
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni.
3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari.
4. Muloqot va uni o’rganish muammolari.
5. Muloqotningpsixologiktizimi . 1.   Insoniy   munosabatlar   psixologiyasi .   Shaxs   —   ijtimoiy   munosabatlar
mahsuli deyilishining eng asosiy sababi — uning doimo insonlar davrasida, ular bilan
o’zaro   ta’sir   doirasida   bo’lishini   anglatadi.   Bu   shaxsning   eng   yetakchi   va   nufuzli
faoliyatlaridan biri  muloqot  ekanligiga ishora qiladi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma-
yuz»  bo’lishi   yoki   u   yoki   bu   texnik  vositalar   (telefon,   telegraf   va  shunga   o’xshash)
orqali   amalga   oshiriladigan;   biror   professional   faoliyat   jarayonidagi   amaliy   yoki
do’stona   bo’lishi;   subyekt-subyekt   tipli   (dialogik,   sheriklik)   yoki   subyekt-obyektli
(monologik) bo’lishi mumkin.
Insoniy   munosabatlar   shunday   o’zaro   ta’sir   jarayonlariki,   unda   shaxslaro
munosabatlar   shakllanadi   va   namoyon   bo’ladi.   Bunday   jarayon   dastlab   odamlar
o’rtasida   ro’y   beradigan   fikrlar,   his-kechinmalar,   tashvishu   —   quvonchlar
almashinuvini   nazarda   tutadi.   Odamlar   muloqotda   bo’lishgani   sari,   ular   o’rtasidagi
munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o’rtasida umumiylik, o’xshashlik va uyg’unlik
kabi   sifatlar   paydo   bo’ladiki,   ular   bir-birlarini   bir   qarashda   tushunadigan   yoki
«yarimta jumladan» ham fikr  ayon bo’ladigan bo’lib qoladi, ayrim xollarda esa ana
shunday   muloqotning   tig’izligi   teskari   reaksiyalarni   —   bir-biridan   charchash,
gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi.  Masalan, oila muhiti
va   undagi   munosabatlar   ana   shunday   tig’iz   munosabatlarga   kiradi.   Faqat   bunday
tig’izlik   oilaning   barcha   a’zolari   o’rtasida   emas,   uning   ayrim   a’zolari   o’rtasida
bo’lishi mumkin (ona-bola, qaynona-kelin va x-zo).
O’zaro   munosabatlarga   kirishayotgan   tomonlar   munosabatdan   ko’zlaydigan
asosiy   maqsadlari   —   o’zaro   til   topishish,   bir-birini   tushunishdir.   Bu   jarayonning
murakkabligi, kerak bo’lsa, «jozibasi», betakrorligi shundaki, o’zaro bir xil til topishish
yoki   tomonlarning   aynan   bir   xil   o’ylashlari   va   gapirishlari   mumkin   emas.  Agar   ana
shunday   vaziyatni   tasavvur   qiladigan   bo’lsak,   bunday   muloqot   eng   samarasiz,   eng
beta’sir   bo’lgan   bo’lar   edi.   Masalan,   tasavvur   qiling,   uzoq   vaqt   ko’rishmay   qolgan
do’stingizni   ko’rib   qoldingiz.   Siz   undan   xol-ahvol   so’radingiz,   lekin   u   tashabbusni
sizga   berib,   nimaiki   demang,   sizni   ma’qullab,   gapingizni   qaytarib   turibdi.   Bunday
muloqat   juda   bemaza   bo’lgan   va   siz   ikkinchi   marta   o’sha   odam   bilan   iloji   boricha
rasman   salom   —   alikni   bajo   keltirib   o’tib   ketavergan   bo’lardingiz.   Ya’ni,   muloqot
faoliyati   shunday   shart-sharoitki,   unda   har   bir   shaxsning   individualligi,   betakrorligi,
bilimlar   va   tasavvurlarning   xilma-xilligi   namoyon   bo’ladi   va   shunisi   bilan   u
insoniyatni asrlar davomida o’ziga jalb etadi.
Har   qanday   faoliyatdan   zerikish,   charchash   mumkin,   faqat   odam   muloqotdan,
ayniqsa,   uning   norasmiy   samimiy,   bevosita   shaklidan   charchamaydi,   yaxshi
suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar.
XXI   asr   bo’sag’asida   odamning   eng   tabiiy   bo’lgan   muloqotga   ehtiyoji,   uning
sirlaridan   xabardor   bo’lish   va   o’zgalarga   samarali   ta’sir   eta   olishga   bo’lgan   intilishi
yanada oshdi va buning qator sabablari bor.
Birinchidan,   industrial   jamiyatdan   axborotlar   jamiyatiga   o’tib   bormoqdamiz.
Axborotlarning  ko’pligi   aynan   inson   manfaatiga   aloqador   ma’lumotlarni   saralash,   u
bilan   to’g’ri   munosabatda   bo’lishni   taqozo   etdi.   Axborot   XXI   asrda   eng   nodir
2 kapitalga aylanadi va bu o’z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va
tempini o’zgartiradi.
Ikkinchidan,   turli   kasb-faoliyat   sohasida   ishlayotgan   odamlar   guruhining
ko’payishi,   ular   o’rtasida   munosabatlar   va   aloqaning   dolzarbligi   axborotlar   tig’iz
sharoitda   oddiygina   muloqotni   emas,   balki   professional,   bilimdonlik   asosidagi
muloqotni   talab   qiladi.   Umuman,   XX1   asrning   korporasiyalar   asri   bo’ladi,   deb
bashorat   qilayotgan   iqtisodchilar   ham   bu   korporasiya   insonlarning   o’zaro   til
topishlariga   qaratilgan   malakalarning   rivojlangan,   mukammal   bo’lishi   haqida
gapirmoqdalar.   Undan   tashqari,   bu   kabi   korporativ   aloqa   ko’p   xollarda   bevosita
yuzma-yuz   emas,   balki   zamonaviy   texnik   vositalar   —   uyali   aloqa,   fakslar,   elektron
pochta,  Internet  kabilar  yordamida  aniq  va  lo’nda  fikrlarni  uzatishni  nazarda  tutadi.
Bu ham o’ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi.
Uchinchidan,   oxirgi   paytlarda   shunday   kasb-xunarlar   soni   ortdiki,   ular
sosionomik   guruh   kasblar   deb   atalib,   ularda   «odam-odam»   dialogi   faoliyatning
samarasini   belgilaydi.   Masalan,   pedagogik   faoliyat,   boshqaruv   tizimi,   turli   xil
xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda
odamlarning   ataylab   muloqot   bilimdonligining   oshirilishi   mehnat   mahsulini
belgilaydi.
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga
o’rgatish (sosial psixologik trening) masalalari bilan shug’ullanuvchi fanlarning ham
jamiyatdagi o’rni va salohiyati keskin oshdi.
     Shaxslararo   muomalaning   shaxs   taraqqiyotidagi   o’rni    .   Aslida   har   bir
insonning   ijtimoiy   tajribasi,   uning   insoniy   qiyofasi,   fazilatlari,   xattoki,   nuqsonlari
ham   muloqot   jarayonlarining   mahsulidir.   Jamiyatdan   ajralgan,   muloqotda   bo’lish
imkoniyatidan   mahrum   bo’lgan   odam   o’zida   individ   sifatlarini   saqlab   qolishi
mumkin,   lekin   u   shaxs   bo’lolmaydi.   Shuning   uchun   muloqotning   shaxs
taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini taxlil qilamiz.
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi — suhbatdoshlarning o’zaro
bir-birini   tushunishlarini   ta’minlashdir.   Bu   o’zbeklarda   samimiy   salom-alik,   ochiq
yuz   bilan   kutib   olishdan   boshlanadi.   O’zbek   xalqining   eng   nodir   va   buyuk
xislatlaridan   biri   ham   shuki,   uyiga   birov   kirib   kelsa,   albatta   ochiq   yuz   bilan   kutib
oladi,   ko’rishadi,   so’rashadi,   xol-ahvol   so’raydi.   Shunisi   xarakterliki,   ta’ziyaga
borgan chog’da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu kabi birlamchi
kontakt   usullari   boshqa   millat   va   xalqlarda   ham   bor,   ya’ni   bu   jihat   milliy   o’ziga
xoslikka ega.
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi
faqat   odamlar   davrasida   ijtimoiylashadi,   o’ziga   zarur   insoniy   xususiyatlarni
shakllantiradi.   Odam   bolasining   yirtqich   hayvonlar   tomonidan   o’g’rilanib   ketilishi,
so’ng   ma’lum   muddatdan   keyin   yana   odamlar   orasida   paydo   bo’lishi   faktlari   shuni
ko’rsatganki,   «mauglilar»   biologik   mavjudot   sifatida   rivojlanaveradi,   lekin
ijtimoiylashuvda   ortda   qolib   ketadi.   Bundan   tashqari,   bunday   xolat   boladagi   bilish
qobiliyatlarini ham cheklashi ko’plab psixologik eksperimentlarda o’z isbotini topdi.
Muloqotning   yana   bir   muhim   vazifasi   —   u   odamni   u   yoki   bu   faoliyatga
hozirlaydi,   ruhlantiradi.   Odamlar   guruhidan   uzoqlashgan,   ular   nazaridan   qolgan
3 odamning   qo’li   ishga   ham   bormaydi,   borsa   ham   jamiyatga   emas,   balki   faqat
o’zigagina   manfaat   keltiradigan   ishlarni   qilishi   mumkin.   Masalan,   ko’plab
tadqiqotlarda   izolyasiya,   ya’ni   odamni   yolg’izlatib   qo’yishning   uning   ruhiyatiga
ta’siri   o’rganilgan.   Masalan,   uzoq   vaqt   termokamerada   bo’lgan   odamda   idrok,
tafakkur, xotira, hissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir
taqozosi   bilan   yolg’izlikka   mahkum   etilgan   odamlarning   maqsadli   faoliyatlar   bilan
o’zlarini   band   etishlari   u   qadar   katta   salbiy   o’zgarishlarga   olib   kelmasligini   ham
olimlar   o’rganishgan.   Lekin   baribir   har   qanday   yolg’izlik   va   muloqotning
yetishmasligi   odamda   muvozanatsizlik,   hissiyotga   beriluvchanlik,   hadiksirash,
havotirlanish,   o’ziga   ishonchsizlik,   qayg’u,   tashvish   hislarini   keltirib   chiqaradi.
Shunisi qiziqki, yolg’izlikka mahkum bo’lganlar ma’lum vaqt o’tgach ovoz chiqarib,
gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko’rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi
gaplar   bo’lsa,   keyinchalik   nimagadir   qarab   gapiraverish   ehtiyoji   paydo   bo’lar   ekan.
Masalan,   bir   M.   Sifr   degan   olim   ilmiy   maqsadlarini   amalga   oshirish   uchun   63   kun
g’or   ichida   yashagan   ekan.   Uning   keyinchalik   yozishicha,   bir   necha   kun   o’tgach,   u
turgan   yerda   bir   o’rgimchakni   ushlab   oladi   va   u   bilan   dialog   boshlanadi.   «Biz,   deb
yozadi   u,   shu   hayotsiz   g’or   ichidagi   tanho   tirik   mavjudotlar   edik.   Men   o’rgimchak
bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg’ura boshladim.»
Shaxsning   muloqotga   bo’lgan   ehtiyojining   to’la   qondirilishi   uning   ish
faoliyatiga   ham   ta’sir   ko’rsatadi.   Odamlar,   ularning   borligi,   shu   muhitda   o’zaro
gaplashish   imkoniyatining   mavjudligi   fakti   ko’pincha   odamni   ishlash   qobiliyatini
ham   oshirarkan,   ayniqsa,   gaplashib   o’tirib   qilinadigan   ishlar,   birgalikda   yonma-yon
turib   bajariladigan   operasiyalarda   odamlar   o’z   oldida   turgan   hamkasbiga   qarab
ko’proq, tezroq ishlashga kuch va qo’shimcha iroda topadi. To’g’ri, bu hamkorlikda
o’sha   yonidagi   odam   unga   yoqsa,   ular   o’rtasida   o’zaro   simpatiya   hissi   bo’lsa,   unda
odam   ishga   «bayramga   kelganday»   keladigan   bo’lib   qoladi.   Shuning   uchun   ham
amerikalik   sosiolog   hamda   psixolog   Jon   Moreno   asrimiz   boshidayoq   ana   shu
omilning   unumdorlikka   bevosita   ta’sirini   o’rganib,   sosiometrik   texnologiyani,   ya’ni
so’rovnoma asosida bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va
sosiometriya metodikasiga asos solgan edi.
Shunday   qilib,   muloqot   odamlarning   jamiyatda   o’zaro   hamkorlikdagi
faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi
demokratik   munosabatlar   sharoitida   turli   ishlab   chiqarish   qarorlarini   yakka   tartibda
emas,   balki   kollegial   —   birgalikda   chiqarish   ehtiyoji   paydo   bo’lganligini   hisobga
olsak,   odamlarning   muomala   madaniyati   va   muloqat   texnikasi   mehnat   unumdorligi
va samaradorlikning muhim omillaridandir.
    Insoniy  muomala va  muloqotning  psixologik vositalari.      Odamlar   bir-birlari
bilan   muomalaga   kirishar   ekan,   ularning   asosiy   ko’zlagan   maqsadlaridan   biri   —
o’zaro   bir-birlariga   ta’sir   ko’rsatish,   ya’ni   fikr   —   g’oyalariga   ko’ndirish,   harakatga
chorlash, ustanovkalarni o’zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir
— bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga
ta’sir ko’rsata olishdir.
Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi.
4 1. Verbal   ta’sir   —   bu   so’z   va   nutqimiz   orqali   ko’rsatadigan   ta’sirimizdir.
Bundagi   asosiy   vositalar   so’zlardir.   Ma’lumki,   nutq   —   bu   so’zlashuv,   o’zaro
muomala   jarayoni   bo’lib,   uning   vositasi   —   so’zlar   hisoblanadi.   Monologik   nutqda
ham, dialogik nutqda ham odam o’zidagi barcha so’zlar zahirasidan foydalanib, eng
ta’sirchan so’zlarni topib, sherigiga ta’sir ko’rsatishni hoxlaydi.
2. Paralingvistik   ta’sir   —   bu   nutqning   atrofidagi   nutqni   bezovchi,   uni
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda
ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan
amalga   oshiriladigan   xarakatlar,   nidolar   kiradi.   Shunga   qarab,   masalan,   do’stimiz
bizga   biror   narsani   va’da   berayotgan   bo’lsa,   biz   uning   qay   darajada   samimiyligini
bilib olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa
ishonamiz, albatta.
3. Noverbal ta’sirning  ma’nosi «nutqsiz»dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda
bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, xolatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika,
pantomimika,   qarashlar,   bir-birini   bevosita   xis   qilishlar,   tashqi   qiyofa,   undan
chiqayotgan   turli   signallar   (shovqin,   hidlar)   kiradi.   Ularning   barchasi   muloqot
jarayonini   yanada   kuchaytirib,   suhbatdoshlarning   bir-birlarini   yaxshiroq   bilib
olishlariga   yordam   beradi.   Masalan,   agar   uchrashuvning   dastlabki   daqiqalarida
o’rtog’ingiz   sizga   qaramay,   atrofga   alanglab,   «Ko’rganimdan   biram   xursandman»,
desa, ishonasizmi?
Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlariga ta’sir
ko’rsatmoqchi   bo’lishganda,   dastavval   nima   deyish,   qanday   so’zlar   vositasida   ta’sir
etishni o’ylar ekan. Aslida esa, o’sha so’zlar va ular atrofidagi xarakatlar muhim rol
o’ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko’ra, birinchi
marta   ko’rishib  turgan  suhbatdoshlardagi  taassurotlarning  ijobiy  bo’lishiga  gapirgan
gaplari   7%,   paralingvistik   omillar   38%,   va   noverbal   xarakatlar   58%   gacha   ta’sir
qilarkan.   Keyinchalik   bu   munosabat   o’zgarishi   mumkin   albatta,   lekin   xalq   ichida
yurgan   bir   maqol   to’g’ri:   «Ust   —   boshga   qarab   kutib   olishadi,   aqlga   qarab
kuzatishadi».
Muloqotning   qanday   kechishi   va   kimning   ko’proq   ta’sirga   ega   bo’lishi
sheriklarning rollariga ham bog’liq. Ta’sirning tashabbuskori — bu shunday sherikki,
unda   ataylab   ta’sir   ko’rsatish   maqsadi   bo’ladi   va   u   bu   maqsadni   amalga   oshirish
uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshliq ishi tushib,
biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o’rnidan turib kutib oladi, iltifot ko’rsatadi, xol-
ahvolni ham quyuqroq so’raydi va so’ngra gapning asosiy qismiga o’tadi.
Ta’sirning   adresati   —   ta’sir   yo’naltirilgan   shaxs.   Lekin   tashabbuskorning
suhbatga   tayyorgarligi   yaxshi   bo’lmasa,   yoki   adresat   tajribaliroq   sherik   bo’lsa,   u
tashabbusni   o’z   qo’liga   olishi   va   ta’sir   kuchini   qayta   egasiga   qaytarishi   mumkin
bo’ladi.
3.4.   Muloqot   va   uni   o’rganish   muammolari .   O xirgi   yillarda
«professionalizm»   tushunchasi   tez-tez   ishlatiladigan   bo’lib   qoldi.   Chunki   jamiyatda
tub   islohotlarni   amalga   oshirish,   mehnat   unumdorligini   «inson   omili»ni
takomillashtirish   hisobiga   oshirish   davr   talabi   bo’lib   qoldi.   Ayniqsa,   odamlarni
boshqarish  sohasidagi   professionalizmga  katta e’tibor  qaratilmoqda.  Juda  ko’pchilik
5 mutaxassislar   barcha   bajaradigan   funksiyalari   orasida   odamlar   bilan   til   topishish,
ularga   ta’sir   ko’rsatish,   ular   faoliyatini   to’g’ri   tashkil   qilish   va   boshqarish   eng
murakkablaridan ekanligini e’tirof etmoqdalar. Odamlar bilan normal munosabatlarni
o’rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida amaliy sheriklarning xolatlari, kutishlarini
aniqlay   olmaslik,   o’z   nuqtai   nazariga   o’zgalarni   professional   tarzda   ko’ndira
olmaslik,   «birov»ni,   uning   ichki   kechinmalari   va   o’ziga   bo’lgan   munosabatini   aniq
tasavvur   qila   olmaslik   amaliy   psixologiyada   kommunikativ   uquvsizlik ,   yoki
diskommunikasiya  xolatini keltirib chiqaradi. Bunda odamlar oddiy til bilan aytganda,
bir-birlarini   tushunolmay   qoladilar,   shuning   oqibatida   pishib   turgan   loyiha   yoki
yaxshi reja amalga oshmasligi, bir necha oylarga cho’zilib ketishi mumkin.
Shuning   uchun   ham   hozirgi   zamon   ijtimoiy   psixologiyasining   tadbiqiy
yo’nalishida,   boshqaruv   psixologiyasida   katta   yoshli   odamlarni   kommunikativ
bilimdonlikka   o’rgatish,   ularda   zarur   kommunikativ   malakalarni   hosil   qilishga   katta
ahamiyat   berilmoqda.   Har   bir   korxona,   xususiy   firma   yoki   davlat   muassasasini
boshqaruvchi   menedjer,   rahbar   tayyorlash   muammosi   ana   shu   rahbarlarni,
boshqaruvchilarni  psixologik  jihatdan  odamlar   bilan ishlashga  o’rgatish  muammosini
chetlab   o’tolmaydi.   Umuman,   hozirgi   davrda   har   qanday   mutaxassis   —   vrach,
muxandis, o’qituvchi, iqtisodchi, agronom, quruvchi, jurnalist, madaniyatshunos yoki
boshqalar   ham   kommunikativ   malakalarga   ega   bo’lmaguncha,   bozor   munosabatlari
sharoitida   tezda   jamoaga   kirishib,   ko’pchilik   bilan   til   topishib,   o’z   professoinal
mahoratini   ko’rsata   olmaydi.   Har   bir   ziyoli   inson   boshqalar   bilan   hamkorlik   qilish
mahorati va san’atiga ega bo’lishi kerak.
Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o’rgatishni har qachongidan
ham   dolzarb   qilib   qo’ymoqda.   To’g’ri,   muloqotga   kirishish   —   ijtimoiylashuv
jarayonida   barcha   sifatlardan   oldinroq   shakllanadigan   qobiliyatlardan,   u   tabiiy   va
hayotiy   narsa.   Bola   tili   juda   yaxshi   chiqib   ulgurmay,   atrofidagilar   bilan   aktiv
muloqotga   kirisha   boshlaydi.   Lekin   masalaning   paradoksal   tomoni   ham   shundaki,
yillar o’tgan sari ongli, aqlli odam har bir gapini o’ylab gapiradigan, har bir qadamini
o’ylab   bosadigan   bo’lib   qoladi,   bu   uning   jamiyatdagi   mavqyesini   belgilovchi
vositadir.   Bu   muloqotga   kirishishga   ruhan   tayyorlanishning   ahamiyatini   ham   odam
anglashini taqozo etadi. Shunday qilib, ana shu eng tabiiy va bir qarashda oddiy inson
faoliyati   shu   qadar   murakkab   va   serqirraki,   uning   mexanizmlarini   o’rganish,
guruhlarda   to’g’ri   munosabatlarni   tashkil   etish   va   odamlarni   samarali   muloqatga
o’rgatish muammosi bugungi ijtimoiy psixologiyaning muhim masalalaridandir.
Ma’lumki,   gaplashayotgan   odamlar   biri   gapiradi,   ikkinchisi   tinglaydi,   eshitadi.
Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o’zaro mosligi, bir-birini
to’ldirishiga bog’liq ekan. Noto’g’ri tasavvurlardan biri shuki, odamni muomala yoki
muloqotga   o’rgatganda,   uni   faqat   gapirishga,   mantiqan   asoslangan   so’zlardan
foydalanib,   ta’sirchan   gapirishga   o’rgatishadi.   Uning   ikkinchi   tomoni   —   tinglash
qobiliyatiga   deyarli   e’tibor   berilmaydi.   Mashhur   amerikalik   notiq,   psixolog   Deyl
Karnegi   «Yaxshi   suhbatdosh   —   yaxshi   gapirishni   biladigan   emas,   balki   yaxshi
tinglashni   biladigan   suhbatdoshdir»   deganda   aynan   shu   qobiliyatlarning   insonlarda
rivojlangan bo’lishini nazarda tutgan edi.
6 Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i tinglash
jarayoniga   ketar   ekan,   odamlar   bilan   doimiy   muloqotda   bo’ladiganlar   35   —   40%
oylik   maoshlarini   odamlarni   «tinglaganlari»   uchun   olarkanlar.   Bundan   shunday
xulosa   kelib   chiqadiki,   kommunikasiyaning   eng   qiyin   sohalaridan   hisoblangan
tinglash qobiliyati odamga ko’proq foyda keltirarkan.
Shuning   uchun   bo’lsa   kerak,   nemis   faylasufi   A.   Shopengauer   «Odamlarni
o’zingiz   to’g’ringizda   yaxshi   fikrga   ega   bo’lishlarini   xohlasangiz,   ularni   tinglang»
deb   yozgan   ekan.   Darhaqiqat,   agar   siz   kuyunib   gapirsangizu,   suhbatdoshingiz   sizni
tinglamasa,   boshqa   narsa   bilan   ovora   bo’laversa,   undan   ranjiysiz,   nafaqat   ranjiysiz,
balki   u   bilan   aloqani   ham   uzasiz.   O’qituvchi   gapirayotgan   paytda   uni   tinglamaslik
odobsizlikning eng keng tarqalgan ko’rinishi deb baholanishini bilasizmi?
Nima uchun biz ko’pincha yaxshi gapiruvchi, so’zlovchi bo’la olamiz-u, yaxshi
tinglovchi bo’la olmaymiz? Psixologlarning fikricha, asosiy xalaqit beruvchi narsa —
bu   bizning   o’z   fikr   —   o’ylarimiz   va   xohishlarimiz   og’ushida   bo’lib   qolishimizdir.
Shuning   uchun   ham   ba’zan   rasman   sherigimizni   tinglayotganday   bo’lamiz,   lekin
aslida hayolimiz boshqa yerda bo’ladi. Tinglashning ham xuddi gapirishga o’xshash
texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi ham ko’p, lekin asosan biz kundalik hayotda
uning   ikki   usulini   qo’llaymiz:   so’zma-so’z   qaytarish   va   boshqacha   talqin   etish.
Birinchisi,   suhbatdosh   so’zlarining   bir   qismini   yoki   yaxliticha   qaytarish   orqali,
sherikni   qo’llab-quvvatlashni   bildiradi.   Ikkinchi   usul   esa   —   sherigimiz   so’zlarini
tinglab, undagi asosiy g’oyani muxtasar, o’zimizning talqinimizda ifoda etish. Ikkala
usul ham sherik uchun muhim, chunki u sizning tinglayotganingizni, xattoki, undagi
g’oyalarga  qarshi  emasligingizni  bildiradi.  Bunday  tashqari,  biz yaxshi  tinglayotgan
bo’lib,   «Yo’g’-e?»,   «Nahotki?»,   «Qara-ya?»,   «Yasha!»   luqmalari   bilan   ham
suhbatdoshimizni   gapirishga,   yanayam   o’z   fikrlarini   oydinlashtirishga   chaqirib
turamiz.
Demak,   aslida   bizdagi   gapirayotgan   shaxs   yetakchi,   u   suhbatning   mutloq
xokimi, degan tasavvur  unchalik to’g’ri emas. Yaxshi  tinglashda ham shunday kuch
borki,   u   suhbatdoshni   Sizga   juda   yaqinlashtiradi,   ishonchni   tug’diradi.   Chunki
muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa — bu axborotning o’zi. Tinglayotgan odam
ma’nili,   yaxshi   dialogdan   faqat   yaxshi,   foydali   ma’lumot   oladi.   Gapirgan   esa
aksincha, o’zidagi borini berib, gapirmaydigan suhbatdoshdan «teskari aloqani» olib
ulgurmay,   hyech   narsasiz   qolishi   ham   mumkin.   Shuning   uchun   muloqotga
o’rgatishning muhim yo’nalishlaridan biri — odamlarni faol tinglashga, bunda barcha
paralingvistik va noverbal omillardan o’rinli foydalanishga o’rgatishdir.
Professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
 aktiv  xolat.   Bu  —  agar  kreslo  yoki  divan  kabi  mebel   bo’lsa,   unga  bemalol
yastanib yoki  yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari  joylariga qaramaslik,
mimika,   bosh   chayqash   kabi   xarakatlar   bilan   uning   har   bir   so’ziga
qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi;
 suhbatdoshga   samimiy   qiziqish   bildirish.   Bu   nafaqat   suhbatdoshni   o’ziga
jalb   qilib,   balki   keyin   navbat   kelganda   o’zining   har   bir   so’ziga   uni   ham
ko’ndirishning samarali yo’lidir.
7  o’ychan   jimlik .   Bu   suhbatdosh   gapirayotgan   paytda   yuzda   mas’uliyat   bilan
tinglayotganday   tasavvur   qoldirish   orqali   o’zingizning   suhbatdan
manfaatdorligingizni bildirish yo’li.
Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o’z-
o’ziga xurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko’pchilik tasavvur 
qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali 
bo’lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini 
ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g’oyalarning shakllanishiga sharoit 
yaratadi. Shuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar 
talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon 
ham teng yutadi.
Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon — gapirish va tinglashning
faol o’zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining
psixologik   savodxonligi   va   muloqot   texnikasini   egallashining   ahamiyatini   anglash
qiyin   bo’lmaydi.   Shuning   uchun   ham   ijtimoiy   psixologiyada   odamlarni   samarali
muloqotga   ataylab   o’rgatishga   juda   katta   e’tibor   beriladi.   Bu   boradagi   fanning   o’z
uslubi   bo’lib,   uning   nomi   ijtimoiy   psixologik   trening   (IPT)   deb   ataladi.   IPT   —
muloqot   jarayoniga   odamlarni   psixologik   jihatdan   hozirlash,   ularda   zarur
kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir.
Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
    Muloqotning psixologik tizimi.    
Til   muomala   vositasidir .   Til   muomalaga   kirishuvchilar   o’rtasidagi
kommunikasiyani  ta’minlaydi, chunki uni axborot  beruvchi  ham, uni  qabul  qiluvchi
ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul
qiluvchi  (resipiyent)  muloqot  jarayonida  bir   xil  tildan foydalanishi  kerak,  aks  holda
bir-birini to’g’ri tushunolmaydi. 
Muloqot   ishtiroqchilari   o’z   ongida   bir-birlarining   ichki   dunyosini   qayta
tiklashga,   his-tuyg’ularini,   xulq-atvorining   sabablarini   fahmlab   yetishga   harakat
qiladi.   Shaxsga   boshqa   odamlarning   faqat   tashqi   qiyofasi,   ularning   fe’l-atvori   va
hatti-harakatlari,   ular   qo’llanadigan   kommunikativ   vositalargina   bevosita   in’om
etilgan   va   ana   shu   ma’lumotlarga   tayangan   holda   o’zi   bilan   muloqotga   kirishgan
odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida
xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to’g’ri keladi. Taniqli psixolog
S.L.Rubinshteyn   shunday   deb   yozgan   edi:   “Kundalik   hayotda   odamlar   bilan
muloqotga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo’ljal olamiz. Negaki,
biz   ularning   tashqi   ma’lumotlari   mohiyatini   guyo   “o’qib”,   ya’ni   “mag’zini   chaqib”
chiqamiz, shu yo’sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo’lgan mazmunini
aniqlaymiz.   Bunday   o’qish   naridan   beri   tez   yuz   beradi,   chunki   atrofdagilar   bilan
muloqot   jarayonida   bizda   muayyan   darajada   ularning   fe’l-atvoriga   nisbatan
avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo’ladi.
Bir   qarashda   osonga   o’xshagan   shaxslararo   muloqot   ja rayoni   aslida   juda
murakkab jarayon bo’lib, unga odam hayoti mobaynida o’rganib boradi. Muloqotning
psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F. Parigin shunday yozadi: «Muloqot
shunchalik ko’p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi:
8 a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; 
s) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni. 
Muloqotning turli shakllari yoki bosqichlari mavjud bo’lib, dastlabki bosqich –
odamning o’z-o’zi bilan muloqotidir. T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» darsligida:
«Agar odam ozgina bo’lsa ham o’zini anglasa, demaq u o’z-o’ziga ko’rsatmalar bera
oladi»,   -   deb   to’g’ri   yozgan   edi.   Odamning   o’z-o’zi   bilan   muloqoti   aslida   uning
boshqalar  bilan muloqotining xarakterini  va hajmini  belgilaydi. Agar  odam  o’z-o’zi
bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o’zini chetga tortib, tortinib
yursa, demaq u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni
boshdan  kechiradi, deyish  mumkin.  Demaq  boshqalar  bilan  muloqot  –  muloqotning
ikkinchi bosqichidir.
A.N.Leontyev   o’zining   «Psixika   taraqqiyotidan   ocherklar»   kitobida
muloqotning uchinchi shakli – avlodlar o’rtasidagi muloqotning ahamiyati to’g’risida
shunday   deb   yozadi:   «Agar   barcha   katta   avlod   o’lib   ketganda,   insoniyat   turi   yo’q
bo’lib   ketmasdi,   lekin   jamiyatning   taraqqiyoti   ancha   orqaga   surilibgina   emas,   balki
yo’qolib ham ketishi mumkin edi». Haqiqatan ham, avlodlararo muloqotning borligi
tufayli   har   bir   jamiyatning   o’z   madaniyati,   madaniy   boyliklari,   qadriyatlari   mavjud
bo’ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg’or vakillari uni doimo
keyingi   avlodlar   uchun   saqlab   keladilar   hamda   ta’lim,   tarbiya   va   kundalik   muloqot
jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar. 
Muloqot   murakkab   jarayon   bo’lganligi   uchun   ham   ayrim   olingan   muloqot
shaklini   analiz   qilganimizda,   unda   juda   xilma-xil   ko’rinishlar,   komponentlar   va
qismlar   borligini   aniqlashimiz   mumkin.   G.M.   Andreyeva   muloqotning   quyidagi
tuzilishini taklif etadi:
1.   Muloqotning   kommunikativ   tomoni   (ya’ni   muloqotga   kirishuvchilar
o’rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayoni).
2.   Muloqotning   interaktiv   tomoni   (ya’ni   muloqotga   kirishuvchi   tomonlarning
xulq-atvorlariga ta’sir jarayoni).
3.   Muloqatning   perseptiv   tomoni   (ya’ni   muloqotga   kirishuvchi   tomonlarning
bir-birlarini   idrok   etishlari   va   tushunishlari   bilan   bog’liq   bo’lgan   murakkab
psixologik jarayon).
Bu strukturaning har bir tomonini batafsil ko’rib chiqamiz.
Ko’pgina   olimlar   muloqotning   inson   hayotidagi   ahamiyatiga   to’xtalib   o’tar
ekanlar,   uning   qator   vazifalari,   funksiyalarini   ajratadilar.   Masalan,   taniqli   rus   olimi
B.F. Lomov uning funksiyalariga quyidagilarni kiritadi:
a) ma’lumotlar almashinuvi funksiyasi; 
b) xulq-atvorni boshqaruv; 
v) hissiyotlar al mashinuvi. 
9 Bu   funksiyalar   aslida   G.M.   Andreyeva   ajratgan   muloqot   qismlariga   ham   mos
keladi,   ya’ni   har   bir   muloqot   jarayonida   Lomov   qayd   etgan   vazifalarni   topish
mumkin.
Muloqotning   hayotimizdagi   shakl   va   ko’rinishlariga   kelsak   uning   har   bir
shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o’sha vaziyatlardan kelib chiqadigan
ko’rinishlari   va   turlari   haqida   gapirish   mumkin.   Lekin   umumiy   holda,   har   qanday
muloqot  yo  rasmiy  yoki   norasmiy  tusda  bo’ladi. Agar   rasmiy  muloqot  odamlarning
jamiyatda   bajaradigan   rasmiy   vazifalari   va   xulq-atvor   normalaridan   kelib   chiqsa,
masalan,   rahbarning   o’z   qo’l   ostida   ishlayotgan   xodimlar   bilan   muloqoti,
professorning   talaba   bilan   muloqoti   va   hokazo,   norasmiy   muloqot   –   bu   odamning
shaxsiy   munosabatlariga   tayanadi   va   uning   mazmuni   o’sha   suhbatdoshlarning   fikr-
o’ylari,   niyat-maqsadlari   va   emosional   munosabatlari   bilan   belgilanadi.   Masalan,
do’stlar   suhbatdoshi,   poyezdda   uzoq   safarga   chiqkan   yo’lovchilar   suhbati,   tanaffus
vaqtida   talabalarning   sport,   moda,   shaxsiy   munosabatlar   borasidagi   munozaralari.
Odamlarning   asl   tabiatlariga   mos   bo’lgani   uchun   ham   norasmiy   muloqot   doimo
odamlarning   hayotida   ko’proq   vaqtini   oladi   va   bunda   ular   charchamaydilar.   Lekin
shuni   ta’kidlash   kerakki,   odamda   ana   shunday   muloqotga   ham   qobiliyatlar   kerak,
ya’ni uning qanchalik sergakligi, ochiq ko’ngilligi, suhbatlashish yo’llarini bilish, til
toshishnn   qobiliyati,   o’zgalarni   tushunishi   va   boshqa   shaxsiy   sifatlari   kundalik   mu -
loqotning   samarasiga   bevosita   ta’sir   ko’rsatadn.   Shuning   uchun   hamma   odam   ham
rahbar bo’lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo’l uravermaydi, chunki
buning   uchun   undan   ham   rasmiy,   ham   norasmiy   muloqot   texnikasidan   xabardorlik
talab qilinadi.
Muloqot   mavzun   va   yo’nalishiga   ko’ra,   uning:   ijtimoiy   yunaltirilgan   (keng
jamoatchilikka   qaratilgan   va   jamiyat   manfaatlaridan   kelib   chiqadigan   muloqot);
guruhdagi predmetga yo’naltirilgan (o’zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish
mobaynidasi muloqot – mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish
ja rayonida   guruh   a’zolarining   muloqoti);   shaxsiy   muloqot   (bir   shaxsning   boshqa
shaxs bilan o’z muammolarini ochish maqsadida o’rnatgan munosabatlari; pedagogik
muloqot   (pedagogik   jarayonda   ishtirok   etuvchilar   o’rtasida   amalga   oshiriladigan
murakkab o’zaro ta’sir jarayoni) turlari farqlanadi.
Har   bir   muloqot   turining   o’z   qonun-qoidalari,   ta’sir   usullari   va   yo’l-yo’riqlari
borki,   ularni   bilish   har   bir   kishining,   ayniqsa   odamlar   bilan   doimo   muloqotda
bo’ladiganning burchidir. 
Muloqot   jarayonining   murakkab   psixologik   tabiatini   bilish,   turli   sharoitlarda
samarali   munosabatlar   o’rnatish   malakasini   oshirish   uchun   uning   tarkibiga   kiruvchi
har bir element yoki bo’laklar bilan alohida tanishib chiqamiz.
Muloqotning kommunikativ   tomoni deyilganda, uning shaxslararo axborotlar,
bilimlar,   g’oyalar,   fikrlar   almashinuvi   jarayoni   sifatidagi   vazifalari   nazarda   tutiladi.
Shu  jarayonning  asosiy  vositasi  bo’lib  til   xizmat   qiladi.   Til   shaxslar   o’rtasida   aloqa
vositasi   bo’lib   uning   yordamida   kishilar   bilgan   ma’lumotlari   va   hokazolarni   bir-
birlariga   yetkazadilar.   Ma’lumki,   aloqa   vositasi   sifatida   nutqning   asosan   2   turi
farqlanadi:   yozma   nutq   hamda   og’zaki   nutq. Og’zaki   nutqning   o’zi   dialogik   va
monologik turlarga bo’linadi. Odamlar muloqot jarayonida so’zlardan tashqari turli xil
10 harakatlardan,   qiliqlardan,   holatlardan,   kulgu,   ohanglar   va   boshqalardan   ham
foydalanadilar. Qiliqlar, mimika, ohanglar, to’xtashlar (pauza), hissiy holatlar, kulgu,
yig’i, ko’z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o’zaro muloqotning nutqsiz vositalari
bo’lib,   ular   muloqot   jarayonini   yanada   kuchaytirib,   uni   to’ldiradi,   ba’zan   esa   nutqli
muloqotning o’rnini bosadi.
Buyuk   rus   yozuvchisi   L.N.   Tolstoy   odamlarda   97   xil   kulgu   turi   hamda   85   xil
ko’z   qarashlari   turi   borligini   kuzatgan,   G.M.   Andreyevaning   yozishicha,   odam   yuz
ifodalari,   nigohlarining   2000   ga   yaqin   ko’rinishlari   bor.   Ayniqsa,   birinchi   bor
uchrashganda   ko’zlar   tuqnashuvi,   nigohlarning   roli   keyingi   muloqotning   taqdiriga
kuchli   ta’sir   ko’rsatishi   maxsus   tadqiqotlar   jarayonida   o’rganilgan.   Bularning
barchasi   muloqotning   hissiy   tomondan   boy,   mazmundor   bo’lishini   ta’minlab,
odamlarning   bir-birlarini   tushunishlariga   yordam   beradi.   Muloqotning   noverbal
vositalarining   milliy   hamda   hududiy   xususiyatlari   borligini   ham   alohida   ta’kidlab
o’tmoq   lozim.   Masalan,   o’zbek   xalqining   muloqot   jarayoni   boy,   o’zaro
munosabatlarining bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko’proq ishlatilishi
bilan   bog’liq.   Bolalarning   o’z   yig’isi   bilan   onasiga   o’z   his-kechinmalari   hamda
xohishlarini   bildirishlari   ham   bolalarning   yosh   xususiyatlariga   bog’liq.   Boshqa
millatlar   madaniyatiga   nazar   tashlanadigan   bo’lsa,   ularda   ham   ba’zi   bir   muloqot
vositalarining   turli   millatlarda   turli   maqsadlarda   ishlatilishining   guvohi   bo’lish
mumkin.   Bolgarlar   agar   biron   narsa   bo’yicha   fikrni   tasdiqlamoqchi   bo’lishsa,
boshlarini u yoq bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi bo’lsa-chi, aksincha, bosh
siltashar   ekan.   Ma’lumki,   o’zbeklar,   ruslar   va   bir   qator   boshqa   millatlar da   buniig
aksi.
Noverbal   muloqotda   suhbatdoshlarning   fazoviy   joylashuvlari   ham   katta
ahamiyatga   ega.   Masalan,   ayollar   ko’proq   hissiyotlarga   boy   bo’lganliklari   sababli,
suhbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o’rtasida esa
doimo fazoviy masofa bo’ladi. 
Olimlarning   aniqlashlaricha,   bolalarni   odatdagiday   orqama-ketin   o’tqazib
o’qitgandan   ko’ra,   ularni   yuzma-yuz   o’tqazib   davra   qilib   o’qitgan   ma’qul   emish,
chunki  bunday  sharoitda  o’quvchilarda  ham  javobgarlik  hissi   yuqoriroq bo’lar  ekan
hamda   emosiyalar   almashinishgani   uchun   ham   guruhdagi   psixologik   vaziyat   ijobiy
bo’lib, bolalarning predmetga va bir-birlariga munosabatlari ancha yaxshi bular ekan.
Demak,   ta’lim-tarbiya   jarayonini   tashkil   etishda   muloqotning   barcha
vositalariga,   ayniqsa,   nutqqa   e’tibor   berish   kerak.   Bolalarni   ilk   yoshlik
chog’laridanoq   nutq   madaniyatiga   o’rgatish,   nutqlarini   o’stirish   choralarini   ko’rish
zarur. Pedagog esa shunday nutq madaniyatiga ega bo’lishi  kerakki, u avvalo uning
faoliyatini to’g’ri tashkil etishni  ta’minlasin, qolaversa, bolalarda nutqning o’sishiga
imkoniyat   bersin.   Buyuk   pedagoglarimizdan   V.A.Suxomlinskiy   ham   o’qituvchining
madaniyati   to’g’risida   gapirib,   bu   madaniyatning   tarkibiy   va   asosiy   qismi   nutq
madaniyati ekanligini bejnz ta’kidlamagan.
Muloqotning ikkinchi – interaktiv tomoni.
Muloqotning   bu   xususiyati   kishilarning   muloqot   jarayonida   birgalikdagi
faoliyatda   bir-birlariga   amaliy   jihatdan   bevosita   ta’sir   etishlarini   ta’minlaydi.   Shu
tufayli   olamlar   hamkorlikda   ishlash,   bir-birlariga   yordam   berish,   bir-birlaridan
11 o’rganish,   harakatlar   muvofaqiyatga   erishish   kabi   qator   qobiliyatlarini   namoyon
qilishlari   mumkin.   Shu   tufayli   o’qituvchi   bola   shaxsiga   maqsadga   yo’nalgan   holda
ta’sir   ko’rsatishi   mumkin.   Aslini   olganda,   har   qanday   muloqot,   agar   u   bema’ni,
maqsadsiz,   chuqur   gaplardan   nborat   bo’lmasa,   doimo   muloqotga   kirishuvchilarning
xulq-atvorlarini, ularning ustanovkalarini o’zgartirish imkoniyatiga ega.
Demak, o’zaro muloqot  jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik ta’sir
ko’rsatadi.   Bu   ta’sir   ikkala   tomondan   ham   anglanishi   yoki   anglanmasligi   mumkin.
Ya’ni,   ba’zan   biz   nima   uchun   bir   shaxsning   bizga   naqadar   kuchli   ta’sirga   ega
ekanligini,   boshqa   biri   esa,   aksincha,   hyech   qanday   ta’sir   kuchiga   ega   emasligini
tushunib yetmaymiz. Bu esa pedagogikada muhim muammodir. Har bir pedagogning
o’z   ta’sir   uslublari   va   ta’sir   kuchi   bo’ladi.   O’qituvchi   shaxsining   bolalarga   ta’siri
quyidagi   eksperpmentda   juda   yaqqol   kuzatilgan.   Boshlang’ich   sinf   o’quvchilariga
anchagina   o’yinchoqlar   berib,   shularning   nchida   faqat   bittasiga,   qizil   yog’och
o’yinchoqqa tegmaslik aytilgan. 
Bolalar   yolg’iz   qoldirilib,   harakatlari   pinhona   kuzatilgan.   Juda   ko’p   bolalar
ta’qiqlangan o’yinchoqqa baribir tegishgan. Eksperimentning ikkinchi seriyasida endi
barcha   o’yinchoqqa   tegish   mumkinu,   faqat   qizil   qutichaning   qopqog’ini   ochish
mumkin   emas,   deb   aytilgan.   Shu   quticha   tepasiga   esa   shu   bolalarning   o’qituvchisi
surati ilib qo’yilgan. Bu seriyada birinchnsiga qaraganda «ta’qiqni buzuvchilar» soni
keskin kamaygan. Demak, bu narsa o’qituvchi shaxsining bola harakatlariga ta’sirini
yaqqol isbotlab turibdi. 
Shaxslararo   ta’sir   haqida   gapketganda,   insonning   obro’yining   roli   haqida   ham
aytish   lozim.   Chunki,   obro’li   odam   doimo   o’sha   obro’   qozongan   guruhida   o’z
mavqyeiga   va   ta’siriga   ega   bo’ladi.   Shaxs   obruyi   uning   boshqa   shaxslarga   irodaviy
va   emosional   ta’sir   ko’rsata   olish q obiliyatidir.   Ma’lumki,   obro’   amal   yoki   hayotni
tajriba   bilangina   orttirilmay,   uning   haqiqiy   asosi   –   shaxsning   odamlar   bilan   to’g’ri
munosabati,   undagi   odamiylik   xislatlarining,   boshqa   ijobiy   xislatlarining
uyg’unlashuvidadir. Psixologik obro’ – ta’sir ko’rsatishning eng muhim mezonidir. 
Muloqotning uchinchi tomoni – uning perseptiv tomonidir
Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o’zaro ta’sir
ko’rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to’g’riroq va aniqroq anglashga, tushunishga
va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi
bilan   bog’liqdir.   Birgalikdagi   faoliyat   jarayonida   shaxslarning   bir-birlarini   to’g’ri
tushunishlari   va   aniq   idrok   qilishlari   muloqotning   samarali   bo’lishini   ta’minlaydi.
Rus   psixo logi   A.A.   Badalev   boshchiligidagi   laboratoriya   bir-birlarinn   idrok   qilish
mexanizmlarini aniqlash borasida qator psixologik qonuniyatlarni kuzatgan. 
Bunday mexanizmlarga quyidagilarni kiritish mumkin :
a) identifikasiya;  b) refleksiya; v) kauzal atribusiya; g) stereotipizasiya
Identifikasiya    so’zining ma’nosi lotinchadan olingan bo’lib, “tenglashtirish”,
“aynan   o’xshatish”,   bir   kishining   ikkinchi   kishini   uning   ta’rifini   subyektning   o’z
ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o’xshatilishi orqali tushunish usulidir.
Odamlar   o’zaro   birgalikda   harakat   qilish   vaziyatlarida   boshqa   kishini   o’zining
o’rniga   qo’yib   ko’rishga   uringan   holda   uning   ichki   holati,   niyatlari,   o’y-fikrlari,
mayllari   va   his-tuyg’ulari   haqida   taxmin   qiladilar.   Masalan,   avgust   oyi   kunlaridan
12 birida universitet qoshida hayajonlangan holda kitobni varaqlayotgan abituriyentlarni
uchratib qolgan talaba o’zining abituriyentlik davrini eslaydi, ularning ruhiy holatini
hayolan o’z boshidan kechira boshlaydi. 
Refleksiya   —   (lotincha   aks   ettirish)   –   o’z   fikr   va   kechinmalarini   tahlil   qilib
mulohaza   yuritish,   ya’ni   muloqotga   kirishuvchining   suhbatdosh   uni   qanday   idrok
etayotganligini anglash. Kishini kishi tomonidan idrok qilishini ikkilangan oynadagi
aks   ettirishga   o’xshatish   mumkin.   Odam   boshqa   kishini   aks   ettirar   ekan,   shu   bilan
birga o’zini  ham  aks ettiradi, agar  kishi  o’zi  muloqotga kirishadigan kishilar  haqida
to’liq,   ilmiy   asoslangan   axborotlarga   ega   bo’lsa,   ular   bilan   behato   aniqlikda   o’zaro
ta’sir   o’rnatishi   mumkin.   Biroq   subyekt   hamma   vaqt   bunday   aniq   ma’lumotga   ega
emas.   Shuning   uchun   u   boshqalar   hatti-harakatining   sabablarini   o’ylab   chiqishga
majbur bo’ladi. Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari,
his-tuyg’ular, intilish va fikrlashning o’ylab chiqarilishi kauzal atribusiya deb ataladi.
O’qituvchilar   tomonidan   bola   harakatlarining   shunday   sababini   talqin   qilinishi
maktabdagi pedagogik muomalani qiyinlashtiradi.
Kauzal  atribusiya - boshqa kishining hatti-harakatlari sababini  his-tuyg’ularni,
niyatlarni,   o’y-fikrlarni   va   xulq-atvor   motivlarini   unga   to’nkash   yo’li   bilan
tushuntirish bo’lib, lotincha saisa-sabab  va atributto – in’om  etaman degan ma’noni
bildiradi.   Kauzal   atribusiya   ko’pincha   anglanilmagan   holda   –   yo   boshqa   kishiga
o’xshatish   negizida,   ya’ni   shaxsning   o’zi   xuddi   shunday   vaziyatda   u   payqashi
mumkin   deb   hisoblaydigan   motivlar   yoki   his-tuyg’ularning   boshqa   birovga   xosligi
ta’kidlangan   paytda,   yo   muloqotga   kirishgan   sherikni   o’zlariga   nisbatan   ba’zi   bir
qolipdagi   tasavvurlar   hosil   bo’ladigan   shaxslarning   muayyan   toifasiga   kiritish   yo’li
bilan   yuz   beradi.   Kauzal   atribusiyaning   xususiyati   psixologiya   tomonidan   yaxshi
o’rganilgan turli xildagi shart - haroitlarga bog’liq bo’ladi. Masalan, notanish kishini
idrok   etish   chog’ida   idrok   subyekti   ega   bo’lgan   axborot   katta   rol   o’ynaydi.
A.A.Bodalev   o’tkazgan   tajribalarida   ikki   guruhdagi   talabalarga   bitta   odamning
fotoso’rati   ko’rsatilgan.   Birinchi   guruhga   bu   odam   jinoyatchi   sifatida   ta’riflangan.
Uni  tashqi  qiyofasiga  qarab tavsifnoma  berish  so’ralgan,  ikkinchi  guruhga bu odam
taniqli   olim   deb   aytilgan.   Jinoyatchi   deb   aytilgan   kishiga   talabalar   qo’rs,   badjahl,
berahm, makqor kishining portreti turibdi deb, olim deb aytilgan guruh talabalari esa
portretdagi   ko’zning   o’zi   mehribon   va   dono,   jonni   fido   qilib   ishlaydigan   kishi   deb
ta’riflandi.   Chiroyli   kishilar   rasmlari   berilganda   ham   xuddi   shunday   holat   yuzaga
kelgan, ya’ni chiroyli kishilar yaxshi, muloyim, aqlli deb baholangan. Xunuk rasmli
kishilar esa qo’rs, badjahl, xudbin deb baholangan. Demak, pedagogning idrok etish
obyekti   haqida   oldindan   bilib   oladigan   axboroti   yanglish   fikr   va   subyektivizmning
tarkib   topishi   uchun   jiddiy   asos   hisoblanadi.   Oreol   effektining   mohiyati   shundan
iboratki,   kishi   tomonidan   qoldiriladigan   umumiy   ijobiy   taassurot   subyektning   idrok
etish chog’ida berilmagan fazilatlarni ham ijobiy baholashiga sabab bo’ladi.
Stereotipizasiya   —   grekcha   o’zgarishsiz,   takrorlanish   degan   ma’noni   bildiradi.
Stereotipga   mos   ma’lum   yoki   taxminan   ma’lum   bo’lgan   voqyealarni   tiklash,   nisbat
berish   yo’li   bilan   xulq   normalarini   tasniflash   va   ularning   sabablarini   izoxlash
demakdir.   Ba’zan   muomala   jarayonida   noto’g’ri   stereotip   vujudga   keladi.   Masalan,
A.A.Bodalev   tomonidan   o’tkazilgan   suhbatga   ko’ra,   kishining   tashqi   qiyofasi   va
13 uning harakteri  haqidagi  stereotip  tasavvurlar  ommaviylashib  ketganligi  tasdiqlandi.
So’ralgan 72 kishining 9 tasi yuzi kvadrat ko’rinishga ega bo’lganlar kuchli, irodali,
17   kishi   peshonasi   katta   kishi   aqlli,   3   kishi   sochi   tikka   kishilar   yengilmas,
bo’ysunmas harakterga ega. 5 kishi bo’yi o’rtachadan past kishilar boshqalar ustidan
hukmronlik qilishga,  buyruq berishga intiluvchi  kishilar, 5 kishi  chiroyli  kishilar  yo
axmoq  yoki   o’zini   sevuvchi   kishilar   bo’ladi   deb  ta’kidlangan.   Begona   kishini   idrok
qilishda   birinchi   axborot,   dastlabki   tasavvur   katta   ahamiyatga   ega.   Kishilar   tashqi
qiyofasi   ham   muhim   o’rin   tutadi.   Amerikalik   psixologlar   tomonidan   o’tkazilgan
tadqiqot   bunga   misol   bo’la   oladi.   400   o’qituvchilarga   baholash   uchun   tarqatilgan
ishlarni   ular   200   tasi   ijobiy,   chiroyli,   200     salbiy   xunuk,   yokimsiz   deb   berganlar.
Ekspertlardan   tashqi   qiyofasini   emas,   balki   harakterini   ta’riflash   so’ralgan   edi.
Afsuski   baholarning   subyektivligi   kishining   tashqi   qiyofasini   baholash   bilan
bog’liqdir.
Tabiiyki,   bunday   fikrlar   mutlaq   to’g’ri   emas,   lekin   kishilar   ongida   avlovdan-
avlodga   o’tib   kelayotgan   tasavvurlar   shunday   obrazlarni   shakllantirgan.   Notanish
odam   haqida   tushunchaning   shakllanishida   u   haqida   berilgan   birlamchi   malumot
katta rol o’ynaydn. Masalan, o’sha Bodalev talabalarning ikki guruhiga bir xil portret
ko’rsatib,   birinchi   guruhda   bu   odam   yirik   olim,   ikkinchisida   esa,   bu   –   davlat
jinoyatchisi deb, unga ikkala holda ham ijtimoiy-psixologik xarakteristika berishlarini
so’ragan.   Ko’rsatmalar   har   xil   bo’lganligi   sababli   berilgan   ta’riflar   ham   har   xil
bo’lgan.   Birinchi   guruhdagi   talaba lar   bu   odam   mehnatkash,   mehribon,   shafqatli,
g’amxo’r, aqlli bo’lsa kerak deyishgan bo’lsa, ikkinchi guruhdagilar uni – beshafqat,
makkor, qat’iyatli deb ta’riflashgan. Birinchi guruhdagilar portretdagi ko’zlarni dono,
muloyim deyishgan bo’lsa, boshqalar ularni yovuz, beshafqat deb aytishgan.
Shunday   qilib,   ijtimoiy   persepsiya   yoki   odamlarning   bir-birlarini   to’g’ri   idrok
qilish va tushunish jarayoni muloqotning muhim muammolaridan biridir. Bu jarayon
psixologik jihatdan murakkab bo’lib, unda muloqotga kirishayotgan tomonlarning har
biri   alohida   ana   shu   idrokning   ham   obyekti,   ham   subyekti   bo’lib   faoliyat
ko’rsatadilar.   Idrokning   obyekti   sifatida   shaxs   qaralganda,   unda   hosil   bo’ladigan
«boshqa odam obrazi»ning barcha sifatlari va qirralari nazarda tutiladi. Bunday obraz
paydo bo’lishiga xizmat qiladigan belgilarga: o’sha odamning tashqi qiyofasi, uning
kiyinishi,   o’zini   tutishi,   hissiy   holati,   ovozi,   nutqi,   qiliqlari,   yurishi   va   hokazolar
kiradi. Lekin shularning ichida odamning yuzi muloqot mobaynida suhbatdoshga eng
ko’p ma’lumot beradigan obyektdir. Shuning uchun ham telefonda suhbatlashgandan
ko’ra yuzma-yuz suhbatlashish ancha oson va axborotlarga boydir.
Odamlarning bir-birlarini to’g’ri idrok qilishlari ularning perseptiv, ya’ni hissiy
bilish   (idroq   sezish)   sohasiga   aloqador   bo’lsa,   bir-birlarini   tushunishi   ularning
tafakkur   sohalariga   bevosita   taalluqli   bo’lib,   murakkab   jarayondir.   Boshqa   odamni
to’g’ri tushungan shaxs uning hissiy holatiga kira olgan hisoblanadn, boshqacha qilib
aytganda,   unda   empatiya   –   birovlarning   his-kechinmalarini   tushuna   olish   qobiliyati
rivojlangan   bo’ladi.   Yuksak   ongli,   madaniyatli,   «ko’pni   ko’rgan»   shaxsgina
boshqalarni to’g’ri tushunishi, ularning mavqyeida tura olishi mumkin.
Aniq va to’g’ri tushunishga taalluqli qonunnyatlarga quyidagilar kiradi:
14 1.   Boshqa   odam   haqidagi   ma’lumotning   miqdoriy   tomoni.   Birinchi   bor
to’qnashgan   odamlarda   bir-birlari   haqild   faqat   birlamchi   tasavvurgina   hosil   bo’lishi
mumknn.   Amerikalik   tadqiqotchilar   talabalarga   boshqa   talabalarga   baho   berish
topshirig’ini   berishgan.   Baholar   birinchi   to’qnashuv   natijasiga   ko’ra,   bir   haftadan
keyingi   qayta   to’qnashuv   natijasida   va   ikki   haftadan   keyin   tekshirilgan.   Ma’lum
bo’lishicha, eng aniq tasavvur ikki haftalik tanishuvdan keyingina paydo bular ekan.
2. Ma’lumotlarni olish tartibi. Boshqa odam haqida berilgan ma’lumotga asosan
unda   o’sha   odam   haqida   muayyan   fikr   hosil   qilish   oson,   lekin   uni   qayta   qurish,
o’zgartirish ancha mushkul.
3. Normal intellektning bo’lishi. Intellekt juda yuqori bo’lganda ham, juda past
bo’lganda ham boshqa odamni to’g’ri tushunish qiyin.
4. Maxsus tayyorgarlikning bo’lishi. Mutaxassislar 5 kursda o’qiyotgan psixolog
talabalar   bilan   portret   chizadigan   rassomlarning   boshqalarga   bergan   baholarini
solishtirishlari   natijasida   rassomlarning   baholari   ancha   aniqroq   bo’lib   chiqqanining
guvohi bo’lishgan.
5 .   H issiy   holatlarning   ta’siri.   Nurrey   degan   olimning   tadqiqotlarida   turli
emosional   holatni   boshidan   kechirayotgan   shaxslarga   boshqa   odamni   baholash
topshirig’i berilgan. Bir seriyada tekshiriluvchilarga elektr toki bilan ta’sir etib turib,
boshqa   odamning   rasminn   baholashni   tavsiya   etishganda,   baholanayogan   shaxsda
johillikka   yaqin   sifatlar   ham   borligi   aytilgan.   Yaxshi   emosional   holat   boshdan
kichirilayotgan seriyada esa o’sha odamda asosan yaxshi sifatlar qayd etilgan.
6.   Shaxsning   ochiqligi.   Kundalik   muloqotda   ochiq,   samimiy   odam   bilan   tund,
pismiq odam baholari o’rtasida sifat farqlari aniqlangan. Bundan tashqari, odamning
muloqot   tajribasining   boyligi   ham   uning   boshqalar   haqidagi   tasavvurlarining   aniq
bo’lishini ta’minlaydi.
Demak,   yuqoridagi   barcha   qonuniyatlarni   hisobga   olgan   holda,   shaxs   tarbiyasi
bilan   shug’ullanish   uni   kelgusidagi   murakkab   va   xilma-xil   muloqot   jarayonlariga
psixologik   tayyorlaydi.   Bunday   tayyorgarlik,   ayniqsa,   bo’lg’usi   psixologlar   uchun
muhimki, ular o’z kasblari tufayli turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har bir
vaziyatda   ulardan   nihoyatda   o’tkir   didlilik,   odob   va   kishilar   psixologiyasini   bilgan
holda   ularni   to’g’ri   tushunish   malakasi   talab   qilindi.   Bir   so’z   bilan   aytganda,   bu
muloqotdagi bilimdonlikdir. 
15

Mavzu. NUTQ VA MUOMALA Muomala texnikasi va strategiyasi. REJA: 1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi. 2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni. 3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari. 4. Muloqot va uni o’rganish muammolari. 5. Muloqotningpsixologiktizimi .

1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi . Shaxs — ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining eng asosiy sababi — uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o’zaro ta’sir doirasida bo’lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma- yuz» bo’lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o’xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do’stona bo’lishi; subyekt-subyekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki subyekt-obyektli (monologik) bo’lishi mumkin. Insoniy munosabatlar shunday o’zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o’rtasida ro’y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu — quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo’lishgani sari, ular o’rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o’rtasida umumiylik, o’xshashlik va uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan» ham fikr ayon bo’ladigan bo’lib qoladi, ayrim xollarda esa ana shunday muloqotning tig’izligi teskari reaksiyalarni — bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig’iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig’izlik oilaning barcha a’zolari o’rtasida emas, uning ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin (ona-bola, qaynona-kelin va x-zo). O’zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko’zlaydigan asosiy maqsadlari — o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo’lsa, «jozibasi», betakrorligi shundaki, o’zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan bir xil o’ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo’lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta’sir bo’lgan bo’lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko’rishmay qolgan do’stingizni ko’rib qoldingiz. Siz undan xol-ahvol so’radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqat juda bemaza bo’lgan va siz ikkinchi marta o’sha odam bilan iloji boricha rasman salom — alikni bajo keltirib o’tib ketavergan bo’lardingiz. Ya’ni, muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo’ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o’ziga jalb etadi. Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar. XXI asr bo’sag’asida odamning eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo’lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor. Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o’tib bormoqdamiz. Axborotlarning ko’pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir 2

kapitalga aylanadi va bu o’z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini o’zgartiradi. Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining ko’payishi, ular o’rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig’iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XX1 asrning korporasiyalar asri bo’ladi, deb bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporasiya insonlarning o’zaro til topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo’lishi haqida gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko’p xollarda bevosita yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar — uyali aloqa, fakslar, elektron pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo’nda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham o’ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi. Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-xunarlar soni ortdiki, ular sosionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini belgilaydi. Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga o’rgatish (sosial psixologik trening) masalalari bilan shug’ullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi o’rni va salohiyati keskin oshdi. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni . Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lgan odam o’zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo’lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini taxlil qilamiz. Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi — suhbatdoshlarning o’zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o’zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O’zbek xalqining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko’rishadi, so’rashadi, xol-ahvol so’raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog’da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va xalqlarda ham bor, ya’ni bu jihat milliy o’ziga xoslikka ega. Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o’ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o’g’rilanib ketilishi, so’ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo’lishi faktlari shuni ko’rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko’plab psixologik eksperimentlarda o’z isbotini topdi. Muloqotning yana bir muhim vazifasi — u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan 3

odamning qo’li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o’zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko’plab tadqiqotlarda izolyasiya, ya’ni odamni yolg’izlatib qo’yishning uning ruhiyatiga ta’siri o’rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo’lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg’izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o’zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o’zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o’rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg’izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, hadiksirash, havotirlanish, o’ziga ishonchsizlik, qayg’u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg’izlikka mahkum bo’lganlar ma’lum vaqt o’tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko’rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo’lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo’lar ekan. Masalan, bir M. Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g’or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o’tgach, u turgan yerda bir o’rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb yozadi u, shu hayotsiz g’or ichidagi tanho tirik mavjudotlar edik. Men o’rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg’ura boshladim.» Shaxsning muloqotga bo’lgan ehtiyojining to’la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o’zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko’pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o’tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma-yon turib bajariladigan operasiyalarda odamlar o’z oldida turgan hamkasbiga qarab ko’proq, tezroq ishlashga kuch va qo’shimcha iroda topadi. To’g’ri, bu hamkorlikda o’sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o’rtasida o’zaro simpatiya hissi bo’lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sosiolog hamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita ta’sirini o’rganib, sosiometrik texnologiyani, ya’ni so’rovnoma asosida bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sosiometriya metodikasiga asos solgan edi. Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o’zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki kollegial — birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo’lganligini hisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat unumdorligi va samaradorlikning muhim omillaridandir. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari. Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko’zlagan maqsadlaridan biri — o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatish, ya’ni fikr — g’oyalariga ko’ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o’zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir — bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir ko’rsata olishdir. Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi. 4

1. Verbal ta’sir — bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so’zlardir. Ma’lumki, nutq — bu so’zlashuv, o’zaro muomala jarayoni bo’lib, uning vositasi — so’zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o’zidagi barcha so’zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so’zlarni topib, sherigiga ta’sir ko’rsatishni hoxlaydi. 2. Paralingvistik ta’sir — bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan xarakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do’stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo’lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta. 3. Noverbal ta’sirning ma’nosi «nutqsiz»dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, xolatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita xis qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o’rtog’ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko’rganimdan biram xursandman», desa, ishonasizmi? Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlariga ta’sir ko’rsatmoqchi bo’lishganda, dastavval nima deyish, qanday so’zlar vositasida ta’sir etishni o’ylar ekan. Aslida esa, o’sha so’zlar va ular atrofidagi xarakatlar muhim rol o’ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko’ra, birinchi marta ko’rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo’lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal xarakatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o’zgarishi mumkin albatta, lekin xalq ichida yurgan bir maqol to’g’ri: «Ust — boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi». Muloqotning qanday kechishi va kimning ko’proq ta’sirga ega bo’lishi sheriklarning rollariga ham bog’liq. Ta’sirning tashabbuskori — bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko’rsatish maqsadi bo’ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshliq ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o’rnidan turib kutib oladi, iltifot ko’rsatadi, xol- ahvolni ham quyuqroq so’raydi va so’ngra gapning asosiy qismiga o’tadi. Ta’sirning adresati — ta’sir yo’naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo’lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo’lsa, u tashabbusni o’z qo’liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo’ladi. 3.4. Muloqot va uni o’rganish muammolari . O xirgi yillarda «professionalizm» tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo’lib qoldi. Chunki jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirish, mehnat unumdorligini «inson omili»ni takomillashtirish hisobiga oshirish davr talabi bo’lib qoldi. Ayniqsa, odamlarni boshqarish sohasidagi professionalizmga katta e’tibor qaratilmoqda. Juda ko’pchilik 5