logo

SEZGI VA IDROK

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

226 KB
SEZGI VA IDROK 
Reja:
1. Sezgi haqida tushuncha .
2. Sezgi turlari .
3. Idrok haqida tushuncha.
4. Idrokning xususiyatlari .
5.Idrokning tasnifi. Sezgi haqida tushuncha
Ma'lumki   bizni   o’rab   turgan   tashqi   olamdagi   narsa   va   hodisalarning   juda   ko’p
belgi   va   xususiyatlari   mavjud.   Masalan,   narsalarning   rangi,   ta'mi,   hidi,   qattiq   yoki
yumshoqligi,   g’adir-budur   yoki   tekisligi,   harorat   va   boshqalar.   Ana   shu   narsa   va
hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi  a'zolarimiz orqali
ongimizda aks ettiramiz. 
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari
har   doim   ham   bizning   sezgi   a'zolarimizga   ta'sir   etib   turadi.   Natijada   bizda   turli
sezgilar   hosil   bo’ladi.   Chunonchi,   nurlarning   ko’zimizga   ta'sir   qilishi   natijasida
ko’rish   sezgisi,   har   xil   tezlik   va   kuchlanishdagi   havo   to’lqinlarining   quloqimizga
ta'sir   etishi   natijasida   eshitish   sezgisi,   nafas   olish   paytida   havo   bilan   birga   burun
bo’shlig’iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta'siri natijasida hid sezgisi, biror
narsani   qo’limiz   yoki   badanimizga   tegib   ta'sir   etish   natijasida   teri   (taktil   -   biror
narsaning   terimizga   tegishi)   yoki   bosim   sezgisi   va   shu   kabi   sezgilar   har   doim   hosil
bo’ladi. 
Demak,   sezgi   deb -   atrofimizdagi   narsa   va   hodisalarning   sezgi   a'zolarimizga
bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks
ettirilishini aytamiz. 
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo’lib, tashqi olamdagi
narsa   va   hodisalarni   aks   ettiradi.   Tashqi   olamdan   kelayotgan   qo’zg’atuvchilarning
muayyan   reseptorlarga   bevosita   ta'sir   etish   orqali   ayrim   belgi   va   xususiyatlarni   va
organizm   ichki   holatini   aks   ettiradi.   Ma'lumki,   insondan   sezishning   dastlabki
bosqichi   hissiy   bilishdan   boshlanib,   keyinchalik   u   mantiqiy   bilishga   o’tadi.   Sezgi
ham  oddiy  psixologik  jarayon  bo’lgani   bilan uning  yuzaga  kelishi   o’z-o’zidan hosil
bo’lmaydi. Ular jumlasiga  q uyidagilar kiradi: 
 Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va  h odisaning bo’lishi.
 Sezuvchi apparat, ya'ni analizatorning mavjud bo’lishi. Masalan, havoning
sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.
Sezgi idrok bilan bog’liq bo’ladi, lekin narsa va hodisani  idrok qilishdan oldin
uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a'zolarimizga ta'siri natijasidir.
Sezgi  axborotlarini  qabul   qilib,  tanlab,  to’plab,  har   bir   sekundda  axborotlar  oqimini
qabul qilib va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi
olamni va organizm o’z ichki holatini adekvat "mos" aks ettirishi hosil bo’ladi. Sezgi
a'zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo’llaridan biridir.
Sezgilarning nerv - fiziologik asoslari. 
Ma'lumki,   sezgilar   faqatgina   tashqi   ta'sirlar   natijasida   hosil   bo’lmay,   balki
organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu
qo’zg’atuvchidan ta'sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo’ladi va har qanday psixik
hodisa   kabi   reflektorlik   xususiyatiga   egadir.   Sezgilarning   nerv   -   fiziologik   asosini
qo’zg’atuvchining   o’ziga   aynan   o’xshaydigan   analizatorga   ta'siri   natijasida   hosil
bo’ladigan   nerv   jarayoni   tashkil   qiladi.   Shuningdek,   sezgilarning   nerv   fiziologik
asosini o’rganishda  I.P.Pavlov  ta'biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi.
Analizator  - tashqi va ichki muhitdan keladigan ta'sirotlarni qabul qilib olib, 
2 fiziologik   jarayon   bo’lgan   qo’zg’alishni   psixik   jarayonga,   ya'ni   sezgilarga
aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3  q ismdan tashkil topgan
bo’lib, ular  q uyidagilardan iborat:
 periferik   (reseptor)   -   tashqi   quvvatni   nerv   jarayoniga   o’tkazadigan
maxsus transformator qismi;
 analizatorning   periferik   bo’limining   markaziy   analizator   bilan
bog’laydigan   yo’llarni   ochadigan   afferent   (markazga   intiluvchi)   va   efferent
(markazdan qochuvchi) nervlar;
 analizatorning   periferik   bo’limlaridan   keladigan   nerv   signallarining
qayta ishlanishi sodir bo’ladigan qobiq osti va qobiq bo’limlari.
Analizatorning qobiq bo’limida reseptor hujayralarining asosiy qismi jamlangan
o’zak,   ya'ni   markaziy   qism   va   qobiqning   turli   joylarida   ma'lum   miqdorda   mavjud
tarqoq   hujayra   qismlaridan   tarkib   topgan   tashqi   qism   bo’ladi.   Analizatorning   o’zak
qismida   reseptordan   markazga   intiluvchi   nervlar   joylashgan   bo’lib,   ko’plab
hujayralardan   iborat.   Mazkur   analizatorning   periferik,   ya'ni   tarqalib   ketgan   qismlari
boshqa   analizatorlarning   o’zaklari   bilan   yondosh   sohalariga   kiradi   va   alohida
narsalarni izlash jarayonida butun bosh miya qobiqining katta qismi ishtirok etishiga
erishiladi.   Analizatorning   o’zagi   analiz   va   sintez   qilish   funksiyasini   bajaradi ,
masalan , tovushlarning balandligi.
Tarqoq   qismlar   dag’al   analiz   funksiyalarni,   masalan   musiqiy   ohang   va
tovushlarni farqlash bilan bog’liq bo’ladi. 
Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo’li manbasi va
eng   muhim   qismini   tashkil   etadi.   Reflektor   yoyi   reseptordan   ta'sirotni   miyaga   olib
boruvchi nerv yo’llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning
o’zaro munosabati  murakkab organizmning tevarak-atrofdagi  olamda to’g’ri  mo’ljal
olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini
ta'minlaydi. 
Sezgilar tasnifi va turlari.
Sezgilar qaysi a'zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya'ni
ko’rish,   eshitish,   hid   bilish,   ta'm   bilish,   teri,   muskul-harakat,   organik   sezgilarga
ajratiladi. Ular sezgi a'zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
Jahon   psixologiyasi   fanining   so’nggi   yutuqlari   hamda   atamalariga   binoan
sezgilar   quyidagicha   klassifikasiya   qilinadi.   Ushbu   tasniflanishning   dastlabki
ko’rinishi   ingliz   olimi   Ch.Sherringtonga   taalluqlidir.   U   reseptorning   qaerda
joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo’ladi. 
 Tashqi   muhitdagi   narsa   va   hodisalarning   xususiyatlarini   aks
ettirishgamoslashgan  hamda reseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar,
ya'ni  ekstroreseptiv sezgilar ;
 Ichki   tana   a'zolari   holatlarini   aks   ettiruvchi   hamda   reseptorlari   ichki   tana
a'zolarida, to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni  interoreseptiv sezgilar.
 Tanamiz   va   gavdamizning   holati   hamda   harakatlari   haqida   ma'lumot
(axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan
sezgilar, ya'ni  proprioreseptiv sezgilar .
3 Sezgilarning   tasnifi   va   bu   boradagi   tadqiqotlarni   tahlil   qilamiz.   Dastlabki
mulohazalar   interoreseptiv   sezgilar   u   borasida   rus   psixologi   A.R.Luriya   tadqiqot
ishini olib borgan. Uning fikricha, interoreseptiv sezgilar asl, tub, ma'nodagi sezgilar
emas,   balki   emosiyalar   bilan   sezgilar   o’rtasidagi   oraliq   sezgilar   sifatida   namoyon
bo’ladi.   Psixologiya   fanida   mazkur   sezgilar   to’la   o’rganilmaganligi   sababli   uni
"noma'lum  hislar"   deb atalgan. Bu  asosan  ichki  organlarning xastaliklarida  vujudga
keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Interoreseptiv   sezgilar   insonning   kayfiyatida,   emosional   reaksiyalari
o’zgarishida   ko’zga   tashlanadi,   bolada   esa   xatti-harakatning   keskin   o’zgarishiga
sabab   bo’ladi.   Chunki   bola   tana   a'zolaridagi   ichki   holatini   anglash,   his   qilish
imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun undagi  xatti-harakatning umumiy o’zgarishi
belgilardan buni sezish mumkin.
  Interoreseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o’zaro o’rin almashtirish
muvozanatini   ta'minlab   turishning   asosi   hisoblanadi.   Bu   jarayonni   bir   so’z   bilan
aytganda,   organizmdagi   jarayonlarni   o’zaro   o’rin   almashib   turishning   gemostazi
(barqarorligi)   deb   ataladi.   Shuningdek,   mazkur   sezgilar   insonda   yuzaga   keladigan
puls,   zo’riqish,   affekt   holatlarini   yo’qotish,   tug’ilib   kelayotgan   mayllarni   qondirish
bilan   bog’liq   vazifani   bajaradi.   Natijada   ichki   tana   a'zolarining   faoliyatini   izdan
chiqarish holati yuz berishi mumkin. 
Interoreseptiv   sezgilarning   fiziologik   mexanizmlari   interosepsiya   bilan
birgalikda   K.M.Bikov,   V.N.Chernigovkiylar   tomonidan   atroflicha   o’rganilgan.
Ularning   fikriga   ko’ra,   bu   narsalarning   barchasi   shartli   reflektor   faoliyati
mexanizmlaridan kelib chiqadi
Proprioseptiv   sezgilar   gavdaning   fazodagi   holati   to’g’risida   signallar   bilan
ta'minlab   turadi.   Ular   inson   harakatining   boshqaruvchisi   hisoblanib   va   afferent
asosini tashkil qiladi. 
Pereferik reseptorlar muskullar, pay va bo’g’imlarda joylashgan bo’lib, maxsus
tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi.
  Tanachalarda  vujudga  keluvchi   qo’zg’atuvchilar  muskullarning  harakatlashuvi
natijasida va bo’g’imlar holatining o’zgarishi, nerv tolalari yordamida, orqa miyaning
orqa ustunidagi oq suyuqligiga etkaziladi. qo’zg’ovchilar Burdax va Goll yadrosining
quyi   bo’limlariga   yetib   keladi   va   undan   po’stosti   tugunchalaridan   o’tib,   bosh   miya
katta yarim sharining qoronqulashgan zonasida harakatlarini yakunlaydilar.
Proprioreseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini  A.Orbeli  tomonidan, 
hayvonlarda   P.K.Anoxin ,   odamlarda   esa   N.A.Bernshteynlar   tomonidan
o’rganilgan.
Psixologik   ma'lumotlarga   ko’ra,   gavdaning   fazodagi   holati,   sezgirligi   statik
sezgilarda   o’z   ifodasini   topadi.   Uning   markazi   ichki   quloq   kanallarida   joylashgan
bo’lib,   ular   o’zaro   bir-biriga   perpendikulyar   bo’shliqda   tutash   holatda   yotadi.  
Masalan,  bosh holatining o’zgarishi quyidagi sxemada ko’rish mumkin:
a) endolimfa suyuqligiga bog’liq qo’zg’alish;
b) eshitish nervi;
v) vestibulyar nervi;
g) bosh miya po’stining chakka bo’lmasi;
4 d) miya apparatiga o’tadi;
Vestibulyator   sezgi   apparati   ko’rish   bilan   bevosita   aloqada   bo’lib,   fazoni
mo’ljalga   olish   (orientirlash)   jarayonida   ishtirok   etadi.   Masalan,   avtomobil   yo’lidan
o’tish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda ham uchrashi mumkin.
Ekstroreseptiv sezgilar intermodal, nospesifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi.
Masalan,   eshitish   organi   orqali   10-15   sekundga   tebranishni   sezish   mumkin,   lekin
quloq   bilan   emas,   balki   suyaklar   yordamida   (miya   qopg’og’i,   tirsak,   tizza   uchlari)
payqash   -   vibrasiya   sezgilari   deyiladi.   Masalan,   karlarni   tovushlarni   idrok   qilishi.
Odatda   vibrasion   sezgirlik   intermodal   sezgi   deb   ham   nomlanadi.   Uning   quyidagi
ko’rinishlari qam mavjud: 
a) hid, ta'm va maza sezgilarida;
b) o’ta kuchli tovushda, o’ta yorqin yorug’likda;
v) uch xil ta'sirning uyg’unlashgan integrativ holatida ; 
Sezgining nospesifik shakliga terining foto sezgirligi kirib, u ranglarni, nozik 
jumlalarni   ajratish,   qo’l   uchlari   bilan   sezish   orqali   ro’yobga   chiqadi.   Terining
foto   sezgirligi   A.N.Leontev   tomonidan   kashf   qilingan   bo’lib,   bu   narsa   ko’pgina
holatlarga   oqilona   yondashish   imkoniyatini   vujudga   keltiradi.   Tadqiqot   asosan   qo’l
uchiga   yashil   va   qizil   ranglarni   yuborish   orqali   amalga   oshirilgan.   Terining   foto
sezgirligi tabiati psixologiyada yetarli darajada o’rganilmagan.
Sezgi turlari
Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroreseptiv, 
proprioreseptiv, introreseptiv) o’z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi: 
- Ko’rish sezgilari;
- Eshitish sezgilari;
- H id bilish sezgilari;
- Ta'm bilish sezgilari;
- Teri sezgilari;
- Muskul -  h arakat (kinestetik);
- Statistik sezgilar;
- Organik sezgilar;
Ko’rish sezgilari
Insonlar   tomonidan   rang   va   yoruqlikni   sezish   ko’rish   sezgilari   orqali   amalga
oshadi   va   seziladigan   ranglar   xromatik   va   axromatik   turlarga   bo’linadi.
Psixofiziologik qonunga ko’ra yoruqlik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o’tib
singanda hosil bo’ladigan rang  xromatik ranglar  deb atalib, ularga kamalak ranglar,
ya'ni qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko’k, binafsha tuslarini qamrab oladi.
Odatda   oq   rang,   qora   rang,   kulrang   va   ularning   turlicha   ko’rinishlari   axromatik
ranglar  deb nomlanadi. 
Ko’rish   sezgilarining   organi   ko’z   hisoblanib,   u   ko’z   soqqasi   undan   chiqib
keladigan ko’ruv nervlaridan tashkil topgan bo’lib, ko’z soqqasini tashqi tomirlari va
to’r   pardalari   o’rab   turadi.   Tashqi   pardaning   tiniq   bo’lmagan   oq   qismi   sklera   yoki
qotgan   qattiq   parda   deb   nomlanadi.   Uning   old   tomoniga   joylashgan   bir   muncha
qavariq   qismi   tiniq   mugus   parda   bo’lib,   uning   oldingi   qismi   rangdor   parda   deb
ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko’z
5 ko’k, qora kabi jilva beradi. Rangdor  pardaning o’rta qismida yumaloq tiniq modda
bo’lib, uni qorachiq deb ataymiz va u orqali ko’z ichiga yoruqlik nurlari kiradi. 
Ko’zlarning   uchinchi   pardasi   to’r   parda   deb   nomlanib,   u   ko’z   soqqasining
deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. qorachiq bilan rangdor pardaning orqasida ikki
tomoni   qavariq,   tiniq   jism   ko’z   gavqari   joylashgan   bo’ladi.   Yoruqlik   nurlari   unda
to’planib, so’ng sinadi va to’r pardaga narsa yoki jismning aksi, surati tushadi.
  Ko’z   soqqasining   gavqari   bilan   to’r   parda   o’rtasidagi   butun   ichki   yuzasi
shishasimon   jism   deb   nomlanuvchi   maxsus   tiniq   suyuqlik   bilan   qoplangan   bo’ladi.
To’r   parda   rang   va   yoruqlikni   sezish   uchun   muhim   ahamiyatga   ega   bo’lib,   unda
ko’ruv   nervining   tarmoqlari   joylashgandir.   Ushbu   tarmoqlarning   chekkadagi
uchlarida tayoqcha va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv xujayralari mavjuddir.
Inson   ko’zini   to’r   pardasida   130   millionga   yaqin   tayoqchalar   va   kolbachalar   deb
ataladigan   maxsus   nerv   hujayralari   mavjuddir.   Inson   ko’zining   to’r   pardasida   130
millionga   yaqin   tayoqcha   va   7   millionga   yaqin   kolbacha   bor   deb   taxmin   qilinadi.
Kolbachalar yordami bilan xromatik, ya'ni kunduzgi ranglar ko’riladi.
Tayoqchalar   yoruqlikni   yaxshi   sezuvchan   bo’lib,   xira   va   qorong’u   paytlarda
o’z funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi. 
To’r   pardaning   eng   sezgir   joyi   -   sariq   dog’ning   asosan,   kolbachalar   bilan
markaziy   chuqurchasi   hisoblanib,   unga   qaysi   narsaning   aksi   tushsa,   xuddi   shuni
hammadan ravshanroq ko’ramiz. Obektga tik qarash natijasida ko’z muskullari unga
qaratiladi va aks ettiruvchining sur'ati sariq dog’ga tushadi. Bunday tarzdagi ko’rish
to’g’ri ko’rish deyiladi. 
Hozirgi   zamon   psixologiyasida   ranglarni   sezish   yolg’iz   to’r   pardasidagi
jarayonlar   bilangina   emas,   balki   miya   po’stida   yuzaga   keladigan   boshqa   jarayonlar
bilan   ham   bog’liq   ekanligi   to’g’risida   ma'lumotlar   mavjuddir.   Zamonaviy
ma'lumotlarga   binoan   tayoqchalarda   ko’rish   purpuri   degan   maxsus   modda   borligi
isbotlangan.   Ko’zga   yoruqlik   ta'siri   etganda   ko’rish   purpuri   kimyoviy   yo’l   bilan
parchalanib,   tarkibiy   qismlarga   bo’linadi   va   mazkur   jarayon   ko’rish   nervini
qo’zg’atib,   yorug’lik   sezgisini   hosil   qiladi   va   qorong’ulikda   esa   purpur   funksional
holatini qayta tiklaydi.
Eshitish sezgilari
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo’lib,   musiqaviy va shovqinli
tovushlarni   aks   ettiradi.   Odatda   tovushlar   oddiy   va   murakkab   turlarga   ajratiladi,
ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi. Tonlardan biri
asosiy   ton   hisoblanib,   u   tovushning   balandigini,   kuchini   belgilaydi,   boshqalari
keluvchi   tovushlar   sanalib,   ular   obertonlar   deyiladi.   Musiqa   asboblaridan
taralayotgan   tovushlarning   o’ziga   xosligi   fan   tilida   tembr   deb   ataladi.   hatto   nutq
tovushlari   ham   ohangli   tovushlar   (unli   tovushlar)   yoki   shovqinlardan   (undosh
tovushlar) tashkil topgan bo’ladi.
Eshitish   sezgilari   organi   quloq   bo’lib,   tashqi   quloqlar   suprasi   bilan   eshituv
yo’lidan   iborat.   O’sha   quloqlar   nog’ora   parda   va   unga   yopishgan   uchta   suyakcha:
bolg’acha,   sopdan   va   uzangidan   tashkil   topgan.   Ichki   quloq   (quloq   labirinti)   o’zaro
birlashmagan uchta bo’lakdan tuzilgan. 
6 Tashqi   quloq   havo   to’lqinlarini   yig’uvchi   karnay   vazifasini   bajaradi.   Nog’ora
parda va unga yopishgan suyakchalar havo to’lqinlarini ichki quloqqa uzatadi. O’rta
quloq   maxsus   yo’l   orqali   og’iz   va   burun   bo’shlig’i   bilan   tutashgan   bo’ladi.   Ichki
quloqlarning   yuqori   qismi   uchta   yarim   doira   kanaldan,   o’rta   qismi   kameradan   va
pastki qismi chig’anoqdan tashkil topgan.
Ichki   quloqlarning   uchchala   bo’limi   endolimfa   nomli   suyuqlikdan   iboratdir.
Ichki quloqlarning asosiy qismi chiqanoqdan iborat bo’lib, uning ichida kortiy organ
mavjud,   u   gumbaz   shakliga   ega   bo’lib,   asosida   membrana   joylashgan.   Membrana
uzunligi   qisqarib   boruvchi   elastik   tolalardan   iborat   bo’lib,   ular   tarang   tortilgan
to’rlarga o’xshaydi. Uning yuqori qismida maxsus, tayoqchasimon hujayralar mavjud
va   ular   kortiy   dugalari   deb   yuritiladi.   Membrananing   tolalari   endolimfaga   ingichka
qo’llari   bor  maxsus   hujayralar  yordamida  korniy  dugalari  orqali   katta  yarim  sharlar
po’stining bo’lagida joylashgan. 
Havo   to’lqinlarining   harakati   tufayli   tovush   chiqaruvchi   jismlar   tebranganida
eshitish   sezgilari  hosil  bo’ladi.  Agar   musiqaviy  tovushlar  havo  to’lqinlarining  sekin
harakatlari   natijasida   vujudga   kelsa,   shovqinli   tovushlar   esa   ularning   notekis
harakatlari   natijasida   yuzaga   keladi.   Odamning   eshitish   organi   bir   sekundda   16
martadan 20000 martagacha tebranishli tovushlarni qabul qiladi.
Hid  bilish  sezgilari   hid  bilish   sezgilariga  hidlarni   his  qilish   kiradi  va  ularning
organi   burun   kavagining   yuqori   tomoni   hisoblanib,   bu   yerda   hid   bilish   hujayralari
hamda sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan. Ular shilliq pardalarda botib turadi. 
Hidli moddalar sezuvchi nervni qo’zg’aydi. hid bilish markazi bosh miya yarim
sharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb taxmin qilinadi. Hidli moddalar
hid bilish hujayralariga gaz holatida ta'sir etib, kimyoviy reaksiyalar yo’li bilan ularni
qo’zg’atadi.   Oddiy   gaz   holatidagi   hidli   moddalar   havo   bilan   nafas   olish   jarayonida
burun havosiga kirib keladi, natijada aks ettirish holati hosil bo’ladi.
Ta'm bilish sezgilari
Ta'm   bilish   sezgilari   shirin,   achchiq,   nordon,   sho’r   singari   mazalarni   his   qilish
bilan   tavsiflanadi.   Ta'm   bilish   sezgilarining   organi   tilning   yuzasi   va   tanglayning
yumshoq   qismidan   tashkil   topgan.   Tilning   shilliq   pardasida   maxsus   ta'm   bilish
so’rg’ichlari   mavjud   bo’lib,   ularning   tarkibi   tayoqchasimon   hujayralardan   tuzilgan
maxsus ta'm bilish "kurtaklari"ga ega. Ta'm bilish so’rg’ichlari til yuzasida bir tekis
taqsimlanmaganligi   uchun   uning   orqa   qismi   achchiqni,   uchi   shirin   mazani,   chetlari
esa   nordon   mazani   sezadi.   Lekin   ularning   o’rtasi   bo’lsa   mazani   aks   ettira   olmaydi.
Ta'm   bilish   so’rg’ichlarining   hujayrali   qismlarida   maxsus   sezuvchi   nervlarning
chekka   uchlari   joylashgan,   ular   ta'm   bilish   organidagi   qo’zg’alishni   bosh   miyaga
uzatib turadi, uning markazlariga yaqin joylashgan.
Teri sezgilari .
Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat  bo’lib, ularning bunday
nomlanishining bosh omili  bu reseptorlarning tarkibi va organizmning tashqi  shilliq
pardalarida joylashganligidadir. 
Tuyish   sezgilari   ikki   xil   axborotni   qabul   qilish   imkoniyatiga   ega   bo’lib,
birinchisi   tegish   va   tarqalishini   tuyish   sezgilari,   ikkinchisi   esa   silliq   yoki   g’adir   -
budurni   tuyish   bilan   tavsiflanadi.   Odatda   tana   a'zosiga   narsalarning   tegishini   sezish
7 tashqi   qo’zg’atuvchi   kuchayganda   siqiq   sezgiga   aylanadi,   u   yanada   kuchayganda
og’riq sezgisiga aylanadi. 
Tuyish sezgilari organi teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish tanachalari
deb nomlanuvchi tanachalardan iborat. Tanachalarning ichida va qisman tashqarisida
tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular terida va shilliq pardalarda bir tekis
taqsimlangan,   barmoqlarning   uchlarida   til   uchida   labda   zich   joylashgan,   xuddi   shu
boisdan sezgirlik darajasi boshqalardan yuksakroqdir.
  Psixologiyada   tuyish   tanachalari   va   sezuvchi   nervning   chekka   tarmoqlari
zichligi ekstiziometr asbobi yordami bilan o’lchanadi. Asbob keriladigan ikki oyoqli
sirkuldan   tashkil   topgan,   bo’lib,   uning   o’zagidagi   darajalar   oyoqlarning   uchlari
o’rtasidagi masofani o’lchaydi. 
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po’stining orqadagi markaziy nuqtasida
joylashgan   deb   taxmin   qilinadi.   Tuyish   sezgilarining   tashqi,   ya'ni   fizik   sababi   bu
biron- bir narsalarning teriga bevosita tegishidir.
Muskul - harakat sezgilari, statik sezgilar
Muskul-harakat   sezgilari   motor   sezgilar   deb   nomlanib,   ularga   og’irlikni,
qarshilikni,   organlar   harakatini   bilish   sezgilari   kiradi.   Ularning   organlari-gavda
muskullari,   paylar,   bo’g’imlardan   iboratdir.   Organlarning   tarkibida   sezuvchi
nervlarning   chekka   tarmoqlari   mavjud   bo’lib,   ularning   ta'sirida   harakat   va   statik
sezgilar vujudga keladi. 
Musku l   -   harakat   sezgilarining   fizik   sababi   muskullarga   ta'sir   etuvchi
narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.
Statik   sezgilar   gavdaning   fazodagi   holatini   sezish   va   muvozanat   saqlash
sezgilari deb ataladi. Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi
uchun   ichki   quloqdagi   vestibulyar   apparat   reseptor   vazifasini   bajaradi.   Vestibulyar
apparat quloq dahlizi yarim doira kanallaridan tashkil topgan bo’ladi, sezuvchi  nerv
tarmoqlari   esa   gavdaning   fazodagi   harakatini   va   holatini   boshqaradi.   Gavda
muvozanatini   saqlashda   alohida   ahamiyat   kasb   etib,   ular   endolimfada   suzib
yuradigan mayda ohaktosh kristallardan tashkil topgan.
Organik sezgilar
Organik   sezgilarning   reseptorlari   ichki   organlarda,   qizilo’ngach,   me'da,   ichak,
qon   tomirlari,   o’pka   va   shu   kabilarda   joylashgan   bo’ladi.   Ichki   organlardagi
jarayonlar organik sezgilar reseptorlarining qo’zg’atuvchilaridir. 
Ularga quyidagilar kiradi:
a) Og’riq sezgilar;
b) chanqoq sezgilari;
v) noxush tuyg’ular;
g) ochlikni sezish. 
Sezgilar   chegarasining   absolyut   me'yori   bilan   belgilanadigan   analizatorning
sezgirligi   barqaror   bo’lmasdan   qator   fiziologik   va   psixologik   shart-sharoitlar   ta'siri
ostida   o’zgarib   turadi.   Ushbu   shart-sharoitlar   orasida   adaptasiya   (moslashish)
hodisasi alohida o’rin egallaydi. 
Adaptasiya   -   yoxud   moslashuv   -   sezgi   organlari   sezgirligining   qo’zg’atuvchi
ta'siri ostida o’zgarishi demakdir.
8 Adaptasiya  (yoki moslashish) ikki turga bo’linadi:
a) negativ adaptasiya;
b) pozitiv adaptasiya.
Pozitiv   adaptasiyada   kuchsiz   qo’zg’atuvchi   ta'siri   ostida   sezgirlik   oshadi.
Ko’rish analizatorida pozitiv adaptasiya, qorong’ulik adaptasiyasi deyiladi.
Negativ adaptasiya ikki xil bo’ladi:
a)   qo’zg’atuvchining   davomiy   ta'siridan   sezgirlik   yo’qoladi .   Masalan,
qo’limizga yuk qo’yilsa sezamiz, ammo vaqt o’tishi bilan sezmay qolamiz.
b)   kuchli   qo’zg’atuvchi   ta'siridan   sezgirlikning   susayishi .   Masalan,   qorong’u
xonadan birdaniga chiqib qolsak, avvaliga hech narsa ko’rmaymiz, vaqt o’tishi bilan
sezgirlik pasayib biz normal ko’ramiz. 
Adaptasiya   teri   reseptorlarida   tez   yuzaga   keladi.   I.P.Pavlov   fikricha,
"Adaptasiya bosh miya po’stloq qismidagi muhofazalovchi tormozlanishi tufayli hosil
bo’ladi" . Haroratga, hidlarga nisbatan ham adaptasiya bo’ladi.
Sensibilizasiya  - analizatorlarning o’zaro munosabati va mashq qilishi natijasida
sezgirlikning kuchayishidir.
Sensibilizasiyaning adaptasiyadan farqi:
1. Adaptasiyada   sezgirlik   oshadi   yoki   kamayadi,   sensibilizasiyada   esa   faqat
oshadi;
2. adaptasiyada   sezgirlikning   o’zgarishi   tashqi   chegaralarga   bog’liq   bo’lsa,
sensibilizasiyada psixologik, fiziologik holatlarga bog’liq bo’ladi.
Sinesteziya   qo’zg’atuvchining bir  analizatorga ta'siri  bilan boshqa  analizatorga
xos   sezgining   paydo   bo’lishidir.   Ko’rish,   eshitish   sinesteziyasi   ko’proq   uchraydi.
Sinesteziyalar   har   bir   shaxs   uchun   doimiy   bo’ladi.   Masalan,   kompozitorlardan
Skrebin,   A.F.Lest,   N.Rimskiy   Korsakovlarda   "rangdor   eshitish"   qobiliyati   bo’lgan.
Demak,   sinesteziya   ikki   sezgining   bir   sezgi   bo’lib   qo’shilishidir.   "Masalan,   "shirin
so’z", "bag’ri tosh".
Sezgilar   kontrasti   qarama-qarshi   sifatga   ega   bo’lgan   bir   vaqtdagi   qo’zg’alish
tufayli   sezgirlikning   o’zgarishidir.   Masalan,   tinch   joyda   tovush   kuchliroq   seziladi.
Oqimtir   fonda   qora   rang   qoraroq,   qoramtir   fonda   oq   rang   yana   ham   och   bo’lib
seziladi. Odam charchaganda sezgirlik pasayadi. harakat oshganda sovuqqa sezgirlik
o’tkirlashadi.   Sezgirlik   kasbga   ham   bog’liq.   Masalan,   rassomlarda   rang   sezish,
musiqachilarda tovush sezish va shu kabilar.
Idrok haqida tushuncha.
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib, barcha
ruhiy   holatlar,   xususiyatlar,   xossalar   va   inson   ongining   yaxlit   mazmuni   egallangan
bilimlar,  tajribalar,  ko’nikmalar   bir  davrning  o’zida   namoyon  bo’ladi,  aks  ettirishda
ishtirok etadi. 
Idrok   sezgiga   nisbatan   bir   muncha   murakkabroq,   to’laroq   aks   ettirish   jarayoni
bo’lib,   sezgi   a'zolarimizga   ta'sir   etib  turgan  narsa   va   hodisalarni   butun   belgi   hamda
xususiyatlari   bilan   butunligicha,   ya'ni   yaxlit   aks   ettirishdan   iboratdir.   Masalan,
olmani ko’rgan paytimizda uning shakli, rangi, ta'mi, hidi va navi bilan birgalikda bir
butun   narsa   tarzida   idrok   etamiz.   Demak,   idrok   qilish   jarayonida   deyarli   barcha
sezgilarimiz qatnashadi. 
9 Shuning   uchun   ham   idrok   sezgiga   nisbatan   ancha   murakkab   aks   ettirish
jarayonidir. 
Shaxs   tevarak-atrofdagi   narsa   va   hodisalarning   faqat   ayrim   xossalarini   ongda
aks ettirib qolmaydi, balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham
aks ettiradi. 
Psixologik adbiyotlarda idrok tushunchasiga turlicha ta'riflar uchraydi. Jumladan
M.Vohidovning   "Psixologiya"   darsligida   idrok   deb   sezgi   a'zolarimizga   ta'sir
etayotgan narsa va hodisalarni yaxlit holicha aks ettirishga aytiladi, deb keltiriladi.
V.Karimovaning   "Psixologiya"   o’quv   qo’llanmasida   idrok   bu   bilishimizning
shunday shakliki, u borliqdagi ko’plab xilma-xil predmet va hodisalar  orasida bizga
ayni   paytda   kerak   bo’lgan   ob’yektni   xossa   va   xususiyatlari   bilan   yaxlit   tarzda   aks
ettirishimizni ta'minlaydi. 
Keltirilgan   ta'riflardan   kelib   chiqqan   holda   idrokka   quyidigicha   ta'rif   berish
mumkin: 
Idrok -deb   sezgi   a'zolariga   bevosita   ta'sir   etib   turgan   narsa-hodisalar
obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi.
  Kishi   narsa-hodisalarning   ayrim   xossalarini   sezadi.   Uni   bir   butun   holda   idrok
qiladi.   Chunki   narsa   va   xossa   bir-biridan   ajralgan   holda   mavjud   bo’lmaydi.   Odam
narsalarni   idrok   qilayotganda   uning   ayrim   xossalarini   sezadi.   Masalan:   chaqmoq
qandni idrok qilinadi, uning shirinligi seziladi. quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligi
seziladi va boshqalar. 
Idrok qo’zg’atuvchilarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq
qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda
aks ettiriladi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yig’indisidan  iboratdir,
degan   xulosa   chiqarib   bo’lmaydi.   Idrok   o’ziga   xos   tuzilishga   ega   bo’lgan   hissiy
bilishning sifat jihatidan yangi yuksakroq bosqichidir.
Idrokning   muhim   tomonlaridan   biri   -   uning   xususiyatlarini   turli   jabhalar,
vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo’lishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri -
bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning
idrok qilish (perseptiv) faoliyatini uning o’zlashtirilgan bilimlari, to’plagan tajribalari
shuningdek, murakkab analitik-sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi.
Idrokning yana bir muhim xususiyati, uning narsa va hodisalarni umumlashgan
holda aks ettirilishdir. Ma'lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko’p qirrali, ko’p
yoqlama   amallari   idrok   qilish   bilan   cheklanib,   chegaralanib   qolmasdan,   balki   o’sha
majmua aniq qism yoki hodisa sifatida baholanadi.
Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir.
Masalan:  toshko’mir yoruqlikda yoqdu sochadi, oq qog’ozdan ko’proq nur balqiydi.
Lekin  inson   bu  narsalarni   "qora"  va  "oq"  deb   idrok  qiladi,  vujudga  kelgan  bevosita
sub’yektiv taassurotlarga nisbatan o’zgartirishlar, tuzatishlar kiritadi. 
Idrok   jarayonida   deyarli   barcha   sezgilarimiz   ishtirok   etsa   ham   idrok
sezgilarimizning   oddiy   yig’indisidan   iborat   deb   bo’lmaydi.   Idrok   jarayonida   turli
sezgilarimizdan   tashqari   odamning   shu   paytgacha   orttirilgan   turmush   tajribasi   ham
ishtirok   etadi.   Odam   o’z   turmush   tajribasida   juda   ko’p   narsa   va   hodisalarni   takror-
takror idrok qilgani tufayli odamning idroki anglanilgan xarakatlarga egadir. Shuning
10 uchun yetarli turmush tajribasiga ega bo’lgan odam (ya'ni katta yoshli odamlar) idrok
qilayotgan   narsasi   nima   ekanligini   anglashga   yordam   beradi.   hech   qanday   turmush
tajribasiga   ega   bo’lmagan   odam,   (ya'ni   chaqaloq,   bolalar)   idrok   qilayotgan   narsasi
nima ekanini hali mutlaqo bilmaydi.
Idrok   jarayoni   shunchaki   oddiy   aks   ettirishdan   iborat   emas.   Idrok   jarayonida
odamning   diqqati,   xotirasi,   tafakkuri,   xayoli,   hissiyoti   va   irodasi   ishtirok   etadi.
Chunonchi,   odam   diqqatini   qaratmasdan   (yo’naltirmasdan)   birorta   narsani   ham
mutlaqo idrok eta olmaydi. 
Diqqat   qaratilgandagina   ta'sir   etayotgan   narsa   va   hodisalarni   ravshan   idrok
etamiz.   Idrok   jarayonida   odamning   ilgari   orttirgan   turmush   tajribasi   ishtirok   qilar
ekan, binobarin idrok jarayoni odamning xotirasi bilan bog’liqdir. 
Idrokda   har   doim   xususan   tanish   jarayoni   ishtirok   etadi.   Tanish   jarayoni
qatnashayotganini tufayli odam idrok qilayotgan narsalarini darrov anglab ola biladi.
Mashhur rus fizologlaridan   I.I.Sechenovning   ta'kidlashicha, odam hozirgi idrokidan
hosil   bo’lgan   obrazlar   ilgarigi   idroklarida   vujudga   kelgan   va   xotirasida   saqlanib
qolgan   obrazlar   bilan   taqqoslab   ko’radi.   Agar   hozirgi   idrokdan   hosil   bo’lgan   obraz
ilgari xuddi shu narsani idrok qilishdan vujudga keltirilgan obrazga to’la mos kelsa,
ayni choqda idrok qilayotgan narsasini taniydi. Aksincha, agar hozirgi idrokdan hosil
bo’lgan   obraz   ilgarigi   obrazga   mos   kelmasa,   ya'ni   ayni   chog’da   idrok   qilayotgan
narsani   odam   tanimasa   idrok   davom   ettirila   beradi.   Idrok   jarayonida   nutq   va
tafakkurning  qatnashishi  shunda  namoyon  bo’ladiki,  har  bir  idrok nihoyasiga  borib,
hukm   shaklida,  ya'ni   chigal   gap  shaklida   ifodalanadi.   Chunonchi  odamni  yoki   biror
idishni   idrok   qilayotganimizda   idrokimizni,   "bu   piyola"   deb   tugallaymiz.
Narsalarning nomini atash bilan idrokimizning mazmunini ravshanlashtiramiz.  Agar
idrok   jarayonida   narsalarning   nomini   atay   olmasak,   ya'ni   idrok   qilayotgan   narsalar
bizga   notanish   qandaydir   yangi   narsalar   bo’lsa,   unday   paytda   idrok   jarayonidagi
tafakkur   faollashib   ketadi.   Odam   idrok   qilayotgan   narsasi   nima   ekanligi   haqida
o’ylay boshlaydi.
Idrok   jarayonida   xayolning   qatnashishi   shunda   ko’rinadiki,   odam   o’zidan
allanimalarni   qo’shib,   idrok   qilayotgan   narsasidan   hosil   bo’lgan   obrazning
mazmunini   kengaytirib   yuboradi.   Masalan,   osmondagi   to’da-to’da   bulutlarga   qarab,
ularning   shaklini   nimalargadir   o’xshatish   mumkin.   Idrok   jarayonida   xayolning
ishtirok qilishi, xususan, bolalarda yaqqol ko’rinadi. 
Idrok   jarayonida   his-tuyg’ularning   ishtirok   qilishi   shu   idrok   qilayotgan
narsalarimizga nisbatan hosil bo’ladigan munosabatlarimizda ko’rinadi. Odam  idrok
qilayotgan hamma narsalarga nisbatan bir xilda munosabatda bo’lmaydi. Agar odam
ilgari   biror   narsani   idrok   qilayotgan   paytda   qattiq   xafa   bo’lgan,   kayfiyati   buzilgan
bo’lsa,   shu   narsani   yana   ikkinchi   marta   idrok   qilganda   yana   hissiyotlarga   nisbatan
bo’lsa   ham   sodir   bo’ladi.   Bundan   tashqari   idrok   hissiy   holatning   ishtiroki   yana
shunda   ochiq   ravshan   ko’rinadiki,   odam   qattiq   qo’rqinch   hissini   boshidan
kechirayotgan paytda idroki yanglish bo’ladi, ya'ni kuchli hissiy holat ta'sirida ayrim
narsalar   boshqacha   bo’lib   ko’rinadi.   Chunonchi   kechasi   qorong’i   ko’chada   qo’rqib
kelayotgan   odamga   ro’parasidagi   to’nka   pisib,   poylab,   o’tirgan   odamga   o’xshab
ko’rinadi. Shuning uchun ham " qo’rqqanga qo’sha ko’rinar" degan xalq maqoli bejiz
11 aytilgan   emas.   Aksincha,   odamning   kayfiyati   choq,   xursand   paytida   hamma   idrok
qilayotgan narsalari chiroyli va yoqimli bo’lib tuyuladi. 
Ma'lumki, idrok sezgi  a'zolari asosida  vujudga keladi. Har  bir idrok jarayonida
bir   necha   sezgi   a'zosi   ishtirok   etadi.   Lekin   ulardan   biri   eng   muhim   o’rinda   turadi.
Masalan,   suratni   idrok   qilishda   ko’rish   organi,   musiqa   va   nutqni   idrok   qilishda
eshitish organi yetakchilik qiladi. Idrok jarayonida qaysi sezgi a'zosining yetakchilik
rolini o’ynashiga qarab, idrokni bir necha turlarga ajratish mumkin. Masalan, ko’rish
idroki,   eshitish   idroki,   hid   bilish   idroki,   ta'm   bilish   idroki   va   boshqalar.   Bundan
tashqari   idrokning   aralash   turi   ham   mavjud   bo’lib,   bunda   bir   necha   analizator
birgalikda   ishtirok   etadi.   Masalan,   kinofilmni   idrok   qilishda   ko’rish   va   eshitish
sezgisi   ishtirok   etadi.   Tevarak   atrofdagi   narsa   va   hodisalar   bir-biriga   bog’liq.   Ular
muayyan   makonda   ma'lum   vaqtda   sodir   bo’ladi.   Shuningdek,   ular   bir-birlariga   va
idrok   qiluvchiga   nisbatan   ma'lum   munosabatda   shakl,   hajm   va   boshqa   xossalarga
egadir. 
Sezgilar eng oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda
murakkab   psixik   jarayon   qisoblanadi.   Idrokning   murakkabligi   q uyidagilarda
ifodalanadi: 
 Har   bir   idrok   tarkibiga   ayni   vaqtda   bir   necha   sezgi   kiradi.   Masalan,
qovunni   idrok   qilish,   bunda   quyidagi   sezgilar   ishtirok   etadi,   qovunning   shakli   va
rangini   aks   ettiruvchi   ko’rish   sezgisi,   hidini   aks   ettiruvchi   hid   sezgisi,   mazasini   aks
ettiruvchi   ta'm   bilish   sezgisi,   harakatini   aks   ettiruvchi   teri   sezgisi   va   boshqalar.   Bu
sezgilar   tahlil   yordamida   ajratib   olinadi   va   idrokning   perseptiv   tomonini   tashkil
qiladi.  Ular   ishtirokida   narsaning   barcha   xossalari   bir   butun   holda   aks   ettiriladi.   Bu
esa idrokning perseptiv tomonini tashkil  q iladi.
 Har   bir   idrok   tarkibiga   kishining   o’tmishda   hosil   qilingan   bilim   va
tajribalari kiradi. 
Idrokning nerv fiziologik asosi
Idrok   ham   sezgi   kabi   reflektor   jarayon   hisoblanadi.   I.P.Pavlov   bo’yicha
idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar reseptorlarga ta'sir etishi
natijasida   bosh   miyaning   katta   yarim   sharlari   qobiqida   hosil   bo’ladigan   shartli
reflekslarning   muvaqqat   nerv   bog’lanishlari   tashkil   etadi.   Tashqi   olamdagi   narsalar
va hodisalar  kompleks  qo’zg’atuvchi  sifatida  xizmat  qiladi.  Analizatorlarning  qobiq
bo’linmalar   o’zagida   ana   shu   kompleks   qo’zg’atuvchilarning   murakkab   tahlili   va
sintezi   amalga   oshiriladi.   Idrok   sezgilarga   qaraganda   miyaning   ancha   yuksak
darajadagi tahlil qilish, umumlashtirish faoliyati hisoblanadi. Tahlil qilmasdan turib,
idrokning anglangan bo’lishi mumkin emas. Jumladan, notanish xorijiy tilda aytilgan
nutq  boshdan-oyoq  tovushlar  oqimi   tarzida   idrok  etiladi.  Nutqning  anglangan   holda
idrok etilishi, ya'ni u tushunishi    uchun nutqning alohida iboralarga mohiyat e'tibori
bilan   so’zlarga   ajratish   shartidir.   Ayni   paytda   nutqni   idrok   etish     jarayonida   tahlil
bilan   bab-   baravar   tarzda   sintez   qilinadi,   shu   tufayli   biz   aloqida   tarqoq   tovushlarni
emas,   balki   so’zlarni   va   iboralarni   idrok   etamiz.   Muvaqqat   nerv   bog’lanishlarining
o’rnatilishi sintezning negizini tashkil qiladi. Idrokning negizi nerv bog’lanishlarining
ikki   turidan,   bitta   analizator   doirasida   hosil   bo’ladigan   bog’lanishlardan   va
analizatorlararo   bog’lanishlardan   tarkib   topadi.   Birinchi   holat   organizmga   bitta
12 modallikdagi kopleks qo’zg’atuvchi ta'sir etganda kuzatiladi. Eshitish analizatorlariga
ta'sir qiladigan alohida tovushlarning o’ziga xos birikmasidan iborat kuy ana shunday
qo’zg’atuvchi   bo’lishi   mumkin.   Ushbu   kompleksning   hammasi   bitta   murakkab
qo’zg’atuvchi sifatida ta'sir qiladi. 
Kompleks   qo’zg’atuvchining   ta'siri   ostida   hosil   bo’ladigan   nerv
bog’lanishlarining   boshqa   bir   turi   ham   borki,   ular   turli   xildagi   analizatorlar
doirasidagi   bog’lanishlardan   iboratdir.   I.M.Sechenov   narsani   yoki   fazoni   ko’rish
kinestezik,   paypaslash   assosiasiyalari   orqali   va   boshqa   sezgilarning   assosiasiyasi
orqali idrok etilishini izohlab bergan edi. 
Kishidagi   bog’lanishlarga   albatta   so’zning   eshitilishi   bilan   obrazi   ham
qo’shiladiki, unda muayyan narsa yoki fazoga munosabat gavdalangan bo’ladi. Idrok
negizida   hosil   bo’ladigan   muvaqqat   nerv   bog’lanishlari   tashqi   olamdagi   narsalar   va
hodisalar   xususiyatlarining   ob’yektiv   bog’lanishlar   asosida   tarkib   topadi.
Analizatorlar o’rtasida hosil bo’ladigan bog’lanishlar tufayli biz idrokimizda narsa va
hodisalarning   buning   uchun   moslashgan   analizator   bo’lmagan   xususiyatlarini
(masalan, narsaning hajmi, solishtirma og’irligi) ham aks ettiramiz. 
Shuning   uchun   ham   biz   idrok   qilganimizda   olamni   sezgilarimizga   nisbatan
chuqurroq   qilib   olamiz.   Bu   muvaqqat   nerv   bog’lanishlar   narsa-hodisaning   birgina
xossasi   bilan   emas,   balki   barcha   xossalari     kompleks   qo’zg’atuvchilar   ta'siri   bilan
vujudga   keladi.   Masalan,   talaba   butun   bir   dars   jarayonida   idrok   qilayotganda
o’qituvchini   ko’radi,   uning   nutqini   tinglaydi,   yozadi.   Bu   kompleks   qo’zg'atuvchilar
ko’rish,   eshitish,   muskul-harakat   reseptorlarini   qo’zg’aydi.   Kompleks
qo’zg’atuvchilarning   analizatorlarning   miya   po’sti   qismidagi   yadrolarida   murakkab
tahlil   va  sintez  qilishi   amalga  oshadi.   Idrok  jarayonida   tahlil  bilan  bir   vaqtda  sintez
ham ro’y beradi. Shuning uchun biz ayrim tovushlarni emas, butun so’z va iboralarni
idrok   qilamiz.   Demak,   idrokning   nerv   fiziologik   asosida   ikkinchi   signal   tizimining
muvaqqat nerv bog’lanishlari yotadi. Muvaqqat nerv bog’lanishlarining hosil bo’lish
jarayonini sintez asosini ikki xil nerv bog’lanishlari tashkil qildi.
Bir   analizator   doirasida   hosil   bo’ladigan   bog’lanishlar   bir   narsadagi   kompleks
qo’zg’aluvchilarining   organizmga   ta'sir   etishdan   vujudga   keladi.   Masalan,   eshitish
analizatoriga   ta'sir   qiladigan   ayrim   tovushlarning   o’ziga   birikishi   shunday
qo’zg’ovchi   bo’la   oladi.   Musiqa   tinglash,   rasm   ko’rish,   ular   analizatorlararo
bog’lanishlar,   bir   narsa   yoki   bir   necha   analizatorlarga   ta'sir   etadi.   Masalan,   ko’rish,
muskul analizatorlari, ma'ruza, monolog.
Kuzatish va kuzatuvchanlik.
Idrokning o’ziga xos juda muhim xususiyatlaridan yana biri kuzatuvchanlikdir.
Umuman olganda idrok jarayonining hammasi kuzatish bilan har doim uzviy bog’liq.
Chunki   odam   idrok   qilayotganida   nimanidir   kuzatadi.   Lekin   ixtiyorsiz   idrok
jarayonidagi   kuzatiladigan   narsa   va   hodisalar   odamning   esida   saqlanib   qola
bermaydi. 
Kuzatishning   muvaffaqiyati   oldindan   qo’yiladigan   tayyorgarlikka,   kishining
bilim   va   tajribalariga,   diqqatining   kuchiga   va   fikrlash   faolligiga   bog’liq.   Kishining
rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini   kuzatuvchanlik   deyiladi.
13 Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatidirki, bunda u narsa va hodisalarning unga
bilinmaydigan muhim xarakterli xususiyatlarini payqay oladi. 
Akademik   I.P.Pavlov   kuzatuvchanlikning   ilmiy   bilimdagi   ahamiyatiga   yuksak
baho   bergan.   U   Sankt-Peterburg   yaqinidagi   Pavlova   shaqridagi   fiziologiya
institutining oldi tomoniga  "Kuzatuvchanlik, kuzatuvchanlik va yana kuzatuvchanlik"
deb yozdirib qo’ygan. 
Idrokda ob’yekt va fon
Odamga   juda   ko’p   narsa   va   hodisalar   ta'sir   qilib   turadi.   Bular   shunday   ko’p
xossalarga   egaki,   hatto   odam   bir   vaqtning   o’zida   ularga   javob   reaksiyasi   qaytara
olmaydi.   Odam   ko’p   sonli   qo’zg’ovchilardan   faqat   ayrimlarini   aniq   holda   ajratib
oladi. Shu ajratib olingan narsa hodisalar esa fon sanaladi. Idrok qilinadigan narsani
o’rab   turgan   boshqa   narsa,   jism   yoki   hodisalarga   nisbatan   ob’yekt   hisoblanib,
ob’yektning  atrofdagilari  esa   fon   deyiladi.  Masalan,  o’qituvchi   bir  darsda   bir  necha
o’quvchilardan   so’raydi.   Har   safar   so’rayotganlarni   ko’radi.   Chaqirilgan   o’quvchi
uning javobi xatti-harakati idrok ob’yekti hisoblanadi. 
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism idrokning
ob’yekti   deb   ataladi.   Boshqa   o’quvchilar   faoliyati   idrok   foni   bo’lib   qoladi.   Idrok
foniga kirgan o’quvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa, idrok ob’yektiga aylanadi
va   aksincha.   Demak,   idrok   ob’yekti   va   foni   dinamik   tabiatga   ega   bo’lib,   doimo
o’zgarib   turadi.   Ob’yekt   va   fonning   dinamikligi   bosh   miya   katta   yarim   sharlari
po’stida   vujudga   keladigan   optimal   qo’zg’alish   o’choqining   almashinishi   bilan
taqozo   etiladigan   diqqatning   bir   ob’yektdan   boshqa   ob’yektga   o’tishi   bilan
izohlanadi.   Idrok   fonidan   ob’yektni   ajratishning   psixologik   qonuniyatlarini
ikkilangan   tasvirlar,   shrederlar   zinapoyasi,   predmet   konturlarini   ajralishi   kabilarda
aniq ko’rish mumkin.
Juda ko’p hollarda ob’yektni fondan tez va aniq ajratib olish uchun uni alohida
rang,   shakl   va   belgilar   bilan   ta'kidlab   qo’yiladi.   Masalan,   transport   belgilari,   temir
yo’l ishchilari maxsus to’q sariq rangli kiyim kiyadilar va boshqalar.
Appersepsiya
Idrokning   o’ziga   xos   xususiyatlaridan   biri   idrok   jarayoniga   butun   psixik   hayot
mazmunining   (ya'ni   butun   ma'naviy   boyligining)   ta'sir   etishidir.   Yuqorida
aytilganidek,   idrok   jarayoni   odamning   turmush   tajribasi   bilan   bog’liq   ekan,
binobarin,   idrok   jarayoniga   bilim   boyligi   odamning   ishonch,   e'tiqodlari,
dunyoqarashi,   qiziqish   va   ehtiyojlari   hamda   kasbi   ta'sir   qiladi.   Psixologiyada   idrok
jarayoniga odamning butun ma'naviy hayot boyligini ta'sir etishini appersepsiya deb
yuritiladi.   Appersepsiya   -   idrok   jarayonini   shaxsning   oldingi   bilimlari,   shaxsiy   va
ijtimoiy   tajribalari,   qiziqishlari,   motivasiyasi,   ehtiyojlari   va   odatlari,   umuman   ruhiy
hayotining   barcha   mazmuni   bilan   belgilanishidir.   Appersepsiya   hodisasi   tufayli
odamlar   o’zaro   idrokining   mazmuni   bilan   bir-birlaridan   muayyan   darajada
tafovutlanadilar,   ya'ni   ular   aynan   bir   xil   narsani   uzining   bilimi,   saviyasi,   nuqtai
nazari,   dunyoqarashi   va   ijtimoiy   kelib   chiqishiga   asoslangan   holda   turlicha   idrok
qiladilar   hamda   aks   ettiradilar.   Masalan,   daladagi   gullab   turgan   paxtani   oddiy   bir
talaba bilan tajribali agronom idrok qiladigan bo’lsa, albatta, ularning idroklari, ya'ni
paxtani aks  ettirishlari  juda katta farq bo’ladi. Talaba shunchaki, odatdagi  oddiy bir
14 paxta   sifatida   aks   ettirsa,   agronom   paxtaning   qanday   navi,   taraqqiyotning   qaysi
bosqichda ekanligi, taxminan qancha hosil  berishi va shu kabilar bilan birga chuqur
hamda juda to’la idrok etadi. 
Pedagogik   va   psixologik   bilimlarga   ega   bo’lgan   tarbiyachi   bilan   bunday
bilimlardan   mutlaqo  xabarsiz   bo’lgan  oddiy   bir   onaning  bolalaridagi   turli   extiyojlar
va   harakatlarni   idrok   qilishlari   o’rtasida   keskin   farq   mavjud.   Masalan,   ildiz
tushunchasini bolalar o’simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning
ildizi   ko’rinishida,   ijtimoiy   nuqtai-nazardan   qarindosh-urug’chilik   shaklida   ko’z
oldiga   keltiradilar.   Appersepsiya   tushunchasi   ba'zi   hollarda   idrokning   aniqligi,
to’liqligi,   ravshanligi,   predmetliligi,   tanlovchanlik   kabi   sifatlarning   ma'nosi   o’rnida
qo’llanilgan. 
Psixologik   nazariyalariga   ko’ra,   appersepsiya   hodisasi   barqaror   va   vaqtincha
(muvaqqat)   deb   yuritiluvchi   ikki   turga   ajratiladi.   Barqaror   appersepsiya   hodisasi
shaxsning   dunyoqarashi,   qat'iy   maslagi,   motivasiyasi,   qiziqishi,   bilim   saviyasi,
madaniy darajasi, xulq-atvori, ma'naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog’liq bo’lib, u
o’ta   murakkab   tuzilishga   egadir.   Muvaqqat   (vaqtincha)   appersepsiya   turi   esa
shaxsning   faqat   idrok   qilishi   jarayonidagi   emosional   holatiga,  ya'ni   uning   kayfiyati,
ruhlanishi,   shijoati,   stress,   affekt   ko’rinishidagi   his-tuyg’ularida,   ularning   sur'ati,
davomiyligi tizimida o’z ifodasini topadi.
Idrok   xususiyatining   yana   bir   o’ziga   xos   xususiyati   uning   konstantligidir.
Idrokning   konstantligi   deganda   biz   idrok   qilishdan   ongimizda   hosil   bo’lgan
obrazning   real   voqelikdagi   bizga   ta'sir   etib   turgan   narsaning   tabiiy   holatiga   har
jihatdan   mos   bo’lishini   tushunamiz.   Ma'lumki,   narsalarning   hajmi   (katta   yoki
kichikligi)   shu   narsalarni   qanday   masofadan   (uzokdan   yoki   yaqindan)   idrok
qilayotganimizga   qarab   o’zgarib   turadi.   Lekin   shunday   bo’lsa   ham   idrok   qilishdan
hosil   bo’lgan   narsalarning   ongimizdagi   obrazlari   hamma   vaqt   shu   narsaning   tabiiy
holatiga   mos   bo’ladi,   masalan,   katta   yo’lda   ketayotib,   uzoqdan   gugurt   qutichasidek
kichkina   bo’lib   kelayotgan   avtobusni   ko’rib,   "kichkinagina   avtobus"   kelyapti
demaymiz.   Uzoqdagi   avtobusni   idrok   qilishda   ongimizda   hosil   bo’lgan   obraz
avtobusning   real   hajmiga   teng   bo’ladi.   Yoki   tepamizdan   katta   balandlikda   uchib
ketayotgan   hozirgi   zamon   yirik   passajir   samolyotlarini   ko’rib,   kichkina
samolyotchalar uchib ketishayapti, deb aytmaymiz. Biroq shu narsani aytish kerakki,
idrokning   konstantligi   hususiyati   ham   odamning   turmush   tajribasi   bilan   bog’liqdir.
Chunonchi,   umrida   hech   qachon   hozirgi   zamon   katta   passajir   samolyotlarini
ko’rmagan odam baland uchib ketayotgan samolyotni idrok qilib, uning real hajmini
(qanchalik kattaligini) tasavvur eta olmaydi.
Ko’rishda  masofa, rang, shakl, hajm  konstantliklari  ro’y beradi. qalamni  20 va
1sm   masofadan   idrok   qilish,   doskani   1   va   10   m   masofadan   idrokqilish,   oq   qog’oz
yoki quyoshda, xona ichida, koridorda ham oq idrok qilinadi. Konstantlik hodisasida
odam   narsalarni   ko’z   shuur   pardasiga   tushgan   suratiga   aynan   muvofiq   ko’rmaydi,
balki ular haqiqatdan qanday mavjud bo’lsa, shunday ko’radi. Bu kishining tajribasi,
ommaviy faoliyati jarayonida vujudga keladi.
Illyuziya
15 Idrok   jarayonining   navbatdagi   yana   bir   o’ziga   xos   xususiyati   idrok   qilishda
ba'zan yuz beradigan illyuziya hodisasidir. 
Illyuziya   -   bizga   ta'sir   qilayotgan   narsalarni   yanglish   idrok   qilish   demakdir.
Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi:
a) ob’yektiv illyuziya;
b) sub’yektiv illyuziya.
Ob’yektiv illyuziya - hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo’lib, uni
geometrik   illyuziya   deb   ham   yuritiladi.   Ob’yektiv   illyuziya   biz   idrok   qilayotgan
narsalarning   o’zaro   bir-biriga   ta'siri   tufayli   yuz   beradi.   Illyuziyaning   bu   turi   har   xil
geometrik shakllarni idrok qilishda juda yaqqol ko’rinadi. Masalan, uzunligi baravar
bo’lgan ikkita gorizontal to’g’ri chiziq chizilsa, bu chiziqlarning uchlariga tashqariga
qaratilgan   va   ichkariga   qaratilgan   chiziq   kattaroq   bo’lib   ko’rinadi.   Idrok   jarayonida
yuz beradigan illyuziyaning bu turiga juda ko’plab misol keltirish mumkin. Masalan,
baravar kattalikka ega bo’lgan uchta ketma-ket turgan to’g’ri burchakli ustunchalarni
chizib,   ularning   atrofiga   uzoqlashtiruvchi   chiziqlarni   chizsak,   bu   uchta   ketma-ket
turgan   ustunchalar   har   xil   kattalikda   bo’lib   ko’rina   boshlaydi.   Bu   erda
uzoqlashtiruvchi chiziqlarning ta'sirida illyuziya hosil bo’ladi.
Sub’yektiv   illyuziyalar   odamning   ayni   chog’dagi   hissiy   holati   bilan   bog’liq
bo’ladi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   odamning   hissiy   holatida   ro’y   beradigan
o’zgarishlar idrok jarayoniga ta'sir qiladi. Masalan, yuqorida aytib o’tilganidek, odam
kechasi   yolg’iz   ko’chada   qo’rqib   ketayotgan   bo’lsa,   har   bir   sharpa   uning   qo’rqinch
hissini   kuchaytirib   yuboradi.   Natijada   uning   ro’parasidan   chiqib   qolgan   butalgan
daraxt qandaydir dahshatli mavjudotga o’xshab ko’rinadi.
Hayotda   keng   tarqalgan   har   xil   ins-u   jins,   devlar,   ajinalar   va   shu   kabi   nojins
narsalar haqidagi ko’plab gaplar kuchli qo’rqinch hissi ta'sirida noto’g’ri idrok qilish,
ya'ni   sub’yektiv   illyuziya   tufayli   vujudga   kelgandir.   Ba'zan   odam   qattiq   qo’rqqan
paytida bosh miya katta yarim sharlarining po’stidagi muhim markazlardan birortasi
uzoq   muddatli   tormozlanish   holatiga   tushib   qolishi   mumkin.   Buni   akademik
I.I.Pavlov   hayotni   muhofaza   qiluvchi   tormozlanish   deb   atagan   edi.   Ana   shunday
paytda tormozlanib qolgan markaz bilan bog’liq bo’lgan organizmning biror qismida
keskin   o’zgarish   paydo   bo’ladi.   Chunonchi   odamning   og’zi   yoki   ko’zi   qiyshayib
qolishi mumkin yoki ho’li, oyoqi falaj bo’lib qolishi mumkin.
Sub’yektiv illyuziya hodisasi, ya'ni qattiq qo’rqinch hissi ta'sirida noto’g’ri idrok
qilish hodisasi  bolalarda ham uchrashi mumkin. Shuning uchun ana shu yug’oridagi
mulohazalarni,   ya'ni   yanglish   idrok   natijasida   paydo   bo’ladigan   qo’rqinchli
obrazlarni nazarda tutib, hech vaqt bolalarni qo’rqitish kerak emas.
Psixologiyada   ko’rish   illyuziyalarining   o’rganilishi   muayyan   o’zining   tadqiqot
tarixiga   ega.   Masalan,   agarda   biz   ko’rsatkich   va   o’rta   barmoqlarimizni   chalishtirib,
no’xot yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barmoqimizning uchi
bilan   bosib   turib,   shuningdek   ayni   bir   davrda   aylantiraversak,   bu   holda
barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no’xot bordek his qilamiz.
16 Ana   shu   holdagi   bir   narsaning   ikkita   bo’lib   sezilishi   Aristotel   (Arastu)
illyuziyasi  deb ataladi. 
Idrok   qiluvchi   shaxsning   psixikasida   ro’y   beradigan   o’zgarishlar   bilan   yuzaga
keladigan   tasodifiy   illyuziyalar   ham   mavjuddir.   Sahroda   chanqagan   inson   uzoqda
yarqirab   turgan   sho’rhok   yerni   ko’l   deb   idrok   qilishi   (lekin   bu   illyuziyani   sahrodan
farq   qila   olishi   joiz)   yoki   o’rmondagi   to’nka   qo’rqoq   insonning   ko’ziga   bironta
yirtqich hayvonga o’xshab ko’rinishi xuddi shu illyuziyalar jumlasidandir. 
Gallyusinasiya
Voqelikdagi   narsa   va   hodisalarning   tana   a'zolarini   qabul   qilish   analizatorlarga
bevosita   ta'sir   etmasdan   inson   ongida   turli   obrazlarning   (ovozlarning   eshitilishi,
sharpalarning   sezilishi)   xayolan,   fikran   paydo   bo’lishidan   iborat   idrokning
psixopatalogik   (ruhiy   xastalik)   hodisasiga   gallyusinasiya   deyiladi.   Gallyusinasiya
hodisasi   muvaqqat   ruhiy   xastalikning   alomati,   ba'zan   qo’rqinch   hissi   mahsuli
hisoblanib,   bosh   miya   katta   yarim   sharlari   qobiqidagi   qo’zg’alish   jarayonlarining
nuqsonli   sust   (patologik)   harakati   natijasida   goho   asab   tizimining   zaharlanishi,
zaiflashuvi, haddan tashqari  toliqishi  tufayli  yuzaga  kelishi  mumkin. Gallyusinasiya
hodisasi   bir   necha   xil   ko’rinishga   ega   bo’lishi   mumkin,   ularning   eng   asosiylari
quyidagilardan   iboratdir:   a   )   yo’q   narsalarning   ko’zga   ko’rinishi;   b)   u   yoki   bu
ovozlar, tovushlar eshitilishi; v) yo’q sharpalar, hidlar sezilishi kabilardir.
Odatda illyuziyani gallyusinasiyadan farq qila olish lozim. Illyuziya shu lahzada
shaxsning   sezgi   a'zolariga   ta'sir   etib   turgan   biror   narsani   yanglish,   noto’g’ri   idrok
qilish   jarayoni   bo’lsa,   gallyusinasiya   yo’q   mavjud   bo’lmagan   narsalarni   tashqi
ta'surotsiz idrok qilishdir. Masalan, yo’q narsalarning ko’zga bordek ko’rinishi, yo’q
ovozlarning   quloqqa   eshitilishi,   yo’q   hidlarning   dimoqqa   urilishi   kabilar
gallyusinasiyaning   mahsuli  bo’lib  hisoblanadi.  Gallyusinasiya   shaxsning   biror   narsa
va   holatni   ko’rgandek,   eshitilgandek,   his   qilgandek   kabi   tasavvurning   aks   etishidir
xolos.   Gallyusinasiya   hodisasi   ko’pincha   kasallikdan   (isitma,   alahsirashdan)   darak
beruvchi   alomatdir,   u   nerv   tizimini   buzadigan   kasalliklarning   oqibatida   ro’y   berishi
mumkin. 
Idrokning tasnifi
Idrokni   klassifikasiya   qilishda   quyidagi   3   ta   muhim   tomoni   hisobga   olinishi
kerak va ular quyidagi jadvalda keltirilgan.
17K
o'rish	
Tuyish	
Eshitish	
K
inestezik	
H
id bilish	
Ta'm
 bilish	
A
ralash Materiyaning 
yashash shakliga 
qarabIDROKNING 
TASNIFI
Analizatorga 
qarab Fazoni idrok
qilish
Vaqtni idrok
qilish
Harakatni idrok 
qilishAktivligiga ko'ra
Ixtiyoriy
Ixtiyorsiz  Idrok   jarayonida   qaysi   analizatorning   yetakchi   rol   o’ynashiga   qarab:
ko’rish, eshitish, teri tuyish knestezik harakat, hid bilish va ta'm  bilish idroklari bir-
biridan farq qiladi. 
 Yashash shakllariga qarab idrok:  fazoni vaqtni va harakatni idrok qilishga
bo’linadi.
 Idrok faollik darajasiga qarab : ixtiyorsiz va ixtiyoriy shakllarga bo’linadi.
Bunga sabab idrokning diqqat bilan uzviy bog’liqligidir. 
Diqqat idrokning faolligini oshiradi hamda idrokning mukammal, ravshan, aniq
bo’lishiga xizmat qiladi. 
Ma'lumki   idrok   odatda   ixtiyoriy  va   ixtiyorsiz   bo’ladi.   Ixtiyorsiz   idrok   hamisha
ixtiyorsiz   diqqat   bilan   bog’liq   bo’lib,   muayyan   bir   maqsadsiz,   hech   qanday   iroda
kuchi   sarf   qilinmasdan   amalga   oshiriladi.   Ixtiyorsiz   idrok   biror   narsani   to’satdan,
ta'sir  etayotgan  narsalarning  boshqa  narsalardan  keskin   farq  qilishi,  haddan   tashqari
originalligi,   yorqinligi   natijasida   yuzaga   keladi.   Ixtiyorsiz   idrok   odamning   butun
faoliyati   davomida   uzluksiz   davom   etib,   ayrim   paytlarda   ixtiyoriy   idrok   bilan
almashinib turadi. Lekin shunday bo’lsa ham inson hayotida ixtiyoriy idrokning roli
benihoya kattadir. 
Ixtiyoriy   idrok   oldindan   belgilangan   muayyan   bir   maqsad   asosida   amalga
oshiriladi.   Idrokning   ishtiroki   asosan   ixtiyoriy   idrokda   namoyon   bo’ladi.   Chunki
ixtiyoriy idrok ko’pincha odamda irodaviy zo’r berishni talab qiladi. Masalan, darsni
ixtiyoriy   idrok   bilan   eshitib   o’tirish   odamdan   anchagina   iroda   kuchini   talab   qiladi.
Umuman olganda, har qanday ixtiyoriy idrokda albatta diqqat qatnashadi.
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarni yaxlit aks ettirishdan iborat bo’lgan
iroda jarayonining bir qancha o’ziga xos xususiyatlari  bordir. Odatda ikki idrok turi
farq   qilinadi.   Ulardan   biri   sodda   idrok   bo’lsa,   ikkinchisi   murakkab   idrokdir.   Sodda
idrok   deganda   atrofimizdagi   turli-tuman   narsalari   masalan,   xonadagi   stol-stullar,
shkaflar   hamda   shkaflardagi   o’yinchoqlarni   idrok   qilish   sodda   idrok   qilishdan
iboratdir.
18 Idrokni tasnif qilishda materiyaning yashash shakllari - fazo, vaqt, harakat asos
qilib olinadi, unga ko’ra idrok quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Fazoni idrok  q ilish
2. Va q tni idrok  q ilish
3. H arakatni idrok  q ilish
Fazoni idrok  q ilish
Fazoni idrok qilish voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan o’rnini,
shaklini,   miqdorini,   bir-biriga   nisbatan   munosabatlar   bilish   jarayonining   shaklidir.
Voqelikni   idrok   qilish   orqali   inson   borliq   to’g’risida,   uning   xususiyatlari,   xajmi,
masofasi   (ich   tomonni,   chuqurligi)   yuzasida   muayyan   ma'lumotlar,   xossalar,
axborotlar to’plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Fazoni   idrok   qilish   undagi   narsalarning   shaklini,   hajmini   va   o’zaro
munosabatlarini   aks   ettirishdir.   Demak,   fazodagi   narsalar   uch   o’lchovda   idrok
qilinadi; narsalarning shakli: uch burchakli, to’rt burchakli, kub, kvadrat, doira, konus
va boshqalar.  Narsalarning  hajmi  katta,  kichik, o’rtacha,  yirik, mayda  va  boshqalar.
Narsalarning   bir-biriga   va   idrok   qiluvchiga   munosabati:   o’ngda,   chapda,   yuqorida,
pastda, uzoqda va hokazo. Fazoni ko’rish, teri, muskul-harakat organlari bilan idrok
qilinadi. Fazoni bir ko’z bilan yoki ikki ko’z bilan idrok qilamiz. Monokulyar idrokda
narsalarning chetlaridan kelayotgan nurlar bitta ko’zning to’r pardasida aks etadi. Bu
nurlar   ko’z   gavharlarida   bir-birini   kesib   o’tadi   va   ularning   kesishgan   joyida   ko’rish
burchagi   hosil   bo’ladi.   Bu   burchakning   katta-kichikligiga   hamda   uning   ko’zdan
qanchalik   uzoq-yaqinligiga   bog’liq.   Ko’z   gavharlarining   va   umuman   ko’zning
narsalarni eng yaxshi ko’rish uchun moslashuvini  akkomadasiya  deyiladi. 
Odatda fazodagi narsalarning shakli, hajmi va o’zaro munosabatlarini ikki ko’z
bilan binokulyar idrok qilinadi. 
Biz   bir   narsaga   ikki   ko’z   bilan   qaraymiz.   Lekin   narsa   bitta   aks   etadi.   Buning
sababi o’sha narsadan keladigan nurlarning ko’z pardasiga mos yoki mos bo’lmagan
nuqtalariga to’g’ri kelishidir. 
Narsalarning fazo munosabatini binokulyar idrok qilishda konvergensiya muhim
ahamiyatga ega.
Konvergensiya   -   biror   narsaga   qaraganda   ikkala   ko’z   soqqasining   qanshar
tomon   bab-barobar   burilishidir.   Konvergensiya   masofani,   chuqurligini   aniq,   to’liq
idrok qilishga imkon beradi.
Vaqtni idrok qilish
Odamda   inson   tomonidan   vaqtni   idrok   qilish   asosan   ruhiy   hodisalar,   holatlar,
vaziyatlar,   xususiyatlarning   o’zaro   o’rin   almashinuvi   tufayli   namoyon   bo’ladi   va
o’ziga   xos   tuzilishi   bilan   mazkur   jarayonning   boshqa   shakllaridan   farq   qilib   turadi.
Vaqtni   idrok   qilish   inson   tomonidan   aks   ettirilayotgan   vaqt   birligining   ob’yektiv
(haqqoniy, xolis) mazmuniga, shaxsning o’ziga nisbatan munosabatiga bog’liq bo’lib,
shu   mezon   orqali   uning   mahsuldorligi   o’lchanadi.   Masalan,   shaxsning   ehtiyoji
motivasiyasi, qiziqishi va intilishlariga mutanosib vaqt birligini, idrok birligini idrok
qilgan   taqdirdagina   vaqt   ob’yektiv   jihatdan   kechinmalar,   his-tuyg’ularga   nisbatan
shaxsning   ijobiy,   haqqoniy   munosabatlarida   tez   o’tganday   idrok   qilinadi,   odatda
19 yoqtirmaslik idrok maydoniga (qamroviga) nomutanosiblik esa shaxsda zerikish, vaqt
"sekin" o’tish tuyg’usini uyg’otadi.
Biz   idrok   qilib   turgan   narsa-hodisalar   muayyan   vaht   davomida   paydo   bo’ladi,
o’zgaradi   va   o’tib   ketadi.   Vaqt   materiya   mavjudligining   asosiy   shakllaridan   biridir.
Vaqtni idrok qilish voqelikdagi hodisalar va ularning muntazamligini aks ettirishdir.
Vaqtni idrok qilish ob’yektiv reallikni aks ettirib, kishini o’rab olgan muhitda mo’ljal
olishiga imkon beradi. Vaqtni mo’ljal olish orientirovkasi miyaning po’st bo’limlari
yordamida amalga oshadi. Lekin vaqtni idrok qiluvchi maxsus a'zo mavjud emas.
Vaqtni   idrok   qilishda   turli   analizatorlar   qatnashadi,   biroq   vaqtlar   oraliqinining
bir muncha aniq farqini kinestezik va eshitish sezgilari beradi.
Markaziy   asab   tizimida   bosh   miya   katta   yarim   sharlarida   qo’zg’alish   va
tormozlanishning   ritmik   almashinuvi   vaqtni   idrok   qilish   asosida   yotadi.   Agar   bosh
miya   po’stida   qo’zg’alish   jarayoni   ustunlik   qilsa,   vaqt   "tez"   o’tgandek,   agar
tormozlanish   ustunlik   qilsa,   vaqt   "sekin"   o’tgandek   idrok   qilinadi.   Vaqtning   "tez"
yoki   "sekin"   o’tishi   kishining   vaqtga   va   diqqati   yo’naltirilgan   ob’yektga
munosabatiga   ham   bog’liq.   Masalan,   biror   darsning   o’tishi,   kinofilmni   ko’rish,
avtobus   yoki   biror   kishining   kelishini   kutish   va   hokazo.   Odamlar   vaqtni   ob’yektiv
belgilash,   uning   oraliqini   to’g’ri   farqlashga   imkon   beradigan   narsalar   oy,   quyosh,
yulduzlar harakatidan foydalanib kelganlar.
Harakatni idrok qilish
Biosfera   va   nosferadagi   harakatlarni   idrok   qilish   jismlarning   (ba'zan   nisbiy
jihatdan   boshqa   ijtimoiy-siyosiy,   tabiiy   holatlarning)   fazodagi   (ijtimoiy   hayotdagi)
o’rin   almashinuvini   bevosita   (bavosita)   aks   ettirishdan   iboratdir.   Shu   sababdan,
harakat   taqqoslanmasdan   idrok   qilinishi   ilmiy   psixologik   manbalarda   qayd   qilib
o’tiladi.   Mabodo   harakatdagi   jism   uni   qurshab   turgan   harakatsiz   boshqa   jismlarga
taqqoslangan holda idrok qilinsa, bunday toifadagi harakat nisbatan idrok qilish deb
ataladi.   Agarda   harakatlanayotgan   jism   hech   qanday   narsa   bilan   taqqoslanmasdan
idrok   qilinsa,   bu   ko’rinishdagi   harakat   esa   nisbat   berilmasdan   nisbatsiz   idrok   qilish
deyiladi. 
Tevarak-atrofdagi   narsa-hodisalar   muayyan   vaqt   davomida   o’z   o’rinlarini
almashtirib turadilar. Kishilar   narsa-hodisalarning fazoda  o’rin almashtirib  turishini,
ya'ni   harakatini   ham   idrok   qiladilar.   harakatni   idrok   qilishda   ko’rish   va   kinestezik
analizator   asosiy   rol   o’ynaydi.   Tezlik,   tezlanish   va   harakatning   yo’nalishi   harakat
qilayotgan   ob’yekt   parametridir.   Odam   narsalarni   harakati   haqida   ikki   yo’l   bilan
ma'lumot olishi mumkin.
 H arakatni bevosita idrok  q ilish
 H arakat  h a q ida xulosa chi q arish.
Harakatni bevosita ko’rish orqali idrok qilish ikki xildir.
a) ko’zni harakatdagi narsa bilan birga yuritish
b) ko’zni bir nuqtaga qaratib turish.
Harakat   tez   yoki   sekin   bo’layotgandek   idrok   qilinadi.   Harakatni   bunday   idrok
qilinishi narsalarning ob’yektiv tezligiga va uning idrok qilinuvchidan qanchalik uzoq
yaqinligiga bog’liq Harakatni eshitish analizatori yordami bilan ham idrok qilinadi. 
20

SEZGI VA IDROK Reja: 1. Sezgi haqida tushuncha . 2. Sezgi turlari . 3. Idrok haqida tushuncha. 4. Idrokning xususiyatlari . 5.Idrokning tasnifi.

Sezgi haqida tushuncha Ma'lumki bizni o’rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko’p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta'mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g’adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a'zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz. Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo’ladi. Chunonchi, nurlarning ko’zimizga ta'sir qilishi natijasida ko’rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to’lqinlarining quloqimizga ta'sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo’shlig’iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta'siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo’limiz yoki badanimizga tegib ta'sir etish natijasida teri (taktil - biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo’ladi. Demak, sezgi deb - atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz. Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo’lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo’zg’atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta'sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma'lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o’tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo’lgani bilan uning yuzaga kelishi o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Ular jumlasiga q uyidagilar kiradi:  Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va h odisaning bo’lishi.  Sezuvchi apparat, ya'ni analizatorning mavjud bo’lishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz. Sezgi idrok bilan bog’liq bo’ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a'zolarimizga ta'siri natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to’plab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o’z ichki holatini adekvat "mos" aks ettirishi hosil bo’ladi. Sezgi a'zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo’llaridan biridir. Sezgilarning nerv - fiziologik asoslari. Ma'lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta'sirlar natijasida hosil bo’lmay, balki organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu qo’zg’atuvchidan ta'sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo’ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv - fiziologik asosini qo’zg’atuvchining o’ziga aynan o’xshaydigan analizatorga ta'siri natijasida hosil bo’ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. Shuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini o’rganishda I.P.Pavlov ta'biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi. Analizator - tashqi va ichki muhitdan keladigan ta'sirotlarni qabul qilib olib, 2

fiziologik jarayon bo’lgan qo’zg’alishni psixik jarayonga, ya'ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 q ismdan tashkil topgan bo’lib, ular q uyidagilardan iborat:  periferik (reseptor) - tashqi quvvatni nerv jarayoniga o’tkazadigan maxsus transformator qismi;  analizatorning periferik bo’limining markaziy analizator bilan bog’laydigan yo’llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;  analizatorning periferik bo’limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo’ladigan qobiq osti va qobiq bo’limlari. Analizatorning qobiq bo’limida reseptor hujayralarining asosiy qismi jamlangan o’zak, ya'ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida ma'lum miqdorda mavjud tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism bo’ladi. Analizatorning o’zak qismida reseptordan markazga intiluvchi nervlar joylashgan bo’lib, ko’plab hujayralardan iborat. Mazkur analizatorning periferik, ya'ni tarqalib ketgan qismlari boshqa analizatorlarning o’zaklari bilan yondosh sohalariga kiradi va alohida narsalarni izlash jarayonida butun bosh miya qobiqining katta qismi ishtirok etishiga erishiladi. Analizatorning o’zagi analiz va sintez qilish funksiyasini bajaradi , masalan , tovushlarning balandligi. Tarqoq qismlar dag’al analiz funksiyalarni, masalan musiqiy ohang va tovushlarni farqlash bilan bog’liq bo’ladi. Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo’li manbasi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi reseptordan ta'sirotni miyaga olib boruvchi nerv yo’llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning o’zaro munosabati murakkab organizmning tevarak-atrofdagi olamda to’g’ri mo’ljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini ta'minlaydi. Sezgilar tasnifi va turlari. Sezgilar qaysi a'zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya'ni ko’rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, teri, muskul-harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a'zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi. Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U reseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo’ladi.  Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda reseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya'ni ekstroreseptiv sezgilar ;  Ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda reseptorlari ichki tana a'zolarida, to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni interoreseptiv sezgilar.  Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioreseptiv sezgilar . 3

Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoreseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoreseptiv sezgilar asl, tub, ma'nodagi sezgilar emas, balki emosiyalar bilan sezgilar o’rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to’la o’rganilmaganligi sababli uni "noma'lum hislar" deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Interoreseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emosional reaksiyalari o’zgarishida ko’zga tashlanadi, bolada esa xatti-harakatning keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi. Chunki bola tana a'zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy o’zgarishi belgilardan buni sezish mumkin. Interoreseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o’zaro o’rin almashtirish muvozanatini ta'minlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir so’z bilan aytganda, organizmdagi jarayonlarni o’zaro o’rin almashib turishning gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Shuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga keladigan puls, zo’riqish, affekt holatlarini yo’qotish, tug’ilib kelayotgan mayllarni qondirish bilan bog’liq vazifani bajaradi. Natijada ichki tana a'zolarining faoliyatini izdan chiqarish holati yuz berishi mumkin. Interoreseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interosepsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N.Chernigovkiylar tomonidan atroflicha o’rganilgan. Ularning fikriga ko’ra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqadi Proprioseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati to’g’risida signallar bilan ta'minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent asosini tashkil qiladi. Pereferik reseptorlar muskullar, pay va bo’g’imlarda joylashgan bo’lib, maxsus tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi. Tanachalarda vujudga keluvchi qo’zg’atuvchilar muskullarning harakatlashuvi natijasida va bo’g’imlar holatining o’zgarishi, nerv tolalari yordamida, orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqligiga etkaziladi. qo’zg’ovchilar Burdax va Goll yadrosining quyi bo’limlariga yetib keladi va undan po’stosti tugunchalaridan o’tib, bosh miya katta yarim sharining qoronqulashgan zonasida harakatlarini yakunlaydilar. Proprioreseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan, hayvonlarda P.K.Anoxin , odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan o’rganilgan. Psixologik ma'lumotlarga ko’ra, gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik sezgilarda o’z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo’lib, ular o’zaro bir-biriga perpendikulyar bo’shliqda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining o’zgarishi quyidagi sxemada ko’rish mumkin: a) endolimfa suyuqligiga bog’liq qo’zg’alish; b) eshitish nervi; v) vestibulyar nervi; g) bosh miya po’stining chakka bo’lmasi; 4

d) miya apparatiga o’tadi; Vestibulyator sezgi apparati ko’rish bilan bevosita aloqada bo’lib, fazoni mo’ljalga olish (orientirlash) jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomobil yo’lidan o’tish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda ham uchrashi mumkin. Ekstroreseptiv sezgilar intermodal, nospesifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi orqali 10-15 sekundga tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopg’og’i, tirsak, tizza uchlari) payqash - vibrasiya sezgilari deyiladi. Masalan, karlarni tovushlarni idrok qilishi. Odatda vibrasion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Uning quyidagi ko’rinishlari qam mavjud: a) hid, ta'm va maza sezgilarida; b) o’ta kuchli tovushda, o’ta yorqin yorug’likda; v) uch xil ta'sirning uyg’unlashgan integrativ holatida ; Sezgining nospesifik shakliga terining foto sezgirligi kirib, u ranglarni, nozik jumlalarni ajratish, qo’l uchlari bilan sezish orqali ro’yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan bo’lib, bu narsa ko’pgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Tadqiqot asosan qo’l uchiga yashil va qizil ranglarni yuborish orqali amalga oshirilgan. Terining foto sezgirligi tabiati psixologiyada yetarli darajada o’rganilmagan. Sezgi turlari Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroreseptiv, proprioreseptiv, introreseptiv) o’z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi: - Ko’rish sezgilari; - Eshitish sezgilari; - H id bilish sezgilari; - Ta'm bilish sezgilari; - Teri sezgilari; - Muskul - h arakat (kinestetik); - Statistik sezgilar; - Organik sezgilar; Ko’rish sezgilari Insonlar tomonidan rang va yoruqlikni sezish ko’rish sezgilari orqali amalga oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo’linadi. Psixofiziologik qonunga ko’ra yoruqlik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o’tib singanda hosil bo’ladigan rang xromatik ranglar deb atalib, ularga kamalak ranglar, ya'ni qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko’k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko’rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi. Ko’rish sezgilarining organi ko’z hisoblanib, u ko’z soqqasi undan chiqib keladigan ko’ruv nervlaridan tashkil topgan bo’lib, ko’z soqqasini tashqi tomirlari va to’r pardalari o’rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo’lmagan oq qismi sklera yoki qotgan qattiq parda deb nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan bir muncha qavariq qismi tiniq mugus parda bo’lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko’z 5