Tarixiy ma’daniy yodgorliklarni o’rganish va muhofazasini tashkil etish ishlari tarixi
Tarixiy ma’daniy yodgorliklarni o’rganish va muhofazasini tashkil etish ishlari tarixi Reja: 1. O rta asrlarda O zbekiston hududida tarixiy inshootlarning ta’mirlashʻ ʻ tarixi. 2. Chor Rossiyasi davrida tarixiy-me’moriy obidalarni ularni saqlash, ta’mirlash holati. 3. 1920 -1939 yillarda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish tarixi. 4. 1940-1991-yil larda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish tarixi. 1. O rta asrlarda O zbekiston hududida tarixiy inshootlarning ta’mirlash ʻ ʻ tarixi.
O zbekiston hududida sugʻ ʻ orma dehqonchilikga asoslangan o troq jamoalar ʻ madaniyati bronza davri taraqqiyoti so nggi bosqichlarida davlatchilik ʻ shakllarining yuzaga kelishiga imkon yaratgan. Ta’kidlash joizki, davlatchilikning tarixiy rivojlanishi urbanistik xarakterga ega bo lib ʻ , q adimgi davlatchilikning tadrijiy rivojlanish jarayoni shaharlar va shahar madaniyatining taraqqiyoti bilan chambarchas bog liq tarzda kechgan. Bunda me’morchilik alohida o rin tutgan. ʻ ʻ Markaziy Osiyoning qadimdan diniy va madaniy-ma’rifiy o ʻ chog ʻ i hisoblangan Zarafshon vohasi o zida boy me’moriy merosni namoyon yetgan eng yirik ʻ shaharlari bo lganligi bilan alohida ajralib turadi. ʻ Turkiston mintaqasida ham me’moriy ta’mirchilik ilmi va amaliyoti azaldan rivojlanib kelgan. Ammo bu hodisa tarixiy taraqqiyotda doimo davlatning e’tiborida bo lmagan. ʻ O zbekistonda mavjud me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash ʻ masalasi davlat siyosati darajasiga ko tarilishi o rta asrlardan boshlangan, desak ʻ ʻ mubolag ʻ a bo lmaydi. Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar davriga kelib ʻ ta’mirlash, obodonlashtirish hamda yangidan qurish amaliyoti rivojlandi. Bu davrdan yirik inshootlarni ta’mirlash amaliyoti namunasi sifatida Chashmai Ayyub maqbarasi alohida o rin tutadi. ʻ XII asrning boshlarida Ayyub nomi bilan Buxoroning g ʻ arbiy qismida qurilgan maqbara sohibqiron nazariga tushadi. 1379 - yilda Amir Temur Xorazmni markaziy hokimiyatga bo ysundirgandan keyin Urganchdan mohir ustalarni ʻ Samarqand, Buxoroga taklif yetib, ularga turli imoratlar qurishni buyuradi. Jumladan, Chashmai Ayyub ham ta’mirlanib, uning ustki qismiga katta gumbaz quriladi. Kvadrat tarxdagi go rxona devorida uning Amir Temur farmoyishi bilan ʻ 1379 yilda qurilgani haqida yozuv ham bor. Temuriylar zamonida me’morchilik binolari ta’minotiga katta e’tibor berilgan inshootlardan biri Namozgoh masjidi hisoblanadi. U 1119-1120 yillarda qoraxoniylar hukmdori Arslonxon davrida shahar qal’asidan tashqaridagi Shamsobod degan mavzeda qurilgan bo lib, bu joy haqida mashhur muarrix ʻ Muhammad Narshaxiy o zining "Buxoro tarixi" kitobida ma’lumot beradi. ʻ
Qurilgandan keyin masjid bir necha marta ta’mirlangan bo lib, yangilanishʻ ishlarining asosiy qismi sohibqiron hukmronligi davriga to g ri keladi. Amir ʻ ʻ Temur Buxoroyi Sharifdagi boshqa muqaddas joylar qatorida Namozgohni ham ta’mirlash va obodonlashtirish chora-tadbirlarini ko rgan. Ta’mir jarayonida 1119- ʻ 1120 yillarda qurilgan dastlabki devorning qoldiqlari mehrobli devorga mahorat bilan ulab yuborilgan. Natijada inshoot mustahkam ayvon kompozisiyasiga ega bo lib, markazida peshtoq va gumbazli bino bo lgan uchta ustunli galereyaning ʻ ʻ yuziga qaragan qiyofa olgan. Umuman olganda, Amir Temur va temuriylar davrida nafaqat qadimiy Zarafshon vohasi, balki butun O rta Osiyo o zining navbatdagi iqtisodiy, madaniy- ʻ ʻ ma’rifiy yuksalish pallasiga kirdi. Ayniqsa Zarafshon vohasi asrlar davomida rivojlanib kelayotgan me’morchilik an’analarni davom yettirib, temuriylar davlatining markaziy madaniy o choqlaridan biriga aylandi. Shunday qilib, Amir ʻ Temur va temuriylar davrini me’moriy obidalarni muhofaza qilish hamda qurilish- ta’mirlash ishlari ilk bor davlat siyosati darajasiga ko tarilgan davr sifatida e’tirof ʻ etish mumkin. 2. Chor Rossiyasi davrida tarixiy-me’moriy obidalarni ularni saqlash, ta’mirlash holati. O rta Osiyo hududini Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi tarixiy- ʻ me’moriy obidalarga bo lgan munosabatda, ularni saqlash, ta’mirlash va ʻ konservatsiyalash jarayonida yangi bosqichni boshlab berdi. Albatta chor Rossiyasi hukumati avvalam bor o zining iqtisodiy va siyosiy manfaatlari ʻ yuzasidan ushbu hududga nisbatan siyosat olib borganligini ta’kidlab o tish kerak. ʻ O rta Osiyoning tarixi, arxeologiyasi va etnografiyasi bilan bir qatorda me’moriy ʻ obidalarni ilmiy asosda o rganish jarayonining ilk davri ham aynan shu davrdan ʻ boshlandi. Turkiston o lkasida amalga oshirilgan ilmiy ishlari bilan jahonga ʻ mashhur bo lgan olimlar geograf P.P Semenov-Tyanshanskiy, geolog I.V. ʻ Mushketov, sayohatchi olim N.A. Seversev, geograf, zoolog, antropolog va geolog A.P. Fedchenko, sharqshunos olimlar V.V. Bartold, S.F. Oldenburg, N.I. Veselovskiy, V.A. Jukovskiylar kabilar hisoblanadi. Masalan, N.I. Veselovskiy
rahbarligidagi arxeologik ekpeditsiya 1895 - yilda Go r-Amir maqbarasini harʻ tomonlama o rganish asosida, 1905 ʻ - yilda u haqda tarixiy ma’lumotga boy albom chop yetildi. Ta’kidlash joizki, bu davrda mahalliy obidalarni ilmiy jihatdan o rganishga ʻ qaraganda, ularni ta’mirlash ishlariga e’tibor ancha kamroq qaratilgan. Qolaversa, mutaxassislarning ma’lumotlariga ko ra, ʻ XVIII asr hamda XIX asr boshida barpo yetilgan obidalarga nisbatan avvalroq qurilgan me’moriy obidalar o ta ayanchli ʻ holatga tushib qolganligi qayd etilgan edi. Jumladan , Samarqanddagi obidalar ham ayanchli holatga tushib qolganligi bilan ajralib turar edi. Bu davrga kelib ayrim tarixiy obidalarda ta’mirlash ishlari olib borilganligini hamda ular , asosan , kosmetik va epizodik xarakterda bo lganligi, bu ishlarga ʻ asosan mahalliy ustalar jalb etilganligi haqida ma’lumotlar bor. Masalan, Shohi Zinda arxitektura majmuasida 2004 - yilda keng miqyosda olib borilgan ta’mirlash ishlari jarayonida ushbu majmua tarkibiga kiruvchi ayrim maqbaralarda XIX asr oxirlarida olib borilgan ta’mir ishlarining qoldiqlari topildi. Jumladan, Usta Ali Nasafiy maqbarasining tashqi devorlari va derazalari sifasiz ta’mir ishlarining natijasida yevropa shaklidagi g ʻ ish t lar bilan to ldirilgan, intererlardagi pol ʻ ko tarilgan. Bino bezagidagi barcha o ʻ ʻ yilmalar ganch qorishmasi bilan tekislangan. Burunduq maqbarasining XXI asr boshidagi holati avvalgi asrlarda kiritilgan o zgartish va qo shimchalar ta’sirida o z qiyofasidan deyarli o zgarib ketganligi ʻ ʻ ʻ ʻ aniqlanadi. XIX asrning 70-yillarida olib borilgan ta’mir ishlari natijasida portalning janubiy gul ustuni o rniga kontrofors (g isht tirgovuch) bilan ʻ ʻ mustahkamlangan, sakkiz qirrali deraza va janubiy devordagi kirish o rni urib ʻ tashlangan, shuningdek intererdagi pol qadimgi holatidan balandroq ko tarilgan. ʻ Mutaxassislar tili bilan aytganda, XIX asr oxiri va XX asr boshida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari (avval davlat, keyinchalik turli jamiyatlar mablag lari ʻ hisobidan amalga oshirilgan), obidalarning buzilishini oldini ololmagan. Bunda vaqtning, zilzilalar va h atto odamlarning ta’siri sezilarli rol o ynagan. Xatto o sha ʻ ʻ davr hukmati harbiy-strategik “mulohazalar”dan kelib chiqib, ayrim binolarni buzilib tashlashgan ham. Masalan, 1883-yilda Samarqand qal’asini rekonstruksiya
qilish maqsadida Kutbi-Chaxar-duxum yodgorligi portlatilgan. Yoki Amir Temur tomonidan so fiylar shayxi Nur ad-Din Basiraga atab qurdirilgan va ko lamiʻ ʻ jihatidan Go r Amirdan qolishmaydigan maqbara ham XIX asr oxirida ushbu ʻ “amaliyot” qurboni bo ldi. Shayxning mayidi esa Xazrat Xizr masjidi yonidagi ʻ qabristonga ko chirildi. Ushbu jarayonning to xtatib qoladigan nazorat qiladigan ʻ ʻ maxsus davlat organi ham tashkil etilmagan edi. 3. 1920 -1939 yillarda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish tarixi. Saqlanib qolgan noyob madaniy meros obyektlari muhofaza qilish faqat XX asr boshiga kelib davlat e’tiboriga olindi. Ular 1920 - yildan boshlab tashkil qilingan yodgorliklarni muhofaza qiluvchi maxsus davlat organi tasarrufiga o tkazila ʻ boshlandi. Ushbu organ vazifasini dastlab 1920 - yil 30 - yanvardan o z faoliyatini ʻ boshlagan Turkiston respublikasining Arxiv ishlari bo yicha markaziy ʻ boshqarmaning qoshida tashkil qilingan tarixiy va san’at yodgorliklari muhofaza qiluvchi maxsus Qo mita vaqtincha bajargan edi. Turkrespublika rahbariyatining ʻ 1921 - yil 23 - maydagi maxsus Dekreti asosida Qo mita mustaqil davlat organiga – ʻ Turkiston Respublikasi Xalk Komissarlari Sovetining Dekreti bilan muzeylar va yodgorliklar, san’at va tabiatni muhofaza qilish ishlari bo yicha Turkiston ʻ qo mitasi (Turkomstaris)ga aylantirildi. ʻ Sovet hokimiyatining ma’muriy-hududiy masalada olib borgan siyosati oqibatlari ushbu qo mitaning tashkiliy va tuzilmaviy xarakteridagi faoliyatiga o z ʻ ʻ ta’sirini o tkazdi. Natijada ushbu tashkilot O rta Osiyo respublikalarining milliy ʻ ʻ chegaralanishidan keyin 1925-yildan Turkomstaris yodgorliklar va tabiatni muhofaza qilish bo yicha O rta Osiyo qo mitasi nomini oldi (Sredazkomstaris). ʻ ʻ ʻ Qo mita yangi tuzilgan O rta Osiyo respublikalari va Qozoqistonda joylashgan ʻ ʻ yodgorliklarni muhofaza qilish, ulardan foydalanish va qayta ta’mirlash ishlariga ma’sul bo ldi. 1929 ʻ - yildan esa O zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komiteti va ʻ Xalq Komissarlari Sovetining №501 sonli Qarori bilan Sredazkomstaris o rniga ʻ qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish bo yicha O zbekiston Qo mitasi qaytadan ʻ ʻ ʻ tuzildi (va Uzkomstarisga aylantirildi).