logo

“Parazitlarning ichki organlarini adaptasiyalari”

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.17578125 KB
“Parazitlarning ichki organlarini adaptasiyalari”
REJA:
1.  Parazitlarda ovqat hazm qilish sistemasining o’zgarishlari.
2.  Nerv sistemasining o’zgarishlari.
3.  Ajratish organlarining o’zgarishlari.
4.  Nafas olish organlarining o’zgarishlari.
5.  Harakatlanish organlarining o’zgarishlari.
6.  Jinsiy sistemasining o’zgarishlari. 1. Ovqat hazm qilish sistemasi
Parazitlarning   tekinxo’rlik   bilan   oziqlanish   jarayoniga   odatlanishi   ularning
nafaqat   tashqi   morfologik   tuzilishiga,   balki   ichki   organ   va   sistemalarining
moslanish   belgilarining   ham   paydo   bo’lishiga   olib   kelgan.   Bunday   o’zgarishlarni
birinchi   navbatda   ovqat   hazm   qilish   sistemasining   tuzilishida   ko’rish   mumkin.
Ushbu   o’zgarishni   parazit   organizmning   oziqlanishini   erkin   yashovchi
organizmning   oziqlanishidan   keskin   farq   qilishida   ko’rish   mumkin.   Bu   esa   o’z
navbatida   parazitning   ovqat   hazm   qilish   sistemasini   ma’lum   darajada   u   yoki   bu
tomonga qarab o’zgarishiga olib kelgan.
Turli   guruhlarga   mansub   bo’lgan   parazitlarning   ovqat   hazm   qilish
sistemasining o’zgarishlari qo’yidagi yo’nalishlarda amalga oshgan:
1.  Qon   bilan   oziqlanuvchi   ko’pgina   parazitlarda,   ayniqsa   ma’lum
tanaffuslar   bilan   qon   so’ruvchilarda   ovqat   hazm   qilish   sistemasining   ayrim
qismlarini   haddan   tashqari   kattarishiga   (gipertrofiya)   olib   keladi.   Bunday   vaqtda
ba’zan   ichak   sistemasi   kuchli   morfologik   o’zgarishlarga   uchramasa   ham,   uning
devori cho’ziluvchan xususiyatni hosil qilishi tufayli, qabul qilingan oziqa bosimi
ta’sirida   ichakning   kengayib   ketishi   hamda   parazit   gavdasining   shaklini
o’zgarishiga   (deformasiyaga)   olib   keladi.   Ushbu   hollarni   biz   qon   so’ruvchi
qandalalarda,  chivinlar   va  sese  pashshasida  ko’rish   mumkin.  Masalan,   qon  so’rib
tuygan   sese   pashshasining   qorin   bo’limini   pastki   (qorin)   tomoni   bo’rtib   chiqadi,
chunki   aynan   shu   tomonning   xitin   qoplag’ichi   ancha   nozik   bo’lsa,   qorinning   ust
(orqa) tomon xitini nisbatan qalin bo’ladi.
Ayrim   hollarda   qon   so’ruvchi   parazitlarda   ichak   yon   tomonlarida   maxsus
kengayishlar   hosil   qiladi.   Bunday     kengayishlar   ichak   sig’imini   ancha
kengaytiradi.   Masalan,   ektoparazit   zuluklarning   o’rta   ichagi   ikki   tomonlama   yon
cho’ntakchalar hosil qilgan bo’lsa,   Aega   (Isopoda) yuksak qisqichbaqalarida o’rta
ichak ikkita yirik xaltacha hosil qiladi. 
Qon     so’ruvchi   kanalarning   o’rta   ichagi   yon   usiqlari   bilan   ta’minlangan
bo’ladi.   Shuni   aytish   lozimki,   to’yib   qon   so’rgan   kanalar   och   kanalarga   nisbatan
bir necha marta yiriklashib ketadi. Masalan,   Ixodes ricinus   kanasining och qolgan o’rg’ochisini   o’lchami   0,4   sm   uzunlikka   teng   bo’lsa,   qon   so’rgan   urg’ochisining
uzunligi 1 sm, och kananing og’irligi 2-3 mg kelsa, qon so’rganniki -250-400 mg
ga teng bo’ladi. 
Parazitning   o’rta   ichagi   hajmini   kengayishi,   uning   siyrak   lekin   ko’p   oziqa
olishga   moslashganligidan   dalolat   beradi.   Bundan   tashqari   ular   uzoq   vaqt
ovqatlanmasdan   ochlikka   chidamli   bo’ladi.   Masalan,   qon   so’ruvchi   qandala   bir
to’yib qon so’rgandan keyin, bir-necha yil oziqlanmaydi yoki ayrim iksod kanalari
oziqasiz 2-3 yilgacha tirik qoladi.
Qon   so’ruvchi   parazitlarning   yana   bir   adaptiv   belgisi   shundan   iboratki,
ularda   qonning     ivishiga   tusqinlik   qiluvchi   suyuqlik   ajratuvchi   bezlarning   paydo
bo’lishidir.   Masalan,   zuluklar   tomog’ida   shunday   bezchalar   hosil   bo’lganki,
ularning   ajratgan   sekreti   (girudin   yoki   gemofilin)   qonning   ivishiga   qarshi   ta’sir
qiladi.
2.  Birqancha   parazitlarda   ovqat   hazm   qilish   sistemasining   reduksiyaga
(qisqarib   ketishga)   uchraganligi   hamda   osmotik   usulda   oziqlanishga   o’tganligini
ko’rish mumkin. Bunday adaptiv o’zgarishlar ichak va bo’shliq parazitlari orasida
uchraydi.   Bir   hujayrali   hayvonlar   orasida   barcha   gregarinalar   osmotik   usulda
oziqlanishga   moslashganligi   tufayli,   ularda   na   og’iz   va   na   ovqat   hazm   qilish
vakuoli   shakllangan   bo’ladi.   Amfibiyalarning   ichagida   parazitlik   qiluvchi
Opalinina  turkumining barcha turlarida ham, oziqlanish osmotik yo’l bilan amalga
oshadi.  Shunga binoan ushbu parazitlarda hazm vakuoli va og’iz bo’lmaydi. 
Infuzoriyalarning   teng   kipriklilar   guruhida   og’iz   teshigining   bo’lmasligi
sababli   Astomata   nomini   olgan.   Ushbu   guruhga   Anoplophrya,   Hoplitorhrya,
Mesnilella   kabi   avlodlarga   mansub   bo’lib,   ular   asosan   kam   qilli   halqalilar
( Oligochaeta ) da parazitlik qiladi.
Birqator   olimlarning   (Miyashita   va   Raabe,   1933,   Rossolimo,   1926)
tekshirishlari tufayli og’izsiz (Astomata) infuzoriyalar terma avlodlar va turlardan
iborat   bo’lgan   erkin   yashovchi   tengkiprikli   infuzoriyalardan   kelib   chiqqanligi
hamda   ularda   og’izning   reduksiyaga   uchrashi   (yo’qolishi)   parazitlik   bilan   hayot kechirish jarayoniga moslashaborish natijasida konvergent (o’xshash) belgi sifatida
yuzaga kelganligi isbotlanadi.
Ko’p   hujayrali   hayvonlar   orasida   ayrim   guruh   (Cestoda,   Acanthcehala)
larning   barcha   turlarida   ichak   sistemasining   redukiyaga   uchraganligini   ko’rish
mumkin.   Digenetik   so’rg’ichlilarning   ko’pgina   turlarida   ichakning   ikkala
shoxlarini   ham   sezilarli   darajada   qisqarganligini   ko’rish   mumkin.   Lekin   jigar
qurtida   (Fasciola   hepatica)   ichakning   ikkala   shoxchalarining   ham   kuchli
shoxlanganlik   darajasiga   e’tibor   beradigan   bo’lsak,   ushbu   holat   trematodalar
orasida juda kam o’chraydigan narsa deb qarash kerak.
Trematodalardan   karpsimon   baliqlarning   qonida   parazitlik   qiluvchi   turida
(Sanguinicola)   o’rta   ichak   shoxchalari   juda   ham   qisqarib,   qizilungach   oxirida
ikkita   kaltagina   bo’rtiqchalar   ko’rinishida   saqlanib   qolgan.   Ushbu   rudiment
bo’rtiqchalarni   hatto   o’rta   ichak   gomologi   deb   hisoblash   ham   qiyin.   O’rta
ichakning   qisqarib   ketganligini   digenetik   so’rg’ichlilarning   partenogenetik
avlodlarida   aniq   ko’rish   mumkin.   Masalan,   mirasidiydan   keyin   hosil   bo’luvchi
sporosistada   ichak   umuman   bo’lmaydi,   rediyada   esa   u   kichkkina   xaltacha
ko’rinishida bo’ladi.
Tasmasimon   chuvalchanglar   va   tikanboshlilarda   hayot   siklining   barcha
bosqichlarida ham ichak yoki uning rudimenti umuman bo’lmaydi. 
Parazit   nematodalarning   ham     ayrim   turlarida   ichak   sistemasining   qisqarib
borish   yoki   umuman   reduksiyalanib   ketganligini   ko’rish   mumkin.   Masalan,
sichqonlarda   parazitlik   qiluvchi   Mucpicea   borelli   mermitidasida,   chuchuk   suv
mshankasining gavda bo’shlig’ida parazitlik qiluvchi  Buddenbrockia  nematodasida
ichak sistemasi qisqarib ketgan. 
Ayrim   parazit   nematodalarda   ( Trichinella )   ovqat   hazm   qilish   kanalining
sezilarli   darajada   qisqarganligini   qayd   qilish   mumkin.   Mermithidae   oilasining
ko’pgina turlarida o’rta ichak o’z bo’shlig’ini yo’qotgan va u faqat zahira oziqasini
saqlovchi   bo’ladi.   Filariata   turkumidagi   nematodalarning   ayrim   turlarida   orqa
ichak qisqarib ketgan va o’rta ichak uchi esa ko’r holda to’gallanadi. Parazitlik   bilan   hayot   kechiruvchi   qorin   oyoqli   mollyuskalar   (Gastropoda)
da   ovqat   hazm   qilish   sistemasi   qiziq   o’zgarishlarga   o’chragan.   Birinchidan
ularning   ayrimlarini   xartumchasi   xo’jayin  tanasiga   birikib   olish   va   suyuq   oziqani
so’rish   vazifasini   bajaradigan   bo’ladi.   Ushbu   sinf   mollyuskalaridan   endoparazit
turlarida   esa   ( Asterophilidae )   xartumcha   umuman   yo’qolib   ketadi.   Xuddi
shuningdek   ayrim   turlarida   ( Stilifer   celebensis )   radula,   jag’lar   va   so’lak   bezlari,
hatto   tomoq   ham   qisqarib,   yo’qolib   ketgan   bo’ladi.   Ayrim   parazit
qisqichbaqasimonlarda   ham   ichakning   qisqarib   ketganligini   ko’rish   mumkin.
Masalan   Sacculina     turkumiga   kiruvchi   Rhizocephala- ning   lichinkalarida   o’z
funksiyasini   bajaruvchi   ichak   mavjud   bo’lsa   ham,   voyaga   yetgan   davrda   ichak
butunlay yo’qolib ketadi va uning oziqlanishi faqat osmotik usulda amalga oshadi.
Umuman   aksariyat   endoparazitlarning   ichak   sistemasining   reduksiyaga
uchrashi, shu parazitlarning doimiy ravishda tayyor oziq maxsulotlari (suyuq oziqa
moddasi,   qon   limfa)   ichida   yashashi   va   ular   uchun   kerak   bo’lgan   maxsulotlarni
kerakli   miqdorda   olaolishi   bilan   izohlash   mumkin.   Bunday   muhitda   parazit
tanasiga   tayyor   maxsulotlarning   osmotik   yo’l   bilan   kirishi   tufayli   ichak   sistemasi
parazit uchun ortiqcha bo’lib qoladi. Bunday organ o’z funksiyasini bajarmaydi va
asta-sekin qisqarib ketadi.
2. Nerv sistemasi
Parazitlik   bilan   hayot   kechiruvchi   organizmlarda   nerv   sistemasi   va   sezgi
organlarining   soddalashuv   tomonga   borishi   shubhasizdir.   Ushbu   jarayon   ayniqsa
endoparazitlarda   nerv   sistemasini   soddalashuvi   sezilarli   bo’ladi.   Soddalashuv
jarayoni   birinchi   navbatda   ayrim   sezgi   organlarining   yo’qolishida   namoyon
bo’ladi.   Masalan,   so’rg’ichlilarning   erkin   yashovchi   mirasidiy   lichinkasi   oraliq
xo’jayinini   izlab   topish   uchun   o’zining   toq   ko’zidan   foydalanadi.   Parazitlik   bilan
oraliq   xo’jayin   tanasida   yashovchi   sporosista   va   rediya   lichinkalarida   esa   ushbu
sezgi organi reduksiyalanib ketadi. 
Rediyalardan hosil bo’lgan serkariya lichinkalari esa tashqi muhitga chiqib,
erkin so’zib, o’zining asosiy xo’jayinlarini axtaradi. Ushbu lichinkalar 2 ta yoki 3
ta   ko’zga   ega   bo’ladi.   Serkariyalar   asosiy   xo’jayin   tanasiga   tushgandan   so’ng, voyaga   yetish   jarayonida   o’z   ko’zlarini   ham   yo’qota   boradi.   Monstrillidae
qisqichbaqasimonlarining   erkin   yashovchi   nauplius   lichinkalari   ko’z   bilan
ta’minlangan   bo’ladi.   Ular   o’zining   xo’jayini   ( Polycirrus   chuvalchangi)   tanasiga
kirib   joylashib   olgandan   keyin,   ko’zini   yo’qotadi.   Lekin   voyaga   yetgan   ko’zsiz
qisqichbaqa   chuvalchang   tanasidan   suvga   chiqqandan   keyin   yana   toq   ko’z   hosil
bo’ladi.   Endoparazitlik   bilan   hayot   kechirishga   moslashagan   ayrim   guruhlarda
(Cestoda,   Acanthocephala,   Sacculina)   sezgi   organlarining   barcha   turlari   yo’qolib
ketgan va faqatgina teridagi  ayrim  sezuvchi  hujayralar yoki  nerv uchlari saqlanib
qolishi   mumkin.   Lekin   baqaning   siydik   pufagida   parazitlik   qiluvchi   monogenoid
so’rg’ichli   - Polystoma   integerrimum   da   mavjud   bo’lgan   ikki   juft   pigmentsiz
ko’zlar   to’liq   reduksiyaga   uchramaydi.   Ushbu   qonuniyatning   yana   bir   istisnosi
sifatida,   tuyoqli   sut   emizuvchilarning   ichagida   parazitlik   qiluvchi   teng   kiprikli
infuzoriyalarda tanasining oldingi uchiga yaqin joyda muvozanat saqlash vazifasini
bajaruvchi organoid hosil bo’lishini aytib o’tish o’rinlidir.
Parazitlik   bilan   hayot   kechirish   tarzi   markaziy   nerv   sistemasining
o’zgarishiga   juda   kam   ta’sir   etadi   va   uning   keskin   o’zgarishiga   olib   kelmaydi.
Lekin ayrim hollarda markaziy nerv sistemasining ma’lum darajada soddalashuvi,
nerv   tugunlarining   konsentrasiyasi   va   pereferik   nerv   sistemasining   kuchsizlanishi
ko’zatiladi.   Masalan,   polixetalarning   qorin   nerv   zanjiriga   nisbatan   Muzostomida
turlarida   qorin   nerv   zanjirining   qisqarishi   hamda   nerv   gangliyalarining
konsentrasiyasi amalga oshishini ko’rish mumkin.
3. Ajratish sistemasi
Parazitlarning   ajratish   sistemasida   ma’lum   bir   o’zgarishlarni   paydo
bo’lishini aniqlash ancha qiyin. Ayrim hollarda ushbu organlar qisman reduksiyaga
uchrasa   (Myzostomida),   ba’zan   metamer   tuzilishdagi   ajratish   sistemasi
(Polychaeta), bir juft mayda nefridiylar ko’rinishiga o’tadi. Nematodalarda ajratish
organlari   o’zgarishi   aksincha   bo’lishi   mumkin.   Erkin   yashovchi   nematodalardagi
yon   tomon   ajratish   kanalari   va   fagositar   hujayralar   parazit   nematodalarda   kuchli
rivojlanib ketishi mumkin. Endoparazit   bir   hujayrali   hayvonlarning   xususiyatlaridan   biri   ularda
qisqaruvchi   vakuolning   yo’qolib   ketishidir.   Bunday   vakuol   barcha   sporalilarda,
parazit   amyobalar   va   xivchinlilarda   ham   bo’lmaydi.   Ushbu   vakuollarga   ega
bo’lgan   parazit   bir   hujayralilarda   ( Entodiniomorpha,   Balantidium,   Nyctotherus,
Astomata ) esa uning qisqarishi juda sekinlashgan bo’ladi. 
Parazit   bir   hujayralilarda   qisqaruvchi   vakuolning   yo’qolib   borish   jarayoni
dengizda   erkin   yashovchi   bir   hujayralilarning   qisqaruvchi   vakuolasini   yo’qolish
sabablariga   o’xshatish   mumkin.   Gap   shundaki   parazit   bir   hujayrali   hayvon   xuddi
dengizdagi   erkin   yashovchi   hayvon   singari   yuqori   osmotik   bosimga   ega   bo’lgan
suyuqlik   bilan   o’rab   olingan   bo’ladi.   Bunday   tuzli   eritmali   muhitda   qisqaruvchi
vakuolning funksiyasiga ehtiyoj qolmasligi o’z-o’zidan ma’lum.
4.  Nafas olish sistemasi
Ektoparazitlarning nafas olishi erkin yashovchi organizmlarning nafas olish
mexanizmi   va   qonuniyatlariga   o’xshash   bo’ladi.   Xo’jayinining   to’qima   va   gavda
bo’shliqlarida   parazitlarning   nafas   olishi   esa   shu   organlarga   olib   kelingan   O
2
hisobida   amalga   oshadi,   chunki   bu   joylarga   xo’jayinning   qoni   bilan   yoki   nafas
olish   organlari   orqali   havo   olib   kelinadi.   Ichak   parazitlari   o’ziga   xos   nafas   olish
muhitida   bo’ladi,   ya’ni   ular   deyarli   kislorodsiz   sharoitda   hayot   kechirishadi.
Shunga   binoan   uzoq   vaqtgacha   ichak   parazitlari   anaerob   usulda   moddalar
almashinuvini amalga oshirish qobiliyatiga ega deb hisoblashgan. Ular uchun zarur
bo’lgan   energiya   kislorodsiz   sharoitda   uglevod   va   yog’larning   bijg’ishi   oqibatida
parchalanishidan hosil bo’ladi. Masalan, askarida tanasida hosil bo’luvchi energiya
uning   to’qimalarida   to’plangan   glikogenning   kislorodsiz   sharoitda   parchalanib
karbon kislotasi bilan valerian kislotasi ajraladi. Lekin ichak parazitlarida anaerob
parchalanishdan   tashqari,   ayrim   hollarda   aerob   jarayonlar   yuzaga   kelib,   erkin   O
2
hosil   bo’lishi   ham   isbotlangan.   Bunday   aralash   usulda   amalga   oshuvchi
almashinuv  anoksibioz  deb ataladi.
Anoksibiozda   anaerob   jarayonning   aerobdan   ustun   bo’lish   darajasi   ajralib
chiquvchi   energiyaning   miqdori   va   effektivligiga   bog’liq   bo’lishi   mumkin. Masalan,   odam   askaridasida   moddalar   almashinuvi   jarayonida   uglevodlarning
parchalanishi   hisobidan   9%   energiya   ajralsa,   yog’   kislotasi   parchalanganda   2,2%
va spirtli bijg’ishda 4% energiya ajraladi. 
Shunga   binoan   anoksibiont-parazitlar   tanasida   energiya   manbai   bo’luvchi
glikogen   deyarli   har   doim   anchagina   miqdorda   zahira   holida   saqlanadi.
Eksperimentlarda     xo’jayin   tanasidan   ajratilgan   va   oziqa   mahsulotlari   bo’lmagan
eritmalarda   saqlanuvchi   parazitlarda,   tanasidagi   glikogenning   bir   qismini   sarf
bo’lishi   isbotlangan.   Muhitning   harorati   qanchalik   yuqori   va   parazitning   harakati
faol   bo’lsa,   tanadagi   glikogen   zahirasi   shunchalik   tez   sarf   bo’lishi   aniqlangan.
Anoksibiont-parazitlar   to’qimalarida   ma’lum   miqdorda   yog’ning   to’planishi   ham
yuqoridagi   fikrni   tasdiqlaydi.   Ayrim   ichki   (bo’shliq)   parazitlari   atmosfera
havosidan   nafas   olishga   moslashgan   bo’ladi.   Masalan,   yirik   hayvonlarda
(qoramollarda)  parazitlik  qiluvchi  bo’kalarning  lichinkalari  hayvonlar   yelkasidagi
teri ostida yashab, terini teshib, atmosfera havosidan foydalanadi.
Parazitlik   bilan   hayot   kechiruvchi   chivinlardan   Crossocomia   sericariae   turi
o’z   tuxumlarini   tut   daraxtining   barglariga   qo’yadi.   Ushbu   tuxumlar   barg   bilan
birga tut ipak qurtlari tomonidan istemol qilinganda, ichakda tuxumdan lichinkalar
chiqib   ichak   devorini   teshib,   qorin   nerv   zanjiri   tugunlarining,   undan   gavda
bo’shlig’iga   kelib,   shunday   urnashib   oladiki,   uning   tanasini   orqa   qismidagi   nafas
olish teshigi xo’jayini (ipak qurti)-ning nafas teshiklari (stigmalar) dan biriga tegib
turishi lozim bo’ladi.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, keyingi vaqtlarda (Lindrot, 1993) birqator
endoparazit umurtqasiz hayvonlar (nematodalar, ayrim tuban qisqichbaqasimonlar,
oshqozon   bo’kalari   va   boshqalar)   ning   qoni   yoki   gavda   bo’shlig’i   suyuqligida
(gemolimfa)   gemoglobin   xususiyatlariga   yaqin   turuvchi   modda   topilgan.   Ushbu
moddaga  eritrokruorin  degan nom berilib, u biroz qizg’ish, ba’zan qizil rangga ega
bo’lganligi   sababli,nafas   olish   jarayonini   bajarishda   ishtirok   etsa   kerak   degan
farazlar ham qilinadi. 
5. Harakatlanish organlari Parazitlarda,   ayniqsa   endoparazitlarda,   parazitizmga   moslasha   borish
jarayonida   harakatlanish   organlari   ma’lum   darajada   o’zgarishlarga   duch   keladi.
Masalan,   Myzostomida   turkumidagi   ko’p   tuklilarning   ignatanlilarda   parazitlik
qiluvchi turlari parapodiyalari boshqa polixetalarnikiga qaraganda ancha kichrayib
soddalashgan bo’ladi.
Ko’pgina parazit qisqichbaqasimonlarning oyoqlari ham kuchli reduksiyaga
yoki butunlay yo’qolib ketish darajasiga keladi. Masalan,   Copepoda     turkumidagi
qisqichbaqasimonlarni kopepodasimon stadiyasidagi erkin yashovchi lichinkasida,
shuningdek   Rhizocephala   turkumi   qisqichbaqasimonlarining   erkin   yashovchi
kipriksimon   lichinkalarida   normal   rivojlangan   va   o’z   funksiyasini   bajaruvchi
oyoqlar bo’ladi. Lekin ushbu lichinkalarning parazitlikka o’tish jarayonida oyoqlar
yo’qola   boradi.   Shuning   bilan   birga   yuqorida   tilga   olingan   turkumlarning   ayrim
parazit   turlarida   oyoqlar   umuman   yo’qolib   ketgan.   Pahtopoda   turkumidagi   ayrim
turlarini   endoparazit   lichinkalari   o’zlarining   2-nchi   va   3-nchi   juft   oyoqlarini
tashlaydi,   lekin   ular   erkin   hayot   kechiruvchi   voyaga   yetgan   bosqichga   o’tish
arafasida ushbu oyoqlar yana paydo bo’ladi.   Pentastomida   turkumidagi turlarning
tanasini oldingi uchida xitinli ilgakchalarga ega bo’lgan ikki juft burtiqchalar ham
oyoq rudimentlari deb qaraladi.
Teri ostida parazitlik qiluvchi   Sarcoptidae   qo’tir  kanalarining oyoqlari ham
juda   kuchli   kaltalashgan   bo’ladi.   Parazitlik   bilan   hayot   kechirish   tarzi
hasharotlarning oyoqlarini keskin o’zgarishlarga olib kelmasa ham aksariyat guruh
va   turlarida   qanotlarning   reduksiyalanishini   ko’rish   mumkin.   Hatto   patxo’rlar,
bitlar,   burgalar   kabi   turkumlarining   barcha   turlari   o’z   qanotlarini   takroran
yo’qotgan. 
Parazit   hasharotlarning  shunday   guruhlari   qatorini   tuzib   chiqish   mumkinki,
bu   qator   ularning   qanotlarini   reduksiya   holati   turli   darajada   bo’lishini
ko’rsatadigan   bo’lsin.   Bundan   tashqari   shunday   morfologik   qatorini   tuzish
mumkinki, bu ularni parazit hasharotlarning qanotlarini turli darajadagi reduksiya
holatida bo’lishini ko’rsatuvchi guruhlar qatori bo’lishi mumkin.  Shunday   qatorni   qon   so’ruvchi   pashshalar   bo’yicha   tuzadigan   bo’lsa,   qator
boshida   normal   qanotlarga   ega   bo’lgan   parazit   Ornithomyia   tursa,   keyin   qanoti
kam rivojlangan   Stenopteryx   va oxiri qanotlari to’la yo’qolib ketgan   Melophagus
bilan  tugaydi.  Qon  so’ruvchi   pashshalar   yana  shu  bilan  qiziqarliki,  ular   orasidagi
ayrim   turlar   o’z   xo’jayini   bilan   yaqinroq   munosabat   yuzaga   kelishi   jarayonida
o’zining   individual   hayoti   davomida   qanotlarini   yo’qota   boradi.   Masalan,
Ascodipteron   speiserianum   pashshasining   voyaga   yetgan   individlarida   yaxshi
rivojlangan   oyoqlari   va   qanotlar   hamda   xartumchasi   bo’ladi.   Urug’langan
o’rg’ochi   pashsha   o’z   xo’jayinini   qulog’ini   orqa   qismiga   o’rnashib,   asta-sekin
uning terisi  ostiga botib kira boshlaydi. Keyin qorinni oxrigi qismi burtiq sifatida
tashqarida   qolib   ketadi.   Pashshaning   teri   ostiga   botib   kirishi   jarayonida   uning
qanotlari   tushib   ketadi,   oyoqlarining   sondan   pastki   qismlari   ham   o’zilib   ketadi,
bosh va ko’krak qismlari qorin ostiga kelib joylashadi.
Harakatlanish   organlarining   reduksiyaga   uchrashini   parazit   mollyuskalarda
ham   ko’rish   mumkin.   Masalan,   Mucronalia     molyuskasida   oyog’i   ancha   qisqarib
ketsa,   Stilifer   turida   oyoq   rudiment   holiga   keladi   va   nihoyat   endoparazit
mollyuskalardan  Entocolax va Enteroxenos  larda oyoq to’la yo’qolgan bo’ladi.
6. Jinsiy sistemasi
Aksariyat   parazitlarda   ko’payish   qobiliyati   boshqa   turdagi   adaptiv
xususiyatlarga nisbatan ancha ustun turadi. Shunga binoan parazitda ko’payishning
yangi usullari va yo’llari shakllanishi mumkin. Parazitizm bilan kun kechirishi va
ularning   xo’jayin   organizmiga   bog’langanligi   turli   jinslarning   o’zaro   uchrashuvi
qiyinlashadi.   Bunday   hayot   kechirish   tarzi   ularni   germafroditizm   belgisiga   o’tish
moyilligini yuzaga keltiradi. Shuning uchun parazitlar orasida germafroditlar juda
ko’p   uchraydi.   Lekin   parazitlarda   uchraydigan   germofroditizm   xususiyatining
shakllanishi   ikki   yo’ldan   borgan   bo’lishi   mumkin.   Parazitlardagi
germafroditizmning paydo bo’lishining birinchi yo’li tarixiy rivojlanish jarayonida
erkin   yashovchi   germafrodit   ajdodlardan   deb   qaraladi.   Masalan,   barcha
trematodalar   va   sestodalarning   ajdodlari   erkin   bo’lgan.   Xuddi   shuningdek
ildizboshli   (Rhizocephala)   qisqichbaqasimonlar   kenja   turkumida   mavjud   bo’lgan germafroditizm   ham   erkin   yashovchi   ajdodlaridan,   zuluklarning   germafroditizmi
erkin yashovchi oligoxetalardan o’tgan deb qarash mumkin. Lekin  parazitlik bilan
hayot   kechiruvchi   ayrim   nematodalardagi   germafroditizm   boshqa   yo’l   bilan
shakllangan   bo’lishi   mumkin.   Masalan,   Rhabdias   bufonis   nematodasining
parazitlik   bilan   hayot   kechiruvchi   avlodi   germafrodit   bo’lsa,   erkin   yashovchi
avlodi   ayrim   jinsli   hisoblanadi.   Myzostomida   ko’p   tuklilari   ham   germafrodit
parazitlardir.   Xuddi   shuningdek   teng   oyoqli   (Isopoda)   qisqichbaqasimonlarning
parazit   turlarining   germafrodit   holatda   bo’lishi,   parazitlik   hayot   kechirish   tarzi
ushbu   guruhlarning   jinsiy   sistemasiga   ta’sir   etib,   germafroditlik   belgisini   yuzaga
chiqishiga olib kelgan.
Qorinoyoqli   mollyuskalaring   (Gastropoda)   ayrim   avlodlari   orasida
(Enteroxenos,   Parenteroxenos)   dengiz   goloturiyalari   (bodringlari)   ning   gavda
bo’shlig’ida   parazitlik   qiluvchi   turlarida   germafroditlik   xossalari   aniq   namoyon
bo’lib   turadi.   Lekin   ushbu   parazit   qorinoyoqlilarning   ayrim   turlarida   juda   kichik
(pakana)   erkak   nidividlari   ham   mavjud   bo’ladi.   Ehtimol   ushbu   guruhdagi   parazit
mollyuskalarda,   xuddi   ayrim   parazit   qisqichbaqasimonlardagidek   erkak
individlarini sekin-asta kichrayib borib yo’qolishi tufayli urug’ochi individlarining
qo’shimcha   organ   sifatida   urug’donlarni   hosil   qilishi   va   germafrodit   organizmga
aylanishiga olib kelgan deb qarash mumkin.
Ushbu   tarzdagi   o’zgarishlar   parazitlarda   juft-juft   bo’lib   yashash   kabi
holatlarga,   bu   esa   o’z   navbatida   juft   holda   yashovchi   germaroditlarning   bir-biri
bilan o’zaro urug’ suyuqligi almashinishi  xususiyatini hosil bo’lishiga olib kelgan.
Masalan,   so’rg’ichlilar   sinfi   tarkibida   juda   qiziq   xususiyatga   ega   bo’lgan
Didymozoonidae   oilasining   turlari   dengiz   baliqlarining   terisi   ostida,   jabralarida
yoki   og’iz   bo’shlig’ida   yashaydi.   Ular   ko’p   hollarda   juft-juft   bo’lib   teri   ostida
maxsus   kapsulalar   ichida   yashaydi.   Ushbu   oilaning   ayrim   turlari   ( Didymozoon
scombri ), tipik germafroditlar bo’lib, o’zaro urug’  suyuqliklari bilan almashinadi.
Lekin  Sciaena  balig’ining jabra bo’shlig’ida parazitlik qiluvchi turining bir kapsula
ichida   yashovchi   ikkala   individlar   ham   germafroditlar   hisolanib,   ular   katta-
kichikliligi   va   tuxumlar   qo’yish   qobiliyati   bilan   o’zaro   farq   qiladi,   ya’ni individlarning   birini   qo’ygan   tuxumlari   kam,   rangsiz   tiniq   va   rivojlanish
qobiliyatiga  ega   emas.   Boshqa   individi   esa   ko’p  mikdorda   tuxum   qo’yadi   hamda
ularning   rangi   normal   ko’rinishda   bo’ladi.   Oilaning   uchinchi   bir   turi   ( Wedlia
bipartita )   borki,   u   tunes   (Thynnus)   balig’i   paraziti   hisoblanib,   har   xil   jinslarga
mansub bo’lgan bir juftlik individlari nafaqat katta-kichikliligi (4 va 9 mm), balki
yana   jinsiy   sistemasining   (apparatining)   tuzilishi   bilan   ham   farq   qiladi.     Ulchami
kichik   bo’lgan   individda   juda   yaxshi   rivojlangan   erkaklik   jinsiy   organlari   bo’lsa,
unda   funksional   jihatdan   rivojlanmagan,   kichik   ulchamdagi   urug’ochilik   jinsiy
organlari   ham   bo’ladi.   Aytilgan   xususiyatldarga   binoan   ushbu   individ   erkak   jins
hisoblanadi. Ulchami  yirikroq bo’lgan individ esa  yaxshi  rivojlangan o’rg’ochilik
jinsiy   organlarga   ega   bo’ladi.   Ushbu   individda   erkaklik   jinsiy   organlardan   faqat
rudiment holda urug’ yo’li saqlanib qolgan. 
So’rg’ichlilar orasida ayrim jinsli turlardan qon so’rg’ichlilari (Schistosoma)
ham   doimo   juft   holda   odam   va   sut   emizuvchilarning   qon   tomirlarida   parazitlik
qiladi.
Parazit     organizmlarda   parazitlik   hayot   kechirish   tarzi   germafroditizm
xususiyatini   shakllantirishdan   tashqari   yana   jinsiy   sistemasining   moslashganlik
belgilaridan yana biri serpushtlik xususiyatidir, ya’ni parazit tomonidan juda katta
miqdorda   tuxum   qo’yish   qobiliyatidir.   Ushbu   xususiyat,   ko’p   tuxum   qo’yish
qonuniyati   deyilib,   parazitning   hayot   sikli   davomida   duch   keladigan   turli-tuman
noqulay   omillarni   yengish   uchun   moslashish   belgisi   hisoblanadi.   Shuni   aytish
lozimki  haddan tashqari  ko’p tuxum  qo’yish  faqat  parazitlar  uchun xos  xususiyat
deb qarash noto’g’ri bo’ladi, balki erkin yashovchi  hayvonlar  bo’ladiki, ular  ham
serpushtligi   bilan   ajralib   turadi.   Masalan,   turkiston   termitining   urg’ochisi
“podshosi” ( Hodotermes turkestanicus ) bir kunda 10-15 ming dona tuxum qo’yadi.
Seld   balig’i   bir   yilda   30   ming,   treska   balig’i   esa   9   mln   gacha   tuxum   qo’yadi   va
hokazo. 
Parazitlarning   serpushtlik   xususiyatining   shakllanishini   ikkita   asosiy
sabablarini aytib o’tish o’rinlidir. Birinchidan, parazitning doimiy ravishda tayyor
oziqa   ichida   bo’lishi,   uning   tanasiga   uzluksiz   bir   me’yorda   oziqa   moddalarining kirib   turishi   o’z-o’zidan   ma’lumki,   jinsiy   sistemasining   bo’limlari   (organlari)ni
funksional   faoliyatini   oshiradi.   Ushbu   fikrni   Aloionema   appendiculatum
nematodasi   lichinkasini   vaqtinchalik   parazitizm   bilan   yashashi   sababli,   voyaga
yetgandan keyin uning serpushtligi qariyib 10 marta oshishi misoli bilan tasdiqlash
mumkin.
Ikkinchidan, uzluksiz ravishda sodir bo’lib turuvchi tabiiy tanlanish ta’sirida
nisbatan   serpusht   individlarning   saqlanib   qolish   imkoniyatiga   ega   bo’lishi.
Tanlanish   jarayonida   organizm   shunday   qiyinchiliklarga   duch   keladiki,   ularning
millionlab   qo’ygan   tuxumlaridan   faqat   ma’lum   miqdordagi   donalar   rivojlanish
imkoniyatiga   ega   bo’ladi.   O’z-o’zidan   ma’lumki   kampusht   organizm   tomonidan
qo’yilgan   tuxumlar   tabiiy   tanlanishda   yuzaga   kelgan   noqulay   omillarni   yengib
o’tishda   juda   og’ir   qiyinchiliklarga   duch   keladi.   Bunday   sharoitda   kampusht   tur
o’zoq   muddat   davomida   mavjud   qiyinchaliklarga   chidash   beraolmay   oxiri   halok
bo’ladi. Evolyusiya jarayonida kampusht individlar (turlar) chetga surilib, yo’qolib
boraveradi,   serpushtlik   xususiyatiga   ega   bo’lganlari   esa   kengroq   areallarga
tarqalishi,   ularning   bo’lajak   yosh   avlodlarini   yangidan-yangi   xo’jayinlarga   ega
bo’lish   imkoniyati   paydo   bo’ladi.   Erkin   yashovchi   chuvalchanglar   odatda   kam
tuxum qo’yadi. Ularning hayoti davomida qo’ygan tuxumlarining soni yuzlab yoki
juda   oshib   ketsa,     mingdan   ortiq   bo’lishi   mumkin.   Lekin   parazit   turlarda   esa
qo’yilgan tuxumlarning miqdori  minglab, yuz minglab hatto   millionlab raqamlar
bilan   hisoblanadi.   Masalan,   odamning   ichagida   parazitlik   qiluvchi     o’n   ikki
barmoqli ichak qiyshiq bosh nematodasi (Ancylostoma duodenale ankilostoma) bir
kunda   12-15   mingtagacha   tuxum   qo’yadi.   U   odam   ichagida   4-5   yil   parazitlik
qiladigan   bo’lsa,   shu   davrda   1   ta   urg’ochisining   qo’ygan   tuxumlari   28-35   mln
donani   tashkil  etadi.  Buning   ustiga  tashqi   muxitdagi   3-nchi  bosqichdagi   invazion
lichinkalarining   o’zi   aktiv   ravishda   odam   terisini   teshib,   organizmga   yuqishini
e’tiborga   oladigan   bo’lsak,   uning   o’z   turini   saqlash   uchun   qanchalik   katta
imkoniyatlarga   ega   ekanligini   ko’z   oldimizga   keltirish   mumkin.   Odam   askaridasi
( Ascaris   lumbricoides)   ankilostoma   singari   katta   imkoniyatlarga   ega   emas,   lekin
uning  serpushtligi  ancha   yuqori  hisoblanadi,   ya’ni  1  ta  urg’ochisi  1  sutkada   200- 250   mingtagacha   tuxum   qo’ysa,   u   o’zining   odam   ichagidagi   5-6   oylik   jinsiy
jihatdan voyaga yetgan umri davrida 55-60 mln dona tuxum qo’yadi. 
Qoramol (shuningdek, qo’y, echki, cho’chqa, ot, ba’zan odam va boshqalar)
jigarida   parazitlik   qiluvchi   fassiola   (Fasciola   hepatica)   bir   sutkada   130-150
mingtagacha   tuxum   qo’yadi.   Shunga   binoan   u   xo’jayin   tanasida   bir   yildan   3-5
yilgacha,   (ba’zan   10   yilgacha)   yashasa   uning   qo’ygan   tuxumlari   soni   50
milliondan   200-250   mln   donagacha   bo’ladi.   Sestodalarning   ayrim   turlari
serpushtlik   jihatdan   rekord   raqamlarga   erishgan   desak   xato   qilmaymiz.   Masalan,
odamning     ingichka   ichagida     yashovchi   qoramol   solityori   ( Taeniarhynchus
saginatus ) bir yilda 600 mln gacha tuxum ajratadigan bo’lsa, o’zining 10-15 yillik
parazitlik umri davomida 6-10 mlrd donagacha tuxum qo’yishi mumkin.
Parazit   bir   xujayrali   hayvonlar   ham   nasl   qoldirish   jihatdan
chuvalchanglardan   qolishmaydi.   Masalan,   ichburug’   amyobasi   ( Entamoeba
histolytica ) bilan zararlangan odam bir sutkada o’z najasi bilan 50 mln gacha uning
sistalarini ajratishi mumkin.
Parazit   hayvonlarda   serpushtlik   xossasining   shakllanishi   munosabati   bilan
jinsiy sistemasining  qism  va organlari  ham  yiriklashib boradi. Ushbu  yiriklashish
ba’zan   shunday   darajada   bo’lishi   mumkinki,   ushbu   sistema   parazit   tanasini   ko’p
qismini   egallab   oladi.   Bundan   tashqari   sestodalarda   strobila   bo’g’inlari
(proglottidlari)  jinsiy organlar yoki jinsiy mahsulotlar bilan to’lgan bo’ladi. Ayrim
hollarda   jinsiy   organlari     gipertrofiyasi   shunday   darajaga   yetishi   mumkinki,
parazitning gavdasi uning jinsiy sistemasining bir kichikkina qismi  sifatida bo’lib
qoladi.   Ushbu   holni   parazit   nematodalardan,   qovoq   arilarning   gavda   bo’shlig’ida
yashovchi  Ephaerularia bombi  turida ko’rish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar
 
1. Abduraxmanov G.M., Lopatan I.K., Ismailov Sh.I. Osnovo’ zoologii i 
zoogeografii. Uchebnik dlya studentov vo’sshix pedagogicheskix uchebno’x 
zavedeniy. M., Izdatelskiy tsentr «Akademiya» 2001.
2.   A buladze K.I. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni selskoxozyaystvenno’x 
jivotno’x.   Uchebnik d lya studentov VUZov po spetsialnosti "Veterinariya". M., 
1990.
3 .   Akbaev M.Sh. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni jivotno’x. Uchebnik 
dlya studentov VUZov po spetsialnosti «Veterinariya». M. KOLOS, 2000.
4. Biologiya. Bolshoy entsiklopedicheskiy slovar. Nauchnoe izdatelstvo "Bolshaya 
Rossiyskaya entsiklopediya". M. 1998.
5. Burdelev T.E. i dr. Osnovo’ veterinarii. Uchebnik. M.,1978.
6.   Genis D.E. Meditsinskaya parazitologiya. M. 1991.

“Parazitlarning ichki organlarini adaptasiyalari” REJA: 1. Parazitlarda ovqat hazm qilish sistemasining o’zgarishlari. 2. Nerv sistemasining o’zgarishlari. 3. Ajratish organlarining o’zgarishlari. 4. Nafas olish organlarining o’zgarishlari. 5. Harakatlanish organlarining o’zgarishlari. 6. Jinsiy sistemasining o’zgarishlari.

1. Ovqat hazm qilish sistemasi Parazitlarning tekinxo’rlik bilan oziqlanish jarayoniga odatlanishi ularning nafaqat tashqi morfologik tuzilishiga, balki ichki organ va sistemalarining moslanish belgilarining ham paydo bo’lishiga olib kelgan. Bunday o’zgarishlarni birinchi navbatda ovqat hazm qilish sistemasining tuzilishida ko’rish mumkin. Ushbu o’zgarishni parazit organizmning oziqlanishini erkin yashovchi organizmning oziqlanishidan keskin farq qilishida ko’rish mumkin. Bu esa o’z navbatida parazitning ovqat hazm qilish sistemasini ma’lum darajada u yoki bu tomonga qarab o’zgarishiga olib kelgan. Turli guruhlarga mansub bo’lgan parazitlarning ovqat hazm qilish sistemasining o’zgarishlari qo’yidagi yo’nalishlarda amalga oshgan: 1. Qon bilan oziqlanuvchi ko’pgina parazitlarda, ayniqsa ma’lum tanaffuslar bilan qon so’ruvchilarda ovqat hazm qilish sistemasining ayrim qismlarini haddan tashqari kattarishiga (gipertrofiya) olib keladi. Bunday vaqtda ba’zan ichak sistemasi kuchli morfologik o’zgarishlarga uchramasa ham, uning devori cho’ziluvchan xususiyatni hosil qilishi tufayli, qabul qilingan oziqa bosimi ta’sirida ichakning kengayib ketishi hamda parazit gavdasining shaklini o’zgarishiga (deformasiyaga) olib keladi. Ushbu hollarni biz qon so’ruvchi qandalalarda, chivinlar va sese pashshasida ko’rish mumkin. Masalan, qon so’rib tuygan sese pashshasining qorin bo’limini pastki (qorin) tomoni bo’rtib chiqadi, chunki aynan shu tomonning xitin qoplag’ichi ancha nozik bo’lsa, qorinning ust (orqa) tomon xitini nisbatan qalin bo’ladi. Ayrim hollarda qon so’ruvchi parazitlarda ichak yon tomonlarida maxsus kengayishlar hosil qiladi. Bunday kengayishlar ichak sig’imini ancha kengaytiradi. Masalan, ektoparazit zuluklarning o’rta ichagi ikki tomonlama yon cho’ntakchalar hosil qilgan bo’lsa, Aega (Isopoda) yuksak qisqichbaqalarida o’rta ichak ikkita yirik xaltacha hosil qiladi. Qon so’ruvchi kanalarning o’rta ichagi yon usiqlari bilan ta’minlangan bo’ladi. Shuni aytish lozimki, to’yib qon so’rgan kanalar och kanalarga nisbatan bir necha marta yiriklashib ketadi. Masalan, Ixodes ricinus kanasining och qolgan

o’rg’ochisini o’lchami 0,4 sm uzunlikka teng bo’lsa, qon so’rgan urg’ochisining uzunligi 1 sm, och kananing og’irligi 2-3 mg kelsa, qon so’rganniki -250-400 mg ga teng bo’ladi. Parazitning o’rta ichagi hajmini kengayishi, uning siyrak lekin ko’p oziqa olishga moslashganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari ular uzoq vaqt ovqatlanmasdan ochlikka chidamli bo’ladi. Masalan, qon so’ruvchi qandala bir to’yib qon so’rgandan keyin, bir-necha yil oziqlanmaydi yoki ayrim iksod kanalari oziqasiz 2-3 yilgacha tirik qoladi. Qon so’ruvchi parazitlarning yana bir adaptiv belgisi shundan iboratki, ularda qonning ivishiga tusqinlik qiluvchi suyuqlik ajratuvchi bezlarning paydo bo’lishidir. Masalan, zuluklar tomog’ida shunday bezchalar hosil bo’lganki, ularning ajratgan sekreti (girudin yoki gemofilin) qonning ivishiga qarshi ta’sir qiladi. 2. Birqancha parazitlarda ovqat hazm qilish sistemasining reduksiyaga (qisqarib ketishga) uchraganligi hamda osmotik usulda oziqlanishga o’tganligini ko’rish mumkin. Bunday adaptiv o’zgarishlar ichak va bo’shliq parazitlari orasida uchraydi. Bir hujayrali hayvonlar orasida barcha gregarinalar osmotik usulda oziqlanishga moslashganligi tufayli, ularda na og’iz va na ovqat hazm qilish vakuoli shakllangan bo’ladi. Amfibiyalarning ichagida parazitlik qiluvchi Opalinina turkumining barcha turlarida ham, oziqlanish osmotik yo’l bilan amalga oshadi. Shunga binoan ushbu parazitlarda hazm vakuoli va og’iz bo’lmaydi. Infuzoriyalarning teng kipriklilar guruhida og’iz teshigining bo’lmasligi sababli Astomata nomini olgan. Ushbu guruhga Anoplophrya, Hoplitorhrya, Mesnilella kabi avlodlarga mansub bo’lib, ular asosan kam qilli halqalilar ( Oligochaeta ) da parazitlik qiladi. Birqator olimlarning (Miyashita va Raabe, 1933, Rossolimo, 1926) tekshirishlari tufayli og’izsiz (Astomata) infuzoriyalar terma avlodlar va turlardan iborat bo’lgan erkin yashovchi tengkiprikli infuzoriyalardan kelib chiqqanligi hamda ularda og’izning reduksiyaga uchrashi (yo’qolishi) parazitlik bilan hayot

kechirish jarayoniga moslashaborish natijasida konvergent (o’xshash) belgi sifatida yuzaga kelganligi isbotlanadi. Ko’p hujayrali hayvonlar orasida ayrim guruh (Cestoda, Acanthcehala) larning barcha turlarida ichak sistemasining redukiyaga uchraganligini ko’rish mumkin. Digenetik so’rg’ichlilarning ko’pgina turlarida ichakning ikkala shoxlarini ham sezilarli darajada qisqarganligini ko’rish mumkin. Lekin jigar qurtida (Fasciola hepatica) ichakning ikkala shoxchalarining ham kuchli shoxlanganlik darajasiga e’tibor beradigan bo’lsak, ushbu holat trematodalar orasida juda kam o’chraydigan narsa deb qarash kerak. Trematodalardan karpsimon baliqlarning qonida parazitlik qiluvchi turida (Sanguinicola) o’rta ichak shoxchalari juda ham qisqarib, qizilungach oxirida ikkita kaltagina bo’rtiqchalar ko’rinishida saqlanib qolgan. Ushbu rudiment bo’rtiqchalarni hatto o’rta ichak gomologi deb hisoblash ham qiyin. O’rta ichakning qisqarib ketganligini digenetik so’rg’ichlilarning partenogenetik avlodlarida aniq ko’rish mumkin. Masalan, mirasidiydan keyin hosil bo’luvchi sporosistada ichak umuman bo’lmaydi, rediyada esa u kichkkina xaltacha ko’rinishida bo’ladi. Tasmasimon chuvalchanglar va tikanboshlilarda hayot siklining barcha bosqichlarida ham ichak yoki uning rudimenti umuman bo’lmaydi. Parazit nematodalarning ham ayrim turlarida ichak sistemasining qisqarib borish yoki umuman reduksiyalanib ketganligini ko’rish mumkin. Masalan, sichqonlarda parazitlik qiluvchi Mucpicea borelli mermitidasida, chuchuk suv mshankasining gavda bo’shlig’ida parazitlik qiluvchi Buddenbrockia nematodasida ichak sistemasi qisqarib ketgan. Ayrim parazit nematodalarda ( Trichinella ) ovqat hazm qilish kanalining sezilarli darajada qisqarganligini qayd qilish mumkin. Mermithidae oilasining ko’pgina turlarida o’rta ichak o’z bo’shlig’ini yo’qotgan va u faqat zahira oziqasini saqlovchi bo’ladi. Filariata turkumidagi nematodalarning ayrim turlarida orqa ichak qisqarib ketgan va o’rta ichak uchi esa ko’r holda to’gallanadi.

Parazitlik bilan hayot kechiruvchi qorin oyoqli mollyuskalar (Gastropoda) da ovqat hazm qilish sistemasi qiziq o’zgarishlarga o’chragan. Birinchidan ularning ayrimlarini xartumchasi xo’jayin tanasiga birikib olish va suyuq oziqani so’rish vazifasini bajaradigan bo’ladi. Ushbu sinf mollyuskalaridan endoparazit turlarida esa ( Asterophilidae ) xartumcha umuman yo’qolib ketadi. Xuddi shuningdek ayrim turlarida ( Stilifer celebensis ) radula, jag’lar va so’lak bezlari, hatto tomoq ham qisqarib, yo’qolib ketgan bo’ladi. Ayrim parazit qisqichbaqasimonlarda ham ichakning qisqarib ketganligini ko’rish mumkin. Masalan Sacculina turkumiga kiruvchi Rhizocephala- ning lichinkalarida o’z funksiyasini bajaruvchi ichak mavjud bo’lsa ham, voyaga yetgan davrda ichak butunlay yo’qolib ketadi va uning oziqlanishi faqat osmotik usulda amalga oshadi. Umuman aksariyat endoparazitlarning ichak sistemasining reduksiyaga uchrashi, shu parazitlarning doimiy ravishda tayyor oziq maxsulotlari (suyuq oziqa moddasi, qon limfa) ichida yashashi va ular uchun kerak bo’lgan maxsulotlarni kerakli miqdorda olaolishi bilan izohlash mumkin. Bunday muhitda parazit tanasiga tayyor maxsulotlarning osmotik yo’l bilan kirishi tufayli ichak sistemasi parazit uchun ortiqcha bo’lib qoladi. Bunday organ o’z funksiyasini bajarmaydi va asta-sekin qisqarib ketadi. 2. Nerv sistemasi Parazitlik bilan hayot kechiruvchi organizmlarda nerv sistemasi va sezgi organlarining soddalashuv tomonga borishi shubhasizdir. Ushbu jarayon ayniqsa endoparazitlarda nerv sistemasini soddalashuvi sezilarli bo’ladi. Soddalashuv jarayoni birinchi navbatda ayrim sezgi organlarining yo’qolishida namoyon bo’ladi. Masalan, so’rg’ichlilarning erkin yashovchi mirasidiy lichinkasi oraliq xo’jayinini izlab topish uchun o’zining toq ko’zidan foydalanadi. Parazitlik bilan oraliq xo’jayin tanasida yashovchi sporosista va rediya lichinkalarida esa ushbu sezgi organi reduksiyalanib ketadi. Rediyalardan hosil bo’lgan serkariya lichinkalari esa tashqi muhitga chiqib, erkin so’zib, o’zining asosiy xo’jayinlarini axtaradi. Ushbu lichinkalar 2 ta yoki 3 ta ko’zga ega bo’ladi. Serkariyalar asosiy xo’jayin tanasiga tushgandan so’ng,