O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi. Davlat ijrochisining maqomi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi. Davlat ijrochisining maqomi. Reja: 1. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatining huquqiy asoslari, vazifalari va funksiyalari hamda uning xususiyatlari. 2. Byuroning huquqlari va javobgarligi. 3. Byuro faoliyatini tashkil etish. 4. Majburiy ijro byurosi organlarida xizmatni o'tash. 5. Davlat ijrochisining huquqiy maqomi. 6. Davlat ijrochilarining huquq va majburiyatlari. 7. Davlat ijrochisining qarori. 8. Davlat ijrochisiningqarorlari ustidan shikoyat berish va protest keltirish. 9. Davlat ijrochilarining talablarini bajarishning majburiyligi. 10. Davlat ijrochilarining javobgarligi, ijtimoiy himoyasi va ta'minoti.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI MAJBURIY IJRO BYUROSI FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI, VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI HAMDA UNING XUSUSIYATLARI O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi energiya resurslari uchun to'lovlarning o'z vaqtida va to'liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek sud hujjatlarining so'zsiz ijrosini ta'minlashga mas'ul bo'lgan mustaqil huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi. Byuro faoliyati, uning maqsad-vazifalari va funksiyalari, faoliyati tashkil etish asoslari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to'g'risida"gi nizomda belgilangan. Byuro tizimiga Byuroning markaziy apparati, Byuroning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, Byuroning tuman (shahar) bo'limlari kiradi. Byuro quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchi rahbarlarga, shuningdek Bosh prokurorga, tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) prokurorlariga bo'ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat ko'rsatadi. Byuro o'z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi. Byuro faoliyati O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg'armasi (keyingi o'rinlarda Jamg'arma deb yuritiladi) mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi. Byuro yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o'z nomi yozilgan muhrga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega bo'ladi. Byuroning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: - sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so'zsiz ijrosini ta'minlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag'larning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste'molchilik holatlarini oldini olish; -elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash, vodoprovod va oqova suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish; -elektr energiyasi, tabiiy gaz (keyingi o'rinlarda energiya resurslari deb ataladi) va ichimlik suvi uchun to'lovlarning o'z vaqtida va to'liq undirilishini, iste'molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta'minlash;
- energiya resurslari va ichimlik suvi iste'molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek muqobil energiya manbalarining joriy etilishi ustidan monitoring o'tkazish; - energiya resurslari va ichimlik suvini sotish va iste'moli hisobini yuritishda ishtirok etish; energiya resurslari va ichimlik suvi iste'molchilarining mas'uliyati va huquqiy madaniyatini oshirish choralarini ko'rish; - kompleks tahlil o'tkazish, tizimli muammolarni aniqlash, energiya resurslari va ichimlik suvi uchun hisob-kitob qilinishini ta'minlash va majburiy ijro tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish; - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni yuritish, surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish. Byuro o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: -sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so'zsiz ijrosini ta'minlash, Ujro hujjatlari hamda undirilgan mablag'larning haqqonly hisobini yuritish, Uro ishi yuritishda sansalorlik va suliste'molchilik holatlarini oldini olish sohasida: - sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta'minlaydi, majburiy ijro etish qonun bilan boshqa davlat organlariga yuklatilgan hujjatlar bundan mustasno; -vakolatli organlarning mol-mulkni, shu jumladan, huquqbuzarlik buyumlari va qurollari hamda ashyoviy dalillarni davlat daromadiga o'tkazish yoki yo'q qilib tashlashni nazarda tutuvchi qarorlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro qiladi; -xatlangan va olib qo'yilgan mol-mulkning baholanishi, saqlanishi va sotilishini tashkil qiladi; -banklar, kredit tashkilotlari, shuningdek qarzdorga ish haqi va boshqa daromadlar to'lovini amalga oshiradigan tashkilotlar (shaxslar) tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi; -sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta'minlashda, shu jumladan, qarzdorlarning pul mablag'lari va boshqa mol-mulkini qidirishda davlat organlari, kredit va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi, ushbu maqsadlarda ko'rsatilgan davlat organlarining ma'lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi: • jismoniy shaxslar, olib qo'yilishi lozim bo'lgan bola qo'lida bo'lgan shaxslar qidiruvini amalga oshiradi, shu maqsadda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda ish olib boradi; yuzasidan O'zbekiston
Respublikasi ⚫ xalqaro shartnomalar yuzasidan majburiyatlarining sud qarorlari ijrosiga oid qismi bo'yicha bajarilishini tashkil qiladi: ⚫ Byuro vakolatiga taalluqli masalalar bo'yicha xorijiy davlatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlari bilan belgilangan tartibda o'zaro hamkorlik qiladi; ⚫ sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish sohasida hamkorlik masalalari bo'yicha xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi. ⚫ sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlari buzilishini oldini olish, bartaraf etish, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash choralarini ko'radi: ⚫ sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilmaslik holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishda ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan o'zaro hamkorlik qiladi; o'z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, ⚫ takliflari va shikoyatlarini ko'rib chiqadi; ⚫ elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish sohasida: elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish, energiya resurslarini noqonuniy iste'mol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish choralarini ko'radi; ⚫ elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish hamda energiya resurslarini noqonuniy iste'mol qilishning boshqa holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiradi; ⚫ bevosita iste'molchilar tomonidan foydalanilgan hamda tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan energiya resurslari hajmi o'rtasidagi tafovutlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish choralarini ko`radi; ⚫ elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishda ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi val nazorat idoralari bilan hamkorlik qiladi: ⚫ energiya resurslari, suv ta'minoti va suv chiqarish xizmati to'lovlari, qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqish uchun majburiy to'lovlarning o'z vaqtida va to'liq undirilishini, iste'molchilarning qarzdorligini kamaytirishni ta'minlash sohasida: ⚫ iste'molchilar, iste'mol qilingan energiya resurslari, suv hajmlari, ular uchun amalga oshirilgan to'lovlar, yuzaga kelgan qarzdorlik, shuningdek qattiq
maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqish uchun aholi tomonidan amalga oshirilgan majburiy to'lovlar hisobini shakllantirish va yuritishda qatnashadi; ⚫ iste'molchilar, elektr, gaz, suv ta'minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalari to'g'risida, shuningdek iste'mol qilingan energiya resurslari va suv hajmlarini aniqlashda elektr, gaz ta'minoti, vodoprovod-kanalizatsiya xo'jaligi hamda boshqa tashkilotlar bilan ma'lumotlar almashinuvini amalga oshiradi; ⚫ energiya resurslari, suv ta'minoti va suv chiqarish xizmati uchun to'lovlari, shuningdek qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqish uchun aholidan majburiy to'lovlarni to'liq va o'z vaqtida undirilishini tashkil qiladi; ⚫ iste'molchi - yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning qarzdorligi so'zsiz undirilishini amalga oshiradi, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minoti, vodoprovod-kanalizatsiya xo'jaligi korxonalari manfaatida qarzdorlikni undirish bo'yicha talabnoma-da'vo ishlarini olib boradi; ⚫ ijro hujjatlari asosida energiya resurslari, suv ta'minoti va suv chiqarish xizmati uchun to'lovlar, shuningdek qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqish uchun majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorlikni majburly undirishni amalga oshiradi: - energiya resurslari iste'molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek muqobil energiya manbalarining joriy etilishi ustidan monitoring o'tkazish sohasida: ⚫ energiya resurslari iste'molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek muqobil energiya manbalarini joriy qilish bo'yicha loyiha va dasturlarning o'z muddatida, to'liq va sifatli amalga oshirilishi ustidan monitoring olib boradi; ⚫ vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan energiya resurslari iste'molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek muqobil energiya manbalarini joriy qilish bilan bog'liq ma'lumotlarni talab qilib oladi; ⚫ energiya resurslari iste'molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek muqobil energiya manbalarini joriy qilish bo'yicha loyiha va dasturlarning ijrosini o'z vaqtida hamda sifatli ta'minlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko'radi; -energiya resurslarini sotish va iste'moli hisobini yuritishda ishtirok etish sohasida: ⚫ energiya resurslarini taqsimlash, sotish va iste'mol qilish hajmlarini, shu jumladan, nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari orqali monitoring qiladi; ⚫ belgilangan muddatlarda iste'molchilarning hisobga olish uskunalari ko'rsatkichlarini oladi, ularning shaxsiy varaqlariga ma'lumotlarni kiritadi, energiya resurslarini iste'mol qilishning oylik hajmlarini aniqlaydi (elektr