logo

SEZGI VA IDROK

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

58.892578125 KB
SEZGI VA IDROK 
Reja
1. Sezgi haqida tushuncha
2. Sezgi turlari
1. Idrok haqida tushuncha.
2. Idrokning xususiyatlari
3. Idrokning tasnifi Sezgi haqida tushuncha
Ma'lumki   bizni   o’rab   turgan   tashqi   olamdagi   narsa   va   hodisalarning   juda   ko’p
belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta'mi, hidi, qattiq yoki
yumshoqligi,   g’adir-budur   yoki   tekisligi,   harorat   va   boshqalar.   Ana   shu   narsa   va
hodisalarning   turli   xil   belgi,   xususiyatlarini   biz   ham   turlicha   sezgi   a'zolarimiz
orqali ongimizda aks ettiramiz. 
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari
har   doim   ham   bizning   sezgi   a'zolarimizga   ta'sir   etib   turadi.   Natijada   bizda   turli
sezgilar   hosil   bo’ladi.   Chunonchi,   nurlarning   ko’zimizga   ta'sir   qilishi   natijasida
ko’rish   sezgisi,   har   xil   tezlik   va   kuchlanishdagi   havo   to’lqinlarining   quloqimizga
ta'sir   etishi   natijasida   eshitish   sezgisi,   nafas   olish   paytida   havo   bilan   birga   burun
bo’shlig’iga   kirgan   har   turli   modda   zarrachalarining   ta'siri   natijasida   hid   sezgisi,
biror   narsani   qo’limiz   yoki   badanimizga   tegib   ta'sir   etish   natijasida   teri   (taktil   -
biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim
hosil bo’ladi. 
Demak,   sezgi   deb -   atrofimizdagi   narsa   va   hodisalarning   sezgi   a'zolarimizga
bevosita  ta'sir   etishi  natijasida   ularning  ayrim  belgi  va  xususiyatlarini   miyamizda
aks ettirilishini aytamiz. 
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo’lib, tashqi olamdagi
narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo’zg’atuvchilarning
muayyan reseptorlarga bevosita ta'sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va
organizm   ichki   holatini   aks   ettiradi.   Ma'lumki,   insondan   sezishning   dastlabki
bosqichi   hissiy  bilishdan  boshlanib,  keyinchalik  u mantiqiy  bilishga   o’tadi.  Sezgi
ham oddiy psixologik jarayon bo’lgani bilan uning yuzaga kelishi o’z-o’zidan hosil
bo’lmaydi. Ular jumlasiga  q uyidagilar kiradi: 
 Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va  h odisaning bo’lishi.
 Sezuvchi   apparat,   ya'ni   analizatorning   mavjud   bo’lishi.   Masalan,   havoning
sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.
  Sezgi idrok bilan bog’liq bo’ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin
uni   sezish   lozim,   shu   bois   sezgilar   materiyaning   sezgi   a'zolarimizga   ta'siri natijasidir.   Sezgi   axborotlarini   qabul   qilib,   tanlab,   to’plab,   har   bir   sekundda
axborotlar   oqimini   qabul   qilib   va   qayta   ishlab   miyaga   yetkazib   beradi.   Natijada
tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o’z ichki holatini adekvat "mos" aks
ettirishi   hosil   bo’ladi.   Sezgi   a'zolari   tashqi   olamning   inson   ongiga   olib   kiradigan
yo’llaridan biridir.
Sezgilarning nerv - fiziologik asoslari
Ma'lumki,   sezgilar   faqatgina   tashqi   ta'sirlar   natijasida   hosil   bo’lmay,   balki
organizmning   ichki   holatida   ham   amalga  oshiriladi.   Sezgi   nerv   tizimining   u  yoki
bu qo’zg’atuvchidan ta'sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo’ladi va har qanday
psixik   hodisa   kabi   reflektorlik   xususiyatiga   egadir.   Sezgilarning   nerv   -   fiziologik
asosini qo’zg’atuvchining o’ziga aynan o’xshaydigan analizatorga ta'siri natijasida
hosil   bo’ladigan   nerv   jarayoni   tashkil   qiladi.   Shuningdek,   sezgilarning   nerv
fiziologik asosini o’rganishda   I.P.Pavlov   ta'biri bilan aytganda analizator apparati
tashkil etadi.
Analizator  - tashqi va ichki muhitdan keladigan ta'sirotlarni qabul qilib olib, 
fiziologik   jarayon   bo’lgan   qo’zg’alishni   psixik   jarayonga,   ya'ni   sezgilarga
aylantiruvchi   nerv   mexanizmlari   tizimi.   Analizator   apparati   3   q ismdan   tashkil
topgan bo’lib, ular  q uyidagilardan iborat:
 periferik   (reseptor)   -   tashqi   quvvatni   nerv   jarayoniga   o’tkazadigan   maxsus
transformator qismi;
 analizatorning   periferik   bo’limining   markaziy   analizator   bilan   bog’laydigan
yo’llarni   ochadigan   afferent   (markazga   intiluvchi)   va   efferent   (markazdan
qochuvchi) nervlar;
 analizatorning   periferik   bo’limlaridan   keladigan   nerv   signallarining   qayta
ishlanishi sodir bo’ladigan qobiq osti va qobiq bo’limlari.
Analizatorning qobiq bo’limida reseptor hujayralarining asosiy qismi jamlangan
o’zak, ya'ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida ma'lum miqdorda mavjud
tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism bo’ladi. Analizatorning o’zak qismida   reseptordan   markazga   intiluvchi   nervlar   joylashgan   bo’lib,   ko’plab
hujayralardan   iborat.   Mazkur   analizatorning   periferik,   ya'ni   tarqalib   ketgan
qismlari   boshqa   analizatorlarning   o’zaklari   bilan   yondosh   sohalariga   kiradi   va
alohida   narsalarni   izlash   jarayonida   butun   bosh   miya   qobiqining   katta   qismi
ishtirok   etishiga   erishiladi.   Analizatorning   o’zagi   analiz   va   sintez   qilish
funksiyasini bajaradi , masalan , tovushlarning balandligi.
Tarqoq   qismlar   dag’al   analiz   funksiyalarni,   masalan   musiqiy   ohang   va
tovushlarni farqlash bilan bog’liq bo’ladi. 
Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo’li manbasi va
eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi reseptordan ta'sirotni miyaga olib
boruvchi   nerv   yo’llari   va   effektordan   tarkib   topgandir.   Reflektor   yoyi
elementlarning   o’zaro   munosabati   murakkab   organizmning   tevarak-atrofdagi
olamda   to’g’ri   mo’ljal   olishning   organizmning   yashash   sharoitlariga   muvofiq
tarzdagi faoliyatining negizini ta'minlaydi. 
Sezgilar tasnifi va turlari.
Sezgilar qaysi a'zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya'ni
ko’rish,   eshitish,   hid   bilish,   ta'm   bilish,   teri,   muskul-harakat,   organik   sezgilarga
ajratiladi. Ular sezgi a'zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
Jahon   psixologiyasi   fanining   so’nggi   yutuqlari   hamda   atamalariga   binoan
sezgilar   quyidagicha   klassifikasiya   qilinadi.   Ushbu   tasniflanishning   dastlabki
ko’rinishi   ingliz   olimi   Ch.Sherringtonga   taalluqlidir.   U   reseptorning   qaerda
joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo’ladi. 
 Tashqi   muhitdagi   narsa   va   hodisalarning   xususiyatlarini   aks
ettirishgamoslashgan   hamda   reseptorlari   tananing   sirtqi   qismida   joylashgan
sezgilar, ya'ni  ekstroreseptiv sezgilar ;
 Ichki   tana   a'zolari   holatlarini   aks   ettiruvchi   hamda   reseptorlari   ichki   tana
a'zolarida, to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni  interoreseptiv sezgilar.
 Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot,
xabar)   beruvchi   muskullarda,   bog’lovchi   paylarda,   mushaklarda   joylashgan
sezgilar, ya'ni  proprioreseptiv sezgilar . Sezgilarning   tasnifi   va   bu   boradagi   tadqiqotlarni   tahlil   qilamiz.   Dastlabki
mulohazalar   interoreseptiv   sezgilar  u  borasida  rus  psixologi   A.R.Luriya   tadqiqot
ishini   olib   borgan.   Uning   fikricha,   interoreseptiv   sezgilar   asl,   tub,   ma'nodagi
sezgilar   emas,   balki   emosiyalar   bilan   sezgilar   o’rtasidagi   oraliq   sezgilar   sifatida
namoyon   bo’ladi.   Psixologiya   fanida   mazkur   sezgilar   to’la   o’rganilmaganligi
sababli   uni   "noma'lum   hislar"   deb   atalgan.   Bu   asosan   ichki   organlarning
xastaliklarida   vujudga   keluvchi   holatlarni   diagnostika   qilishda   alohida   ahamiyat
kasb etadi. 
Interoreseptiv   sezgilar   insonning   kayfiyatida,   emosional   reaksiyalari
o’zgarishida   ko’zga   tashlanadi,   bolada   esa   xatti-harakatning   keskin   o’zgarishiga
sabab   bo’ladi.   Chunki   bola   tana   a'zolaridagi   ichki   holatini   anglash,   his   qilish
imkoniyatiga   ega   emas.   Shuning   uchun   undagi   xatti-harakatning   umumiy
o’zgarishi belgilardan buni sezish mumkin.
 Interoreseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o’zaro o’rin almashtirish
muvozanatini   ta'minlab   turishning   asosi   hisoblanadi.   Bu   jarayonni   bir   so’z   bilan
aytganda,   organizmdagi   jarayonlarni   o’zaro   o’rin   almashib   turishning   gemostazi
(barqarorligi) deb ataladi. Shuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga keladigan
puls, zo’riqish, affekt holatlarini yo’qotish, tug’ilib kelayotgan mayllarni qondirish
bilan   bog’liq   vazifani   bajaradi.   Natijada   ichki   tana   a'zolarining   faoliyatini   izdan
chiqarish holati yuz berishi mumkin. 
Interoreseptiv   sezgilarning   fiziologik   mexanizmlari   interosepsiya   bilan
birgalikda   K.M.Bikov,   V.N.   Chernigovkiylar   tomonidan   atroflicha   o’rganilgan.
Ularning   fikriga   ko’ra,   bu   narsalarning   barchasi   shartli   reflektor   faoliyati
mexanizmlaridan kelib chiqadi
Proprioseptiv   sezgilar   gavdaning   fazodagi   holati   to’g’risida   signallar   bilan
ta'minlab   turadi.   Ular   inson   harakatining   boshqaruvchisi   hisoblanib   va   afferent
asosini tashkil qiladi. 
Pereferik reseptorlar muskullar, pay va bo’g’imlarda joylashgan bo’lib, maxsus
tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi.   Tanachalarda  vujudga keluvchi  qo’zg’atuvchilar   muskullarning harakatlashuvi
natijasida   va   bo’g’imlar   holatining   o’zgarishi,   nerv   tolalari   yordamida,   orqa
miyaning orqa ustunidagi oq suyuqligiga etkaziladi. qo’zg’ovchilar Burdax va Goll
yadrosining   quyi   bo’limlariga   yetib   keladi   va   undan   po’stosti   tugunchalaridan
o’tib,   bosh   miya   katta   yarim   sharining   qoronqulashgan   zonasida   harakatlarini
yakunlaydilar.
Proprioreseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini  A.Orbeli  tomonidan, 
hayvonlarda   P.K.Anoxin ,   odamlarda   esa   N.A.Bernshteynlar   tomonidan
o’rganilgan.
Psixologik   ma'lumotlarga   ko’ra,   gavdaning   fazodagi   holati,   sezgirligi   statik
sezgilarda o’z ifodasini topadi. Uning markazi  ichki quloq kanallarida joylashgan
bo’lib,   ular   o’zaro   bir-biriga   perpendikulyar   bo’shliqda   tutash   holatda   yotadi.  
Masalan,  bosh holatining o’zgarishi quyidagi sxemada ko’rish mumkin:
a) endolimfa suyuqligiga bog’liq qo’zg’alish;
b) eshitish nervi;
v) vestibulyar nervi;
g) bosh miya po’stining chakka bo’lmasi;
d) miya apparatiga o’tadi;
Vestibulyator   sezgi   apparati   ko’rish   bilan   bevosita   aloqada   bo’lib,   fazoni
mo’ljalga   olish   (orientirlash)   jarayonida   ishtirok   etadi.   Masalan,   avtomobil
yo’lidan o’tish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda ham uchrashi mumkin.
Ekstroreseptiv sezgilar intermodal, nospesifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi.
Masalan,   eshitish   organi   orqali   10-15  sekundga   tebranishni   sezish   mumkin,  lekin
quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopg’og’i, tirsak, tizza uchlari)
payqash -   vibrasiya sezgilari   deyiladi.   Masalan,   karlarni tovushlarni idrok qilishi.
Odatda   vibrasion   sezgirlik   intermodal   sezgi   deb   ham   nomlanadi.   Uning   quyidagi
ko’rinishlari qam mavjud: 
a) hid, ta'm va maza sezgilarida;
b) o’ta kuchli tovushda, o’ta yorqin yorug’likda;
v) uch xil ta'sirning uyg’unlashgan integrativ holatida ;  Sezgining nospesifik shakliga terining foto sezgirligi kirib, u ranglarni, nozik 
jumlalarni   ajratish,   qo’l   uchlari   bilan   sezish   orqali   ro’yobga   chiqadi.   Terining
foto   sezgirligi   A.N.Leontev   tomonidan   kashf   qilingan   bo’lib,   bu   narsa   ko’pgina
holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Tadqiqot asosan qo’l
uchiga   yashil   va   qizil   ranglarni   yuborish   orqali   amalga   oshirilgan.   Terining   foto
sezgirligi tabiati psixologiyada yetarli darajada o’rganilmagan.
Sezgi turlari
Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroreseptiv, 
proprioreseptiv, introreseptiv) o’z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi: 
- Ko’rish sezgilari;
- Eshitish sezgilari;
- H id bilish sezgilari;
- Ta'm bilish sezgilari;
- Teri sezgilari;
- Muskul -  h arakat (kinestetik);
- Statistik sezgilar;
- Organik sezgilar;
Ko’rish sezgilari
Insonlar  tomonidan rang va yoruqlikni sezish ko’rish sezgilari orqali amalga
oshadi   va   seziladigan   ranglar   xromatik   va   axromatik   turlarga   bo’linadi.
Psixofiziologik   qonunga   ko’ra   yoruqlik   nurlari   uchburchak   shisha   prizma   orqali
o’tib singanda hosil bo’ladigan rang  xromatik ranglar  deb atalib, ularga kamalak
ranglar,   ya'ni   qizil,   zarg’aldoq,   sariq,   yashil,   havo   rang,   ko’k,   binafsha   tuslarini
qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko’rinishlari
axromatik ranglar  deb nomlanadi. 
Ko’rish   sezgilarining   organi   ko’z   hisoblanib,   u   ko’z   soqqasi   undan   chiqib
keladigan ko’ruv nervlaridan tashkil topgan bo’lib, ko’z soqqasini tashqi tomirlari
va   to’r   pardalari   o’rab   turadi.   Tashqi   pardaning   tiniq   bo’lmagan   oq   qismi   sklera
yoki   qotgan   qattiq   parda   deb   nomlanadi.   Uning   old   tomoniga   joylashgan   bir
muncha qavariq qismi tiniq mugus parda bo’lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda
ko’z ko’k, qora kabi jilva beradi. Rangdor pardaning o’rta qismida yumaloq tiniq
modda   bo’lib,   uni   qorachiq   deb   ataymiz   va   u   orqali   ko’z   ichiga   yoruqlik   nurlari
kiradi. 
Ko’zlarning   uchinchi   pardasi   to’r   parda   deb   nomlanib,   u   ko’z   soqqasining
deyarli   butun   ichki   yuzasini   qoplaydi.   qorachiq   bilan   rangdor   pardaning   orqasida
ikki   tomoni   qavariq,   tiniq   jism   ko’z   gavqari   joylashgan   bo’ladi.   Yoruqlik   nurlari
unda   to’planib,   so’ng   sinadi   va   to’r   pardaga   narsa   yoki   jismning   aksi,   surati
tushadi.
  Ko’z   soqqasining   gavqari   bilan   to’r   parda   o’rtasidagi   butun   ichki   yuzasi
shishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo’ladi.
To’r   parda   rang   va   yoruqlikni   sezish   uchun   muhim   ahamiyatga   ega   bo’lib,   unda
ko’ruv   nervining   tarmoqlari   joylashgandir.   Ushbu   tarmoqlarning   chekkadagi
uchlarida   tayoqcha   va   kolbachalar   deb   ataladigan   maxsus   nerv   xujayralari
mavjuddir.   Inson   ko’zini   to’r   pardasida   130   millionga   yaqin   tayoqchalar   va
kolbachalar   deb   ataladigan   maxsus   nerv   hujayralari   mavjuddir.   Inson   ko’zining
to’r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb
taxmin   qilinadi.   Kolbachalar   yordami   bilan   xromatik,   ya'ni   kunduzgi   ranglar
ko’riladi.
Tayoqchalar   yoruqlikni   yaxshi   sezuvchan   bo’lib,   xira   va   qorong’u   paytlarda
o’z funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi. 
To’r   pardaning   eng   sezgir   joyi   -   sariq   dog’ning   asosan,   kolbachalar   bilan
markaziy   chuqurchasi   hisoblanib,   unga   qaysi   narsaning   aksi   tushsa,   xuddi   shuni
hammadan   ravshanroq   ko’ramiz.   Obektga   tik   qarash   natijasida   ko’z   muskullari
unga qaratiladi va aks ettiruvchining sur'ati sariq dog’ga tushadi. Bunday tarzdagi
ko’rish to’g’ri ko’rish deyiladi. 
Hozirgi   zamon   psixologiyasida   ranglarni   sezish   yolg’iz   to’r   pardasidagi
jarayonlar bilangina emas, balki miya po’stida yuzaga keladigan boshqa jarayonlar
bilan   ham   bog’liq   ekanligi   to’g’risida   ma'lumotlar   mavjuddir.   Zamonaviy
ma'lumotlarga binoan tayoqchalarda ko’rish purpuri degan maxsus  modda borligi isbotlangan.   Ko’zga   yoruqlik   ta'siri   etganda   ko’rish   purpuri   kimyoviy   yo’l   bilan
parchalanib,   tarkibiy   qismlarga   bo’linadi   va   mazkur   jarayon   ko’rish   nervini
qo’zg’atib, yorug’lik sezgisini hosil qiladi va qorong’ulikda esa purpur funksional
holatini qayta tiklaydi.
Eshitish sezgilari
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo’lib,   musiqaviy va shovqinli
tovushlarni   aks   ettiradi.   Odatda   tovushlar   oddiy   va   murakkab   turlarga   ajratiladi,
ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi. Tonlardan
biri asosiy ton hisoblanib, u tovushning balandigini, kuchini belgilaydi, boshqalari
keluvchi   tovushlar   sanalib,   ular   obertonlar   deyiladi.   Musiqa   asboblaridan
taralayotgan   tovushlarning   o’ziga   xosligi   fan   tilida   tembr   deb   ataladi.   hatto   nutq
tovushlari   ham   ohangli   tovushlar   (unli   tovushlar)   yoki   shovqinlardan   (undosh
tovushlar) tashkil topgan bo’ladi.
Eshitish   sezgilari   organi   quloq   bo’lib,   tashqi   quloqlar   suprasi   bilan   eshituv
yo’lidan iborat. O’sha quloqlar nog’ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha:
bolg’acha, sopdan va uzangidan tashkil topgan. Ichki quloq (quloq labirinti) o’zaro
birlashmagan uchta bo’lakdan tuzilgan. 
Tashqi   quloq   havo   to’lqinlarini   yig’uvchi   karnay   vazifasini   bajaradi.   Nog’ora
parda   va   unga   yopishgan   suyakchalar   havo   to’lqinlarini   ichki   quloqqa   uzatadi.
O’rta  quloq  maxsus  yo’l   orqali  og’iz  va  burun  bo’shlig’i  bilan  tutashgan   bo’ladi.
Ichki quloqlarning yuqori qismi uchta yarim doira kanaldan, o’rta qismi kameradan
va pastki qismi chig’anoqdan tashkil topgan.
Ichki   quloqlarning   uchchala   bo’limi   endolimfa   nomli   suyuqlikdan   iboratdir.
Ichki   quloqlarning   asosiy   qismi   chiqanoqdan   iborat   bo’lib,   uning   ichida   kortiy
organ   mavjud,   u   gumbaz   shakliga   ega   bo’lib,   asosida   membrana   joylashgan.
Membrana   uzunligi   qisqarib   boruvchi   elastik   tolalardan   iborat   bo’lib,   ular   tarang
tortilgan   to’rlarga   o’xshaydi.   Uning   yuqori   qismida   maxsus,   tayoqchasimon
hujayralar   mavjud   va   ular   kortiy   dugalari   deb   yuritiladi.   Membrananing   tolalari
endolimfaga   ingichka   qo’llari   bor   maxsus   hujayralar   yordamida   korniy   dugalari
orqali katta yarim sharlar po’stining bo’lagida joylashgan.  Havo   to’lqinlarining   harakati   tufayli   tovush   chiqaruvchi   jismlar   tebranganida
eshitish   sezgilari   hosil   bo’ladi.   Agar   musiqaviy   tovushlar   havo   to’lqinlarining
sekin harakatlari natijasida vujudga kelsa, shovqinli tovushlar esa ularning notekis
harakatlari   natijasida   yuzaga   keladi.   Odamning   eshitish   organi   bir   sekundda   16
martadan 20000 martagacha tebranishli tovushlarni qabul qiladi.
Hid  bilish  sezgilari   hid  bilish   sezgilariga  hidlarni   his  qilish   kiradi  va  ularning
organi burun kavagining yuqori tomoni hisoblanib, bu yerda hid bilish hujayralari
hamda sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan. Ular shilliq pardalarda botib turadi. 
Hidli moddalar sezuvchi nervni qo’zg’aydi. hid bilish markazi bosh miya yarim
sharlari   orqa   yuzasining   pastki   qismida   mavjud   deb   taxmin   qilinadi.   Hidli
moddalar   hid   bilish   hujayralariga   gaz   holatida   ta'sir   etib,   kimyoviy   reaksiyalar
yo’li bilan ularni qo’zg’atadi. Oddiy gaz holatidagi hidli moddalar havo bilan nafas
olish   jarayonida   burun   havosiga   kirib   keladi,   natijada   aks   ettirish   holati   hosil
bo’ladi.
Ta'm bilish sezgilari
Ta'm   bilish   sezgilari   shirin,   achchiq,   nordon,   sho’r   singari   mazalarni   his   qilish
bilan   tavsiflanadi.   Ta'm   bilish   sezgilarining   organi   tilning   yuzasi   va   tanglayning
yumshoq   qismidan   tashkil   topgan.   Tilning   shilliq   pardasida   maxsus   ta'm   bilish
so’rg’ichlari mavjud bo’lib, ularning tarkibi tayoqchasimon hujayralardan tuzilgan
maxsus   ta'm   bilish   "kurtaklari"ga   ega.   Ta'm   bilish   so’rg’ichlari   til   yuzasida   bir
tekis   taqsimlanmaganligi   uchun   uning   orqa   qismi   achchiqni,   uchi   shirin   mazani,
chetlari esa nordon mazani sezadi. Lekin ularning o’rtasi bo’lsa mazani  aks ettira
olmaydi.   Ta'm   bilish   so’rg’ichlarining   hujayrali   qismlarida   maxsus   sezuvchi
nervlarning   chekka   uchlari   joylashgan,   ular   ta'm   bilish   organidagi   qo’zg’alishni
bosh miyaga uzatib turadi, uning markazlariga yaqin joylashgan.
Teri sezgilari .
Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat  bo’lib, ularning bunday
nomlanishining   bosh   omili   bu   reseptorlarning   tarkibi   va   organizmning   tashqi
shilliq pardalarida joylashganligidadir.  Tuyish   sezgilari   ikki   xil   axborotni   qabul   qilish   imkoniyatiga   ega   bo’lib,
birinchisi   tegish   va   tarqalishini   tuyish   sezgilari,   ikkinchisi   esa   silliq   yoki   g’adir   -
budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a'zosiga narsalarning tegishini sezish
tashqi   qo’zg’atuvchi   kuchayganda   siqiq   sezgiga   aylanadi,   u   yanada   kuchayganda
og’riq sezgisiga aylanadi. 
Tuyish sezgilari organi teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish tanachalari
deb   nomlanuvchi   tanachalardan   iborat.   Tanachalarning   ichida   va   qisman
tashqarisida   tuyish   nervining   chekka   tarmoqlari   mavjud,   ular   terida   va   shilliq
pardalarda   bir   tekis   taqsimlangan,   barmoqlarning   uchlarida   til   uchida   labda   zich
joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik darajasi boshqalardan yuksakroqdir.
  Psixologiyada   tuyish   tanachalari   va   sezuvchi   nervning   chekka   tarmoqlari
zichligi   ekstiziometr   asbobi   yordami   bilan   o’lchanadi.   Asbob   keriladigan   ikki
oyoqli   sirkuldan   tashkil   topgan,   bo’lib,   uning   o’zagidagi   darajalar   oyoqlarning
uchlari o’rtasidagi masofani o’lchaydi. 
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po’stining orqadagi markaziy nuqtasida
joylashgan   deb   taxmin   qilinadi.   Tuyish   sezgilarining   tashqi,   ya'ni   fizik   sababi   bu
biron- bir narsalarning teriga bevosita tegishidir.
Muskul - harakat sezgilari, statik sezgilar
Muskul-harakat   sezgilari   motor   sezgilar   deb   nomlanib,   ularga   og’irlikni,
qarshilikni,   organlar   harakatini   bilish   sezgilari   kiradi.   Ularning   organlari-gavda
muskullari,   paylar,   bo’g’imlardan   iboratdir.   Organlarning   tarkibida   sezuvchi
nervlarning   chekka   tarmoqlari   mavjud   bo’lib,   ularning   ta'sirida   harakat   va   statik
sezgilar vujudga keladi. 
Musku l   -   harakat   sezgilarining   fizik   sababi   muskullarga   ta'sir   etuvchi
narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.
Statik   sezgilar   gavdaning   fazodagi   holatini   sezish   va   muvozanat   saqlash
sezgilari   deb   ataladi.   Gavdaning   fazodagi   holatini   bilish   va   muvozanat   saqlash
sezgisi   uchun   ichki   quloqdagi   vestibulyar   apparat   reseptor   vazifasini   bajaradi.
Vestibulyar apparat quloq dahlizi yarim doira kanallaridan tashkil topgan bo’ladi,
sezuvchi nerv tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda muvozanatini saqlashda alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib
yuradigan mayda ohaktosh kristallardan tashkil topgan.
Organik sezgilar
Organik   sezgilarning   reseptorlari   ichki   organlarda,   qizilo’ngach,   me'da,   ichak,
qon   tomirlari,   o’pka   va   shu   kabilarda   joylashgan   bo’ladi.   Ichki   organlardagi
jarayonlar organik sezgilar reseptorlarining qo’zg’atuvchilaridir. 
Ularga quyidagilar kiradi:
a) Og’riq sezgilar;
b) chanqoq sezgilari;
v) noxush tuyg’ular;
g) ochlikni sezish. 
Sezgilar   chegarasining   absolyut   me'yori   bilan   belgilanadigan   analizatorning
sezgirligi barqaror bo’lmasdan qator fiziologik va psixologik shart-sharoitlar ta'siri
ostida   o’zgarib   turadi.   Ushbu   shart-sharoitlar   orasida   adaptasiya   (moslashish)
hodisasi alohida o’rin egallaydi. 
Adaptasiya   -   yoxud   moslashuv   -   sezgi   organlari   sezgirligining   qo’zg’atuvchi
ta'siri ostida o’zgarishi demakdir.
Adaptasiya  (yoki moslashish) ikki turga bo’linadi:
a) negativ adaptasiya;
b) pozitiv adaptasiya.
Pozitiv   adaptasiyada   kuchsiz   qo’zg’atuvchi   ta'siri   ostida   sezgirlik   oshadi.
Ko’rish analizatorida pozitiv adaptasiya, qorong’ulik adaptasiyasi deyiladi.
Negativ adaptasiya ikki xil bo’ladi:
a)   qo’zg’atuvchining   davomiy   ta'siridan   sezgirlik   yo’qoladi .   Masalan,
qo’limizga yuk qo’yilsa sezamiz, ammo vaqt o’tishi bilan sezmay qolamiz.
b)   kuchli   qo’zg’atuvchi   ta'siridan   sezgirlikning   susayishi .   Masalan,   qorong’u
xonadan   birdaniga   chiqib   qolsak,   avvaliga   hech   narsa   ko’rmaymiz,   vaqt   o’tishi
bilan sezgirlik pasayib biz normal ko’ramiz.  Adaptasiya   teri   reseptorlarida   tez   yuzaga   keladi.   I.P.Pavlov   fikricha,
"Adaptasiya   bosh   miya   po’stloq   qismidagi   muhofazalovchi   tormozlanishi   tufayli
hosil bo’ladi" . Haroratga, hidlarga nisbatan ham adaptasiya bo’ladi.
Sensibilizasiya  - analizatorlarning o’zaro munosabati va mashq qilishi natijasida
sezgirlikning kuchayishidir.
Sensibilizasiyaning adaptasiyadan farqi:
1. Adaptasiyada   sezgirlik   oshadi   yoki   kamayadi,   sensibilizasiyada   esa   faqat
oshadi;
2. adaptasiyada   sezgirlikning   o’zgarishi   tashqi   chegaralarga   bog’liq   bo’lsa,
sensibilizasiyada psixologik, fiziologik holatlarga bog’liq bo’ladi.
Sinesteziya   qo’zg’atuvchining bir  analizatorga ta'siri  bilan boshqa  analizatorga
xos   sezgining   paydo   bo’lishidir.   Ko’rish,   eshitish   sinesteziyasi   ko’proq   uchraydi.
Sinesteziyalar   har   bir   shaxs   uchun   doimiy   bo’ladi.   Masalan,   kompozitorlardan
Skrebin, A.F.Lest, N.Rimskiy Korsakovlarda "rangdor eshitish" qobiliyati bo’lgan.
Demak, sinesteziya ikki sezgining bir sezgi bo’lib qo’shilishidir. "Masalan, "shirin
so’z", "bag’ri tosh".
Sezgilar   kontrasti   qarama-qarshi   sifatga   ega   bo’lgan   bir   vaqtdagi   qo’zg’alish
tufayli sezgirlikning o’zgarishidir. Masalan, tinch joyda tovush kuchliroq seziladi.
Oqimtir   fonda   qora   rang   qoraroq,   qoramtir   fonda   oq   rang   yana   ham   och   bo’lib
seziladi.   Odam   charchaganda   sezgirlik   pasayadi.   harakat   oshganda   sovuqqa
sezgirlik   o’tkirlashadi.   Sezgirlik   kasbga   ham   bog’liq.   Masalan,   rassomlarda   rang
sezish, musiqachilarda tovush sezish va shu kabilar.
Idrok haqida tushuncha.
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib, barcha
ruhiy holatlar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni egallangan
bilimlar,   tajribalar,   ko’nikmalar   bir   davrning   o’zida   namoyon   bo’ladi,   aks
ettirishda ishtirok etadi. 
Idrok   sezgiga   nisbatan   bir   muncha   murakkabroq,   to’laroq   aks   ettirish   jarayoni
bo’lib, sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turgan narsa va hodisalarni butun belgi hamda
xususiyatlari   bilan   butunligicha,   ya'ni   yaxlit   aks   ettirishdan   iboratdir.   Masalan, olmani ko’rgan paytimizda uning shakli, rangi, ta'mi, hidi va navi bilan birgalikda
bir butun narsa tarzida idrok etamiz. Demak, idrok qilish jarayonida deyarli barcha
sezgilarimiz qatnashadi. 
Shuning   uchun   ham   idrok   sezgiga   nisbatan   ancha   murakkab   aks   ettirish
jarayonidir. 
Shaxs   tevarak-atrofdagi   narsa   va   hodisalarning   faqat   ayrim   xossalarini   ongda
aks   ettirib   qolmaydi,   balki   ularning   barcha   xossalarini   birgalikda   bir   butun   holda
ham aks ettiradi. 
Psixologik adbiyotlarda idrok tushunchasiga turlicha ta'riflar uchraydi. Jumladan
M.Vohidovning   "Psixologiya"   darsligida   idrok   deb   sezgi   a'zolarimizga   ta'sir
etayotgan narsa va hodisalarni yaxlit holicha aks ettirishga aytiladi, deb keltiriladi.
V.Karimovaning   "Psixologiya"   o’quv   qo’llanmasida   idrok   bu   bilishimizning
shunday   shakliki,   u   borliqdagi   ko’plab   xilma-xil   predmet   va   hodisalar   orasida
bizga ayni paytda kerak bo’lgan ob'ektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda
aks ettirishimizni ta'minlaydi. 
Keltirilgan   ta'riflardan   kelib   chiqqan   holda   idrokka   quyidigicha   ta'rif   berish
mumkin:   Idrok -deb   sezgi   a'zolariga   bevosita   ta'sir   etib   turgan   narsa-hodisalar
obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi.
  Kishi   narsa-hodisalarning   ayrim   xossalarini   sezadi.   Uni   bir   butun   holda   idrok
qiladi. Chunki narsa va xossa bir-biridan ajralgan holda mavjud bo’lmaydi. Odam
narsalarni   idrok   qilayotganda   uning   ayrim   xossalarini   sezadi.   Masalan:   chaqmoq
qandni   idrok   qilinadi,   uning   shirinligi   seziladi.   quyoshni   idrok   qilinadi,   uning
issiqligi seziladi va boshqalar. 
Idrok qo’zg’atuvchilarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq
qilib,   narsani   butunligicha,   yaxlitligicha,   uning   hamma   xususiyatlari   bilan
birgalikda   aks   ettiriladi.   Shuning   uchun   idrok   ayrim   sezgilarning   oddiy
yig’indisidan   iboratdir,   degan   xulosa   chiqarib   bo’lmaydi.   Idrok   o’ziga   xos
tuzilishga ega bo’lgan hissiy bilishning sifat jihatidan yangi yuksakroq bosqichidir.
Idrokning   muhim   tomonlaridan   biri   -   uning   xususiyatlarini   turli   jabhalar,
vaziyatlar,   sharoitlarda   namoyon   bo’lishidir.   Idrokning   muhim   xususiyatlaridan biri   -   bu  faol   ravishda   bevosita   aks   ettirish   imkoniyatining  mavjudligidir.   Odatda
insonning   idrok   qilish   (perseptiv)   faoliyatini   uning   o’zlashtirilgan   bilimlari,
to’plagan   tajribalari   shuningdek,   murakkab   analitik-sintetik   harakatlar   tizimi
zamirida yuzaga keladi.
Idrokning yana bir muhim xususiyati, uning narsa va hodisalarni umumlashgan
holda   aks   ettirilishdir.   Ma'lumki,   inson   psixikasiga   kirib   borayotgan   ko’p   qirrali,
ko’p yoqlama amallari idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib qolmasdan, balki
o’sha majmua aniq qism yoki hodisa sifatida baholanadi.
Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir.
Masalan:   toshko’mir   yoruqlikda   yoqdu   sochadi,   oq   qog’ozdan   ko’proq   nur
balqiydi. Lekin inson bu narsalarni "qora" va "oq" deb idrok qiladi, vujudga kelgan
bevosita sub'ektiv taassurotlarga nisbatan o’zgartirishlar, tuzatishlar kiritadi. 
Idrok   jarayonida   deyarli   barcha   sezgilarimiz   ishtirok   etsa   ham   idrok
sezgilarimizning   oddiy   yig’indisidan   iborat   deb   bo’lmaydi.   Idrok   jarayonida   turli
sezgilarimizdan tashqari odamning shu paytgacha orttirilgan turmush tajribasi ham
ishtirok etadi. Odam o’z turmush tajribasida juda ko’p narsa va hodisalarni takror-
takror   idrok   qilgani   tufayli   odamning   idroki   anglanilgan   xarakatlarga   egadir.
Shuning   uchun   yetarli   turmush   tajribasiga   ega   bo’lgan   odam   (ya'ni   katta   yoshli
odamlar) idrok qilayotgan narsasi  nima ekanligini anglashga yordam beradi. hech
qanday   turmush   tajribasiga   ega   bo’lmagan   odam,   (ya'ni   chaqaloq,   bolalar)   idrok
qilayotgan narsasi nima ekanini hali mutlaqo bilmaydi.
Idrok   jarayoni   shunchaki   oddiy   aks   ettirishdan   iborat   emas.   Idrok   jarayonida
odamning   diqqati,   xotirasi,   tafakkuri,   xayoli,   hissiyoti   va   irodasi   ishtirok   etadi.
Chunonchi,   odam   diqqatini   qaratmasdan   (yo’naltirmasdan)   birorta   narsani   ham
mutlaqo idrok eta olmaydi. 
Diqqat   qaratilgandagina   ta'sir   etayotgan   narsa   va   hodisalarni   ravshan   idrok
etamiz. Idrok jarayonida odamning ilgari  orttirgan turmush  tajribasi  ishtirok qilar
ekan, binobarin idrok jarayoni odamning xotirasi bilan bog’liqdir. 
Idrokda   har   doim   xususan   tanish   jarayoni   ishtirok   etadi.   Tanish   jarayoni
qatnashayotganini   tufayli   odam   idrok   qilayotgan   narsalarini   darrov   anglab   ola biladi.   Mashhur   rus   fizologlaridan   I.I.Sechenovning   ta'kidlashicha,   odam   hozirgi
idrokidan   hosil   bo’lgan   obrazlar   ilgarigi   idroklarida   vujudga  kelgan   va   xotirasida
saqlanib   qolgan   obrazlar   bilan   taqqoslab   ko’radi.   Agar   hozirgi   idrokdan   hosil
bo’lgan obraz ilgari xuddi shu narsani idrok qilishdan vujudga keltirilgan obrazga
to’la   mos   kelsa,   ayni   choqda   idrok   qilayotgan   narsasini   taniydi.   Aksincha,   agar
hozirgi   idrokdan   hosil   bo’lgan   obraz   ilgarigi   obrazga   mos   kelmasa,   ya'ni   ayni
chog’da idrok qilayotgan narsani odam tanimasa idrok davom ettirila beradi. Idrok
jarayonida   nutq   va   tafakkurning   qatnashishi   shunda   namoyon   bo’ladiki,   har   bir
idrok   nihoyasiga   borib,   hukm   shaklida,   ya'ni   chigal   gap   shaklida   ifodalanadi.
Chunonchi   odamni   yoki   biror   idishni   idrok   qilayotganimizda   idrokimizni,   "bu
piyola"   deb   tugallaymiz.   Narsalarning   nomini   atash   bilan   idrokimizning
mazmunini   ravshanlashtiramiz.   Agar   idrok   jarayonida   narsalarning   nomini   atay
olmasak,   ya'ni   idrok   qilayotgan   narsalar   bizga   notanish   qandaydir   yangi   narsalar
bo’lsa,   unday   paytda   idrok   jarayonidagi   tafakkur   faollashib   ketadi.   Odam   idrok
qilayotgan narsasi nima ekanligi haqida o’ylay boshlaydi.
Idrok   jarayonida   xayolning   qatnashishi   shunda   ko’rinadiki,   odam   o’zidan
allanimalarni   qo’shib,   idrok   qilayotgan   narsasidan   hosil   bo’lgan   obrazning
mazmunini   kengaytirib   yuboradi.   Masalan,   osmondagi   to’da-to’da   bulutlarga
qarab,   ularning   shaklini   nimalargadir   o’xshatish   mumkin.   Idrok   jarayonida
xayolning ishtirok qilishi, xususan, bolalarda yaqqol ko’rinadi. 
Idrok   jarayonida   his-tuyg’ularning   ishtirok   qilishi   shu   idrok   qilayotgan
narsalarimizga   nisbatan   hosil   bo’ladigan   munosabatlarimizda   ko’rinadi.   Odam
idrok   qilayotgan   hamma   narsalarga   nisbatan   bir   xilda   munosabatda   bo’lmaydi.
Agar   odam   ilgari   biror   narsani   idrok   qilayotgan   paytda   qattiq   xafa   bo’lgan,
kayfiyati   buzilgan   bo’lsa,   shu   narsani   yana   ikkinchi   marta   idrok   qilganda   yana
hissiyotlarga   nisbatan   bo’lsa   ham   sodir   bo’ladi.   Bundan   tashqari   idrok   hissiy
holatning ishtiroki  yana  shunda ochiq  ravshan  ko’rinadiki, odam  qattiq qo’rqinch
hissini   boshidan   kechirayotgan   paytda  idroki   yanglish   bo’ladi,  ya'ni   kuchli   hissiy
holat   ta'sirida   ayrim   narsalar   boshqacha   bo’lib   ko’rinadi.   Chunonchi   kechasi
qorong’i  ko’chada  qo’rqib kelayotgan odamga  ro’parasidagi  to’nka pisib, poylab, o’tirgan   odamga   o’xshab   ko’rinadi.   Shuning   uchun   ham   "   qo’rqqanga   qo’sha
ko’rinar"   degan   xalq   maqoli   bejiz   aytilgan   emas.   Aksincha,   odamning   kayfiyati
choq, xursand paytida hamma idrok qilayotgan narsalari chiroyli va yoqimli bo’lib
tuyuladi. 
Ma'lumki, idrok sezgi  a'zolari asosida  vujudga keladi. Har  bir idrok jarayonida
bir necha sezgi a'zosi ishtirok etadi. Lekin ulardan biri eng muhim o’rinda turadi.
Masalan,   suratni   idrok   qilishda   ko’rish   organi,   musiqa   va   nutqni   idrok   qilishda
eshitish   organi   yetakchilik   qiladi.   Idrok   jarayonida   qaysi   sezgi   a'zosining
yetakchilik   rolini   o’ynashiga   qarab,   idrokni   bir   necha   turlarga   ajratish   mumkin.
Masalan,   ko’rish   idroki,   eshitish   idroki,   hid   bilish   idroki,   ta'm   bilish   idroki   va
boshqalar.   Bundan   tashqari   idrokning   aralash   turi   ham   mavjud   bo’lib,   bunda   bir
necha   analizator   birgalikda   ishtirok   etadi.   Masalan,   kinofilmni   idrok   qilishda
ko’rish va eshitish sezgisi  ishtirok etadi. Tevarak atrofdagi narsa va hodisalar bir-
biriga bog’liq. Ular muayyan makonda ma'lum  vaqtda sodir  bo’ladi. Shuningdek,
ular bir-birlariga va idrok qiluvchiga nisbatan ma'lum munosabatda shakl, hajm va
boshqa xossalarga egadir. 
Sezgilar eng oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda
murakkab   psixik   jarayon   qisoblanadi.   Idrokning   murakkabligi   q uyidagilarda
ifodalanadi: 
 Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni
idrok   qilish,   bunda   quyidagi   sezgilar   ishtirok   etadi,   qovunning   shakli   va   rangini
aks   ettiruvchi   ko’rish   sezgisi,   hidini   aks   ettiruvchi   hid   sezgisi,   mazasini   aks
ettiruvchi ta'm bilish sezgisi, harakatini aks ettiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu
sezgilar   tahlil   yordamida   ajratib   olinadi   va   idrokning   perseptiv   tomonini   tashkil
qiladi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi. Bu
esa idrokning perseptiv tomonini tashkil  q iladi.
 Har bir idrok tarkibiga kishining o’tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari
kiradi. 
Idrokning nerv fiziologik asosi Idrok   ham   sezgi   kabi   reflektor   jarayon   hisoblanadi.   I.P.Pavlov   bo’yicha
idrokning   negizini   tevarak-atrofimizdagi   narsa   va   hodisalar   reseptorlarga   ta'sir
etishi   natijasida   bosh   miyaning   katta   yarim   sharlari   qobiqida   hosil   bo’ladigan
shartli reflekslarning muvaqqat  nerv bog’lanishlari tashkil  etadi. Tashqi  olamdagi
narsalar   va   hodisalar   kompleks   qo’zg’atuvchi   sifatida   xizmat   qiladi.
Analizatorlarning   qobiq   bo’linmalar   o’zagida   ana   shu   kompleks
qo’zg’atuvchilarning murakkab tahlili va sintezi amalga oshiriladi. Idrok sezgilarga
qaraganda miyaning ancha yuksak darajadagi tahlil qilish, umumlashtirish faoliyati
hisoblanadi.   Tahlil   qilmasdan   turib,   idrokning   anglangan   bo’lishi   mumkin   emas.
Jumladan,   notanish   xorijiy   tilda   aytilgan   nutq   boshdan-oyoq   tovushlar   oqimi
tarzida   idrok   etiladi.   Nutqning   anglangan   holda   idrok   etilishi,   ya'ni   u   tushunishi
uchun   nutqning   alohida   iboralarga   mohiyat   e'tibori   bilan   so’zlarga   ajratish
shartidir. Ayni paytda nutqni idrok etish  jarayonida tahlil bilan bab- baravar tarzda
sintez qilinadi, shu tufayli  biz aloqida tarqoq tovushlarni  emas, balki so’zlarni va
iboralarni   idrok   etamiz.   Muvaqqat   nerv   bog’lanishlarining   o’rnatilishi   sintezning
negizini tashkil  qiladi. Idrokning negizi nerv bog’lanishlarining ikki turidan, bitta
analizator   doirasida   hosil   bo’ladigan   bog’lanishlardan   va   analizatorlararo
bog’lanishlardan   tarkib   topadi.   Birinchi   holat   organizmga   bitta   modallikdagi
kopleks   qo’zg’atuvchi   ta'sir   etganda   kuzatiladi.   Eshitish   analizatorlariga   ta'sir
qiladigan   alohida   tovushlarning   o’ziga   xos   birikmasidan   iborat   kuy   ana   shunday
qo’zg’atuvchi   bo’lishi   mumkin.   Ushbu   kompleksning   hammasi   bitta   murakkab
qo’zg’atuvchi sifatida ta'sir qiladi. 
Kompleks   qo’zg’atuvchining   ta'siri   ostida   hosil   bo’ladigan   nerv
bog’lanishlarining   boshqa   bir   turi   ham   borki,   ular   turli   xildagi   analizatorlar
doirasidagi   bog’lanishlardan   iboratdir.   I.M.Sechenov   narsani   yoki   fazoni   ko’rish
kinestezik,   paypaslash   assosiasiyalari   orqali   va   boshqa   sezgilarning   assosiasiyasi
orqali idrok etilishini izohlab bergan edi. 
Kishidagi   bog’lanishlarga   albatta   so’zning   eshitilishi   bilan   obrazi   ham
qo’shiladiki,   unda   muayyan   narsa   yoki   fazoga   munosabat   gavdalangan   bo’ladi.
Idrok   negizida   hosil   bo’ladigan   muvaqqat   nerv   bog’lanishlari   tashqi   olamdagi narsalar va hodisalar xususiyatlarining ob'ektiv bog’lanishlar asosida tarkib topadi.
Analizatorlar o’rtasida hosil bo’ladigan bog’lanishlar tufayli biz idrokimizda narsa
va   hodisalarning   buning   uchun   moslashgan   analizator   bo’lmagan   xususiyatlarini
(masalan, narsaning hajmi, solishtirma og’irligi) ham aks ettiramiz. 
Shuning   uchun   ham   biz   idrok   qilganimizda   olamni   sezgilarimizga   nisbatan
chuqurroq qilib olamiz. Bu muvaqqat nerv bog’lanishlar narsa-hodisaning birgina
xossasi  bilan emas, balki barcha xossalari   kompleks qo’zg’atuvchilar ta'siri bilan
vujudga   keladi.   Masalan,   talaba   butun   bir   dars   jarayonida   idrok   qilayotganda
o’qituvchini ko’radi, uning nutqini tinglaydi, yozadi. Bu kompleks qo’zg'atuvchilar
ko’rish,   eshitish,   muskul-harakat   reseptorlarini   qo’zg’aydi.   Kompleks
qo’zg’atuvchilarning   analizatorlarning   miya   po’sti   qismidagi   yadrolarida
murakkab   tahlil   va   sintez   qilishi   amalga   oshadi.   Idrok   jarayonida   tahlil   bilan   bir
vaqtda sintez  ham  ro’y beradi. Shuning uchun biz ayrim  tovushlarni  emas,  butun
so’z va iboralarni idrok qilamiz. Demak, idrokning nerv fiziologik asosida ikkinchi
signal   tizimining   muvaqqat   nerv   bog’lanishlari   yotadi.   Muvaqqat   nerv
bog’lanishlarining   hosil   bo’lish   jarayonini   sintez   asosini   ikki   xil   nerv
bog’lanishlari tashkil qildi.
Bir   analizator   doirasida   hosil   bo’ladigan   bog’lanishlar   bir   narsadagi   kompleks
qo’zg’aluvchilarining organizmga ta'sir etishdan vujudga keladi. Masalan, eshitish
analizatoriga   ta'sir   qiladigan   ayrim   tovushlarning   o’ziga   birikishi   shunday
qo’zg’ovchi   bo’la   oladi.   Musiqa   tinglash,   rasm   ko’rish,   ular   analizatorlararo
bog’lanishlar, bir narsa yoki bir necha analizatorlarga ta'sir etadi. Masalan, ko’rish,
muskul analizatorlari, ma'ruza, monolog.
Kuzatish va kuzatuvchanlik.
Idrokning o’ziga xos juda muhim xususiyatlaridan yana biri kuzatuvchanlikdir.
Umuman   olganda   idrok   jarayonining   hammasi   kuzatish   bilan   har   doim   uzviy
bog’liq.   Chunki   odam   idrok   qilayotganida   nimanidir   kuzatadi.   Lekin   ixtiyorsiz
idrok jarayonidagi  kuzatiladigan narsa va hodisalar  odamning esida  saqlanib qola
bermaydi.  Kuzatishning   muvaffaqiyati   oldindan   qo’yiladigan   tayyorgarlikka,   kishining
bilim va tajribalariga, diqqatining kuchiga va fikrlash faolligiga bog’liq. Kishining
rejali,   tizimli   va   davomli   ixtiyoriy   idrok   qilish   qobiliyatini   kuzatuvchanlik
deyiladi.   Kuzatuvchanlik   shaxsning   shunday   xislatidirki,   bunda   u   narsa   va
hodisalarning unga bilinmaydigan muhim xarakterli xususiyatlarini payqay oladi. 
Akademik   I.P.Pavlov   kuzatuvchanlikning   ilmiy   bilimdagi   ahamiyatiga   yuksak
baho   bergan.   U   Sankt-Peterburg   yaqinidagi   Pavlova   shaqridagi   fiziologiya
institutining   oldi   tomoniga   "Kuzatuvchanlik,   kuzatuvchanlik   va   yana
kuzatuvchanlik"  deb yozdirib qo’ygan. 
Idrokda ob'ekt va fon
Odamga   juda   ko’p   narsa   va   hodisalar   ta'sir   qilib   turadi.   Bular   shunday   ko’p
xossalarga   egaki,   hatto   odam   bir   vaqtning   o’zida   ularga   javob   reaksiyasi   qaytara
olmaydi.   Odam   ko’p   sonli   qo’zg’ovchilardan   faqat   ayrimlarini   aniq   holda   ajratib
oladi.   Shu   ajratib   olingan   narsa   hodisalar   esa   fon   sanaladi.   Idrok   qilinadigan
narsani   o’rab   turgan   boshqa   narsa,   jism   yoki   hodisalarga   nisbatan   ob'ekt
hisoblanib, ob'ektning atrofdagilari esa  fon  deyiladi. Masalan, o’qituvchi bir darsda
bir necha o’quvchilardan so’raydi. Har safar so’rayotganlarni ko’radi. Chaqirilgan
o’quvchi uning javobi xatti-harakati idrok ob'ekti hisoblanadi. 
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism idrokning
ob'ekti   deb   ataladi.   Boshqa   o’quvchilar   faoliyati   idrok   foni   bo’lib   qoladi.   Idrok
foniga   kirgan   o’quvchi   javob   berish   uchun   chaqirilib   qolsa,   idrok   ob'ektiga
aylanadi   va   aksincha.   Demak,   idrok   ob'ekti   va   foni   dinamik   tabiatga   ega   bo’lib,
doimo   o’zgarib   turadi.   Ob'ekt   va   fonning   dinamikligi   bosh   miya   katta   yarim
sharlari   po’stida   vujudga   keladigan   optimal   qo’zg’alish   o’choqining   almashinishi
bilan   taqozo   etiladigan   diqqatning   bir   ob'ektdan   boshqa   ob'ektga   o’tishi   bilan
izohlanadi.   Idrok   fonidan   ob'ektni   ajratishning   psixologik   qonuniyatlarini
ikkilangan tasvirlar, shrederlar zinapoyasi, predmet konturlarini ajralishi kabilarda
aniq ko’rish mumkin. Juda   ko’p   hollarda   ob'ektni   fondan   tez   va   aniq   ajratib   olish   uchun   uni   alohida
rang, shakl va belgilar bilan ta'kidlab qo’yiladi. Masalan, transport belgilari, temir
yo’l ishchilari maxsus to’q sariq rangli kiyim kiyadilar va boshqalar.
Appersepsiya
Idrokning   o’ziga   xos   xususiyatlaridan   biri   idrok   jarayoniga   butun   psixik   hayot
mazmunining   (ya'ni   butun   ma'naviy   boyligining)   ta'sir   etishidir.   Yuqorida
aytilganidek,   idrok   jarayoni   odamning   turmush   tajribasi   bilan   bog’liq   ekan,
binobarin,   idrok   jarayoniga   bilim   boyligi   odamning   ishonch,   e'tiqodlari,
dunyoqarashi, qiziqish va ehtiyojlari hamda kasbi ta'sir qiladi. Psixologiyada idrok
jarayoniga   odamning   butun   ma'naviy   hayot   boyligini   ta'sir   etishini   appersepsiya
deb   yuritiladi.   Appersepsiya   -   idrok   jarayonini   shaxsning   oldingi   bilimlari,
shaxsiy   va   ijtimoiy   tajribalari,   qiziqishlari,   motivasiyasi,   ehtiyojlari   va   odatlari,
umuman   ruhiy   hayotining   barcha   mazmuni   bilan   belgilanishidir.   Appersepsiya
hodisasi  tufayli  odamlar  o’zaro idrokining mazmuni  bilan bir-birlaridan muayyan
darajada tafovutlanadilar, ya'ni  ular  aynan bir  xil  narsani  uzining bilimi, saviyasi,
nuqtai nazari, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha
idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, daladagi gullab turgan paxtani oddiy
bir talaba bilan tajribali agronom idrok qiladigan bo’lsa, albatta, ularning idroklari,
ya'ni   paxtani   aks   ettirishlari   juda   katta   farq   bo’ladi.   Talaba   shunchaki,   odatdagi
oddiy bir paxta sifatida aks ettirsa, agronom paxtaning qanday navi, taraqqiyotning
qaysi bosqichda ekanligi, taxminan qancha hosil berishi va shu kabilar bilan birga
chuqur   hamda   juda   to’la   idrok   etadi.   Pedagogik   va   psixologik   bilimlarga   ega
bo’lgan   tarbiyachi   bilan   bunday   bilimlardan   mutlaqo   xabarsiz   bo’lgan   oddiy   bir
onaning bolalaridagi turli extiyojlar va harakatlarni idrok qilishlari o’rtasida keskin
farq   mavjud.   Masalan,   ildiz   tushunchasini   bolalar   o’simliklarning   moddiy   asosi
sifatida,   matematiklar   sonlarning   ildizi   ko’rinishida,   ijtimoiy   nuqtai-nazardan
qarindosh-urug’chilik   shaklida   ko’z   oldiga   keltiradilar.   Appersepsiya   tushunchasi
ba'zi hollarda idrokning aniqligi, to’liqligi, ravshanligi, predmetliligi, tanlovchanlik
kabi   sifatlarning   ma'nosi   o’rnida   qo’llanilgan.   Psixologik   nazariyalariga   ko’ra,
appersepsiya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat) deb yuritiluvchi ikki turga ajratiladi. Barqaror  appersepsiya  hodisasi  shaxsning  dunyoqarashi,  qat'iy maslagi,
motivasiyasi,   qiziqishi,   bilim   saviyasi,   madaniy   darajasi,   xulq-atvori,   ma'naviyati
va   kasbiy   tayyorgarligiga   bog’liq   bo’lib,   u   o’ta   murakkab   tuzilishga   egadir.
Muvaqqat   (vaqtincha)   appersepsiya   turi   esa   shaxsning   faqat   idrok   qilishi
jarayonidagi   emosional   holatiga,   ya'ni   uning   kayfiyati,   ruhlanishi,   shijoati,   stress,
affekt   ko’rinishidagi   his-tuyg’ularida,   ularning   sur'ati,   davomiyligi   tizimida   o’z
ifodasini topadi.
Idrok   xususiyatining   yana   bir   o’ziga   xos   xususiyati   uning   konstantligidir.
Idrokning   konstantligi   deganda   biz   idrok   qilishdan   ongimizda   hosil   bo’lgan
obrazning   real   voqelikdagi   bizga   ta'sir   etib   turgan   narsaning   tabiiy   holatiga   har
jihatdan   mos   bo’lishini   tushunamiz.   Ma'lumki,   narsalarning   hajmi   (katta   yoki
kichikligi)   shu   narsalarni   qanday   masofadan   (uzokdan   yoki   yaqindan)   idrok
qilayotganimizga qarab o’zgarib turadi. Lekin shunday bo’lsa ham idrok qilishdan
hosil bo’lgan narsalarning ongimizdagi obrazlari hamma vaqt shu narsaning tabiiy
holatiga mos bo’ladi, masalan, katta yo’lda ketayotib, uzoqdan gugurt qutichasidek
kichkina   bo’lib   kelayotgan   avtobusni   ko’rib,   "kichkinagina   avtobus"   kelyapti
demaymiz.   Uzoqdagi   avtobusni   idrok   qilishda   ongimizda   hosil   bo’lgan   obraz
avtobusning   real   hajmiga   teng   bo’ladi.   Yoki   tepamizdan   katta   balandlikda   uchib
ketayotgan   hozirgi   zamon   yirik   passajir   samolyotlarini   ko’rib,   kichkina
samolyotchalar   uchib   ketishayapti,   deb   aytmaymiz.   Biroq   shu   narsani   aytish
kerakki,   idrokning   konstantligi   hususiyati   ham   odamning   turmush   tajribasi   bilan
bog’liqdir.   Chunonchi,   umrida   hech   qachon   hozirgi   zamon   katta   passajir
samolyotlarini   ko’rmagan   odam   baland   uchib   ketayotgan   samolyotni   idrok   qilib,
uning real hajmini (qanchalik kattaligini) tasavvur eta olmaydi.
Ko’rishda  masofa, rang, shakl, hajm  konstantliklari  ro’y beradi. qalamni  20 va
1sm masofadan idrok qilish, doskani 1 va 10 m masofadan idrokqilish, oq qog’oz
yoki   quyoshda,   xona   ichida,   koridorda   ham   oq   idrok   qilinadi.   Konstantlik
hodisasida odam  narsalarni  ko’z shuur pardasiga tushgan suratiga aynan muvofiq
ko’rmaydi,   balki   ular   haqiqatdan   qanday   mavjud   bo’lsa,   shunday   ko’radi.   Bu
kishining tajribasi, ommaviy faoliyati jarayonida vujudga keladi. Illyuziya
Idrok   jarayonining   navbatdagi   yana   bir   o’ziga   xos   xususiyati   idrok   qilishda
ba'zan   yuz   beradigan   illyuziya   hodisasidir.   Illyuziya   -   bizga   ta'sir   qilayotgan
narsalarni yanglish idrok qilish demakdir. Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi:
a) ob'ektiv illyuziya;
b) sub'ektiv illyuziya.
Ob'ektiv   illyuziya   -   hamma   odamlar   uchun   umumiy   xarakterga   ega   bo’lib,   uni
geometrik   illyuziya   deb   ham   yuritiladi.   Ob'ektiv   illyuziya   biz   idrok   qilayotgan
narsalarning o’zaro bir-biriga ta'siri tufayli yuz beradi. Illyuziyaning bu turi har xil
geometrik   shakllarni   idrok   qilishda   juda   yaqqol   ko’rinadi.   Masalan,   uzunligi
baravar bo’lgan ikkita gorizontal to’g’ri chiziq chizilsa, bu chiziqlarning uchlariga
tashqariga qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq bo’lib ko’rinadi. Idrok
jarayonida   yuz   beradigan   illyuziyaning   bu   turiga   juda   ko’plab   misol   keltirish
mumkin.   Masalan,   baravar   kattalikka   ega   bo’lgan   uchta   ketma-ket   turgan   to’g’ri
burchakli   ustunchalarni   chizib,   ularning   atrofiga   uzoqlashtiruvchi   chiziqlarni
chizsak,   bu   uchta   ketma-ket   turgan   ustunchalar   har   xil   kattalikda   bo’lib   ko’rina
boshlaydi. Bu erda uzoqlashtiruvchi chiziqlarning ta'sirida illyuziya hosil bo’ladi.
Sub'ektiv   illyuziyalar   odamning   ayni   chog’dagi   hissiy   holati   bilan   bog’liq
bo’ladi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   odamning   hissiy   holatida   ro’y   beradigan
o’zgarishlar   idrok   jarayoniga   ta'sir   qiladi.   Masalan,   yuqorida   aytib   o’tilganidek,
odam   kechasi   yolg’iz   ko’chada   qo’rqib   ketayotgan   bo’lsa,   har   bir   sharpa   uning
qo’rqinch hissini  kuchaytirib yuboradi. Natijada uning ro’parasidan chiqib qolgan
butalgan daraxt qandaydir dahshatli mavjudotga o’xshab ko’rinadi.
Hayotda   keng   tarqalgan   har   xil   ins-u   jins,   devlar,   ajinalar   va   shu   kabi   nojins
narsalar   haqidagi   ko’plab   gaplar   kuchli   qo’rqinch   hissi   ta'sirida   noto’g’ri   idrok
qilish,   ya'ni   sub'ektiv   illyuziya   tufayli   vujudga   kelgandir.   Ba'zan   odam   qattiq
qo’rqqan   paytida   bosh   miya   katta   yarim   sharlarining   po’stidagi   muhim
markazlardan   birortasi   uzoq   muddatli   tormozlanish   holatiga   tushib   qolishi
mumkin.   Buni   akademik   I.I.Pavlov   hayotni   muhofaza   qiluvchi   tormozlanish   deb
atagan edi. Ana shunday paytda tormozlanib qolgan markaz bilan bog’liq bo’lgan organizmning biror qismida keskin o’zgarish paydo bo’ladi. Chunonchi odamning
og’zi   yoki   ko’zi   qiyshayib   qolishi   mumkin   yoki   ho’li,   oyoqi   falaj   bo’lib   qolishi
mumkin.
Sub'ektiv illyuziya hodisasi, ya'ni qattiq qo’rqinch hissi ta'sirida noto’g’ri idrok
qilish   hodisasi   bolalarda   ham   uchrashi   mumkin.   Shuning   uchun   ana   shu
yug’oridagi   mulohazalarni,   ya'ni   yanglish   idrok   natijasida   paydo   bo’ladigan
qo’rqinchli obrazlarni nazarda tutib, hech vaqt bolalarni qo’rqitish kerak emas.
Psixologiyada   ko’rish   illyuziyalarining   o’rganilishi   muayyan   o’zining   tadqiqot
tarixiga ega. Masalan, agarda biz ko’rsatkich va o’rta barmoqlarimizni chalishtirib,
no’xot   yoki   bironta   dumaloq   narsani   chalishtirgan   holda   ikkala   barmoqimizning
uchi   bilan   bosib   turib,   shuningdek   ayni   bir   davrda   aylantiraversak,   bu   holda
barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no’xot bordek his qilamiz.
Ana   shu   holdagi   bir   narsaning   ikkita   bo’lib   sezilishi   Aristotel   (Arastu)
illyuziyasi  deb ataladi. 
Idrok   qiluvchi   shaxsning   psixikasida   ro’y   beradigan   o’zgarishlar   bilan   yuzaga
keladigan tasodifiy illyuziyalar ham  mavjuddir. Sahroda chanqagan inson uzoqda
yarqirab turgan sho’rhok yerni ko’l deb idrok qilishi (lekin bu illyuziyani sahrodan
farq   qila   olishi   joiz)   yoki   o’rmondagi   to’nka   qo’rqoq   insonning   ko’ziga   bironta
yirtqich hayvonga o’xshab ko’rinishi xuddi shu illyuziyalar jumlasidandir. 
Gallyusinasiya
Voqelikdagi   narsa   va   hodisalarning   tana   a'zolarini   qabul   qilish   analizatorlarga
bevosita   ta'sir   etmasdan   inson   ongida   turli   obrazlarning   (ovozlarning   eshitilishi,
sharpalarning   sezilishi)   xayolan,   fikran   paydo   bo’lishidan   iborat   idrokning
psixopatalogik (ruhiy xastalik) hodisasiga   gallyusinasiya   deyiladi. Gallyusinasiya
hodisasi   muvaqqat   ruhiy   xastalikning   alomati,   ba'zan   qo’rqinch   hissi   mahsuli
hisoblanib,   bosh   miya   katta   yarim   sharlari   qobiqidagi   qo’zg’alish   jarayonlarining
nuqsonli   sust   (patologik)   harakati   natijasida   goho   asab   tizimining   zaharlanishi,
zaiflashuvi,   haddan   tashqari   toliqishi   tufayli   yuzaga   kelishi   mumkin.
Gallyusinasiya   hodisasi   bir   necha   xil   ko’rinishga   ega   bo’lishi   mumkin,   ularning
eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a ) yo’q narsalarning ko’zga ko’rinishi; b) u   yoki   bu   ovozlar,   tovushlar   eshitilishi;   v)   yo’q   sharpalar,   hidlar   sezilishi
kabilardir.
Odatda illyuziyani gallyusinasiyadan farq qila olish lozim. Illyuziya shu lahzada
shaxsning sezgi  a'zolariga ta'sir  etib turgan biror narsani  yanglish, noto’g’ri idrok
qilish   jarayoni   bo’lsa,   gallyusinasiya   yo’q   mavjud   bo’lmagan   narsalarni   tashqi
ta'surotsiz   idrok   qilishdir.   Masalan,   yo’q   narsalarning   ko’zga   bordek   ko’rinishi,
yo’q   ovozlarning   quloqqa   eshitilishi,   yo’q   hidlarning   dimoqqa   urilishi   kabilar
gallyusinasiyaning   mahsuli   bo’lib   hisoblanadi.   Gallyusinasiya   shaxsning   biror
narsa   va   holatni   ko’rgandek,   eshitilgandek,   his   qilgandek   kabi   tasavvurning   aks
etishidir   xolos.   Gallyusinasiya   hodisasi   ko’pincha   kasallikdan   (isitma,
alahsirashdan) darak beruvchi alomatdir, u nerv tizimini buzadigan kasalliklarning
oqibatida ro’y berishi mumkin. 
Idrokning tasnifi
Idrokni   klassifikasiya   qilishda   quyidagi   3   ta   muhim   tomoni   hisobga   olinishi
kerak va ular quyidagi jadvalda keltirilgan.
 Idrok   jarayonida   qaysi   analizatorning   yetakchi   rol   o’ynashiga   qarab:
ko’rish, eshitish, teri tuyish knestezik harakat, hid bilish va ta'm bilish idroklari bir-
biridan farq qiladi. 
 Yashash   shakllariga   qarab   idrok:   fazoni   vaqtni   va   harakatni   idrok   qilishga
bo’linadi.Ko'rish	
Tuyish	
Eshitish	
Kinestezik	
Hid bilish	
Ta'm
 bilish	
Aralash Materiyaning yashash 
shakliga qarabIDROKNING TASNIFI
Analizatorga qarab Fazoni idrok
qilish
Vaqtni idrok
qilish
Harakatni idrok qilishAktivligiga ko'ra
Ixtiyoriy
Ixtiyorsiz  Idrok   faollik   darajasiga   qarab :   ixtiyorsiz   va   ixtiyoriy   shakllarga   bo’linadi.
Bunga   sabab   idrokning   diqqat   bilan   uzviy   bog’liqligidir.   Diqqat   idrokning
faolligini   oshiradi   hamda   idrokning   mukammal,   ravshan,   aniq   bo’lishiga   xizmat
qiladi. 
Ma'lumki   idrok   odatda   ixtiyoriy  va   ixtiyorsiz   bo’ladi.   Ixtiyorsiz   idrok   hamisha
ixtiyorsiz   diqqat   bilan  bog’liq  bo’lib,  muayyan   bir  maqsadsiz,   hech  qanday  iroda
kuchi  sarf   qilinmasdan   amalga  oshiriladi.  Ixtiyorsiz  idrok biror   narsani  to’satdan,
ta'sir   etayotgan   narsalarning   boshqa   narsalardan   keskin   farq   qilishi,   haddan
tashqari originalligi, yorqinligi natijasida yuzaga keladi. Ixtiyorsiz idrok odamning
butun   faoliyati   davomida   uzluksiz   davom   etib,   ayrim   paytlarda   ixtiyoriy   idrok
bilan   almashinib   turadi.   Lekin   shunday   bo’lsa   ham   inson   hayotida   ixtiyoriy
idrokning roli benihoya kattadir. 
Ixtiyoriy   idrok   oldindan   belgilangan   muayyan   bir   maqsad   asosida   amalga
oshiriladi.   Idrokning   ishtiroki   asosan   ixtiyoriy   idrokda   namoyon   bo’ladi.   Chunki
ixtiyoriy   idrok   ko’pincha   odamda   irodaviy   zo’r   berishni   talab   qiladi.   Masalan,
darsni ixtiyoriy idrok bilan eshitib o’tirish odamdan anchagina iroda kuchini talab
qiladi. Umuman olganda, har qanday ixtiyoriy idrokda albatta diqqat qatnashadi.
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarni yaxlit aks ettirishdan iborat bo’lgan
iroda   jarayonining   bir   qancha   o’ziga   xos   xususiyatlari   bordir.   Odatda   ikki   idrok
turi   farq   qilinadi.   Ulardan   biri   sodda   idrok   bo’lsa,   ikkinchisi   murakkab   idrokdir.
Sodda   idrok   deganda   atrofimizdagi   turli-tuman   narsalari   masalan,   xonadagi   stol-
stullar,   shkaflar   hamda   shkaflardagi   o’yinchoqlarni   idrok   qilish   sodda   idrok
qilishdan iboratdir.
Idrokni tasnif qilishda materiyaning yashash shakllari - fazo, vaqt, harakat asos
qilib olinadi, unga ko’ra idrok quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Fazoni idrok  q ilish
2. Va q tni idrok  q ilish
3. H arakatni idrok  q ilish
Fazoni idrok  q ilish Fazoni idrok qilish voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan o’rnini,
shaklini, miqdorini, bir-biriga nisbatan munosabatlar bilish jarayonining shaklidir.
Voqelikni   idrok   qilish   orqali   inson   borliq   to’g’risida,   uning   xususiyatlari,   xajmi,
masofasi   (ich   tomonni,   chuqurligi)   yuzasida   muayyan   ma'lumotlar,   xossalar,
axborotlar to’plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Fazoni   idrok   qilish   undagi   narsalarning   shaklini,   hajmini   va   o’zaro
munosabatlarini   aks   ettirishdir.   Demak,   fazodagi   narsalar   uch   o’lchovda   idrok
qilinadi;   narsalarning   shakli:   uch   burchakli,   to’rt   burchakli,   kub,   kvadrat,   doira,
konus   va   boshqalar.   Narsalarning   hajmi   katta,   kichik,   o’rtacha,   yirik,   mayda   va
boshqalar. Narsalarning bir-biriga va idrok qiluvchiga munosabati: o’ngda, chapda,
yuqorida, pastda, uzoqda va hokazo. Fazoni ko’rish, teri, muskul-harakat organlari
bilan   idrok   qilinadi.   Fazoni   bir   ko’z   bilan   yoki   ikki   ko’z   bilan   idrok   qilamiz.
Monokulyar idrokda narsalarning chetlaridan kelayotgan nurlar bitta ko’zning to’r
pardasida aks etadi. Bu nurlar ko’z gavharlarida bir-birini kesib o’tadi va ularning
kesishgan joyida ko’rish burchagi hosil bo’ladi. Bu burchakning katta-kichikligiga
hamda uning ko’zdan qanchalik uzoq-yaqinligiga bog’liq. Ko’z gavharlarining va
umuman   ko’zning   narsalarni   eng   yaxshi   ko’rish   uchun   moslashuvini
akkomadasiya  deyiladi. 
Odatda fazodagi narsalarning shakli, hajmi va o’zaro munosabatlarini ikki ko’z
bilan binokulyar idrok qilinadi. 
Biz   bir   narsaga   ikki   ko’z   bilan   qaraymiz.   Lekin   narsa   bitta   aks   etadi.   Buning
sababi   o’sha   narsadan   keladigan   nurlarning   ko’z   pardasiga   mos   yoki   mos
bo’lmagan nuqtalariga to’g’ri kelishidir. 
Narsalarning fazo munosabatini binokulyar idrok qilishda konvergensiya muhim
ahamiyatga ega.
Konvergensiya   -   biror   narsaga   qaraganda   ikkala   ko’z   soqqasining   qanshar
tomon bab-barobar burilishidir. Konvergensiya masofani, chuqurligini aniq, to’liq
idrok qilishga imkon beradi.
Vaqtni idrok qilish Odamda   inson   tomonidan   vaqtni   idrok   qilish   asosan   ruhiy   hodisalar,   holatlar,
vaziyatlar,   xususiyatlarning   o’zaro   o’rin   almashinuvi   tufayli   namoyon   bo’ladi   va
o’ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi.
Vaqtni   idrok   qilish   inson   tomonidan   aks   ettirilayotgan   vaqt   birligining   ob'ektiv
(haqqoniy,   xolis)   mazmuniga,   shaxsning   o’ziga   nisbatan   munosabatiga   bog’liq
bo’lib,   shu   mezon   orqali   uning   mahsuldorligi   o’lchanadi.   Masalan,   shaxsning
ehtiyoji   motivasiyasi,   qiziqishi   va   intilishlariga   mutanosib   vaqt   birligini,   idrok
birligini   idrok   qilgan   taqdirdagina   vaqt   ob'ektiv   jihatdan   kechinmalar,   his-
tuyg’ularga   nisbatan   shaxsning   ijobiy,   haqqoniy   munosabatlarida   tez   o’tganday
idrok   qilinadi,   odatda   yoqtirmaslik   idrok   maydoniga   (qamroviga)   nomutanosiblik
esa shaxsda zerikish, vaqt "sekin" o’tish tuyg’usini uyg’otadi.
Biz   idrok   qilib   turgan   narsa-hodisalar   muayyan   vaht   davomida   paydo   bo’ladi,
o’zgaradi va o’tib ketadi. Vaqt materiya mavjudligining asosiy shakllaridan biridir.
Vaqtni   idrok   qilish   voqelikdagi   hodisalar   va   ularning   muntazamligini   aks
ettirishdir.   Vaqtni   idrok   qilish   ob'ektiv   reallikni   aks   ettirib,   kishini   o’rab   olgan
muhitda   mo’ljal   olishiga   imkon   beradi.   Vaqtni   mo’ljal   olish   orientirovkasi
miyaning   po’st   bo’limlari   yordamida   amalga   oshadi.   Lekin   vaqtni   idrok   qiluvchi
maxsus a'zo mavjud emas.
Vaqtni   idrok   qilishda   turli   analizatorlar   qatnashadi,   biroq   vaqtlar   oraliqinining
bir muncha aniq farqini kinestezik va eshitish sezgilari beradi.
Markaziy   asab   tizimida   bosh   miya   katta   yarim   sharlarida   qo’zg’alish   va
tormozlanishning ritmik almashinuvi vaqtni idrok qilish asosida yotadi. Agar bosh
miya   po’stida   qo’zg’alish   jarayoni   ustunlik   qilsa,   vaqt   "tez"   o’tgandek,   agar
tormozlanish ustunlik qilsa, vaqt "sekin" o’tgandek idrok qilinadi. Vaqtning "tez"
yoki   "sekin"   o’tishi   kishining   vaqtga   va   diqqati   yo’naltirilgan   ob'ektga
munosabatiga   ham   bog’liq.   Masalan,   biror   darsning   o’tishi,   kinofilmni   ko’rish,
avtobus   yoki   biror   kishining   kelishini   kutish   va   hokazo.   Odamlar   vaqtni   ob'ektiv
belgilash, uning oraliqini to’g’ri  farqlashga imkon beradigan narsalar  oy, quyosh,
yulduzlar harakatidan foydalanib kelganlar.
Harakatni idrok qilish Biosfera   va   nosferadagi   harakatlarni   idrok   qilish   jismlarning   (ba'zan   nisbiy
jihatdan boshqa ijtimoiy-siyosiy, tabiiy holatlarning) fazodagi (ijtimoiy hayotdagi)
o’rin   almashinuvini   bevosita   (bavosita)   aks   ettirishdan   iboratdir.   Shu   sababdan,
harakat   taqqoslanmasdan   idrok   qilinishi   ilmiy   psixologik   manbalarda   qayd   qilib
o’tiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurshab turgan harakatsiz boshqa jismlarga
taqqoslangan   holda   idrok   qilinsa,   bunday   toifadagi   harakat   nisbatan   idrok   qilish
deb   ataladi.   Agarda   harakatlanayotgan   jism   hech   qanday   narsa   bilan
taqqoslanmasdan   idrok   qilinsa,   bu   ko’rinishdagi   harakat   esa   nisbat   berilmasdan
nisbatsiz idrok qilish deyiladi. 
Tevarak-atrofdagi   narsa-hodisalar   muayyan   vaqt   davomida   o’z   o’rinlarini
almashtirib   turadilar.   Kishilar   narsa-hodisalarning   fazoda   o’rin   almashtirib
turishini,   ya'ni   harakatini   ham   idrok   qiladilar.   harakatni   idrok   qilishda   ko’rish   va
kinestezik   analizator   asosiy   rol   o’ynaydi.   Tezlik,   tezlanish   va   harakatning
yo’nalishi harakat qilayotgan ob'ekt parametridir. Odam narsalarni harakati haqida
ikki yo’l bilan ma'lumot olishi mumkin.
 H arakatni bevosita idrok  q ilish
 H arakat  h a q ida xulosa chi q arish.
Harakatni bevosita ko’rish orqali idrok qilish ikki xildir.
a) ko’zni harakatdagi narsa bilan birga yuritish
b) ko’zni bir nuqtaga qaratib turish.
Harakat   tez   yoki   sekin   bo’layotgandek   idrok   qilinadi.   Harakatni   bunday   idrok
qilinishi   narsalarning   ob'ektiv   tezligiga   va   uning   idrok   qilinuvchidan   qanchalik
uzoq   yaqinligiga   bog’liq   Harakatni   eshitish   analizatori   yordami   bilan   ham   idrok
qilinadi.                  Adabiyotlar.
1. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. O.To’rayeva. Tosh-t. O’qit. - 1990.
2. Yusupov E., Ismoilov. Inson odobi bilan. -T., O’zb-n., 1983.
3. Mirtursunov.Z.F. O’zbek xalq pedagogikasi. -T., «Fan», 1973.
4. Oila   pedagogikasi.   A.Munavvarov.   Xalq   pedagogikasi   va   ma’naviy
qadriyatlar tarbiya manbai.  Tosh-t. O’qit. - 1992.
5. Talabalar   uchun   psixologiyasidan   topshiriqlar.     L.P.Xoxlova.   -T.,   O’qit.   -
1992.
6. Mirzakalon Ismoiliy. Odamiylik qissasi. -T., «O’zbek-n»., 1975.
7. Psixologiya v semye. I.Plotniyeks. Moskva.  «Pedagogika» 1991.
8. Oila tayanchi.Ilmiy maqolalar to’plami., Toshkent T.D.P.U. 1998.

SEZGI VA IDROK Reja 1. Sezgi haqida tushuncha 2. Sezgi turlari 1. Idrok haqida tushuncha. 2. Idrokning xususiyatlari 3. Idrokning tasnifi

Sezgi haqida tushuncha Ma'lumki bizni o’rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko’p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta'mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g’adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a'zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz. Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo’ladi. Chunonchi, nurlarning ko’zimizga ta'sir qilishi natijasida ko’rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to’lqinlarining quloqimizga ta'sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo’shlig’iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta'siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo’limiz yoki badanimizga tegib ta'sir etish natijasida teri (taktil - biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo’ladi. Demak, sezgi deb - atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz. Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo’lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo’zg’atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta'sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma'lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o’tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo’lgani bilan uning yuzaga kelishi o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Ular jumlasiga q uyidagilar kiradi:  Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va h odisaning bo’lishi.  Sezuvchi apparat, ya'ni analizatorning mavjud bo’lishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz. Sezgi idrok bilan bog’liq bo’ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a'zolarimizga ta'siri

natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to’plab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o’z ichki holatini adekvat "mos" aks ettirishi hosil bo’ladi. Sezgi a'zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo’llaridan biridir. Sezgilarning nerv - fiziologik asoslari Ma'lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta'sirlar natijasida hosil bo’lmay, balki organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu qo’zg’atuvchidan ta'sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo’ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv - fiziologik asosini qo’zg’atuvchining o’ziga aynan o’xshaydigan analizatorga ta'siri natijasida hosil bo’ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. Shuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini o’rganishda I.P.Pavlov ta'biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi. Analizator - tashqi va ichki muhitdan keladigan ta'sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo’lgan qo’zg’alishni psixik jarayonga, ya'ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 q ismdan tashkil topgan bo’lib, ular q uyidagilardan iborat:  periferik (reseptor) - tashqi quvvatni nerv jarayoniga o’tkazadigan maxsus transformator qismi;  analizatorning periferik bo’limining markaziy analizator bilan bog’laydigan yo’llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;  analizatorning periferik bo’limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo’ladigan qobiq osti va qobiq bo’limlari. Analizatorning qobiq bo’limida reseptor hujayralarining asosiy qismi jamlangan o’zak, ya'ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida ma'lum miqdorda mavjud tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism bo’ladi. Analizatorning o’zak

qismida reseptordan markazga intiluvchi nervlar joylashgan bo’lib, ko’plab hujayralardan iborat. Mazkur analizatorning periferik, ya'ni tarqalib ketgan qismlari boshqa analizatorlarning o’zaklari bilan yondosh sohalariga kiradi va alohida narsalarni izlash jarayonida butun bosh miya qobiqining katta qismi ishtirok etishiga erishiladi. Analizatorning o’zagi analiz va sintez qilish funksiyasini bajaradi , masalan , tovushlarning balandligi. Tarqoq qismlar dag’al analiz funksiyalarni, masalan musiqiy ohang va tovushlarni farqlash bilan bog’liq bo’ladi. Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo’li manbasi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi reseptordan ta'sirotni miyaga olib boruvchi nerv yo’llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning o’zaro munosabati murakkab organizmning tevarak-atrofdagi olamda to’g’ri mo’ljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini ta'minlaydi. Sezgilar tasnifi va turlari. Sezgilar qaysi a'zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya'ni ko’rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, teri, muskul-harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a'zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi. Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U reseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo’ladi.  Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda reseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya'ni ekstroreseptiv sezgilar ;  Ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda reseptorlari ichki tana a'zolarida, to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni interoreseptiv sezgilar.  Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioreseptiv sezgilar .

Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoreseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoreseptiv sezgilar asl, tub, ma'nodagi sezgilar emas, balki emosiyalar bilan sezgilar o’rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to’la o’rganilmaganligi sababli uni "noma'lum hislar" deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Interoreseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emosional reaksiyalari o’zgarishida ko’zga tashlanadi, bolada esa xatti-harakatning keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi. Chunki bola tana a'zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy o’zgarishi belgilardan buni sezish mumkin. Interoreseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o’zaro o’rin almashtirish muvozanatini ta'minlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir so’z bilan aytganda, organizmdagi jarayonlarni o’zaro o’rin almashib turishning gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Shuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga keladigan puls, zo’riqish, affekt holatlarini yo’qotish, tug’ilib kelayotgan mayllarni qondirish bilan bog’liq vazifani bajaradi. Natijada ichki tana a'zolarining faoliyatini izdan chiqarish holati yuz berishi mumkin. Interoreseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interosepsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N. Chernigovkiylar tomonidan atroflicha o’rganilgan. Ularning fikriga ko’ra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqadi Proprioseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati to’g’risida signallar bilan ta'minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent asosini tashkil qiladi. Pereferik reseptorlar muskullar, pay va bo’g’imlarda joylashgan bo’lib, maxsus tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi.