logo

Jaxon dinlari, Buddizm

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.9599609375 KB
Jaxon dinlari, Buddizm.
REJA
1.Buddizm. Buddizm ta’limoti – to’rt oliy xaqiqat, nirvana. 
2.Buddizm axlokiy ta’limoti - “pancha-shila”. 
3.Buddizmdagi oqimlar: maxayana, xinayana, lamaizm va x.k. 
4.O’zbekist j n xududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi:
              Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari :   keys-stadi, BBB, pinbord,   dialogik
yondoshuv,   muammoli   ta’lim.   Aqliy   hujum,   blits-so‘rov,   munozara,   o‘z-o‘zini
nazorat.
  Buddaviylik   -   uchta   dunyo   dinlari   ichida   eng   qadimiysi   hisoblanib,
eramizdan   avvalgi   VI   -   V   asrlarda   Hindistonda   yuzaga   kelgan.   Bu   dinga   e’tiqod
qiluvchilar,   asosan,   Janubiy,   Janubi-Sharqiy   va   Sharqiy   Osiyo   mamlakatlarida,
Shri-Lanka,   Hindiston,   Nepal,   Butan,   Xitoy,   Singapur,   Malayziya,   Mongoliya,
Koreya,   Vetnam,   Yaponiya,   Kombodje,   Birma,   Tayland,   Laosda   va   qisman
Yevropa   va   Amerika   qit’alarida,   Rossiyaning   shimoliy   mintaqalari   -   Buryatiya,
Qalmiqistonda istiqomat qiladilar.
Hozirgi   kunda   dunyoda   buddaviylikka   e’tiqod   qiluvchilar   soni   qanchaligi
aniqlanmagan, chunki ko’pgina mamlakatlar huquq normalariga ko’ra qaysi dinga
e’tiqod qiluvchilar soni qancha deb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan
olinganda   hozirgi   kunda   dunyoda   buddaviylar   soni   400   mln.ga   yaqin   bo’lib,
ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir.
Buddaviylik   bundan   2500   yildan   avvalroq   Hindistonda   diniy   falsafiy
ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko’plab qonuniy manbalar va ko’p sonli diniy
yo’nalishlar mavjuddir. 
Buddaviylikning   turli   millatlar   tomonidan   keng   qabul   qilinishi   va   uning
keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan
kirisha   olishi   bo’lib,   bu   narsa   buddaviylikning   hayotning   barcha   sohalari,
jumladan,   diniy,   madaniy,   siyosiy   va   iqtisodiy   qatlamlarga   kirib   borishiga   sabab
bo’ldi.
Buddaviylikni   din   yoki   falsafa,   ideologiya   yoki   madaniyat   qonunlari
to’plami yoki hayot tarzi deb baholash mumkin.
Hozirgi   buddaviylikka   e’tiqod   qilib   kelayotgan   sharq   mamlakatlaridagi
buddaviylik   ta’limotini   o’rganish   u   yerdagi   siyosiy-iqtisodiy,   ma’naviy
madaniyatini   tushunishning   asosiy   omillaridan   hisoblanadi.   Bu   davlatlarda
buddaviylik   qoida   va   an’analari   buddaviylikka   e’tiqod   qiluvchilar   nazarida markaziy   hukumat   qonunlaridan   ko’ra   ustun   turadi.   Bu   narsa   zamirida
buddaviylikning potensial kuchi yotadi.
Buddaviylik   asoschisining   shaxsi.   Buddaviylik   asoschisi   haqiqiy   tarixiy
shaxsdir. Bu ko’plab buddaviylik bilan shug’ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha
etib   kelgan   manbalar   asosida   isbot   qilganlar.   Buddaviylik   asoschisi   haqida   xabar
beruvchi   folklor   va   badiiy   Adabiyotlar   uni   Siddxarta,   Gautama,   Shakyamuni,
Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning
ma’nolari   quyidagicha:   Siddxartxa   -   shaxsiy   ismi,   Gautama   -   urug’   ismi,
Shakyamuni   -   shaklar   yoki   shakiya   qabilasidan   chiqqan   donishmand,   Budda   -
nurlangan, Tadxagata - shunday qilib shunday ketgan, Djina - g’olib, Bxagavan -
tantana   qiluvchi.   Bu   ismlar   ichida   eng   mashhuri   Budda   ismi   bo’lib,   shu   ismdan
uning diniga buddaviylik (buddizm, buddiylik) nomi berilgan.
Hozirgi   kunda   Buddaning   beshta   biografiyasi   ma’lumdir:   «Maxavostu»   -
eramizning II asrida yozilgan, «Lalitavistara» - eramizning II-III asrlarida yuzaga
kelgan,   «Buddaxacharita»   -   Budda   faylasuflaridan   biri   Ashvagxoshey   tomonidan
eramizning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» - eramizning 1-asrida yozilgan
va «Abnixishkramansutra».
Bu   biografiyalar   orasidagi   asosiy   ziddiyat   Buddaning   qaysi   yillarda
yashaganligi   xususidadir.   Ular   eramizdan   avvalgi   IX-III   asrlar   orasidagi   turli
muddatlarni ko’rsatadilar. Rasmiy buddaviylik hisobiga ko’ra esa Butama - Budda
er.   av.   623   yilda   tug’ilib,   544   yilda   vafot   etgan.   Biroq,   ko’pchilik   tadqiqotchilar
uning   tug’ilishi   er.   av.   564   yilda,   o’limi   esa   483   yilda   deb   hisoblaydilar.   Ba’zan
560 - 480 deb to’liq sonlar bilan ko’rsatadilar. 
Yuqorida   zikr   qilingan   biografiyalarda   Buddaning   haqiqiy   hayoti   bilan
uning afsonaviy hayoti o’zaro qorishib ketgan.
Siddxartxa Shakya qabilasining podshohlaridan biri Shuddxodananing o’g’li
edi.   Uning   saroyi   Ximolay   tog’lari   etagida   Kapilavasti   degan   qishloqda   bo’lgan.
(Hozirda Nepal hududida). Onasi - malika Mayya. Podshoh o’g’lini orzu havaslar
og’ushida   tarbiyalar,   uni   hech   bir   kamchiliksiz   katta   qiladi.   Ulg’ayib   qo’shni podshohlardan birining qizi  Yashadxaraga  uylanadi  va o’g’il ko’rib, unga Raxula
deb ism qo’yadi.
Hech   bir   qiyinchilik   va   kamchilik   ko’rmay   o’sgan   bola   Siddxartxa   ittifiqo
qarigan   cholni,   bemorni,   og’ir   mehnatli   bir   rohibni   uchratadi.   Bundan   qattiq
ta’sirlagan shahzoda insoniyatni qiyinchilik va azobdan qutqarish yo’llarini axtarib
saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda edi. U beshta rohibga ko’shilib, ular
bilan   qishloqma-qishloq   kezib   yuradi.   Ko’p   vaqt   bu   rohiblarga   hamrohlik   qilib,
ularning   yo’llarida   ma’lum   maqsad   yo’qligini   va   bu   yo’l   o’z   oldiga   qo’ygan
maqsadi   -   insoniyatni   azob   uqubatdan   qutqarishga   olib   bormasligini   anglaydi   va
rohiblar jamoasidan ajraladi.
U   chakalakzor   o’rmonlarda   kezib,   charchab   bir   daraxti   tagida   dam   olish
uchun o’tiradi va o’ziga toki haqiqatni topmaguncha shu yerdan turmaslikni va’da
beradi.
Bu o’tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen haqiqatni topding» degan sado
keladi.   Shu   paytda   uning   ko’z   oldida   butun   borliq   namoyon   bo’ladi.   U   hamma
joyda  shoshilish,   qayoqqadir   intilishni   ko’radi.   Hech   bir   joyda  osudalik   yo’q  edi.
Hayot nihoyasiz uzoqlikni ko’zlab o’tib ketayotgan edi. Inson aqli etmas bir kuch -
Krishna - yashash, mavjud bo’lish umidi barchaning tinchini buzar, halok qilar va
yana   qayta   yaratar   edi.   Mana   endi   Budda   kimga   qarshi   kurashish   kerakligin
angladi.   Shu   ondan   u   Budda   -   nurlangan   deb   ataldi.   Utagidao’tirgandaraxtesa   -
nurlangandaraxtdebatalaboshladi.
Budda o’zining birinchi  da’vatini  Varanasi  yaqinidagi  Rishipatana  bog’ida,
o’zining   besh   rohib   do’stlariga   qildi   va   o’shalar   uning   birinchi   shogirdlari
bo’ldilar.
Shu   kundan   boshlab   Budda   o’z   shogirdlari   bilan   qishloqma-qishloq   yurib
o’z ta’limotni tarqatib o’ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o’z
ta’limotini Hindistonning turli joylariga etkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan
joyda dunyodan o’tdi. Uning jasadi  hind udumiga ko’ra u yerda kuydirilib, uning
xoki 8 ta budda jamoalariga bo’lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida
ibodatxona barpo etdi. Buddaning   hayoti   haqida   turli   afsonalar   ham   to’qilgan.   Bu   afsonalarda
aytilishicha, Budda  ko’p yillar  davomida er  yuzidagi  turli  mavjudotlar  qiyofasida
qayta   tug’ilgan:   84   marta   ruhoniy,   58   marta   podshoh,   24   marta   rohib,   13   marta
savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g’oz, 6 marta fil shuningdek
baliq, qurbaqa, kalamush, quyon kabi qiyofalarda qayta tug’ilgan. Jami 550 marta
qayta tug’ilgan. U doimo qayerda, qay qiyofada tug’ilishini o’ziga o’zi belgilagan. 
So’nggi  marta uni  xudolar  insoniyatni  to’g’ri  yo’lga boshlashi  uchun inson
qiyofasida   yaratganlar.   Bu   afsonalarning   ba’zilariga   ko’ra   er   yuzida   Gautamaga
qadar 6 ta budda o’tgan. Shuning uchun buddaviylikning ba’zi muqaddas joylarida
7 ta ibodatxona barpo etilgan. 7 ta Botxa daraxti o’tkazilgan. Ba’zi afsonalar 24 ta
Budda avlodi o’tgan desa, ba’zilari minglab Buddalar o’tgan deb da’vo qiladi.
Buddaviylik ta’limoti. Buddaviylik qadimiy Hind diniy - falsafiy ta’limotlari
asosida   vujudga   kelgan,   amaliyot   va   nazariyotdan   iborat   diniy   tizim   dir.   Uning
asosi   «Hayot   -   bu   azob,   uqubatdir»   va   «najot   yo’li   mavjud»   degan   g’oyadir.
buddaviylik   qonuniyatlariga   ko’ra   inson   o’ziga   moslashgan   mavjudot   bo’lib,
o’zida   tug’iladi,   o’zini   o’zi   halok   qiladi   yoki   qutqaradi.   Bu   narsa   Buddaning   ilk
da’vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o’z ifodasini topgan.
Birinchi   haqiqat   -   «Azob   uqubat   mavjuddir».   Har   bir   tirik   jon   boshidan
kechiradi, shuning uchun har qanday hayot - qiynoq, azob-uqubatdir.
Tug’ilish   -   qiynoq,   kasallik   -   qiynoq,   o’lim   -   qiynoq,   yomon   narsaga   duch
kelish   -   qiynoq,   yaxshi   narsadan   ayrilish   -   qiynoq,   yomon   narsadan   ayrilish   -
qiynoq, o’zi xohlagan narsaga ega bo’lmaslik - qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy
qonuni   bir-biriga   bog’liqlik.   Hech   bir   narsa   ma’lum   sababsiz   yaralmaydi.   Lekin
har   bir   hodisa   yoki   harakatning   birlamchi   sababini   aniqlash   mumkin   emas.
Shuning uchun buddaviylik dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi.
Buddaviylik ta’limotiga ko’ra, har  qanday narsa yoki  hodisa u hoh moddiy
yoki   ma’naviy   bo’lsin   Dxarma   (element)lardan   tuzilgan.   Bu   elementlar   o’z
xususiyatiga   ko’ra   harakatsiz   bo’lib,   ularni   harakatlantiruvchi   kuch   insonning
xayollar   va   so’zlaridir.   Ob’ektiv   haqiqat   bu   doimiy   ravishda   o’zgarib   turuvchi
Dxarmalar oqimidir. Harakatdagi Dxarmalar mavjudligining 5 formasini yaratadi: tana,   sezgi,   his-tuyg’u,   harakat,   anglash.   Bu   besh   forma   insonni   tashkil   qiladi.
Inson ular yordamida yashaydi va borliq bilan aloqada bo’ladi, yaxshi yoki yomon
ishlarni   bajaradi.   Bu   narsa   insonning   o’limi   bilan   tugallanadi.   Insonni   tashkil
qiluvchi   besh   forma   (skandx)   o’z   navbatida   qayta   tug’iladi.   Yangi   tananing
xususiyatlari asos bo’luvchi besh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak
va   norma.   Bu   prosess   «hayot   g’ildiragi»ni   tashkil   qiladi.   «Hayot   g’ildiragi»da
doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqqa duchor bo’ladi.
Ikkinchi   haqiqat   -   «qiynoqlarning   sabablari   mavjuddir».   Inson   moddiy
narsalar   yoki   ma’naviy   qadriyatlardan   foydalanib,   ularni   haqiqiy   va   doimiy   deb
hisoblaydi va doimo ularga ega bo’lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga
olib   boradi.   YAxshi   yoki   yomon   niyatlardan   tuzilgan   hayot   daryosi,   orzular   va
intilishlar   sababli   kelajak   hayot   uchun   karma   hozirlaydi.   Demak,   qayta   tug’ilish,
yangitdan  qiynoqlarga   duchor   bo’lish   davom   etadi.   Buddistlar   fikricha  Buddadan
keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan.
Uchinchi   haqiqat   -   «qiynoqlarni   tugatish   mumkin».   YAxshi   yoki   yomon
niyatlar, intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to’g’ri keladi. Bu holatda
inson   qayta   tug’ilishdan   to’xtaydi.   Nirvana   holati,   buddaviylar   fikricha,   «Hayot
g’ildiragidan» tashqariga chiqishdir. «Men» degan fikrdan ajralib, insonning hissiy
tuyg’ullarini to’la tugatishdir.
To’rtinchi   haqiqat   -   qiynoqlardan   qutilish   yo’li   mavjuddir.   Bu   yo’l   -
«Sakkizta   narsaga   amal   qilish,   to’g’ri   tushunish,   to’g’ri   harakat   qilish,   to’g’ri
muomalada bo’lish, fikrni to’g’ri jamlash». Bu yo’ldan borgan inson Budda yo’lini
tutadi.
Bu   sakkiz   narsaga   amal   qilish   meditasiya   deb   nomlanadi.   buddaviylik
ta’limoti asosan uch qismdan iborat: 1. Meditasiya; 2. Axloq; 3. Donolik.
1. Meditasiya:
To’g’ri tushunish;
To’g’ri niyat qilish;
To’g’ri o’zini tutish;
To’g’ri anglash; To’g’ri harakat qilish;
To’g’ri muomalada bo’lish;
To’g’ri fikr yuritish;
To’g’ri gapirish;
2. Axloq normalari - Budda «Pancha Shila» nasihati:
Qotillikdan saqlanish;
O’g’rilikdan saqlanish;
Gumrohlikdan saqlanish;
Yolg’on, qalbaki narsalardan saqlanish;
Mast qiluvchi narsalardan saqlanish;
Tushdan keyin ovqatlanishdan saqlanish;
O’yin - kulgudan saqlanish;
Zebu-ziynat, atir-upalardan saqlanish;
3.   Donishmandlik   -   bu   buddaviylikning   asosiy   maqsadi   bo’lib,   narsalar
tabiatini to’g’ri tushunish.
Ilk   buddaviylikning   dxarmalar   tabiati   haqidagi   mavhum   metafizik   asoslari
buddaviylikda   ikki   oqim   «Xinayana»   (kichik   g’ildirak)   va   «Maxayana»   (katta
g’ildirak) yuzaga kelishiga olib keldi.
Xinayana ta’kidlashicha dxarmalar tabiatini o’rganish va nirvanaga erishish
ma’naviy   yo’l   bilan   bo’ladi.   Bu   yo’l   juda   og’ir   va   faqat   monaxlargina   nirvana
holatiga etishi mumkin. Maxayana esa Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish
uchun   turli   jonzot   formasiga   kirishi   mumkin   va   hayot   zanjiridagi   barcha   uni
o’rganishi,   anglashi   mumkin   deydi.   Bu   narsa   cheksiz   Budda   ramlarini,   xudolarni
kelib   chiqishga   sabab   bo’ldi.   Bu   xudolarga   ishonish   yo’llari   barchaga   mumkin.
Shu sababli «Katta g’ildirak» deb nomlanadi.
Buddaviylikning   tarqalishi.   Buddaviylikning   yoyilishida   Sangxa   -
buddaviylik   jamoalarining   roli   katta   bo’lgan.   Ular   yilning   ob-havosi   yaxshi
bo’lgan   9   oyida   shaharma-shahar,   qishloqma-qishloq   yurib,   ular   aholisini
buddaviylikga da’vat qilib ularga Budda ta’limotini o’rgatib yurishgan. Faqatgina Musson yomg’irlari tinmay quygan 3 oydagina o’z ibodatxonalarida muqim bo’lib
ibodat bilan shug’ullanganlar.
Eramizdan   avvalgi   273-232   yillarda   hukmronlik   qilgan   Imperator   Ashoka
davri   buddaviylikning   keng   hududga   yoyilishiga   katta   imkoniyatlar   yaratdi.
Ashoka o’zining ilk hukmronlik paytidanoq buddaviylikka e’tiqod qila boshladi. U
buddaviylikka,   monaxlariga,   ularning   Hindiston   bilan   chegaradosh   davlatlarga
qilgan   missionerlik   harakatlariga   xayrixohlik   qildi.   Ular   o’z   da’vatlari   asosida
biron-bir   erlik   aholi   yoki   ruhoniylar   tomonidan   qarshilikka   uchrasalar,   ular   hech
qanday qarshi harakat qilmay, o’z yo’llarida davom etganlar. Agar mahalliy aholi
tomonidan   o’zlariga   nisbatan   xayrixohlik   sezsalar,   o’sha   erga   ko’proq   ahamiyat
berib, ularni ko’proq da’vat qilishgan.
Buddaviylik   jamoalari   har   qanday   boshqa   din,   madaniyat   yoki   urf-odatlar
qamrovida   yoki   aralashuvda   bir   necha   yuz   yillab   o’zlarini   saqlab   qolish,   hamda
fursat   kelganda   ularga   o’z   ta’sirlarini   o’tkazish   qobiliyatiga   egadirlar.   Ularni   bu
xususiyatlari   Hindistonda   musulmon   hukmdorlar   davrida,   Shri-Lankada
portugallar,   gollandlar   va   inglizlar   mustamlakasi   davrida,   Xitoy   va   Yaponiya
konfusiychilari   davrida,   Janubi-Sharqiy   Osiyoga   buddaviylikning   yoyilishida
yaqqol namoyon bo’lgan.
Shunday qilib, buddaviylik eramizdan avvalgi 1 ming yillik oxirlarida Shri-
Lankaga va O’rta Osiyo hamda Old Osiyoni o’z ichiga olgan Kushon imperiyasiga
kirib keldi. Bizning  diyorimizda olib borilgan  arxeologiya  qazish ishlari  asnosida
O’ratepa,   Dalvarzintepa,   Quva,   Zartepa,   Qorovultepa,   Ayritom   mavzelaridan
topilgan.   Shakyamuni   sanamlari,   hayvon   haykalchalari,   ramziy   g’ildiraklar   va
stupa qoldiqlarining guvohlik berishicha Kushon imperiyasida buddaviylikka katta
ahamiyat berilgan.
Buddaviylik   eramizning   I   asrida   Xitoyga,   IV   asrda   Koreyaga,VI   asrda
Yaponiyaga,VII   asrda   Tibetga,   XIII   asrdan   XVI   asrgacha   Mongoliyaga,   XVII
asrdan   XVIII   asrlargacha   Buryatiya   va   Tuvaga,   XIX-XX   asrlarda   Amerika   va
Yevropa qit’alariga kirib borgan. Xitoy   manbalarining   xabar   berishicha   buddaviylik   Xitoy   hududiga   kirib
borishida diyorimizdan borgan budda olimlarining xissasi katta bo’lgan. Taxminan
30   ga   yaqin   da’vatchi   olimlar   Xitoyning   turli   shaharlarida   budda   ta’limotini
yoyganlar. Xanuzgacha Samarqand, Buxoro, Shoshdan borgan budda olimlarining
maqbaralari muqaddas joy sanaladi. 
Buddaviylik   o’z   ta’limotida   hech   qachon   boshqa   xudolarga   sig’inishni
ta’qiqlamagan. Balki ularga ibodat qilish insonga vaqtincha tasalli berish mumkin.
Biroq,   nirvana   holatiga   olib   bormaydi   deb   aytgan.   Shu   sababli   buddaviylik
ta’limoti   turli   joylarda   yoyilishi   bilan   ular   ibodat   qilib   kelgan   xudolari   yoki
ulug’langan shaxslari timsollari ibodatxonalarni egallagan.
Masalan,   Hindistonning   buddaviylikka   mansub   xudolari   «dunyoni
yaratuvchi   Braxma»,   «chaqmoq   va   momaqaldiroq   xudosi   Indra»,
«hunarmandchilik   ishlari   xudosi   Xatimanu»,   Tibetda:   «Tibet   eposi   qahramoni
Baser» timsoli, Mongoliyada Chingizxon kabi milliy panteon buddaviylik ilohlari
sifatiga   aylandi.   Biroq   bu   panteonlar   Nirvana   holatiga   olib   bormaydi.   Faqatgina
Budda nirvanaga olib boradi va insonni qiynoqdan qutqaradi.
Buddaviylik   manbalari.   Buddaviylik   ta’limoti   bir   qator   devon   shakliga
keltirilgan   to’plamlarda   bayon   qilingan.   Ulardan   eng   asosiysi   Tripitaka   (yoki
Tipitaka) - uch savat ma’nosini anglatadi. U uch qismdan iborat bo’lganligi uchun
shunday   nom   bilan   atalgan.   buddaviylikning   bu   yozma   manbasi   hozirgi   davrda
Shri-Lankada saqlanib qolgan. U eramizning boshlarida shakllangan. Ular - budda
targ’ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari (sutta-pitaka), rahboniylik
axloqi   va   xonaqohlar   nizomlariga   bag’ishlangan   vinaya   matnlari   (vinaya-pitaka),
buddaviylikning   falsafiy   va   psixologik   muammolarini   bayon   qilib   berishga
bag’ishlangan   abxidxarma   matnlari(abxidxarma-pitaka)dan   iborat.   Keyinchalik
shakllangan   sanskrit,   xitoy,   tibet,   kxmer   va   yapon   tillaridagi   buddaviylikka   oid
adabiyotlar   ancha   keng   tarqalgan,   ammo   ularning   tarixiy   qiymati   kamroq.  Budda
hayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi Tripitakada jamlangan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasi.   –   T.:   O‘zbekiston,   20 20
yil .
2.               O‘zbekistonning   yangi   taraqqiyot   davrida   ta’lim-tarbiya   va   ilm-fan
sohalarini   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to’g’risida.   O’zbekiston     Respublikasi
Prezidentining Farmoni. PF-6108. 06. 11. 2020.
                    3.   Mirziyo y ev   SH.M.   Milliy   tiklanishdan   –   milliy   yuksalish   sari.   4-jild.
Toshkent, O‘zbekiston, 2020 yil. 456 bet.
4. Mirziyoyev   SH.M.   Niyati   ulug’   xalqning   ishi   ham   ulug’,   hayoti   yorug’   va
kelajagi farovon bo’ladi. 3-jild. Toshkent, O‘zbekiston, 2019 yil. 400 bet.
5. Len Woods. Handbook of World Religions. Barbour Publishing, Ohio. 2008.
–  266   p.
6. Dinshunoslik asoslari. О‘quv qо‘llanma / Ochildiyev A. va boshqalar.
–Toshkent:   “Toshkent   islom   universiteti”   nashriyot-matbaa   birlashmasi,   2013.   –
320 b.
7. Dunyo dinlari tarixi /  tuzuvchilar: S.Agzamxodjayev, D.Rahimjonov,
N.Muhamedov va b. – T.: ToshdSHI, 2011. – 262 b.
8. Osnovi   religiovedeniya:   Ucheb./   G.T.Tulemetova,   E.F.   Ibragimov   /
Otv.   red.   A.A.Xasanov.   –   2-ye   izd.,   pererab.   i.   dop.   –Izd.   «Toshkent   islom
universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi.  2015.  – 265 s.
9. Mo‘minov   A.,   Yo‘ldoshxo‘jayev   H.,   Rahimjonov   D.,   Komilov   M.,
AbdusattorovA.,   Oripov   A.   Dinshunoslik.   Darslik   /   Mas’ul   muharrir   akad.
Ibrohimov N.I. – T.:Mehnat, 2004. – 296 b.
10. Hasanov   A.,   Komilov   M.,   Uvatov   U.,   Azimov   A.,     Rahimjonov   D.,
Zohidov   Q.,   Islom   tarixi.   Darslik.     –   T.:   «Toshkent   islom   universiteti»   matbaa-
nashriyot birlashmasi, 2008.
11. Yo‘ldoshxo‘jayev   H. ,   Rahimjonov   D. ,   Komilov   M.   Dinshunoslik
ma’ruzalar   matni. – T.: ToshdSHI nashriyoti, 2000.
12. Mo‘minov   A.Q.   Dinshunoslik   asoslarini   o‘qitish   va   o‘rganishning
yagona   konsepsiyasi. – T.: ToshdSHI nashriyoti, 1999.

Jaxon dinlari, Buddizm. REJA 1.Buddizm. Buddizm ta’limoti – to’rt oliy xaqiqat, nirvana. 2.Buddizm axlokiy ta’limoti - “pancha-shila”. 3.Buddizmdagi oqimlar: maxayana, xinayana, lamaizm va x.k. 4.O’zbekist j n xududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi:

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari : keys-stadi, BBB, pinbord, dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Aqliy hujum, blits-so‘rov, munozara, o‘z-o‘zini nazorat. Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri-Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kombodje, Birma, Tayland, Laosda va qisman Yevropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar. Hozirgi kunda dunyoda buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar soni qanchaligi aniqlanmagan, chunki ko’pgina mamlakatlar huquq normalariga ko’ra qaysi dinga e’tiqod qiluvchilar soni qancha deb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan olinganda hozirgi kunda dunyoda buddaviylar soni 400 mln.ga yaqin bo’lib, ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir. Buddaviylik bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko’plab qonuniy manbalar va ko’p sonli diniy yo’nalishlar mavjuddir. Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan kirisha olishi bo’lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo’ldi. Buddaviylikni din yoki falsafa, ideologiya yoki madaniyat qonunlari to’plami yoki hayot tarzi deb baholash mumkin. Hozirgi buddaviylikka e’tiqod qilib kelayotgan sharq mamlakatlaridagi buddaviylik ta’limotini o’rganish u yerdagi siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy madaniyatini tushunishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Bu davlatlarda buddaviylik qoida va an’analari buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar nazarida

markaziy hukumat qonunlaridan ko’ra ustun turadi. Bu narsa zamirida buddaviylikning potensial kuchi yotadi. Buddaviylik asoschisining shaxsi. Buddaviylik asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Bu ko’plab buddaviylik bilan shug’ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi folklor va badiiy Adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma’nolari quyidagicha: Siddxartxa - shaxsiy ismi, Gautama - urug’ ismi, Shakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqqan donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - shunday qilib shunday ketgan, Djina - g’olib, Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo’lib, shu ismdan uning diniga buddaviylik (buddizm, buddiylik) nomi berilgan. Hozirgi kunda Buddaning beshta biografiyasi ma’lumdir: «Maxavostu» - eramizning II asrida yozilgan, «Lalitavistara» - eramizning II-III asrlarida yuzaga kelgan, «Buddaxacharita» - Budda faylasuflaridan biri Ashvagxoshey tomonidan eramizning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» - eramizning 1-asrida yozilgan va «Abnixishkramansutra». Bu biografiyalar orasidagi asosiy ziddiyat Buddaning qaysi yillarda yashaganligi xususidadir. Ular eramizdan avvalgi IX-III asrlar orasidagi turli muddatlarni ko’rsatadilar. Rasmiy buddaviylik hisobiga ko’ra esa Butama - Budda er. av. 623 yilda tug’ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq, ko’pchilik tadqiqotchilar uning tug’ilishi er. av. 564 yilda, o’limi esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba’zan 560 - 480 deb to’liq sonlar bilan ko’rsatadilar. Yuqorida zikr qilingan biografiyalarda Buddaning haqiqiy hayoti bilan uning afsonaviy hayoti o’zaro qorishib ketgan. Siddxartxa Shakya qabilasining podshohlaridan biri Shuddxodananing o’g’li edi. Uning saroyi Ximolay tog’lari etagida Kapilavasti degan qishloqda bo’lgan. (Hozirda Nepal hududida). Onasi - malika Mayya. Podshoh o’g’lini orzu havaslar og’ushida tarbiyalar, uni hech bir kamchiliksiz katta qiladi. Ulg’ayib qo’shni

podshohlardan birining qizi Yashadxaraga uylanadi va o’g’il ko’rib, unga Raxula deb ism qo’yadi. Hech bir qiyinchilik va kamchilik ko’rmay o’sgan bola Siddxartxa ittifiqo qarigan cholni, bemorni, og’ir mehnatli bir rohibni uchratadi. Bundan qattiq ta’sirlagan shahzoda insoniyatni qiyinchilik va azobdan qutqarish yo’llarini axtarib saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda edi. U beshta rohibga ko’shilib, ular bilan qishloqma-qishloq kezib yuradi. Ko’p vaqt bu rohiblarga hamrohlik qilib, ularning yo’llarida ma’lum maqsad yo’qligini va bu yo’l o’z oldiga qo’ygan maqsadi - insoniyatni azob uqubatdan qutqarishga olib bormasligini anglaydi va rohiblar jamoasidan ajraladi. U chakalakzor o’rmonlarda kezib, charchab bir daraxti tagida dam olish uchun o’tiradi va o’ziga toki haqiqatni topmaguncha shu yerdan turmaslikni va’da beradi. Bu o’tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen haqiqatni topding» degan sado keladi. Shu paytda uning ko’z oldida butun borliq namoyon bo’ladi. U hamma joyda shoshilish, qayoqqadir intilishni ko’radi. Hech bir joyda osudalik yo’q edi. Hayot nihoyasiz uzoqlikni ko’zlab o’tib ketayotgan edi. Inson aqli etmas bir kuch - Krishna - yashash, mavjud bo’lish umidi barchaning tinchini buzar, halok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligin angladi. Shu ondan u Budda - nurlangan deb ataldi. Utagidao’tirgandaraxtesa - nurlangandaraxtdebatalaboshladi. Budda o’zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog’ida, o’zining besh rohib do’stlariga qildi va o’shalar uning birinchi shogirdlari bo’ldilar. Shu kundan boshlab Budda o’z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib o’z ta’limotni tarqatib o’ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o’z ta’limotini Hindistonning turli joylariga etkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o’tdi. Uning jasadi hind udumiga ko’ra u yerda kuydirilib, uning xoki 8 ta budda jamoalariga bo’lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona barpo etdi.

Buddaning hayoti haqida turli afsonalar ham to’qilgan. Bu afsonalarda aytilishicha, Budda ko’p yillar davomida er yuzidagi turli mavjudotlar qiyofasida qayta tug’ilgan: 84 marta ruhoniy, 58 marta podshoh, 24 marta rohib, 13 marta savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g’oz, 6 marta fil shuningdek baliq, qurbaqa, kalamush, quyon kabi qiyofalarda qayta tug’ilgan. Jami 550 marta qayta tug’ilgan. U doimo qayerda, qay qiyofada tug’ilishini o’ziga o’zi belgilagan. So’nggi marta uni xudolar insoniyatni to’g’ri yo’lga boshlashi uchun inson qiyofasida yaratganlar. Bu afsonalarning ba’zilariga ko’ra er yuzida Gautamaga qadar 6 ta budda o’tgan. Shuning uchun buddaviylikning ba’zi muqaddas joylarida 7 ta ibodatxona barpo etilgan. 7 ta Botxa daraxti o’tkazilgan. Ba’zi afsonalar 24 ta Budda avlodi o’tgan desa, ba’zilari minglab Buddalar o’tgan deb da’vo qiladi. Buddaviylik ta’limoti. Buddaviylik qadimiy Hind diniy - falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan, amaliyot va nazariyotdan iborat diniy tizim dir. Uning asosi «Hayot - bu azob, uqubatdir» va «najot yo’li mavjud» degan g’oyadir. buddaviylik qonuniyatlariga ko’ra inson o’ziga moslashgan mavjudot bo’lib, o’zida tug’iladi, o’zini o’zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu narsa Buddaning ilk da’vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o’z ifodasini topgan. Birinchi haqiqat - «Azob uqubat mavjuddir». Har bir tirik jon boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday hayot - qiynoq, azob-uqubatdir. Tug’ilish - qiynoq, kasallik - qiynoq, o’lim - qiynoq, yomon narsaga duch kelish - qiynoq, yaxshi narsadan ayrilish - qiynoq, yomon narsadan ayrilish - qiynoq, o’zi xohlagan narsaga ega bo’lmaslik - qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog’liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun buddaviylik dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi. Buddaviylik ta’limotiga ko’ra, har qanday narsa yoki hodisa u hoh moddiy yoki ma’naviy bo’lsin Dxarma (element)lardan tuzilgan. Bu elementlar o’z xususiyatiga ko’ra harakatsiz bo’lib, ularni harakatlantiruvchi kuch insonning xayollar va so’zlaridir. Ob’ektiv haqiqat bu doimiy ravishda o’zgarib turuvchi Dxarmalar oqimidir. Harakatdagi Dxarmalar mavjudligining 5 formasini yaratadi: