logo

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

74.5 KB
Mavzu:O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari;
2. Suverenitet tushunchasi, turlari;
3. Xalq hokimiyatchiligi; Konstitutsiyaviy   huquq   normalarini   hayotga   tadbiq   etish   jarayonlarida
konstitutsiyaviy-huquqiy   munosabatlar   vujudga   keladi.   Konstitutsiyaviy-huquqiy
munosabatlar   deb,   Konstitutsiyaviy   huquq   normalari   bilan   tartibga   solinadigan
ijtimoiy   munosabatlarga   aytiladi.   Bunday   munosabatlarning   ishtirokchilari
konstitutsiyaviy   huquq   normalari   tomonidan   o`rnatilgan   huquq   va   majburiyatlar
bilan   o`zaro   bog`langan   bo`ladi.   Uning   ishtirokchilari   o`zaro   yuridik   aloqada
bo`ladi,   chunki   ular   kishilar   ongiga   bog`liq   bo`lib,   davlat   organlari   tomonidan
ta'minlanadi, himoya qilinadi, kafolatlanadi.
Yuridik adabiyotlarda konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar mazmuni masalasida
turli   xil   qarashlar   mavjud.   Qator   davlatshunos   olimlarning   nuqtai
nazarida        konstitutsiyaviy   huquq   normalari   muayyan   davlatning   ijtimoiy-iqtisodiy
tizimi   va   davlat   tuzilishining   siyosiy   tashkil   etilishining   asosiy   tomonlarini
belgilaydi   va   tartibga   soladi.   Boshqa   davlatshunos   olimlar   esa   konstitutsiyaviy-
huquqiy   munosabatlar   davlat   hokimiyatini   amalga   oshirish   jarayonida   vujudga
keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, deb ta'kidlaydilar.
Birinchi   nuqtai   nazar   mualliflarining   qarashlari   o`ta   mavhum.   Chunki   ular
konstitutsiyaviy-huquqiy   munosabatlar   mazmunini   juda   keng   tushunishlari
oqibatida   uning   haqiqiy   mazmunini   aniq   ochib   bera   olmaganlar.   Ikkinchi   nuqtai
nazar   o`ta   aniq   bo`lishiga   qaramasdan,   juda   tor   dunyoqarash   bo`lib,   unda
konstitutsiyaviy-huquqiy   munosabatlar   ahamiyatlilik   darajasi   pasaytirib
yuborilgan.   Bu   xildagi   dunyoqarash   amalda   mavjud   davlat   tuzilishini
takomillashtirish yoki rivojlantirishda qarama-qarshilikka olib keladi.
Shunday   qilib,   konstitutsiyaviy-huquqiy   munosabatlarning   yuridik   mazmunini,
munosabat   ishtirokchilarining   huquqlari   va   majburiyatlari   tashkil   etadi.   Bu
munosabatlar   asosan   davlat   va   jamiyat   tuzilishini   mustahkamlash ,   xalq
hokimiyatchiligini   amalga   oshirish   tizimi   va   shakllari   bilan   bog`liqdir,   shuning uchun   ham   konstitutsiyaviy-huquqiy   munosabatlar   huquq   tizimida   xal   qiluvchi
o`rinda turadi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy   munosabatlarning   o`ziga   xos   xususiyatlari   bo`lib,   bu
munosabatlarda   ishtirok   etuvchilarning,   ya'ni   subyektlarning   maxsus   doirasini
guruhlarga bo`lib o`rganish tavsiya etiladi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy   munosabatlarning   subyektlari   qatoriga   quyidagilar
kiradi:
1.     O`zbekiston   xalqi.   O`zbekiston   Konstitutsiyasining   7-moddasida,   “Xalq
davlat   hokimiyatining   birdan-bir   manbai”   ekanligi   mustahkamlangan,   9-
moddasida   esa   “jamiyat   va   davlat   hayotining   eng   muhim   masalalari
umumxalq   muhokamasiga   ya'ni   ovozga   (referendumga)   qo`yilishi
mustahkamlangan”.
“O`zbekiston   Respublikasining   referendumi   to`g`risida”   gi   1991   yil   18   noyabrda
va   2001   yil   30   avgustda   yangi   tahrirda   qabul   qilingan   qonuniga   binoan,
O`zbekiston  Respublikasining   referendumi   –  davlat   hayoti   va  ijtimoiy  hayotining
eng   muhim   masalalari   bo`yicha,   shu   jumladan   O`zbekiston   Respublikasining
qonunlarini   va   o`zga   qarorlarni   qabul   qilish,   ularga   o`zgartirish   kiritishda
jamoatchilik   fikrini   aniqlash   uchun ,   umumxalq   ovoziga   qo`yilishi,   bo`lib,   xalq
hokimiyatchiligini bevosita amalga oshirish vositasidir.
Referendumda   qabul   qilingan   qarorlar   O`zbekiston   Respublikasi   hududida   oliy
yuridik kuchga ega bo`ladi va faqat referendum o`tkazish yo`li bilan bekor qilinishi
yoki o`zgartirilishi mumkin.
Misol   uchun   2002   yil   27   yanvardagi   referendumda   esa,   kelgusi   chaqiriq
O`zbekiston   Respublikasi   Parlamentini   ikki   palatali   qilib   saylash   va   O`zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   Konstitutsiyaviy   vakolat   muddatini   besh   yildan   yetti yillik   qilib,   o`zaytirishga   oid   masalalar   yuzasidan   o`tkazilgan   referendumni
keltirish mumkin.
Xalq   hokimiyatchiligini   amalga   oshirishning   ikkinchi   shakli;   Davlat   va   jamiyat
ishlarini   boshqarishda   xalqning   o`z   vakillari   orqali   ishtirok   etish   huquqidir.   Bu
tarzda   ishtirok   etish   o`zini-o`zi   boshqarish   va   davlat   organlari   faoliyatini
demokratik   prinsiplar   asosida   tashkil   etish   yo`li   bilan   amalga   oshiriladi.   Bunga
misol   sifatida:   2004   yil   26   dekabrda   O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi
Qonunchilik   palatasiga   hamda   Xalq   deputatlari   viloyat,   shahar,   tuman
Kengashlariga o`tkazilgan saylovlarini keltirish mumkin.
2.   O`zbekiston   va   Qoraqalpog`iston   Respublikalari   o`rtasidagi   davlat-huquqiy
munosabatlari va ularning vakolatlari doirasini belgilash tartibi. Konstitutsiyaning
XVII   bobida   va   boshqa   moddalarda   mustahkamlangan   prinsiplar   asosida   qabul
qilingan qonunlar , qarorlar, shartnomalar va bitimlarda ko`rsatib o`tilgan.
3.   Ma'muriy-hududiy   birliklar:   O`zbekiston   Respublikasi   viloyatlar ,   tumanlar,
shaharlar,   shaharchalar ,   qishloqlar,   ovullar,   shuningdek   Qoraqalpog`iston
Respublikasidan iborat (Konstitutsiyaning 68-moddasi). Davlat mazkur ma'muriy-
hududiy   subyektlari   bilan   ham   huquqiy   munosabatlarga   kirishadi.   Ular   esa,   o`z
navbatida,   o`z   vakolatlari   doirasida   huquqiy   harakatlarni   amalga   oshirishi
belgilangan.   Masalan,   O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   roziligi   bilan
Qoraqalpogiston   Respublikasi,   viloyatlar,   Toshkent   shahrining   chegaralarini
o`zgartirish,   shuningdek   viloyatlar,   shaharlar,   tumanlar   tashkil   qilish   va   ularni
tugatish amalga oshiriladi.
4.   Jamoat   birlashmalari:   O`zbekiston   Respublikasi   qonunlarida   belgilangan
tartibda   ro`yxatdan   o`tkazilgan:   siyosiy   partiyalar,   kasaba   uyushmalari,   yoshlar
tashkilotlari ,   olimlarning   jamiyatlari,   faxriylar   va   ijodiy   uyushmalar,   ommaviy
harakatlar   va   fuqarolarning   boshqa   uyushmalari.   ular   o`z   faoliyatlari   davomida
deputatlikka nomzodlar ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan yoki deputatlarni chaqirib olish   tartibini   amalga   oshirish   bilan   bog`liq   masalalarda   davlat-huquqiy
munosabatlarining subyekti bo`la oladilar.
5.   Mehnat   jamoalari:   muassasa   korxona,   tashkilot,   shirkat   xo`jaligi,   fermer
xo`jaligi,   dehqon   xo`jaligi,   oliy   o`quv   yurti   talabalari ,   o`qituvchilari,   kollej   va
litseylar,   harbiy   xizmatchilar   va   boshqalar.   Davlat   va   jamiyat   ahamiyatiga   molik
masalalarni   muhokama   qilishda   davlat-huquqiy   munosabatlarining   subyekti   bo`la
oladilar.   Masalan,   Konstitutsiya   va   qonunlarni   muhokama   qilishda   o`z   fikrlarini
bayon   etish   yoki   Referendumda   ishtirok   etish   bilan   davlat   huquqiy
munosabatlarining subyekti bo`ladilar.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prin s iplari
Siz   umumiy   o’rta   ta`lim   maktablarida   «Konstitutsiyaviy   huquq»   fanini
o’rgandingiz   va   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   asosiy   mazmuni
bilan tanishdingiz.   Asosiy   qoidalarni   o ’ rganganingiz   asosida   endi   siz   shu   umumiy
qoidalarning   maxsus   qoidalarini   o ’ rganasiz .
Ma`lumki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy principlari:
 Davlat suvereniteti;
 Xalq hokimiyatchiligi;
 Konstitutsiya va qonunning ustunligi;
 Tashqi siyosatdan iborat edi.
 Suverenitet tushunchasi, turlari
Davlat   suvereniteti   -   suverenitetning   asosiy   shakli.   Davlat   suvereniteti   hech
kimning   xohishiga   boqliq   emasligini   xalqning   suveren   irodasini   ifoda   etuvchi
davlat   hokimiyati   ichki   ishlarda   va   xalqaro   munosabatlarda   butunlay   mustaqil
ekanligini   bildiradi.   Davlat   suvereniteti,   birinchidan,   mamlakat   hududida   davlat
hokimiyatining   usutunligini,   ikkinchidan,   davlat   boshqa   davlatlar   bilan   qanday
munosabatda   bo’lishini   o’zi   belgilashini,   uchinchidan,   boshqa   davlatlarning   bu davlatning   ichki   ishlariga   aralashish   huquqiga   ega   emasligini   ham   belgilaydi.
«Suverenitet» so’zi – oliy hokimiyat egasi degan ma`noni anglatadi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka doir 4 ta asosiy hujjat qabul qilgan:
1)  Mustaqillik deklaraciyasi (1990y 20 iyun`).
2)  O’zbekiston   Respublikasining   davlat   mustaqilligi   to’qrisida   Oliy   Kengash
bayonoti (1991y.  31 avgust).
3)  O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e`lon qilish to’qrisidagi
qarori (1991y.  31 avgust).
4)  «Mustaqillik asoslari to’qrisi»dagi qonun (1991y.  31 avgust).
Davlat   suverenitetining   asosiy   belgilaridan   biri,   davlatimizda   fuqarolar
manfaatining   ustunligidir.   Davlat   suverenitetining   yana   bir   asosiy   belgisi   -   bu
o’zining   milliy-davlat   va   ma`muriy-hududiy   tuzilishini,   davlat   hokimiyatini   va
boshqaruv   organlarining   tizimini   belgilashi,   ichki   va   tashqi   siyosatni   amalga
oshirishidir.  O’zbekistonning   davlat  chegarasi   va  hududi   daxlsiz  va   bo’linmasdir.
Davlat   suverenitetining   yana   bir   belgisi   -   davlat   tilidir.   Davlat   tili   to’qrisidagi
qonun 1989y 21 oktyabrda qabul qilingan. Ushbu qonunning yangi tahrirdagisi esa
1995   yil   21   dekabrda   qabul   qilingan.   Qonun   o’zbek   tili   O’zbekiston
Respublikasining   butun   hududida   davlat   tili   sifatida   amal   qilishining   huquqiy
asoslarini belgilab berdi.
Davlat   suverenitetining   yana   bir   asosiy   belgisi,     davlat   ramzlaridir.   Ular
quyidagilar :
 Davlat bayroqi (1991y 18 noyabr);
 Davlat gerbi (1992y 2 iyun);
 Davlat madhiyasi (1992 y 10 dekabr).
Xalq   suvereniteti   deganda,   odatda   xalq   to’la   hokimiyatning   egasi   ekanligi,
uning  o’z  hokimiyati     boshqa   ijtimoiy  kuchlardan   mustaqil   ravishda,   hech  kimga
bo’ysunmasdan amalga oshirilishi tushuniladi.   Davlat   suverenitetining   amal   qilishi   davlat   hokimiyatini   faoliyatining   uchta
tarmoqini – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini, uning organlarini,
ichki va tashqi funkciyalarini amalga oshirishdagi faoliyatidir.
Milliy   suverenitet   deganda,   millatning   siyosiy   va   huquqiy   holati   tushuniladi.
Bunga ko’ra Respublika o’z siyosiy statusini  (holati) ni, o’z irodasi  bilan, boshqa
xalqlarning aralashuvisiz mustaqil tarzda belgilaydi, iqtisodiy, madaniy rivojlanish
yo’lini tanlaydi.
O’zbekiston   Respublikasining   davlat   ramzlari   muqaddas   hisoblanib,   ularni
haqorat qilishning har qanday ko’rinishi qonun bilan jazolanadi. Konstitutsiyaning
asosiy   principlaridan   yana   biri   -   Xalq   hokimiyatchiligi.   Xalq   hokimiyatchiligi
deganda, butun hokimiyat xalqqa tegishli ekanligi tushuniladi.
Xalq hokimiyatchiligi
  Xalq hokimiyatchiligining asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
 hokimiyatning   birdan-bir   manbai   xalqdir.   Xalqni   hokimiyatning   yagona
manbai   sifatida   tan   olish   boshqaruvning   respublika   shakliga   ega   bo’lgan
demokratik davlatlarga xos xususiyatdir;
 O’zbekiston   xalqining   millatidan   qat`iy   nazar,   O’zbekiston
Respublikasining fuqarolari tashkil etadi;
 Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga
taqdim   etiladi,   umumiy   ovozga   (referendumga)   qo’yiladi.   Referendum
to’qrisidagi   qonun   1991   yil   18   noyabrda   qabul   qilingan.   Referendumda
qabul qilingan qaror yuridik kuchga ega bo’ladi;
 Xalq nomidan faqat u saylagan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va
Prezidenti olib boradi;
 Davlat   hokimiyatining   tizimi   -   hokimiyatning   qonun   chiqaruvchi,   ijro
etuvchi   va   sud   hokimiyatiga   bo’linishi   principiga   asoslanadi.
Hokimiyatning   bo’linish   principi   demokratik   davlatlarning   tarixiy
rivojlanishi   davomida   jahon   hamjamiyati   tomonidan   ishlab   chiqilgan. Hokimiyat   vakolatlarini   taqsimlash   principi   huquqiy   davlatning   eng
muhim belgilaridan biridir;
 O’zbekistonda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning
xilma-xilligi   asosida   rivojlanadi.   Hech   qaysi   mafkura   davlat   mafkurasi
sifatida o’rnatilishi mumkin emas;
 O’zbekiston   Respublikasida   demokratiya   umuminsoniy   principlarga
asoslangan.   Demokratik   huquq   va   erkinliklar,   Konstitutsiya   va   qonunlar
bilan himoya qilinadi.
Konstitutsiya va qonun ustunligi
Konstitutsiyaning asosiy principlaridan yana biri - Konstitutsiya va qonunning
ustunligidir,   ya`ni   O’zbekistonda   Konstitutsiya   va   qonunlarning   ustunligi   so’zsiz
tan   olinadi.   Davlat,   uning   organlari,   mansabdor   shaxslar,   jamoat   birlashmalari,
fuqarolar konstitusiyasi va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar.
Jamiyatda   qonunning   ustvorligi   huquqiy   davlatning   bosh   mentolitetidir.
Bunday   jamiyatda   oddiy   fuqarolardan   tortib   Prezidentgacha   hamma   qonun
talablarini bajarishi shart.
Amir   Temur   o’z   tuzuklarida   tegishli   tartib   va   qonunga   rioya   qilish   uning
taqdiri va yutuqlarining asosi hamda tayanchi bo’lib xizmat qilishini ko’rsatgan.
Respublikamiz   Prezidenti   I.A.Karimov-O’zbekiston   XXI   asrga   intilmoqda
mavzusidagi   Respublika   Oliy   Majlisining   birinchi   chaqiriq   14   sessiyasida   qilgan
nutqida:   «Jamiyatda   fuqarolarning   huquqlari   va   erkinliklarini   himoya   qilish
ta`minlanganda   u   chinakam   huquqiy   fuqarolik   jamiyati   bo’ladi.   Har   bir   kishi   o’z
huquqlarini   aniq   va   ravshan   bilishi,   ulardan   foydalana   olishi,   o’z   huquqlari   va
erkinliklarini himoya qila olishi lozim» - deb ko’rsatganlar. «Har bir inson»,- deydi
Prezident:   «To’ralarcha   o’zboshimchalikdan,   qonunsizlikdan   o’z   huquqlarini
himoya   qiladigan   idoralar   mavjudligiga   amin   bo’lishi   kerak.»     (O’zbekiston   XXI
asrga intilmoqda. T., O’zbekiston, 2000, 25-bet). Tashqi siyosat
Asosiy   principlarning   yana   biri   –   tashqi   siyosat   .   O’zbekiston   mustaqillikka
erishgandan   so’ng   xalqaro   munosabatlarda   to’la   huquqli   sub`ekt   bo’ldi.   Bu   esa
O’zbekistonning BMTga a`zo bo’lishi bilan yanada qonuniy mustahkamlandi. endi
O’zbekiston   mustaqil   ravishda   tashqi   siyosatni   belgilab,   uni   amalga   oshiradi.
Tashqi   siyosat   quyidagi   qoidalar   asosida   olib   boriladi:   suveren   tenglik,   kuch
ishlatmaslik,   chegara   daxlsizligi,   nizolarni   tinch   yo’l   bilan   hal   etish,   boshqa
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xalqaro huquqning umum e`tirof etgan
boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Bu tamoyillar siyosatda oshkoralikka,
ochiklikka, tenglikka va huquqiylikka tayanib ish yuritishni taqozo qiladi. Ammo
qo’shni respublikalardagi va mintaqamizdagi vaziyat mamlakatimiz suverenitetiga
tahdid   soluvchi   tajovuzkor   kuchlardan   saqlay   oluvchi   mustahkam   va   barqaror
xavfsizlik tizimni yaratish zaruriyatini tuqdiradi.
Ma`lumki, jamiyatda barqarorlik, xavfsizlik, millatlar va fuqarolararo totuvligi
hamda sarxadlarimiz daxlsiz  va yaxlitligini  ta`minlash  masalalari  davlatiz rahbari
tomonidan mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab kun tartibiga qo’yilgan edi.
Lekin   1999   yil   16   fevralda   mamlakatimizning   konstitusiyaviy   tuzumiga   qarshi
uyushtirilgan   to’ntarishga   urinish   bugun   ko’pgina   vazifalarni   qayta   ko’rib
chiqishni, yangi amaliy yondashuvlarni taqozo etmoqda. Adabiyotlar:
1.  I.A.Karimov.   «O’zbekiston   -   kelajagi   buyuk   davlat».   T.,   «O’zbekiston»,
1992.
2.  I . A . Karimov .   «O’ zbekistonning   o ’ z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo ’ li ».   T.,
«O’zbekiston», 1992.
3.  I . A . Karimov .   «O’ zbekiston   XXI   asr   bo ’ saqasida :   xavfsizlikka   tahdid ,
barqarorlik   shartlari   va   taraqqiyot   kafolatlari ». T., «O’zbekiston», 1997.
4.  I.A.Karimov.   «O’zbekiston   XXI   asrga   intilmoqda».   Xalq  so’zi   1999   y.  15
aprel`.
5.  O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., «Adolat», 1998.
6.  Inson huquqlari umumjahon deklaraciyasi. T., 1999.
7.  O’zbekiston   Respublikasining   «Oliy   Majlisi»   to’qrisidagi   qonuni.   T.,
«Adolat», 1994.
8.  O’zbekiston   Respublikasining   «Sudlar»   to’qrisidagi   qonuni.   T.,   «Adolat»,
1993.
9.  O’zbekistonning yangi qonunlari. T., «Adolat», 6-23.
10.  R.K.Qayumov.   «O’zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyaviy
huquqi». T., «O’zbekiston», 1998.
11.  Konstitucii Mira. 1-7-tomax. T., 1997-2000.

Mavzu:O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari Reja: 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari; 2. Suverenitet tushunchasi, turlari; 3. Xalq hokimiyatchiligi;

Konstitutsiyaviy huquq normalarini hayotga tadbiq etish jarayonlarida konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar deb, Konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi. Bunday munosabatlarning ishtirokchilari konstitutsiyaviy huquq normalari tomonidan o`rnatilgan huquq va majburiyatlar bilan o`zaro bog`langan bo`ladi. Uning ishtirokchilari o`zaro yuridik aloqada bo`ladi, chunki ular kishilar ongiga bog`liq bo`lib, davlat organlari tomonidan ta'minlanadi, himoya qilinadi, kafolatlanadi. Yuridik adabiyotlarda konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar mazmuni masalasida turli xil qarashlar mavjud. Qator davlatshunos olimlarning nuqtai nazarida konstitutsiyaviy huquq normalari muayyan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi va davlat tuzilishining siyosiy tashkil etilishining asosiy tomonlarini belgilaydi va tartibga soladi. Boshqa davlatshunos olimlar esa konstitutsiyaviy- huquqiy munosabatlar davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, deb ta'kidlaydilar. Birinchi nuqtai nazar mualliflarining qarashlari o`ta mavhum. Chunki ular konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar mazmunini juda keng tushunishlari oqibatida uning haqiqiy mazmunini aniq ochib bera olmaganlar. Ikkinchi nuqtai nazar o`ta aniq bo`lishiga qaramasdan, juda tor dunyoqarash bo`lib, unda konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar ahamiyatlilik darajasi pasaytirib yuborilgan. Bu xildagi dunyoqarash amalda mavjud davlat tuzilishini takomillashtirish yoki rivojlantirishda qarama-qarshilikka olib keladi. Shunday qilib, konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning yuridik mazmunini, munosabat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari tashkil etadi. Bu munosabatlar asosan davlat va jamiyat tuzilishini mustahkamlash , xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish tizimi va shakllari bilan bog`liqdir, shuning

uchun ham konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar huquq tizimida xal qiluvchi o`rinda turadi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning o`ziga xos xususiyatlari bo`lib, bu munosabatlarda ishtirok etuvchilarning, ya'ni subyektlarning maxsus doirasini guruhlarga bo`lib o`rganish tavsiya etiladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning subyektlari qatoriga quyidagilar kiradi: 1. O`zbekiston xalqi. O`zbekiston Konstitutsiyasining 7-moddasida, “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai” ekanligi mustahkamlangan, 9- moddasida esa “jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari umumxalq muhokamasiga ya'ni ovozga (referendumga) qo`yilishi mustahkamlangan”. “O`zbekiston Respublikasining referendumi to`g`risida” gi 1991 yil 18 noyabrda va 2001 yil 30 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan qonuniga binoan, O`zbekiston Respublikasining referendumi – davlat hayoti va ijtimoiy hayotining eng muhim masalalari bo`yicha, shu jumladan O`zbekiston Respublikasining qonunlarini va o`zga qarorlarni qabul qilish, ularga o`zgartirish kiritishda jamoatchilik fikrini aniqlash uchun , umumxalq ovoziga qo`yilishi, bo`lib, xalq hokimiyatchiligini bevosita amalga oshirish vositasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar O`zbekiston Respublikasi hududida oliy yuridik kuchga ega bo`ladi va faqat referendum o`tkazish yo`li bilan bekor qilinishi yoki o`zgartirilishi mumkin. Misol uchun 2002 yil 27 yanvardagi referendumda esa, kelgusi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Parlamentini ikki palatali qilib saylash va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti

yillik qilib, o`zaytirishga oid masalalar yuzasidan o`tkazilgan referendumni keltirish mumkin. Xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning ikkinchi shakli; Davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda xalqning o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqidir. Bu tarzda ishtirok etish o`zini-o`zi boshqarish va davlat organlari faoliyatini demokratik prinsiplar asosida tashkil etish yo`li bilan amalga oshiriladi. Bunga misol sifatida: 2004 yil 26 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashlariga o`tkazilgan saylovlarini keltirish mumkin. 2. O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalari o`rtasidagi davlat-huquqiy munosabatlari va ularning vakolatlari doirasini belgilash tartibi. Konstitutsiyaning XVII bobida va boshqa moddalarda mustahkamlangan prinsiplar asosida qabul qilingan qonunlar , qarorlar, shartnomalar va bitimlarda ko`rsatib o`tilgan. 3. Ma'muriy-hududiy birliklar: O`zbekiston Respublikasi viloyatlar , tumanlar, shaharlar, shaharchalar , qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasidan iborat (Konstitutsiyaning 68-moddasi). Davlat mazkur ma'muriy- hududiy subyektlari bilan ham huquqiy munosabatlarga kirishadi. Ular esa, o`z navbatida, o`z vakolatlari doirasida huquqiy harakatlarni amalga oshirishi belgilangan. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o`zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish amalga oshiriladi. 4. Jamoat birlashmalari: O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan: siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari , olimlarning jamiyatlari, faxriylar va ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari. ular o`z faoliyatlari davomida deputatlikka nomzodlar ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan yoki deputatlarni chaqirib

olish tartibini amalga oshirish bilan bog`liq masalalarda davlat-huquqiy munosabatlarining subyekti bo`la oladilar. 5. Mehnat jamoalari: muassasa korxona, tashkilot, shirkat xo`jaligi, fermer xo`jaligi, dehqon xo`jaligi, oliy o`quv yurti talabalari , o`qituvchilari, kollej va litseylar, harbiy xizmatchilar va boshqalar. Davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni muhokama qilishda davlat-huquqiy munosabatlarining subyekti bo`la oladilar. Masalan, Konstitutsiya va qonunlarni muhokama qilishda o`z fikrlarini bayon etish yoki Referendumda ishtirok etish bilan davlat huquqiy munosabatlarining subyekti bo`ladilar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prin s iplari Siz umumiy o’rta ta`lim maktablarida «Konstitutsiyaviy huquq» fanini o’rgandingiz va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy mazmuni bilan tanishdingiz. Asosiy qoidalarni o ’ rganganingiz asosida endi siz shu umumiy qoidalarning maxsus qoidalarini o ’ rganasiz . Ma`lumki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy principlari:  Davlat suvereniteti;  Xalq hokimiyatchiligi;  Konstitutsiya va qonunning ustunligi;  Tashqi siyosatdan iborat edi. Suverenitet tushunchasi, turlari Davlat suvereniteti - suverenitetning asosiy shakli. Davlat suvereniteti hech kimning xohishiga boqliq emasligini xalqning suveren irodasini ifoda etuvchi davlat hokimiyati ichki ishlarda va xalqaro munosabatlarda butunlay mustaqil ekanligini bildiradi. Davlat suvereniteti, birinchidan, mamlakat hududida davlat hokimiyatining usutunligini, ikkinchidan, davlat boshqa davlatlar bilan qanday munosabatda bo’lishini o’zi belgilashini, uchinchidan, boshqa davlatlarning bu