logo

NUTQNI IDROK QILINISHI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

43.1982421875 KB
NUTQNI IDROK QILINIS H I   
 
Reja:
1.  Nutqni idrok qilish va tushunish  
2. Nutqni idrok qilish modellari
3. Matnni psixolingvistik yondashuv asosida o‘rganish  1. Nutqni idrok qilish va tushunish  
So‘zlovchi   tomonidan   yaratilgan   matn   talaffuz   qilingach,   havo   to‘lqinlari
orqali   tinglovchining   qulog‘iga   yetib   keladi.   Ana   shu   ondan   boshlab   nutq
tovushlari   birikmasidan   tashkil   topgan   matn   so‘zlovchining   jamiyatdoshi
tomonidan   idrok   qilina   boshlaydi.   Idrok   qilish   ham   uzundan-uzoq   bir   murakkab
jarayonni   tashkil   qiladi.   Tinglovchining   oldida   turgan   vazifa   bir   to‘da   tovushlar
birikmasidan   uning   asosida   yotgan   mazmunni   chiqarib   olib,   unga   yo   nutqiy,   yo
jismoniy javob qaytarish, yoxud murojaatni e’tiborga olib qo‘yishdir 1
. 
Nutqni idrok qilish murakkab va ko‘p qamrovli psixik jarayon bo‘lib, u ham
boshqa   idrok   turlari   kabi   umumobyektiv  qonuniyatlar   asosida   yuz   beradi.  Nutqni
idrok   qilish   faoliyatini:   idrok   obrazining   birlamchi   shakllanishi   va   shakllangan
obrazni tanish kabi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. 
  Nutqni idrok qilish til elementlarini eshitish yoki   ko‘rish resepsiyasi (qabul
qilish),   ularning   o‘zaro   aloqasini   aniqlash   va   ularning   mazmuni   haqidagi
tasavvurlarning shakllanishini o‘z ichiga oladi. Shunday qilib,   nutqni idrok qilish
ikki bosqichda –  nutqiy ifodani idrok qilish va tushunish orqali amalga oshadi 2
. 
   Psixologiyada   tushunish   bevosita   idrok   qilinadigan   nutq   (tovushlar)   oqimi
ortida   turgan   umumiy   mazmunni   ochish   sifatida   talqin   qilinadi.   Bu   idrok
qilinadigan   nutq   orqasida   turgan   ma’noning   haqiqiy   mazmunga   aylanish
jaryonidir. Masalan, “Sovuq!” ifodasining ma’nosi qanday “nutqsiz kontekstda” va
kim   tomonidan   aytilganiga   ko‘ra   turlicha   bo‘lishi   mumkin.   Agar   bu   onaning   o‘z
bolasiga   murojaati   bo‘lsa,   u   holda,   bola   uni   issiqroq   kiyinish   haqidagi   maslahat
sifatida   qabul   qilishi   mumkin.   Agar   mazkur   ifoda   biron   kishi   tomonidan   ochiq
turgan darchaga qo‘l bilan ishora qilib aytilgan bo‘lsa, u holda, uni oynani yopish
haqidagi   iltimos   sifatida   qabul   qilish   mumkin.   Yoki   ayni   ifoda   biron   kishiga
subyektiv (salbiy) munosabat bildirish maqsadida ham aytilgan bo‘lishi mumkin. 
Tushunish   jarayonida   retsipiyent   mazkur   ifodaning   ma’noviy   mazmun
majmuyini   tashkil   etuvchi   so‘zlar   o‘rtasidagi   ma’noviy   bog‘lanishlarni   aniqlaydi.
Anglash natijasi o‘laroq retsipiyent ifodaning ma’noviy mazmunini tushunishi yoki
1  Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. –Тошкент: Ўқитувчи, 1992. –Б. 248.
2  Глухов В.П. Основы психолингвистики. Учеб. пособие для студентов педвузов. –М.: АСТ: Астрель, 2005. – C .  117. tushunmasligi   mumkin.   Shuni   qayd   qilish   joizki,   tushunish   jarayoning   o‘zi
psixologik nuqtayi nazardan teranlik va aniqlikning turlichaligi bilan tavsiflanadi.
Nutqni   tushunish   jarayoni   axborotlar   oqimidan   muhim   jihatni,   muhim
mazmunni   ajratib   olishdir.   Inson   o‘ziga   yo‘naltirilgan   nutqning   har   bir   tarkibini
alohida   idrok   etmay,   undagi   asosiy   g‘oyalarni   ajratib   olib,   ularni   bir-biriga
bog‘laydi va yaxlit mazmun yaratadi. 
Nutqni   tushunish   nutqning   faol   qo‘llanishini   ham   o‘z   ichiga   oladi.   L.   S.
Vigotskiyning   fikricha,  nutqning   ma’no   jihatida  tushunish   o‘zining   rivojlanishida
butundan qismga, gapdan so‘zga tomon harakatlanadi, nutqning tashqi jihatida esa
so‘zdan gapga tomon  harakatlanadi 3
.  
A. A. Brudniy va L. S. Svetkovaning (35, 254),   nazariy ta’limotiga ko‘ra,
tushunishning   dastlabki   darajasi   faqat   ifodaning   asosiy   predmetini   tushunish,
ya’ni nima haqida gap borayotganidan iborat bo‘ladi. Mazkur darajada retsipiyent
faqat   unga   nima   haqida   gapirilganini   aytishi   mumkin,   biroq   aytilganning
mazmunini   qayta   aks   ettira   olmaydi.   Eshitilganning   ma’noviy   mazmuni
retsipiyentning ifoda asosiy predmetini aniqlashida fon bo‘lib xizmat qiladi.
Ikkinchi   daraja   –   ma’noviy   mazmunni   tushunish   bosqichi   bo‘lib,   u
so‘zlovchi yoki yozuvchi fikrlari bayonidagi butun jarayonni, uning rivojlanishi va
dalillanishini   tushunish   bilan   belgilanadi.   Mazkur   daraja   nafaqat   nima   haqida
aytilganini tushunish, balki nima aytilganini  (ya’ni ifoda remalari)  ham  tushunish
bilan tavsiflanadi.  
Oliy daraja   nafaqat  nima haqida va nima aytilganini  tushunish,  balki  nima
uchun   (ya’ni   qaysi   maqsadda)   aytilgani   tushunish   bilan   belgilanadi.   Ta’bir   joiz
bo‘lsa,   so‘zlovchining   qanday   lisoniy   vositalar   yordamida   o‘z   fikrini   ifodalagani
ham   aniqlanadi.   Nutqning   ma’noviy   mazmuniga   bunday   yondashish
tinglovchining   so‘zlovchi   nutqi   motivlarini,   ifodaning   ichki   mantig‘ini   to‘liq
tushunishiga   imkon   beradi.   Tushunishning   ushbu   darajasi   so‘zlovchi   yoki
yozuvchi   tomonidan   fikr   ifodalashda   foydalanilgan   lisoniy   vositalarni   baholashni
ham o‘z ichiga oladi. 
3   Выготский Л.С. Мышление и речь. –М., 1996. –С. 117.     Nutqni idrok qilish haqidagi nazariyalar (modellar)ning aksariyatida  idrok
qilish jarayonining motor yoki sensor xarakteriga katta e’tibor qaratilgan. Motorli
nazariyaga   ko‘ra,   inson   nutqni   eshitish   jarayonida   xabarni   yaratish   uchun   zarur
bo‘lgan   motorli   signallar   bilan   boshqariladigan   ma’nolarni   aniqlaydi.   A.   A.
Leontevning fikricha, nutqni idrok qilishning sensorli nazariyasi “toza ko‘rinishda”
mavjud bo‘lmaydi. Sensorli nazariyaga muvofiq, nutq idroki jarayonining motorli
tarkibiga   ikkinchi   darajali   hodisa   sifatida   qaraladi.   Asosiy   psixofiziologik
mexanizm   sifatida   esa   nutq   signalini   sensor   etalon   bilan   akustik   belgiga   ko‘ra
qiyoslash belgilanadi. 
2.   Nutqni idrok qilish modellari   
Psixolingvistikada   nutqni   idrok   qilishning   bir   necha   modellari   mavjud.
Charlz Osgud tomonidan nutqni idrok qilishning quyidagi modeli taklif qilingan:   
kod
( til)
1- xa bar              2- xa bar
kodlash                 dekodlash  
 
----- signal ( matn )-----    
aloqa kanali
          ↑
shovqinlar
peredatchikli
yuboruvchi
( so‘zlovchi )  
Ch.   Osgud   tomonidan   taklif   qilingan   mazkur   modelni   quyidagicha   talqin
qilish mumkin:
So‘zlovchida   qandaydir   1-xabar   paydo   bo‘ldi.   So‘zlovchi   nutq   organlari
(peredatchik) yordamida bu xabarni kodlaydi. Signal (havo tebranishi) aloqa kanali
orqali   uzatiladi.   U   so‘zlovchining   eshitish   organlari   (priyomnik)ga   yetib   keladi.
Dekodlash   amalga   oshadi,   ya’ni   signal   2-xabarga   aylanadi.   Kommunikatsiya
vujudga   kelishi   uchun   kodlash   va   dekodlash   bir   kod   (til)   asosida   olib   borilishi
kerak.   Shuningdek,   aloqa   kanalida   xabarning   buzib   talqin   qilinishiga   sabab
bo‘ladigan   shovqinlar   ham   vujudga   kelishi   mumkin.   Natijada   1-xabar     2-xabarga
mos kelmasligi mumkin.
Kommunikatsiyaga   informatsiya   nazariyasidan   yondashish   qiziq  va   muhim
xulosaga olib keladi. Har qanday aloqa kanali muayyan o‘tkazish qobiliyatiga ega
bo‘lib, u informatsiya miqdoridan ortig‘ini o‘tkaza olmaydi. Shuning uchun aloqa
kanalidan   foydalanish   samaradorligini   oshirish   juda   muhim.   Masalan,   bir   xil
xabarni aloqa kanali orqali tez yoki sekin uzatish mumkin. Tabiiyki,  samaradorlik
qancha   ko‘p   bo‘lsa,   aloqa   kanalidan   shunchalik   yaxshi   foydalaniladi,   xabarni
uzatishda shuncha kam vaqt va kuch sarflanadi. Shuning uchun kishilar xabarlarni
imkon   qadar   qisqa   va   lo‘nda   uzatishga   harakat   qilishadi.   Bu   lingvistikada
tejamkorlik   tamoyili,   deb   nomlanadi.   Biroq   kommunikatsiya   jarayonida   nafaqat
tejamkorlik,   balki   ishonchlilik   ham   muhim   tamoyil   hisoblanadi.   Turli   shovqinlar
tufayli   har   doim   ham   1-xabar   2-xabarga   mos   kelavermaydi.   Odatda,   so‘zlovchi
tinglovchi   bilan   qandaydir   matnni   tezda   gapirib   tugatish   uchun   emas,   balki
so‘zlovchi   aytmoqchi   bo‘lgan   narsani   tinglovchi   mos   holda   qabul   qilishi   uchun
muloqotga kirishadi. Shuning uchun har qanday muloqotning vazifasi 2-xabarning
1-xabarga   maksimal   darajada   mos   kelishiga   erishishdir.   Demak,   2-xabarning   1-
xabarga   mos   kelish   darajasi   ishonchlilik   deb   nomlanadi.   Tinglovchi   so‘zlovchini
yaxshi tushunishi va xabar ishonchli bo‘lishi uchun so‘zlovchi xabarni dona-dona, priyomnikli
qabul qiluvchi
( tinglovchi ) sekinroq,   takrorlab   uzatishi   kerak.   Samaradorlik   va   ishonchlilik   o‘z   xususiyatiga
ko‘ra   antagonistik   o‘lchovlardir.   Samaradorlik   qancha   yuqori   bo‘lsa,   ishonchlilik
shuncha   past   bo‘ladi   yoki   aksincha.   Bir   o‘lchovning   ikkinchisidan   oshib   ketishi
turli anglashilmovchiliklarga olib kelishi mumkin 4
.
Buni quyidagi xanda misolida yaqqol ko‘rish mumkin: 
Ona tili muallimi so‘radi:
- Men uxlayapman, sen uxlayapsan, u uxlayapti. Qaysi zamon?
O‘quvchi:
- Ayni tun!
Shuning   uchun   kommunikatsiya   ishtirokchilari   imkon   qadar   muvozanatni
saqlashlari kerak. 
Charlz   Osgud   va   Vilbur   Shxrammlarning   navbatdagi   modelida
kommunikatsiya sirkulyar jarayon sifatida quyidagicha izohlangan:   
Nutqni idrok qilish va tushunish jarayonlarining sodda va ixcham modeli   L.
S.  Svetkova   tomonidan   taklif   qilingan.   Mazkur   modelda   nutq   idrokining  har   ikki
tomoni   –   nutqni   idrok   qilish   jarayoni   va   uni   tushunish   jarayoni   (ularning
4   Сахарный Л.В. Введение в психолингвистику. -Л., Изд. ЛГУ, 1989. –С. 19-20.  chambarchas   o‘zaro   aloqasini   hisobga   olgan   holda)   aks   ettirilgan.   Tadqiqotchi
tomonidan   nutqni   idrok   qilish   jaryoni   til   belgilarini   tushunish,   tanish,   nutqning
tarkibiy qismlarini ajratish jarayoni sifatida talqin qilingan.   
L. S. Svyetkova nutqni tushunish jarayonini quyidagicha izohlaydi: “Barcha
tomonidan   e’tirof   qilingan   qarashga   ko‘ra,   nutqni   (ifodani)   tushunish   so‘zlar   va
ularning aloqasi,  gaplar  va abzaslarning  aloqasini  tushunishni  ta’minlaydi. So‘zni
tushunish   uchun,  avvalo,  uni   tarkib  toptiruvchi   tuvushlarni   analiz  va  sintez  qilish
lozim   bo‘ladi.   Gap   tarkibidagi   so‘zlarning   ma’nosini   tushunish   ularning   shu
gapdagi   mantiqiy-grammatik   aloqasiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Nutqni   tushunish
strukturasidagi   mazkur   uzviy   qism     mantiqiy-grammatik   konstruksiyalarni   ma’no
birligida qayta shifrlanishini ta’minlaydi”.  
L.   S.   Svetkova   nutqni   tushunishdagi   ikki   tomonning   mavjudligiga   e’tibor
qaratadi.   Nutqni   tushunishning   butun   bir   ifodani   tarkib   toptirgan   so‘z   va   so‘z
birikmalari   ma’nolari   hamda   gaplarning   ma’nolari   vositasida   ifodalanishidan
tashqari,  nutqiy  faoliyatning  ajralmas,  boshqa  tomoni  ham   mavjud. Bu  insonning
ifoda predmetiga nisbatan shaxsiy munosabatini belgilaydigan motivatsion sohadir.
Qayd qilingan tarkibiy qismlar o‘zaro chambarchas aloqada bo‘lgandagina nutqni
to‘liq   tushunishga   erishiladi.   Ulardan   biri   taqdim   etilgan   xabarning   predmet
mazmuni haqidagi axborotni dekodlasa, boshqasi xabarning mazmuniga chuqurroq
kirishni ta’minlaydi.
3. Matnni psixolingvistik yondashuv asosida o‘rganish
Hozirgi   kunda   ko‘pchilik   tilshunoslar   ayrim   til   faktlarini   to‘liq   o‘rganish
uchun lingvistik ramkadan chiqib, inson miyasida tashkil bo‘ladigan til materialini
zarur   momentda   olish   uchun   individning   psixik   jarayonlari   sferasiga   kirish
kerakligini   tan   olishadi.   Mantni   lingvistik   nuqtayi   nazardan   o‘rganishda
tadqiqotchini   birinchi   navbatda   matnning   umumiy   mohiyati   va   emotsional
mazmunini ochib beradigan til vositalari qiziqtiradi.
Matnni   psixolingvistik   nuqtayi   nazardan   tahlil   qilishda   esa,   matnni
yaratadigan  va  uni   qabul  qiladigan  individning  til   va  tafakkur  faoliyati,  ya’ni  “til sistemasi   elementlari   yordamida   haqiqatni   ongda   aks   ettira   oladigan   til   shaxsi”
diqqat e’tiborda bo‘ladi. Agar tilshunoslik matnga “ma’lum til faktlarini kuzatishga
xizmat   qiladigan   material,     real   aytilgan   (yozilgan)   jumlalar   yoki   jumlalar
yig‘indisi”   sifatida   qarasa,   psixolingvistika   matnga   “kommunikatsiya   aktining
shakli, kommunikatsiya predmetining zaruriy tarkibiy qismi, muallif va resipiyent”
sifatida   qaraydi.   Bunda   barcha   matn   aniq   kommunikativ   holat   ramkasida
o‘rganiladi, matnlarning shakli va mazmuni kommunikatsiyaning ishtirokchilari –
individlarning psixologik xususiyatlari orqali aniqlanadi. 
Psixologik   nuqtayi   nazardan   matn   yaratish   va   uning   mazmuniy   idroki
individning   nutqiy   tafakkuri   mahsuli,   obyektiv   borliqni   til   tizimi   vositasida   aks
ettirish   qobiliyati   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Bunda   matnning   shakli   va   mazmuni
muayyan   kommunikativ   vaziyat   qatnashchisi   –   konkret   shaxsning   psixologik
xususiyatlari asosida aniqlanadi 5
.
Psixolingvistik   tadqiqotlarda   matnning   matn   tuzuvchi   –   matn   –
resipiyentdan   iborat   uchlik   nuqtayi   nazaridan   tadqiq   etilishi   unda   xususan   shaxs
omilining rolini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. 
Rus   tilshunosi   va   psixologi   V.P.Belyanin   matnning   psixolingvistik
xususiyatlari   yoritilgan   “Osnovы   psixologicheskoy   diagnostiki   (modeli   mira   v
literature)”   nomli   asarida   matnga   lingvistik   va   psixologik   yondashuv   haqidagi
quyidagi konsepsiyasini yaratdi:
1. Nutq ortida nafaqat til tizimi, balki psixologiya ham turadi (nutq yaratilish
jarayoni nazarda tutilgan).
2. Har xil matn ortida har xil psixologiya turadi (matn tuzuvchining matnda
aks etuvchi subyektiv xususiyatlari nazarda tutilgan).
3.   Badiiy   matn   tuzilishi   aksentuallashgan   ong   tuzilishiga   muvofiqdir   (ong
psixik tuzilishining matn tuzilishiga ta’siri nazarda tutilgan).
4. Emotsional-mazmuniy dominanta badiiy matnning semantik, morfologik,
sintaktik   xususiyatlari,   shuningdek,   uning   uslubiyati   namoyon   bo‘lishida   asosiy
rolni bajaradi.
5   Зорькина О.С.  О  психологическом   подходе  к  изучению  текста  //   Язык  и  культура.  –Новосибирск, 2003.  –С.  205-
210.  5. Matn voqelik – ong – olam manzarasi – til – matn tuzuvchi – o‘quvchi –
matn   proyeksiyasidan   iborat   tizim   unsuri   hisoblanadi   (matn   yaratilishi   va
idrokining barcha lisoniy va nolisoniy omillari qayd qilingan).
6. O‘quvchining badiiy asar haqidagi o‘z talqini bo‘lishi mumkin. Bu talqin
matn   bilan   birga   o‘quvchining   psixologiyasiga   ham   bog‘liq   bo‘ladi   (matn
idrokining xususiy hodisa ekanligi ta’kidlangan) 6
. 
V.P.Belyaninning   fikricha,   har   bir   o‘quvchi   muayyan   matn   haqida   o‘z
interpretatsiyasiga   ega   bo‘lishi   mumkin.   Matn   idroki   natijasida   yuzaga   keluvchi
interpretatsiya xarakteri faqat  matnning emas, balki  o‘quvchining ham psixologik
xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Muallif bilan o‘quvchi psixologik jihatdan qanchalik
yaqin bo‘lsa, ularning matn haqidagi talqini shunchalik muvofiq bo‘ladi 7
.  
Barcha   psixolingvistik   tadqiqotlarda   matnni   qabul   qilish   va   tushunish
jarayonlarining murakkabligi va ko‘p planliligi ta’kidlanadi. I. A. Zimnaya nutqni
qabul qilishning uch asosiy darajasini ajratadi. Aniqlash darajasida har bir kiruvchi
tovush   signali   resipiyentning   xotirasida   allaqachon   mavjud   bo‘lgan   etalon   bilan
alohida solishtiriladi. Aniqlik darajasida ikki yonma yon turgan tovushning birikuv
imkoniyati   e’tiborga   olinadi.   Keyingi   bosqichda   ijobiy   yoki   salbiy   natijaga   ega
bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   tartibga   solingan   tovush   birikuvlarini   (so‘zlar   va   butun
sintaktik   strukturalar)   anglash   yuz   beradi.   Anglash   bosqichining   ijobiy   natijasi
tushunish hisoblanadi.  Shuning uchun ham nutqni qabul qilishga mazmuniy qabul
qilish   deyiladi.   Shunday   qilib,   matnni   qabul   qilish   va   tushunish   jarayoni   quyi,
sensor   (tovushlarni   bilish),   yuqori,   mazmuniy   darajalar   o‘zaro   chambarchas
aloqaga   kirishgan   pog‘onali   tizimni   namoyon   qiladi.   Matnni   anglashdagi
pog‘onalilik   alohida   so‘zlar   ma’nosining   talqinidan   asta-sekin   butun   ifodalar
ma’nosini   tushunishga,   undan   matnning   umumiy   g‘oyasini   aniqlashga   o‘tishda
ko‘rinadi.   Biroq   bu   jarayonlar,   ya’ni   alohida   so‘zlar   va   ifodalarni   tushunish
yordamchi amallar rolini o‘ynaydi. Chunki resipiyent matnga murojaat qilar ekan,
u   hech   qachon   alohida   so‘zlar   va   ifodalarni   tushunishni   o‘z   oldiga   maqsad   qilib
qo‘ymaydi.   Tushunish   jarayoni   xabarning   umumiy   mazmunini   izlashdan,
6  Белянин В.П. Основы психологической диагностики (модели мира в литературе). –М.: Тривола, 2000. –С.8-9.  
7  Белянин В.П. Кўрсатилган асар, 8-бет.  gipotezalarni ilgari surishdan boshlanadi. Keyin sensor (tovushlarni bilish), leksik
(alohida   so‘zlarni  qabul  qilish)  va  sintaktik   (alohida   jumlalarni  qabul  qilish)   kabi
quyi   darajalarga   o‘tiladi.   Ya’ni   matnni   tushunishning   real   jarayoni   xabar   kelib
tushgan tartiblar bilan to‘g‘ri kelmaydi.   
Resipiyent  matn bilan dastlab tanishganda  undagi yo‘nalishni  aniq belgilab
olish   maqsadida   turli   tayanchlardan   foydalanadi.   U   notanish   bo‘lgan   chet   tilida,
hatto sun’iy tildagi matnni qabul qilayotganda so‘zlar orasidagi probellarga, tinish
belgilariga,   takroriy   ifodalarga   va   so‘zlarga   qarab,   darrov   qandaydir   ma’noli
qismlarni ko‘rishga harakat qiladi. Bunda struktur tayanchlar muhim rol o‘ynaydi.
Ularning funksional mohiyati resipiyentning nutqiy tajribasi ko‘ra shakllanadi. 
Matnni   anglash   natijasida   individda   bu   matnning   proyeksiyasi   (tasviri)
shakllangan   bo‘lishi   kerak.   Matnning   proyeksiyasi   resipiyentda   belgilar
mahsulotining   o‘zaro   ta’siri   natijasida   shakllangan   tasavvurlar   tizimini   tashkil
qiladi.   Shu   bilan   birga,   ayni   matn   turli   resipiyentlar   tomonidan   turlicha   talqin
etilishi   ham   kuzatiladi.   Bu   ko‘pincha   badiiy   matnga   aloqador   bo‘ladi.   Shuning
uchun   matnni   qabul   qiluvchi   o‘zi   uchun   boshqa   resipiyentlarning   va   hatto
muallifning fikridan ham farqli bo‘lgan shaxsiy proyeksiyasini yaratishi mumkin. 
Ayni   matnning   qabul   qilinishidagi   variantlilikni   qator   psixologik   sabablar
bilan   izohlash   mumkin.   Bunga   birinchi   galda   shaxsning   motivatsion,   kognitiv   va
emotsional   sferasini,   ya’ni   kishining   mazkur   matnga   murojaat   qilishga   undagan
ehtiyojlari,   motiv  va   maqsadlari,   matnni   qabul   qilish   vaqtidagi   emotsional   holati,
xabarni   qabul   qilishdagi   diqqatining   jamlash   darajasi   va   h.k.ni   kiritish   mumkin.
Shuningdek,   matnni   anglashda   individ,   albatta,   o‘zining   dunyo   haqidagi
bilimlariga,   tasavvurlariga   suyanadi.   Shunga   ko‘ra,   matnni   qabul   qiluvchi
individning jinsi va yoshi alohida e’tiborga olinishi lozim bo‘ladi.   ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1 .   Usmanova   Sh.     “Psixolingvistika”   fanidan   ma’ruza   kurslari .   – Toshkent:
Universitet, 2014.
2.   Usmanova   Sh.     Psixolingvistika.   O‘quv   qo‘llanma.   – Toshkent:   Universitet,
2015. (Elektron variant).
3 . Belyanin V. P. Psixolingvistika.  Uchebnoe posobie.  –M.: Flinta, 2008.
4. Gluxov V.P. Osnovы p sixolingvistiki.  Uchebnoe posobie.   – M.:  ACT: Astrelь,
2008.
5 .   Karaseva   O.F.,   Safonova   O.A.     Psixolingvistika:   novыe   texnologii   analiza
poeticheskogo teksta. Uchebnoe posobie.  – Krasnodar, 2012. 
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6 .   Axutina   T.V.   Porojdenie   rechi.     Neyrolingvisticheskiy   analiz   sintaksisa.   -   M.:
MGU, 1989. 
7.   Baskakov   N.A.,   Sodiqov   A.S.,   Abduazizov   A.A.   Umumiy   tilshunoslik.   –
Toshkent: O‘qituvchi, 1979. 
8.   Batov   V.I.   O   sudebnoy   psixologo-lingvisticheskoy   ekspertize   //Voprosы
sudebno-psixologicheskoy ekspertizы. –M., 1974.
9 . Belikov V. I., Krыsin L. P.  Sotsiolingvistika. –M., 2001.
1 0 .   Bыkova   G.   V.,   Fraerl   V.   L.   Lakunы   russkogo   yazыka.   Pod   nauch.   red.   I.A.
Sternina. – Blagoveщensk: Izd-vo BGPU, 2008.

NUTQNI IDROK QILINIS H I Reja: 1. Nutqni idrok qilish va tushunish 2. Nutqni idrok qilish modellari 3. Matnni psixolingvistik yondashuv asosida o‘rganish

1. Nutqni idrok qilish va tushunish So‘zlovchi tomonidan yaratilgan matn talaffuz qilingach, havo to‘lqinlari orqali tinglovchining qulog‘iga yetib keladi. Ana shu ondan boshlab nutq tovushlari birikmasidan tashkil topgan matn so‘zlovchining jamiyatdoshi tomonidan idrok qilina boshlaydi. Idrok qilish ham uzundan-uzoq bir murakkab jarayonni tashkil qiladi. Tinglovchining oldida turgan vazifa bir to‘da tovushlar birikmasidan uning asosida yotgan mazmunni chiqarib olib, unga yo nutqiy, yo jismoniy javob qaytarish, yoxud murojaatni e’tiborga olib qo‘yishdir 1 . Nutqni idrok qilish murakkab va ko‘p qamrovli psixik jarayon bo‘lib, u ham boshqa idrok turlari kabi umumobyektiv qonuniyatlar asosida yuz beradi. Nutqni idrok qilish faoliyatini: idrok obrazining birlamchi shakllanishi va shakllangan obrazni tanish kabi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Nutqni idrok qilish til elementlarini eshitish yoki ko‘rish resepsiyasi (qabul qilish), ularning o‘zaro aloqasini aniqlash va ularning mazmuni haqidagi tasavvurlarning shakllanishini o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, nutqni idrok qilish ikki bosqichda – nutqiy ifodani idrok qilish va tushunish orqali amalga oshadi 2 . Psixologiyada tushunish bevosita idrok qilinadigan nutq (tovushlar) oqimi ortida turgan umumiy mazmunni ochish sifatida talqin qilinadi. Bu idrok qilinadigan nutq orqasida turgan ma’noning haqiqiy mazmunga aylanish jaryonidir. Masalan, “Sovuq!” ifodasining ma’nosi qanday “nutqsiz kontekstda” va kim tomonidan aytilganiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Agar bu onaning o‘z bolasiga murojaati bo‘lsa, u holda, bola uni issiqroq kiyinish haqidagi maslahat sifatida qabul qilishi mumkin. Agar mazkur ifoda biron kishi tomonidan ochiq turgan darchaga qo‘l bilan ishora qilib aytilgan bo‘lsa, u holda, uni oynani yopish haqidagi iltimos sifatida qabul qilish mumkin. Yoki ayni ifoda biron kishiga subyektiv (salbiy) munosabat bildirish maqsadida ham aytilgan bo‘lishi mumkin. Tushunish jarayonida retsipiyent mazkur ifodaning ma’noviy mazmun majmuyini tashkil etuvchi so‘zlar o‘rtasidagi ma’noviy bog‘lanishlarni aniqlaydi. Anglash natijasi o‘laroq retsipiyent ifodaning ma’noviy mazmunini tushunishi yoki 1 Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. –Тошкент: Ўқитувчи, 1992. –Б. 248. 2 Глухов В.П. Основы психолингвистики. Учеб. пособие для студентов педвузов. –М.: АСТ: Астрель, 2005. – C . 117.

tushunmasligi mumkin. Shuni qayd qilish joizki, tushunish jarayoning o‘zi psixologik nuqtayi nazardan teranlik va aniqlikning turlichaligi bilan tavsiflanadi. Nutqni tushunish jarayoni axborotlar oqimidan muhim jihatni, muhim mazmunni ajratib olishdir. Inson o‘ziga yo‘naltirilgan nutqning har bir tarkibini alohida idrok etmay, undagi asosiy g‘oyalarni ajratib olib, ularni bir-biriga bog‘laydi va yaxlit mazmun yaratadi. Nutqni tushunish nutqning faol qo‘llanishini ham o‘z ichiga oladi. L. S. Vigotskiyning fikricha, nutqning ma’no jihatida tushunish o‘zining rivojlanishida butundan qismga, gapdan so‘zga tomon harakatlanadi, nutqning tashqi jihatida esa so‘zdan gapga tomon harakatlanadi 3 . A. A. Brudniy va L. S. Svetkovaning (35, 254), nazariy ta’limotiga ko‘ra, tushunishning dastlabki darajasi faqat ifodaning asosiy predmetini tushunish, ya’ni nima haqida gap borayotganidan iborat bo‘ladi. Mazkur darajada retsipiyent faqat unga nima haqida gapirilganini aytishi mumkin, biroq aytilganning mazmunini qayta aks ettira olmaydi. Eshitilganning ma’noviy mazmuni retsipiyentning ifoda asosiy predmetini aniqlashida fon bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi daraja – ma’noviy mazmunni tushunish bosqichi bo‘lib, u so‘zlovchi yoki yozuvchi fikrlari bayonidagi butun jarayonni, uning rivojlanishi va dalillanishini tushunish bilan belgilanadi. Mazkur daraja nafaqat nima haqida aytilganini tushunish, balki nima aytilganini (ya’ni ifoda remalari) ham tushunish bilan tavsiflanadi. Oliy daraja nafaqat nima haqida va nima aytilganini tushunish, balki nima uchun (ya’ni qaysi maqsadda) aytilgani tushunish bilan belgilanadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, so‘zlovchining qanday lisoniy vositalar yordamida o‘z fikrini ifodalagani ham aniqlanadi. Nutqning ma’noviy mazmuniga bunday yondashish tinglovchining so‘zlovchi nutqi motivlarini, ifodaning ichki mantig‘ini to‘liq tushunishiga imkon beradi. Tushunishning ushbu darajasi so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan fikr ifodalashda foydalanilgan lisoniy vositalarni baholashni ham o‘z ichiga oladi. 3 Выготский Л.С. Мышление и речь. –М., 1996. –С. 117.

Nutqni idrok qilish haqidagi nazariyalar (modellar)ning aksariyatida idrok qilish jarayonining motor yoki sensor xarakteriga katta e’tibor qaratilgan. Motorli nazariyaga ko‘ra, inson nutqni eshitish jarayonida xabarni yaratish uchun zarur bo‘lgan motorli signallar bilan boshqariladigan ma’nolarni aniqlaydi. A. A. Leontevning fikricha, nutqni idrok qilishning sensorli nazariyasi “toza ko‘rinishda” mavjud bo‘lmaydi. Sensorli nazariyaga muvofiq, nutq idroki jarayonining motorli tarkibiga ikkinchi darajali hodisa sifatida qaraladi. Asosiy psixofiziologik mexanizm sifatida esa nutq signalini sensor etalon bilan akustik belgiga ko‘ra qiyoslash belgilanadi. 2. Nutqni idrok qilish modellari Psixolingvistikada nutqni idrok qilishning bir necha modellari mavjud. Charlz Osgud tomonidan nutqni idrok qilishning quyidagi modeli taklif qilingan: kod ( til) 1- xa bar 2- xa bar kodlash dekodlash ----- signal ( matn )-----  aloqa kanali ↑ shovqinlar peredatchikli yuboruvchi ( so‘zlovchi )

Ch. Osgud tomonidan taklif qilingan mazkur modelni quyidagicha talqin qilish mumkin: So‘zlovchida qandaydir 1-xabar paydo bo‘ldi. So‘zlovchi nutq organlari (peredatchik) yordamida bu xabarni kodlaydi. Signal (havo tebranishi) aloqa kanali orqali uzatiladi. U so‘zlovchining eshitish organlari (priyomnik)ga yetib keladi. Dekodlash amalga oshadi, ya’ni signal 2-xabarga aylanadi. Kommunikatsiya vujudga kelishi uchun kodlash va dekodlash bir kod (til) asosida olib borilishi kerak. Shuningdek, aloqa kanalida xabarning buzib talqin qilinishiga sabab bo‘ladigan shovqinlar ham vujudga kelishi mumkin. Natijada 1-xabar 2-xabarga mos kelmasligi mumkin. Kommunikatsiyaga informatsiya nazariyasidan yondashish qiziq va muhim xulosaga olib keladi. Har qanday aloqa kanali muayyan o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lib, u informatsiya miqdoridan ortig‘ini o‘tkaza olmaydi. Shuning uchun aloqa kanalidan foydalanish samaradorligini oshirish juda muhim. Masalan, bir xil xabarni aloqa kanali orqali tez yoki sekin uzatish mumkin. Tabiiyki, samaradorlik qancha ko‘p bo‘lsa, aloqa kanalidan shunchalik yaxshi foydalaniladi, xabarni uzatishda shuncha kam vaqt va kuch sarflanadi. Shuning uchun kishilar xabarlarni imkon qadar qisqa va lo‘nda uzatishga harakat qilishadi. Bu lingvistikada tejamkorlik tamoyili, deb nomlanadi. Biroq kommunikatsiya jarayonida nafaqat tejamkorlik, balki ishonchlilik ham muhim tamoyil hisoblanadi. Turli shovqinlar tufayli har doim ham 1-xabar 2-xabarga mos kelavermaydi. Odatda, so‘zlovchi tinglovchi bilan qandaydir matnni tezda gapirib tugatish uchun emas, balki so‘zlovchi aytmoqchi bo‘lgan narsani tinglovchi mos holda qabul qilishi uchun muloqotga kirishadi. Shuning uchun har qanday muloqotning vazifasi 2-xabarning 1-xabarga maksimal darajada mos kelishiga erishishdir. Demak, 2-xabarning 1- xabarga mos kelish darajasi ishonchlilik deb nomlanadi. Tinglovchi so‘zlovchini yaxshi tushunishi va xabar ishonchli bo‘lishi uchun so‘zlovchi xabarni dona-dona, priyomnikli qabul qiluvchi ( tinglovchi )