logo

Jaxon dinlari xristianlik

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

114.7548828125 KB
Jaxon dinlari: xristianlik
REJA:
1.   Xristianlik.   Xristian   iloxiyoti.   YAkka   xudoning   uch   kiyofasi:   Ota-xudo,
Ugil-xudo, Mukaddas rux. 
2. Xristianlikdagi   asosiy   okimlar   -   ortodoks   (pravoslavie),   katolitsizm,
protestantizm.
3.   Xristianlikning Urta Osiyoga kirib kelishi. Qo‘llaniladigan   ta’lim   texnologiyalari :   keys-stadi,   BBB,   pinbord,   dialogik
yondoshuv,  muammoli  ta’lim.  Aqliy  hujum,  ajurali   arra,  baliq  skeleti,   munozara-
dibat  
Xristianlikning vujudga kelishi. Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari
qatorida   jahon   dini   hisoblanadi.   Bu   din   o’ziga   e’tiqod   qiluvchilarning   soni
jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e’tiqod qiluvchilarning
soni 1 mlrd. 600 mln. bo’lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to’g’ri
keladi.
Xristianlik   asosan   Yevropa,   Shimoliy   va   Janubiy   Amerika,   Avstraliya
qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining
sharqiy qismida tarqalgan.
Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin
yerlarida   vujudga   keldi.   Iso   Masih   (Iisus   Xristos)   Bibliyaning   xabar   berishiga
ko’ra,   xristianlik   ta’limotining   asoschisi   bo’lib,   u   Rim   imperiyasi   tashkil
topganining   747   yili   Falastinning   Nazaret   qishlog’ida   bokira   qiz   Maryamdan
Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning
dunyoga kelishi bilan bog’liq.
Eramizning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi  bilan bog’liq
og’ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning
joylardagi   noiblari,   ikkinchi   tomondan   Falastin   podshohi   Irod   Antipa,   uchinchi
tomondan   esa   ruhoniylar   xalqni   turli   soliqlar   va   majburiyatlar   bilan   ko’mib
tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o’rtasida kutilayotgan xaloskorning
kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo’ldi. Ular xalqni
kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih
yahudiylikni   isloh   qilish   va   uni   turli   xurofotlardan   tozalash   g’oyasi   bilan   chiqib,
xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg’in
qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar.
Isoning   tarixiyligi   xususida   diniy   va   diniy   bo’lmagan   manbalar   orasida
ixtilof   mavjud:   xristianlik   manbalari   Isoning   o’zi   xudo   bo’la   turib,   insoniyatning
gunohlarini   o’ziga   olish   uchun   odam   qiyofasida   tug’ilganini,   uning   tarixiy   shaxs ekanini   ta’kidlab,   uning   hayot   tarzini,   insonlar   bilan   muloqoti   haqidagi   keng
ma’lumotlarni   bersada,   diniy   bo’lmagan   manbalarda   Isoning   nomi
uchramaganligini   nazarda   tutib,   u   tarixiy   emas,   balki   afsonaviy   shaxsdir
deguvchilar ham bor.
Iso   nomiga   qo’shiluvchi   Masih   so’zi   qadimiy   yahudiy   tili   -   ivritdagi
«moshiax»   so’zidan   olingan   bo’lib,   «silangan»   yoki   «siylangan»   ma’nolarini
beradi.   Grekchada   bu   so’z   «xristos»   («christos»)   shakliga   ega.   Bu   dinning
«xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so’zlar bilan bog’liq. Bundan
tashqari   xristianlik   Iso   Masihning   tug’ilgan   qishlog’i   -   «Nazaret»   bilan   bog’lab,
nazroniyya deb ham atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini
olgan.
Iso   Masih   o’z   ta’limotini   o’zining   12   o’quvisi   Apostollar   -   Havoriylarga
o’rgatdi.   Ular   esa   Isoning   vafotidan   keyin   ustozlarining   talimotlarini   har   birlari
alohida-alohida   tarzda   kitob   shakliga   keltirdilar.   Bu   kitoblar   Bibliyaning   «Yangi
ahd» qismini tashkil etadi.
Xristianlikning   ta’limoti.   Manbalar   xabar   berishicha,   xristianlik   yahudiy
muhitida   yuzaga   kelgan.   Bu   esa   xristianlikning   yahudiylikdan   ko’p   jihatdan
ta’sirlanishiga sabab bo’ldi. Xristianlikning asosiy g’oyasi - Isoning odamzodning
xaloskori   «messiya»   ekanligi   yahudiylikda   mavjud   bo’lib,   oxiratga   yaqin   kelishi
kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.
Keyinchalik   bu   ta’limot   Xudoning   mujassamlanishi   yoki   Isoning   ikki
mohiyati - odam mohiyati, xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya’ni Isoning
o’zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqiqatdagi ta’limot bilan mustahkamlanadi.
Xristianlik muqaddas ruh ota-xudo, o’g’il-xudo va muqaddas ruh - uch yuzlik xudo
to’g’risidagi   ta’limot,  jannat  va   do’zax,  oxiratda  go’yo  dunyoning  oxiriga  borish,
Isoning qaytishi haqida va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi.
Xristian   jamoasining   shakllanishi,   uning   aqidalarini   tartibga   solinishi,
cherkov   munosabatlarining   ishlab   chiqilishi,   diniy   tabaqalar   tuzumining   vujudga
kelishi   eramizning   IV  asr   boshlarida   324  yili   xristianlik   Rim   imperiyasida   davlat
dini deb e’lon qilinganidan so’ng amalga oshdi. 325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Lisiniya imperiya hududidagi
xristian jamoalarini o’zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikey shahrida
I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam
Xristian Sobori bo’lib o’tdi. Bu soborlarda xristianlik ta’limotining asoslari  qabul
qilindi va bu asoslar 12 qismda ifodalandi.
Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida so’z yuritiladi.
Ikkinchi   qismda   Xudoning   o’g’li   Isus   Xristosga   imon   keltirish   haqida   so’z
boradi.
Uchinchi   qismda   ilohiy   mujassamlashuv   haqida   so’z   yuritilib,   unga   ko’ra,
Iso Xudo bo’la turib, bokira Bibi Maryamdan tug’ilgan va inson qiyofasiga kirgan.
To’rtinchi  qismda Isoning azob-uqubatlari  va o’limi haqida so’z ketadi. Bu
gunohlarning   kechirilishi   haqidagi   aqidadir.   Bunda   Isoning   tortgan   azoblari   va
o’limi   tufayli   Xudo   tomonidan   insoniyatning   barcha   gunohlari   kechiriladi   deb
e’tiqod qilinadi.
Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so’ng uch kun o’tib qayta
tirilganligi haqidagi aqida keladi.
Oltinchi qismda Isoning meroji haqida so’z yuritiladi.
Ettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba erga qaytishi) haqida so’z
yuritiladi.
Sakkinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasidadir.
To’qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida.
O’n birinchi qism o’lganlarning ommaviy tirilishi haqida. 
O’n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so’z yuritiladi.
Xristianlikning   bundan   keyingi   falsafiy   va   nazariy   rivojida   avliyo
Avgustinning   ta’limoti   katta   rol   o’ynadi.   Beshinchi   asr   bo’sag’asida   u   dinning
bilimdan   afzal   ekanligini   targ’ib   qila   boshladi.   Uning   ta’limotiga   ko’ra,   borliq
inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug’ va qudratli
YAratuvchining irodasi yashiringan. Avgustinning   taqdir   haqidagi   ta’limotida   aytilishicha,   Xudoga   imon
keltirgan   har   bir   kishi   najot   topganlar   safidan   o’rin   egallashi   mumkin.   CHunki
imon taqdir taqozosidir.
Xristianlikdagi   oqimlar.   Xristian   cherkovining   Katolik   va   Pravoslav
cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida
etakchilik   uchun   olib   borgan   raqobati   oqibatida   vujudga   keldi.   Ajralish   jarayoni
Rim   imperiyasining   g’arbiy   va   sharqiy   tafovutlari   o’sib   chuqurlashib   borayotgan
asrlardayoq boshlangan  edi. 867 yillar  orasida  Papa Nikolay va Istanbul  patriarxi
Fetiy   orasida   uzil-kesil   ajralish   ro’y   berdi   va   bu   ajralish   1054   yili   rasman   tan
olindi.
XVI   asr   boshlarida   katolisizmdan   bir   necha   Yevropa   cherkovlari   ajralib
chiqishi   natijasida   xristianlikda   protestantlik   harakatlari   vujudga   keldi.   Buning
doirasida   lyuteranlik,   baptizm,   anglikanlik   va   kalvinizm   cherkovlari   shakllandi.
Bular   bir   cherkovning   asosiy   marosimlari   jihatidan   o’zlariga   xos   bo’lgan
tomonlarga   ega   bo’lish   bilan   bir   qatorda,   bular   ham   o’z   navbatida   bir   necha
yo’nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo’lindi. 
1. Pravoslav oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan
biri   o’laroq,   tarixan   uning   sharqiy   shahobchasi   sifatida   ro’yobga   chiqdi   va
shakllandi.   Bu   oqim   asosan   Sharqiy   Yevropa,   YAqin   Sharq   va   Bolqon
mamlakatlarida   tarqalgan.   Pravoslav   atamasi   yunoncha   ortodoksiya   so’zidan
olingan  bo’lib,  ilk  davr   xristian   yozuvchilari   asarlarida  uchraydi.  Pravoslaviening
kitobiy   asoslari   Vizantiyada   shakllandi,   chunki   bu   yo’nalish   u   yerdagi   hukmron
din edi.
Muqaddas  kitob bo’lmish  Injil  va muqaddas  o’gitlar  IV-VIII  asrlardagi  etti
butxona   Soborlarining   qarorlari,   shuningdek   Afanasiy   Aleksandriyskiy,   Vasiliy
Velikiy,   Grigoriy   Bogoslov,   Ioann   Damasskiy,   Ioann   Zlatoust   kabi   yirik   cherkov
xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan.
Xristianlikning   Sharqiy   tarmog’i   bo’lmish   pravoslaviyaning   rivojlanishi
jarayonida   14   Mustaqil   (avtokefal)   cherkovlari:   Konstantinopol,   Aleksandriya, Antioxiya,   Quddus,   Rus,   Gruziya,   Serb,   Rumin,   Bolgar,   Kipr,   Ellada,   Albaniya,
Polsha, Chexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan.
Pravoslav   oqimida   sirli   rasm-rusumlar   muhim   o’rin   egallaydi.   Cherkov
ta’limotiga ko’ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar
nozil bo’ladi.
CHo’qintirish   -   sirli   hodisasi.   Bunda   dindor   o’z   tanasini   uch   marta   suvga
botirishi Xudo-otani, O’g’ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug’ilishni
kasb etadi.
Badanga eleyni surkash ham sirli bo’lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning
ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi .
Poklanishning   sirliligi.   Unda   dindor   non   va   vino   ko’rinishida   o’z   badanida
Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.
Nadomatning   sirliligi   shundaki,   dindor   o’z   gunohlarini   din   peshvosi   oldida
tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.
Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko’tarish uchun
episkopning   qo’lini   o’sha   shaxs   badaniga   tegizishi   (yoki   qo’yishi)   orqali   amalga
oshiriladi.
Badanni eley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni
tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.
Pravoslav   cherkovi   bayramlar   va   diniy   marosimlarga   alohida   ahamiyat
beradi. Post diniy marosimi odatda, katta cherkov bayramlaridan oldin o’tkaziladi.
Postning   mohiyati   inson   ruhini   tozalash   va   yangilash,   diniy   hayotning   muhimi
voqealariga tayyorgarlikdan iborat.
Rus Pravoslaviyasining ko’p kunlik postlari to’rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va
Pavel kuni oldidan, Bogorodisa uyqusidan oldin va Iso tug’ilgan kundan oldin.
Buyuk   bayram   ichida   Pasxa   birinchi   o’rinda   turadi.   Pasxa   Isoning
o’lganidan   so’ng   qayta   tirilganini   nishonlab   o’tkaziladigan   bayram.   U   yilning   22
aprelidan   may   oyining   birinchi   yakshanbasigacha   o’tkaziladigan   bayram.   U
«Otsovskiy   den»dan   avval   o’tkaziladi.   Pasxaning   tarixi   yahudiylikdagi   pesax
bayrami   bilan   bog’liq   bo’lib,   u   yahudiylarning   Misrdan   qochib   chiqishi   va ozodlikka   erishishini   nishonlanishidir.   Xristianlik   yahudiylikdan   to’la   ajralib
chiqqach pasxa yangicha tus olgan.
Pasxadan so’ng pravoslav dinining o’n ikki kunlik o’n ikki muhim bayrami
boshlanadi.   Ular:   Iso   tug’ilishi,   Sretenie,   Isoni   cho’qintirish,   Preobrajenie,
Quddusga kirish, Isoning osmonga ko’tarilishi, Troisa Muqaddas butning osmonga
ko’tarilishi, Blagoveùanie (Injilning nozil bo’lishi), Rojdestvo Bogorodisû (Isoning
xochga osilishi) va hakozo.
2. Katolik oqimi. Xristianlikning yirik yo’nalishlaridan  biri  katoliklardir. U
Yevropa,   Osiyo,   Afrika   va   Lotin   Amerikasi   mamlakatlarida   tarqalgan   bo’lib,
muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi. 
Katolisizm umumiy, dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai -
uncha   katta   bo’lmagan   Rim   Xristian   jamoasi   bo’lib,   rivoyatilarga   ko’ra   uning
birinchi Episkopi apostol Petr bo’lgan.
Katolisizmda   Bibliyani   sharhlash   huquqi   faqatgina   ruhoniylarga   beriladi,
chunki   ular   uylanmaslik   haqidagi   diniy   talabga   amal   qiladilar.   Diniy   ibodatlar
dabdabali   va   sohtalashtirilgan   ko’rinishga   ega,   diniy   o’qish,   duo,   iltijolar   lotin
tilida   olib   boriladi.   provslaviyadagi   kabi   katolisizmda   ham   farishta,   ikona,   ilohiy
kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig’inish odatlari mavjuddir.
Katolisizm   xristianlikning   yo’nalishlaridan   biri   sifatida   uning   asosiy   aqida
va qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta’limot, sig’inish va tashkiliy masalalarda bir
qator xususiyatlar bilan ajralib turadi.
Katolik   diniy   ta’limotning   asosini   Muqaddas   kitob   va   Muqaddas   yozuvlar
tashkil   qiladi.   Biroq   Pravoslav   cherkovidan   farqli   o’laroq   katolik   cherkovi
Muqaddas   yozuvlar   deb   nafaqat   avvalgi   etti   Butun   Olam   Xristian   Soborlarining
qarorlarini,   balki   hozirgacha   bo’lib   o’tgan   barcha   Soborlar   qarorlarini,   bundan
tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi.
Katolik   cherkovi   tashkiloti   qat’iy   markazlashuv   bilan   ajralib   turadi.   Rim
papasi bu cherkovning boshlig’i. U diniy axloq masalalariga oid qonun-qoidalarni
belgilaydi. Uning hokimiyati dunyoviy soborlar xokimiyatidan yuqori turadi.  Katolik cherkovining markazlashuvi  jumladan diniy ta’limotni  noan’anaviy
tahlil qilish (sharhlash) huquqida aks etgan dogmatik taraqqiyot tamoyilini keltirib
chiqaradi.   Masalan,   Pravoslav   cherkovi   tomonidan   tan   olingan   diniy   ramzda
ta’kidlanishicha, Muqaddas ruh ota xudodan kelib chiqadi. Katolik aqidasiga ko’ra
esa Muqaddas ruh ota xudodan va o’g’il xudodan kelib chiqadi. Cherkovning najot
borasidagi   roli   haqida   ham   o’ziga   xos   alohida   ta’limot   shakllangan.   Najotning
asosi imon va xayrli ishlar hisoblanadi. Cherkov, Katolik ta’limotiga ko’ra, xayrli
zaruriy ishlar xazinasiga Iso tomonidan yaratilgan «Xayrli ishlar zaxirasiga» ega.
Cherkov   Iso,   Bibi   Maryam,   Muqaddas   Ruh   nomidan   bu   xazinani   tasarruf
qilish,   undan   muhtojlarga   ulashish,   ya’ni   gunohlarni   avf   etish,   nadomat
chekuvchilarga pul yoki tufha evaziga avf - kechirim tufha qilish huquqiga ega. Pul
evaziga   yoki   cherkov   oldidagi   xizmatlari   uchun   gunohlarini   kechirish   -
indulgensiya haqidagi ta’limot mana shundan kelib chiqqan.
A’rof   haqidagi   (do’zax   va   jannat   oralig’idagi   mavze)   aqida   faqat   katolik
ta’limotida   mavjud.   Gunohi   katta   bo’lmagan   gunohkorlarning   ruhi   u   yerda   o’tda
kuyadi   (ehtimol   bu   vijdon   va   nadomat   azobining   ramziy   in’ikosidir),   keyin
jannatga   yo’l   topadi.   Ruhning   a’rofda   bo’lish   muddati   xayrli   ishlar   tufayli
qisqartirilishi   (ibodat   va   cherkov   foydasiga   xayr-ehson   qilish   bilan)   mumkin.   Bu
ibodat va xayr ehsonlar o’lganlar xotirasiga yaqinlar tomonidan qilinadi.
A’rof   haqidagi   ta’limot   I   asrdayoq   paydo   bo’lgan   edi.   Pravoslav   va
Protestant cherkovlari a’rof haqidagi ta’limotni rad etadi.
Bundan   tashqari,   pravoslav   dini   ta’limotidan   farqli   o’laroq,   katolik
yo’nalishida papaning begunohligi haqidagi aqida ham bor. Bu aqida 1870 yildagi
birinchi   Vatikan   soborida   qabul   qilingan.   Farb   cherkovining   Bogorodisaga
nisbatan   alohida   e’tibori   1950   yilda   papa   Piy   XII   tomonidan   kiritilgan,   Bibi
Maryamning meroji haqidagi aqidada o’z aksini topdi. Katolik ta’limoti pravoslav
ta’limoti kabi etti asrorni tan oladi, biroq bu asrorlarni talqin qilinishidan qarashlar
mos   kelmaydi.   Masalan,   pricheshenie   (tamaddi)   qilish   qattiq   non   bilan,
(pravoslavieda bo’ktirilgan non bilan) dunyoviy (miryane)larga non va vino bilan shuningdek   faqat   non   bilan   amalga   oshiriladi.   CHo’qintirish   sirini   o’tash   paytida
suv sepiladi (cho’qintiriluvchiga), muz ostidagi suvga cho’ktirilmaydi.
Miropomazanie   (cho’qinuvchining   peshonasiga   eley   surkash)   etti-sakkiz
yoshlarda   amalga   oshiriladi,   go’dakligida   emas.   Bunda   o’spirin   (bola)   yana   bitta
ismga   ega   bo’ladi.   Bunda   u   o’sha   avliyoning   qilmishlari   va   g’oyalarini   maqsad
qilib qo’yadi. Shunday qilib, bu rusumning ijro etilishi  imon mustahkamlanishiga
xizmat qilishi zarur.
Pravoslavlarda   nikohsizlik   rusumini   faqat   qora   ruhoniylik   qabul   qiladi.
Katoliklarda  esa  nikohsizlik  (selibat)   Papa Grigoriy  VII   tomonidan  joriy  qilingan
qoidaga ko’ra barcha ruhoniylar uchun majburiydir.
Din markazi - ehromdir. Dinning muhim elementlari cherkovga qatnovchilar
hayotining maishiy asoslarini tartibga soluvchi bayramlar, shuningdek postlardir.
Milodiy   post   katoliklarda   advent   deb   ataladi.   U   Avliyo   Andrey   kunidan
keyingi   birinchi   yakshanbada   -   30   noyabrda   boshlanadi.   Ular   uch   ibodat   bilan:
yarim   tundagi,   ertalabki   va   kunduzgi   ibodat   bilan   nishonlanib,   Bibi   Maryam
homilador   bo’lishi,   Isoning   tug’ilishi   va   dindorning   qalbida   bo’lishi   kabi   ramziy
ma’noni   anglatadi.   O’sha   kuni   tazim   qilish   uchun   ehromlarda   go’dak   Isoning
figurasi qo’yilgan yaslilar o’rnatiladi.
Katolik ierarxiyasida uch darajadagi ruhoniylar bor: diakon, ruhoniy (kyure,
pater,   kendz)   Episkop.   Episkopni   papa   tayinlaydi.   Papani   kardinal   kollegiya
saylaydi. Bunda umumiy ovozning uchdan ikki qismi plyus 1-ovoz (yashirin ovoz
berish   yo’li   bilan)   II   Vatikan   soborida   (1962-1965   yillar)   cherkov   hayotining
barcha   jabhalarini   yangilash,   zamonaviylashtirish   jarayoni   boshlandi.   Birinchi
navbatda   ibodat   an’analariga   tegishli   bo’ldi.   Masalan,   ibodatni   lotin   tilida   olib
borishdan voz kechildi.
3. Protestantizm oqimi. Protestanizm  tarixi Martin Lyutyerdan (1483-1546)
boshlanadi.   U   birinchi   bo’lib   katolik   cherkovi   bilan   aloqani   uzdi   va   protestant
cherkovining   asosiy   qoidalarini   ishlab   chiqdi   va   uni   himoya   qildi.   Bu   nizomga
ko’ra,   insonning   Xudo   bilan   bevosita   muloqoti   mumkin.   Lyuterning   diniy   va
dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson   bilan   Xudo   o’rtasidagi   vositachi   sifatida   nazorat   qilish   haqidagi
mulohazalarga   qarshi   chiqishi   jamoatchilik   tomonidan   favqulodda   diqqat   bilan
tinglandi.
Protestantizmning   mohiyatiga   ko’ra,   ilohiy   lutfu   marhamat   insonlarga
cherkovning   vositasisiz,   bevosita   in’om   etiladi.   Inson   najot   topishi   uning   shaxsiy
e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro’y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi,
ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Protestantlik   diniy   marosimlarning   ko’pchiligini   bekor   qildi,   faqatgina
lyuteranlikda non va vino bilan cho’qintirish saqalanib qoldi.
O’lganlarga bag’ishlangan duo o’qish, aziz-avliyolarga sig’inish, muqaddas
murdalarga,   sanamlarga   topinish   bekor   qilindi.   Ibodat   uylari   ortiqcha
hashamlardan,   mehroblardan,   sanamlar,   haykallardan   tozalandi,   ruhoniylarning
uylanmaslik   shartlari   bekor   qilindi.   Bibliya   milliy   tillarga   tarjima   qilindi,   uni
sharhlash har bir xudojo’yning eng muhim burchi bo’lib qoldi.
Asrorlardan faqat cho’qinish va mansublik (cherkovga) e’tirof etiladi. Ibodat
va’z-nasihatlar,   birgalikdagi   ibodat   va   suralarni   kuylashdan   iborat   bo’ldi.
Protestantlar Bogorodisa shaxsiyatini, a’rofni tan olmaydilar.
M. Lyuter tomonidan tuzilgan reformasiya bosh taomillari 95 tezis shaklida
yozib bergan. Ular Vittenbergning Nasriy cherkovining shimoliy eshiklariga yozib
qo’yilgan.   Mana   shu   tezislardan   biri:   Iso   payg’ambar:   «Tavba   qiling,   chunki
samoviy   shohlik   yaqinlashib   qoldi»   deb   jar   solganida   shuni   ta’kidlaydiki,   imon
keltirganlar   hayoti   boshdan-oyoq   to’xtovsiz   tavba-tazarrudan   iborat   bo’lmog’i
darkor.
Tavba-tazarru   ruhoniy   (avliyo)   oldidagi   birgina   tazarrudan   iborat   emas.
Birinchi to’rt tezisda, Lyuter ta’kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir,
birgina xatti-harakat bilan ro’yobga chiqmaydi.
Papa faqat o’zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. Cherkov hech qaysi
samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun
joriy   qilinadi   (belgilanadi).   Bu   yerda   va   keyingi   bir   qancha   tezislarda   papaning
a’rof ustidan hukmronligi rad etiladi. «Ruhlar   uchun   indulgensiya   olgan   shaxslarga   tavbu-tazarru   qilish   talab
qilinmaydi»,   degan   ta’limot   Iso   ta’limoti   emas.   Chindan   tavba   qilgan   kishilarni
Xudo   gunohlarini   kechadi   va   abadiy   azobdan   ozod   qiladi.   Gunohkor   papa
yorlig’isiz ham bunday mag’firatdan umid qilishi mumkin.
Lyuter   bir   necha   tezislarda   ta’kidlaydiki,   chindan   tavba   qilgan,   nadomat
chekkan xristian (nasoro) «samoviy jazoga shoshilmaydi, ya’ni unga samoviy jazo
joriy etilmaydi».
Cherkovning   haqiqiy   xazinasi   muqaddas   Injil   va   xudo   marhamatidir.
Lyuterning ta’kidlashicha,  «xayrli  amallar  xazinasi»ning mavjudligi  kambag’allar
uchun   emas   boylar   uchun   foydalidir,   bu   xazinalarga   papa   marhamati   bilan   emas,
o’z   amallari   bilan   erishuvi   mumkin.   Bu   xil   vositalar   bilan   Xudoning   mehrini
qozonmoqni Lyuter sarob deb ataydi.
Haqiqiy   xristian   Isoga   ergashish   istagi   bilan   yonmog’i   zarur.   Najot   yo’li
ruxsatnoma   yorlig’ida   emas,   balki   chin   yurakdan   nadomat   chekmoq   va   tavba
qilmoqdadir.
1517   yili   31   oktyabrda   jamoatchilik   hukmiga   havola   qilingan   tezislar
shundan iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo’lib qoldi.
Kalvinizm.   Diniy   islohotning   boshqa   bir   yirik   arbobi   Jan   Kalvin   (1509-
1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan «Xristian dinidagi ko’rsatmalar» degan
bosh   asari,   protestantizm   ta’limot   sifatida   shakllanganidan   keyin   yangi   bir   diniy
yo’nalish - kalvinizmning asosi bo’lib qoldi.
Dastlabki   islohot   arboblaridan   farqli   o’laroq,   Kalvin   uchun   diqqat   markazi
Injil   emas   Tavrot   bo’lib   qoladi.   Kalvin   absolyut   taqdir   haqidagi   ta’limotni   ishlab
chiqdi.   Bu   ta’limotga   ko’ra,   barcha   odamlar   xudoning   biz   uchun   noma’lum
bo’lgan   irodasiga   asosan   mag’firat   qilinganlar   va   mahkum   etilganlar   toifasiga
bo’linadi.   Inson   va   imon,   na   «xayrli   ishlar»   bilan   taqdirga   yozilganni   o’gartira
olmaydi:   mag’firat  qilinganlar  najotga  mahkum,  mag’firatdan  mahrum   bo’lganlar
esa   abadiy   azobga   mahkumdirlar.   Taqdir   haqidagi   ta’lim   shunday   asosga
qurilganki,   Iso   ham   bizning   gunohlarimiz   uchun   azobu   uqubatlarga   giriftor
qilingan edi. Protestant   cherkovining   kalvinistik   yo’nalishdagi   davomchilari   (kalvinistlar
yoki   reformatorlar)   Shotlandiya,   Gollandiya,   Shimoliy   Germaniya,   Fransiya,
Angliyada keng obro’ga va ta’sirga ega edilar.
Presviterianlar.   Presviterianlik   kalvinistik   cherkovdan   kelib   chiqqan   bo’lib,
(yunoncha   eng   eski)   mo’’tadil   puritanlardir.   1592   yili   Shotlandiya   parlamenti   bu
ta’limotni   asosiy   mafkura   deb   hisoblash   haqida   qaror   qabul   qilgan.   Bu   jamoa
boshida uning a’zolari tomonidan saylangan presviter turadi. Jamoalar mahalliy va
davlat   ittifoqlariga   birlashadi.   Diniy   marosim   ibodat,   presviterning   mav’izasi,
oyatlarni   kuylashdan  iborat. Liturgiya  bekor  qilgan,  na «din  ramzi»  va  na «otche
nash» o’qilmaydi. Faqat dam olish kunlari bayram kuni deb hisoblanadi.
Anglikan   cherkovi.   Anglikan   cherkovi   -   Angliyaning   davlat   cherkovi   1534
yilda   mahalliy   katolik   cherkovi   Rim   qiroli   Genrix   VIIIni   cherkov   boshlig’i   deb
e’lon   qildi,   ya’ni   cherkov   qirol   hokimiyatiga   bo’ysundirildi.   XVI   asr   o’rtalariga
kelib   ibodatni   ingliz   tilida   olib   borish   joriy   etildi,   postlar   bekor   qilindi,   but   va
sanamlar   olib   tashlandi,   ruhoniylar   uylanmasligi   majburiy   bo’lmay   qoldi.
«Mo’’tadil   yo’l»   ta’limoti,   ya’ni   Rim   katolisizmi   va   protestanizm   orasidagi
o’rtacha   yo’l   shakllandi.   Anglikan   diniy   ta’limoti   «Umumiy   ibodatlar   kitobi»da
aks ettirilgandir.
Baptizm. Protestant  ta’limotining eng ko’p sonli  davomchilari  baptistlardir.
Baptizm   (yunoncha   «suvga   cho’ktirish»)   XVII   asr   boshlarida   vujudga   kelgan
bo’lib,   hozirgi   kunda   dunyoning   130   mamlakatida   o’z   tarafdorlariga   ega.   Bu
ta’limot   tarafdorlari   faqat   o’spirinlarnigina   cho’qintirishga   olib   boradilar.   «Hech
kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni
ongli   ravishda   o’zi   ixtiyor   qilmog’i   zarur»,   degan   qoida   baptistlar   va   zabur
xristianlarining asosiy qoidasidir, ularda ibodat o’ta soddalashtirilgan bo’lib, diniy
qo’shiq,   ibodat   va   mav’izadan   iborat.   Zabur   xristianlari   to’rtta   rusumni   saqlab
qolishgan:   cho’qintirish,   (o’spirinlar   uchun)   tanovul,   nikoh,   qo’l   bilan   silab
qo’yish. Bu xristianlar uchun but ehtirom ramzi emas.
Adventistlar   harakati.   Adventistlar   (lotincha   -   kelish)   harakati   Amerikada
XIX   asrning   30   yillari   og’ir   iqtisodiy   buhron   (krizis),   umumiy   ishsizlik   davrida vujudga keldi. Uning asoschisi Vilyam Miller (1782-1849). Adventistlar bir necha
mustaqil   cherkovlarga   bo’lingan   bo’lib,   ularning   eng   kattasi   «Ettinchi   kun
adventistlari».   Ularning   asosiy   g’oyasi   Isoning   ikkinchi   bor   erga   tushishi   va
insoniyatni xalos etib, shayton va uning tarafdorlarini bilan urushib, ularni mutlaq
yakson   qilishidir.  Ular   kishilarni   Isoni   kutib   olish   uchun   yaxshi   axloqli   bo’lishga
chaqiradi.   Adventistlar   dindorlardan   o’z   mablag’laridan   o’ndan   birini   cherkov
hisobiga   o’tkazishlarini   va   tinmasdan   targ’ibot   ishlarini   olib   borishlarini   talab
qiladi.   Iso   payg’ambarning   ikkinchi   marta   erga   qaytishi   haqidagi   bashorat   najot
yo’li deb hisoblanadi.
Hozirgi   paytda   Farbiy   hamda   Sharqiy   cherkovlarning   rahbarlari   ko’p   asrli
ixtiloflarning   ayanchli   oqibatlarini   bartaraf   qilishga   intilmoqdalar.   Masalan,   1964
yili   Rim   Papasi   Pavel   VI   va   Konstantinopol   patriarxi   Afinagor   ikkala   cherkov
vakillarining   XI   asrda   aytgan   o’zaro   qasamyodlarini   tarqoqligini   bartaraf   qilish
uchun   birinchi   qadam   qo’yildi.O’rta   Osiyo   xalqlari   tarixida   Xristian   dini.   XI
asrning oxirida xristianlikning Sharqqa tomon harakati  va tarqalishi  ommaviy tus
oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim viloyatlariga
ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo’lgan,
Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda,
Marida   va   O’rta   Osiyoning   boshqa   shaharlarida   episkopik,   kafedra,   missiyalar,
keyinchalik Samarqandda, Maroda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) episkoplikdan
iborat   diniy   hududiy   jamoalar,   birlashmalar   bo’lgan.   Xurosonliklar   va
sug’diyonaliklar   zardushtiylar,   monaviylar,   buddaviylar,   bilan   bir   qatorda
xristianlar ham bo’lgan. 
O’rta   Osiyo   territoriyasida   islomning   tarqalishi   davrlarida   islom   bilan
xristianlik   o’rtasidagi   ziddiyatlar,   kelishmovchiliklar   keskinlasha   boshladi.   Biroq,
X   asrgacha   Samarqand,   Xorazm,   Toshkent   viloyatlarida   xristianlarning
manzilgohlari   bo’lgan.   Hatto   Beruniy   yashagan   davrda   ham   (973-1056)   Marvda
provoslav metropoliyasi bo’lgan. Ana shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshladi. Armaniston (301
yil)   va   Gruziyada   (318   yili)   davlat   diniga   aylanadi.   Ozarbayjon   va   Janubiy
Dog’iston territoriyasida IV-VII asrlarda hukmron din hisoblangan.
Bibliya. Bibliya, yahudiylik va xristianlik dinlari  ta’limotiga ko’ra, u Xudo
tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o’zida jamlagan
muqaddas kitoblar majmuasidir.
Uning tarkibiga kirgan yahudiy diniga talluqli kitoblar «Qadimiy ahd» deb,
xristian   talimotiga   tegishli   kitoblar   «Yangi   ahd»   deb   nomlanadi.   Yahudiy   va
Xristian   bibliyalari   bir-biriga   mos   kelmaydi.   Yahudiylarning   muqaddas   kitobi
Qadimiy   Isroil   va   Qadimiy   Yahudiylarning   diniy   talimot   va   urf-odatlari   asosida
eramizdan avalgi XIII asrda yozilgan bo’lsa, Xristianlarning kitobi esa eramizning
boshlarida   vujudga   keldi.   Yahudiylar   xristianlarning   kitobini   muqaddas   kitob
sifatida   tan   olmaydilar   xristianlar   esa   yahudiylarning   kitobini   muqaddas   kitob
sifatida tan oladilar.
Bibliya   so’zining   grekchadan   tarjimasi   biblia   -   kitob,   o’ram   ma’nolarini
anglatadi. Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida
esa 66 kitobdan iborat. Yahudiylarning yana bir diniy manbasi Talmudning xabar
berishicha   Qadimiy   ahdda   24   ta   kitob   bo’lishi   kerak.   Qadimiy   yahudiy   tarixchisi
Iosif Flaviyning aytishicha 22 ta kitob bo’lishi  kerak. Protestantlar va yahudiylar,
Trident   Soboridan  keyin  (1545-1563)  katoliklar   ham   qadimiy  ahd  tarkibiga   45  ta
kitob   kirgizadilar.   Bu   son   bilan   yuqorida   keltirilgan   son   o’rtasidagi   tafovutni
keyinchalik   ba’zi   kitoblar   bir   necha   mustaqil   kitoblarga   bo’linib   ketganligi   bilan
izohlash   mumkin.   Masalan,   «Musoning   besh   kitobi»   avval   bir   butun   bo’lib,
keyinchalik   beshta   mustaqil   kitobga   ajratib   yuborilgan,   «kichik   payg’ambarlar
kitobi» 12 kitobga ajratib yuborilgan.
Yahudiylar Qadimiy Ahdni 3 qismga bo’ladilar:
birinchisiga «Musoning besh kitobi» - «Tora» («Tavrot»);
ikkinchisiga «Payg’ambarlarning avvalgi va keyingi kitoblari (Netiim);
uchinchisiga qolgan kitoblar (Ketubim). Xristianlar   Qadimiy   Ahdni   «Rivoyatlar   kitoblari»,   «Ta’limotlarga
kitoblari»ga, «Payg’ambar kitoblari»ga bo’lishadi. Ular Yangi Ahdning 27 kitobini
ham   shunday   tasnif   qiladilar.   «Rivoyatlar   kitoblari»ga   «Injil»   va   «Havoriylar
faoliyati»   kitoblari   kiradi.   «Ta’limotlar»ga   «Havoriylar   maktublari»   kiradi,
«Payg’ambarlar kitoblari»ga «Vahy» kitobi kiradi.
Bibliyaning kitoblari boblarga, boblar esa suralarga bo’linadi. Uning hozirgi
qabul   qilingan   bo’linishi   Nenterberiya   episkopi   Stefan   Langton   (vafoti   1228   y.)
tomonidan kiritilgan. U 1214 yili lotin tilidagi matnni boblarga bo’lib chiqdi va bu
narsa keyinchalik yahudiy va yunon tillaridagi matnlarga ham joriy qilindi. Suralar
avval   Santes   Panino   (v.   1541   y.)   keyinchalik   1555   yilarda   Robert   Etenlar
tomonidan raqamlandi.
Tavrot.   Musoga   tegishli   bo’lgan,   besh   kitob   «Tavrot»   deb   ataladi   va   u
quyidagi kitoblarga bo’linadi: 1) «Borliq» yoki «Ibtido»; 2) «Chiqish»; 3) «Levit»;
4) «Sonlar»; 5) «Ikkinchi qonun».
Injil. Injil - xushxabar ma’nosini anglatadi. Yangi ahd tarkibiga kirgan Injil 4
ga bo’linadi.  1) Matvey injili; 2) Marko injili; 3) Luka injili; 4) Ioann injili. 
1-slayd
Христианлик дини 2-slayd
2 -slaydЖаҳон дини бўлиб, унга 254 мамлакатнинг 2 миллиард аҳолиси
эътиқод   қилади.   Асосчиси   Иисус   Христос   (Исо   Масиҳ,   Ешуа
Машиах)   тахминан   милодий   1-33   йилларда   Фаластинда   яшаб
ўтган  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasi.   –   T.:   O‘zbekiston,   20 20
yil .
2.               O‘zbekistonning   yangi   taraqqiyot   davrida   ta’lim-tarbiya   va   ilm-fan
sohalarini   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to’g’risida.   O’zbekiston     Respublikasi
Prezidentining Farmoni. PF-6108. 06. 11. 2020.
                    3.   Mirziyo y ev   SH.M.   Milliy   tiklanishdan   –   milliy   yuksalish   sari.   4-jild.
Toshkent, O‘zbekiston, 2020 yil. 456 bet.
4. Mirziyoyev   SH.M.   Niyati   ulug’   xalqning   ishi   ham   ulug’,   hayoti   yorug’   va
kelajagi farovon bo’ladi. 3-jild. Toshkent, O‘zbekiston, 2019 yil. 400 bet.
5. Len Woods. Handbook of World Religions. Barbour Publishing, Ohio. 2008.
–  266   p.
6. Dinshunoslik asoslari. О‘quv qо‘llanma / Ochildiyev A. va boshqalar.
–Toshkent:   “Toshkent   islom   universiteti”   nashriyot-matbaa   birlashmasi,   2013.   –
320 b.
7. Dunyo dinlari tarixi /  tuzuvchilar: S.Agzamxodjayev, D.Rahimjonov,
N.Muhamedov va b. – T.: ToshdSHI, 2011. – 262 b.
8. Osnovi   religiovedeniya:   Ucheb./   G.T.Tulemetova,   E.F.   Ibragimov   /
Otv.   red.   A.A.Xasanov.   –   2-ye   izd.,   pererab.   i.   dop.   –Izd.   «Toshkent   islom
universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi.  2015.  – 265 s.
9. Mo‘minov   A.,   Yo‘ldoshxo‘jayev   H.,   Rahimjonov   D.,   Komilov   M.,
AbdusattorovA.,   Oripov   A.   Dinshunoslik.   Darslik   /   Mas’ul   muharrir   akad.
Ibrohimov N.I. – T.:Mehnat, 2004. – 296 b.
10. Hasanov   A.,   Komilov   M.,   Uvatov   U.,   Azimov   A.,     Rahimjonov   D.,
Zohidov   Q.,   Islom   tarixi.   Darslik.     –   T.:   «Toshkent   islom   universiteti»   matbaa-
nashriyot birlashmasi, 2008.
11. Yo‘ldoshxo‘jayev   H. ,   Rahimjonov   D. ,   Komilov   M.   Dinshunoslik
ma’ruzalar   matni. – T.: ToshdSHI nashriyoti, 2000.
12. Mo‘minov   A.Q.   Dinshunoslik   asoslarini   o‘qitish   va   o‘rganishning
yagona   konsepsiyasi. – T.: ToshdSHI nashriyoti, 1999.

Jaxon dinlari: xristianlik REJA: 1. Xristianlik. Xristian iloxiyoti. YAkka xudoning uch kiyofasi: Ota-xudo, Ugil-xudo, Mukaddas rux. 2. Xristianlikdagi asosiy okimlar - ortodoks (pravoslavie), katolitsizm, protestantizm. 3. Xristianlikning Urta Osiyoga kirib kelishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari : keys-stadi, BBB, pinbord, dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Aqliy hujum, ajurali arra, baliq skeleti, munozara- dibat Xristianlikning vujudga kelishi. Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o’ziga e’tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e’tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo’lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to’g’ri keladi. Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining sharqiy qismida tarqalgan. Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko’ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo’lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog’ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog’liq. Eramizning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog’liq og’ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko’mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o’rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo’ldi. Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g’oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg’in qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar. Isoning tarixiyligi xususida diniy va diniy bo’lmagan manbalar orasida ixtilof mavjud: xristianlik manbalari Isoning o’zi xudo bo’la turib, insoniyatning gunohlarini o’ziga olish uchun odam qiyofasida tug’ilganini, uning tarixiy shaxs

ekanini ta’kidlab, uning hayot tarzini, insonlar bilan muloqoti haqidagi keng ma’lumotlarni bersada, diniy bo’lmagan manbalarda Isoning nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxsdir deguvchilar ham bor. Iso nomiga qo’shiluvchi Masih so’zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi «moshiax» so’zidan olingan bo’lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. Grekchada bu so’z «xristos» («christos») shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so’zlar bilan bog’liq. Bundan tashqari xristianlik Iso Masihning tug’ilgan qishlog’i - «Nazaret» bilan bog’lab, nazroniyya deb ham atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini olgan. Iso Masih o’z ta’limotini o’zining 12 o’quvisi Apostollar - Havoriylarga o’rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining talimotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «Yangi ahd» qismini tashkil etadi. Xristianlikning ta’limoti. Manbalar xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Bu esa xristianlikning yahudiylikdan ko’p jihatdan ta’sirlanishiga sabab bo’ldi. Xristianlikning asosiy g’oyasi - Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo’lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir. Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki mohiyati - odam mohiyati, xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya’ni Isoning o’zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqiqatdagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik muqaddas ruh ota-xudo, o’g’il-xudo va muqaddas ruh - uch yuzlik xudo to’g’risidagi ta’limot, jannat va do’zax, oxiratda go’yo dunyoning oxiriga borish, Isoning qaytishi haqida va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi. Xristian jamoasining shakllanishi, uning aqidalarini tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi eramizning IV asr boshlarida 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so’ng amalga oshdi.

325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Lisiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini o’zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikey shahrida I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo’lib o’tdi. Bu soborlarda xristianlik ta’limotining asoslari qabul qilindi va bu asoslar 12 qismda ifodalandi. Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida so’z yuritiladi. Ikkinchi qismda Xudoning o’g’li Isus Xristosga imon keltirish haqida so’z boradi. Uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so’z yuritilib, unga ko’ra, Iso Xudo bo’la turib, bokira Bibi Maryamdan tug’ilgan va inson qiyofasiga kirgan. To’rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o’limi haqida so’z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va o’limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e’tiqod qilinadi. Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so’ng uch kun o’tib qayta tirilganligi haqidagi aqida keladi. Oltinchi qismda Isoning meroji haqida so’z yuritiladi. Ettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba erga qaytishi) haqida so’z yuritiladi. Sakkinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasidadir. To’qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida. O’n birinchi qism o’lganlarning ommaviy tirilishi haqida. O’n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so’z yuritiladi. Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning ta’limoti katta rol o’ynadi. Beshinchi asr bo’sag’asida u dinning bilimdan afzal ekanligini targ’ib qila boshladi. Uning ta’limotiga ko’ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug’ va qudratli YAratuvchining irodasi yashiringan.

Avgustinning taqdir haqidagi ta’limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan har bir kishi najot topganlar safidan o’rin egallashi mumkin. CHunki imon taqdir taqozosidir. Xristianlikdagi oqimlar. Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida etakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasining g’arbiy va sharqiy tafovutlari o’sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istanbul patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro’y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan olindi. XVI asr boshlarida katolisizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari vujudga keldi. Buning doirasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllandi. Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o’zlariga xos bo’lgan tomonlarga ega bo’lish bilan bir qatorda, bular ham o’z navbatida bir necha yo’nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo’lindi. 1. Pravoslav oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri o’laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro’yobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Yevropa, YAqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so’zidan olingan bo’lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviening kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo’nalish u yerdagi hukmron din edi. Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi etti butxona Soborlarining qarorlari, shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan. Xristianlikning Sharqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 14 Mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya,