logo

O`zbekiston respublikasi yodgorliklaridan foydalanish va muhofazasini tashkil etish bo`yicha bajarilgan ishlar.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.7705078125 KB
Mavzu: O`zbekiston respublikasi yodgorliklaridan foydalanish va muhofazasini
tashkil etish bo`yicha bajarilgan ishlar.
Reja:
1. O‘zbekistonda  madaniy meros ob’ektlarining saqlashlanishi.
2. XXI asr boshida madaniy meros ob’ektlarini  ta’mirlash. XXI   asr   boshiga   kelib,   mamlakatimiz   va   jamiyatimiz   hayoti,   taraqqiyotining
barcha   sohalarida   bo‘lgani   kabi   ijtimoiy-madaniy   jambaha   ham   islohotlar
jarayonida   chuqur   tarkibiy   o‘zgarishlar   yuz   bera   boshladi.   Muhimi   shundaki,
O‘zbekstondagi   mavjud   madaniy   meros   ob’ektlari   ushbu   jarayondan   chetda
qolmadi.   Dastlabki   bosqich   amaliyoti   natijalari   yuzasidan   sarhisob   ishlarini   olib
borilishi   mavjud   me’moriy   obidalarni   muhofaza   qilish   va   ulardan   foydalanishda
kamchilik   va   muammolar   mavjudligi   ko‘rsatdi.   Yuzaga   kelgan   muammolarga
barham berish va boy tarixi-me’moriy me’rosdan foydalanishni, ularni ta’mirlash,
qayta   tiklash   va   konservatsiyalashni   takomillashtirish   maqsadida   hukumatimiz,
2001   yil   30   avgustda   “Madaniy   meros   ob’ektlarini   muhofaza   qilish   va   ulardan
foydalanish   to‘g‘risida”gi   qonunni   qabul   qilndi.   O‘z   navbatida,   qabul   qilingan
qonun sohada olib borilayotgan islohotlarning navbatdagi bosqichiga asos soldi.
Ushbu konunni ijro etishni muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar   Mahkamasining   2002   yil   29-iyuldagi   269-sonli   «Madaniy   meros
ob’ektlarini   muhofaza   qilish   va   ulardan   foydalanishni   yanada   takomillashtirish
chora   tadbirlari   to‘g‘risida»gi   qarori   kabul   qilinshdi.   Qarorda   Madaniy   meros
ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish
bo‘yicha   viloyatlarda,   shu   jumladan   Samarqand,   Buxoro   va   Navoiy   viloyatlarida
Idoralararo komissiya  tuzilgan  edi.  Uning zimmasiga  madaniy  meros  ob’ektlarini
muhofaza   qilish   va   ulardan   foydalanish   sohasidagi   davlat   siyosatining   asosiy
yunalishlarini amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash asosiy vazifa sifatida
yuklatilgan edi.
SHunday  qilib,  milliy  qonunchilik  tizimidagi   ushbu  ijobiy  o‘zgarish  sohada   jadal
sur’atlar   bilan   ish   yuritish   va   respublikada   mavjud   madaniy   meros   ob’ektlarini
hisobga olish, ularning texnik xolatidan kelib chiqqan holda barcha imkoniyatlarni
ishga   solib   qurilish-ta’mirlash   va   bunyodkorlikni   amalga   oshirishga   keng
imkoniyatlar yaratdi.
Mazkur   qaror   viloyatlarda   faoliyat   olib   borayotgan   O‘zbekiston   Madaniyat   va
sport   ishlari   vazirligi   Madaniy   meros   ob’ektlarini   muhofaza   qilish   va   ulardan foydalanish   ilmiy   ishlab   chiqarish   bosh   boshqarmasi   qoshidagi   inspeksiyaning
joriy   ishlarida   ijro   uchun   kabul   qilindi.   YAngi   qonun   va   qarorda   Davlat   ruyxati
(kadastri) ishini yaxshi  yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan edi. Jumladan, Samarqand
viloyati   hududida   1923   yildan   boshlab   2000   yilgacha   davlat   organlari   tomonidan
tasdiqlangan   madaniy   meros   ob’ektlarining   umumlashtirilgan   Davlat   ruyxati
(kadastri)   birinchi   kitobi   tuzildi   va   2004   yil   31   mart   kuni   boshqarma   tomonidan
tasdiqlandi. Ushbu ruyxatda arxeologiya, arxitektura va shaharsozlik, monumental
san’ati, xotira lavxalari, dikkatga sazovor joylar, yangi aniqlangan madaniy meros
ob’ektlarini alohida ruyxatlari o‘z aksini topgan.
Ushbu   ruyxat   2005   -   2009   yillar   davomida   davlat   arxivlaridan   yangi   topgan
hujjatlar   asosida   kayta   ishlab   borildi   va   shu   asosda   respublika,   yohud   mahalliy
toifalarga   ajratildi.   Davlat   muhofazasidan   chiqarilayotgan   ob’ektlarni   hisobga
olgan xolda viloyat bo‘yicha madaniy meros ob’ektlari umumlashtirilgan statistika
ma’lumoti   xam   tuzildi.   Xullas   yangi   qonun   va   uni   amaliyotga   tatbiq   etilishi
O‘zbekistonda, xususan Zarafshon vohasi viloyatlarida madaniy meros ob’ektlarini
saqlash ishlarini tizimli asosda tashkil etish uchun zamin yaratdi.
Viloyat   inspeksiyalari   faoliyatida   1990-yillarda   jiddiy   e’tibor   qaratilmagan
ishlardan   biri   mavjud   madaniy   meros   ob’ektlarini   ro‘yxatga   olish   amaliyoti
muntazam asosga o‘tkazildi. Masalan, Samarqand viloyati inspeksiyasi tomonidan
2002-2005 yillar davomida vilotdagi 721 ob’ektlar bo‘yicha (umumiy hajmidan 31
%) ro‘yxatga olish amaliyoti (xatlov) olib borildi. 2006 yilda ular qatoriga yana 52
yangi   aniqlangan   ob’ekt   qo‘shildi.   2009   yil   davomida   viloyatda   madaniy   meros
ob’ektlarini xatlovdan kayta o‘tkazish amaliyoti shu vaqtga qadar, ayrim madaniy
meros ob’ektlar deb hisoblanib kelgan yodgorliklar bo‘yicha konunda belgilangan
tartibga muvofiq qaror, yohud vazirlik buyrug‘i  chiqarilmaganligi  aniqlandi. Ular
bo‘yicha   tegishli   hujjatlarni   tayyorlash   ishlari   olib   borilib   (jumladan:   1912   yilda
kurilgan   Avliyo   Aleksiy   cherkovi,   yohud   X1X-XX   asr   Urguti-1,   Urguti-2,
YOmini,   Zomini,   Xoja   Domla   YAxshi   mahalla   masjidlari   v.h.),   2009   yilda   53
yangi   aniqlangan   ob’ektlar   bo‘yicha   ish   jildlar   tayyorlandi.   Ushbu   amaliyot
Buxoro va Navoiy viloyati ispeksiyalari tomonidan ham amalga oshirildi. Konunning   10-moddasi   (ya’ni,   madaniy   meros   ob’ektlarini   davlat   tomonidan
muhofaza   qilinishini   ta’minlash)   vazifalarini   bajarish   ishi   ham   inspeksiyalarning
har   kunlik   ish   faoliyati   asosini   tashkil   etdi.   Xususan   Samarqand   viloyati
inspeksiyasi 2002 yilda 4 ob’ekt bo‘yicha, 2003 – 20 ta, 2004 – 85 ta, 2005 – 50 ta,
2007   –   57   ta,   2008   –   49   ta   va   2009   yilda   –   159   ob’ekt   bo‘yicha   muhofaza
majburiyati   rasmiylashtirgan   edi.   Ushbu   raqamlar   Buxoro   va   Navoiy   viloyatlari
bo‘yicha,   tegishincha,raqamlarni   tashkil   qildi.   SHu   bilan   birga,   kayd   etilgan
madaniy   meros   ob’ektlari   Davlat   ruyxati   (kadastri)   nusxalari   va   ko‘chirmalari
barcha   tegishli   davlat   idoralariga   (jumladan   -   viloyat   Davlat   mulki   qo‘mitasi,
viloyat   Davlat   kadastri,   BTI,   viloyat   va   shahar   arxitektura   idoralariga,   shahar   va
tuman   hokimliklariga   v.x.)   yuborilib,   ularning   zimmalariga   o‘z   faoliyatlarida
madaniy   meros   ob’ektlarini   saqlash   vazifalariga   rioya   qilishlik   ma’suliyati
yuklatildi.
CHunki davlat mulkida turgan madaniy meros ob’ektlarini ijara bilan birga, tekin
foydalanishga   ham   berish   yo‘lga   qo‘yilgan   edi.   Xususan,   2010   yilga   kelib,
Samarqand   viloyati   bo‘yicha,   umumiy   hisobda   100   ga   yaqin   shu   tartibdagi
ob’ektlar   tashkil   bo‘lgan.   Ular   orasida   madaniy   meros   ob’ektlarini   saqlash
maqsadida faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalari («Oltin meros» jamgarmasi)
foydalanishida 41 ob’ekt, bolalar jamoat birlashmalari (maktab, bolalar bog‘chalari
v.x.)   foydalanishida   21   ob’ekt,   nogironlar   jamoat   birlgshmalari   foydalanishida   1
ob’ekt, diniy tashkilotlar foydalanishida 34 ob’ektlar mavjud bo‘lgan
1990-yillarda   har   bir   viloyat   inspeksiyalari   tarkibida   tashkil   etilgan   Ekspert
kengashlari ro‘yxati, ularning faoliyat yo‘nalishlari yangi qonun talablari bo‘yicha
muvofiqlashtirildi. Jumladan, Samarqand viloyati inspeksiyasi qoshida 1998 yil 2-
yanvardagi 2 - sonli  Buyrug‘i bilan Ekspert kengashi  tashkil etilgan edi. 2002 yil
30-iyuldagi   4   sonli   Buyruq   bilan   Kengashning   tarkibi   kayta   tasdiqlandi.   Uning
tarkibiga   yuqori   malakali   soha   vakillari   va   mutaxassislar   (fan   doktorlari,
professorlar,   tajribali   ustalar,   arxitektorlar,  arxeologlar,  hokimliklar   vakillari   v.x.)
jalb   etilgan   bo‘lib,   ular   viloyat   miqyosidagi   madaniy   meros   ob’ektlarini   saqlash, ta’mirlash,   konservatsiyalash   va   boshqa   tashkiliy   masalalar   bo‘yicha   bo‘yicha
takliflar   ishlab   chiqish   yo‘lga   qo‘yildi.   Jumladan,   ekspert   kengashining
majlislarida   2002   yilda   6   majlislarida   9   ob’ekt   bo‘yicha   masalalar   kurib   chikildi,
2003   yilda   -7/10,   2004   yilda-   11   /   44,   2005   yilda   5   /   22,   2006   yilda   5/15,   2007
yilda - 3/12, 2008 yilda - 4/22 ob’ekt va 2009 yilda 1/2ob’ektlar bo‘yicha maxsus
masalalar   kurib   chiqilib,   takliflar   berildi.   Ushbu   jarayon   Buxoro   va   Navoiy
viloyatlari   inspeksiyalari   faoliyatida   ham   o‘z   aksini   topgan.   Xususan   Buxoroda,
Navoiyda..Respublika   toifali   ob’ektlar   bo‘yicha   eng   murakkab   va   mas’uliyatli
masalalar   Madaniy   meros   ob’ektlari   ilmiy   ishlab-chiqarish   Bosh   boshqarmasi
qoshidagi   Ekspertiza   (Ilmiy-metodik   kengashi)da   (shu   jumladan   -   ob’ektlarni
Davlat   kadastriga   kirgizish   va   kadastrdan   chiqarish   masalallari)   ko‘rishi   ko‘zda
tutilgan.Viloyat inspeksiyalarining zimmasidagi muhim vazifalardan biri –madaniy
meros   ob’ektlari   holatini   muntazam   monitoringini   amalga   oshirishdir.   Bu
jarayonga,   birinchi   navbatda,   foydalanuvchilarni   jalb   etish   amaliyoti   yo‘lga
qo‘yilib,   ular   zimmasiga   kuzatuv   vazifalarini   ilmiy   tashkilotlar   bilan   tegishli
shartnomalar   asosida   kelishgan   holda   olib   borish   yuklatildi.   Masalan,   Samarqand
viloyati   inspeksiyasi   tomonidan   2002   yildan   2010   yilga   qadar   255   texnik   xolati
to‘g‘risida   aktlar   tuzildi,   10   mingdan   ortik   fotosuratlar   olindi   va   ob’ektlar   ish
jildlarida joylashtirildi. Eng baland bo‘lgan ob’ektlar (Registon, Bibi-Xonim, Guri-
Emir,   Ruxobod   v.x.   ob’ektlar)   bo‘yicha   kuzatuv   vazifalari   ob’ektlarning
foydalanuvchilar tomonidan olib borildi. Bundan tashqari, boshqa ob’ektlar egalari
va foydalanuvchilar tomonlaridan ob’ektning holati o‘zgarayotganligini sezilganda
(yaroqsiz xolatga, shularga yakin holatlarga kelaetganda, yohud boshqa vaziyatda)
darhol   inspeksiyani   xabardor   qilish   vazifasi   zimmalariga   yuklatildi.   SHuningdek,
inspeksiyalarda   ob’ektlar   bo‘yicha   aholi   tomonidan   shoshilinch   ma’lumotlar
yig‘ish,   kelgan   xabarlar   bo‘yicha   tezkor   chora   kurish   maqsadida   operativ   jurnali
tashkil etilgan .
Muhimi   shundaki,   madaniy   meros   ob’ektlarining   xolati   ustidan   nazorat   faqatgina
ob’ekt   egalari   yoki   foydalanuvchilar   emas,   balki   birinchi   navbatda,   inspeksiyalar
tomonidan  o‘rganilib,   ularning   zarur   hujjatlari   amaliyoti   tashkil   etilgan.   Masalan, 2007 yilgacha 193 ta, 2008 yilda-186 ta va 2009 yilda 29 ob’ekt to‘lik o‘rganilib,
texnik xolati ko‘rikdan o‘tkazilgan va dalolatnomalar tuzilgan.
Arixiv ma’lumotlarining dalolat berishicha, 2001 yilda qabul qilingan yangi qonun
asosida olib borilgan keng qamrovli ishlarga qaramasdan boshqarma tasarrufidagi
viloyat  inspeksiyalari  faoliyatida, shuningdek,  moliyaviy qiyinchiliklar  va boshqa
sabablar bilan bog‘liq qator muammolar yuzaga kelgan edi.
Birinchidan,   madaniy   meros   ob’ektlarini   davlat   tasarrufidan   chiqarilishi,
xususiylashtirishi, ularni saqlash bilan bog‘liq muammolarni kelib chiqishiga olib
kelganligi   qayd   etilgan.   Jumladan,   ob’ektlarga   ziyon   etkazish,   yodgorliklarni
tashlandiq xolda saqlash,  xatto ularning buzilib ketishi  yoki  yaroqsiz holatga etib
kelishi   hollari   aniqlangan.   Masalan,   konunning   saqlash   va   foydalanishga   oid
tegishli   moddasini   bajarilishi   bo‘yicha   viloyat,   shahar   va   tumanlaridagi
hokimliklariga   va   ularga   karashli   idoralarga   Samarqand   viloyati   inspeksiyasi
birgina   2009   yil   davomida   jami   51   xatlar   yuborilgan   lekin,   natija   bermagan.
Buxoro,   Navoiy...Davlat   tasarrufida   bo‘lgan   madaniy   meros   ob’ektlarini   davlat
tasarrufidan   chiqarilishi   va   xususiylashtirilishini   oldini   olish   maqsadida   madaniy
meros ob’ektlari Davlat ruyxatlari nusxalari va
ulardan   ko‘chirmalari   mahalliy   hokimliklarga,   viloyat   Davlat   mulki   qo‘mitasi,
viloyat   Kadastr   xizmati,   BTI   v.x.   idoralariga   yuborilishga   qaramasdan,   ayrim
madaniy   meros   ob’ektlari   xususiylashtirilishiga,   ayrimlari   esa   hatto   buzilib
ketishiga olib kelgan.
Ikkinchidan, madaniy merosni saqlash ishlari tizimli asosda tashkil etilgan bo‘lsa-
da,   lekin   ularni   faolligini   oshirish   maqsadida   doimiy   moliyalashtirish   masalasida
kamchiliklarga   yo‘l   qo‘yilgan.   Birgina   viloyat   inspeksiyalaridagi   moddiy-texnik
holati ularning faoliyatini jonlashtirilishiga salbiy ta’sir qilganligi kuzatilgan.
Masalan,   Samarqand   viloyati   inspeksiyasi   moddiy-texnik   va   moddiy-iqtisodiy
holatida, xususan,  zamonaviy texnika  bilan  ta’minlanishi  (ularning tasarrufida bir
dona eskirgan, ta’mirga muhtoj «Tiko» rusumli engil avtomashinasi), shuningdek,
ajratilayotgan   yonilg‘i   fondi   etarli   darajada   emasligi,   undan   tashkari,   zamonaviy kompyuter, raqamli fotoapparat  va boshqa shunga o‘xshash orgtexnika va mebel-
jihozlar   etishmasligi   aniqlandi.   SHu   bilan   birga,   xodimlarning   ijtimoiy   ximoyasi
talabga   javob   bermaganligi,   maoshning   kamligi,   «kadrlar   okib   ketishi»
kuchayishiga va umumiy ishga ziyon keltirgan. SHunga o‘xshash holatlar madaniy
meros   ob’ektlarni   ilmiy-loyixalashtirish   va   ilmiy-ta’mirlash   tashkilotlarining
moddiy-texnikaviy xolatida ham kuzatilgan.
Moliyaviy   taqchilliklar   kadastr   ishlarini   tizimli   tashkil   etilishiga   salbiy   ta’sir
qilgan.   Ish   hajmining   kattaligi   shunga   yarasha   ko‘p   mablag‘   va,   ayniksa,   yuqori
malakali   mutaxassislar   ehtiyojini   ortirgan.   Vaziyatdan   chiqish   maqsadida,
axolining ehtiyojlarini inobatga olib, inspeksiyalar bilan kelishilgan xolda, viloyat
kadastr   xizmati   ayrim   madaniy   meros   ob’ektlari   bo‘yicha   egalariga   vaqtincha
kiskartirilgan   (kuzgalmas   bino-inshoot)   kadastr   ish   jildlarini   rasmiylashtirib
kelgan.
Moliyaviy   muammolar   bilan   bog‘liq   jarayonlar   yaroqsiz   holatga   etib   kelgan
madaniy   meros   ob’ektlari   bo‘yicha   (ularning   ilmiy-tadqiqot   ishlari,   tiklash-
ta’mirlash   ishlarining   moliyalashtirish   masalalarida)   ham   kuzatilgan.   Birgina
Samarqand   viloyati   bo‘yicha   2010   yilga   kelib   yaroqsiz   holatga   etib   kelgan
madaniy meros ob’ektlar soni 34-taga etgan.
Binobarin,   qonun   talablari   bo‘yicha   inspeksiya   foydasiga   ijara   haqlari   tushumida
ham   muammolar   yuzaga   kelgan.   Masalan,   Samarqand   viloyat   inspeksiyasiining
ma’lumotlariga qaraganda, asosiy madaniy meros ob’ektlari (inspeksiya balansida
bo‘lgan ob’ektlardan tashqari), jumladan, Samarqand davlat muzeyi qo‘riqxonasi,
Registon   mustaqil   direksiyasi   qoshida   bo‘lgan   ob’ektlar,   diniy   tashkilotlar
foydalanishida   bo‘lgan   SHoxi-Zinda   majmuasi,   Xoja   Axror   Valiy   majmuasi   va
boshqa yuzlab ob’ektlar ijara haqlarini to‘lamagan. Natijada, viloyatdagi madaniy
meros   ob’ektlari   muhofazasi   va   saqlanishi   bilan   bog‘liq   muammolar   yuzaga
kelgan.   Zarur   bo‘lgan   tezkor   va   uzoq   muddatli   tiklash-ta’mirlash   chora-tadbirlari
tashkillashtirishga inspeksiyaning imkoniyati cheklanib qolgan. Vaholanki, viloyat
inspeksiyasi nazoratida 2500 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari mavjud Zarafshon   vohasida   yuqorida   qayd   etilgan   va   yillar   davomida   to‘planib   kelgan
muammolarga   qaramasdan,   2001   yildan   boshlab   madaniy   meros   ob’ektlarini
tiklash-ta’mirlash,   konservatsiyalash   jarayonida   ijobiy   o‘zgarishlar   bilan   birga,
ta’mir  talab ob’ektlarida ishlar  davom  ettirildi. Bu ishlarning ayrimlari  yubileylar
doirasida amalga oshirilgan bo‘lsa, boshqalari esa ob’ektlar tizimli har tomonlama
tayyorgarlik asosida tashkil etilgan.
Jumladan,   Samarqand   zaminida   qurilgan   o‘tmish   me’rosning   (Samarqand
shahridagi   hozirgi   Firdavsiy   ko‘chasining   oxirida   joylashgan)   durdonalaridan   biri
hisoblangan   "Panjob"   masjidi   va   madrasasida   ham   restavratsiya   jarayoni   amalga
oshirildi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, "Panjob" machiti  va  madrasasi  X1X-
asr   oxiri   XX   asrning   boshlarida   shu   hududda   yashagan   etnik   guruh   -   eroniylar
avlodlari  tomonidan qurilgan. Bu erda o‘smirlarga diniy va dunyoviy bilimlardan
saboq berilgan.1924 yilgacha madrasa yaxshi holatda saqlanib kelinganligi haqida
ma’lumotlar   mavjud   edi,   lekin   1924   yildan   keyin   madrasaning   imoratidan   temir
yo‘l   ishchilari   uchun   yotoqxona   sifatida   foydalanilgan.   1939-1940   yillarda
madrasada   kasb-hunar   o‘quv   yurti   joylashgan.   Keyinchalik   bu   bino   qurilish
korxonalaridan   12-qurilish   boshqarmasi   3-ishchi   ta’minot   bo‘limining   do‘koni,
shuningdek   mayda   turli   xil   tashkilotlarga   foydalanish   uchun   berilgan.   O‘tgan
asrning   80-yillarida   Respublikamiz   miqyosida   me’moriy   yodgorliklar
muxofazasiga   jiddiy   e’tibor   berilgan.   SHu   bois,   mazkur   yodgorlikda   ham   ikki
marotaba   ta’mirlash   ishlari   oli   borilgan.   Ta’mirlash   ishlaridan   keyin   madrasa
oldingi   ko‘rinishga   keltirilgan   va   viloyat   tarixiy   yodgorliklarini   muhofaza   qilish
jamiyati   tomonidan   ro‘yxatga   olingan.   "Panjob"   madrasasi   binosida   1990   yil   10
mart kunidan e’tiboran "eroniylar milliy madaniy markazi" ish boshlagan. Madrasa
atrofida   yashovchi   yoshlar   uchun   fors   tili   va   arab   tilini   o‘rganish   guruhlari
ochilgan. 1993 yilda markazga Eron Islom Respublikasining Prezidenti Ali Akbar
Hoshimiy-Rafsanjoniy   vo   O‘zbekiston   Respublikasining   Prezidenti   I.A.Karimov
tashrif buyurishgan. 1994-yilning may oyida "Panjob" milliy-madaniy markazining
nomi   "Panjob"   madaniy-ma’rifiy   markazi   deb   o‘zgartirilgan   va   2001-yilning
noyabr   oyigacha   faoliyat   ko‘rsatgan.   2001   yilda   shahardagi   qator   mahallalarning takliflari   bilan   shahar   hokimiyati   tomonidan   madrasa   binosini   to‘liq   kapital
ta’mirlash   va   madaniy-ma’rifiy   ishlarini   davom   ettirish   "To‘rt   pahlavon"
mas’uliyati   cheklangan   jamiyat   zimmasiga   yuklatildi.   2001   yildan   2002   yilning
aprel   oyigacha   madrasa   hududi   va   tutash   joylari   qayta   ta’mirlandi   va
rekonstruksiya,   qilindi.   Madrasa   orqasidagi   bo‘sh   joyda   1999   yildan   faoliyat
ko‘rsatayotgan   masjid   hovlisiga   bir   hujra   kengligida   yo‘lak   ochilgan.   Hozirgi
vaqtda   madrasa   binosida   ingliz,   fors   tillarini,   zardo‘zlik   va   gilam   to‘qishni
o‘rgatish guruhlari ochilgan va ular faoliyati tashkil qilingan.
2003   yilda   O‘zbekiston   Prezidenti   I.Karimov   tashabbusi   va   bevosita   rahbariligi
ostida   buyuk   alloma   Abdulholiq   G‘ijduvoniyning   900   yillik   yubileyi   o‘tqazilishi
munosabati   bilan   G‘ijduvon   shahri   markazi   hamda   Abdulholiq   G‘ijduvoniy
me’moriy   majmuasi,   shuningdek   allomaning   volidasi   Orifa   ona   ziyoratgohlari
qayta tamirlandi va atrof hududlar obodonlashtirildi.
Natijada,   mazkur   majmua   mahalliy   va   horijiy   ziyoratchilarning   an’anaviy   tashrif
buyuradigan   maskanlaridan   biriga   aylangan.   SHuni   alohida   qayd   etish   lozimki   et
pir   silsilasiga   kiruvchi   xoja   orif   Moxitabon   Ar-Revgariy,   Xo‘ja   Maxmud   Anjir
Fag‘naviy,   Xo‘ja   Muxammad   Boboyi   Somosiy   Xo‘ja   Sayid   Amir   Kupol   kabi
mutafakkir   ulamolar   avliyolarning   ziyoratgohlari   milliy   memorchilik   uslub   va
ananalar asosida tamirlanib ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Buxoroning shimoli-g‘arb tomonida, shahardan 10 km uzoqlikda joylashgan, XVI
asr o‘rtalarida Abdulazizxon buyrug‘i bilan qurdirilgan va tarkibida xonaqoh (eng
katta  binosi),  dahmalar,  maqbara,  sakxona,   xovuz,  quduq,  minora,  madarasa  kabi
ob’ektlardan   iborat   Bahouddin   Naqshband   kompleksi   2003   yilda   hukumatning
maxsus   qarori   asosida   qurilish-ta’mirlash   ishlari   olib   borildi   va   1990-yillarda
boshlangan ushbu amaliyot yakuniga etkazildi.
Qayta   tiklash   va   ta’mirlash   jarayonida   kompleksning   janub   tomonida   ulkan
gumbazli darvozaxona tiklandi, qadimiy darvozalari – Xoja Dilovar, Bobus salom
asl   xoliga   keltirildi.   Naqshbandiyning   qabrini   sharq   va   janub   tomonlarida   shimol
tarafdagi qadimgi ayvonga uyg‘unlashtirilib ulkan ayvonlar tiklandi. SHuningdek, xonaqoh,  masjid   va   madrasa   ta’mirlanib,   Baxouddin   Naqshbandiy   va   u  kishining
onasining yodgorliklari yagona arxitekturaviy majmuaga aylantirildi.
O‘zbekiston tarixida o‘zidan keyin katta ma’naviy me’ros qoldirgan hamda xurmat
va   ehtiromga   ega   bo‘lgan   siymolardan   biri   Nasriddin   Ubaydullo   Xo‘ja   Axror
Valiyning   hurmati   va   xotirasi   sharafiga   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi  “Xo‘ja Axror ibn Valiyning 600 yilligini nishonlash to‘g‘risida” 143-
sonli qaror qabul qildi. Ushbu qaror doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat
va   sport   ishlari   vazirligining   Madaniy   me’ros   yodgorliklarini   muhofaza   qilish   va
ulardan   foydalanish   bo‘yicha   Bosh   ilmiy   ishlab   chikarish   boshqarmasining   ilmiy
ta’mirlash   tashkilotlari   Samarqand   viloyat   hokimiyati   bilan   birgalikda   2004   yilda
Xo‘ja   Axror   ibn   Valiy   majmuasida   katta   ta’mirlash   va   obodonlashtirish   ishlarini
amalga   oshirdi.   Birinchi   navbatda   majmuaning   tomi   butunlay   almashtirildi,
yodgorlik   yog‘in   sochin   ta’siridan   saqlab   qolindi.   So‘ngra   tajribali   ta’mirchi
rassom   E.   Zuxurov   rahbarligi   ostida   "Qadriyat-ta’mir"   rassom-ta’mirchilarning
sa’y-harakati   bilan   masjid   shiftlaridan   naqshu   nigorlar   ko‘p   asrlik   o‘rgimchak
uyalari qurumlardan tozalanib, nihoyatda murakkab badiiy tiklash ishlari bajarildi.
SHundan keyin ustalar  buyoq qatlamlarining buzilib, to‘kilib tushishi  oldini  olish
maqsadida   kimyoviy   moddalar   vositasida   nozik   konservatsiya   uslublarini   amalga
oshirdilar. YOg‘och buyumlar va qismlarga maxsus eritmalar shimdirildi va ularga
biologik zararkunandalar kirib qolish xavfining oldi olindi.
Keyingi   masjid   ayvonida   ham   murakkab   ishlar   qilindi.   Uzoq   vaqtdan   beri   tomni
ko‘tarib turgan yog‘och ustunlar va bolorlar chirib qolganligi hamda badiiy bezak
va   naqshu   nigorlar   ham   ancha   zararlanganligini   inobatga   olib,   Usto   Sohibnazar
Nasrullo   mahorati   bilan   butun   ayvon   bo‘laklanmasdan   ochildi   va   qaytadan
o‘zining   dastlabki   holatiga   keltirildi.   Bolorlar   almashtirildi.   Ganch   suvoqlar   ham
butunlay yangilandi. O‘ymakor naqshlar qayta tiklandi. Xo‘ja Axror ibn Valiyning
marmar   dahmasi   mog‘orlardan   tozalandi.   YAroqsiz   holga   kelib   qolgan   ayrim
qismlarini xuddi shunday boshqalariga almashtirishga to‘g‘ri keldi.
Xo‘ja Axror Valiy majmuasida konservatsiya-tiklash va boshqa ishlarni bajarish 
uchun O‘zbekistonning turli mintaqalari - Toshkent, Farg‘ona vodiysi, Xorazm, 
Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo va tabiiyki Samarqanddan eng  yaxshi xalq ustalari - restavratorlar jalb etildi. Xo‘ja Axror Valiy majmuasida 
o‘tkazilishi mo‘ljallangan barcha konservatsiya-restavratsiya va boshqa ishlar o‘z 
vaqtida yakunlanib, “Samarqand shahri kuni” - 18 oktyabrda foydalanishga 
topshirildi. Xullas, buyuk daxo xotirasiga barpo etilgan bu majm Adabiyotlar
 
1.   Karimov   I.A. O‘zbekistonning o‘z taraQQiyot va yangilash yo‘li.   T.1992   y.
2.   Karimov   I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida.   T. 1997   y.
3.   Karimov   I.A.   IstiQlol va ma’naviyat.   T. 1994   y
4.   Karimov   I.A.   Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘Q. T. 1998   y.
5.   Vremya i preemstvennost v razvitii kulturi.   Saratov. 1991   g.
6.   Globalnie problemi i ob щ echelovecheskie sennosti.   M.1999   g.
7.   Ikonnikova S.   Dialogi o kulture.   L., 1989   g.
8.   Kultura Uzbekistana: Tradisii i sovremennost.   T. 1986   g.
9.   Xayrullaev M.   Madaniy meros va falsafiy fikr tarixi.   T. 1985   y.
10.    M.Abdullaev. Madaniyatshunoslik asoslari.
11. J.Tlanov.   £adriyatlar falsafasi. T

Mavzu: O`zbekiston respublikasi yodgorliklaridan foydalanish va muhofazasini tashkil etish bo`yicha bajarilgan ishlar. Reja: 1. O‘zbekistonda madaniy meros ob’ektlarining saqlashlanishi. 2. XXI asr boshida madaniy meros ob’ektlarini ta’mirlash.

XXI asr boshiga kelib, mamlakatimiz va jamiyatimiz hayoti, taraqqiyotining barcha sohalarida bo‘lgani kabi ijtimoiy-madaniy jambaha ham islohotlar jarayonida chuqur tarkibiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Muhimi shundaki, O‘zbekstondagi mavjud madaniy meros ob’ektlari ushbu jarayondan chetda qolmadi. Dastlabki bosqich amaliyoti natijalari yuzasidan sarhisob ishlarini olib borilishi mavjud me’moriy obidalarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda kamchilik va muammolar mavjudligi ko‘rsatdi. Yuzaga kelgan muammolarga barham berish va boy tarixi-me’moriy me’rosdan foydalanishni, ularni ta’mirlash, qayta tiklash va konservatsiyalashni takomillashtirish maqsadida hukumatimiz, 2001 yil 30 avgustda “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilndi. O‘z navbatida, qabul qilingan qonun sohada olib borilayotgan islohotlarning navbatdagi bosqichiga asos soldi. Ushbu konunni ijro etishni muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29-iyuldagi 269-sonli «Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori kabul qilinshdi. Qarorda Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyatlarda, shu jumladan Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida Idoralararo komissiya tuzilgan edi. Uning zimmasiga madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yunalishlarini amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash asosiy vazifa sifatida yuklatilgan edi. SHunday qilib, milliy qonunchilik tizimidagi ushbu ijobiy o‘zgarish sohada jadal sur’atlar bilan ish yuritish va respublikada mavjud madaniy meros ob’ektlarini hisobga olish, ularning texnik xolatidan kelib chiqqan holda barcha imkoniyatlarni ishga solib qurilish-ta’mirlash va bunyodkorlikni amalga oshirishga keng imkoniyatlar yaratdi. Mazkur qaror viloyatlarda faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan

foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi qoshidagi inspeksiyaning joriy ishlarida ijro uchun kabul qilindi. YAngi qonun va qarorda Davlat ruyxati (kadastri) ishini yaxshi yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan edi. Jumladan, Samarqand viloyati hududida 1923 yildan boshlab 2000 yilgacha davlat organlari tomonidan tasdiqlangan madaniy meros ob’ektlarining umumlashtirilgan Davlat ruyxati (kadastri) birinchi kitobi tuzildi va 2004 yil 31 mart kuni boshqarma tomonidan tasdiqlandi. Ushbu ruyxatda arxeologiya, arxitektura va shaharsozlik, monumental san’ati, xotira lavxalari, dikkatga sazovor joylar, yangi aniqlangan madaniy meros ob’ektlarini alohida ruyxatlari o‘z aksini topgan. Ushbu ruyxat 2005 - 2009 yillar davomida davlat arxivlaridan yangi topgan hujjatlar asosida kayta ishlab borildi va shu asosda respublika, yohud mahalliy toifalarga ajratildi. Davlat muhofazasidan chiqarilayotgan ob’ektlarni hisobga olgan xolda viloyat bo‘yicha madaniy meros ob’ektlari umumlashtirilgan statistika ma’lumoti xam tuzildi. Xullas yangi qonun va uni amaliyotga tatbiq etilishi O‘zbekistonda, xususan Zarafshon vohasi viloyatlarida madaniy meros ob’ektlarini saqlash ishlarini tizimli asosda tashkil etish uchun zamin yaratdi. Viloyat inspeksiyalari faoliyatida 1990-yillarda jiddiy e’tibor qaratilmagan ishlardan biri mavjud madaniy meros ob’ektlarini ro‘yxatga olish amaliyoti muntazam asosga o‘tkazildi. Masalan, Samarqand viloyati inspeksiyasi tomonidan 2002-2005 yillar davomida vilotdagi 721 ob’ektlar bo‘yicha (umumiy hajmidan 31 %) ro‘yxatga olish amaliyoti (xatlov) olib borildi. 2006 yilda ular qatoriga yana 52 yangi aniqlangan ob’ekt qo‘shildi. 2009 yil davomida viloyatda madaniy meros ob’ektlarini xatlovdan kayta o‘tkazish amaliyoti shu vaqtga qadar, ayrim madaniy meros ob’ektlar deb hisoblanib kelgan yodgorliklar bo‘yicha konunda belgilangan tartibga muvofiq qaror, yohud vazirlik buyrug‘i chiqarilmaganligi aniqlandi. Ular bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlash ishlari olib borilib (jumladan: 1912 yilda kurilgan Avliyo Aleksiy cherkovi, yohud X1X-XX asr Urguti-1, Urguti-2, YOmini, Zomini, Xoja Domla YAxshi mahalla masjidlari v.h.), 2009 yilda 53 yangi aniqlangan ob’ektlar bo‘yicha ish jildlar tayyorlandi. Ushbu amaliyot Buxoro va Navoiy viloyati ispeksiyalari tomonidan ham amalga oshirildi.

Konunning 10-moddasi (ya’ni, madaniy meros ob’ektlarini davlat tomonidan muhofaza qilinishini ta’minlash) vazifalarini bajarish ishi ham inspeksiyalarning har kunlik ish faoliyati asosini tashkil etdi. Xususan Samarqand viloyati inspeksiyasi 2002 yilda 4 ob’ekt bo‘yicha, 2003 – 20 ta, 2004 – 85 ta, 2005 – 50 ta, 2007 – 57 ta, 2008 – 49 ta va 2009 yilda – 159 ob’ekt bo‘yicha muhofaza majburiyati rasmiylashtirgan edi. Ushbu raqamlar Buxoro va Navoiy viloyatlari bo‘yicha, tegishincha,raqamlarni tashkil qildi. SHu bilan birga, kayd etilgan madaniy meros ob’ektlari Davlat ruyxati (kadastri) nusxalari va ko‘chirmalari barcha tegishli davlat idoralariga (jumladan - viloyat Davlat mulki qo‘mitasi, viloyat Davlat kadastri, BTI, viloyat va shahar arxitektura idoralariga, shahar va tuman hokimliklariga v.x.) yuborilib, ularning zimmalariga o‘z faoliyatlarida madaniy meros ob’ektlarini saqlash vazifalariga rioya qilishlik ma’suliyati yuklatildi. CHunki davlat mulkida turgan madaniy meros ob’ektlarini ijara bilan birga, tekin foydalanishga ham berish yo‘lga qo‘yilgan edi. Xususan, 2010 yilga kelib, Samarqand viloyati bo‘yicha, umumiy hisobda 100 ga yaqin shu tartibdagi ob’ektlar tashkil bo‘lgan. Ular orasida madaniy meros ob’ektlarini saqlash maqsadida faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalari («Oltin meros» jamgarmasi) foydalanishida 41 ob’ekt, bolalar jamoat birlashmalari (maktab, bolalar bog‘chalari v.x.) foydalanishida 21 ob’ekt, nogironlar jamoat birlgshmalari foydalanishida 1 ob’ekt, diniy tashkilotlar foydalanishida 34 ob’ektlar mavjud bo‘lgan 1990-yillarda har bir viloyat inspeksiyalari tarkibida tashkil etilgan Ekspert kengashlari ro‘yxati, ularning faoliyat yo‘nalishlari yangi qonun talablari bo‘yicha muvofiqlashtirildi. Jumladan, Samarqand viloyati inspeksiyasi qoshida 1998 yil 2- yanvardagi 2 - sonli Buyrug‘i bilan Ekspert kengashi tashkil etilgan edi. 2002 yil 30-iyuldagi 4 sonli Buyruq bilan Kengashning tarkibi kayta tasdiqlandi. Uning tarkibiga yuqori malakali soha vakillari va mutaxassislar (fan doktorlari, professorlar, tajribali ustalar, arxitektorlar, arxeologlar, hokimliklar vakillari v.x.) jalb etilgan bo‘lib, ular viloyat miqyosidagi madaniy meros ob’ektlarini saqlash,

ta’mirlash, konservatsiyalash va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, ekspert kengashining majlislarida 2002 yilda 6 majlislarida 9 ob’ekt bo‘yicha masalalar kurib chikildi, 2003 yilda -7/10, 2004 yilda- 11 / 44, 2005 yilda 5 / 22, 2006 yilda 5/15, 2007 yilda - 3/12, 2008 yilda - 4/22 ob’ekt va 2009 yilda 1/2ob’ektlar bo‘yicha maxsus masalalar kurib chiqilib, takliflar berildi. Ushbu jarayon Buxoro va Navoiy viloyatlari inspeksiyalari faoliyatida ham o‘z aksini topgan. Xususan Buxoroda, Navoiyda..Respublika toifali ob’ektlar bo‘yicha eng murakkab va mas’uliyatli masalalar Madaniy meros ob’ektlari ilmiy ishlab-chiqarish Bosh boshqarmasi qoshidagi Ekspertiza (Ilmiy-metodik kengashi)da (shu jumladan - ob’ektlarni Davlat kadastriga kirgizish va kadastrdan chiqarish masalallari) ko‘rishi ko‘zda tutilgan.Viloyat inspeksiyalarining zimmasidagi muhim vazifalardan biri –madaniy meros ob’ektlari holatini muntazam monitoringini amalga oshirishdir. Bu jarayonga, birinchi navbatda, foydalanuvchilarni jalb etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilib, ular zimmasiga kuzatuv vazifalarini ilmiy tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar asosida kelishgan holda olib borish yuklatildi. Masalan, Samarqand viloyati inspeksiyasi tomonidan 2002 yildan 2010 yilga qadar 255 texnik xolati to‘g‘risida aktlar tuzildi, 10 mingdan ortik fotosuratlar olindi va ob’ektlar ish jildlarida joylashtirildi. Eng baland bo‘lgan ob’ektlar (Registon, Bibi-Xonim, Guri- Emir, Ruxobod v.x. ob’ektlar) bo‘yicha kuzatuv vazifalari ob’ektlarning foydalanuvchilar tomonidan olib borildi. Bundan tashqari, boshqa ob’ektlar egalari va foydalanuvchilar tomonlaridan ob’ektning holati o‘zgarayotganligini sezilganda (yaroqsiz xolatga, shularga yakin holatlarga kelaetganda, yohud boshqa vaziyatda) darhol inspeksiyani xabardor qilish vazifasi zimmalariga yuklatildi. SHuningdek, inspeksiyalarda ob’ektlar bo‘yicha aholi tomonidan shoshilinch ma’lumotlar yig‘ish, kelgan xabarlar bo‘yicha tezkor chora kurish maqsadida operativ jurnali tashkil etilgan . Muhimi shundaki, madaniy meros ob’ektlarining xolati ustidan nazorat faqatgina ob’ekt egalari yoki foydalanuvchilar emas, balki birinchi navbatda, inspeksiyalar tomonidan o‘rganilib, ularning zarur hujjatlari amaliyoti tashkil etilgan. Masalan,