Ma'muriy huquqbuzarliklar bo`yicha ish yuritish
Mavzu: Ma'muriy huquqbuzarliklar bo`yicha ish yuritish Reja: 1. Ma'muriy huquqbuzarliklar bo`yicha ish yuritishning vazifalari, prinsiplari va umumiy qoidalari. 2. Ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma . 3. Ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishni yuritishda. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Ma'muriy huquqbuzarliklar bo`yicha ish yuritishning vazifalari, prinsiplari va umumiy qoidalari . O`zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 269-moddasiga binoan, ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni yuritishning asosiy vazifalari ga quyidagilar kiradi: 1) har bir ishning holatini o`z vaqtida, har tomonlama, to`la va obyektiv ravishda aniqlab chiqish; 2) bu ishni qonun hujjatlariga muvofiq holda hal etish; 3) chiqarilgan qarorning ijrosini ta'minlash; 4) ma'muriy huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart- sharoitlarni aniqlash; 5) huquqbuzarliklarning oldini olish; 6) fuqarolarni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash; 7) qonuniylikni mustahkamlash. Har bir ishning holatini o`z vaqtida, har tomonlama va to`la aniqlab chiqish shuni anglatadiki, huquqbuzarlik ishini to`g`ri ko`rib chiqish uchun, zarur bo`lgan barcha holatlarni aniqlash lozim. Bunday holatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilganligini aniqlash; ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning aybdorlik darajasini aniqlash; ma'muriy huquqbuzarlikning ma'muriy javobgarlikni vujudga keltirishini aniqlash; mulkiy zarar keltirilganligini aniqlash; ma'muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarining mavjudligini aniqlash; huquqbuzar to`g`risidagi, shuningdek, ish uchun ahamiyatli bo`lgan boshqa ma'lumotlarni aniqlash; ishni to`xtatishga olib keladigan holatlarning mavjudligini aniqlash va boshqalar.
Ma'muriy huquqbuzarlik ishlari bo`yicha har bir holatni o`z vaqtida aniqlash – ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya etishni nazarda tutadi. Ma'muriy huquqbuzarlik ishlarini yuritish mazmuni nafaqat ishning holatini o`z vaqtida, har tomonlama va to`la aniqlab olishni, balki uning obyektivligi ni ham talab qiladi. Bu toifadagi ishlarni ko`rib chiqishning asosiy prinsiplaridan biri – bu obyektivlikdir. Ushbu prinsipdan kelib chiqqan holda, ma'muriy huquqbuzarlik ishlarini ko`rib chiqish vakolatiga ega bo`lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar barcha holatlarni aniqlashlari shart. Obyektivlik ishga nisbatan adolatsizlik, taxminlarga asoslangan holda javobgarlikka tortilayotgan shaxsning manfaatini ko`zlab guvohlik beradigan holatlarni mensimaslikni istisno etadi. Bundan tashqari, ma'muriy huquqbuzarlik ishlarini yuritishning obyektivligi – ushbu jarayon ishtirokchilariga, ularning shikoyatlari va boshqa murojaatlariga nisbatan hurmat bilan qarashni nazarda tutadi. Amaliyotda ushbu prinsipni amalga oshirish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi bilan bir qancha kafolatlar o`rnatilgan (masalan, huquqbuzarlik ishlari qayta ko`rib chiqilishi mumkin) ma'lum bir holatlarda ishni ko`rib chiquvchi davlat organi (mansabdor shaxs) – hujjatlarni talab qilib olishi, ekspertiza o`tkazishi, ishni obyektiv hal qilish uchun tekshiruvlar o`tkazishi va boshqa choralarni ko`rishi mumkin. Ma'muriy huquqbuzarliklar ishlarini qonun hujjatlariga binoan hal etish – ma'muriy faoliyatda qonuniylikni ta'minlashning asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi. Mazkur qoidaning mohiyati – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasidan kelib chiqadi, ya'ni ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs, faqatgina qonun hujjatlarida ko`rsatib o`tilgan asoslarda va tartibda ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ma'muriy huquqbuzarlik ishlari bo`yicha chiqarilgan qarorlarni ijro etish ham – ish yuritishning asosiy vazifalaridan biri bo`lib, huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Ma'muriy javobgarlikka tortish bo`yicha qarorlarni ijro
etmaganlik yoki to`liq ijro etamaganlik, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning samarasini pasaytiradi, qonuniylik prinsipiga putur yetkazadi. Ma'muriy huquqbuzarlik ishlarini yuritishda – ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etish sabablarini va shart-sharoitlarini aniqlash , uning ogohlantirish va bartaraf etish funksiyasi hisoblanadi. Ma'muriy-yurisdiksiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va mansabdor shaxslar nafaqat huquqbuzarlik sabablarini aniqlashlari, balki ushbu sabab va sharoitlarni bartaraf etish choralarini ham ko`rishlari lozim. O`zR MJtKning 313-moddasiga binoan, ishni ko`rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda, bu sabablar va shart- sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko`rish to`g`risidagi taqdimnomani tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga kiritadi. Rahbar taqdim kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida uni kiritgan organga (mansabdor shaxsga) ko`rilgan choralar haqida ma'lum qilishi shart. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, ma'muriy huquqbuzarlik ishlarini yuritish – O`zbekiston Respublikasida huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni, shuningdek, qonuniylikni mustahkamlashni nazarda tutadi. O`zR MJtKning 270-moddasiga binoan, quyidagi holatlar mavjud bo`lgan taqdirda, ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim : 1) ma'muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yo`q bo`lsa; 2) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaxs o`n olti yoshga to`lmagan bo`lsa; 3) g`ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikni sodir etgan shaxs aqli noraso bo`lsa; 4) shaxs harakatni zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida qilgan bo`lsa; 5) amnistiya akti chiqishi, agar u ma'muriy jazo chorasini qo`llashni bekor qilsa;
6) ma'muriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan bo`lsa; 7) ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishni ko`rib chiqish paytiga kelib qonun da nazarda tutilgan muddatlar o`tib ketgan bo`lsa; 8) ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs xususida shu fakt yuzasidan ma'muriy jazo qo`llash to`g`risida vakolatli organ (mansabdor shaxs) qaror chiqargan bo`lsa yoki ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni tugatish to`g`risida chiqarilgan qaror bekor qilinmagan bo`lsa, shuningdek, mazkur fakt yuzasidan jinoyat to`g`risidagi ish qo`zg`atilgan bo`lsa; 9) shaxs ishi yuritila boshlangan paytda vafot etgan bo`lsa. Ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish - barcha fuqarolarning jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, irqi, millati, tili, dini va e'tiqodidan qat'i nazar, qonun oldida va shu ishni ko`rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) oldida tengligi asosida ko`rib chiqiladi. Ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish - o`zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko`pchilik aholi so`zlashadigan tilda yuritiladi. Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan ishtirokchilar tarjimon orqali ish materiallari bilan to`liq tanishish va ishni mohiyati bo`yicha ko`rib chiqish chog`ida qatnashish huquqi, shuningdek, o`z ona tilida so`zlash huquqi bilan ta'minlanadi. Ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish - ochiq ko`riladi . Ma'muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida, bunday ishlar huquqbuzarning ish, o`qish joyidagi jamoalarida yoki yashash joyida ko`rib chiqilishi mumkin. Ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni yuritish chog`ida qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati amalga oshiriladi. Prokuror nazoratni olib borish jarayonida: ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risida ish qo`zg`atishga; ish materiallari bilan tanishib chiqishga; ish yuritish vaqtida organlar (mansabdor shaxslar)ning harakatlari qonuniyligini tekshirishga; ishni ko`rib chiqishda qatnashishga;