logo

Ma'muriy jarayonlar.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

80 KB
Mavzu: Ma'muriy jarayon lar.
Reja:
Kirish
1. Ma'muriy jarayon tushunchasi va uning xususiyatlari .
2. Ma'muriy jarayonning umumiy bosqichlari .
3. Ma'muriy-protsessual normalar va munosabatlar .
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
Umumiy   qoidadan   kelib   chiqadigan   bo`lsak,   jarayon   –   bu   qandaydir
holatlarning,   hodisalarning   ketma-ketlikda   almashinuvi,   nimaningdir   rivojlanishi
bo`lib, kimyoviy, biologik va ijtimoiy ko`rinishlarga ega bo`ladi. Barcha jarayonlar
ichida   ijtimoiy   jarayon   alohida   ahamiyatga   egadir.   Ijtimoiy   jarayon   –   ishlab
chiqarish,   ijodiy,   yuridik   (huquqiy)   va   boshqa   jarayonlarni   o`z   ichiga   oladi.
Bundan   tashqari,   ijtimoiy   jarayonning   boshqaruv,   tashkiliy   va   stixiyali   (masalan,
migratsiya; bozor) ko`rinishlari ham mavjuddir.
Huquqshunos   olimlar   o`zlarining   ilmiy   ishlarida   huquqiy   faoliyatning   bir
necha   turlarini   farqlashadi,   masalan,   huquqiy   jarayon,   shartnomaviy   faoliyat,   ish
yuritish. 1. Ma'muriy jarayon tushunchasi va uning xususiyatlari .
YE.G.Lukyanova   o`zining   monografiyasida,   huquqiy   jarayon   va   u   bilan
bog`liq   bo`lgan   protsessual   huquq   tushunchasiga   bir   necha   yondoshuvlarni
ko`rsatib o`tadi. Jumladan, uning fikricha:
1) huquqiy jarayon – bu odilsudlov organlarining yurisdiksiyaviy va boshqa
muhofaza   etuvchi   faoliyatidir;   protsessual   huquq   –   odilsudlovni   amalga   oshirish
jarayonida   ularning   faoliyati   bo`yicha   yoki   odilsudlovni   amalga   oshirishga
tayyorlash   faoliyati   bo`yicha   vujudga   keladigan   ijtimoiy   munosabatlarni   tartibga
soluvchi huquqiy normalar yig`indisidan iborat;
2)   huquqiy   jarayon   –   vakolatli   davlat   organlari   va   boshqa   subyektlarning
yurisdiksiyaviy   va   boshqa   muhofaza   etuvchi   faoliyatidir.   Protsessual   huquq
deganda   esa,   huquq   to`g`risidagi   nizolarni   hal   etish   va   huquqiy   majburlovni
qo`llashga   qaratilgan   faoliyatni   tartibga   soluvchi   huquqiy   normalar   yig`indisi
tushuniladi;
3)   huquqiy   jarayon   –   vakolatli   davlat   organlarining   huquq   ijodkorligi   va
huquqni   qo`llash   faoliyatidir;   protsessual   huquq   –   huquq   ijodkorligi   va   moddiy
huquq normalarini qo`llash jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni
(“tashkiliy” ijtimoiy munosabatlarni) tartibga soladi; 
4) huquqiy jarayon – moddiy-huquqiy normalarni amalga oshirish shaklidan
qat'i   nazar,   bajarish   jarayonidir.   Protsessual   huquq   –   moddiy   huquq   normalarini
amalga oshirish bo`yicha “instruksiya” (ko`rsatma) hisoblanadi;
5)   huquqiy   jarayon   –   davlat   organlarining   barcha   huquqiy   faoliyatidir
(huquq   ijodkorligi,   huquqni   qo`llash,   ta'sis   etish,   kontrol,   farmoyish   berish).
Protsessual huquq esa, bu faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisi
hisoblanadi. 1
 
V.D.Sorokinning   fikricha,   jarayon   –   huquqiy   kategoriya   bo`lib,   quyidagi
o`ziga xos xususiyatlarga ega:
birinchidan,   jarayon   –   bu   davlat   hokimiyat   faoliyatining   ifodalanishidir.
Boshqacha   aytganda,   jarayon   –   bu   shunday   faoliyatki,   uning   yordamida   davlat
1
  Lukyanova YE.G. Teoriya protsessualnogo prava. M., NORMA, 2003. 41-42-b.lar. hokimiyati organlarining qarorlari qonunchilikda ko`rsatilgan huquqiy shaklga ega
bo`ladi;
ikkinchidan,   jarayonning   har   qanday   turi   –   bu   dinamik   (harakatchan)
tushuncha bo`lib, tegishli davlat hokimiyati organlari faoliyatining murakkabligini
ko`rsatadi;
uchinchidan, jarayonning asosiy xususiyati shundan iboratki, bu har qanday
hokimiyat   faoliyati   emas,   balki   mazmuni,   maqsadi   va   undan   kelib   chiqadigan
oqibatlariga ko`ra huquqiy hisoblanadi;
to`rtinchidan,   jarayon   huquqiy   faoliyat   sifatida,   ma'lum   bir   tartibga
solinganlikni   talab   etadi.   Tartibga   solish   -   turli   davlat   organlari   protsessual
faoliyatining   asosiy   tomonlarini   qamrab   oladi   va   huquq   tizimida   muhim
ahamiyatga ega bo`lgan protsessual normalar orqali amalga oshiriladi;
beshinchidan, jarayonning fuqarolik, jinoyat va ma'muriy tartibga solishning
huquqiy uslubi bilan bog`liqligi. 2
Jarayonni   faqatgina   huquqiy   faoliyat   deb   ko`rsatuvchi   olimlar,   boshqa
barcha   huquq   normalari   bilan   tartibga   solingan   faoliyatni   –   ish   yuritish   sifatida
tushuntirib o`tishadi. Jumladan, N.YU.Shvedovaning fikricha, ish yuritish – xatti-
harakatlarning rasmiy belgilangan tartibi, nimanidir bajarish, muhokama qilishdir. 3
Ushbu tushuncha huquqiy jarayon tushunchasiga qaraganda kengroq bo`lib,
huquqiy   ishlar   bilan   bir   vaqtda,   nohuquqiy   ishlar 4
ni   ham   yuritishda   namoyon
bo`ladi, shuningdek, u bir marta amalga oshirishga mo`ljallangan bo`lishi mumkin.
Huquqiy   jarayon,   davlatning   boshqa   huquqiy   faoliyati   singari,   huquqiy   ish
yuritishning bir qismi hisoblanadi. 
Davlat hokimiyati organlari faoliyatini ma'lum bir tartibda jarayonlashtirish
davlat tomonidan protsessual normalarni o`rnatish orqali amalga oshiriladi. 
2
  Sorokin   V.D.   Administrativno-protsessualnoye   pravo:   Uchebnik.   –   SPb.:   Izdatelstvo   “Yuridicheskiy
sentr Press”, 2004. 177-186-b.lar
3
 Ojegov S.I., Shvedova N.YU. Tolkoviy slovar russkogo yazika. M., 1995. 616-b.
4
  Nohuquqiy   ishlar  deganda  -  davlat  organlarining  o`z  vazifa   va  funksiyalarini   amalga  oshirish   vaqtida
qo`llaydigan   va   huquq   normalariga   asoslangan,   lekin   huquqiy   oqibatlarni   keltirib   chiqarmaydigan
harakatlarni tushunish lozim.  Protsessual   qonunchilik   (normalar)ning   mavjud   bo`lishi   –   huquqiy
jarayonning asosiy belgisi hisoblanadi. Davlat hokimiyati faoliyati to`g`ri va to`liq
huquqiy tartibga solingan, ma'lum bir tartibda jarayonlashtirilgan bo`lishi kerak. 
Huquqiy   jarayonning   keng   tarqalgan   ko`rinishi   –   bu   ma'muriy   jarayondir.
Yuridik   adabiyotlarda,   ma'muriy   jarayon,   ijro   hokimiyati   organlarining   ma'muriy
protsessual   shaklda   amalga   oshiriladigan   va   aniq   bir   huquqiy   masalalarni   hal
etishga   qaratilgan   -   hokimiyat   faoliyati   sifatida   ko`rsatib   o`tiladi.   Bu   birinchi
navbatda,   ma'muriy   jarayonning   ma'muriy   huquq   normalari   bilan   tartibga
solinganligiga asoslanadi. 
Ma'muriy jarayon huquqiy jarayonning barcha umumiy xususiyatlariga ega.
Lekin shu bilan birga uning quyidagi o`ziga xos xususiyatlari ham mavjuddir:
birinchidan,   ma'muriy   jarayon   –   ijro   organlarining   maqsadga   muvofiq
yo`naltirilgan hokimiyat faoliyatidir;
ikkinchidan,   ijro   organlarining   hokimiyat   faoliyati   qonun   hujjatlariga
asoslanib, ularga tegishli bo`lgan aniq masalalarni hal etishga qaratilgan;
uchinchidan,   ma'muriy   jarayon   natijasi   bo`lib,   ma'muriy-huquqiy   aktning
qabul qilinishi hisoblanadi;
to`rtinchidan,   ijro   organlarining   hokimiyat   vakolatlari   ma'muriy   huquq,
xususan uning protsessual normalari bilan tartibga solinadi;
beshinchidan,   ma'muriy   jarayon,   qoida   bo`yicha,   soddalashtirilgan
harakatlarni amalga oshirish bilan bog`liq.
Bundan tashqari, ma'muriy jarayonning o`ziga xos xususiyatlariga – ma'lum
bir   ishlarning   yozma   yoki   og`zaki   tartibda   olib   borilishini,   sirtdan   ko`rib
chiqilishini ham kiritish mumkin.
Demak,   ma'muriy   jarayon   –   ma'muriy-protsessual   shaklda   amalga
oshiriladigan   hamda   ma'muriy-huquqiy   aktlarni   qabul   qilish   va   ijro   etish   orqali
ma'lum bir ishlarni hal etishga qaratilgan ijro organlarining hokimiyat faoliyatidir 2. Ma'muriy jarayonning umumiy bosqichlari
Ma'muriy   jarayon   –   uzluksiz   amalga   oshiriladigan   faoliyat   bo`lib,   turli
xildagi   ziddiyatlarga   qaramasdan,   ma'lum   bir   harakatchanlik   xususiyatiga   ega.
Ma'muriy   jarayon   –   ma'lum   bir   bosqichlarning   ketma-ketligiga,   ularning
takrorlanib turishiga asoslanadi. 
Huquq   subyekti,   o`z   oldida   turgan   maqadga   erishish   uchun,   belgilangan
ketma-ketlikda ma'lum bir harakatlarni amalga oshiradi.
Har   qanday   jarayon   singari,   ma'muriy   jarayonga   ham,   bosqichlilik
xususiyati   xosdir.   Bosqichlar   biridan   keyin   ikkinchisining   kelishini,   oldingi
bosqichning   keyingi   bosqichni   tayyorlashini   nazarada   tutadi.   Odatda,   yangi
bosqich undan oldingi bosqichning tugaganidan so`ng, vujudga keladi.
Bosqich   –   bu   umumiy   maqsadga   erishish   uchun   zarur   bo`lgan   ma'muriy
faoliyatning mustaqil qismidir. Har bir bosqich – o`ziga xos maqsadga ega bo`lib,
protsessual   harakatlarning   umumiy   maqsadiga   erishish   yo`lida  xizmat   qiladi.  Har
bir bosqich o`ziga xos bo`lgan:
 subyektlar doirasiga; 
 axborotni to`plash va undan foydalanishga;
 tayyorlanadigan hujjatlarga;
 qabul qilinadigan qarorlarga;
 sodir etiladigan turli harakatlarga ham ega bo`lishi mumkin.
Ko`pgina   ma'muriy   jarayonlarda,   hokimiyat   vakolatlaridan   obyektiv,
maqsadga   muvofiq   va   qonuniy   foydalanilishini   ta'minlash   uchun   turli
subyektlarning   ishtirok   etishi   belgilanadi.   Masalan,   bu   yurisdiksiyaviy   faoliyatda
yaqqol   namoyon   bo`ladi:   birinchi   subyekt   bayonnoma   tuzadi,   ikkinchisi   qaror
qabul   qiladi,   uchinchisi   qaror   yuzasidan   berilgan   shikoyatni   ko`rib   chiqadi   va
h.k.lar.
Ma'muriy   jarayonni   umumiy   holda   tahlil   qiladigan   bo`lsak,   uning   kamida
uch bosqichdan iborat ekanligi to`g`risida xulosa chiqarish mumkin:
birinchidan, ma'lum bir holatni baholash;
ikkinchidan, ma'muriy aktni tayyorlash va qabul qilish; uchinchidan, huquqiy aktni ijro etish. 
Ma'muriy   jarayon   bosqichlarini   yanada   aniqlashtirish   ham   mumkin.
Masalan,   davlat   boshqaruvini   amalga   oshirish   jarayonida   davlat   organlari   o`z
faoliyatlarini quyidagi bosqichlarda: 
 vujudga kelgan yoki hal qilinishi lozim bo`lgan muammoni aniqlash;
 mazkur muammoni hal etishning rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash; 
 uni atroflicha o`rganish va obyektiv baho berish; 
 asoslantirilgan qarorlarni qabul qilish; 
 qarorni ijro etish yoki ijrosini tashkil etish va ta'minlash; 
 qaror ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish; 
 qaror   ijro   etilganligi   to`g`risidagi   hisobotni   talab   qilish   bosqichlarida   amalga
oshiradilar. 5
Birinchi   bosqich   –   turlicha   nomlangan   bo`lishi   mumkin   (masalan,   xizmat
tekshiruvi,   ro`yxatga   olish,   berilgan   shikoyatlarni   tekshirish   va   h.k.lar),   lekin
barcha   holatlarda   ham   bu   bosqich   –   zarur   bo`lgan   axborotlarni   to`plash,   ularni
rasmiylashtirish   va   baholashdan   iborat   bo`ladi.   Ma'muriy   faoliyatning   bunday
boshlang`ich harakatlarisiz, biron bir qarorni qabul qilib bo`lmaydi.
Jarayonning  birinchi   bosqichi   – ma'lum   bir   qarorlarni  (masalan,  tasdiqlash,
rag`batlantirish,   jazo   qo`llash)   qabul   qilishda   zarur   bo`lgan   harakatlar   yig`indisi
bo`lib hisoblanadi. Bunda – huquqiy tashabbus, ma'lum bir holatlarga baho berish
va   unga   huquqiy   ta'sir   etish   vositalari,   qaror   loyihasini   tayyorlashga   qaratilgan
harakatlar sodir etiladi. 
Birinchi   bosqichda   –   ma'lum   bir   ishlarning   holati,   muammolar,   ularni   hal
etish   yo`llari   aniqlanadi.   Qaror   loyihasini   tayyorlash   vaqtida   muammoni   hal
etishning   ma'muriy-huquqiy   tartibga   solish   vositasi   tanlanadi,   rasmiylashtiriladi,
kelishib olinadi va muhokama qilinadi.
Ikkinchi   bosqich   –   qaror   qabul   qilish   bo`lib   hisoblanadi.   Kollegial
organlarda qaror muhokama qilinadi va ovozga qo`yiladi. Ayrim hollarda, qaror –
ish jarayoni tartibida, so`rov o`tkazish orqali qabul qilinadi. Aksariyat qarorlar esa,
5
  Qarang:  E.T.Hojiyev, F.R.Samig`jonov. Ma'muriy qonunchilik tizimi. O`quv qo`llanma. T., 2005, 12-13-
b.lar  yakka   tartibda   qabul   qilinadi.   Bu   bosqichning   asosiy   xususiyati   shundaki,
tayyorlangan   qaror   loyihasi   o`rganib   chiqiladi   va   imzolash   orqali   qabul   qilinadi.
Bundan tashqari, qaror loyihasini o`rganish jarayonida unga o`zgartirish kiritilishi
mumkin yoki bekor qilinishi mumkin. 
Qaror   qabul   qilish   –   bu   nimanigdir   kelajagini,   qandaydir   harakatni   sodir
etishni   belgilashdir.   Qarorda   uning   ko`rsatmalarini   aniq   belgilab   o`tish   katta
ahamiyatga egadir.
Ikkinchi bosqich qarorni rasmiylashtirish orqali tugallanadi.
Uchinchi   bosqich   –   ijro   etish   –   qarorni   ijrochiga,   manfaatdor   shaxslarga
yetkazishdan   boshlanadi.   Bu   –   shaxsan   tanishtirish   (og`zaki,   jo`natish,   nusxasini
topshirishva  h.k.lar)   orqali   amalga oshiriladi.  Agar, qaror  adresatlari   doirasi  keng
bo`lsa,   qaror   bir   necha   nusxalarda   ko`paytirilishi   va   yuborilishi   yoki   ommaviy
axborot vositalarida, maxsus to`plamlarda e'lon qilinishi mumkin.
Ijro   etish   –   eng   murakkab   bosqichlardan   biri.   Aynan   unda,   rahbarning
ishchanlik,   tashkil   etish,   boshqarish,   jamoaning   kelishuv   asosida   faoliyat
ko`rsatishini ta'minlash, ishni oxirigacha yetkazish kabi hislatlari namoyon bo`ladi.
Yuridik   adabiyotlarda,   ma'muriy-protsessual   huquq   bo`yicha   turlicha
yondoshuvchlar   mavjud.   Masalan,   ba'zi   huquqshunos   olimlar,   ma'muriy-
protsessual   huquqni   –   huquq   tizimining   mustaqil   tarmog`iga   kiritadi. 6
  Boshqalari
esa,   ma'muriy-protsessual   huquq   –   bu   ma'muriy   huquqning   ichki   sohasi
hisoblanadi, deb ko`rsatadi. 
D.N.Baxraxning   fikricha   esa,   ma'muriy-protsessual   huquq   –   ma'muriy
huquq tarkibida bo`lgan va hokimiyat faoliyatini tartibga soluvchi  keng doiradagi
normalardan iborat bo`lib, yagona tizimga keltirilmagandir. 7
V.D.Sorokin ma'muriy-protsessual  huquq muammolari  bo`yicha tadqiqotlar
olib   borib,   uni   o`zining   predmeti,   tizimi   va   tartibga   solish   uslubiga   ega   bo`lgan
huquq   tizimining   mustaqil   tarmog`i   sifatida   ko`rsatib   o`tadi.   Uning   fikricha,
6
  Panova  I.V.  Administrativno-protsessualnaya deyatelnost v Rossiyskoy Federatsii. Saratov, 2001. 76-
80-b.lar; 
7
  Baxrax   D.N.,   Rossinskiy   B.V.,   Starilov   YU.N.   Administrativnoye   pravo:   Uchebnik   dlya   vuzov.   –   M.:
Norma, 2004. 549-552-b.lar ma'muriy-protsessual   normalar   –   bu   vakolatli   davlat   organlari   tomonidan
o`rnatilgan,   ijro   hokimiyati   organlarining   o`z   vakolatlarini   amalga   oshirish
jarayonida   yakka   tartibdagi   ishlarni   hal   etish   bo`yicha   vujudga   keladigan
munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy qoidalardir. 8
Ma'muriy   ish   yuritish   faoliyatining   turli   ko`rinishlarga   (huquq   ijodkorligi,
rag`batlantirish,   ruxsat   berish,   yurisdiksiyaviy   va   h.k.lar)   ega   bo`lganligi   sababli,
protsessual   normalar   aksariyat   hollarda,   ma'muriy   huquqning   boshqa   institutlari
protsessual   normalari   bilan   emas,   balki   tegishli   institutlarning   moddiy   normalari
bilan   bog`liqdir.   Jarayonlashtirishni   keng   doirda   amalga   oshirish   bilan   esa,
protsessual   normalarni   yanada   yaqinlashtirish,   unifikatsiya   qilish   va   yagona
tizimga keltirish mumkin bo`ladi. 
D.N.Baxrax ko`rsatib o`tishicha, ma'muriy protsessual qonunchilikni alohida
tarmoqqa   ajratish,   amaliyotda   foydadan   ko`ra,   ko`proq   zarar   keltirishi   mumkin.
Chunki,   bunday   ajratish   bir   butun   normalarni   ikki   bo`lakka,   ya'ni   moddiy   va
protsessual normalarning alohidalashuviga olib keladi. 9
Hozirgi   vaqtda   ma'muriy-protsessual   huquq  –   ma'muriy  huquqning  ma'lum
bir   institutlari   doirasida   tizimlashtirilgan   keng   doiradagi   protsessual   normalar
yig`indisi sifatida namoyon bo`ladi.
Sobiq ittifoq davridagi yuridik adabiyotlarda, ma'muriy-protsessual normalar
va   uning   tasnifi   bo`yicha   turli   fikrlar   bildirilgan.   Jumladan,   XX   asrning   50-
yillarida   S.S.Studenikin   tomonidan   ma'muriy-protsessual   normalarning   ikki
guruhga bo`linishi ko`rsatib o`tilgan: 
a)   boshqaruv   organlari   tomonidan   u   yoki   bu   masalani   hal   etish   tartibini
belgilab beruvchi normalar; 
b)   sud   organlari   tomonidan   ijro-farmoyish   berish   faoliyatiga   taalluqli
bo`lgan masalalarni hal etish tartibini belgilab beruvchi normalar. 
8
  Sorokin   V.D.   Administrativno-protsessualnoye   pravo:   Uchebnik.   –   SPb.:   Izdatelstvo   “Yuridicheskiy
sentr Press”, 2004. 74-110-b.lar
9
 O`sha joyda. Lekin   bunday   tasnif   to`liq   bo`lmay,   uni   yanada   aniqlashtirish   talab   etiladi.
Chunki   bu   tasnifda   ma'muriy-protsessual   normalar,   faqatgina   predmet   nuqtai
nazaridan kelib chiqqan holda bo`lingan. 
70-yillarda   esa,   N.G.Salisheva   ma'muriy-protsessual   normalarga
quyidagilarni kiritadi: 
1)   ma'muriy   majburlov   choralarini   qo`llash   bo`yicha   ishlarni   hal   etishning
umumiy prinsiplarini belgilab beruvchi yoki mustahkamlovchi normalar; 
2)   ma'muriy   javobgarlikka   tortilayotgan   shaxs   huquqlarining   kafolatlarini
belgilab beruvchi normalar; 
3)   ijro   va   farmoyish   berish   organlari   protsessual   harakatlarini
rasmiylashtirishga qaratilgan hujjatlarni tayyorlashni belgilab beruvchi normalar; 
4)   ishni   olib   borishning   protsessual   tartibini,   shuningdek,   qarorlarni   qabul
qilish tartibini belgilab beruvchi normalar; 
5)   qabul   qilingan   qaror   ustidan   tegishli   boshqaruv   organi   yoki   sudga
shikoyat qilish tartibini belgilab beruvchi normalar. 
Bu   davrda,   B.B.Xangeldiyev   ma'muriy-protsessual   normalarning   uch
guruhini ajratadi: 
a)   yuridik   tabiatiga   ko`ra   jinoyat   protsessual   normalariga   yaqin   bo`lgan
qoidalar; 
b) fuqarolik jarayoniga yaqin bo`lgan qoidalar; 
c)   boshqa   barcha   normalar,   ya'ni   tashkil   etish   faoliyatini   amalga   oshirish
jarayonining tartibini belgilab beruvchi normalar. 10
 
D.N.Baxraxning   fikricha,   ma'muriy-protsessual   huquq   normalarini
mazmuniga qarab bir necha guruhga bo`lish mumkin:
a) ma'muriy huquq ijodkorligini ta'minlovchi normalar;
b)   operativ-farmoyish   berish,   huquqni   qo`llash   faoliyatini   ta'minlovchi
normalar;
c) ma'muriy yurisdiksiyaviy faoliyatni ta'minlovchi normalar;
10
  Studenikin   S.S.   Sistema   gosudarstvennogo   upravleniya   i   vopros   o   predmete   administrativnogo
prava   //   Vopros i   administrativnogo   prava.   1949.   44-b.;   Salisheva   N.G.   Grajdanin   i   administrativnaya
yurisdiksiya.   M.,   Nauka,   1970.   18-b.;   Xangeldiyev   B.B.   O   sistematizatsii   administrativnogo
zakonodatelstva // Sbornik nauchnix trudov. Vip. 2. Sverdlovsk, 1964. 90-b.  d) ma'muriy jarayonning biron bir guruhiga kirmaydigan normalar.
Oxirgi   guruh   normalarinig   mazmuni   shundan   iboratki,  faoliyatning  ma'lum
bir   tomonlarini   protsessual   normalar   bilan   tartibga   solish,   uning   protsessual
shaklga   ega   ekanligini   anglatmaydi   hamda   bu   faoliyat   -   protsessual   faoliyat   deb
atalishi mumkin emas. 11
Demak,   ma'muriy-protsessual   normalar   –   bu   vakolatli   davlat   organlari
tomonidan   o`rnatilgan,   ijro   hokimiyati   organlarining   o`z   vakolatlarini   amalga
oshirish   jarayonida   yakka   tartibdagi   va   aniq   ishlarni   hal   etish   bo`yicha   vujudga
keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalaridir. 
Ma'muriy-protsessual munosabatlar – jamiyatda vujudga keladigan huquqiy
munosabatlarning   bir   ko`rinishi   bo`lib,  huquqiy   normalarda   nazarda   tutilgan   aniq
subyektlar o`rtasidagi yuridik aloqalarni anglatadi.
Ma'muriy-protsessual   munosabatlar   –   unda   ishtirok   etuvchi   subyektlarning
belgilangan xulq-atvorda bo`lishini nazarda tutadi.
Ma'muriy-protsessual munosabatlar – hamma vaqt ma'muriy-protsessual  normalar
asosida   vujudga   keladi.   Albatta,   huquqiy   normaning   mavjud   bo`lishi,   huquqiy
munosabatni   vujudga   kelishiga   yetarli   emas.   Huquqiy   munosabatning   vujudga
kelishi   uchun   huquq   subyekti   (huquq   layoqati   va   muomala   layoqati)   va   yuridik
faktlarning (harakat, harakatsizlik, hodisa) mavjud bo`lishi ham talab qilinadi.  
Ma'muriy   jarayonlarning   davlat   xizmatlarini   ko‘rsatishdagi   o‘rni   va
ahamiyati
Amalda,   bugungi   kunda   davlat   organlari   faoliyati   davomida   davlat   xizmatlari
bo‘yicha   bir-biriga   o‘xshash   iboralar   qo‘llanilmoqda,   ammo   ushbu   o‘xshash
iboralarning   ma'nosi   barcha   davlat   organlarida   turlicha   talqin   qilinadi.   Har   bir
davlat   organining   davlat   xizmatlari   bo‘yicha   o‘z   tushunchasi   mavjud.   Davlat
xizmatlari, hujjat shakllari va blanklari yagona Reyestri to‘ldirish amaliyoti bunga
yaqqol   misol   bo‘la   oladi.   Masalan,   ko‘pincha   davlat   organlari   tomonidan   yuridik
11
  Baxrax   D.N.,   Rossinskiy   B.V.,   Starilov   YU.N.   Administrativnoye   pravo:   Uchebnik   dlya   vuzov.   –   M.:
Norma, 2004. 551-b. va   jismoniy   shaxslarning   murojatlari   va   davlat   organi   boshqaruvining   qabul
kunlari   haqidagi   ma'lumotlarni   joylashtirish   davlat   xizmatlari   qatoriga   kiritiladi.
O‘zbekiston   Respublikasidagi   davlat   xizmatlarini   ko‘rsatish   va   ma'muriy
jarayonlar   institutining   yoshligi   va   hali   to‘liq   shakllanmaganligi   bunday
vaziyatning asosiy sabablaridan biridir.
Ma'muriy   jarayonlar   davlat   vazifalarini   bajarishga   oid   umumiy   qoidalar   va
omillarini   tartibga   soladi.   Shu   bilan   birga,   ushbu   jarayonlar   jismoniy   va   yuridik
shaxslar   orasidagi   o‘zaro   munosabatlarga   (ruxsat   beruvchi   va   boshqa   hujjatlarni
rasmiylashtirish, olish, muddatini uzaytirish bo‘yicha ariza topshirish va uni ko‘rib
chiqish, ro‘yxatga olish, kompensatsiya, kafolat va imtiyozlar berish va yuridik va
jismoniy   shaxslarning   huquq   va   erkinliklariga   tegishli   bo‘lgan   boshqa   qarorlarni
qabul   qilish)   yo‘naltirilgan   davlat   organlarining   qonuniy   vakolatlarini   amalga
oshirish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   davlat   xizmatlari   ko‘rsatishni   o‘z   ichiga   qamrab
oladi.
Ma'muriy jarayonlar quyidagi imkoniyatlar yaratadi:
1. Jarayonlarni unifikatsiyalash
2. Xizmatlardan foydalanuvchilar uchun tushunarli bo‘lish
3. Noqonuniy harakatlarni aniqlash tartibi
4. Xizmat ko‘rsatish muddatlarini kechiktirganligi uchun javobgarlik mexanizmini 
vujudga keltirish va qo‘llash
5. Xizmat ko‘rsatish sifatini baholash
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida ma'muriy jarayonlar
mavjud   emas   degan   fikr   noto‘g‘ri   bo‘ladi.   Ma'muriy   jarayonlar   O‘zbekiston
Respublikasining qonunchiligida tutgan o‘rni yaqqol ko‘rinadi va u asosan davlat
xizmatlarini   ko‘rsatishda   muhim   rol   o‘ynaydi.   Deyarli   barcha   davlat   xizmatlari
normativ huquqiy boshqaruvga ega bo‘lib shu orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish
tartibi, vaqti va boshqa talablarni aniqlashtirib beradi. 3. Ma'muriy-protsessual normalar va munosabatlar.
Hozirgi   kunda,   ma'muriy   jarayonlar   ko‘pgina   qonunlar   orqali   tartibga   solingan.
Shu   bilan   birga,   milliy   huquqiy   bazasining   yaratilishi   davomida   ma'muriy
jarayonlarning   umumiy   standartlarining   mavjud   bo‘lmaganligi   ularning
fragmentliligi va turli xil yondashuvga egaligi bilan farqlanishiga olib keldi.
Hozirgi vaqtga kelib ma'muriy jarayon bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan me'yoriy-
huquqiy   hujjatlar   ushbu   institutning   ma'lum   bir   elementlarining   sistematik
yondashuvsiz   vujudga   kelmoqda.   Odatda,   har   bir   ko‘rsatilgan   qonunlar   asosida
muhim   talablarga   doimo   ham   javob   bermaydigan   qonun   osti   va   ichki   ma'muriy
aktlar qo‘llaniladi.
Bundan   tashqari,   turli   davlat   organlarining   xizmat   ko‘rsatish   jarayonida   o‘zaro
hamkorlik   masalalari   bo‘yicha   aniq,   tushunarli   va   imkoni   boricha   oddiy   tartibini
ishlab chiqish jiddiy e'tiborni talab qiladi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartiblarini
ishlab chiqish jarayonida qonuniy aktning muallifi  odatda yuridik texnika va o‘zi
faoliyat yuritayotgan davlat organining talablarini inobatga oladi, shu sababli unda
davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi bo‘yicha umumiy talablar yo‘q.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ qonunlarda odatda ariza
topshiruvchi   shaxs,   uning   kelajakdagi   faoliyati   (litsenziyalash),   zarur   hujjatlar
bo‘yicha bo‘lgan talablar ko‘rsatilib, shu kabi shaxslarga nisbatan sirtqi harakatlar
amalga oshiriladi. Misol uchun, tamaki xom ashyosini fermentatsiyalash va tamaki
mahsulotlarini   ishlab   chiqish   faoliyatini   litsenziyalash   xizmat   ko‘rsatish   tartibini
ko‘zda   tutadi.   Ammo   nizomda   faqatgina   hujjatlar   va   ariza   topshiruvchi   shaxsga
bo‘lgan   talablargina   belgilangan   va   unda   aytilishicha,   ariza   ishchi   guruhi
tomonidan   tayinlangan   komissiya   tomonidan   ko‘rib   chiqiladi   va   qaror   qabul
qilinadi.   Unda   arizani   ko‘rib   chiqish   tartibi,   muddati,   komissiya   tuzish   tartibi,
litsenziyalovchi organ tomonidan ariza ko‘rib chiqish muddati o‘tib ketgan holdagi
vaziyatlar   belgilanmagan   va   shikoyat   qilish   tartibi   ko‘rsatib   o‘tilmagan.   Bunga
ko‘ra,   davlat   xizmatlarini   ko‘rsatish   jarayonida   davlat   organlari   uchun   ichki jarayonni tartibga solish mexanizmlari mavjud emas. Bu kabi masalalar ma'muriy
jarayonlar bo‘yicha qabul qilingan qonunlar bilan hal qilinadi.
Xizmat ko‘rsatish davridagi ariza beruvchi shaxsning qonunchilik talablariga javob
bermagan hujjatlarini qaytarish tartibi jiddiy e'tiborni talab qiluvchi asosiy amaliy
jarayonlardan   biridir.   To‘liq   bo‘lmagan   hujjatlar   xizmat   ko‘rsatishni   rad   qilish
uchun asos bo‘lib kelmoqda . Shu asosda qaytarilgan hujjatlar ariza beruvchi shaxs
tuzatishlar   kiritilgan   hujjatlar   to‘plamini   davlat   organiga   ko‘rib   chiqish   bojlarini
to‘lash   yoki   to‘lamagan   holda   qaytadan   topshirishga   majburdir.   Shunday   vaziyat
vujudga   kelyaptiki,   bunda   bitta   ariza   bo‘yicha   topshirish   va   ko‘rib   chiqish   bilan
bog‘liq   ikkita   yuridik   harakat   kuzatilmoqda.   Bunday   holatda,   to‘liq   bo‘lmagan
hujjatlar   to‘plami   xizmat   ko‘rsatishni   rad   etish   uchun   asos   emasligi   va   ariza
beruvchi   shaxs   tuzatishlar   kiritilgan   hujjatlar   to‘plamini   qaytadan   topshirish
huquqini   davlat   xizmatlarini   ko‘rsatish   tartibiga   oid   barcha   qonuniy   huquqiy
aktlarda belgilash takliflari kiritilmoqda. Shu bilan birga, to‘liq bo‘lmagan hujjatlar
to‘plami boshlang‘ich pog‘onada - ya'ni, ariza va hujjatlar qabul qilish pog‘onasi,
undan   so‘ng   davlat   organi   tomonidan   hujjatlar   to‘liq   emasligi   asosida   ularni
qaytarish   huquqi   yo‘qotiladi   -   aniqlanishi   maqsadga   muvofiq   bo‘lardi.   Noto‘g‘ri
yoki  yolg‘on ma'lumotlar  taqdim   etish  bunga  kirmaydi   va bu  kabi  holatlar  yakka
tartibda   qonunbuzarlik   sifatida   ko‘riladi.   Shu   bilan   birga,   ariza   beruvchining
hujjatlarni   to‘ldirish   uchun   ketgan   muddati   xizmat   ko‘rsatish   muddatiga
kiritilmaydi va to‘liq hujjatlar to‘plami topshirilgandan so‘nggina qayta tiklanadi. Xulosa
Ma'muriy-protsessual   munosabatlarni   amalga   oshirish   barcha   huquqiy
munosabatlar   singari,   davlatning   ta'sir   choralari   bilan   ta'minlanadi.   Ular   turli-
tuman bo`lib, faqatgina majburlov choralari bilan chegaralanmaydi. Ijro hokimiyati
organlari   faoliyatida   vujudga   keladigan   aksariyat   ma'muriy-protsessual
munosabatlarni   amalga   oshirishda   davlatning   majburlov   choralarini   qo`llash
zaruriyati mavjud emas.
Yuqorida   ko`rsatib   o`tilgan   ma'muriy-protsessual   munosabatlarning   o`ziga
xos   xususiyatlari,   ularni   huquqiy   munosabatlarning   bir   ko`rinishi   sifatida
ifodalashga   imkon   beradi.   Lekin   bu   xususiyatlar   ma'muriy-protsessual
munosabatlarning   mazmunini   to`liq   yoritib   bera   olmaydi.   Shu   sababli,   asosiy
e'tiborni,   uning   alohida   xususiyatlarining   qisqacha   tavsifiga   qaratish   lozim.
Jumladan:
birinchidan,   ma'muriy-protsessual   munosabatlar   –   davlat   boshqaruvi
sohasida   ijro   hokimiyati   organlarining   vakolatlarini   amalga   oshirish   jarayonida
vujudga   keladi   hamda   moddiy   normalar   singari,   aniq   ifodalangan   boshqaruv
xususiyatiga egadir;
ikkinchidan, bu munosabatlar – protsessual huquqiy munosabatlardir. Agar,
ma'muriy-protsessual   munosabatlarning   birinchi   xususiyati   ularni   moddiy
normalarga   yaqinlashtirsa,   ikkinchi   xususiyati   bu   ikkala   norma   o`rtasidagi   aniq
chegarani belgilab beradi.
Demak, ma'muriy protsessual munosabatlar – bu ma'muriy huquq normalari
bilan   tartibga   solinadigan,   ijro   hokimiyati   organlarining   o`z   vakolatlarini   amalga
oshirish   jarayonida   yakka   tartibdagi   va   aniq   ishlarni   hal   etish   bo`yicha   vujudga
keladigan huquqiy munosabatlardir.
Ma'muriy-protsessual   munosabatlar   bir   necha   asoslarga   qarab   turli
guruhlarga ajratilishi mumkin.
Ma'muriy-protsessual   munosabatlar   -   aniq   subyektlar   va   boshqa   ma'muriy
jarayon   ishtirokchilari   o`rtasida   huquqiy   aloqalarning   vujudga   kelishida
ifodalanadi.  Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 12.
2. O’zbekiston   Respublikasining   Jinoyat-protsessual   kodeksi.   –   T.:   Adolat,
2010.
3. O’zbekiston   Respublikasining   Jinoyat   kodeksi.   –   Toshkent:   O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi, 2012. -384 b.
4. Odilqori е v   X.T.   O’zb е kiston   r е spublikasida   qonun   chiqarish
jarayoni.T.O’zb е kiston. 1995 yil.
5. Djonkorov   A.T.Huquq   normalari.   T.   IIV   Akad е miyasi   1994   yil.
Saidov A.,TojixonovU. Davlat va huquq nazariyasi: T.2. Huquq nazariyasi.
6. O’b е kiston R е spublikasi IIV Akad е miyasi, 2001 y.
7. .Saidov A.Tojixonov U. Davlat va huquq asoslari. T. O’zb е kiston R е spublikasi
IIV Akad е miyasi, 2002 yil 30-33 b е t.
8. Xolmo’minov H.T. Davlat va huquq nazariyasi. O’huv qo’llanmasi. T. 2000.

Mavzu: Ma'muriy jarayon lar. Reja: Kirish 1. Ma'muriy jarayon tushunchasi va uning xususiyatlari . 2. Ma'muriy jarayonning umumiy bosqichlari . 3. Ma'muriy-protsessual normalar va munosabatlar . Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish Umumiy qoidadan kelib chiqadigan bo`lsak, jarayon – bu qandaydir holatlarning, hodisalarning ketma-ketlikda almashinuvi, nimaningdir rivojlanishi bo`lib, kimyoviy, biologik va ijtimoiy ko`rinishlarga ega bo`ladi. Barcha jarayonlar ichida ijtimoiy jarayon alohida ahamiyatga egadir. Ijtimoiy jarayon – ishlab chiqarish, ijodiy, yuridik (huquqiy) va boshqa jarayonlarni o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, ijtimoiy jarayonning boshqaruv, tashkiliy va stixiyali (masalan, migratsiya; bozor) ko`rinishlari ham mavjuddir. Huquqshunos olimlar o`zlarining ilmiy ishlarida huquqiy faoliyatning bir necha turlarini farqlashadi, masalan, huquqiy jarayon, shartnomaviy faoliyat, ish yuritish.

1. Ma'muriy jarayon tushunchasi va uning xususiyatlari . YE.G.Lukyanova o`zining monografiyasida, huquqiy jarayon va u bilan bog`liq bo`lgan protsessual huquq tushunchasiga bir necha yondoshuvlarni ko`rsatib o`tadi. Jumladan, uning fikricha: 1) huquqiy jarayon – bu odilsudlov organlarining yurisdiksiyaviy va boshqa muhofaza etuvchi faoliyatidir; protsessual huquq – odilsudlovni amalga oshirish jarayonida ularning faoliyati bo`yicha yoki odilsudlovni amalga oshirishga tayyorlash faoliyati bo`yicha vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisidan iborat; 2) huquqiy jarayon – vakolatli davlat organlari va boshqa subyektlarning yurisdiksiyaviy va boshqa muhofaza etuvchi faoliyatidir. Protsessual huquq deganda esa, huquq to`g`risidagi nizolarni hal etish va huquqiy majburlovni qo`llashga qaratilgan faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisi tushuniladi; 3) huquqiy jarayon – vakolatli davlat organlarining huquq ijodkorligi va huquqni qo`llash faoliyatidir; protsessual huquq – huquq ijodkorligi va moddiy huquq normalarini qo`llash jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni (“tashkiliy” ijtimoiy munosabatlarni) tartibga soladi; 4) huquqiy jarayon – moddiy-huquqiy normalarni amalga oshirish shaklidan qat'i nazar, bajarish jarayonidir. Protsessual huquq – moddiy huquq normalarini amalga oshirish bo`yicha “instruksiya” (ko`rsatma) hisoblanadi; 5) huquqiy jarayon – davlat organlarining barcha huquqiy faoliyatidir (huquq ijodkorligi, huquqni qo`llash, ta'sis etish, kontrol, farmoyish berish). Protsessual huquq esa, bu faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisi hisoblanadi. 1 V.D.Sorokinning fikricha, jarayon – huquqiy kategoriya bo`lib, quyidagi o`ziga xos xususiyatlarga ega: birinchidan, jarayon – bu davlat hokimiyat faoliyatining ifodalanishidir. Boshqacha aytganda, jarayon – bu shunday faoliyatki, uning yordamida davlat 1 Lukyanova YE.G. Teoriya protsessualnogo prava. M., NORMA, 2003. 41-42-b.lar.

hokimiyati organlarining qarorlari qonunchilikda ko`rsatilgan huquqiy shaklga ega bo`ladi; ikkinchidan, jarayonning har qanday turi – bu dinamik (harakatchan) tushuncha bo`lib, tegishli davlat hokimiyati organlari faoliyatining murakkabligini ko`rsatadi; uchinchidan, jarayonning asosiy xususiyati shundan iboratki, bu har qanday hokimiyat faoliyati emas, balki mazmuni, maqsadi va undan kelib chiqadigan oqibatlariga ko`ra huquqiy hisoblanadi; to`rtinchidan, jarayon huquqiy faoliyat sifatida, ma'lum bir tartibga solinganlikni talab etadi. Tartibga solish - turli davlat organlari protsessual faoliyatining asosiy tomonlarini qamrab oladi va huquq tizimida muhim ahamiyatga ega bo`lgan protsessual normalar orqali amalga oshiriladi; beshinchidan, jarayonning fuqarolik, jinoyat va ma'muriy tartibga solishning huquqiy uslubi bilan bog`liqligi. 2 Jarayonni faqatgina huquqiy faoliyat deb ko`rsatuvchi olimlar, boshqa barcha huquq normalari bilan tartibga solingan faoliyatni – ish yuritish sifatida tushuntirib o`tishadi. Jumladan, N.YU.Shvedovaning fikricha, ish yuritish – xatti- harakatlarning rasmiy belgilangan tartibi, nimanidir bajarish, muhokama qilishdir. 3 Ushbu tushuncha huquqiy jarayon tushunchasiga qaraganda kengroq bo`lib, huquqiy ishlar bilan bir vaqtda, nohuquqiy ishlar 4 ni ham yuritishda namoyon bo`ladi, shuningdek, u bir marta amalga oshirishga mo`ljallangan bo`lishi mumkin. Huquqiy jarayon, davlatning boshqa huquqiy faoliyati singari, huquqiy ish yuritishning bir qismi hisoblanadi. Davlat hokimiyati organlari faoliyatini ma'lum bir tartibda jarayonlashtirish davlat tomonidan protsessual normalarni o`rnatish orqali amalga oshiriladi. 2 Sorokin V.D. Administrativno-protsessualnoye pravo: Uchebnik. – SPb.: Izdatelstvo “Yuridicheskiy sentr Press”, 2004. 177-186-b.lar 3 Ojegov S.I., Shvedova N.YU. Tolkoviy slovar russkogo yazika. M., 1995. 616-b. 4 Nohuquqiy ishlar deganda - davlat organlarining o`z vazifa va funksiyalarini amalga oshirish vaqtida qo`llaydigan va huquq normalariga asoslangan, lekin huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydigan harakatlarni tushunish lozim.

Protsessual qonunchilik (normalar)ning mavjud bo`lishi – huquqiy jarayonning asosiy belgisi hisoblanadi. Davlat hokimiyati faoliyati to`g`ri va to`liq huquqiy tartibga solingan, ma'lum bir tartibda jarayonlashtirilgan bo`lishi kerak. Huquqiy jarayonning keng tarqalgan ko`rinishi – bu ma'muriy jarayondir. Yuridik adabiyotlarda, ma'muriy jarayon, ijro hokimiyati organlarining ma'muriy protsessual shaklda amalga oshiriladigan va aniq bir huquqiy masalalarni hal etishga qaratilgan - hokimiyat faoliyati sifatida ko`rsatib o`tiladi. Bu birinchi navbatda, ma'muriy jarayonning ma'muriy huquq normalari bilan tartibga solinganligiga asoslanadi. Ma'muriy jarayon huquqiy jarayonning barcha umumiy xususiyatlariga ega. Lekin shu bilan birga uning quyidagi o`ziga xos xususiyatlari ham mavjuddir: birinchidan, ma'muriy jarayon – ijro organlarining maqsadga muvofiq yo`naltirilgan hokimiyat faoliyatidir; ikkinchidan, ijro organlarining hokimiyat faoliyati qonun hujjatlariga asoslanib, ularga tegishli bo`lgan aniq masalalarni hal etishga qaratilgan; uchinchidan, ma'muriy jarayon natijasi bo`lib, ma'muriy-huquqiy aktning qabul qilinishi hisoblanadi; to`rtinchidan, ijro organlarining hokimiyat vakolatlari ma'muriy huquq, xususan uning protsessual normalari bilan tartibga solinadi; beshinchidan, ma'muriy jarayon, qoida bo`yicha, soddalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish bilan bog`liq. Bundan tashqari, ma'muriy jarayonning o`ziga xos xususiyatlariga – ma'lum bir ishlarning yozma yoki og`zaki tartibda olib borilishini, sirtdan ko`rib chiqilishini ham kiritish mumkin. Demak, ma'muriy jarayon – ma'muriy-protsessual shaklda amalga oshiriladigan hamda ma'muriy-huquqiy aktlarni qabul qilish va ijro etish orqali ma'lum bir ishlarni hal etishga qaratilgan ijro organlarining hokimiyat faoliyatidir