logo

Patogen va o‘simlik o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar. Ortirilgan immunitet to‘g‘risida

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

40.31640625 KB
Patogen va o‘simlik o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar. Ortirilgan immunitet
to‘g‘risida.
R  e  j  a.
1. O‘simlik urug‘ini unish energiyasini kasallikka chidamliligidagi o‘rni.
2. Yorug‘lik,   namlik   va   harorat   o‘simlikning   kasalliklariga   chidamliligini
oshirishdagi ahamiyati.
3. Makro – va mikroelementlarining immunitetdagi roli.
4. Sun’iy, yoki boshqacha ortirilgan immunitet:
a) o‘simliklarni vaksinasiya qilish
b) makro – va mikroelementlardan foydalanish.
v) antibiotiklarni qo‘llash.
g) boshqa omillarning roli. O‘simliklarni   kasalliklarga   chidamliligini   oshirishda   har   xil   usullar
qo‘llaniladi.
Chidamlilik   xossasini   kuchaytirishda   urug‘ning   sifati,   uning
unuvchanligi   va   unib   chiqish   quvvati   katta   rol   o‘ynaydi.   Azaldan   ma’lumki,
sog‘lom   va   to‘q   urug‘dan   baquvvat   va   kasalliklarga   chidamli   o‘simlik   olish
mumkin.   Shuning   uchun   solishtirma   og‘irligi   bo‘yicha   saralashda   ekish   uchun
eng og‘ir urug‘lar qoldiriladi. Bunaqa urug‘lardan aksariyat hollarda sermahsul
va sog‘lom o‘simliklar rivojlanadi. Bug‘doyning fuzarioz, so‘lining tojli zang va
makkajo‘xorining   pufakli   qorakuya   kasalliklariga   chidamlilikni   oshirishda
ushbu usul juda qo‘l keladi.
O‘simlikdan   sog‘lom   avlod   olinishida   urug‘ning   unib   chiqish   quvvati
katta ahamiyatga ega.
Ekishdan   oldin   har   qanday   urug‘   o‘stirilib   sinovdan   o‘tadi.   Bu   ishni
davlat   urug‘chilik   nazorati   idoralari   amalga   oshiradi.   Qisqacha   bu   jarayon
quyidagi   tarzda   o‘tkaziladi.   Kerakli   sharoit   yaratilib   urug‘   o‘stiriladi.   Uch
kundan   keyin   unib   chiqqan   urug‘   ekilgan   urug‘   soniga   solishtirilib   1-chi
ko‘rsatgich – unuvchanlik, besh kun o‘tgach 2-chi ko‘rsatgich – urug‘ning unib
chiqish   quvvati   aniqlanadi.   Tabiiyki   agar   bu   ko‘rsatkichlar   yuqori   bo‘lsa,
tegishli   xujjatlarda   bu   hol   aks   ettiriladi   va   urug‘   partiyasiga     yuqori   daraja
beriladi.   O‘z-o‘zidan   ma’lumki   ushbu   urug‘dan   yuqori   va   sifatli   hosil   kutish
mumkin.
Patogen   va   o‘simlik   o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabatlarga   har   xil   tarzda
ta’sir   etuvchi   omillardan   eng   nufuzlilaridan   biri   -   bu   iqlim   sharoitlari:   harorat,
yorug‘lik, namlik ko‘rsatkichlaridir.
Ushbu   iqlim   omillari   bevosita   o‘zlari   ham   salbiy   ta’sir   etishi   mumkin.
Masalan, g‘alla gullashi vaqtida harorat o‘ta yuqori va havo namligi past bo‘lsa
changlanish jarayoni buziladi, oqibatda esa boshoqlarda don miqdori kamayadi
va tabiiyki hosil ham kamayadi. Yana   misollar.   Erta   bahorda   quyosh   juda   qizdirsa   daraxtlarning   pusti
ko‘yadi   va   natijada   yorilgan   po‘stloq   orqali   har   xil   patogenlar   tanaga   kiradi.
Tomat   mevasi   yuqori   haroratda   “pishib”   qoladi.   Ayniqsa,   bulutli   nam   ob-
havodan keyin quyosh keskin qizdirsa. Bu holat g‘alla ekinlarida ham kuzatiladi,
dehqonlar   “bulutning   tagidan   chiqqan   quyoshdan   qo‘rqgin”   deyishadi.   Bu
misollarning   aksi   –   haroratning   pasayishi   ham   salbiy   ta’siri   bilan   ifodalanadi.
Agar   ekilgan   g‘alla   yaxshi   tuplamasdan   qishga   kirsa   ko‘p   nihollari   nobud
bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, qish kam qor bo‘lsa.
Bu   bevosita   iqlim   sharoitlarining   salbiy   ta’siri.   Lekin,   havo   harorati
yuqori   yoki   past   bo‘lishi,   havo   va   tuproq   namligi   oshishi   yoki   pasayishi   va
hokazo   holatlar   o‘ziga   tegishli   ta’siridan   tashqari   o‘simliklarni   har   xil
kasalliklarga moyilligini ham belgilaydi. Masalan,  erta bahordagi daraxtlarning
po‘sti  ko‘yishi keyinchalik xilma-xil patogenlarga qulay sharoit yaratadi. Olma
va   nokning   “qora   rak”   kasalligini   qo‘zg‘atuvchi   zamburug‘   shikastlangan
po‘stloq   orqali   tanaga   kiradi.   Shu   o‘rinda   aytish   joizki,   shikastlanish   nafaqat
quyoshdan kuyish oqibatida, balki qattiq sovuqdan ham paydo bo‘ladi.
Yana sovuq to‘g‘risida. Tokning va ko‘pgina mevali daraxtlarning havfli
kasalligi   –   bakteriyali   rak   ham   birinchi   navbatda   sovuq   oqibatida   yorilgan
po‘stloq orqali dastlabki zararlanishning sababi bo‘ladi. Bundan tashqari, ochiq
yara paydo bo‘lgandan keyin unga boshqa har xil parazitlar va zararkunandalar
xujum qiladi.
Tuproq   haroratining   past   bo‘lishi   o‘simliklarining   kasalliklariga
chidamliligini susaytiradi. Sabab, tuproq haroratining pasayishi o‘simliklarining
kasalliklarga   moyil   bo‘lgan   davrni   cho‘zib   yuboradi.   Masalan,   bug‘doyning
qattiq   qorakuya   kasalligi   o‘simliklarni   urug‘   unib   chiqish   fazasida   zararlaydi.
Yuqorida aytilganday, tuproq harorati past bo‘lishi urug‘ unib chiqishini cho‘zib
yuboradi   va   shuni   evaziga   bug‘doy   nihollari   parazit   uchun   ancha   vaqt   ochiq
bo‘ladi. Yana bir misol. Tuproq namligi, ayniqsa ko‘llab qolish oqibatida xaddan
tashqari yuqori bo‘lsa o‘simliklar bevosita bu noqulaylik tufayli zarar ko‘rishdan
tashqari har xil infeksiyaga, ayniqsa ildiz chirish patogenlariga duch keladi. Bu
namlikning   asari   xosil   yeg‘ishtirilib   saqlashga   joylashtirilgandan   keyin   ham
tayyor   mahsulotga   salbiy   ta’sirini   o‘tkazadi.   Masalan,   shu   sharoitda   o‘sgan
kartoshka, boshqa ildizmevalilar ko‘p muddatga saqlash uchun yaroqsiz bo‘ladi.
Va   yana   bitta   misol.   Bu   yerda   barcha   iqlim   va   ob-havo   omillarining   qo‘shma
ta’siri   to‘g‘risida.   Birinchi   ma’ruzamizda   sariq   zang   kasalligini   respublikamiz
dalalarida   tez-tez   takrorlanishiga   izoh   bergandik.   Endi   batafsilroq   to‘htalsak.
Oxirgi   marta   sariq   zang   epifitotiyasi   1999   yilda   sodir   bo‘lgan   edi.   Kasallik
tarqalishi shu qadar kuchli edi-ki, bu holat hammani shoshtirib qo‘ydi.Bu ofatga
qarshi barcha kuchlar va imkoniyatlar safarbar qilindi: joylarda shtablar tashkil
qilindi,   bor   texnika   va   dori-darmon   vositalari,   malakali   mutaxassislar   jalb
qilindi.   O‘sha   yili   kasallik   juda   jadal   rivojlanishini   va   keltiradigan   zararini
bartaraf   qilish   maqsadida   bor   preparatlar   qo‘llanildi:   oltingugurt,   ohak-
oltingugurt   qaynatmasi   va   birinchi   marta   keng   ko‘lamda   “Bayer”   firmasining
mahsulotlari   bo‘lmish   folikur   va   bayleton   preparatlari.   Eng   yaxshi   natijani
folikur preparati ko‘rsatdi. Bu holat keyingi yillarda ham tasdiqlandi. 
Lekin biz ushbu ma’ruzamizda aniq qilmoqchi bo‘lgan mavzu – patogen,
o‘simlik va tashqi mo‘hit o‘rtalaridagi o‘zaro munosabatlar tavsifidir. Shu nuqtai
nazardan ta’kidlash kerakki, 1999 yilning bahori sariq zang kasalligi uchun ideal
sharoit   mavjud   bo‘lgan   edi.   Tasavvur   qilinglar:   havo   harorati   15   –   20 0
S,   havo
namligi   50%   dan   yuqori,   mayda,   onda-sonda   yog‘ayotgan   yomg‘ir   va   tinimsiz
shamol. 
Ushbu,   yuqorida   aytib   o‘tilgan   iqlim,   to‘g‘rirog‘i   ob-havo   sharoitlarini
shu   yo‘sinda   mo‘jassam   bo‘lishi   nafaqat   sariq   zang   patogeni   uchun   qulaylik
tug‘diradi,   balki   barcha   kasalliklarga,   qolaversa   aksariyat   zararkunanda
hasharotlarga ham juda mos keladi. Endi   boshqa   omillar   to‘g‘risida   fikr   yuritsak.   Bir   ko‘rinishdan   ushbu
omillar   o‘simliklarning   u   yoki   bu   kasalikka   moyilligini   belgilamasa   ham   ko‘p
hollarda   ular   patogen   ta’siriga   organizmning   beriluvchanligini   hal   etadi   va
belgilaydi   ham.   Bu   omillar   o‘simlikning   oziqlanish   jarayonlari   bilan,
o‘simlikning u yoki bu kimyoviy elementga talabchanligi bilan bog‘liqdir.
Har   qanday   o‘simlikni   zarur   bo‘lgan   oziqa   elementlari   bilan
ta’minlanishi   –   yuqori   mahsuldorlikning   garovidir.   U   yoki   bu   oziqa
elementlarining o‘simlik organizmiga yetib bormasligi yoki kam miqdorda yetib
borishi   uning   rivojlanish   jarayoniga   jiddiy   putur   yetkazishi   mumkin.   Masalan,
o‘simlikning   umumiy   holatini   o‘zgarishiga   sabab   bo‘ladi:   bo‘ypastlik,   ayrim
organlarning   sust   rivojlanishi   va   hokazolar.   Ayrim   hollarda   o‘simlikning   rangi
o‘zgaradi, ayniqsa bu holat barglarda yaqqol ko‘rinadi.
O‘simlikka   u   yoki   bu   ozuqa   elementining   yetishmasligi   oqibatida   ro‘y
bergan   o‘zgarishlarini   noinfeksion   (yuqumsiz)   kasalliklar   toifasiga   kiritilishi
o‘rinlidir.
Azot   yetishmasligi   belgilari.   Ma’lumki,   azot   oqsil,   xlorofill,   nuklein
kislotalar   va   boshqa   organik   moddalar   tarkibiga   kiradi.   Uning   yetishmaslik
belgisi   o‘simlikning   o‘sishda   orqada   qolishligi   hamda   barglarning   och-yashil
yoki sarg‘ish-yashil tusga kirishi bilan ifodalanadi. Kuzgi g‘alla ekinlarida azot
yetishmasligi   o‘simliklarini   sust   tuplashiga   olib   keladi,   barg,   poya,   boshoq   va
don   maydalashib   ketadi   va   vaqtdan   ilgari   yetiladi.   Shunga   o‘xshash   belgilar
karamda ham paydo bo‘ladi, lekin barglari pushti rang tusiga kiradi.
Fosfor   yetishmaslik   belgilari.   O‘simlik   xayotida   fosfor   juda   katta   rol
o‘ynaydi. Uning yetishmasligi o‘simliklarning rivojlanishini susaytiradi, ayniqsa
reproduksion organlarining paydo bo‘lishini. Eng ko‘zga tashlanadigan belgilar,
bu ildiz va novdalar o‘sishining keskin susayib ketishi. Kuzgi bug‘doyda fosfor
yetishmasligi   maysa   pillasida   bilinadi.   Pastki   barglarinig   uchlari   binafsha   yoki
qizg‘ish-binafsha   rangda   bo‘ladi,   bargning   qolgan   qismi   esa   to‘q   yashil   tusga kiradi,   o‘simliklarning   tuplashi   sust   yoki   umuman   bo‘lmaydi.   Bahorda   yosh
barglar binafsha rangda bo‘ladi.
Kartoshkada   fosfor   yetishmasligi   o‘simlikning   ustki   qismini   o‘sishini
susaytiradi, barglar to‘q-yashil tusga kiradi va novdadan o‘tkir burchak shaklida
o‘sadi. Barglar hosil yig‘ishtirib olguncha to‘k-yashil rangini o‘zgartirmaydi.
Kaliy yetishmaslik belgilari. Kaliy o‘simlikda ro‘y beradigan uglevodlar, 
aminokislotalar va oqsillarning paydo bo‘lishiga va o‘zgarishiga sezilarli 
darajada ta’sir etadi.
Kaliyning   yetishmasligi   birinchi   navbatda   to‘qimalarning,   ayniqsa   qari
barglarning   to‘qimalarini   halok     bo‘lishi   bilan   ifodalanadi.   Barglarning   rangi
to‘q-yashil   tusga   kiradi,   barg   chetlari   oqaradi,   keyinchalik   to‘q-jigar   rang
bo‘ladi.   Ko‘p   vaqt   o‘tmay   dog‘lar   barg   sathining   o‘rtasida   paydo   bo‘ladi   va
to‘qima nobud bo‘lishi bilan barglar qo‘ng‘irlashadi. Barg bandlarida qoramtir-
qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi.
Kaliy   yetishmasligi   natijasida   kartoshkaning   barglari   to‘q   –yashil,
gumbazsimon, burushiq bo‘ladi, barg tomirlari orasida, ayniqsa chetlariga yaqin
joylashganlarida mayda jigar  rang dog‘chalar  paydo  bo‘ladi. O‘simlikning o‘zi
esa bo‘g‘doy rang tusiga kiradi.
Kaliyga   ehtiyoj   oshib   ketsa   olma   daraxtining   barglari   to‘q   yashil   bo‘ladi,   barg
chetlari   uchidan   boshlab   sarg‘ayadi,   keyin   esa   naviga   va   ob-havo   sharoitiga
qarab kul, jigar yoki qo‘ng‘ir rang tusiga aylanadi.
Temir   yetishmasligi.   Tuproqda   temir   moddasi   yetishmasligi   o‘simliklarning
xloroz degan xastaligini yuzaga chiqaradi. Barglarning xlorozi asosan ko‘p yillik
o‘simliklarda – olma, nok, shaftoli, tokda paydo bo‘ladi.
Ma’lumki,   temir   moddasi   o‘simliklarning   oksidlanish-tiklanish   jarayonlarida
ishtirok   etadi.   U   xlorofill   xosil   bo‘lishiga   imkoniyat   yaratadi   va   ayrim   nafas
olish   uchun   xizmat   qiladigan   fermentlarning   tarkibiga   kiradi.   Lekin   temir moddasi tuproqda nihoyatda ko‘p bo‘lishiga qaramay aksariyat xollarda o‘simlik
o‘zlashtirishi uchun yuqmaydigan birikmalarda bo‘ladi.
Temir   moddasi   yetishmasligining   xarakterli   belgisi   –   barglarda   yashil   rangni
yo‘q bo‘lishi. Kasal bo‘lgan o‘simliklarda yosh barglar va novdalarning uchlari
oqish-sarg‘ish rangga kiradi. Keyinchalik ular quriydi va tushib ketadi. Barglar
xlorozi   fotosintezning   susayib   ketishiga,   keyinchalik   esa   butunlay   to‘xtashiga
olib keladi.
O‘simliklarning   xlorozi,   yoki   boshqacha   temir   moddasining   yetishmasligi
ayniqsa   karbonatli   tuproqlarda,   ya’ni   respublikamizning   aksariyat   tuproqlarida
keng tarqalgan.
Yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   bu   kasallikka   asosan   mevali   daraxtlar   va   tok
o‘simligi moyilligi bilan ajralib turadi. 
Bor  elementining yetishmasligi.  Bor  elementi  o‘simliklarning bir  qator  hayotiy
jarayonlarida   katalizator   sifatida   xizmat   qiladi.   Urug‘   sifati,   mevalarning
shiradorligini   oshirishda   uning   ahamiyati   cheksizdir.   Bor   elementining
yetishmasligiga   ayniqsa   lavlagi,  gulkaram,  kungaboqar,   tomat,  sholg‘om,   olma
va boshqa o‘simliklar juda sezuvchan bo‘ladi.
Borning   yetishmasligi   birinchi   navbatda   o‘simlikning   o‘sish   nuqtasiga   ta’sir
etadi.   Ko‘p   hollarda   o‘sish   nuqtasi   qurib   qoladi.   Masalan,   tomatning   o‘sish
nuqtasi   qorayadi   va   quriydi,   bu   esa   o‘simlikning   xaddan   tashqari   tuplab
ketishiga sabab bo‘ladi.
Marganes   elementining   yetishmasligi.   Marganes   oksidlanish   –   tiklanish,   nafas
olish   va   fotosintez   jarayonlarining   to‘g‘ri   kechishida   katta   rol   o‘ynaydi.
Marganesning yetishmasligi o‘simlik barglarida mayda och sariq dog‘lar paydo
bo‘lishiga olib keladi. Barg tomirlari, eng maydalari ham, yashil tusga kiradi va
barglar rang-barangligi bilan ajralib turadi.
Marganes   yetishmasligi   ko‘pincha   lavlagi,   kartoshka,   so‘li,   karam,   malin
a, danakli meva daraxtlari va sitrus o‘simliklariga salbiy ta’sir etadi. O‘simlikning   oziqlanish   elementlari   yetishmasligi   to‘g‘risida   fikr
yuritar   ekanmiz   masalani   yechimini   ham   yoritishimiz   kerak.  Lekin  bu   savollar
keyingi   ma’ruzalarimizda  o‘rin  olganligi  sababli   yetishmaslikni   faqat  to‘ldirish
kerak deb kifoyalanib qo‘yamiz, hozircha.
O‘simliklar   u   yoki   bu   element   yetishmasligi   natijasida   patologik
holatga   kirar   ekan,   oziqani   keragidan   ziyod   bo‘lgani   ham   o‘simliklar   uchun
zararlidir. Masalan, azotning ko‘payib ketishi o‘simliklarning g‘ovlab ketishiga,
bor ko‘chini bo‘yiga ketkazib hosil kamayishiga va kech pishishiga olib kelishi
mumkin.
Kaliyning ortig‘ligi o‘simlik mevalarining yetilmasdan tez pishib qo‘yishiga va
shuning   evaziga   maydalashib   ketishiga   sabab   bo‘ladi.   O‘simlikning   o‘zi   esa
pastbo‘y bo‘lib qoladi.
Bor   elementning   ko‘p   bo‘lishi   o‘simlikning   o‘sishini   sekinlashtiradi.   Kalsiy
miqdorining   oshib   ketishi   marganes,   temir   va   boshqa   elementlarning   kamayib
ketishiga   sabab   bo‘ladi.   O‘z   navbatida   temir   elementining   ortiqcha   bo‘lishi
boshqa elementlarning kamayib ketishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, oziqlanish elementlarning yetishmasligi ham
ziyod   bo‘lishi   ham   o‘simlikka   foyda   keltirmaydi.   Bevosita   kasal   qilishdan
tashqari   elementlarning   kam   yoki   ziyod   bo‘lishi   o‘simliklarning   har   xil
kasalliklarga moyilligini ham keskin oshiradi.
Ilgari ta’kidlaganimizdek, azotning ortiqcha bo‘lishi o‘simlikning g‘ovlashiga va
kech   pishishiga   olib   keladi.   Bunaqa   o‘simliklarda   patogen   organizmlar   jadal
rivojlanadi. Lekin azotning yetishmasligi ham qator kasalliklarga sabab bo‘lishi
mumkin. Ayniqsa, bu holat yosh o‘simliklarda kuzatiladi.
Fosfor   o‘simliklarning   ildiz   tizimini   rivojlanishiga   va   urug‘larning   yetilib
pishishiga yordam beradi. Shuning uchun uning yordamida nihol va ildiz chirish
kasalliklarining zarar yetkazish darajasini pasaytirishiga erishish mumkin. Kaliy   o‘simlikning   qobig‘ini   qalinlashtiradi   va   mustahkamlaydi.   Shu
sabab   Yevropada   kaliyli   o‘g‘itlar   reza   mevali   butazorlarning   un   shudring
kasalligini oldini olish uchun ishlatiladi.
Tuproqda   kaliyning   miqdori   kamayib   ketishi   g‘o‘za   va   tomatning
fuzarioz so‘lish kasalligini rivojlanishiga qulaylik tug‘diradi.
Yakunlovchi   xulosa   qilib   aytishimiz   mumkinki,   oziqlanish   elementlari,
ayniqsa   asosiylari     azot,   fosfor   va   kaliy   har   qaysi   alohida   emas,   balki
kompleksda,   ya’ni   qo‘shilgan   holda   o‘z   vaqtida   berilishi   o‘simlik
mahsuldorligini shubhasiz oshiradi.
O‘simliklar   va   hayvonlar   o‘rtasida   xasta   organizmning   holati   bo‘yicha
qandaydir   birlik,   o‘xshashlik   borligi   aniq,   lekin   immunitet   xossalari   ularda
ancha farq qiladi. Ayniqsa bu narsa hayvon va o‘simlikning tashqi  muhit bilan
o‘zaro   munosabatlariga   taalluqlidir.   Hayvonlarning   o‘sish   va   rivojlanish
jarayonida   ko‘p   holatlarda   yangi   xossalar   paydo   bo‘lishi   kuzatilgan.   Agar   bu
ortirilgan   xossalar   kasallikni   cheklasa,   demak   bu   yerda   gap   sun’iy,   yoki
boshqacha ortirilgan immunitet to‘g‘risida ketayapti.
O‘simliklarda asab tizimi va qon aylanish doirasi yo‘qligi tufayli ularda
ortirilgan immunitet yo‘qligi to‘g‘risidagi fikrlar adabiyotlarda mavjud. Keyingi
yillarda   esa   o‘simliklarda   ro‘y   beradigan   jarayonlar   o‘zaro   bog‘lig‘ligini
isbotlaydigan   fikrlar   paydo   bo‘lmoqda.   Jumladan,   o‘simliklar   sitoplazmasidagi
moddalar   almashinuvi   hujayralararo   moddalar   harakati   natijasida   amalga
oshirishi   aniqlandi.   O‘simliklar   sitoplazmasining   barcha   o‘simlik   qismlarida
tutashganligini   quyidagi   misollarda   ko‘rish   mumkin.   Masalan,   fitoftora   bilan
kasallangan kartoshka tugunagida va undan uzoq masofada joylashgan o‘simlik
a’zolarida   harorat   ko‘tarilganligini   ko‘rish   mumkin.   Sitrus   o‘simligining
Penicillium   italicum   zamburug‘i   bilan   kasallantirilganda,   uning   hujayralarida
nafas olish jarayoni kuchaygan. Ortirilgan immunitet kelib chiqishiga ko‘ra 2-ga
bo‘linadi:   yuqumli   kasalliklarga   qarshi   immunitet,   yuqumsiz   kasalliklarga
immunitet. Yuqumli   kasalliklarga   qarshi   hosil   qilingan   immunitet   o‘simliklar
ma’lum   bir   kasallik   bilan   xastalanib   bo‘lgandan   keyin   hosil   bo‘ladi.   Bunda
ularning   yashash   uchun   kurash   jarayoni   asosiy   ahamiyatga   ega,   ya’ni   tabiiy
tanlanish asosiy omil hisoblanadi.
Yuqumsiz kasalliklarga immunitet esa maxsus tadbirlar ta’sirida yuzaga
keladi.   Masalan,   vaksina   kiritish   yoki   boshqa   chidamlilikni   oshiruvchi   omillar
ta’sir ettirish tufayli.
Birinchi   ma’ruzamizda   ta’kidlaganimizdek,   ilk   bor   vaksinasiya   usuli
odamlarda   sinalgan   va   ushbu   yo‘l   bilan   ospa,   quturish,   difteriya,   poliomielit,
sibir   kuydirgisi   va   boshqa   havfli   kasalliklar   hozirgi   kunga   kelib   bartaraf
qilingan.
Hayvonlarni   havfli   kasalliklarini   yo‘q   qilishda   ham   vaksinasiya   usuli
juda   qo‘l   kelgan.   Qoramolni   brusellyoz,   oqsim,   tovuqning   o‘lat   (chuma)   va
boshqalar   faqat   vaqtida   vaksinasiya   qilinmasa   paydo   bo‘ladigan   kasalliklarga
aylangan.
O‘simlikka   kelganda,   shuni   aytish   joyizki,   ko‘p   fitopatologlar   bu
yo‘nalishda   ishlaganlar,   lekin   ko‘zga   ko‘rinadigan   natijalarga   erishmaganlar.
Ko‘plari   o‘simlikni   vaksinasiya   qilib   uni   kasallikdan   asrab   bo‘lmaydi   degan
xulosaga ham kelganlar. Bunga sabab ko‘p bo‘lib, asosiysi o‘simlikda odam va
hayvonga xos  qon aylanish tizimi  yo‘qligida.  O‘simlik organizmida patogenlar
bilan kurashadigan  leykotsitlar  yo‘q va fagotsitlik xususiyati  faqat  ayrimlarida,
asosan   daraxtlarda   mavjud   bo‘lib,   bu   xususiyat   ham   yaxshi   rivojlanmagan.   Bu
to‘g‘rida oldingi ma’ruzalarimizda mulohaza qilgan edik.
Xozirgi kunga kelib vaksinasiya usuli asosan virusli kasalliklarga qarshi
kurashishda   ko‘zga   ko‘rinadigan   yutuqlarga   erishishga   olib   keldi.   Shu   bilan
birga   ayrim   zamburug‘li   kasalliklarini   ham   kamaytirishda   vaksinasiya   usulini
qo‘llash   ijobiy   natijalarni   namoyon   qildi.   Bu   turdagi   immunitet   qishloq
xo‘jaligida   katta   ahamiyatga   ega   bo‘lib,   o‘simliklarning   kasalliklarga   qarshi
kurashishda qo‘llaniladi. O‘simliklarda   kasalliklarga   chidamliligini   patogenlarning   kuchsiz
infeksiyasini   vaksinasi   yoki   kasallangan   o‘simliklarning   ekstraktlari   bilan
oshirish mumkin.
Bunda qaysi patogendan olingan vaksina kiritilsa shu patogenga nisbatan
chidamlilik   oshadi   yoki   shu   shtammga   yaqin   bo‘lgan   boshqa   shtammlarga
nisbatan   ham   chidamli   bo‘lishi   mumkinligi   aniqlangan.   Masalan,   limonning
malseko   zamburug‘iga   chidamliligi   yosh   ko‘chatlarni   zamburug‘   toksini
suspenziyasida ivitilib ekilib so‘ng shu eritma bilan sug‘orilsa o‘simliklar yengil
formada   kasallanib,   chidamliligi   oshgan.   Bunda   o‘simliklar   chidamliligining
oshishi   patogen   ta’sirida   hujayralarning   faol   reaksiyasi   natijasida   to‘qimalarda
patogenlarning   rivojlanishiga   to‘sqinlik   qiluvchi   moddalar   hosil   bo‘ladi   va
o‘simliklarda modda almashinuvida o‘zgarishlar kuzatiladi.
O‘simliklar   vaksinasiyasi   qishloq   xo‘jaligida   biologik   immunizatsiya
usuli sifatida qo‘llaniladi. Bu usul ayniqsa sabzavot ekinlarining, xususan tomat
va   qovoqdoshlarda   virus   kasalliklariga   qarshi   keng   qullaniladi.   Masalan,
tomatning   virusli   olachiporligiga,   yoki   boshqacha   mozaikasiga   qarshi
ko‘chatlarga   pikirovkadan   oldin   ushbu   virusning   kuchsiz   shtammlari   bilan
ishlov berilganda, hosildorlik 28% ga oshgan.
Kasallikka   chidamli   o‘simlikning   barglaridan   ajratib   olingan   oqsil
interferonini   o‘simlik   tanasiga   kiritilganida,   chidamliligi   ortganligi   aniq   bo‘ldi.
Interferon   ta’sirida   o‘simliklardagi   fitoaleksinlar   miqdori   ko‘payib,   fermentlar
faoliyati tezlashadi.
Ortirilgan immunitet o‘zining ta’sir mexanizmi bilan tabiiy immunitetiga
o‘xshab ketadi. Lekin farqi shundaki, tabiiy  immunitet o‘simliklarning biologik
xususiyati   bo‘lib   avloddan   avlodga   o‘tadi,   ortirilgan   immunitet   esa   faqat   shu
avlodda qoladi.
O‘simliklarning   chidamliligini   har   xil   kimyoviy   moddalar   ta’sirida
oshirishga kimyoviy immunizatsiya deyiladi. Bu moddalar o‘simliklarga kirishi,
ularda   hosil   bo‘lishi   moddalar   almashinuviga   ta’sir   etib   o‘simliklarning patogenlarga bo‘lgan chidamliligini faqat shu yili emas, keyingi avlodlarda ham
oshirishi mumkin.
Immunizatsiya   xususiyati   ba’zi   makro-va   mikroelementlar,   o‘stiruvchi
moddalar   va   antibiotiklarda   bo‘ladi.   Kimyoviy   immunizatsiya   usullari   turlicha
bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   o‘rug‘larga   ishlov   berish,   tuproqqa   o‘g‘it   solish,
ildizdan   tashqari   oziqlantirish,   immunizatorlarni   bevosita   o‘simliklarga   kiritish
va hokazolar.
O‘g‘itlardan   o‘simliklarning   immunitetini   oshirish   uchun   foydalanish
birinchi   bo‘lib   1923   yilda   T.   D.   Straxov   tomonidan   asoslab   berilgan.   Uning
ma’lumotiga   ko‘ra   o‘simliklarning   oziqlantirish   rejimini   boshqarib   ularning
kasalliklarga   chidamliligini   oshirish   mumkin.   U   g‘alla   ekinlarinig   qorakuya
kasalliklariga   chidamliligini   o‘g‘itlar   yordamida   oshirish   mumkinligini
isbotlagan.
O‘g‘itlarning o‘simliklardagi chidamliligini oshirish mexanizmi turlicha
bo‘lishi   mumkin.   Birinchi   navbatda   o‘g‘itlar   o‘simliklardagi   modda
almashinuviga hamda biokimyoviy jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida
modda almashinuvidagi o‘zgarish parazit va o‘simlik munosabatiga ta’sir etishi
mumkin.   Odatda   tuproqda   azotning   asosan   o‘zlashtiriladigan   formalari   ko‘p
bo‘lishi   o‘simliklarning   kasalliklarga   chidamliligini   pasaytiradi,   chunki   ko‘p
obligat   parazitlar   kuchli   rivojlangan   o‘simliklarda   yaxshi   rivojlanadi.   Shuning
uchun   ko‘p   miqdorda   organik   va   azotli   o‘g‘itlarning   berilishi   o‘simliklarning
zang va un shudring kasalliklariga chidamliligini pasaytiradi.
Kaliy   va   fosforning   oson   o‘zlashtiriladigan   shakllarining   mavjudligi
ko‘pgina   patogenlarning   rivojlanishi   uchun   noqulay   hisoblanadi,   ularning
yetishmasligi esa chidamlilikni pasaytiradi. Bu hol o‘g‘itlarning o‘simliklardagi
fiziologik   jarayonlarga   ta’siri   bilan   izohlasa   bo‘ladi.   Masalan,   kaliyli   o‘g‘itlar
sitoplazmani   quyuqlashtiradi,   nafas   oluvchi   fermentlar   aktivligini   oshiradi   va
organik   moddalarning   parchalanishini   sekinlashtiradi.   Sabzavot   o‘simliklari
o‘sish   davrida   kaliyli   o‘g‘itlar   bilan   ko‘p   ta’minlangan   bo‘lsa,   saqlash   davrida oq   chirish   kasalligiga   chidamli   bo‘ladi.   Bug‘doyni   kaliyli   o‘g‘itlar   bilan
me’yorida   oziqlantirish   uning   qo‘ng‘ir   zang   kasalligiga,   kartoshkaning
fitoftoroz,   loviyaning   bakterioz,   arpaning   gelmintosporioz   kasalliklariga
chidamliligini oshiradi.
Azotli   o‘g‘itlar   o‘simliklarning   o‘sishini   tezlashtiradi.   Bu   ba’zi
patogenlar uchun qulay bo‘lsa, ba’zilari uchun noqulay bo‘ladi. Masalan, g‘alla
ekinlari qancha tez o‘sadigan bo‘lsa qorakuya kasalligi bilan zararlanish darajasi
shunchalik past bo‘ladi, chunki o‘simliklar kasal tegishi mumkin bo‘lgan davrni
tezroq o‘tadi.
O‘simliklardagi   modda   almashinuvida   mikroelementlar   muhim   rol
o‘ynaydi.   Masalan,   mis,   temir,   rux   elementlari   ko‘p   fermentlarning   tarkibiga
kirib o‘simliklardagi himoya mexanizmlarida faol qatnashadi.
Passiv immunitetda mikroelementlar o‘simliklarning kutikula qavatining
qalinlashishi,   og‘izchalar   shakli   o‘zgarib   patogenning   yo‘lida   mexanik
to‘siqlarning hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
T.   D.   Straxov   fikricha,   mikroelementlardan   bor,   marganes,   temir
ta’sirida   o‘simliklarning   qorakuya,   zang   va   un   shudring   zamburug‘lariga
chidamliligi   ortgan.   Bunga   sabab,   mikroelementlar   ta’sirida   zamburug‘larning
mitseliy   o‘sishi   susayadi.   Xozirgi   vaqtda   bu   mikroelementlar   kartoshka
fitoftorasiga qarshi samarali foydalanilmoqda.
Bir   qator   kasalliklarning   paydo   bo‘lishi   tuproqda   ma’lum
mikroelementlarning   yo‘qligi   yoki   yetishmasligi   bilan   bog‘liq.   Masalan,   temir
yetishmasligi   xloroz   paydo   bo‘lishining   sabablaridan   biridir,   bunda   barglar
sarg‘ayadi,   maydalashadi   sekin-asta   qurib,   o‘simliklar   umuman   nimjonlashib
qolishi  kuzatiladi.  Bu   kasallik  ba’zi  mevali  daraxtlarda  va  tokda  uchraydi.  Bor
elementi   yetishmasa,   tomatning   o‘sish   nuqtasi   qurib   qoladi.   Lavlagining   esa
“o‘zak”   qismi   chiriydi.   Magniy   yetishmasa   barg   qo‘ltig‘i   xlorozga   uchraydi,
barglar muddatidan oldin to‘kilib ketadi. Yana   bir   narsaga   e’tibor   berish   kerakki,   ayrim   mikroelementlar,
jumladan,   mis,   marganes,   oltingugurt,   temir   bir   qator   an’anaviy   pestitsidlar
tarkibiga   kiradi:   bordo   suyuqligi,   mis   naftenati,   ohak-oltingugurt   qaynatmasi,
temir   kuporosi.   Kaliy   permanganati   bilan   tomat   urug‘larini   ekishdan   oldin   1%
suv   eritmasida   30   minut   ivitib   qo‘yish   ko‘pchilik   zamburug‘li   patogenlarni
nobut qiladi.
Xozirgi   vaqtda   o‘simliklarda   immunitet   hosil   qilishda   kimyoviy
immunizatorlar: radon, fenol birikmalarini qo‘llash samarali natija berayapti.
O‘simliklarning   kasalliklarga   chidamliligini   oshirishda   yana   bir
perspektiv   yo‘l   antibiotiklarni   qo‘llashdir.   Albatta   antibiotiklar   odam   va
hayvonlarni   davolashda,   ularning   immunitetini   oshirishda   keng   qo‘llanib
kelinmoqda.   O‘simliklarda   ularni   qo‘llash   ayrim   ijobiy   yutuqlar   bilan
xarakterlanadi. Antibiotiklar o‘simliklarning tanasiga osonlikcha kiradi va uzoq
vaqt   parchalanmaydi.   Masalan,   hayvon   organizmida   1   –   2   soat   ichida
parchalansa, o‘simlik to‘qimalarida, xususan o‘rikda, 16-17 sutkadan keyin ham
faolligini   yo‘qotmagan.   Har   bir   antibiotikni   ta’sir   etishi   o‘ziga   xos   bo‘lib,
ayrimlari bir xil patogenlarning rivojini pasaytirsa, boshqa turlari bu patogenga
ta’sir   etmaydi.   Masalan,   trixotesin   vertitsillyoz   so‘lishni   to‘xtatadi,   lekin
piyozning   bo‘ynidan   chirish   kasalligiga   ta’sir   etmaydi.   Streptomitsin
bodringning va tomatning bakterioz kasalliklariga qarshi  yuqori samaradorlikni
ko‘rsatdi.   Ayrim   antibiotiklar   –   imanin,   sitravirin   –   o‘simlik   hujayralaridagi
viruslarni   ko‘payishiga   chek   qo‘yadi.   Yana   bitta   –   fitobakteriomitsin   degan
antibiotik, g‘o‘zaning gommoz kasalligiga chidamliligini faqat ishlov bergan yili
oshirib qolmay, balki kelgusi yili ham bu kasallikka to‘sqinlik qiladi.
Antibiotiklarni   qishloq   xo‘jaligi   amaliyotida   qo‘llaganda   fitopatogen
mikroorganizmlarni   ularga   tez   o‘rganishini   unutmaslik   kerak.   Shuning   uchun
bitta   antibiotikni   surunkasiga   bir   necha   yil   ishlatmasdan,   antibiotiklarni
dambadam   almashtirib   turish   kerak,   yoki   ularning   bir   nechtasini   aralashtirib
ishlatsa ham bo‘ladi. O‘simliklarni kasalliklarga chidamliligini oshirishda boshqa usullar ham
mavjud.
Oldingi   ma’ruzamizda   ta’kidlaganimizdek,   urug‘ning   sifati,
unuvchanligi   va   unib   chiqish   quvvati   katta   rol   o‘ynaydi.   Qadimdan   ma’lumki,
sog‘lom   va   to‘q   urug‘dan   baquvvat   va   kasalliklarga   chidamli   o‘simliklar   olish
mumkin. Bug‘doyning fuzarioz, so‘lining tojli zang va makkajo‘xorining pufakli
qorakuya kasalliklariga chidamlilikni oshirishda ushbu usul qo‘l keladi.
Chidamli   o‘simliklar   olishda   urug‘   hosil   bo‘lgan   joyi   ham   ahamiyatga
sazovordir.   I.   V.   Michurin   o‘simliklarni   individual   rivojlanishini   o‘rganib,
quyidagi   narsalarga   ahamiyat   berdi:   o‘rug‘larni   pishish   vaqti   va   o‘sishida
joylanishi, qalamchalar olinishda daraxtning qaysi qismidan olinishi. Bu omillar
ko‘p   yillik   o‘simliklar   bo‘lmish   daraxtlarning   keyingi   o‘sish   va   rivojlanishiga
katta ta’sir etadi.
Keyingi   tajribalar   I.   V.   Michurinning   haqligini   tasdiqladi.   Daraxtning
birinchi   bo‘lib   o‘sgan   shoxlarida   paydo   bo‘lgan   urug‘lardan   keyinchalik   ko‘p
kasalliklarga chidamli o‘simliklar rivojlanar ekan.
Yuqoridagi   qoida   tomatlarga   ham   taaluqlidir.   Darxaqiqat,   tomatning
birinchi hosil bo‘lgan mevalaridan olingan urug‘lardan avvalo sog‘lom ko‘chat,
keyinchalik   havfli   virusli   kasallik   –   olachiporlik   (mozaika)   ga   chidamli
o‘simliklar   rivojlanadi.   Lavlagi,   karam,   sabzining   birinchi   gullaridan   hosil
bo‘lgan urug‘larini ekish keyinchalik sog‘lom va mo‘l hosil olishning garovidir.
Yana   bir   usul,   bu   ham   daraxtlar   bilan   bog‘liq.   M.   S.   Duninning
immunogenez   nazariyasiga   muvofiq,   mevali   daraxtlarni   yoshartiruvchi   kesish
usuli   ularni   kasalliklarga  chidamliligini   oshiradi. Xuddi   shu  holat  o‘tlarda ham
mavjud:   bedani   o‘rish   un   shudring   kasalligini   bartaraf   qiladi.   Ayniqsa,   bu
kasallik krijovnikka katta talafot yetkazadi. Kasallikdan qutulish yo‘li juda kalta,
yer bilan barobar kesish va yuqori agrotexnika qo‘llash. Albatta krijovnik yaxshi
meva   beradi,   lekin   o‘zimizning   sharoi             timizda   kam   uchraydigan   o‘simlik.
Respublikamizda   hamma   xududlarda   uchraydigan   o‘simlik   -   tokni   olaylik.   Bu qo‘p   yillik   o‘simlikda   bir   necha   xil   xloroz   kasalligi   uchraydi.   Temir   moddasi
yetishmasligidan   paydo   bo‘ladigan   xloroz   to‘g‘risida   emas,   balki   boshqa   xil
xloroz - parazitar xloroz xususida fikr yuritsak.
Parazitar   xlorozni   fuzarium   zamburug‘i   qo‘zg‘atadi   va   ko‘pincha   bu
kasallik   g‘o‘za   ekiladigan   maydonlardan   suv   orqali   tokzorlarga   o‘tadi.   Uning
asosiy belgisi – tokning yer ostki qismlarini, jumladan ildiz bo‘g‘zi, pushti rang
tusiga   kirishi   (ildizning   ko‘ndalang   kesimida   ham   xuddi   shu   rangni   ko‘rsa
bo‘ladi).
Bu kasallikni bartaraf qilishda asosiy chora -  tok oralariga beda ekish va
undan   3   yilgacha   foydalanish.   Ushbu   tadbir   yordamida   nafaqat   xlorozdan
qutulish,   balki   yerni   fitosanitariya   holatini   yaxshilash   va   qushimcha   organik
moddalar bilan boyitish mumkin. A  D  A  B  I  Y O  T  L  A  R
1. Vavilov N.I. Izbrann ы e proizvedeniya, L., “Nauka”, 1967.
2. Van der Plank Ya. Ustoychivost rasteniy k boleznyam, M., Kolos,1972.
3. Verderevskiy   D.D.   Immunitet   rasteniy   k   parazitarnыm   boleznyam,
M.,1959.
4. Geshele   E.E.   Osnovы   fitopatologicheskoy   otsenki   v   seleksii   rasteniy,
M., Kolos, 1978.
5. Gorlenko   M.   V.   Kratkiy   kurs   immuniteta   rasteniy   k   infeksionnыm
boleznyam, M., 1962.
6. Golovin P.N. i dr. Fitopatologiya, L., Kolos, 1971.
7. Grushevoy   S.   Ye.   Selskoxozyaystvennaya   fitopatologiya,   M.,   Kolos,
1965.
8. Kimsanboev   X.X.   Umumiy   va   qishloq   xo‘jalik   entomologiyasi,   T.
O‘qituvchi, 2002.
9. Krasnikov M. i dr. Spravochnik ogorodnika, Alma-Ata, Kaynar, 1975.
10. Metliskiy   L.V.,   Ozereskovskaya   O.L.   Kak   rasteniya   zaщiщayutsya   ot
bolezney, M., Nauka, 1985.
11. Musaev   T.   S.   va   b.q.   Qishloq   xo‘jalik   fitopatologiyasi,   Samarqand,
2002.
12. Popkova K.V. Uchenie ob immunitete rasteniy. M., Kolos, 1979.
13. Popkova K. V., Kachalova  Z.P. Praktikum po immunitetu rasteniy, M.
Kolos, 1984.
14. Tokin B.P. Selebnыe yadы rasteniy. L., Lenizdat, 1974.
15. Uspenskaya  G.D.   i  dr.  Obщaya  fitopatologiya  s  osnovami   immuniteta.
M., Kolos, 1967.
16. Sheraliev   A.   O‘simliklarning   kasallik   va   hasharotlarga   immuniteti
(ma’ruzalar matni), T., 2000.
17. Sheraliev   A.   O‘simliklarning   kasallik   va   hasharotlarga   immuniteti
(uslubiy qo‘llanma) T., 2001.

Patogen va o‘simlik o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar. Ortirilgan immunitet to‘g‘risida. R e j a. 1. O‘simlik urug‘ini unish energiyasini kasallikka chidamliligidagi o‘rni. 2. Yorug‘lik, namlik va harorat o‘simlikning kasalliklariga chidamliligini oshirishdagi ahamiyati. 3. Makro – va mikroelementlarining immunitetdagi roli. 4. Sun’iy, yoki boshqacha ortirilgan immunitet: a) o‘simliklarni vaksinasiya qilish b) makro – va mikroelementlardan foydalanish. v) antibiotiklarni qo‘llash. g) boshqa omillarning roli.

O‘simliklarni kasalliklarga chidamliligini oshirishda har xil usullar qo‘llaniladi. Chidamlilik xossasini kuchaytirishda urug‘ning sifati, uning unuvchanligi va unib chiqish quvvati katta rol o‘ynaydi. Azaldan ma’lumki, sog‘lom va to‘q urug‘dan baquvvat va kasalliklarga chidamli o‘simlik olish mumkin. Shuning uchun solishtirma og‘irligi bo‘yicha saralashda ekish uchun eng og‘ir urug‘lar qoldiriladi. Bunaqa urug‘lardan aksariyat hollarda sermahsul va sog‘lom o‘simliklar rivojlanadi. Bug‘doyning fuzarioz, so‘lining tojli zang va makkajo‘xorining pufakli qorakuya kasalliklariga chidamlilikni oshirishda ushbu usul juda qo‘l keladi. O‘simlikdan sog‘lom avlod olinishida urug‘ning unib chiqish quvvati katta ahamiyatga ega. Ekishdan oldin har qanday urug‘ o‘stirilib sinovdan o‘tadi. Bu ishni davlat urug‘chilik nazorati idoralari amalga oshiradi. Qisqacha bu jarayon quyidagi tarzda o‘tkaziladi. Kerakli sharoit yaratilib urug‘ o‘stiriladi. Uch kundan keyin unib chiqqan urug‘ ekilgan urug‘ soniga solishtirilib 1-chi ko‘rsatgich – unuvchanlik, besh kun o‘tgach 2-chi ko‘rsatgich – urug‘ning unib chiqish quvvati aniqlanadi. Tabiiyki agar bu ko‘rsatkichlar yuqori bo‘lsa, tegishli xujjatlarda bu hol aks ettiriladi va urug‘ partiyasiga yuqori daraja beriladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki ushbu urug‘dan yuqori va sifatli hosil kutish mumkin. Patogen va o‘simlik o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga har xil tarzda ta’sir etuvchi omillardan eng nufuzlilaridan biri - bu iqlim sharoitlari: harorat, yorug‘lik, namlik ko‘rsatkichlaridir. Ushbu iqlim omillari bevosita o‘zlari ham salbiy ta’sir etishi mumkin. Masalan, g‘alla gullashi vaqtida harorat o‘ta yuqori va havo namligi past bo‘lsa changlanish jarayoni buziladi, oqibatda esa boshoqlarda don miqdori kamayadi va tabiiyki hosil ham kamayadi.

Yana misollar. Erta bahorda quyosh juda qizdirsa daraxtlarning pusti ko‘yadi va natijada yorilgan po‘stloq orqali har xil patogenlar tanaga kiradi. Tomat mevasi yuqori haroratda “pishib” qoladi. Ayniqsa, bulutli nam ob- havodan keyin quyosh keskin qizdirsa. Bu holat g‘alla ekinlarida ham kuzatiladi, dehqonlar “bulutning tagidan chiqqan quyoshdan qo‘rqgin” deyishadi. Bu misollarning aksi – haroratning pasayishi ham salbiy ta’siri bilan ifodalanadi. Agar ekilgan g‘alla yaxshi tuplamasdan qishga kirsa ko‘p nihollari nobud bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, qish kam qor bo‘lsa. Bu bevosita iqlim sharoitlarining salbiy ta’siri. Lekin, havo harorati yuqori yoki past bo‘lishi, havo va tuproq namligi oshishi yoki pasayishi va hokazo holatlar o‘ziga tegishli ta’siridan tashqari o‘simliklarni har xil kasalliklarga moyilligini ham belgilaydi. Masalan, erta bahordagi daraxtlarning po‘sti ko‘yishi keyinchalik xilma-xil patogenlarga qulay sharoit yaratadi. Olma va nokning “qora rak” kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ shikastlangan po‘stloq orqali tanaga kiradi. Shu o‘rinda aytish joizki, shikastlanish nafaqat quyoshdan kuyish oqibatida, balki qattiq sovuqdan ham paydo bo‘ladi. Yana sovuq to‘g‘risida. Tokning va ko‘pgina mevali daraxtlarning havfli kasalligi – bakteriyali rak ham birinchi navbatda sovuq oqibatida yorilgan po‘stloq orqali dastlabki zararlanishning sababi bo‘ladi. Bundan tashqari, ochiq yara paydo bo‘lgandan keyin unga boshqa har xil parazitlar va zararkunandalar xujum qiladi. Tuproq haroratining past bo‘lishi o‘simliklarining kasalliklariga chidamliligini susaytiradi. Sabab, tuproq haroratining pasayishi o‘simliklarining kasalliklarga moyil bo‘lgan davrni cho‘zib yuboradi. Masalan, bug‘doyning qattiq qorakuya kasalligi o‘simliklarni urug‘ unib chiqish fazasida zararlaydi. Yuqorida aytilganday, tuproq harorati past bo‘lishi urug‘ unib chiqishini cho‘zib yuboradi va shuni evaziga bug‘doy nihollari parazit uchun ancha vaqt ochiq bo‘ladi.

Yana bir misol. Tuproq namligi, ayniqsa ko‘llab qolish oqibatida xaddan tashqari yuqori bo‘lsa o‘simliklar bevosita bu noqulaylik tufayli zarar ko‘rishdan tashqari har xil infeksiyaga, ayniqsa ildiz chirish patogenlariga duch keladi. Bu namlikning asari xosil yeg‘ishtirilib saqlashga joylashtirilgandan keyin ham tayyor mahsulotga salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Masalan, shu sharoitda o‘sgan kartoshka, boshqa ildizmevalilar ko‘p muddatga saqlash uchun yaroqsiz bo‘ladi. Va yana bitta misol. Bu yerda barcha iqlim va ob-havo omillarining qo‘shma ta’siri to‘g‘risida. Birinchi ma’ruzamizda sariq zang kasalligini respublikamiz dalalarida tez-tez takrorlanishiga izoh bergandik. Endi batafsilroq to‘htalsak. Oxirgi marta sariq zang epifitotiyasi 1999 yilda sodir bo‘lgan edi. Kasallik tarqalishi shu qadar kuchli edi-ki, bu holat hammani shoshtirib qo‘ydi.Bu ofatga qarshi barcha kuchlar va imkoniyatlar safarbar qilindi: joylarda shtablar tashkil qilindi, bor texnika va dori-darmon vositalari, malakali mutaxassislar jalb qilindi. O‘sha yili kasallik juda jadal rivojlanishini va keltiradigan zararini bartaraf qilish maqsadida bor preparatlar qo‘llanildi: oltingugurt, ohak- oltingugurt qaynatmasi va birinchi marta keng ko‘lamda “Bayer” firmasining mahsulotlari bo‘lmish folikur va bayleton preparatlari. Eng yaxshi natijani folikur preparati ko‘rsatdi. Bu holat keyingi yillarda ham tasdiqlandi. Lekin biz ushbu ma’ruzamizda aniq qilmoqchi bo‘lgan mavzu – patogen, o‘simlik va tashqi mo‘hit o‘rtalaridagi o‘zaro munosabatlar tavsifidir. Shu nuqtai nazardan ta’kidlash kerakki, 1999 yilning bahori sariq zang kasalligi uchun ideal sharoit mavjud bo‘lgan edi. Tasavvur qilinglar: havo harorati 15 – 20 0 S, havo namligi 50% dan yuqori, mayda, onda-sonda yog‘ayotgan yomg‘ir va tinimsiz shamol. Ushbu, yuqorida aytib o‘tilgan iqlim, to‘g‘rirog‘i ob-havo sharoitlarini shu yo‘sinda mo‘jassam bo‘lishi nafaqat sariq zang patogeni uchun qulaylik tug‘diradi, balki barcha kasalliklarga, qolaversa aksariyat zararkunanda hasharotlarga ham juda mos keladi.

Endi boshqa omillar to‘g‘risida fikr yuritsak. Bir ko‘rinishdan ushbu omillar o‘simliklarning u yoki bu kasalikka moyilligini belgilamasa ham ko‘p hollarda ular patogen ta’siriga organizmning beriluvchanligini hal etadi va belgilaydi ham. Bu omillar o‘simlikning oziqlanish jarayonlari bilan, o‘simlikning u yoki bu kimyoviy elementga talabchanligi bilan bog‘liqdir. Har qanday o‘simlikni zarur bo‘lgan oziqa elementlari bilan ta’minlanishi – yuqori mahsuldorlikning garovidir. U yoki bu oziqa elementlarining o‘simlik organizmiga yetib bormasligi yoki kam miqdorda yetib borishi uning rivojlanish jarayoniga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Masalan, o‘simlikning umumiy holatini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi: bo‘ypastlik, ayrim organlarning sust rivojlanishi va hokazolar. Ayrim hollarda o‘simlikning rangi o‘zgaradi, ayniqsa bu holat barglarda yaqqol ko‘rinadi. O‘simlikka u yoki bu ozuqa elementining yetishmasligi oqibatida ro‘y bergan o‘zgarishlarini noinfeksion (yuqumsiz) kasalliklar toifasiga kiritilishi o‘rinlidir. Azot yetishmasligi belgilari. Ma’lumki, azot oqsil, xlorofill, nuklein kislotalar va boshqa organik moddalar tarkibiga kiradi. Uning yetishmaslik belgisi o‘simlikning o‘sishda orqada qolishligi hamda barglarning och-yashil yoki sarg‘ish-yashil tusga kirishi bilan ifodalanadi. Kuzgi g‘alla ekinlarida azot yetishmasligi o‘simliklarini sust tuplashiga olib keladi, barg, poya, boshoq va don maydalashib ketadi va vaqtdan ilgari yetiladi. Shunga o‘xshash belgilar karamda ham paydo bo‘ladi, lekin barglari pushti rang tusiga kiradi. Fosfor yetishmaslik belgilari. O‘simlik xayotida fosfor juda katta rol o‘ynaydi. Uning yetishmasligi o‘simliklarning rivojlanishini susaytiradi, ayniqsa reproduksion organlarining paydo bo‘lishini. Eng ko‘zga tashlanadigan belgilar, bu ildiz va novdalar o‘sishining keskin susayib ketishi. Kuzgi bug‘doyda fosfor yetishmasligi maysa pillasida bilinadi. Pastki barglarinig uchlari binafsha yoki qizg‘ish-binafsha rangda bo‘ladi, bargning qolgan qismi esa to‘q yashil tusga