NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANIYATI
NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANIYATI Reja: 1. Nutqning insоn hаyoti vа jаmiyat tаrаqqiyotidаgi o‘rni. 2. Mutаfаkkirlаr vа pеdаgоglаrning so‘z vа nutqning ijtimоiy jаmiyatdа tutgаn o‘rni vа rоli hаqidаgi qаrаshlаri. 3. Nutqning o‘qituvchi vа o‘quvchi o‘rtаsidаgi o‘zаrо mulоqоt jаrаyonidаgi аsоsiy bоg‘lоvchi vоsitа ekаnligi. 4. Nutq оrgаnlаri, nutq аppаrаti.
Nutqning inson hayotidagi o'rni Har bir insonning ma'naviy va madaniy kamolotga erishuvida tilning o'rni alohidadir. Til insonlararo muloqot hamda fikr va axborot almashinuv vositasidir. Til millatning tamal toshidir. Prezident I.Karimov «Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O'z tilini yo'qotgan har qanday millat o'zligidan judo bo'lishi muqarrar» deb ta'kidlaganida haqli edi. Shuningdek, ajdodlar merosini o'rganish, tajriba orttirish, almashinish jarayonini ham tilsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Zero, hazrati Navoiy ta'biri bilan aytganda: So'zdurki, nishon berur o’lukka jondin, So'zdurki, berur jonga xabar jonondin. Insonni so'z ayladi judo hayvondin, Bilki, guhari sharifroq yo'q ondin. Ma'lumki, til inson aqliy faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki, insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham tildir. Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari - tafakkur mevalari til va nutq orqali ro'yobga chiqadi. Til tafakkur mahsullarining hayotga tadbiq etilishiga vosita bo'luvchi qudratli quroldir. O’zbek tilining izohli lug’atida “til – fikr ifodalash va o’zaro aloqa quroli bo’lib xizmat qiladigan tovushlar, so’zlar grammatik vositalar sistemasi” deb ta’riflansa, nutqqa “fikrni til orqali ifodalash qobiliyati, mahorati” yoki “so’zlashuv jarayonidagi til” deb ta’rif beriladi. Qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e'tibor berilganki, ular hozir ham o'z ahamiyatini yo'qotmaganini ko'ramiz. Kaykovus hamma hunarlar ichida so'z hunari - notiqlikni a'lo deb biladi: «Bilginki, hamma hunardan so'z hunari yaxshi». Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo'lishini ta'kidlaydi. Muallif notiqlikni egallashning yo'lini tinimsiz mehnat va o'rganish deb uqtiradi. Tilning olijanob imkoniyatlari nutq orqali ochiladi. Nutq bo'lmas ekan, tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. A. Navoiy til va nutq
munosabatlarini shunday izohlaydi: «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq nomaqbul bo'lib chiqsa, tilning ofatidir». Demak, til har qancha qudratli zo'r bo'lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qiladi. Uning kuch-qudrati nutq jarayonida namoyon bo'ladi. Agar til o'q bo'lsa, nutq kamondir. O'qning qudrati kamonning qobiliyatiga ham bog'liq.
Til millatning noyob xazinasi bo'lib, doimo og'zaki va yozma holda namoyon bo'lgan. Boy, yorqin, maroqli nutq, u kim bo'lishidan qat'iy nazar, inson nuri hisoblangan. Nutq madaniyati juda katta va keng soha bo'lib, u bolaning kundalik oddiy salom-aligidan tortib, kimga nimani, qachon, qaerda va qanday so'zlashigacha bo'lgan barcha nutqiy jarayonlarni o'z ichiga oladi. Nutq madaniyati faqat nutqni egallash yo'llarini emas, balki undan foydalanish madaniyatini ham tarbiyalaydi. Nutq madaniyati o'qituvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarida to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, til sezgilarini tarbiyalashga xizmat qilmog'i lozim. Shundan kelib chiqqan holda nutq madaniyati: o'z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda turli sharoitlarda bayon eta olish vositalarini, ma'noni turli shakllarda bera olish yo'llarini, badiiy, ilmiy, ijtimoiy asarlarni o'rganib, ular haqidagi fikr-mulohazani, shaxsiy munosabatni og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri bayon eta olish madaniyatini ifodalaydi. Har qanday pedagogik vaziyat uchun mutlaqo to'g'ri bo'lgan nutqni tuzish mumkin emas. Faqat ayni vaziyat talablaridan kelib chiqib tashkil etiladigan nutqgina to'g'ri hisoblanadi. Binobarin, kishi o'zining har bir qadamini oldindin ko'rishi, rejalashtirishi amalda mumkin bo'lmaydi. Pedagogning mehnati - bu behad izlanish va azob- uqubatli kechinmalar, ilhom va betakror turlanish oni, ko'pdan-ko'p kundalik ishlar, hafsalasi pir bo'lish va bolalar bilan birgalikda boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilishdir. Inson nutqi rang-barang. Do'stlariing suhbati ham, san'atkorning sahnadagi monologi ham, talabaning auditoriyadagi javobi ham nutqning bir ko'rinishidir. Notiqlik san’atining paydo bo‘lishi tarixi O‘qituvchining pedagogik mahoratida uning nutqi, notiqlik qobili-yati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ushbu muammoga mustaqillikdan keyingi yillarda jiddiy e’tibor qaratildi. Yosh avlodni vatanparvarlik ru-hida tarbiyalashda avvalo milliy istiqlol mafkurasi muhim ahamiyatga ega. Mafkuramizning yuksak ustunlaridan
biri ─ millat tilidir. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda barkamol avlod tarbiyasida o‘z ona tiliga nisbatan mehr─muhabbat tuyg‘ularini shakl-lantirish e’tirof etilgan. Yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida o‘qituvchining nutqi, uning notiqlik san’ati alohida e’tibor kasb etadi. Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997-yil 29-avgustdagi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlaydiki, “O‘z fikrini mutlaqo mustaqil ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbarlik kursisida o‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”. O‘qituvchining nutqiy mada-niyatini shakllantirish uning kasbiy faoliyatida naqadar muhim ahami-yatga egaligi to‘g‘risida mulohaza yuritar ekanmiz, avvalo, notiqlik san’atining kelib chiqish tarixini bilish lozim. Professional notiqlik san’-ati Yunoniston, O‘rta Osiyo, va Hindistonda o‘zining uzoq tarixiga ega. Tarixchi olimlarning (Apresyan G.Z.) ma’lumotlariga ko‘ra, Notiq-lik san’atiga eramizdan oldingi VII asrda Yunonistonda asos solingan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilar edi. Ular, notiqlik san’atining yetuk namoyondalari bo‘lib, o‘z-larining chiroyli so‘zlari, baland va ta’sirchan ovozlari bilan odamlar tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta’lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining naza- riyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yu- nonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonis-tonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik san’atlari bilan birga notiqlik san’ati ham murakkab va muhim san’at asari sifatida e’tirof etilgan. Notiqlik san’atini davlatning muhim ijtimo-iy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg‘in ta’sir etuvchi murakkab vosita ekanligi uchun Yunonistonda uni “San’atlar shohi” deb atashgan. Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda “Notiqlik san’ati”ning eng takomillashgan va rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda notiqlik san’atining