Nutq va muomila
Nutq va muomila Reja: 1. Til va nutq faoliyati haqida tushuncha. 2. Tilning funktsiyalari. 3. Nutq faoliyati haqida tushuncha. 4. Nutq faoliyatining turlari. 5. Shaxs muomala jarayonida (tranzakt psixologiyasi)
TIL VA NUTQ FAOLIYATI HAQIDA TUSHUNCHA Ma`lumki hayvonlar olamidagi aks ettirish shakllari, ularning "tillari" ijtimoiy tajribani uzatish va bu tajribani keyingi avlod tomonidan o`zlashtirish imkonini bermaydi. Shaxsning rivojlanishi, uning ongining shakllanishi, uning individual tajribasi umuminsoniy tajriba bilan uzviy bog`liq. Kishilarda tilning mavjudligi tufayli ular ijtimoiy tajribani uzatadilar va o`zlashtiradilar. Tilning o`zi nima? Umumiy qilib ta`rif berganda, TIL BELGILAR TIZIMIDAN IBORATdir. Belgi - voqelikning istagan elementlarini qandaydir aks ettirish, uni shartli ravishda belgilashdir. Masalan, avtomobil’ haydayotib, yo`limizda uchraydigan kucha harakati belgilariga bog`liq holda o`zimizni har xil holda tutamiz. Bundan ko`rinib turibdiki belgi ma`lum jihatdan qurolga o`xshaydi. Faqat qurol bizning amaliy mehnat faoliyatimizga vositachilik qiladi, belgi esa bizning nazariy va intellektual faoliyatimiz, yuksak psixik funktsiyalarimiz (idrok, tafakkur va h.k.) vositasidir. So`zning belgi sifatidagi asosiy xususiyati uning mazmuni, ma`nosidir. "Stul" so`zining ma`nosi shu predmetning barcha ijtimoiy muhim belgilarini, xususiyatlarini (turkumi, vazifasi kabi) o`zida aks ettiradi. TILNING VAZIFALARI Tilning eng muhim funktsiyalaridan biri - til IJTIMOIY-TARIXIY TAJRIBANI BERISh VA O`ZLAShTIRISh vositasidir. Har bir kishining hatti-harakati va faoliyati kishilikning ijtimoiy-tarixiy tajribasi bilan bog`liq holda rivojlanadi. Kichkina bola dunyoni mustaqil suratda bilib olmaydi. U bilimlarning bir qismini ota-onalaridan surab, savollar berib o`zlashtiradi. Boshqa bir qismini o`zaro munosabatlarda, asosan, til yordamida o`zlashtiradi. Yana bir qism bilimlarni maktabda, pedagoglardan o`rganadi
(til yordamida). Bilimlarning anchagina qismini kitoblardan o`qib o`rganadi (yana til yordamida). Bu tilning KOMMUNIKASIYA funktsiyasidir. Tilning ikkinchi vazifasi (funktsiyasi) - til INTERAKSIYA vositasidir. Ma`lumki kishining hatti-harakatlari va faoliyati, ko`pincha, ijtimoiy qimmatga ega bo`lmangan o`zga kishilarning bevosita tajribalari bilan ham belgilanadi. Agar biror kishi boshqasiga magazin yoki oshxonaning ishlamayotganligi haqida xabar bersa u o`z hatti-harakatini o`zgartiradi. Boshqa magazin yoki oshxonaga borishi mumkin. Bu erda til yordamida berilayotgan informatsiya kishining hatti-harakatini boshqarmoqda. Bu tilning interaktsiya yoki kishining hatti-harakatini boshqarish vositasi sifatidagi funktsiyasidir. Tilning uchinchi vazifasi (funktsiyasi) kishining o`z tajribasi, va ijtimoiy tajriba asosida o`z hatti-harakatlarini boshqarishi bilan bog`liq. Odam biror muammoli vaziyatlarda o`z tajribasigagina asoslanib qolmay, boshqa kishilarning tajribalariga, umuman jamiyat tajribasidan ham foydalanadi. Ana shunday vazifalarni o`z oldiga quyish va hal qilish jarayoni INTELLEKTUAL AKT (harakat) deb ataladi. Intellektual harakat uch bosqichdan iborat bo`ladi: faoliyatni REJALASHTIRISH, uni AMALGA OSHIRISH, maqsad bilan SOLISHTIRIB ko`rish. Odamning individual harakatlari, asosan, mana shunday intellektual aktlardan tashqil topgan bo`ladi. Bu erda avvalombor odamlarning REJALASHTIRA OLISH qobiliyati yuzaga chiqmoqda. Bunday rejalashtirish va umuman fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli TILdir. Bu erda til intellektual faoliyatning (idrok, xotira, tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasi bilan to`qnash keldik. NUTQ FAOLIYATI HAQIDA TUSHUNCHA
Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o`zlashtirish va avlodlarga uzatish yoki kommunikatsiya o`rnatish, o`z harakatlarini rejalashtirishda tildan foydalanish jarayonidir. Nutq faoliyatining yo`nalishi har xil bo`lishi mumkin: - yangi informatsiyani berish, yangi bilimlarni berish; - aqliy masalani echish. Til aloqa vositasi yoki quroli, nutq faoliyati esa aloqa jarayonining o`zidir. Psixologiya nutqni o`rganar ekan, har turli sharoitlarda, har xil muammoli vaziyatlarda tildan foydalanish xususiyatlarini aniqlaydi, inson hatti-harakatini rejalashtirishda tilning rolini o`rganadi, bolalarda aloqa (kommunikatsiya) jaryonining tarkib topish yo`llarini va shu kabilarni tahlil qiladi. NUTQ FAOLIYATINING TURLARI Nutq faoliyatini turli belgilar asosida klassifikatsiya qilish mumkin. 1. Nutqning psixofiziologik mexanizmi bilan bog`liq bo`lgan murakkablik darajasiga ko`ra: xoroviy nutq; exologik (oddiy takrorlash) nutqi; atash nutqi; kommunikativ nutq. Nutq faoliyatida rejalashtirishning (programmalashtirishning) roli bo`yicha: faol nutq; reaktiv nutq. Nutqning ixtiyoriyligi bo`yicha: ixtiyoriy; beixtiyor (impul’siv) nutq
Nutqning eksteriorizatsiyalashgan yoki interiorizatsiyalashganligiga ko`ra: tashqi nutq; ichki nutq Yuqorida ko`rsatilganlardan bir nechatasiga to`xtalib o`tamiz. Ixtiyoriy va ma`lum darajada faol nutq ko`p hollarda MONOLOGIK, reaktiv nutq esa DIALOGIK nutq deb ataladi. MONOLOGIK NUTQ Monologik nutq ma`lum darajada nutqning batafsil turi hisoblanadi. Chunki monologik nutqda biz barcha ma`lumotlarni iloji boricha to`liq berishga, notanish vaziyat va holatlarni tinglovchi tushunishi uchun batafsil tasvirlab berishga majburmiz. Monologik nutq - nutqning faol, ixtiyoriy turlaridan biridir. Monologik nutqni amalga oshirish uchun gapirayotgan odam qandaydir nutq mazmuniga ega bo`lishi, shu mazmun asosida o`z nutqiy mulohazasini izchil ravishda qura bilishi lozim. Boshqacha qilib aytganda notiq o`z nutqini (gaplarnigina emas) avvaldan bir butun holda oldindan rejalashtiradi (programmalashtiradi). Monologik nutq qiyin, murakkab bo`lganligi sababli uni maxsus ravishda tarbiyalash, shakllantirish talab qilinadi. Masalan kichik bola yoki o`rganmagan kishiga o`z fikrini batafsil, monolog sifatida bayon qilish qanchalik qiyinligini barchamiz bilamiz. Shu sababli maktablarda, boshqa tipdagi o`quv yurtlarida monologik nutqni o`stirishga alohida e`tibor berish lozim. Ayniqsa o`qituvchi uchun "tili to`mtoq" bo`lishdan yomonroq, pedagogikaga zidroq narsa yo`q. Nutqning bu turini rivojlantirish uchun turli bahslar, ma`ruzalar bilan chiqishlar, treninglar o`tkazish lozim. DIALOGIK NUTQ