Java JMenu Item & JMenu






![4. Klass nomi, shu klass saqlangan fayl nomi bir xil bo‘lishi lozim. Agar asosiy
klass nomi « test » bo‘lsa, kod saqlangan fayl nomi ham « test » bo‘lishi lozim, shu bilan
birga registr (katta-kichik harf) ham bir xil bo‘lishi shart. Fayl kengaytmasi « .java »
bo‘lishi kerak.
5. Agar dastur to‘g‘ri yozilgan va to‘g‘ri nomlangan bo‘lsa, kompilyatsiyadan
so‘ng, bayt-kod hosil bo‘ladi va u asosiy klass nomi kabi nomlanadi, lekin
kengaytmasi « *.class «, ya’ni « test.class » ko‘rinishida bo‘ladi.
6. Yozilgan kod « Javac » kompilyatori yordamida bayt-kodga aylantiriladi va
« Java » interpretatoridan foydalanib, dastur ishga tushadi. Interpretator o‘z ishini
« main » metodidan boshlaydi, shuning uchun har bir kodda bu metod bo‘lishi lozim.
7. Koddagi figurali qavslar( {, } ) alohida blokka olish uchun ishlatiladi. Barcha
dasturlar alohida blok hisoblanadi, shuning uchun klass nomidan keyin qavs ochiladi
va oxirida yopiladi.
8. Dastur ichidagi alohida bloklar, dastur metodlari hisoblanadi. Misolda,
« main » metodi dastur ichida joylashgan va qavs bilan ajratilgan. Bu qavslar, metod
boshlanishi va tugashini bildiradi.
9. Metod ichida ekranga chiqaruvchi buyruq ( System.out.println ) berilgan,
bu operator deyiladi. Bizning dasturda operatorlar soni bitta va oxirida nuqta-vergul(;)
bilan tugatilmoqda.
Java dasturlash tilida, boshqa tillarda bo‘lgani singari kommentariyalar mavjud.
Kommentariyalar kompilyator tomonidan inobatga olinmaydi, ulardan dasturchilar o‘z
kodlarini tushuntirishda foydalanishadi. Kommentariyadan foydalanilgan kodlarni,
keyinchalik ochib ko‘rganda, nima vazifa bajarilganini tez anglab olish mumkin.
Kommentariyaning quyidagi turlari mavjud:
1. Bir qatorli kommentariya( // ). Faqat bir qatorni kommentariyaga oladi, misol
1
2
3
4
5 class test { //bu yerda klass e'lon qilinmoqda.
public static void main(String[ ] args){
System.out.println("HellO WorlD");
}
}
Berilgan izoh kompilyator tomonidan qaralmaydi, shuning uchun xatolik bo‘lmaydi.](/data/documents/13e25dc9-0ebb-416c-b44e-c6d90c619a10/page_7.png)
![2. Ko‘p qatorli kommentariya. « /* » belgilar bilan boshlanib, « */ » belgilar bilan
tugaydigan kommentariya turi. Bunda, shu blok orasidagi barcha yozuv
kommentariyaga o‘tadi. Misol,
1
2
3
4
5 class test {
/* public static void main(String[ ] args){
System.out.println("HellO WorlD");
} */
}
Kompilyator klass ichidagi barcha kodlarni inobatga olmaydi.
Java dasturlash tili, tiplarga qat’iy e’tibor beradigan til hisoblanadi, ya’ni
dasturda ishlatiladigan barcha ma’lumotlar uchun tip e’lon qilinishi lozim.
Menyular (JMenuBar)
Java dasturlash tili oynaga foydalanuvchi interfeysi elementi hisoblanadigan
menyular joylashtirish imkoniyatini beradi. Menyu xosil qilish uchun birinchi navbatda
menyular ro’yxati joylashgan menyu qatori yaratiladi. Menyu qatori JMenuBar
klassi tomonidan yaratiladi.
JMenuBar menyu Qatori = new JMenuBar();
Menyu elementi JMenu klassi yordamida yaratilib JMenuBar klassining add()
metodi yordamida menyu qatoriga qo’shiladi.
JMenu fayl Menyusi = new JMenu("Fayl");
menyuQatori.add(faylMenyusi);
So’ngra, menyu elementlari JMenuItem klassi yordamida yaratiladi va JMenu
klassining add () metodi yordamida menyuga qo’shiladi.
JMenuItem saqlashItem = new JmenuItem("Saqlash");
faylMenyusi.add(saqlashItem);
Menyu elementlari bosilganda ActionEvent xodisasi xosil qilinib uni
ActionListener interfeysi yordamida qabul qilib ushbu menyu elementiga tegishli
amal bajarish mumkin.
Quyidagi misolda menyu qatori joylashgan oyna keltirilgan:](/data/documents/13e25dc9-0ebb-416c-b44e-c6d90c619a10/page_8.png)
![JMenuBar , JMenu va JMenuItem klasslari yordamida yaratilgan menyu
Ushbu oyna quyidagi dastur yordamida yaratilgan:
import java.awt.*;
import javax.swing.*;
public class MenyuTest{
public static void main(String[] args){
JFrame frame = new JFrame("Menyu Test");
JMenuBar menyuQatori = new JMenuBar();
JMenu faylMenyusi = new JMenu("Fayl");
menyuQatori.add(faylMenyusi);
JMenuItem saqlashItem = new JMenuItem("Saqlash");
faylMenyusi.add(saqlashItem);
JMenuItem ochishItem = new JMenuItem("Ochish");
faylMenyusi.add(ochishItem);
JMenu formatMenyusi = new JMenu("Format");
menyuQatori.add(formatMenyusi);
JMenuItem shriftItem = new JMenuItem("Shrift");
formatMenyusi.add(shriftItem);
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE );
frame.setSize(300,200);
frame.setJMenuBar(menyuQatori);
frame.setVisible(true);}}
Menyular (JMenuItem)
Menyu elementlari tugmalar singari yozuvga qo’shimcha rasmga xam ega
bo’lishi. Buning uchun JMenuItem klassining quyidagi dastur kodidan foydalanish
mumin:](/data/documents/13e25dc9-0ebb-416c-b44e-c6d90c619a10/page_9.png)









Mavzu: Java JMenu Item & JMenu Reja: 1. Javaga kirish. 2. Asosiy qism. Menyular: JMenu Bar. JMenu Item. JMenu. 3. Xulosa. 4. Foydalanilgan adabiyotlar.
Java dasturlash tili haqida umumiy tushunchalar. Java dasturlash tili — eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo’lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni (dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili OAK dasturlash tili asosida paydo bo’ldi. OAK (ma’nosi eman daraxti) dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems (hozirda Oracle nomidan ish yuritadi) tomonidan platformaga (operatsion tizimga) bog’liq bo’lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba’zi sabablarga ko’ra bu fikridan voz kechishdi. OAK muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun ma’lum o’zgarishlar qilishdi. Java 1990 yillarda ishlab chiqarila boshlangan bo’lsa ham, uning birinchi versiyasi ( Java 1.0 ) 1996 yil ommaga taqdim etilgan. Undan so’ng keyingi versiyalar sekin- astalik bilan chiqa boshladi: 1998 yil — Java 2, 2004 yil — Java 5.0, 2006 yil — Java 6, 2011 yil — Java 7, 2014 yil — Java 8. Java Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlash (OOP-object oriented programming, ООП ) tili va u C++ ga ancha o’xshash. Eng ko’p yo’l qo’yiladigan xatolarga sabab bo’luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java texnologiyasi o’ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta’minlab bera oladigan, kuchli, to’la obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili bo’lib, muhit (platforma)ga bog’liq bo’lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to’laligicha Java Virtual Machine(JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya’ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida bayt kod ga o’giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo’lsa, kodlarni ham o’sha platformaga moslab beradi. JAVA imkonyatlari: — WORA — Write Once, Run Anywhere (portable). Platforma tanlamaydi; — xavfsizlik (ishonch yo’q kodni xavfsiz ishga tushirish); — xotirani xavfsiz boshqarish (avtomat ravishda musorlarni yig’adi); — tarmoq uchun dasturlar yozish ; — ko’p oqimli (Multi-thread) dasturlash;
class lar alohida fayllarda saqlanadi. Kerak bo’lsa ishlatiladi. Java imkonyatlari va texnologiyalari Java SE (Java Standart Edition) — serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha operatsion tizimlarda ishlay oladi ( Windows NT, Macintosh, Linux va Solaris ). Shu bilan birga JavaSE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi. Java EE (Java Enterprise Edition) — Java texnologiyalari orasida eng keng tarqalgan turi xisoblanib unda asosan serverda ishlovchi dasturlar yaratiladi, masalan ko’p foydalanuvchili web-saytlar yaratishda keng qo’llaniladi va asosan internetda ishlovchi dasturlarda qo’llaniladi. Java SE ni Java EE dan eng asosiy farqi Java EE o’z tarkibiga Java SE ni olibgina qolmay shu bilan birga ko’pgina boshqa qo’shimcha kutubxonalarni(odatda *.jar) ham o’z ichiga oladi ya’ni: Servlet, JavaMail, JSF(Java Server Face) va boshqa ko’pgina internetga asoslangan qoshimcha kutubxonalar. Java ME (Java Micro Edition) — Java SE ning ba’zi qismlarini o’z ichiga oladi, JavaME yordamida kichik qurilmalar uchun dastrular yozish mumkin, masalan, mobil telefon uchun o’yinlar, dasturlar yaratish mumkin. Javada kompilyator aytib o’tganimizdek biz yozgan kodni bayt-kodga o’giradi, odatda kompilatsiyadan o’tgan klasslar *.class qisqartirmasi bilan tugaydi va kompilatsiyadan o’tgan klassni Java Virtual Machine(JVM) ga yuklanadi va bayt-kodli fayllarni interpretatsiya qiladi, ya’ni mashina tiliga o’giradi va shu bilan birga undagi kodni imkoni boricha optimallashtiradi. JDK va Eclipse larni o’rnatish. Java dasturlash tilida dastur tuzish uchun, dastlab, kompyuterga kerakli dasturlarni o‘rnatish lozim. Java dasturlarni ishga tushirish uchun, bizga Java- mashina kerak bo‘ladi. Barcha Java dasturlar faqat Java-mashina o‘rnatilgan kompyuterlarda ishlaydi. Java-mashina Java dastur uchun muhit hisoblanadi. Java dasturlarni yozish uchun maxsus muhit (IDE) kerak bo‘ladi. Ikkala dasturni ham Oraclening saytidan yuklab olish mumkin.
JDKni yuklab oladigan oynaga o‘tamiz va litsenziyaga rozi bo‘lamiz( Accept License Agreement ). Undan so‘ng kompyuteringizga mos keladigan JDKni tanlaymiz, agar 32 bitlik tizim bo‘lsa, « jdk-8u20-windows-i586.exe «ni tanlaymiz va yuklashni boshlaymiz. Odatda JDK « C:\Program files\Java » adresiga o‘rnatiladi. C:\Program files\jdk*\bin\ adresda JDKning barcha bajariluvchi fayllari joylashgan. Мой компьютер -> Свойства , chap tomonda « Дополнительные параметры системы » bo‘limiga kiramiz va quyidagi oynani ko‘ramiz.
Bu oynadan « Переменные среды » tugmasini bosamiz, hosil bo‘lgan oynaning « Системные переменные » bo‘limidan «PATH» o‘zgaruvchisini(переменная) qidirib, uni belgilaymiz va « Изменить » tugmasini bosamiz. Shundan so‘ng, “ Значение переменной” dagi qiymatlarning oxiriga o‘tamiz va C:\Program Files\Java\jdk*\bin » adresini kiritamiz( * o‘rniga o‘zingizning jdk adresingiz bo‘ladi, ya’ni mavjud papka nomi). « OK » tugmalarini bosib, bu oynalardan chiqib ketamiz va kompyuterni qayta yuklaymiz. Eclipse ni o’rnatish www.oracle.com web saytidan Eclipse IDE faylini kompyuterlarimizga yuklab olamiz. Eslatib o’tamiz, Eclipse IDE fayli yuqoridagi web saytda bepul holda mavjud va biz o’zimizning kompyuterimizning operatsion sistemasiga mos bo’lgan eclipse faylni yuklab olishimiz kerak, ya’ni operatsion sistemamiz 32 bitlikmi yoki 64.