YAKKA TARTIBDAGI MEHNATGA OID HUQUQ LAYOQATI VA MUOMALA LAYOQATI
YAKKA TARTIBDAGI MEHNATGA OID HUQUQ LAYOQATI VA MUOMALA LAYOQATI REJA: 1. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning yuzaga kelishi asoslari 2. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning subyektlari 3. Ish beruvchi va x odimning huquqlari
Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning yuzaga kelishi Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ushbu Kodeksga muvofiq ular tomonidan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi. Qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud tashkilot ustavida (nizomida) belgilangan hollarda va tartibda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar mehnat shartnomasiga asosan quyidagilar natijasida yuzaga keladi: lavozimga saylanish yoki tegishli lavozimni egallash uchun tanlovdan o‘tish; lavozimga tayinlash yoki lavozimga tasdiqlash; vakolatli davlat organlari tomonidan ishga yuborish; O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqqa doir tasdiqnoma berish; ota-onaning har ikkisining yoki ota-onadan birining (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsning) roziligi; ish beruvchining zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklatish to‘g‘risidagi sud qarorini qabul qilish; shaxsiy mehnatdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan va fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida yuzaga kelgan munosabatlarni sud tomonidan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etish. Mehnat shartnomasi tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan taqdirda, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ish beruvchining yoki uning shunga vakolatli bo‘lgan vakilining ijozati bilan yoki topshirig‘iga ko‘ra xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilganligi asosida ham yuzaga keladi.
Lav ozimga say lanish y ok i t egishli lav ozimni egallash uchun t anlov dan o‘t ish nat ijasida mehnat shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar Agar lavozimga saylanish xodimdan muayyan mehnat vazifasini bajarishni talab etsa, lavozimga saylanish natijasida mehnat shartnomasi asosidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga keladi. Agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud tashkilot ustavida (nizomida) tanlov bo‘yicha egallanishi lozim bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati va ushbu lavozimlarga tanlov o‘tkazish tartibi belgilangan bo‘lsa, tegishli lavozimni egallash uchun tanlovdan o‘tish natijasida shartnoma asosidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga keladi. Lav ozimga t ay inlash y ok i lav ozimga t asdiqlash nat ijasida mehnat shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoki tashkilot ustavida (nizomida) nazarda tutilgan hollarda lavozimga tayinlash yoki lavozimga tasdiqlash natijasida mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi. Vak olat li dav lat organlari t omonidan ishga y uborish munosabat i bilan mehnat shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslarning yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlari mehnat shartnomasi asosida ularni mahalliy mehnat organining yo‘llanmasi bo‘yicha “ Aholi bandligi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda ishga joylashtirish natijasida yuzaga keladi. Davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar oliy ta’lim tashkilotining taqsimot komissiyasi tomonidan berilgan mehnat shartnomasi asosida ularni ishga yuborish natijasida yuzaga keladi. Muqobil xizmatga chaqirilgan fuqarolarning yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlari tuman mudofaa ishlari
bo‘limi tomonidan muqobil xizmatni o‘tash joyini tayinlash haqida berilgan ko‘rsatma bo‘yicha mehnat shartnomasi asosida ularni tashkilotlarga yuborish natijasida yuzaga keladi. O‘zbek ist on Respublik asi hududida mehnat faoliy at i huquqiga doir t asdiqnoma mav jud bo‘lganda mehnat shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet davlatlar fuqarolari va doimiy ravishda boshqa davlatlar hududida yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar vakolatli davlat organi bergan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma olinganidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilganidan keyin tuziladigan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi. Ot a-onadan birining (ot a-onaning o‘rnini bosuv chi shaxsning) y ozma roziligi mav jud bo‘lganda mehnat shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar O‘n beshdan o‘n olti yoshgacha shaxslar bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ularni mazkur yoshga to‘lguniga qadar ishga qabul qilishga ushbu Kodeksga muvofiq yo‘l qo‘yiladigan hollarda ota-onadan birining (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsning) dastlabki yozma roziligi mavjud bo‘lganda mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi. Ish beruv chining zimmasiga mehnat shart nomasini t uzish majburiy at ini y uk lat ish t o‘g‘risidagi sud qarori qabul qilinishi nat ijasida mehnat shart nomasi asosida y uzaga k eladigan y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar Ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ish beruvchining zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklatish to‘g‘risidagi sud qarori qabul qilinishi natijasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi.
Shaxsiy mehnat dan foy dalanish bilan bog‘liq bo‘lgan v a fuqarolik -huquqiy xususiy at ga ega shart noma asosida y uzaga k elgan munosabat larni y ak k a t art ibdagi mehnat ga oid munosabat lar deb e’t irof et ish Jismoniy shaxs bilan ushbu Kodeks 11- moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan munosabatlarni haqiqatdan tartibga soluvchi fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomani tuzish ushbu munosabatlarning sud tomonidan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etilishiga sabab bo‘ladi. Bunday holda mehnat shartnomasi fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi, taraflarning munosabatlari esa shartnomada shartlashilgan ishni jismoniy shaxs tomonidan bajarish boshlangan kundan e’tiboran yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etiladi. Shaxsiy mehnatdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan va fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida yuzaga kelgan munosabatlar tugatilgan taqdirda, ushbu munosabatlarni yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etish sud tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur shartnoma bo‘yicha ijrochi bo‘lgan jismoniy shaxs ushbu munosabatlarni yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etish uchun yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda sudga murojaat qilishga haqlidir. Xodim va ish beruvchi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning subyektlari sifatida Xodim va ish beruvchi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning subyektlaridir. Mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo‘lgan, ushbu Kodeksda belgilangan yoshga yetgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xodimlar bo‘lishi mumkin. Quyidagilar ish beruvchilar sifatida ish yuritishi mumkin: