logo

YUKSAK O‘SIMLIKLARNING VEGETATIV ORGANLARINI RIVOJLANISHI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

189 KB
MAVZU: YUKSAK O‘SIMLIKLARNING VEGETATIV
ORGANLARINI RIVOJLANISHI.
Reja:
1. Novdaning rivojlanishi.
2. Bargning rivojlanishi .
3. Ildizning rivojlanishi. O‘simliklarning   o‘suv   organlari   ikki   asosiy   qism   -   novda   va   ildiz
sistemasidan   iborat.   Novda   tuzilishi   jihatidan   asosiy   novda   qismlari:   poya,
barg   va   kurtaklardan   iboratdir.   Ildiz   sistemasi   esa,   asosiy   o‘q   va   yon
ildizlardan tashkil topgan .
Evolyusiya   jarayonida   o‘suv   organlar   ilk   bor   quruqlik   sharoitida
yashashga   moslashgan   riniofitlarda   yuzaga   kelgan.   Riniofitlarning   tanasi
dixotomik   shoxlangan   bo‘lib,   bargsiz   tellomdan   iborat   bo‘lgan.   Ko‘pchilik
olimlarning   fikricha   tellomdan   novda   rivojlangan.   Kdsimgi   yuksak
o‘simliklarning novda va uning shaklan o‘zgargan qismlari o‘suv organning
funksiyasini   (vazifasini)   bajargan.   Evolyusiya   jarayonida   ildiz   novdadan
kechroq,   quruqlikka   yashashga   moslashgan   riniofitlarning   rizomoidlaridan
vujudga kelgan.
Novda   haqida   umumiy   tushuncha.   Novda   yuksak   o‘simliklarning
asosiy   o‘suv   organi   hisoblanadi.   Odatda   novda   rivojlanishi   ontogenezdan,
dastlabki davridan boshlab   apekal meristemadan hosil bo‘ladi. U poya, barg
va   kurtaklarga   ajraladi.   Novda   o‘sish   xususiyatiga   ega.   Rivojlanishning
dastlabki   davrida,   ya’ni   urug‘ning   unishidan   o‘simta   hosil   bo‘ladi.
O‘simtalarda   urug‘palla   barglari   va   birinchi   chin   barglar   orasidan   poyacha
taraqqiy etadi. Poyaning eng uchida bargchalar orasida o‘sish nuqtasi (apeks)
bo‘lib, undan novda, ya’ni poyaning bir o‘suv davrida o‘sib chiqqan bargli va
kurtakli   qismi   (bir   yillik   novda)   rivojlanadi.   Rivojlanishning   keyingi
bosqichlarida  har  bir  novda  apekal  meristemadan,  ya’ni  uchki  kurtaklarning
rivojlanishidan vujudga keladi.
Demak,   kurtak   boshlang‘ich   novda   bo‘lib,   u   o‘sish   va   rivojlanish
xususiyatiga   ega.   O‘simliklarning   eng   asosiy   birinchi   tartib   novdasi
boshlang‘ich   poyachaning   o‘sishidan   hosil   bo‘ladi,   keyinchalik   uning   yon
kurtaklardan   ikkilamchi,   undan   uchlamchi   tartib   novdalar   hosil   bo‘ladi.
Hozirgi   zamon   morfologlari   novdaga   uchki   (apeks)   meristemadan   hosil
2 bo‘ladigan   yaxlit   bir   organ   sifatida   qarashadi.   Novda   ancha   murakkab
tuzilishga   ega,   chunki   u   rivojlanishning   dastlabki   davridan   boshlab,   poya,
barg va kurtaklarga ajralgan.
Novdalar o‘suvchi va generativ bo‘ladi. O‘suvchi novdalarning bo‘g‘in
oralig‘i uzun bo‘lib, har tomonlama o‘sish qobiliyatiga ega, ular havo orqali
ozikdanadi,  ammo bundan   tashqari boshqa funksiyani ham  bajarishi, hamda
turli   metamorfozaga   uchrashi   mumkin.   O‘rta   Osiyo   cho‘llarida,   masalan,
qumli   cho‘llarda   oqsaksaul,   qorasaksaul,   juzg‘un,   qizilcha   yoki   barjoq,
qulanquyruq   kabi   o‘simliklar   novdasidagi   barglari   juda   ham   mayda
qipiqchalar   shaklida   yoki   butunlay   reduksiyalangan   bo‘lib,   assimilyatsiya
funksiyasini   yosh   novdalar   bajaradi.   Bunday   novdalarning   xlorenxima
to‘qimalarida xlorofill ko‘p bo‘ladi.
Reproduktiv   yoki   generativ   (lot.   g   ye   n .   r   a   s   i   o   -   tug‘ilish,   kelib
chiqish)   novdalarning   bo‘g‘im   oralig‘i   qisqa   bo‘lib   gul   va   mevalarni   tutib
turuvchi organ vazifasini   bajaradi. Unda assimilyatsiya etuvchi yashil   barglar
juda   kam   bo‘ladi.   Novdaning   eng   xususiyatli   belgisi   shundan   iboratki,
birinchidan,   u   bo‘g‘imlarga   ajralgan,   ikkinchidan   esa,   har   qaysi   bo‘g‘imda
bitta,   ikkita   yoki   bir   necha   barglar   joylashadi.   Shu   xususiyati   bilan   novda,
ildizdan keskin farq qiladi. Novdaning barg bilan birikkan joyi - bo‘g‘im, bir
bo‘g‘im bilan
ikkinchi   bo‘g‘im   oralig‘i   bo‘g‘im   oralig‘i   deb   ataladi.   Agar   bargning   asosi
yoki   barglar   halqasi   (bir   qancha   barglar)   poyani   to‘liq   o‘rab   olsa   -   yop   i   q,
to‘liq o‘rab olmasa  ochiq bo‘g‘im  deyiladi. Odatda, poya bir necha yoki ko‘p
bo‘g‘im va bo‘g‘im
oraliqlaridan   iborat   bo‘lib   ketma-ket   joylashadi.   Bo‘g‘imlarning   bunday
joylashishi   m   ye   t   a   m   ye   r   (yunon.   meta-   orasida,   ketma-ket)   joylashish
deyiladi.   Poya   uchiga   yaqinlashgan   sayin   bo‘g‘im   oralig‘i   qisqarib,   barglar
3 maydaroq   va   zichroq   bo‘lib   boradi,   poyaning   eng   uchida   tepa   kurtak
(apeks) joylashadi.
Bu   kurtak   boshlang‘ich   novda   hisoblanadi.   Undan   asosiy   novda
rivojlanadi.   Asosiy   novdaning   poya   bilan   barg   o‘rtasidagi   burchakka   barg
qo‘ltig‘i   deyiladi.   Barg   qo‘ltig‘idan   kelgusida   novda   o‘sib   chiqadigan   bir
necha yon  kurtaklar vujudga keladi.  Yon kurtaklarning  o‘sishidan  I-II tartib
novdalar taraqqiy etadi. Natijada I, II va III tartib novdalar hosil bo‘ladi,
bularning yig‘indisiga  novdalar sistemasi  deb ataladi.  
Kurtak.   -   o‘simlikning   tana,   barg,   gul   va   boshqa   qismlarini   hosil
qiluvchi   murtak   shaklidagi   novdadir.   Kurtak   murtak   o‘qidan   va   undagi
murtak   bargchalaridan   iborat   bo‘lib,   uning   uchida   o‘sish   nuqtasi   bo‘ladi.
Kurtaklar   joylashishiga   ko‘ra   uchki   hamda   yon   (qo‘ltiq)   kurtaklarga
bo‘linadi. Yon kurtaklar bitta va ba’zan bir nechta kurtakdan iborat bo‘ladi.
Ular ustma-ust joylashsa   serial  (lot. s ye r i ye s — qator) kurtak deb ataladi
(masalan,   uchqat,   yong‘oq,   oq   akatsiya   va   boshqalarda   uchraydi).   Agar
kurtak   birgalikda   yonma-yon   joylashsa   kollateral   (lot.   k   o   l   —   birgalikda;
lateragis — yon tomon) deyiladi. Bundan   tashqari qo‘shimchayoki   adventiv
(lot.   a   d   v   ye   n   t   i   k   u   s   —   kelgivdi,   tasodifiy)   kurtaklar   ham   bo‘ladi.
Adventiv kurtaklar   vegetativ ko‘payish vazifasini bajaradi.
Tuzilishi   va   vazifasiga   ko‘ra,   kurtaklar   har   xil   —   o‘suv,   o‘suv-
generativ   hamda   generativ   kurtaklar   bo‘ladi.   O‘suv   kurtaklardan   bargli   va
kurtakli   poya   o‘sib   chiqadi.   Bunday   kurtaklarda   tashqi   boshlang‘ich   barglar
(barg kurtaklari) uchlari bilan qayrilib, o‘sish nuqgasini o‘rab oladi. Kurtakda
bo‘g‘im zich  joylashgan,  shuning uchun bo‘g‘im  oraliqlarini  aniqlash  qiyin.
Boshlang‘ich   barg   qo‘ltig‘ida   yon   kurtak   murtaklari   ham   hosil   bo‘lishi
mumkin.   Demak,   novdaning   cheksiz   shoxlanishiga   bo‘lgan   yashirin,   ammo
yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan imkoniyat kurtakda mavjud.
4 O‘suv-generativ   kurtaklarning   tuzilishi   o‘suv   kurtakning   tuzilishiga
o‘xshaydi,   lekin   o‘sish   nuqgasida   boshlang‘ich   holatdagi   gul   yoki   to‘pgul
bo‘ladi.   Bunday   kurtaklar   ko‘pincha   o‘tchil   o‘simliklarga   xos   bo‘lsada,
daraxt   va   butalarda   ham   uchraydi   (masalan,   siren,   buzina=marjondaraxt).
Bundan tashqari to‘pgullar hosil qiladigan gul kurtaklar ham uchraydi (bular
shaklan   o‘zgargan   novdadir).   Nihoyat   aralash   kurtaklar   deb   ataladigan
kurtaklardan novdalar bilan gullar o‘sib chiqadi.
Qo‘shimcha  kurtaklar.   Ekzogen yo‘l bilan  hosil  bo‘ladigan  odatdagi
yon   kurtaklardan   tashqari   qo‘shimcha   yoki   adventiv   kurtaklar   ham   paydo
bo‘lishi  mumkin.  Ular  poyalarda  endogen,  barglarda  esa  ekzogen  yo‘l  bilan
hosil   bo‘ladi   va   tartibsiz   joylashadi.   Qo‘shimcha   kurtaklar   poya,   barg   va
ildizda   ularning   perisikl   kambiy,   o‘zak   nurlaridan   va   hatgoki   bargning
mezofil yoki epidermisidan ham hosil bo‘lishi mumkin. Qaysi organdan hosil
bo‘lishidan   qat’iy   nazar,   tuzilishiga   ko‘ra   ular   oddiy   uchki   yoki   yon
kurtaklardan   farq   qilmaydi.   Qo‘shimcha   kurtaklarning   biologik   ahamiyati
katta.   Ular   ko‘pgina   o‘simliklarda   vegetativ   ko‘payish   uchun   xizmat   qiladi.
Masalan,   ildiz   bachkilari   orqali   ko‘payadigan   o‘simliklarda
(malina=xo‘jag‘at,   qulupnay   va   boshqalarda)   albatta   qo‘shimcha   kurtaklar
bo‘ladi.   Ildiz   bachkilari   —   ildizda   joylashgan   qo‘shimcha   o‘sib   chiqqan
novda   (tog‘   teragi,   shumtol,   oq   akatsiya,   olcha,   olxo‘ri,   siren,   yantoq,
chirmovuq, sariq bo‘ztikan va boshqa)lar.
Qo‘shimcha kurtaklar barglarda ham hosil bo‘ladi. Masalan, briofillium
o‘simligining   barglarida   qo‘shimcha   kurtaklar   barg   chetlarida   rivojlanadi.
Ana shu kurtaklar bargdan uzilmasdanoq, ildizcha va bargchalar hosil qiladi.
Keyin   uzilib   yerga   tushgandan   so‘ng,   o‘sib   yangi   o‘simlikka   aylanadi.
Bunday   xildagi   qo‘shimcha   kurtaklar   ajraluvchi   kurtaklar   deyiladi.
Begoniya   gulining   uy   sharoitida   o‘stiriladigan   xillarining   barg   qalamchalari
5 orqali   ko‘paytirish   mumkin.   Ularda   qo‘shimcha   kurtaklar   jarohatlanish
natijasida hosil bo‘ladi.
Sovuq   va   o‘rta   iqlim   mintaqalarida   o‘suvchi   daraxt   va   butalarning
novdalaridagi   kurtaklar   tashqi   tomondan   maxsus   kurtak   tangachalari   bilan
o‘ralib, kurtakning ichki meristema to‘qimalarini himoya qiladi va qurishidan
saqlaydi.   Bunday   kurtaklar   yopiq   kurtaklar   deb   ataladi.   Agar   o‘sha
tangachalar bo‘lmasa   ochiq kurtak   deyiladi. Ko‘pincha ochiq kurtaklarning
o‘sish   konusi   yoki   o‘sish   zonasi   butunlay   ochiq   bo‘lmay,   ularni   usti   barg
qismlari   yoki   yonbargchalari   bilan   o‘raladi   (masalan,   oq   qayin,   beda   va
boshqa   sitrus   o‘simliklari).   G‘alladoshlarda   o‘suvchi   novda   qin   ichida
joylashgan.   Yopiq   kurtaklar   aksariyat   daraxt   va   butalarda   (masalan,   o‘rik,
olma, nok, gilos, terak, marjondaraxt va boshqalarda) bo‘ladi.
Novdalar   sistemasining   umumiy   ko‘rinishi   har   xil:   akrotoniya,
mezotoniya va bazitoniya (yunon. akros - uchki; mezon - o‘rta; bazis - asos;
tonos   -   qavat,   kuch)   shaklda.   Ular   o‘rtasida   oraliq   shakllar   ham   bo‘lishi
mumkin.
Akroton   shoxlanishda  asosiy  novdaning  uchki  tomoniga  yaqin  turgan
yon   shoxchalar   (qarag‘ay,   zarang,   qayrag‘och,   dub   va   boshqa   daraxtlar)
hamda ba’zi bir o‘tchil o‘simliklar (bo‘tako‘z) yaxshiroq rivojlanadi.
Buta, butachalar, ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklarning shoxlanishi baziton
bo‘lib,   eng   kuchli   va   yirik   shoxchalar   markaziy   novdadan   hosil   bo‘ladi.
G‘alladoshlar   oilasiga   mansub   madaniy   (bug‘doy,   sholi,   arpa   va   boshqalar)
va   yovvoyi   o‘simliklar   (bug‘doyiq,   qorabosh   va   boshqalar)ning   va   yon
novdalar hosil qilib tarmoqlanishi  baziton  shoxlanishga misol bo‘la oladi.
Mezoton   shoxlanishda   kuchli   taraqqiy   etgan   yon   novdalar   asosiy
novdaning o‘rta qismidan shakllanadi (archa, zarang).
Novdaning   o‘sish   yo‘nalishlari   bir   necha   xil.   Ko‘pchilik   novdalar   tik
o‘sadi   -   bunday   o‘sish   ortotrop   (yunon.   o   r   t   o   s   -   to‘g‘ri;   t   r   o   p   o   s   -
6 yo‘nalish) o‘sish yoki yo‘nalish   deb ataladi. Bu xildagi o‘sishda asosiy novda
manfiy   geotropizm   (yunon.   g   ye   o   -   yer)ni   sakdab   qoladi   (tol,   terak,
qarag‘ay,   kungaboqar,   g‘o‘za,   shuvoq,   sho‘ra   va   boshqalar).   Ularning   yon
novda yo‘nalishi tashqi muhit ta’sirida o‘zgarishi mumkin.
Yon   novdalar   asosiy   novda   bilan   turli   burchak   hosil   qilib   birikishi
mumkin.   Ana   shunday   novdalar   yo‘nalishiga   plagiotrop   (yunon.   Plagiose   -
egilgan,   ko‘ndalang)   o‘sish   deyiladi   (qovun,   tarvuz,   qovoqva   boshqalar).
Ko‘pincha novdalar o‘sish mobaynida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib   anizotrop
(yunon.   anizos   —   teng   bo‘lmagan)   holatga   o‘tishi   mumkin.   Bunday
novdalarga ko‘pincha o‘tchil o‘simliklar   (o‘rmalovchi ayiqtovon, bug‘doyiq,
qorabosh   va   boshqalar),   buta   (turkiston   archasi)ning   ko‘tarilib   yoki   qiyalab
o‘suvchi novdalari misol bo‘ladi.
Bargning   hosil   bo‘lishi   va   rivojlanishi.   Barg   novdaning   yon   organi.
O‘simliklarning birinchi vegetativ bargi urug‘palla bo‘lib, u aneks uchi novda
paydo bo‘lmasdan   oldin murtak tanasining takomillashishidan yuzaga keladi.
Keyin   hosil   bo‘ladigan   primordial   barg   novdaning   o‘sish   konusidagi
meristemadan   akropetal   tartibda   ekzogen   bo‘rtmalar   yoki   do‘mboqchalar
ko‘rinishida   vujudga   keladi.   Avvalo   uning   protoderma   yoki   boshlang‘ich
epiderma   xujayralari bir xil (antiklinal) bo‘linadi. Keyinchalik   hosil bo‘lgan
do‘mboqchalar   differensiyalanib   (lot.   tafovut,   farq)   ikki:   yuqori   (apekal)   va
pastki   (bazal)   qismlarga   bo‘linadi.   Bunda   apekal,   bazal   qismga   nisbatan   tez
usadi.   Ninabarglilar   va   bir   pallalilar   pirimordialining   kattaligi   0,3   mm,   ikki
pallalilarniki   esa   7-10   va   ba’zan   15   mm   ga   (ba’zi   butguldoshlarda)   yetadi.
Shundan   keyin   primordiyning   apeki   o‘sishdan   to‘xtaydi.   Uning   marginal
(chetki)   meristema   xujayralari   interkalyar   (lot.   interkalyars   -   joylashtirish)
o‘sishda   davom   etadi.   Boshlang‘ich   bargning   interkalyar   o‘sishini   Afrika
sahrolarida o‘suvchi ajoyib velvichiya (Welwitschia mirablis) deb ataladigan
o‘simliklarda ko‘rish mumkin. 
7 Ontogenezda   primordial  bargning   apekal   qismidan  barg  plastinkasi  va
band,   bazal   qismidan   esa   barg   asosi   va   yon   bargcha   o‘sib   yetishadi .   Ikki
pallali   o‘simliklarda   barg   plastinkasi   odatda   bazipetal   (yunon.   bazis   -   asos,
tub,   tag,   petomay   -   intilish)   ravishda   yuzaga   keladi,   ya’ni   uning   uchi
oldinroq tashkil topadi.
Primordiyning   apekal   va   bazal   qismlari   o‘rtasida   interkalyar   o‘sish
sodir   bo‘lganligi   sababli   barg   bandi   hammadan   keyin   paydo   bo‘ladi.   Barg
plastinkasining   qirralari   chetki   marginal   hujayralarining   bir   tekisda
o‘smasligidan yuzaga keladi.   Murakkab barglar ham xuddi oddiy barglarday
paydo bo‘ladi va keyinchalik uning marginal hujayralari bo‘lina boshlaydi.
Bir   pallali   o‘simliklarning   boshlang‘ich   (primordial)   barglari
rivojlanishning avvalida qirrali o‘roqsimon shaklda bo‘lib, keyinchalik eniga
o‘sadi   va   qalpoqcha   shakliga   aylanadi.   Ba’zan   primordiya   bir-biri   bilan
qo‘shilib   uzunasiga   o‘sadi.   Nayning   ostki   qismida   barg   novi   yoki   g‘ilofi
rivojlanadi (soyabonguldoshlar, boshokdoshlar).
Ildizning rivojlanishi.   Ildiz boshlang‘ichi urug‘da joylashgan bo‘ladi.
Urug‘   unib   o‘sa   boshlaganda   dastlab   uning   ildizi   po‘stni   yorib   tashqariga
chiqadi.   Bir   pallali   o‘simlik   urug‘idan   bir   necha   ildiz,   ikki   pallali   o‘simlik
urug‘idan   faqat   bitta   ildiz   chiqadi   va   taraqqiyoti   davom   ettirib,   asosiy   yoki
o‘q ildizga aylanadi.   Asos iy   ildiz bilan poya o‘rtasidagi chegara   ildiz bo‘yni
de b   ataladi.   Poyaning   ildiz   bo‘ynidan   birinchi   murtak   barglarigacha
(urug‘pallalargacha) bo‘lgan qismi gipokotil   (urug‘pallaning osti) deb ataladi .
Rivojlanish   xususiyatiga   qarab,   asosiy   yoki   o‘q   ildiz   va   qo‘shimcha
ildizlar   tafovut   etiladi.   Murtakdan   rivojlangan   ildiz   asosiy,   poyadan   yoki
boshqa   organlardan   o‘sib   chiqqan   ildiz   qo‘shimcha   ildiz   deyiladi.   Asosiy
yoki o‘q ildiz tez o‘sib, ozgina vaqt ichida yon ildizlar hosil etadi. Bir pallali
o‘simliklarning  asosiy  ildizi  ko‘p   vaqt  o‘tmay   quriydi,   o‘rniga   poya   ostidan
qo‘shimcha   ildizlar   o‘sib   chiqadi.   O‘simliklarning   yaxshiroq   o‘rnashishi
8 hamda   oziqlanishiga   yordam   beradi   va   ildiz   sistemasi   yuzasini
kattalashtiradi.
Ildiz   sistemasi.   Odatda,   o‘simlik   tuproq   orasida   jud a   katta   ildiz
sistemasini yuzaga keltiradi. Uning hajm i   o‘simlikning shox-shabbasidan bir
necha   marta   katga   bo‘lishi   mumkin.   Ildiz   sistemasi   —   asosiy,   yon
qo‘shimcha ildizlarning yig‘indisidan tashkil topadi. Asosan ikki xil: o‘qildi:
va patak ildiz sistemalari mavjud. O‘qildiz asosiy yoki (bosh) ildizdan iborat
bo‘lib,   poya   bilan   ildiz   bo‘g‘izi   orqali   tutashadi.   Bu   ildiz   poyaning
davomidek   bo‘lib   ko‘rinadi.   Shuning   uchun   ham   ba’zi   adabiyotlarda   uni
ildizpoya deyiladi.
O‘qildizda   asosiy   ildiz   murtak   (embrion)   o‘sib   chiqqandan   so‘ng,
undan   yon  ildizlar   yuzaga   keladi.  Ular  akropetal   yo‘l   bilan,   ildizning   o‘sish
nuqtasidan   yuqoriroqda,   ya’ni   so‘ruvchi   zonadan   o‘sib   chiqadi.   O‘qildiz
asosan
ikki   pallali   o‘simliklarga   xos   bo‘ladi,   shu   bilan   birga   bu   xil
o‘simliklarning   ba’zisida   (masalan,   zubturumda)   o‘q   ildiz   yaxshi
rivojlanmaydi.   O‘q   ildiz   cho‘l   sharoitida   o‘suvchi   o‘simliklarda   (yantoq,
shuvoq, ko‘kparang lagoxilus, saksovul va boshqalarda) ayniqsa uzun – 5-15
m va ko‘proqqa yetadi.
Yon   ildizlar   endogen   (endo   —   ichki)   yo‘l   bilan,   ya’ni   ichki   perisikl
hujayralarining   bo‘linishi   natijasida   birlamchi   yog‘ochlik   bog‘lamlari
qarshisida   do‘mboqchalar   (bo‘rtmalar)   ko‘rinishida   hosil   bo‘ladi   va   to‘g‘ri
qator   holida   joylashib,   akropetal   tartibda   shoxlanadi.   Hosil   bo‘lgan   bo‘rtma
o‘sib o‘qildizning birlamchi po‘stlog‘idan o‘ziga yo‘l ochib tashqariga tomon
o‘sadi. Yon ildizlar o‘z navbatida tarmoqlanib, har bir tarmoqdan ikkilamchi,
uchlamchi yon ildizlar rivojlanadi.
O‘simliklarda   o‘qildiz,   yon   ildizlardan   tashqari   qo‘shimcha   ildizlar
ham   hosil   bo‘ladi.   Ular   endogen   yo‘l   bilan   meristema   xususiyatini   sakdab
9 qolgan   to‘qimalar:   perisikl,   kambiy   fellogendan   yuzaga   keladi.   Bu   ildizlar
tuzilishi va ko‘rinishi jihatidan boshqa ildizlarga o‘xshash, lekin ular poyada,
bargda   ildizpoya   va   qari   ildiz   tukchalarida   yuzaga   kelishi   bilan   farq   qiladi.
O‘simlikning   hayotida   qo‘shimcha   ildizlar   katta   ahamiyatga   ega.   Ular   ildiz
sistemasining   yuzasini   kengaytiradi,   o‘simlikning   mahkamligini   ta’minlab,
oziqlanish   sharoitini   yaxshilaydi.   Shuning   uchun   ham   qishloq   xo‘jaligida
pomidor,   kartoshka,   karam,   makkajo‘xori   kabi   o‘simliklarga   ishlov
berilganda   atrofiga   tuproq   to‘plash   yo‘li   bilan   qo‘shimcha   ildiz   paydo
bo‘lishini tezlatish mumkin.
Bir pallali o‘simliklarda asosiy ildiz juda barvaqt   quriydi. Ularda butun
ildiz sistemasi poyaning pastki   qismidan o‘sib, qo‘shimcha ildizlardan tashkil
topadi   va   patak   (popuk)   ildiz   deb   ataladi.   Patak   (popuk)   ildizlar   asosan   bir
pallali o‘simliklarga xosdir.  
Qo‘shimcha   ildizlar   ikki   pallali   o‘simliklarda   ham   poyaning   pastki
qismida   hosil   bo‘ladi   (masalan,   g‘umay,   ajriq,   qo‘ypechak,   bo‘ritikan,
kampirchopon va boshqalarda). O‘simliklarning qo‘shimcha ildiz sistemasini
hosil   qilish   xususiyatiga   asoslanib,   qishloq   xo‘jalik   amaliyotida   tok,   tol,
terak,   chakanda   kabi   o‘simliklar   vegetativ   (qalamcha,   parxish)   yo‘l   bilan
ko‘paytiriladi.   Yuksak   sporali   o‘simliklar   -   plaunlar,   qirqbo‘g‘imlar,
qirqquloqlarda - asosiy ildiz bo‘lmaydi. Rivojlanishning boshlanishida ularda
qo‘shimcha   ildizlar   hosil   bo‘ladi.   Bu   xildagi   ildiz   sistemasi   sodda   bo‘lib
birlamchi  gomoriza  (yunon.  gomoyos  — bir xil;  riza -  ildiz) deb ataladi.
10 Аdabiyotlar
1. Ашурметов   О.А.,   Қаршибоев   Ҳ.Қ.   Ўсимликлар   эмбриологияси.   Махсус
курсидан ўқув қўлланма. Гулистон, 2002. 68 б.
2. Қаршибоев Ҳ.Қ., Ашурметов О.А. Ўсимликлар кўпайиш биологияси. Гулистон,
2003. 99 б.
3. Ашурметов   О.А.,   Бўриев   Х.Ч.   Репродуктивная   биология   представителей
семейства  Cucurbitaceae   Juss .  Ташкент: Фан, 2002. 154 с.
4. Баранов П.А. История эмбриологии растений. Изд-во АН . М.1957 .
5. Данжар П. Цитология растений и общая цитология. ИЛ.М.: 1954
6. Икромов   М.И.,   Нормуродов   Х.Н.,   Юлдашев   А.С.   Ботаника .   Т ошкент,
«Ўзбекистон» .  2002.  -  322  б .
7. Поддубная   –   Арнольд   В.А.   Цитоэмбриология   покрытосеменных   растений.   М.
Наука, 1976. – 507 с .
8. Flowerin Plant Embroyology.   Nels R. Lersten. 2004 Blackwell Publishing USA
9. Umurzakova   Z.I.,   Nomozova   Z.B.,   Jalov   X.H.,   Norqulov   M.M.   Botanika.
O’simliklar   morfologiyasi   va   anatomiyasidan   amaliy   mashg’ulotlar.   O’quv   qo’llanma   –
Самарқанд. СамДУ нашриёти. 2019. 136 б.
11

MAVZU: YUKSAK O‘SIMLIKLARNING VEGETATIV ORGANLARINI RIVOJLANISHI. Reja: 1. Novdaning rivojlanishi. 2. Bargning rivojlanishi . 3. Ildizning rivojlanishi.

O‘simliklarning o‘suv organlari ikki asosiy qism - novda va ildiz sistemasidan iborat. Novda tuzilishi jihatidan asosiy novda qismlari: poya, barg va kurtaklardan iboratdir. Ildiz sistemasi esa, asosiy o‘q va yon ildizlardan tashkil topgan . Evolyusiya jarayonida o‘suv organlar ilk bor quruqlik sharoitida yashashga moslashgan riniofitlarda yuzaga kelgan. Riniofitlarning tanasi dixotomik shoxlangan bo‘lib, bargsiz tellomdan iborat bo‘lgan. Ko‘pchilik olimlarning fikricha tellomdan novda rivojlangan. Kdsimgi yuksak o‘simliklarning novda va uning shaklan o‘zgargan qismlari o‘suv organning funksiyasini (vazifasini) bajargan. Evolyusiya jarayonida ildiz novdadan kechroq, quruqlikka yashashga moslashgan riniofitlarning rizomoidlaridan vujudga kelgan. Novda haqida umumiy tushuncha. Novda yuksak o‘simliklarning asosiy o‘suv organi hisoblanadi. Odatda novda rivojlanishi ontogenezdan, dastlabki davridan boshlab apekal meristemadan hosil bo‘ladi. U poya, barg va kurtaklarga ajraladi. Novda o‘sish xususiyatiga ega. Rivojlanishning dastlabki davrida, ya’ni urug‘ning unishidan o‘simta hosil bo‘ladi. O‘simtalarda urug‘palla barglari va birinchi chin barglar orasidan poyacha taraqqiy etadi. Poyaning eng uchida bargchalar orasida o‘sish nuqtasi (apeks) bo‘lib, undan novda, ya’ni poyaning bir o‘suv davrida o‘sib chiqqan bargli va kurtakli qismi (bir yillik novda) rivojlanadi. Rivojlanishning keyingi bosqichlarida har bir novda apekal meristemadan, ya’ni uchki kurtaklarning rivojlanishidan vujudga keladi. Demak, kurtak boshlang‘ich novda bo‘lib, u o‘sish va rivojlanish xususiyatiga ega. O‘simliklarning eng asosiy birinchi tartib novdasi boshlang‘ich poyachaning o‘sishidan hosil bo‘ladi, keyinchalik uning yon kurtaklardan ikkilamchi, undan uchlamchi tartib novdalar hosil bo‘ladi. Hozirgi zamon morfologlari novdaga uchki (apeks) meristemadan hosil 2

bo‘ladigan yaxlit bir organ sifatida qarashadi. Novda ancha murakkab tuzilishga ega, chunki u rivojlanishning dastlabki davridan boshlab, poya, barg va kurtaklarga ajralgan. Novdalar o‘suvchi va generativ bo‘ladi. O‘suvchi novdalarning bo‘g‘in oralig‘i uzun bo‘lib, har tomonlama o‘sish qobiliyatiga ega, ular havo orqali ozikdanadi, ammo bundan tashqari boshqa funksiyani ham bajarishi, hamda turli metamorfozaga uchrashi mumkin. O‘rta Osiyo cho‘llarida, masalan, qumli cho‘llarda oqsaksaul, qorasaksaul, juzg‘un, qizilcha yoki barjoq, qulanquyruq kabi o‘simliklar novdasidagi barglari juda ham mayda qipiqchalar shaklida yoki butunlay reduksiyalangan bo‘lib, assimilyatsiya funksiyasini yosh novdalar bajaradi. Bunday novdalarning xlorenxima to‘qimalarida xlorofill ko‘p bo‘ladi. Reproduktiv yoki generativ (lot. g ye n . r a s i o - tug‘ilish, kelib chiqish) novdalarning bo‘g‘im oralig‘i qisqa bo‘lib gul va mevalarni tutib turuvchi organ vazifasini bajaradi. Unda assimilyatsiya etuvchi yashil barglar juda kam bo‘ladi. Novdaning eng xususiyatli belgisi shundan iboratki, birinchidan, u bo‘g‘imlarga ajralgan, ikkinchidan esa, har qaysi bo‘g‘imda bitta, ikkita yoki bir necha barglar joylashadi. Shu xususiyati bilan novda, ildizdan keskin farq qiladi. Novdaning barg bilan birikkan joyi - bo‘g‘im, bir bo‘g‘im bilan ikkinchi bo‘g‘im oralig‘i bo‘g‘im oralig‘i deb ataladi. Agar bargning asosi yoki barglar halqasi (bir qancha barglar) poyani to‘liq o‘rab olsa - yop i q, to‘liq o‘rab olmasa ochiq bo‘g‘im deyiladi. Odatda, poya bir necha yoki ko‘p bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlaridan iborat bo‘lib ketma-ket joylashadi. Bo‘g‘imlarning bunday joylashishi m ye t a m ye r (yunon. meta- orasida, ketma-ket) joylashish deyiladi. Poya uchiga yaqinlashgan sayin bo‘g‘im oralig‘i qisqarib, barglar 3

maydaroq va zichroq bo‘lib boradi, poyaning eng uchida tepa kurtak (apeks) joylashadi. Bu kurtak boshlang‘ich novda hisoblanadi. Undan asosiy novda rivojlanadi. Asosiy novdaning poya bilan barg o‘rtasidagi burchakka barg qo‘ltig‘i deyiladi. Barg qo‘ltig‘idan kelgusida novda o‘sib chiqadigan bir necha yon kurtaklar vujudga keladi. Yon kurtaklarning o‘sishidan I-II tartib novdalar taraqqiy etadi. Natijada I, II va III tartib novdalar hosil bo‘ladi, bularning yig‘indisiga novdalar sistemasi deb ataladi. Kurtak. - o‘simlikning tana, barg, gul va boshqa qismlarini hosil qiluvchi murtak shaklidagi novdadir. Kurtak murtak o‘qidan va undagi murtak bargchalaridan iborat bo‘lib, uning uchida o‘sish nuqtasi bo‘ladi. Kurtaklar joylashishiga ko‘ra uchki hamda yon (qo‘ltiq) kurtaklarga bo‘linadi. Yon kurtaklar bitta va ba’zan bir nechta kurtakdan iborat bo‘ladi. Ular ustma-ust joylashsa serial (lot. s ye r i ye s — qator) kurtak deb ataladi (masalan, uchqat, yong‘oq, oq akatsiya va boshqalarda uchraydi). Agar kurtak birgalikda yonma-yon joylashsa kollateral (lot. k o l — birgalikda; lateragis — yon tomon) deyiladi. Bundan tashqari qo‘shimchayoki adventiv (lot. a d v ye n t i k u s — kelgivdi, tasodifiy) kurtaklar ham bo‘ladi. Adventiv kurtaklar vegetativ ko‘payish vazifasini bajaradi. Tuzilishi va vazifasiga ko‘ra, kurtaklar har xil — o‘suv, o‘suv- generativ hamda generativ kurtaklar bo‘ladi. O‘suv kurtaklardan bargli va kurtakli poya o‘sib chiqadi. Bunday kurtaklarda tashqi boshlang‘ich barglar (barg kurtaklari) uchlari bilan qayrilib, o‘sish nuqgasini o‘rab oladi. Kurtakda bo‘g‘im zich joylashgan, shuning uchun bo‘g‘im oraliqlarini aniqlash qiyin. Boshlang‘ich barg qo‘ltig‘ida yon kurtak murtaklari ham hosil bo‘lishi mumkin. Demak, novdaning cheksiz shoxlanishiga bo‘lgan yashirin, ammo yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan imkoniyat kurtakda mavjud. 4

O‘suv-generativ kurtaklarning tuzilishi o‘suv kurtakning tuzilishiga o‘xshaydi, lekin o‘sish nuqgasida boshlang‘ich holatdagi gul yoki to‘pgul bo‘ladi. Bunday kurtaklar ko‘pincha o‘tchil o‘simliklarga xos bo‘lsada, daraxt va butalarda ham uchraydi (masalan, siren, buzina=marjondaraxt). Bundan tashqari to‘pgullar hosil qiladigan gul kurtaklar ham uchraydi (bular shaklan o‘zgargan novdadir). Nihoyat aralash kurtaklar deb ataladigan kurtaklardan novdalar bilan gullar o‘sib chiqadi. Qo‘shimcha kurtaklar. Ekzogen yo‘l bilan hosil bo‘ladigan odatdagi yon kurtaklardan tashqari qo‘shimcha yoki adventiv kurtaklar ham paydo bo‘lishi mumkin. Ular poyalarda endogen, barglarda esa ekzogen yo‘l bilan hosil bo‘ladi va tartibsiz joylashadi. Qo‘shimcha kurtaklar poya, barg va ildizda ularning perisikl kambiy, o‘zak nurlaridan va hatgoki bargning mezofil yoki epidermisidan ham hosil bo‘lishi mumkin. Qaysi organdan hosil bo‘lishidan qat’iy nazar, tuzilishiga ko‘ra ular oddiy uchki yoki yon kurtaklardan farq qilmaydi. Qo‘shimcha kurtaklarning biologik ahamiyati katta. Ular ko‘pgina o‘simliklarda vegetativ ko‘payish uchun xizmat qiladi. Masalan, ildiz bachkilari orqali ko‘payadigan o‘simliklarda (malina=xo‘jag‘at, qulupnay va boshqalarda) albatta qo‘shimcha kurtaklar bo‘ladi. Ildiz bachkilari — ildizda joylashgan qo‘shimcha o‘sib chiqqan novda (tog‘ teragi, shumtol, oq akatsiya, olcha, olxo‘ri, siren, yantoq, chirmovuq, sariq bo‘ztikan va boshqa)lar. Qo‘shimcha kurtaklar barglarda ham hosil bo‘ladi. Masalan, briofillium o‘simligining barglarida qo‘shimcha kurtaklar barg chetlarida rivojlanadi. Ana shu kurtaklar bargdan uzilmasdanoq, ildizcha va bargchalar hosil qiladi. Keyin uzilib yerga tushgandan so‘ng, o‘sib yangi o‘simlikka aylanadi. Bunday xildagi qo‘shimcha kurtaklar ajraluvchi kurtaklar deyiladi. Begoniya gulining uy sharoitida o‘stiriladigan xillarining barg qalamchalari 5