Parazitlarning xo’jayinlari. Giperparazitizm
“ Parazitlarning xo’jayinlari. Giperparazitizm ” REJA: 1. Monofag va polifag parazitlar haqida tushuncha. 2. Parazitlarning hayot siklida xo’jayin almashtirish. Geogelmintlar va biogelmintlar haqida tushuncha. 3. Giperparazitizm va sinparazitizm.
Parazitlarning xo’jayinlari Parazit tomonidan oziqa manbai va doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi (boshpanasi) sifatida tanlab olingan yirik organizm parazitning xo’jayini deyiladi. Har qanday hayvon (shuningdek o’simlik) va odam bir turdagi yoki ko’p turlarga mansub bo’lgan parazitlar uchun xo’jayin bo’lishi mumkin. Shuningdek bir turdagi parazit o’z navbatida bir yoki bir necha turlarga kiruvchi xo’jayinlarda parazitlik qilishi mumkin. Shunga binoan monofag va polifag parazitlar farq qilinadi. Monofag parazitlar faqat bitta turga mansub bo’lgan xo’jayin organizmida parazitlik qiladi. Masalan, odam askaridasi ( Ascaris lumbricoides ) faqat odamlarda uchraydi yoki odam biti ( Pediculus hominis ) ham xuddi shunday. Umuman monofaglarga parazit hayvonlar orasidan juda ko’plab dalillar keltirish mumkin, chunki ular bir hujayrali va ko’phujayrali hayvonlar orasida anchagina uchraydi. Polifag parazitlar shundayki, bir tur paraziti turli-tuman guruhlar va turlarga mansub bo’lgan bir necha hayvonlarda hamda odamda parazitlik qila olish xususiyatiga ega. Bunday parazitlarga qon so’ruvchi chivinlar, yaylov kanalarining ko’pgina turlari, parazit chuvalchanglardan jigar qurti, mushuk so’rg’ichlisi, keng tasmasimon gijja va boshqalar. Qon so’ruvchi chivinlar va kanalar farqsiz ravishda odamning ham, turli- tuman umurtqali hayvonlarning ham qonini so’radi yoki jigar qurti ko’pgina o’txo’r uy va yovvoiy hayvonlarda, shuningdek odamda parazitlik qiladi. Xuddi shuningdek mushuk so’rg’ichlisi yoki keng tasmasimon gijjaning voyaga yetgan davri odam va turli baliqxo’r yirtqich sut emizuvchilarda parazitlik qiladi. Parazitlar orasida birqator turlar mavjudki, ular o’zlarining hayot siklini to’la amalga oshirishi uchun ikkita, ba’zan uchta harxil xo’jayindan foydalanadilar. Bunday parazitlar geteroksenlar deyilsa, jarayonning o’zi xo’jayin almashtirish deyiladi. Xo’jayin almashtirish jarayoni parazitning rivojlanish bosqichlari bilan bog’liqdir. Ushbu jarayonda parazit o’zining hayot siklini ma’lum bosqichlarini
ma’lum bir xo’jayinlar organizmi bilan bog’liq ravishda amalga oshiradi. Parazitning harxil xo’jayinlarda amalga oshuvchi hayot siklining turli bosqichlaridagi organizm morfologik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Bunday farqni birinchi navbatda parazitning harxil usulda ko’payishi jarayonida ko’rish mumkin. Masalan, bezgak parazitlari o’rg’ochi anofeles chivinining tanasida jinsiy usulda ko’paysa, odam tanasida jinssiz, ko’payadi. Geteroksen parazitlar tarkibiga birqator trematodalarni, lentali chuvalchanglarni va nematodalarni kiritish mumkin. Hayot sikli ikkita yoki undan ko’p xo’jayinlarda o’tuvchi parazitlarning asosiy (definitiv) va oraliq xo’jayinlari farq qilinadi. Parazitning jinsiy ko’payuvchi bosqichi yoki uning voyaga yetgan davri qaysi organizmda o’tsa, u shu parazit uchun asosiy xo’jayin bo’lib hisoblanadi. Parazitning jinssiz ko’payuvchi bosqichi yoki uning lichinkalik davri o’tgan organizm parazit uchun oraliq xo’jayin bo’lib hisoblanadi. Ayrim parazitlarning hayot siklida asosiy xo’jayindan tashqari, bir emas, balki ikkita oraliq xo’jayin ishtirok etadi. Bunday paytda ikkinchi oraliq xo’jayin yoki qo’shimcha (rezervuar) oraliq xo’jayin deb ataladi. Bayon qilingan mulohazalarga binoan, bezgak parazitining jinsiy ko’payishi urg’ochi anofeles chivini tanasida amalga oshadigan bo’lsa, u parazit uchun asosiy xo’jayin bo’ladi. Odam esa parazitga oraliq xo’jayin hisoblanadi, chunki uning to’qima va qon hujayralari ichida parazitning jinssiz (shizogoniya) usulda ko’payishi o’tadi. Mushuk so’rg’ichlisining asosiy xo’jayinlari odam, mushuk, it, tulki kabilar hisoblansa, chuchuk suvda yashovchi bitiniya ( Bithynia leachi ) qorinoyoqli mollyuskasi birinchi oraliq xo’jayin bo’lsa, ikkinchi oraliq xo’jayinlari chuchuk suv zog’ora baliqlaridan sazan, lin, karp, qizilqanot, leshch, ukleyka, shuningdek oqqayroq (jerex), vobla, yaz (ko’kbo’yin) va plotva (qiziqko’z) kabilar bo’ladi. Xuddi shuningdek, qoramol solityoriga odam asosiy xo’jayin bo’lsa, qoramol oraliq xo’jayin bo’lib hisoblanadi. Gelmintlarni xo’jayin almashtirishi yoki faqat bitta xo’jayin bilan qanoatlanishi xususiyatlariga qarab barcha parazit gelmintlarni 2 guruhga, ya’ni
geogelmintlar va biogelmintlarga ajratish qabul qilingan (K.I. Skryabin va Shuls). Geogelmintlarning hayot sikli tashqi muhit bilan bevosita bog’liq bo’lib, uning ma’lum bir bosqichining rivojlanishini nihoyasiga yetishi albatta tashqi muhit omillari ishtirokida bo’lishi shart. Bunday parazitning hayot siklida xo’jayin almashtirish ko’zatilmaydi. Geogelmintlarga bir qator parazit chuvalchanglar mansubdir. Masalan, odam askaridasi (Ascaris lumbricoides) odamning ingichka ichagida parazitlik bilan yashab, unda qo’ygan urug’langan tuxumlarini keyingi rivojlanishi uchun harorat, namlik va kislorodli muhit talab qilinadi. Bunday muhit esa faqat odam tanasidan tashqarida mavjud bo’ladi. Tuxum ichida lichinkaning shakllanishi va rivojlanishi faqat tuxumning tashqariga chiqarilishidan keyin amalga oshadi. Biogelmintlarning hayot sikli albatta xo’jayin almashtirish bilan amalga oshishi lozim. Shuningdek bunday gelmintlar o’z rivojlanishini birion-bir bosqichini ham tashqi muhitda o’tkazishi yoki unga chiqishi talab etilmaydi. Biogelmintlar hayot siklining bir qismi oraliq xo’jayin (ayrimlarida yana ikkinchi oraliq xo’jayin) tanasida o’tsa, hayotining ko’p qismi asosiy (definitiv) xo’jayin tanasida o’tadi. Parazitlar orasida giperparazitizm hodisasi Tirik organizmlar orasida antogonistik simbiozlar tufayli bir organizmning boshqa bir turdagi organizm hisobidan oziqlanish hamda undan yashash makoni sifatida foydalanishining turli-tuman shakllari mavjudligini ko’rib o’tdik. Shuning bilan birga ayrim hollarda tanasi oziq mahsulotlariga boy va shirali parazit organizmi o’z navbatida boshqa, nisbatan kichik, ikkinchi tartibdagi paraizitlar uchun oziqa manbai va yashash makoni bo’lishi mumkin. Parazitlar orasidagi bunday munosabat o’taparazitizm yoki giperparazitizm deyiladi. Ushbu munosabat bo’yicha olib borilgan tadqiqot ishlari va kuzatishlar giperparazitizmning ma’lum darajada amaliy jihatdan ijobiy ahamiyati borligi birqator dalillar bilan isbotlangan. Dalillar shuni ko’rsatmoqdaki, hatto bir hujayrali parazit hayvon ham o’z navbatida giperparazit uchun xo’jayin sifatida oziqa manbai va yashash joyi bo’lishi mumkin ekan. Bunday giperparazitlar juda