logo

Xo‘jayin-o‘simlik va kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarning o‘zaro bog‘liq evolyusiyasi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

111.3916015625 KB
Xo‘jayin-o‘simlik va kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarning o‘zaro
bog‘liq evolyusiyasi.
R e  j  a.
1. Kasalliklar tarqalishining omillari.
2. Xo‘jayin-o‘simlik   va   parazitning   o‘zaro   bog‘liq   evolyusiyasi
(koevolyusiya) nazariyasi.
3. Xo‘jayin-o‘simlik   va   parazitning   umumiy   vatanining   immunitetdagi
roli.
4. Florning “gen-genga nazariyasi”.
5. Patogenlik genetikasi. Qishloq   xo‘jalik   o‘simliklarining   kasalliklari   barcha   mamlakatlarning
halq xo‘jaligiga juda katta ziyon yetkazadi.
Madaniy   va   ularga   turkumdosh   bo‘lgan   o‘simliklarning   kasalliklari
turlicha   kechadi.   Ko‘p   holatlarda   kasallanish   jarayonlari   madaniy   va   yovvoyi
o‘simliklarda tubdan farq qilish bilan xarakterlanadi.
Epifitotiyalarning   rivojlanishini   patogenni   ko‘payishi   va   tarqalishini
belgilaydigan   omillar   hal   qiladi.   Bularga   inokulyumni   tez   yig‘ilishi,   uning   tez
tarqalishi   va   qulay   ob-havo   sharoitlari   kiradi.   Ushbu   omillardan   tashqari,
epifitotiya   rivojlanishi   uchun   kasallangan   ekin   navlarining   o‘ziga   xosligi,
ularning   chidamliligi   ko‘p   vaziyatlarda   hal   etuvchi   omil   sifatida   e’tiborga
sazovordir.
Zamburug‘   kasalliklarining   epifitotiyalari   aksariyat   hollarda   odam
faoliyati   bilan   bog‘liq.   Bu   hodisa   qanday   ifodalanadi?   Ko‘pincha   katta-katta
maydonlarga 1-ta, ayrim hollarda 2 – 3 ta nav ekiladi. Bu esa parazit uchun juda
qulay   sharoit   yaratadi,   chunki   o‘simliklar   dalalarda   deyarli   bir   xil   bo‘ladi   va
ularning   chidamliligini   yengish   osonlashadi.   Misol   tariqasida   ayniqsa   g‘alla
ekinlarining   zang   kasalliklarini   va   kartoshkaning   fitoftorozini   ko‘rsatish
mumkin.
Tubdan   boshqacha   holat   yovvoyi   o‘simliklarning   kasallanishida
kuzatiladi.   Tabiiy   sharoitlarda   turlarning   xilma-xilligi   va   geterogenligi
inokulyumni   epifitotiya   hosil   bo‘lishi   uchun   yetarli   darajada   to‘planishiga   yo‘l
qo‘ymaydi.
Tabiiy sharoitda o‘sishga moslashgan geveya daraxtini madaniylashtirish
ishtiyoqida   monokultura   tarzida   katta   maydonlarda   ekib   ko‘rishgan.   Natijada
barglarga   putur   yetkazadigan   zamburug‘li   kasallik   bilan   ilgari   deyarli
zararlanmagan   geveya   qator   yillar   surunkasiga   takrorlangan   epifitotiyalar
ta’sirida   qurib   qolayverdi   va   shu   bois     geveyaning   “madaniylashtirishi”
to‘xtatildi.   Bu   yerda   o‘simlik   va   patogen   o‘rtasidagi   tabiatda   qaror   topgan
muvozanatning buzilishi va infeksiya ko‘payishi va tarqalishi uchun juda qulay sharoit   yaratilishi   ushbu   tashabbusni   poyoniga   yetishga   olib   keldi.   Yana   bitta
yorqin   misol.   Angliya   tokzorlarida   ilgari   uchramagan   oidium   kasalligining
qo‘zg‘atuvchisi   1845   yilda   Shimoliy   Amerikadan   tok   ko‘chatlari   bilan   olib
kelinadi   va   oldin   Angliyada,   keyin   esa   butun   Yevropa   tokzorlarida   qirg‘in
keltiradigan epifitotiyalarni qo‘zg‘atadi.
Ushbu   misollar   xo‘jayin-o‘simlik   va   parazit   o‘rtasidagi   o‘zaro
munosabatlarining   kechishida   geografik   alohidalik   (izolyatsiya)   qanday
ahamiyatga   egaligi   yaqqol   ko‘rinib   turibdi.   Keltirilgan   misollarda   kasallikni
fojiali   tarzda   kechishiga   hal   etuvchi   sabab   –   chidamli   formalarning   yo‘qligi.
Agar parazit  va xo‘jayin-o‘simlik evolyusiya davomida bir xududda yashashga
moslashmasa   edi,   va   shu   bois   tabiiy   tanlash   jarayonida   chidamli   o‘simlik
formalari paydo bo‘lmasa edi, parazit o‘zining sherigini yo‘q qilgan bo‘lar edi.
Keyin   esa,   parazit   boshqa   xo‘jayin-o‘simlikni   topishga   majbur   bo‘lardi,
topolmasa – o‘zi ham nobud bo‘lishi muqarrar edi.
N. I. Vavilov (1935) va P. M. Jukovskiy (1966) nomlari bilan mashhur
bo‘lgan   parazit   va   xo‘jayin-o‘simlikning   o‘zaro   bog‘liq   evolyusiya   nazariyasi
yuqorida ko‘rsatilgan misollarni yechimini topishga imkon beradi.
Ushbu   nazariyaga   binoan,   o‘simlik   shakllanadigan   markaz   bir   yo‘la
uning parazitini shakllanadigan markazi ham. Hozirgi, zamonaviy adabiyotlarda
bu   nazariya   koevolyusiya   nazariyasi   deb   ataladi.   Qisqaligini   inobatga   olib,   biz
ham keyingi mulohazalirimizda aynan shu iborani ishlatamiz. 
Xo‘jayin-o‘simlik   o‘zining   vatanida   o‘ta   o‘zgaruvchanlik   xossasini
namoyon   etadi.   Bu   yerda   hatto   o‘zini   changlatuvchi   o‘simliklarda   chetdan
changlanish hodisalari odatiy holatga aylangan. Shunday qilib, o‘zgaruvchanlik
va yangi forma yaratish xususiyatlari o‘simliklarning birlamchi vatanida kuchli
tarzda kechadi.
Ammo   ushbu   xususiyatlar   mikroorganizm   va   zararkunanda   dunyosi
parazitlariga   ham   xarakterlidir.   Agar   xo‘jayin-o‘simlik   yangi   tur   va   xillarini
hadeb mo‘jassam  etayversa, parazit ham bunga qarata yangi rasa va biotiplarni yaratishdan   qolmaydi.   Xo‘jayin-o‘simlikning   yangi   formalar   tashkil   qilishdagi
harakati   evaziga   parazitning   ko‘p   sondagi   rasalarida   yashash   uchun   imkoniyat
paydo bo‘ladi.
Ushbu jarayon, ya’ni xo‘jayin-o‘simlikning chidamli forma chiqarishiga
qarata   parazit   ham   yangi   rasa   chiqarishi   uzluksiz   tarzda   davom   etadi.   Lekin
hamma   vaqt   ilk   qadamni,   harakatni   o‘simlik   boshlaydi.   Bu   degani,   o‘simlik
birinchi   bo‘lib   parazitga   chidamli   formani   yuzaga   chiqaradi,   parazit   esa   o‘z
navbatida ushbu chidamlilikni yengish uchun ko‘p sonli rasalarni ishga soladi va
oxir-   oqibat   ulardan   bittasi   o‘simlik   tuzgan   chidamlilik   to‘siqni   buzib   o‘tishga
muyassar bo‘ladi.
Xo‘jayin-o‘simlik   va   parazit   koevolyusiyasi   tabiiy   tanlash   uchun
tuganmas   material   yetkazadi.   Koevolyusiya   jarayonida     tabiatda   parazitning
qarama   qarshiligiga   qaramasdan   ega   o‘simlikning   chidamli   formalari   paydo
bo‘ladi va saqlanadi.
N.   I.   Vavilov   ilgari   surgan   koevolyusiya   nazariyasiga   asoslanib
o‘simliklarning   chidamli   turlari   va   formalarini   ularning   birlamchi   geografik
vatanida   ahtarishga   da’vat   etgan   edi.   P.   M.   Jukovskiy   ham   ko‘p   sonli
ma’lumotlarni umumlashtirib xuddi shu xulosaga keldi.
Bug‘doyning vatani deb Kavkazorti, Eron, Kichik Osiyo, Sharqiy O‘rta
yer   dengizi   sohillari   hisoblanadi.   Tabiiyki,   aynan   o‘sha   yerlarda   bug‘doyning
havfli zamburug‘li kasalliklari bo‘lmish zang parazitlarini vatanini izlash kerak.
Ma’lumki,   bug‘doy   zangning   uchta   turi   bilan   kuchli   zararlanadi:   qo‘ng‘ir   (P.
recondita), poya (P. graminis) va sariq (P. striiformis).
Haqiqatdan   ham,   koevolyusiya   nazariyasiga   amal   qilib   yaqin   Sharqda
zangning   3   turiga   ham   yuqori   chidamlilikka   ega   ko‘p   sonli   bug‘doy   formalari
topildi. Kavkazda ham shunga o‘xshash topilmalar qilindi. 
Shunday   qilib,   bug‘doyning   vatanida   xo‘jayin-o‘simlik   va   parazitning
koevolyusiyasi   namoyon   bo‘ldi.   Ushbu   evolyusiya   jarayonida   yuqori   immunli bug‘doy turlari paydo bo‘ldi, masalan, Triticum  timopheeri. Lekin unutmaylik,
aynan shu joylarda zangning eng havfli virulent rasalari uchraydi.
Koevolyusiyaning   yorqin   misoli   tariqasida   Meksika   va   Gvatemalada
uchraydigan   kartoshkaning   yovvoyi   turlari   va   fitoftoroz   kasalligi   o‘rtasidagi
o‘zaro   munosabatlarini   ko‘rsatish   mumkin.   Bu   yerda   Phytophtora   infestans
zamburug‘i     shakllanishining   asosiy   markazi   joylashgan.   Fitoftora   bu   yerlarda
ko‘p   sonli   rasa   va   biotiplarni   yuzaga   chiqaradi.   Shu   bilan   birga,   aynan
Meksikada   fitoftoraning   osporalari   hosil   bo‘lishi   kuzatiladi,   bu   esa   patogenda
jinsiy   jarayon   mavjudligidan   dalolatdir.   Shunday   qilib,   dunyoning   boshqa
xududlarida   kasallik   qo‘zg‘atuvchiga   xos   mutatsiya   va   geterokariozis
mexanizmlariga qo‘shilgan holda, Meksikada o‘ta kuchli mexanizm, ya’ni jinsiy
jarayon   ham   topildi.   Bularning   hammasi,   fitoftoroz   qo‘zg‘atuvchisining   yangi
rasa   va   biotiplari   paydo   bo‘lishiga   bu   yerda   juda   qulay   sharoit   borligidan
guvohlikdir.
Meksikada   tur   ichidagi   polimorfizm   bilan   ajralib   turadigan   yovvoyi
kartoshka   turlarining   qadimgi   forma   tuzilish   markazi   joylashgan.   Ko‘p   sonli
kartoshka   xillarining   ichida   o‘rta   va   kuchli   moyillikka   ega   formalari   uchraydi,
lekin ulardan ko‘ra ko‘proq yuqori chidamlilikka ega formalar aksariyat qismini
tashkil qiladi.
Uzoq davom  etgan evolyusiya  jarayonida, Meksikada  asrlar  mobaynida
xo‘jayin–o‘simlik   va   parazit,   ya’ni   kartoshkaning   yovvoyi   turlari   va   fitoftoroz
qo‘zg‘atuvchisi, o‘rtasida biologik tenglik, boshqacha, balans holati hukmronlik
qilgan. Aynan shu yerda seleksioner-olimlar kartoshkaning fitoftoraga chidamli
formalarini izlash kerak.
Kartoshka   nematodasining   vatani   Argentina,   va   aynan   shu   yerda
nematodaga chidamli yovvoyi kartoshka turlarini topish mumkin.
O‘simlik   va   parazit   koevolyusiyasi   o‘simliklarda   majmuali   (kompleks)
immunitet   paydo   bo‘lishiga   olib   keladi,   ya’ni   bir   vaqtda   o‘simlik   bir   necha
patogenga yoki patogen va zararkunandalarga chidamli bo‘ladi. Ushbu   xildagi   immunitet   tokning   amerika   yovvoyi   turlariga   mansub,
chunki ular filloksera, mildyu va oidium parazitlari vatanida shakllangan. D. D.
Verderevskiy (1972) tahmini bo‘yicha, yuqorida ko‘rsatilgan parazitlar amerika
mahalliy   turlarida   bir   vaqtda   paydo   bo‘lib   parazitlik   qilmagan.   Oldin   toklarga
bitta parazit xujum qilgan, tabiiy tanlash jarayonida barcha moyil biotiplar halok
bo‘lib,   faqat   tolerantli   va   immunli   biotiplar   qolgan.Keyin   ushbu   chidamli
populyatsiyalarga ikkinchi parazit xujum qilgan va xuddi yuqorida aytib o‘tilgan
jarayon natijasida bu parazitga ham chidamli formalar saqlanib qolgan. Uchinchi
parazit   ham   shu   tarzda   harakat   qilgan   va   yana   immun   formalar   hosil   bo‘lgan.
Oxir-oqibat, misolga tegishli ravishda, ikkita havfli zamburug‘ kasalliklariga va
havf   jihatidan   ulardan   qolishmaydigan   zararkunandaga   immun   uzum   formalari
paydo bo‘lgan.
D.   D.   Verderevskiy   shunga   o‘xshash   jarayonni   kechishini,   lekin   ancha
qisqa   muddat   ichida,   tahminan   100   yilda   Uzoq   Sharq   taygasida   o‘sadigan
yovvoyi amur uzuminin mildyuga qarshi chidamliligini namoyon bo‘lishi haqida
ahborot berdi. Uning yozishicha, 20-chi asrning 40-chi yillarigacha, amur uzumi
juda kuchli tarzda mildyu kasalligi bilan zararlanardi. Keyingi yillarda esa, amur
uzumining   mildyuga   yuqori   chidamlilik   ko‘rsatadigan   formalari   mavjudligi
to‘g‘risida   ko‘p   ma’lumotlar   paydo   bo‘ldi.   Ta’kidlanishicha   ushbu   kasallikni
Primoreda paydo bo‘lishi amur uzumini deyarli yo‘q bulishiga olib keldi. Lekin
ayrim   uzum   tuplari   immunitet   hosil   qilib   omon   qolgan   ekan.   Shunday   qilib,
Primore   o‘lkasidagi   namligi   yuqori   iqlimda   xuddi   parazitning   vatani   Shimoliy
Amerikada   bo‘lib   o‘tgan   jarayon,   ya’ni   mildyuga   chidamli   formalar   hosil
bo‘lishi, takrorlandi. Hozirgi vaqtda u joylarda amur uzumining ham chidamsiz,
ham chidamli biotiplari uchraydi.
O‘simliklarning   majmuali   (kompleks)   immunitet   shakl   bo‘lishini
kartoshkaning   yovvoyi   turlarda,   masalan   Solanium   semidemissum   da   ko‘rish
mumkin. Ushbu kartoshka turi fitoftorozga va kolorado qo‘ng‘iziga chidamliligi
bilan ajralib turadi. Bug‘doyning  Triticum   timopheevi  turi 3-ta zang, 2-ta qorakuya turlariga
hamda un shudringga yuqori chidamlilikni namoyon etadi.
O‘simlik   va   parazit   koevolyusiya   qonuniyatlari   kasalliklarga   chidamlilik
xossalarining yo‘nalishlarini qaerda ahtarishini belgilaydi. Darhaqiqat, xo‘jayin-
o‘simlik va parazitning vatani bu xossalarni topishga imkoniyat yaratadi. Lekin
bu   tarzdagi   birlamchi   materialning   introduksiyasi   faqat   ixtisoslashgan
parazitlarga   taalluqlidir.   Haqiqatdan   ham,   yuqorida   ta’kidlangan   patogenlar   tor
ixtisoslashuvga   ega   bo‘lib,   aksariyati   obligat   yoki   ularga   ta’siri   bilan   yaqin
fakultativ   saprofitlar   guruhlariga   mansubdir.   Ushbu   parazitlar   xo‘jayin-
o‘simlikning   evaziga   saprofit   xayot   tarzidan   parazitlikkacha   uzoq   evolyusiya
yo‘lini   bosib   o‘tgan.   Shunday   ekan,   yana   bir   marta   urg‘u   berib   quyidagini
ta’kidlaymiz:   umumiy   vatanlarida   koevolyusiya   yo‘lini   birga   o‘tgan   xo‘jayin-
o‘simlikning   yuqori   chidamlilikka   ega   formalari   va   patogenning   eng   virulent
formalari aynan shu yerda shakllangandir.
Umuman   boshqacha   vaziyatda   polifag   qo‘zg‘atuvchilar   rivojlangan   bo‘lib,
ularning   vatanini   belgilashda   ravshanlik   topish   mumkin   emas.   Masalan,
g‘o‘zaning   jigar   rang   chirishini   qo‘zg‘atuvchi   Phymatotrichum   omnivorum
zamburug‘i   2000   dan   ziyod   yovvoyi   va   madaniy   o‘simliklarning   ildizlariga
putur yetkazadi.
Shunga   o‘xshash   polifag   mikroorganizmlarga   g‘o‘zaning   havfli   vilt   kasalligini
qo‘zg‘atuvchi   Verticillium   dahliae   ham kiradi. Misollarni davom etar ekanmiz,
ko‘pchilik   qishloq   xo‘jalik   ekinlarini   zararlaydigan   oq   chirish   ( Sclerotinia
sclerotiorum )   va   kul   rang   chirish   ( Botritis   cinerea )   kasalliklarini   ham   shu
katorga qo‘shsak bo‘ladi.
Ma’ruzamizni bu qismini yakunlab, yana bir bor shuni  ta’kidlaymizki, tabiatda
chidamli   formalarning   paydo   bo‘lishi   patogenning   bevosita   ishtirokida   amalga
oshadi.   Ya’ni,   koevolyusiya   jarayonida   bir   tomondan   xo‘jayin-o‘simlikning
chidamli   formalari,   ikkinchi   tomondan   kasallik   qo‘zg‘atuvchisining   fiziologik rasalari yig‘iladi. Shunday qilib, o‘simlik turini shakllanish markazi bir vaqtning
o‘zida parazit rasalarining shakllanish markazihamdir.
                   Patogenlik genetikasi.
Kasallik   qo‘zg‘atuvchilarining   ko‘pchiligi   tabiatda   biotip   shaklida   uchrab,   bir-
biridan virulentligi bilan farqlanadi, ya’ni xo‘jayin-o‘simlikning har xil turlari va
navlarini zararlash qobiliyati bilan. Masalan,  Puccinia   graminis  zang zamburug‘i
bir   qator   ixtisoslashgan   formalariga   ega   bo‘lib,   Puccinia   graminis ,   sp .   t ritici
bug‘doyni,  Puccinia   graminis ,  sp .  avenae   esa so‘lini zararlaydi.
O‘z   navbatida   ixtisoslashgan   formalar   xo‘jayin   –o‘simlikning   bitta   yoki   bir
nechta   navlarini   zararlashga   qodir   fiziologik   rasalarga   bo‘linadi.   Puccinia
graminis ,   sp .   tritici   bir necha yuz shunaqa rasalarga ega. Bu rasalarni standartli
nav   –   differensiatorlar   (tabaqalashtiruvchi)   yig‘masini   zararlash   yordamida
aniqlash   mumkin.   Bundan   tashqari,   har   bir   rasa   bir-biridan   kam   farq   qiluvchi
biotiplari bilan xarakterlanadi.
O‘rganilgan   patogenlarda   virulentlik   retsessiv   xossa   bo‘lib   chiqdi.   Fitopatogen
zamburug‘lar turlari ko‘p sonli rasalarga ega bo‘lganligi va bir-biridan xo‘jayin-
o‘simlikni   har   xil   tarzda   zararlashini   inobatga   olib,   ularning   patogenligi   bir
nechta genlar  nazoratida bo‘ladi deb xulosa qilish mumkin. Rasalarning  o‘zaro
chatishtirishi   natijasida   genlar   rekombinatsiyasi   ro‘y   beradi.   Masalan,
ixtisoslashgan   tritici   va   avenae   formalarining   chatishtirishi   natijasida   ota-
onasining  ayrim   belgilarini  o‘zida  mo‘jassam   etgan  gibrid  forma  paydo  bo‘ldi.
Ushbu   gibrid   forma   o‘zining   ota-onasiga   nisbatan   patogenlik   jihatdan
ikkalasidan   ham   ustun   bo‘ldi.   Bundan   tashqari,   parazit   zamburug‘larining
turkum   ichidagi   turlararo   chatishtirilishiga   qodirligi   ham   aniqlandi.   Demak,
paydo   bo‘lgan   gibrid   forma   ikkita   turga   xos   xususiyatlarga   ham   ega   bo‘lishi
mumkin.
Har   bir   rasa   ixtisoslashgan   virulentlik   genlari   bilan   xarakterlanadi   va   uning
patogenligi   zararlanadigan   o‘simlik   doirasini   belgilaydi.   Masalan,   Puccinia
graminis ,   sp .   tritici   zamburug‘ining   patogenlik   genetikasini   o‘rganish,   uning patogenlik   xossasi   oddiy   irsiyatlik   xarakteriga   ega   ekanligini   ko‘rsatdi.   Shu
bilan   birga   uning   patogenlik   xossasi   20-ta   genlar   nazoratida   bo‘lishligi   ham
aniqlandi.
Van der Plank (1969) patogenlarning 2 xil rasalarini aniqladi. Ayrim rasalar bir-
biridan  har  xil   xo‘jayin-o‘simlik  navlaridagi   reaksiyalari   bilan  farqlanib,  ularni
aniqlashda   nav-differensiatorlar   qo‘llanilishi   lozim.   Bunaqa   rasalar   bir-biridan
virulentligi bilan farq qiladi. Bu rasalarning har biri o‘ziga xos virulentlik geniga
ega bo‘lib, u yoki bu nav- differensiatorlarga ta’siri bilan bir-biridan farq qiladi.
Boshqa   rasalar   bitta,   alohida   olingan   o‘simlik   naviga   patogenligi   bilan
farqlanishi   mumkin.   Ushbu   rasalarning   ayrimlari   xo‘jayin-o‘simlikni   kuchli
zararlashi   mumkin,   boshqalari   esa   –   kuchsiz.   Ular   bir-biridan   tajovuzkorligi
bilan farq qiladi.
Rasaning   virulentligi   ixtisoslashgan   genlar   nazoratida   bo‘ladi.   Bu   genlar
xo‘jayin-o‘simlikning   chidamlilik   genlari   bilan   o‘zaro   harakatda   bo‘ladi   va
xo‘jayin-o‘simlik navlarini zararlash qobiliyatini belgilaydi. Tajovuzkorlik bilan
bog‘liq xossalar (xo‘jayin-o‘simlikning to‘qimalarida patogenning o‘sish tezligi,
zararlash hajmi, sporalarning soni) poligen tizim bilan belgilanadi.
Tajovuzkorlik   xossasi   quyidagi   xususiyatlari   bilan   xarakterlanadi:   xo‘jayin-
o‘simlikka   xujum   qilishi,   uni   zararlashi   va   tanasida   yashashi,   undan   ozuqa   va
ko‘payishi uchun foydalanishi.
Virulentlik   qo‘zg‘atuvchining   ixtisoslanishini   belgilaydi.   Bu   muhim   xususiyat
patogenning tur ichidagi tabaqalanishini, shu bilan birga ixtisoslashgan formalar,
fiziologik rasalar va biotiplarini o‘ziga qamragan holda namoyon bo‘ladi.
Fiziologik   ixtisoslanish   doirasi   mazkur   rasa   yoki   biotip   bilan   o‘simlik
navlarining   zararlangan   soni   belgilanadi.   Bu   esa,   o‘z   navbatida,   ma’lum
virulentlik genlarning mavjudligi bilan belgilanadi. Virulentlik – patogenlikni sifat belgisi bo‘lib, navlar va rasalar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar   tizimini   “ha-yo‘q   prinsipida”   amalga   oshadi.   Ya’ni,   agar
zararlanish bo‘lsa – “ha”, bo‘lmasa – “yo‘q” deb ifodalanadi.
Oldingi   muhokamalardan   bizga   ma’lumki,   qachon   rasaning   virulentlik   geni
o‘simlikning chidamlilik genini yengsa zararlanish namoyon bo‘ladi.
Aynan   shu   tarzdagi   rasa   va   o‘simlik   o‘rtasidagi   munosabatlarni   “gen-genga”
nazariyasi   bilan   ta’riflasa   bo‘ladi.   Ushbu   nazariyani   1962   yilda   amerikalik
fitopatolog   T.   Flor   kashf   etgan   edi.   Ushbu   nazariyaga   binoan   o‘simlik   va
patogenning   evolyusiyasi   bir-biriga   bog‘langan   holda   o‘tganligi   sababli   ular
o‘rtasidagi munosabatlar juda murakkab tarzda o‘tishi shubhasiz.Ushbu jarayon
o‘tishida   mutlaqo   chidamsiz   o‘simliklar   populyatsiyasida     mutatsiya   paydo
bo‘ladi   va   bu   mutatsiya   1-ta   o‘simlikni   kasalikka   chidamli   qiladi.Boshqacha
aytganda,   bu   o‘simlikda   chidamlilik   geni   hosil   bo‘ladi   va   uning   avlodlari
hayotchanligi   oshishi   natijasida   populyatsiyada   ma’lum   vaqt   o‘tgach   bu   xossa
yig‘iladi, demak chidamli o‘simlik avlodlari populyatsiyada ko‘pchilikni tashkil
qiladi.   Shunday   qilib,   chidamlilik   geniga   ega   bo‘lgan   o‘simliklar   oxir-oqibat
kasalikka   yangi   to‘siq   hosil   qiladi   va   bu   yerda   ixtisoslashgan   immunitet
to‘g‘risida gapirish mumkin. Lekin parazit ham qo‘lini qovushtirib o‘tirmaydi va
bu   hodisaga   qarata   o‘z   navbatida   o‘simlik   chidamliligini   bartaraf   qiladigan
mutatsiya   hosil   qiladi.   Parazitning   ushbu   yangi   formalari,   yoki   boshqacha
rasalari virulentlik geniga ega bo‘lib, o‘simlikning chidamlilik genini yengadi.
Albatta,   bu   soddalashtirilgan   ssenariy   va   tabiatda   bo‘lib   o‘tadigan   jarayonlar
murakkabroq   tarzda   kechadi.   Keyin   esa,   o‘simlik   yana   gen   hosil   qiladi,   bunga
qarata   patogen   ham   gen   xosil   qiladi   va   bu   jarayon   hech   qachon   tugamaydi.
Natijada   o‘simlik   organizmida   chidamlilik   genlari   (yozilishi   R
1 ,   R
2 ,   R
3     va
hokazo),   patogenda   esa   virulentlik   genlari   (raqamlar   bilan   1,   2,   3   va   hokazo)
yig‘iladi. Demak,   bir-biriga   bog‘liq   evolyusiya   jarayonida   o‘simlik   va   patogen   o‘rtasida
komplementar   juft   genlar   paydo   bo‘ladi   (komplementar   –   bir-biriga   moslik,
muvofiqlikni anglatadi).
Ushbu nazariya “gen-genga” deb nomlanib, uning muallifi amerika fitopatologi
T.   Flor.   O‘z   navbatida   “gen-genga   nazariyasi”   N.I.Vavilov   va   P.M.   Jukovskiy
kashf   etgan   o‘simlik   va   patogenning   bir-biriga   bog‘liq   evolyusiyasi,   yoki
boshqacha   koevolyusiya   nazariyasi   bilan   uzviy   bog‘liq,   to‘g‘rirog‘i   –   undan
kelib chiqadi.
Xozirgi   vaqtda,   “gen-genga   nazariyaning”   qonuniyatlari   bir   qator   kasalliklar
uchun   tasdiqlandi:   kartoshka   fitoftorozi,   bug‘doy   zangi,   olma   qo‘tiri,   so‘li
qorakuyasi va boshqalar. 
Xulosa   qilib   quyidagini   ta’kidlaymiz:   o‘simlikning   chidamlilik   geniga
parazitning   virulentlik   geni   to‘g‘ri   keladi.   Masalan,   kartoshkaning   fitoftorozini
qo‘zg‘atuvchi   patogenda   11-ta   virulentlik   geni   mavjud,   bu   esa   kartoshkaning
chidamlilik   genlari   shu   raqamga   teng,   ya’ni   11-ta.   Demak,   tabiatda     parazit
rasalarining   soni   2 11
,   yoki     2048   taga   teng.   Agar   bug‘doyning   poya   zangini
virulent   genlari   20-dan   ziyodligini   inobatga   olsak   va   yo‘qoridagi   usulda
hisoblasak     bu   raqam   qanchalik   katta   bo‘lishini   tasavvur   qilish   qiyin   emas.
Albatta, bu genlar birdaniga bir dalada mavjud bo‘lmaydi, leki nazariy jihatdan
paydo bo‘lishi mumkin.
Ahamiyat bergan bo‘lsalaring, misol tariqasida ko‘rsatilgan kasallik patogenlari
yuqori   ixtisoslangan   parazitlar   toifasiga   kiradi:   bug‘doy   zangi-   obligat   parazit,
kartoshka fitoftorozi – fakultativ saprofit.
Tabiatda uchraydigan boshqacha, Van der Plank patogenlarning ikkinchi xiliga
kiritgan   rasalar,   nav-differensiatorlar   bilan   tabaqalashtirilmaydi.   Faraz   qilaylik,
A   dan   Ye   gacha   bo‘lgan   rasalar   yig‘masi   ajratildi.   Ularning   hammasi   ma’lum
o‘simlik navini zararlashga qodir bo‘lib, bir-biridan zararlantirish darajasi bilan
farqlanadi. Ushbu hodisani quyidagicha ifodalasa bo‘ladi: A > B > V > G>  D >
Ye. Bu yerda rasa A mazkur navni eng yuqori darajada zararlaydi, rasa Ye – eng past   darajada.   Ushbu   zararlanish   tartibi   o‘simlikning   har   qanday   navini
zararlashda   saqlanadi:   rasa   A   eng   zararli,   rasa   Ye   eng   zararsiz.   Bu   rasalarning
o‘rtasidagi farq zararlanish darajasida, ya’ni farq sifatda emas (xa-yo‘q), balki –
miqdorda   (ko‘p-kam).   Bunday   rasalar   bir-biridan   virulentlik   bo‘yicha   emas,
balki tajovuzkorlik darajasi bilan farqlanadi.
Virulentlik   va   tajovuzkorlik   –   patogenlikni   ikki   tarafidir.   Virulentlik   ko‘p
genlar, tajovuzkorlik kam genlar tomonidan nazorat qilinadi.
Virulentlik   tashqi   sharoit   omillariga   befarq   bo‘lib,   faqat   genomning   o‘zgarishi
bilan bog‘liq, ya’ni genomning o‘zgarishi virulentlik o‘zgarishiga olib keladi.
Tajovuzkorlikka   tashqi   muhit   sharoitlari   kuchli   ta’sir   etadi.   Shuning   uchun   bu
xossaning   o‘zgarish   ko‘lami   ancha   keng   bo‘ladi.   Boshqacha   qilib   aytganda,
virulentlik patogenlikni sifat tarafi, tajovuzkorlik esa – miqdor tarafi.
Virulentlik   geniga   ega   parazitning   rasasi   har   xil     tajovuzkorlik   darajasida
bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   parazitning   rasasi   o‘simlikning   chidamlilik   geniga
mos   (komplementar)   holda   bo‘lib,   uni   zararlashi   mumkin.   Lekin   u,   ya’ni
virulentlik geni, xo‘jayin-o‘simlikni  har xil tarzda zararlashi    mumkin. Demak,
mana shu hodisa tajovuzkorlikni namoyon bo‘lishidan dalolatdir.
Odatda   virulentlik  genlari   bilan  farq  qiluvchi   va   navlar   bilan   differensiatsiyali,
ya’ni   aniqlanuvchan   reaksiya   beruvchi   rasalar   yuqori   darajali   ixtisoslanishga
qodir parazitlarga xosdir. Demak, bu yerda gap obligat va fakultativ saprofitlar
to‘g‘risida   ketayapti.   Aynan   ushbu   parazitlar   o‘simlik   bilan   uzoq   davom   etgan
evolyusiya   jarayonida   mo‘jassam   bo‘lgan   virulentlik   xossasiga   to‘liq   hajmda
egadirlar.
Virulentlik   geniga   ega   bo‘lmagan   va   miqdoriy   tajovuzkorlik   darajasi   bo‘yicha
farq qiladigan rasalar odatda ixtisoslanishi past tabaqali polifag parazitlarga xos
bo‘lgan   xususiyat   bo‘lib,   aynan   mana   shu   belgi   ularni   parazitizm   bo‘yicha
evolyusiyaning   past   pog‘onasida   o‘rin   olishini   ta’minlaydi.   Bundan   xulosa
shundan   iboratki,   xo‘jayin-o‘simlik   formalari   va   navlarida   ixtisoslanish jarayonida   paydo   bo‘lgan   virulentlik   xossasi   –   bu   parazitning   tajovuzkorlik
xossasi o‘stiga qo‘shimcha qavat deb tushunish kerak.
Parazitlarning   virulentlik   va   tajovuzkorlik   xossalariga   vertikal   va   gorizontal
chidamlilik xossalari  muvofiqlik qiladi.  Aynan mana shu  o‘simliklarda tegishli
xossalar   ularni   mos   kelmagan   patogenning   rasalariga   chidamliligini   belgilaydi.
Bu  xildagi  chidamlilik  o‘simlikning  bitta   yoki  bir   nechta  chidamlilik  genlariga
bog‘liq. 
Quyidagi   rasmda   fitoftoroz   kasalligiga   kartoshka   navining   R
1   chidamlilik
namoyon bo‘lganligi grafik shaklida berilgan.
 
    1      2     1,2    3      1,3   rasalar                     1      2     1,2     3     1,3    rasalarЧ
и
д
а
м
л
и
л
и
к	
д
а
р
а
ж
а
си	
Ч
идам
лилик дараж
аси R
1   genotipiga ega nav parazitning 1;  1,2 va 1,3 rasalariga mos bo‘lgan rasalari
bilan kasallanadi.  Demak, o‘simlik hujayralariga mos kelmagan 2 va 3 rasalari
bilan   zararlanmaydi.   Chidamlilik   darajasi   (grafikning   chap   tomonida)   vertikal
shaklda ko‘rinish hosil qilganligi uchun ushbu chidamlilik- vertikal deb ataladi.
Grafikning   o‘ng   tomonida   berilgan   chidamlilik   gorizontal   shaklida   tus   olgan.
Shunday   ekan,   ushbu   chidamlilik   gorizontal,   yoki   boshqacha   dala   chidamlilik
deb   nomlanadi.   Ayrim   manbalarda   bu   chidamlilik   yana   nisbiy   chidamlilik   deb
nom olishi ham mumkin.
Ushbu,   ikkinchi   xildagi   chidamlilik   mohiyati   hali   to‘liq   o‘rganilmagan.   Bu
chidamlilik bir nechta genlarning nazoratida bo‘ladi, shuning uchun uni poligen
chidamlilik   deyish   ham   mumkin.   Agar   vertikal   chidamlilik   parazitning   ayrim
rasalari   bilan   to‘liq   zararlanmaslikni   namoyon   etsa,   gorizontal   chidamlilikda
parazit   rasalariga   sust   moyillik   yuzaga   chiqadi,   lekin   hech   qanday   istisnosiz
hamma   rasalariga.   Shunday   ekan,   gorizontal   chidamlilikning   afzalligi   –
parazitning   barcha   rasalariga   nisbatan   chidamliligining   barqarorligida   va
davomiyligidadir.
Shunday   qilib,   grafigimizning   o‘ng   tomonida   kartoshkaning   R -   genlariga   ega
bo‘lmagan   navning   xuddi   usha   rasalaridan   iborat   fitoftoroz   kasalligi   bilan
zararlanishi   ko‘rsatilgan.   Grafikka   ahamiyat   bersak,   gorizontal   chidamlilik
kasallikning   hamma   rasalariga   nisbiy   chidamlilikni   namoyon   etib,   grafikda
gorizontal chiziq shaklini olganligi uchun shu tarzda nomlanadi.
O‘simlikning ayrim navlari o‘zlarining genotipida ham vertikal, ham gorizontal
chidamlilikni mo‘jassam etishi mumkin, afsuski, sanoqli hollarda.
Xulosa   qilib   shuni   aytish   joizki,   vertikal   chidamlilik   miqdoriy   xususiyat,
gorizontal chidamlilik esa – sifat xossasi bo‘lib “xa-yo‘q” prinsipida ishlaydi. O‘simlikni   polifaglardan   aksariyat   hollarda   gorizontal   chidamlilik   himoya
qiladi.   Yuqori   ixtisoslangan   monofaglardan   esa   o‘simlikni   asosan   vertikal
chidamlilik asraydi.
Xo‘jayin-o‘simlik   va   parazit   o‘rtasidagi   ro‘y   beradigan   komplementar   genetik
tizimlar koevolyusiya nazariyasiga bo‘yinso‘ngan holda o‘tadi. Demak, Florning
“gen-genga   nazariyasi”   xo‘jayin-o‘simlik   va   parazitning   o‘zaro   bog‘liqlik
nazariyasining genetik ifodasidir. 
Endi   qisqacha   hujayrada   o‘tadigan   xo‘jayin-o‘simlik   va   parazitning   o‘zaro
munosabatlari to‘g‘risida fikr yuritsak. Masalan, oxirgi yillarda fitopatologiyada
membrananing o‘tkazuvchanligi alohida e’tiborga sazovor bo‘lmoqda.
Darhaqiqat, hujayra hayotida membarananing tuzilishi katta rol o‘ynaydi: sirtda
joylashgan   membrana   hujayrani   tashqi   muhitdan   ajratib   turadi   va   modda
almashinuvida   ishtiroq   etadi;   ichki   membranalarida   esa   asosiy   biokimyoviy
jarayonlar   vujudga   keladi.   Shunday   ekan,   membrananing   o‘tkazuvchanligi
patogenning   oziqlanishini   belgilaydi.   Parazit   toksinlarining   hujayra
membranasiga   ta’siri   oqibatida   o‘simlikda   zararlanish   jarayoni   boshlanadi.
Lekin   o‘simliklarning   evolyusiyasi   patogenning   ma’lum   moddalariga
membranani o‘ta sezuvchan qildi, yoki boshqacha o‘ta ta’sirchanlik reaksiyasini
yuzaga   chiqarishga   o‘rgatdi.   Membrana   –   xo‘jayin-o‘simlik   va   parazit
metabolitlarining o‘zaro ta’sir qilishidagi birlamchi joyi, membrana javobi esa –
metabolitlarga qarata birlamchi javobdir.
Staman   va   Vudberi   (1968)   molekulyar   –   genetik   gipotezani   ilgari   surdi.   Bu
gipotezaga muvofiq, patogen va xo‘jayin-o‘simlik komplementar genlari ikkala
organizmga   tegishli   fermentlarni   yuzaga   chiqaradi,   demak   gibrid   fermentlar
paydo   bo‘ladi.   Agar   ular   bir-biriga   mos   kelmaydigan   o‘simlik   hujayralarida
paydo bo‘lsa zararlanish ro‘y bermaydi.
Immunitet   xosil   bo‘lishidagi   yana   bir   gipoteza   –   bu   antigen   gipotezasidir.   Bu
gipotezaga   muvofiq,   xo‘jayin-o‘simlik   va   patogen   bir-biriga   mos   kelsa,   ularda
bir   xil   antigenlar   paydo   bo‘ladi   va   zararlanish   ro‘y   beradi.   Agar   patogen   va xo‘jayin – o‘simlik bir-biriga mos kelmasa zararlanish kuzatilmaydi. Ushbu mos
kelmaslik   qanchalik   kuchli   bo‘lsa,   shunchalik   chidamlilik   xossasi   tezroq
namoyon bo‘ladi.
Immunitetning   ixtisoslanishi   patogen   va   xo‘jayin-o‘simlik   o‘rtasidagi   oqsil
moddalarning   o‘zaro   ta’siri   natijasida   ro‘y   beradi.   Fitoparazitning   xo‘jayin-
o‘simlik   oqsillariga   o‘xshash   oqsillarni   ishlab   chiqarish   qobiliyati   patogen   va
o‘simlikning   bir-biriga   o‘zaro   ta’sir   o‘tkazishini   belgilaydi.   Bu   degani,   bir   hil
ixtisoslanishni   yuzaga   chiqaradigan   umumiy   antigenlarning   mavjudligi
o‘simlikni zararlanishiga olib keladi. Agar ushbu jarayon aksincha o‘tsa, bunda
kasallanish kuzatilmaydi.
Umumiy   antigenlar   g‘o‘za   bilan   Fusarium   va   Verticillium   zamburug‘lari
o‘rtasida   topildi.   Bu   esa,   yana   bir   bor   yuksak   o‘simliklar   va   fitopatogen
mikroorganizmlarning   evolyusiyasi   bir-biriga   bog‘liq   tarzda   o‘tkanligidan
dalolatdir. A  D  A  B  I  Y O  T  L  A  R
1. Vavilov N.I. Izbrann ы e proizvedeniya, L., “Nauka”, 1967.
2. Van der Plank Ya. Ustoychivost rasteniy k boleznyam, M., Kolos,1972.
3. Verderevskiy   D.D.   Immunitet   rasteniy   k   parazitarnыm   boleznyam,
M.,1959.
4. Geshele   E.E.   Osnovы   fitopatologicheskoy   otsenki   v   seleksii   rasteniy,
M., Kolos, 1978.
5. Gorlenko   M.   V.   Kratkiy   kurs   immuniteta   rasteniy   k   infeksionnыm
boleznyam, M., 1962.
6. Golovin P.N. i dr. Fitopatologiya, L., Kolos, 1971.
7. Grushevoy   S.   Ye.   Selskoxozyaystvennaya   fitopatologiya,   M.,   Kolos,
1965.
8. Kimsanboev   X.X.   Umumiy   va   qishloq   xo‘jalik   entomologiyasi,   T.
O‘qituvchi, 2002.
9. Krasnikov M. i dr. Spravochnik ogorodnika, Alma-Ata, Kaynar, 1975.
10. Metliskiy   L.V.,   Ozereskovskaya   O.L.   Kak   rasteniya   zaщiщayutsya   ot
bolezney, M., Nauka, 1985.
11. Musaev   T.   S.   va   b.q.   Qishloq   xo‘jalik   fitopatologiyasi,   Samarqand,
2002.
12. Popkova K.V. Uchenie ob immunitete rasteniy. M., Kolos, 1979.
13. Popkova K. V., Kachalova  Z.P. Praktikum po immunitetu rasteniy, M.
Kolos, 1984.
14. Tokin B.P. Selebnыe yadы rasteniy. L., Lenizdat, 1974.
15. Uspenskaya  G.D.   i  dr.  Obщaya  fitopatologiya  s  osnovami   immuniteta.
M., Kolos, 1967.
16. Sheraliev   A.   O‘simliklarning   kasallik   va   hasharotlarga   immuniteti
(ma’ruzalar matni), T., 2000.
17. Sheraliev   A.   O‘simliklarning   kasallik   va   hasharotlarga   immuniteti
(uslubiy qo‘llanma) T., 2001.

Xo‘jayin-o‘simlik va kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarning o‘zaro bog‘liq evolyusiyasi. R e j a. 1. Kasalliklar tarqalishining omillari. 2. Xo‘jayin-o‘simlik va parazitning o‘zaro bog‘liq evolyusiyasi (koevolyusiya) nazariyasi. 3. Xo‘jayin-o‘simlik va parazitning umumiy vatanining immunitetdagi roli. 4. Florning “gen-genga nazariyasi”. 5. Patogenlik genetikasi.

Qishloq xo‘jalik o‘simliklarining kasalliklari barcha mamlakatlarning halq xo‘jaligiga juda katta ziyon yetkazadi. Madaniy va ularga turkumdosh bo‘lgan o‘simliklarning kasalliklari turlicha kechadi. Ko‘p holatlarda kasallanish jarayonlari madaniy va yovvoyi o‘simliklarda tubdan farq qilish bilan xarakterlanadi. Epifitotiyalarning rivojlanishini patogenni ko‘payishi va tarqalishini belgilaydigan omillar hal qiladi. Bularga inokulyumni tez yig‘ilishi, uning tez tarqalishi va qulay ob-havo sharoitlari kiradi. Ushbu omillardan tashqari, epifitotiya rivojlanishi uchun kasallangan ekin navlarining o‘ziga xosligi, ularning chidamliligi ko‘p vaziyatlarda hal etuvchi omil sifatida e’tiborga sazovordir. Zamburug‘ kasalliklarining epifitotiyalari aksariyat hollarda odam faoliyati bilan bog‘liq. Bu hodisa qanday ifodalanadi? Ko‘pincha katta-katta maydonlarga 1-ta, ayrim hollarda 2 – 3 ta nav ekiladi. Bu esa parazit uchun juda qulay sharoit yaratadi, chunki o‘simliklar dalalarda deyarli bir xil bo‘ladi va ularning chidamliligini yengish osonlashadi. Misol tariqasida ayniqsa g‘alla ekinlarining zang kasalliklarini va kartoshkaning fitoftorozini ko‘rsatish mumkin. Tubdan boshqacha holat yovvoyi o‘simliklarning kasallanishida kuzatiladi. Tabiiy sharoitlarda turlarning xilma-xilligi va geterogenligi inokulyumni epifitotiya hosil bo‘lishi uchun yetarli darajada to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tabiiy sharoitda o‘sishga moslashgan geveya daraxtini madaniylashtirish ishtiyoqida monokultura tarzida katta maydonlarda ekib ko‘rishgan. Natijada barglarga putur yetkazadigan zamburug‘li kasallik bilan ilgari deyarli zararlanmagan geveya qator yillar surunkasiga takrorlangan epifitotiyalar ta’sirida qurib qolayverdi va shu bois geveyaning “madaniylashtirishi” to‘xtatildi. Bu yerda o‘simlik va patogen o‘rtasidagi tabiatda qaror topgan muvozanatning buzilishi va infeksiya ko‘payishi va tarqalishi uchun juda qulay

sharoit yaratilishi ushbu tashabbusni poyoniga yetishga olib keldi. Yana bitta yorqin misol. Angliya tokzorlarida ilgari uchramagan oidium kasalligining qo‘zg‘atuvchisi 1845 yilda Shimoliy Amerikadan tok ko‘chatlari bilan olib kelinadi va oldin Angliyada, keyin esa butun Yevropa tokzorlarida qirg‘in keltiradigan epifitotiyalarni qo‘zg‘atadi. Ushbu misollar xo‘jayin-o‘simlik va parazit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarining kechishida geografik alohidalik (izolyatsiya) qanday ahamiyatga egaligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Keltirilgan misollarda kasallikni fojiali tarzda kechishiga hal etuvchi sabab – chidamli formalarning yo‘qligi. Agar parazit va xo‘jayin-o‘simlik evolyusiya davomida bir xududda yashashga moslashmasa edi, va shu bois tabiiy tanlash jarayonida chidamli o‘simlik formalari paydo bo‘lmasa edi, parazit o‘zining sherigini yo‘q qilgan bo‘lar edi. Keyin esa, parazit boshqa xo‘jayin-o‘simlikni topishga majbur bo‘lardi, topolmasa – o‘zi ham nobud bo‘lishi muqarrar edi. N. I. Vavilov (1935) va P. M. Jukovskiy (1966) nomlari bilan mashhur bo‘lgan parazit va xo‘jayin-o‘simlikning o‘zaro bog‘liq evolyusiya nazariyasi yuqorida ko‘rsatilgan misollarni yechimini topishga imkon beradi. Ushbu nazariyaga binoan, o‘simlik shakllanadigan markaz bir yo‘la uning parazitini shakllanadigan markazi ham. Hozirgi, zamonaviy adabiyotlarda bu nazariya koevolyusiya nazariyasi deb ataladi. Qisqaligini inobatga olib, biz ham keyingi mulohazalirimizda aynan shu iborani ishlatamiz. Xo‘jayin-o‘simlik o‘zining vatanida o‘ta o‘zgaruvchanlik xossasini namoyon etadi. Bu yerda hatto o‘zini changlatuvchi o‘simliklarda chetdan changlanish hodisalari odatiy holatga aylangan. Shunday qilib, o‘zgaruvchanlik va yangi forma yaratish xususiyatlari o‘simliklarning birlamchi vatanida kuchli tarzda kechadi. Ammo ushbu xususiyatlar mikroorganizm va zararkunanda dunyosi parazitlariga ham xarakterlidir. Agar xo‘jayin-o‘simlik yangi tur va xillarini hadeb mo‘jassam etayversa, parazit ham bunga qarata yangi rasa va biotiplarni

yaratishdan qolmaydi. Xo‘jayin-o‘simlikning yangi formalar tashkil qilishdagi harakati evaziga parazitning ko‘p sondagi rasalarida yashash uchun imkoniyat paydo bo‘ladi. Ushbu jarayon, ya’ni xo‘jayin-o‘simlikning chidamli forma chiqarishiga qarata parazit ham yangi rasa chiqarishi uzluksiz tarzda davom etadi. Lekin hamma vaqt ilk qadamni, harakatni o‘simlik boshlaydi. Bu degani, o‘simlik birinchi bo‘lib parazitga chidamli formani yuzaga chiqaradi, parazit esa o‘z navbatida ushbu chidamlilikni yengish uchun ko‘p sonli rasalarni ishga soladi va oxir- oqibat ulardan bittasi o‘simlik tuzgan chidamlilik to‘siqni buzib o‘tishga muyassar bo‘ladi. Xo‘jayin-o‘simlik va parazit koevolyusiyasi tabiiy tanlash uchun tuganmas material yetkazadi. Koevolyusiya jarayonida tabiatda parazitning qarama qarshiligiga qaramasdan ega o‘simlikning chidamli formalari paydo bo‘ladi va saqlanadi. N. I. Vavilov ilgari surgan koevolyusiya nazariyasiga asoslanib o‘simliklarning chidamli turlari va formalarini ularning birlamchi geografik vatanida ahtarishga da’vat etgan edi. P. M. Jukovskiy ham ko‘p sonli ma’lumotlarni umumlashtirib xuddi shu xulosaga keldi. Bug‘doyning vatani deb Kavkazorti, Eron, Kichik Osiyo, Sharqiy O‘rta yer dengizi sohillari hisoblanadi. Tabiiyki, aynan o‘sha yerlarda bug‘doyning havfli zamburug‘li kasalliklari bo‘lmish zang parazitlarini vatanini izlash kerak. Ma’lumki, bug‘doy zangning uchta turi bilan kuchli zararlanadi: qo‘ng‘ir (P. recondita), poya (P. graminis) va sariq (P. striiformis). Haqiqatdan ham, koevolyusiya nazariyasiga amal qilib yaqin Sharqda zangning 3 turiga ham yuqori chidamlilikka ega ko‘p sonli bug‘doy formalari topildi. Kavkazda ham shunga o‘xshash topilmalar qilindi. Shunday qilib, bug‘doyning vatanida xo‘jayin-o‘simlik va parazitning koevolyusiyasi namoyon bo‘ldi. Ushbu evolyusiya jarayonida yuqori immunli

bug‘doy turlari paydo bo‘ldi, masalan, Triticum timopheeri. Lekin unutmaylik, aynan shu joylarda zangning eng havfli virulent rasalari uchraydi. Koevolyusiyaning yorqin misoli tariqasida Meksika va Gvatemalada uchraydigan kartoshkaning yovvoyi turlari va fitoftoroz kasalligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini ko‘rsatish mumkin. Bu yerda Phytophtora infestans zamburug‘i shakllanishining asosiy markazi joylashgan. Fitoftora bu yerlarda ko‘p sonli rasa va biotiplarni yuzaga chiqaradi. Shu bilan birga, aynan Meksikada fitoftoraning osporalari hosil bo‘lishi kuzatiladi, bu esa patogenda jinsiy jarayon mavjudligidan dalolatdir. Shunday qilib, dunyoning boshqa xududlarida kasallik qo‘zg‘atuvchiga xos mutatsiya va geterokariozis mexanizmlariga qo‘shilgan holda, Meksikada o‘ta kuchli mexanizm, ya’ni jinsiy jarayon ham topildi. Bularning hammasi, fitoftoroz qo‘zg‘atuvchisining yangi rasa va biotiplari paydo bo‘lishiga bu yerda juda qulay sharoit borligidan guvohlikdir. Meksikada tur ichidagi polimorfizm bilan ajralib turadigan yovvoyi kartoshka turlarining qadimgi forma tuzilish markazi joylashgan. Ko‘p sonli kartoshka xillarining ichida o‘rta va kuchli moyillikka ega formalari uchraydi, lekin ulardan ko‘ra ko‘proq yuqori chidamlilikka ega formalar aksariyat qismini tashkil qiladi. Uzoq davom etgan evolyusiya jarayonida, Meksikada asrlar mobaynida xo‘jayin–o‘simlik va parazit, ya’ni kartoshkaning yovvoyi turlari va fitoftoroz qo‘zg‘atuvchisi, o‘rtasida biologik tenglik, boshqacha, balans holati hukmronlik qilgan. Aynan shu yerda seleksioner-olimlar kartoshkaning fitoftoraga chidamli formalarini izlash kerak. Kartoshka nematodasining vatani Argentina, va aynan shu yerda nematodaga chidamli yovvoyi kartoshka turlarini topish mumkin. O‘simlik va parazit koevolyusiyasi o‘simliklarda majmuali (kompleks) immunitet paydo bo‘lishiga olib keladi, ya’ni bir vaqtda o‘simlik bir necha patogenga yoki patogen va zararkunandalarga chidamli bo‘ladi.