logo

O’zbekiston davlat suverenitetining e’lon qilinishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.8037109375 KB
O’zbekiston davlat suverenitetining e’lon qilinishi
Reja:
1. O’ zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’ l  tutishi.
2. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi.
3. O’ zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
  1. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi.
XX   asr   90-yillariga   kelib   jahon   va   sobiq   ittifoqdagi   o’zgarishlar   hamda
yuzaga   kelgan   vaziyat   o’zbek   xalqining   mustaqillik   uchun   bo’lgan   kurashini
tezlashtirib yubordi. Bu o’rinda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining
1989-yil   23-iyundagi   plenumi   va   unda   Islom   Karimovning   birinchi   kotib   etib
saylanishi   juda   katta   ahamiyat   kasb   etdi.   Ushbu   anjumanda   I.Karimov
O’zbekistonning sobiq Ittifoqda tutgan o’rni va rolini aniq-ravshan belgilab berdi,
madaniy   merosni   va   tarix   haqiqatini   tiklash,   milliy   urf-odatlar   va   an’analarni
rivojlantirish obektiv zarurat ekanligini isbotladi.
O’zbekistonning   yangi   hukumati   Markaz   bilan   bo’ladigan   munosabatlarni
o’zgartirmay   turib,   ijobiy   siljishlarga   erishib   bo’lmasligini   va   buning   uchun
respublikaning   to’liq   mustaqilligini   ta’minlash   zarurligini   tushunib   etdi.
I.A.Karimovning   tashabbusi   bilan   O’zbekiston   hukumati   tomonidan   1989-yil   15-
avgustda «Kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo’jaliklari
va   individual   uy-joy   qurilishini   yanada   rivojlantirish   to’g’risida»   maxsus   qaror
qabul   qilindi.   Garchi   bu   g’oya   ittifoq   rahbarlariga   yoqmagan   bo’lsa   ham,
I.A.Karimov o’z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada
o’sha   yilning   4   oyida   aholi   qo’shimcha   90,7   ming   gektar   yer   oldi.   «G’oyat   og’ir
ayni o’sha sharoitda aholiga qo’shimcha tomorqa yerlari ajratish haqidagi Farmon
va   qarorlar   qabul   qilingani   shu   asosda,   O’zbekiston   bo’yicha   2,5   million   oilaga
hammasi bo’lib 700 ming gektar sug’oriladigan yer tomorqa sifatida xususiy mulk
qilib berilgani  qishloqlarimizda ijtimoiy muammolarni  yechish,  aytish  mumkinki,
jar   yoqasida   turgan   yurtimizda   tinchlik   va   barqarorlikni   saqlab   qolishda   ulkan
tarixiy qadam bo’lgan...» Ana shunday o’zgarishlar tufayli odamlar dunyoda adolat
va haqiqat borligiga, mus taqillik har qaysi oila, butun xalqimiz uchun hyech narsa
bilan o’lchab, qiyoslab bo’lmaydigan bebaho ne’mat ekaniga chin dildan ishonch
hosil qilgan edilar.
XX   asr   80-yillarining   o’rtalariga   kelib   SSSRning   parchalanishi   real   obektiv
haqiqatga   aylanib   qoldi.   1989-yil   21-oktabrda   O’zbekiston   Oliy   Sovetining   XI
sessiyasi «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunini qabul qildi. O’zbek tili   davlat   tili   deb   e’lon   qilindi.   Ish   yuritish   sekin-asta   o’zbek   tiliga   o’tkazila
boshlandi,   uni   o’rganishni   yaxshilash   yuzasidan   aniq   chora-tadbirlar   belgilandi.
Ayni   vaqtda   rus   tilini   va   respublikada   yashovchi   boshqa   xalqlarning   tillarini
o’rganish   uchun   shart-sharoitlar   yaratilishi   lozim   edi,   tilni   o’rganishning
ixtiyoriyligi va uni tanlash huquqi qonunda belgilab qo’yildi. Bu qonunning qabul
qilinishi o’zbek xalqi, shu xalq milliy o’z-o’zini anglashining o’sishi, respublikada
millatlararo   hamjihatlikning   saqlanib   qolishi   uchun   juda   katta   ahamiyatga   ega
bo’ldi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so’ng milliy o’zlikni anglash,
milliy   davlatchilikni   tiklash   yo’lida   respublikada   yana   bir   tarixiy   ahamiyatga   ega
bo’lgan muhim siyosiy qadam qo’yildi.
1990-yil   23-martda   O’zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komitetining
Plenumida   respublika   siyosiy   tizimi   to’g’risidagi   masala   ko’rib   chiqildi.   Unda
O’zbekistonda   hokimiyatning   Prezidentlik   boshqaruvi   shakliga   o’tishi   respublika
suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta’kidlandi.
1990-yil   24-mart   kuni   O’zbekiston   SSR   Oliy   Sovetining   XII   chaqiriq   1-
sessiyasi   SSSR   doirasida   birinchi   bo’lgan   siyosiy   hujjatni   -   «O’zbekistonda
Prezidentlik   boshqaruvi   ta’sis   etish   to’g’risida»gi   qarorni   qabul   qildi   va
O’zbekiston   Kompartiyasi   MK   birinchi   kotibi   Islom   Abdug’aniyevich   Karimov
O’zbekiston   SSR   Prezidenti   etib   saylandi.   Shu   tariqa,   O’zbekiston-SSSR
respublikalari   ichida   birinchi   bo’lib   o’zining   milliy-huquqiy   va   demokratik
davlatiga mustahkam zamin yaratdi.
O’zbekistonning   mustaqillikka   yerishishida   qo’yilgan   navbatdagi   muhim
qadamlardan   biri   bu   1990-yil   20-iyunda   respublika   Oliy   Soveti   tomonidan   12
moddadan   iborat   bo’lgan   «Mustaqillik   Deklarasiyasi»ning   qabul   qilinishi   edi.
Mazkur   hujjat   O’zbekiston   qonunlarining   Ittifoq   qonunlaridan   ustuvorligini
ta’minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklarasiyasi» O’zbekistonning 1991-yil
31-avgustga   qadar   mavjud   bo’lgan   boshqaruv,   huquqiy   faoliyatini   ta’minladi,
barcha   sohada   mustaqil   siyosat   olib   borish   imkonini   berdi.   Deklarasiyada   har   bir
millatning   o’z   taqdirini   o’zi   belgilash   huquqidan   kelib   chiqqan   holda,   xalqaro
huquq   qoidalariga,   umumbashariy   qadriyatlariga   va   demokratiya   tamoyillariga asoslanib   O’zbekiston   SSRning   davlat   suvereniteti   e’lon   qilindi.   Deklarasiyaning
qabul   qilinishi   bilan   O’zbekistonda   respublikaning   iqtisodiy   va   siyosiy   hayotiga
doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi.
Shunday   bir   tarixiy   sharoitda   sobiq   SSSRdagi   siyosiy   vaziyat   keskinlashib
bordi. XX asrning 90-yillari boshlarida Ittifoq tarkibidagi ko’pchilik respublikalar
mavjud   vaziyatni   o’zgartirishni   talab   qila   boshladi.   1990-yil   bahorida   Sovet
Sosialistik Respublikalari hisoblangan Boltiqbo’yidagi Litva (11-mart), Latviya (4-
mayda),   E stoniya   (8-may),   keyinroq   Gruziya   (okt ya br)   va   Ozarbayjon   (1991-yil
fevral)   Ittifoq   tarkibidan   chiqqanligini   e’lon   qildi   Bu   holat   SSSR   ning   davlat
butunligiga   jiddiy   ta’sir   ko’rsatdi.   Moskva   1990-yil   kuzida   Markaz   bilan
respublikalar   o’rtasidagi   munosabatlarni   yangilash   yuzasidan   muzokaralar
jarayonini   boshlab   yubordi.   Shu   asosda   markaziy   hokimiyat   jamoatchilikning
talablari   ostida   Ittifoq   shartnomasini   yangilash   zaruratini   e ’tirof   etishga   majbur
bo’ldi.
SSSR   Oliy   Soveti   Ittifoq   shartnomasini   o’zgartirish,   SSSRni   teng   huquqli
suveren   respublikalar   Federasiyasi   sifatida   yangilash   xususida   xalqning   fikrini
bilish   maqsadida   1991-yil   17-mart   kuni   Butunittifoq   referendumini   o’tkazishga
qaror   qildi.   1991-yil   20-fevralda   O’zbekiston   Oliy   Kengashning   Rayosati
referendum   o’tkazishni   ma’qulladi   va   SSSR   Oliy   Soveti   tomonidan   tayyorlangan
byulleten   bilan   birga   yana   bitta   qo’shimcha   byulletenni   ovozga   qo’yishga   qaror
qildi.
Qo’shimcha   byulletenga   «Siz   O’zbekistonning   mustaqil,   teng   huquqli
respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federasiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?»
degan savol qo’yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93% bu savolga
«Ha»   deb   javob   berdilar.   Demak,   o’zbekistonliklar   o’z   mamlakatini   mustaqil
davlat   sifatida   federativ   ittifoqda   bo’lishini,   O’zbekistonning   suveren   respublika
sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan  e dilar.
1991-yil   aprelda   Kiyevda   Ukraina,   Rossiya,   Belorus,   O’zbekiston,
Qozog’iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuvda mustaqil
respublikalar   manfaatlariga   mos   keladigan   Ittifoq   shartnomasini   tuzishga yondashish   yo’llari   ishlab   chiqildi   va   tegishli   bayonot   imzolandi.   Bu   hujjatni
Qirg’iziston,   Tojikiston,   Turkmaniston   Respublikalari   ham   imzolashga   rozilik
bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo’ldi.
1991-yilga   kelib   O’zbekistonda   respublikaning   davlat   mustaqilligiga   doir
mutlaqo   yangi   davlat   ramzlarini   tayyorlash   va   qabul   qilish   borasida   dadil   ishlar
qilina   boshlandi.   1991-yil   15-fevralda   O’zbekiston   Oliy   Kengashi
«O’zbekistonning davlat ramzlari to’g’risida»  maxsus qaror qabul qildi.
O’zbekistonning   o’z   suvereniteti   uchun   kurashi,   avvalo,   respublikada   qa bul
qilingan   har   bir   qonunning   mazmuni   va   mohiyati   jihatidan   sobiq
Ittifoqqonunlaridan   tubdan   farq   qilishida,   bundan   tashqari,   har   bir   qonun
a vv algidek   Ittifoq   qonuniga   moslashtirib   e mas,   balki   respublika   manfaati   ifoda
yetilganligi   bilan   ajralib   tura   boshladi.   Xususan,   1991-yilning   22-iyulida
O’zbekiston   SSR   Oliy   Kengashi   Prezidiumining   «O’zbekiston   SSR   hududida
joylashgan   Ittifoqqa   bo’ysunuvchi   davlat   korxonalari,   muassasalari   va
tashkilotlarini   O’zbekiston   SSRning   huquqiy   tobeligiga   o’tkazish»   to’g’risida
qabul   qilgan   qarori   ham   O’zbekiston   SSR   Prezidenti   I.A.Karimov,   O’zbekiston
SSR   Oliy   Kengashi   va   hukumati   O’zbekistonning   siyosiy-iqtisodiy   mustaqilligi,
uning milliy suvereniteti uchun dadil qadamlar tashlaganligining isbotidir.
2.Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi.
1991-yilning aprel oyiga kelib, Markaz o’zining ta’sir doirasini saqlab qolish
maqsadida   mustaqil   davlatlar   ittifoqini   tuzishga   intildi.   1991-yil   aprelda   Novo-
Ogoryovoda   SSSR   Prezidenti   M.S.Gorbachevning   9   respublika   rahbarlari   bilan
uchrashuvi   bo’ldi.   Ishtirokchilar   tomonidan   «Mamlakatdagi   vaziyatni
barqarorlashtirish   va   tanglikni   bartaraf   etishga   doir   kechiktirib
bo’lmaydigan   choralar   to’g’risida»   qo’shma   Bayonot   imzolandi.   Bu   hujjat
«9+1»  (9 respublika+Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon
berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo’lganini ko’rsatadi.
1991-yil   3-iyunda   Novo-Ogoryovoda   SSSR   Oliy   Soveti   vakillari   bilan
Respublika rahbarlari  o’rtasida uchrashuv bo’ldi. Uchrashuvda Mustaqil  davlatlar
ittifoqi   (MDI)  tuzish   masalasi  muhokama  qilindi.  Mulk,  til  va  yangi  shartnomani tasdiqlash   tartibi   to’g’risida   keskin   munozara   bo’ldi.   Uchrashuvda
ishtirokchila rn ing   fikr-mulohazalari   asosan   inobatga   olingan   «Mustaqil   davlatlar
ittifoqi   to’g’risida   shartnoma»   loyihasi   ishlab   chiqildi.   Loyiha   barcha
Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo’natildi.
Mazkur   shartnoma   loyihasi   O’zbekiston   Oliy   Sovetida   1991-yil   14-iyunda
muhokama   qilindi.   Kengash   Federasiya   tamoyillari   asosida   Mustaqil   Davlatlar
Ittifoqini   tuzish   tarafdori   e kanligini   bildirdi.   Shu   bilan   birga   u   Respublikalar
vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991-yil   iyul   oyining   oxirlarida   Novo-Ogoryovoda   yangi   shartnoma
loyihasini   uzil-kesil   tayyorlash   uchun   Markaz   vakillari   va   Respublika
rahbarlarining   uchrashuvi   bo’ldi.   Markazni   ham,   Respublikalar   rahbarlarini   ham
qanoatlantiradigan   «Mustaqil   Davlatlar   Ittifoqi   to’g’risida   shartnoma»   loyihasi
tayyorlandi.   Ammo   hamma   rozi   bo’lgani   holda   «Mustaqil   Davlatlar   Ittifoqi
to’g’risidagi shartnoma» ni  imzolash 1991-yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR
Prezidenti M.S.Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo’nab ketdi.
Biroq   ittifoqning   kompartiya   va   markaziy   davlat   apparatidagi   bir   necha
nufuzli   rahbarlar   markazning   yakkahokimligini   cheklaydigan   va   kamida   oltita
respublikani   Ittifoqdan   chetda   qoldiradigan   bu   shartnomaga   qo’shila   olmadi.   Bu
rahbarlar   oliy   hokimiyat   mahkamalaridagi   asosiy   lavozimlarni   egallab   turar   yedi.
Prezident   M.Gorbachev   dam   olishga   ketganidan   foydalanib,   ular   1991-yil   18-
avgust   kuni   tayyorlangan   va   19-avgustda   matbuotda   e’lon   qilingan   «Sovet
rahbariyatining   Bayonoti»da   M.S.   Gorbachevning   salomatligi   yomonlashdi,   shu
sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo’q, degan soxta
axborot   bilan   chiqdilar.   Bayonotda   Prezident   vakolatlari   vise-prezident
G.I.Yanayevga   o’tkazilganligi   e’lon   qilindi.   Aslida   yesa   Prezident
M.S.Gorbachyov   sog’-salomat   edi,   ammo   o’zini   himoya   qila   olmadi.   Fitnachilar
noqonuniy   ravishda   uni   o’z   vazifasidan   chetlashtirdi   va   mamlakatdan,   xalqdan,
dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat  qamal qilib qo’ygan edi.
Fitnachilar   tomonidan   mamlakatni   idora   qilish   uchun   SSSRda   Favqulodda   holat
davlat qo’mitasi (GKChP) tuzildi. 1991-yil 18-avgustda mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Favqulodda
holat   davlat   qo’mitasi   faoliyatiga   qarshi   B.N.Yel s in   boshchilik   qildi.   Uning
farmoni bilan 1991-yil 22-avgustda KPSS faoliyati to’xtatildi, keyinchalik taqiqlab
qo’yildi.   Ammo   KPSS   Markaziy   Qo’mitasi   joylardagi   partiya   qo’mitalaridan
to’ntarishni   qo’llab-quvvatlashni   talab   qildi.   Moskva   va   boshqa   bir   necha   yirik
shahar   ko’chalariga   qo’shinlar,   shu   jumladan   tanklar   kiritildi,   deyarli   barcha
markaziy gazetalar taqiqlab qo’yildi, markaziy televideniyaning birinchi kanalidan
boshqa barcha kanallari, deyarli barcha radiostan s iyalar ishi to’xtatildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat aholisining ko’pchiligi Favqulodda holat
davlat   qo’mitasidan   yuz   o’girdi,   armiya   payt   poylash   pozisiyasida   turdi.   20-
avgustdayoq   qarshilik   markaziga   aylangan   RSFSR   Oliy   Kengashi   binosi   atrofida
barrikadalar   paydo   bo’ldi,   ularda   o’n   minglab   kishilar   himoyada   turdi.   Harbiy
bo’linmalarning   bir   qismi   mudofaachilar   tarafiga   o’tdi.   21-avgustda   fitnachilar
mag’lubiyatga   uchradi,   22-avgustda   yesa   Favqulodda   holat   davlat   qo’mitasi
(GKChP) a’zolari qamoqqa olindi. Shundan so’ng to’ntarishni qo’llab-quvvatlagan
KPSS rahbariyati bu partiyaning obro’sini uzil-kesil yerga urdi. Favqulodda holat
davlat   qo’mitasining   mag’lubiyatidan   so’ng   mamlakatda   kommunizmga   qarshi
ommaviy   namoyishlar   b o’l ib   o’tdi.   KPSSning   faoliyati   to’xtatib   qo’yilgach,
partiyaning   qariyb   15   million   a’zosidan   birontasi   bu   qarorga   qarshi   norozilik
bildirish   uchun   ko’chaga   chiqmadi.   Bu   mazkur   partiya   1991-yil   yozidagi
qiyofasida umri tugaganidan dalolat beruvchi ramziy holat  e di.
Moskvada   fojiali   hodisalar   ro’y   bergan   paytda   O’zbekiston   Prezidenti
I.A.Karimov   rasmiy   safar   bilan   Hindistonda   edi.   Prezidentimiz   1991-yil   19-
avgustda safardan qaytib keldi va shu kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari
bilan   uchrashib,   qat’iy   tarzda   O’zbekiston   nuqtayi   nazarini   ma’lum   qildi.
Respublika   rahbariyati   Markazdan   beriladigan   qonunga   xilof   bo’lgan   har   qanday
ko’rsatmalarni   bajarishni   man   etdi.   20-avgustda   O’zbekiston   SSR   Oliy   Kengashi
Rayosati   va   O’zbekiston   SSR   Prezidenti   huzuridagi   Vazirlar   Mahkamasining
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida
qo’shma   majlisi   bo’ldi.   Unda   fitna   munosabati   bilan   vujudga   kelgan   vaziyat muhokama   qilinib,   O’zbekistonning   mustaqillikka   erishish   yo’li   o’zgarmasligi
haqida Bayonot qabul qilindi.
1991-yil 21-avgust kuni O’zbekiston Prezidenti I. Karimovning Farmoni bilan
Favqulodda   holat   davlat   qo’mitasining   O’zbekiston   Konstitusiyasi   hamda
qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi.
Islom   Karimov   Favqulodda   holat   Davlat   Qo’mitasi   faoliyatiga   o’z
munosabatini bildirmagan, qo’rqoq va prinsipsiz mavqyeda turgan KPSS Markaziy
Qo’mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va
qadr-qimmatini   zarba   ostiga   qo’yganini   qoraladi.   Buning   ustiga   respublika
kommunistlarini  chalg’itishga va davlat  to’ntarishini  qo’llab-quvvatlashga majbur
qilishga   urinish   bo’lganini   oshkora   aytdi.   I.Karimov   bundan   buyon   KPSS
Markaziy   Qo’mitasi   Siyosiy   Byurosining   tarkibida   qola   olmasligi   to’g’risida
bayonot   berdi.   Mazkur   bayonotni   O’zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Qo’mitasi
byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi.
O’zbekiston   Prezidentining   1991-yil   25-avgustdagi   Farmoniga   binoan
Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi qonuniy ravishda
O’zbekiston tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar
vazirligining   ichki   qo’shinlari   bevosita   O’zbekiston   Prezidentiga   bo’ysundirildi.
Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi, prokuraturasi, adliya
organlari,   ichki   qo’shinlar,   Turkiston   harbiy   okrugi   qismlari   va   qo’shilmalari
partiyadan butunlay xoli qilindi.
Sobiq   Ittifoqning   rasmiy   jihatdan   tugatilishida   1991-yil   8-dekabrda
Belorussiyaning   Belaya   Veja   Pushchasida   Rossiya,   Ukraina   va   Belorussiya
rahbarlari   tomonidan   imzolangan   o’zaro   bitim   muhim   ahamiyat   kasb   yetdi.
Bitimda   1922-yil   30   dekabrda   tashkil   topgan   SSSR   tugatilganligi   va   Mustaqil
Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) tashkil etilganligini rasman e’lon qildilar. 1991-yil
25-dekabrda   SSSR   xalqaro   huquq   subekti   sifatida   barham   topdi   va
M.S.Gorbachyov Bosh kotib va Prezident lavozimlaridan iste’foga chiqdi.
3. O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy
ahamiyati. Markaz va respublikalar o’rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz
boshqaruv   qobiliyatini   yo’qotgan,   har   bir   mintaqa,   har   bir   respublika   o’z   holiga
tashlab qo’yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to’g’ri baholay bilish qobiliyatiga
ega   bo’lgan   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.   Karimov   Oliy   Kengash
sessiyasini   chaqirish   va   unda   O’zbekiston   Mustaqilligi   haqida   Qonun   qabul
qilishni talab qildi.
Oliy   Kengash   sessiyasi   «O’zbekiston   Respublikasining   davlat
mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida»  qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda:
1. Respublikaning   davlat   mustaqilligi   to’g’risidagi   Oliy   Kengash   bayonoti
tasdiqlansin va respublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb atalsin;
2. 1   sent ya br   O’zbekiston   Respublikasining   Mustaqillik   kuni   deb   belgilansin   va
1991-yildan   boshlab   bu   kun   bayram   va   dam   olish   kuni   deb   e’lon   qilinsin,   deb
qat’iy belgilab qo’yildi.
«O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» gi
qonun   g’oyat   katta   ahamiyatga   e ga   bo’lib,   bu   qonun   asosida   O’zbekistonning
huquqiy holati   tubdan o’zgardi. O’z mohiyatiga  ko’ra  bu hujjat   respublika  uchun
vaqtincha   konstitusiya   rolini   ham   o’ynaydigan   bo’ldi.   17   moddadan   iborat   ushbu
qonun   suveren   O’zbekiston   Respublikasining   asosiy   belgilarini   aniqlab   berdi.
Qonunning   birinchi   moddasida:   «O’zbekiston   Respublikasi   o’z   tarkibidagi
Qoraqalpog’iston Respublikasi  bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir» ,
- deb qonunlashtirib quyildi.
Bunday   Qonunning   qabul   qilinishi   Mustaqillik   davrida   qo’lga   kiritilgan
yutuqlarning   natijasi   hisoblanadi.   Bu   e sa   huquqiy,   iqtisodiy   hamda   ma’naviy-
axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga  e ga. Shuning uchun ham
mazkur   Qonunga   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   1991-yil   30-
sentabrda bo’lib o’tgan VII sessiyasida qabul qilingan qarori bilan Konstitusiyaviy
Qonun maqomi berildi.  Jumladan, unda shunday deyiladi:
1. «O’zbekiston   Respublikasining   Davlat   mustaqilligi   asoslari   to’g’risida»   1991-yil
31-avgustda   qabul   qilingan   O’zbekiston   Respublikasining   Qonuniga
konstitusiyaviy maqom berilsin. 2. O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitusiyasi moddalariga  «O’zbekiston
Respublikasining   Davlat   mustaqilligi   asoslari   to’g’risida»gi   Qonunning
moddalariga   zid   kelgan   hollarda   mazkur   Qonunga   amal   qilinsin»,   -   deb   belgilab
qo’yildi.
Shu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. Uzoq
yillar davom yetgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan,
asoratdan   qutuldi.   Dunyo   xaritasida   yana   bitta   mustaqil   davlat   -   O’zbekiston
Respublikasi   paydo   bo’ldi.   O’zbekiston   tarixida   yangi   davr   -   milliy   istiqlol   davri
boshlandi.   O’zbekiston   uchun   mustaqil   ichki   va   tashqi   siyosat   yuritish,   xalqimiz
uchun   o’z   taqdirini   o’zi   belgilash,   o’zlari   uchun   munosib   turmush   yaratish
imkoniyati vujudga keldi.
Umumxalq   referendumi   O’zbekiston   erishgan   istiqlolni   mustahkamlash   uchun,
avvalo, xalqning fikrini bilish, mustaqillikka munosabatini aniqlash zarur edi. Shu
maqsadda 1991-yilning 18-noyabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
VIII   sessiyasi   «O’zbekiston   Respublikasi   referen-   dumini   o’tkazish
to’g’risida»  qaror qabul qildi. Qarorda quyidagilar belgilandi:
1. 1991-yil   29-dekabr,   yakshanba   kuni   O’zbekiston   Respublikasining   Davlat
mustaqilligi   to’g’risidagi   masala   bo’yicha   O’zbekiston   Respublikasining
referendumi o’tkazilsin.
2. Referendumda   ovoz   berish   byulleteniga   masala   quyidagi   ta’rifda   kiritilsin:
«O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashi   tomonidan   e’lon   qilingan
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma,qullaysizmi’!»
Referendumga   katta   tayyorgarlik   ko’rildi.   Referendumni   uyushqoqlik   bilan
o’tkazish   maqsadida   Markaziy   saylov   komissiyasi,   13   okrug,   7   ming   uchastka
saylov komissiyalari tuzildi. 1991-yil 29-dekabr kuni bo’lib o’tgan referendumda 9
million   898   ming   707   kishi   yoki   saylov   ro’yxatiga   kiritilganlarning   94,1%
qatnashdi. Ularning 98,2% referendumda qo’yilgan savolni ma’qullab ovoz berdi.
Demak, O’zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan
ma’qullandi.   Shuni   ta’kidlash   lozimki,   referendum   butun   respublika   hududida
qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan   o’tdi.   Buni   referendumda   AQSh,   Turkiya,   Malayziya   va   boshqa
mamlakatlardan kelgan mustaqil kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.
Islom   Karimov   O’zbekistonning   birinchi   Prezidenti:   O’zbekiston
mustaqillikka   erishgandan   keyin   davlat   boshqaruvining   yangi,   zamonaviy   va
samarali tizimi Prezidentlik respublika boshqaruvi shakli rivojlantirishga kirishildi.
Respublikasi   Oliy   Kengashining   1991-yil   18   noyabndagi   VIII   sessiyasida
umumxalq referendumini o’tkazish qarori bilan birga   «O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti   saylovi   to’g’risida» gi   Qonuni,   shuningdek,   «O’zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   saylovini   tayinlash   to’g’risida»   qaror   qabul   qilindi   va
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuniga
belgilandi.   Saylovga   jiddiy   tayyorgarlik   ko’rilib,   13   ta   okrug   va   qariyb   7   mingta
uchastka  saylov komissiyalari  tuzildi. Oliy lavozimga ikki  nomzod - O’zbekiston
XDP   va   O’zbekiston   kasaba   uyushmalari   Federasiyasi   nomzodi   I.A.Karimov   va
«Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi
qo’yildi.
1991-yil   29-dekabrda   bo’lib   o’tgan   saylovlar   yakuniga   ko’ra   8   million   514
ming   136   ovoz   yoki   ovoz   berishda   qatnashganlarning   86   foizi   Islom   Karimov
nomzodini, million 220 ming 474 saylovchi (12,3%) Saloy Madaminov nomzodini
yoqlab ovoz berdi.
1991-yil   30-dekabrda   Markaziy   saylov   komissiyasi   okrug   komissiyalari
majlis   bayonlarini   ko’rib   chiqib,   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   saylovi
to’g’risidagi   qonunning   35-moddasiga   asosan   Islom   Abdug’aniyevich   Karimovni
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga   saylangan   deb   hisoblashga   qaror
qildi.   Shunday   qilib   mamlakatimizda   birinchi   marta   yashirin   ovoz   berish   yo’li
bilan   o’tkazilgan   to’g’ridan   to’g’ri   umumiy   va   altemativ   asosdagi   saylovda
I.A.Karimov 5 yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   1992-yil   4-yanvarda   bo’lgan
navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi.
1995-yil  26-martda   O’zbekiston   Respublikasi  Oliy  Majlisi  qaroriga   muvofiq
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   vakolat   muddatini   1997-yildan   2000- yilgacha uzaytirish masalasi bo’yicha umumxalq referendumi bo’lib o’tdi. Unda 11
mln.   245   028   kishi   yoki   ovoz   berish   huquqiga   ega   bo’lgan   fuqarolarning   99,3%
ishtirok etdi.
«O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan
2000-yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz»   degan savolga 11 mln. 199 ming 415
kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 99,6% ijobiy javob berdi.
Shunday   qilib,   mamlakat   fuqarolarining   mutlaq   ko’pchiligi   O’zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimovning   vakolat   muddatini   2000   yilgacha
uzaytirishni   ma’qulladilar   va   referendum   natijalari   Markaziy   saylov   komissiyasi
qarori   hamda   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   tegishli   qarori   bilan
mustahkamlandi.
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   1999-yil   19-20-avgust   kunlari
bo’lib o’tgan XV sessiyasi  I.A. Karimovning Prezidentlik vakolati muddati 1999-
yil   oxirlarida   tugashini   e’tiborga   olib,   2000-yil   9-yanvarda   O’zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   saylovini   o’tkazishga   qaror   qildi.   Markaziy   saylov
komissiyasi  O’zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi  nomzodi Islom
Abdug’aniyevich   Karimovni   hamda   O’zbekiston   Xalq   demokratik   partiyasidan
ko’rsatilgan   Abdulhafiz   Jalolovni   Prezidentlikka   nomzod   etib   ro’yxatga   oldi,
yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi.
2000-yil   9-yanvarda   muqobillik   va   demokratik   tamoyillar   asosida
O’zbekiston   Re spublikasi   Prezidenti   saylovi   bo’lib   o’tdi.   Saylovda   ro’yxatga
olingan  say l ovchilarning   95,10  foizi,   12  mln.  123   ming  199   saylovchi   qatnashdi.
Saylovda   qatnashganlarning   91,90   foizi   Islom   Karimov   uchun,   4,17   foizi   A.
Jalolov uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy  e mas deb topildi.
O’zbekiston   Respublikasi   Markaziy   saylov   komissiyasi   Islom
Abdug’aniyevich   Karimovning   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga
saylanganligi   to’g’risida   qaror   qabul   qildi.   I.A.   Karimovning   ikkinchi   bor
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  e tib saylandi.
Ma’lumki,   2002-yil   27-yanvarda   o’tkazilgan   umumxalq   referendumi
natijalariga   hamda   uning   asosida   O’zbekiston   Respublikasining   2003-yil   24- aprelda   qabul   qilingan   Qonuniga   ko’ra   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyaga
o’zgarishlar kiritildi.
2007-yil   23-dekabrida   muqobillik   asosida   o’tgan   saylov   natijalariga   ko’ra,
I.A.Karimov   7-yil   muddatga   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   e tib
saylandi.   . Bu   uning   mustaqillik   yillarida   yuritgan   ichki   va   tashqi   siyosatining
umumhalq   tomonidan   maqullanishi   va   qo’llab-quvvatlanishi,mamlakat   barcha
aholisining unga bo’lgan to’la ishonchidan guvohlik beradi.O’zbekistonning davlat
mustaqilligiga   erishuvida   mamlakat   xavfsizligining   mustahkamlanishida   va   jahon
hamjamiyatida   obro’-e’tiborining   ortib   borishida   I.Karimovning   hissasi   kattadir.
Xulosa
• Istiqlol   yillarida   mustaqillik,hurriyat   degan   so’zlar   butun   jozibasi   bilan   birga
beqiyos qudratni, buyuk o’zgartiruvchilik mo’jizasini ko’rsatdi. 
• Mustaqillik   sharofati   bilan   o’zbek   halqi   dunyoga   kengroq   va   tiyrakroq   nazar
bilan   qarashni,   bu   ko’hna   olamda   Sho’ro   tizimidan   boshqa   adolatli   tizimlar   ham
borligini,kommunistik mafkuradan bo’lak zgu g’oyalar ham borligini,inson qadri-
qimmatini himoya qiladigan mezonlar ham mavjudligini angladi.
• Mustaqillik   yillarida   ona   Vatanimiz   –   O’zbekiston   jahon   hamjamiyatiga
qo’shildi.Dunyodagi   yirik   rivojlangan   mamlakatlar   bilan   siyosiy-diplomatik,
iqtisodiy,   madaniy   aloqalar   o’rnatildi,   o’zaro   manfaatli   aloqalar   tobora   kengayib
bormoqda.O’zbekiston   halqaro   muammolarni   hal   etishdagi   qat’iy   siyosati   va
amaliy faoliyati bilan halqaro maydonda obro’-e’tibor qozonmoqda. Адабиётлар :
1.Mirziyoev Sh.M. Biz milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom  ettiramiz
va uni yangi bosqichga ko'taramiz. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston .. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   Biz   buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
birgalikda quramiz. - Toshkent: O'zbekiston.  2017 yil.
3. I.A.Karimov O'zbekiston mustaqillik arafasida. T. "O'zbekiston", 2012 yil.
4. Karimov I.A Tarixiy xotirasiz kelajak bo'lmaydi.Tarq, 1998 y.
Asosiy
1. Usmonov K., Sodiqov M. va b. O'zbekiston mustaqillik va mustaqillik yillarida.
T. "O'qituvchi", 1996 y.
2. Xujamberdiev Yo. O'zbeklarning ishi. T. Yozuvchi, 1990 yil.
3. Ergashev Sh. Iroda bepul. T. ”O'zbekiston”, 2017. 171-184 betlar.
4. O'zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. Sovet Ittifoqi davrida O'zbekiston.
T. "Sharq", 2010 yil.
5.Jo’rayev   N.   Mustaqil   O`zbekiston   tarixi.   T.   G`afur   G`ulom   nomidagi   nashriyot
matbaa ijodiy uyi. 2013.
6. Х oliqulov   R.,G`aniyev   K.,   Nasrullayev   M.   O`zbekiston   tarixi   (nomutaxassis
yo`nalish talabalari uchun). C.2019.266-274-betlar.
6. http://www.gov.uz
7. http://www.press-servicye.uzwww.tarix.uz
8. www.ref.uz
9. www.museum.ru

O’zbekiston davlat suverenitetining e’lon qilinishi Reja: 1. O’ zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’ l tutishi. 2. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi. 3. O’ zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.

1. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi. XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi o’zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat o’zbek xalqining mustaqillik uchun bo’lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Bu o’rinda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989-yil 23-iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu anjumanda I.Karimov O’zbekistonning sobiq Ittifoqda tutgan o’rni va rolini aniq-ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an’analarni rivojlantirish obektiv zarurat ekanligini isbotladi. O’zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo’ladigan munosabatlarni o’zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo’lmasligini va buning uchun respublikaning to’liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib etdi. I.A.Karimovning tashabbusi bilan O’zbekiston hukumati tomonidan 1989-yil 15- avgustda «Kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo’jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to’g’risida» maxsus qaror qabul qilindi. Garchi bu g’oya ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo’lsa ham, I.A.Karimov o’z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o’sha yilning 4 oyida aholi qo’shimcha 90,7 ming gektar yer oldi. «G’oyat og’ir ayni o’sha sharoitda aholiga qo’shimcha tomorqa yerlari ajratish haqidagi Farmon va qarorlar qabul qilingani shu asosda, O’zbekiston bo’yicha 2,5 million oilaga hammasi bo’lib 700 ming gektar sug’oriladigan yer tomorqa sifatida xususiy mulk qilib berilgani qishloqlarimizda ijtimoiy muammolarni yechish, aytish mumkinki, jar yoqasida turgan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishda ulkan tarixiy qadam bo’lgan...» Ana shunday o’zgarishlar tufayli odamlar dunyoda adolat va haqiqat borligiga, mus taqillik har qaysi oila, butun xalqimiz uchun hyech narsa bilan o’lchab, qiyoslab bo’lmaydigan bebaho ne’mat ekaniga chin dildan ishonch hosil qilgan edilar. XX asr 80-yillarining o’rtalariga kelib SSSRning parchalanishi real obektiv haqiqatga aylanib qoldi. 1989-yil 21-oktabrda O’zbekiston Oliy Sovetining XI sessiyasi «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunini qabul qildi. O’zbek

tili davlat tili deb e’lon qilindi. Ish yuritish sekin-asta o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi, uni o’rganishni yaxshilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ayni vaqtda rus tilini va respublikada yashovchi boshqa xalqlarning tillarini o’rganish uchun shart-sharoitlar yaratilishi lozim edi, tilni o’rganishning ixtiyoriyligi va uni tanlash huquqi qonunda belgilab qo’yildi. Bu qonunning qabul qilinishi o’zbek xalqi, shu xalq milliy o’z-o’zini anglashining o’sishi, respublikada millatlararo hamjihatlikning saqlanib qolishi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so’ng milliy o’zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yo’lida respublikada yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan muhim siyosiy qadam qo’yildi. 1990-yil 23-martda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumida respublika siyosiy tizimi to’g’risidagi masala ko’rib chiqildi. Unda O’zbekistonda hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi shakliga o’tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta’kidlandi. 1990-yil 24-mart kuni O’zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1- sessiyasi SSSR doirasida birinchi bo’lgan siyosiy hujjatni - «O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi ta’sis etish to’g’risida»gi qarorni qabul qildi va O’zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, O’zbekiston-SSSR respublikalari ichida birinchi bo’lib o’zining milliy-huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi. O’zbekistonning mustaqillikka yerishishida qo’yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri bu 1990-yil 20-iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan 12 moddadan iborat bo’lgan «Mustaqillik Deklarasiyasi»ning qabul qilinishi edi. Mazkur hujjat O’zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklarasiyasi» O’zbekistonning 1991-yil 31-avgustga qadar mavjud bo’lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. Deklarasiyada har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga

asoslanib O’zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. Deklarasiyaning qabul qilinishi bilan O’zbekistonda respublikaning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi. Shunday bir tarixiy sharoitda sobiq SSSRdagi siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. XX asrning 90-yillari boshlarida Ittifoq tarkibidagi ko’pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o’zgartirishni talab qila boshladi. 1990-yil bahorida Sovet Sosialistik Respublikalari hisoblangan Boltiqbo’yidagi Litva (11-mart), Latviya (4- mayda), E stoniya (8-may), keyinroq Gruziya (okt ya br) va Ozarbayjon (1991-yil fevral) Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildi Bu holat SSSR ning davlat butunligiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Moskva 1990-yil kuzida Markaz bilan respublikalar o’rtasidagi munosabatlarni yangilash yuzasidan muzokaralar jarayonini boshlab yubordi. Shu asosda markaziy hokimiyat jamoatchilikning talablari ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zaruratini e ’tirof etishga majbur bo’ldi. SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o’zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federasiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991-yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini o’tkazishga qaror qildi. 1991-yil 20-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum o’tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo’shimcha byulletenni ovozga qo’yishga qaror qildi. Qo’shimcha byulletenga «Siz O’zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federasiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?» degan savol qo’yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93% bu savolga «Ha» deb javob berdilar. Demak, o’zbekistonliklar o’z mamlakatini mustaqil davlat sifatida federativ ittifoqda bo’lishini, O’zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan e dilar. 1991-yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, O’zbekiston, Qozog’iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga

yondashish yo’llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo’ldi. 1991-yilga kelib O’zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish borasida dadil ishlar qilina boshlandi. 1991-yil 15-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashi «O’zbekistonning davlat ramzlari to’g’risida» maxsus qaror qabul qildi. O’zbekistonning o’z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respublikada qa bul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoqqonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, har bir qonun a vv algidek Ittifoq qonuniga moslashtirib e mas, balki respublika manfaati ifoda yetilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991-yilning 22-iyulida O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining «O’zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo’ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O’zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o’tkazish» to’g’risida qabul qilgan qarori ham O’zbekiston SSR Prezidenti I.A.Karimov, O’zbekiston SSR Oliy Kengashi va hukumati O’zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun dadil qadamlar tashlaganligining isbotidir. 2.Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi. 1991-yilning aprel oyiga kelib, Markaz o’zining ta’sir doirasini saqlab qolish maqsadida mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intildi. 1991-yil aprelda Novo- Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo’ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo’lmaydigan choralar to’g’risida» qo’shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9+1» (9 respublika+Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo’lganini ko’rsatadi. 1991-yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o’rtasida uchrashuv bo’ldi. Uchrashuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani