Kameral davridagi qilinadigan ishlar (chizma ifodali ishlar, solishtirma ishlar, aniq oxirgi tuproq xaritalarini tuzish)
Kameral davridagi qilinadigan ishlar (chizma ifodali ishlar, solishtirma ishlar, aniq oxirgi tuproq xaritalarini tuzish) Reja: 1. Tuproq xaritalarini korrektirovkalash 2. Tuproqning xaritasini korrektirovkalash ishlari davrlari 3. Kameral davrida ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish
Korretirovkalashni tayyorlov davrida tuproq xaritasini aniqlash uchun kerak bo‘lgan joy, dala, kameral laboratoriya va xaritaviy ishlar hajmi aniqlanadi, kalendari rejasi va xaritaviy ma’lumot beradigan hujjatlar yig‘indisi, ishni bajaruvchi mutaxassislarga 1:10000 masshtabda deshifrovka qilinadigan aerofotosuratlar yerdan foydalanish tarixi, tuproq xaritalari beriladi. Tuproq xaritasi tuzishda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlardan foydalanish zarur, chunki bular bir birini to‘ldiradi. Ko‘nturlarga ajratish aerosuratlarda bajariladi. O‘zgartirishlar va tuzatilgan yerdan foydalanish tarxi xo‘jaliklarning aniq maydoni va ishlab chiqarish chegaralarini aniqlashga xizmat qiladi (bo‘limlar, brigadalar, almashlab ekish dalalari boshqalar). Aerofotosuratlar o‘rganilib, ranglarning farqiga qarab dastlabki tekshiruvdan o‘tadi. Har xil rangdagi ko‘nturlar qoraqalam bilan chizib chiqiladi. Tuproq xaritalarini korrektirovkalash . Tuproq xaritalarni, kartagrammalarni o‘tgan yillar mobaynida olingan ma’lumotlar bilan yangilash bu ma’lumotlarni zamon talabiga javob beradigan holda, xaritaga tushirish, unga tushuntirish xati yozish, tuproq xaritasini, korrektirovkasi deyiladi. Tuproq xaritasini korrektirovkalash xaritaviy asoslarda bajarilishi mumkin. Tuproq xaritalarini korrektirovkalashni yerdan foydalanish kontur tarxidan foydalanib ishlash mumkin emas. Tuproqning xaritasini korrektirovkalash ishlari uch davrga bo‘linadi: 1.Tayyorlov kameral davr; 2.Dala ishlari davri; 3. Analitik kameral. Tuproq xaritasini korrektirovkalash tayyorlov kameral davrida aerofotosuratlarni deshifirovkasi o‘tkaziladi, ilgari vaqtda bajarilgan tahlil va tuproq sifatini belgilovchi natijalarni ko‘rib chiqiladi. Ilgari tushirilgan tuproq chuqurliklari topiladi. Tuproq xaritasini natijalarini baholagan holda tuproq marshurtlari aniqlanadi, tuproq xaritasidagi noaniqlarni to‘g‘irlash maqsadida yangi tuproq chuqurlarini joyi belgilanadi.
Tuproq xaritasini korrektirovkalashni dala davrida tuproq chuqurlar tushiriladi, taxmin uchun tuproq chuqurlari yarim chuqurchalar tushiriladi, taxmin uchun tuproq namunalari olinadi, qishloq xo‘jaligi ekin hosili, dala tarixi va boshqa ma‘lumotlar to‘planadi. Dala davrida inson faoliyati natijasida hosil bo‘lgan o‘zgarishlar (sizot suvining sathini o’zgarishi, tuproqni sho‘rlanishi) qaysi tuproq konturlarida hosil bo‘lganligi ahamiyatga ega. Kameral–analitik davrda to‘plangan hujjatlar va tuproq namunalarini tahlili o‘tkaziladi. Tuproq nomi aniqlanadi, tuproq xaritasi chiziladi va tushintiriladi xati yoziladi. Kameral davrda qilinadigan ishlar quydagilardan iborat: 1. Dala sharoitida yer osti suvlari va tuproq namunalari kimyoviy va boshqa laboratoriya tekshiruvlaridan o’tkaziladi; 2. Analitik tekshiruv ma’lumotlari asosida tuproq tekshiruv xujjatlari qayta ishlanadi, solishtirib ko‘riladi va umumlashtiriladi; 3. Jamoa va fermer xo‘jaliklarining yakuniy tuproq xaritasi tuzuladi; 4. Tuproq xaritasiga tushuntirish xati yoziladi. Paxtachilikda, donchilikda sug‘oriladigan yerlar, yer turlarining eng muhumi va qimmatbaho qismi hisoblanadi. Bu yerlarning imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish uchun tuproqlarning xossalari ularning meliorativ holatlari, shuningdek, potensial, (tabiiy) hamda effektiv (sun’iy) unumdorligi bo‘yicha ilmiy asoslangan ishonchli malumotlar kerak bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi uchun yer ayrim kerakli ma’lumotlarni va fermer xo‘jaliklari uchun tayyorlangan tuproq xaritalari orqali oladi. Bu xaritalarda tuproq qoplamlarining, xilma-xillik xususiyatlari va sifati ko‘rsatiladi. Agronomlar shu xaritalarga asoslanib, u yoki bu dalada qanday tuproq borligini aniqlaydilar. Tuproqqa qayta ishlov berish, unga o‘g‘it solish, shuningdek, meliorativ tadbirlarni ilmiy asosda olib borishda tuproq xaritalari katta yordam beradi. Fermer va boshqa turdagi xo‘jaliklarning tuproq xaritalari O‘zbekiston Respublikasining sug‘oriladigan mintaqalari uchun: 1:10000 masshtabda tuziladi.
Ulardagi 1 sm joyga 100 m, 10 sm ga 22 joyga esa, 1 gektar yer to‘g‘ri keladi. Tuproq xaritasi xo‘jaliklarning shu masshtabdagi yer tuzish tarxiga chiziladi. Bu tarxda aholi yashaydigan joylar, sug‘orish kanallari, ariqlar va drenaj tarmoqlari, sug‘oriladigan dalalarning chegaralari tasvirlanadi. Har qaysi maydon tartib raqamiga ega bo‘lib, xo‘jalik maydonlari konturlar qaydnomasida aksini topgan. Tarxda tuproq qoplami tarkibining xilma-xilligi rangli konturlar ko‘rinishida tasvirlanadi. Har qaysi tuproq xili xaritada o‘z tartib raqamiga ega bo‘ladi. Xilma- xil tuproqlar shu tartib raqamlar asosida umumiy jadvalga birlashtirilgan va bu jadval eksplikatsiya deb ataladi. Ekspilikatsiyada tuproq xillarining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha quyidagi tavsifnoma berilgan. Mexanik tarkibiga ko‘ra tuproqni tashkil qiluvchi zarrachalarning katta kichikligi tavsiflanadi. Tuproqni tarkibini har xil kattalikdagi qumli va loyli zarrachalar tashkil qiladi. Loyli zarrachalarning kattaligi 0,01 mm dan mayda, qumli zarrrachalar 0,01 mm dan yirikroq bo‘lgan zarrachalar tashkil qiladi. Tuproqdagi qumli va loyli zarrachalar tuproq miqdorining necha % ni tashkil qilishiga qarab: loyli, qumoqli, qumloqli, qumli tuproqlar deb ataladi. Xaritalarning eksplikatsiyasida tuproqning mexanik tarkibi, haydov qatlami (0- 30 sm) ga, ildiz oziqlanadigan chuqurlik (30-100 sm) ga va tuproq tagi guruntlari (100-200 sm ga) alohida ko‘rsatilgan. Sho‘rlanish darajasi tuproqdagi o‘simlik o‘sishi uchun zararli bo‘lgan, suvda eruvchi tuzlarni miqdorini ko‘rsatadi. Bu qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligiga kuchli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi muhim belgilardan biridir. Tuproqlarning yemirilishi; suvning ta’sirida tuproqlarning yemirilishi ko‘zda tutiladi. Bu tuproqlarda gumus qavatining profili bo‘yicha qalinligi gumus miqdorining juda ko‘pligi bilan ajralib turadi va shuningdek, azot, fosfor va kaliy miqdori juda ko‘p bo‘ladi. Tuproqlarning skletliligi–tuproqning qayta ishlashda qiyinchilik tug‘diradigan har xil yiriklikdagi skletlar (shag‘al, chag‘ir, toshlar, toshchalar) aralashganligini ko‘rsatadi.
Yer osti suvlarini sathi-tuproqlarning yer osti suvlari bilan namlanish darajasini va suvlardan o‘simliklar qay darajada foydalanishini ko‘rsatadi. Ko‘pincha quruq tuproqlar, bo‘z tuproqlar, taqir tuproqlar va sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar – yer osti suvlari chuqur (5 m chuqurda) joylashgan sharoitda rivojlanadi. Ekspilikatsiyadagi oxirgi ustunda xo‘jalikning yerdan foydalanish bo‘yicha harqaysi tuproq ayirmalari maydoni ko‘rsatiladi. Hamma tuproqlar hosilalari bo‘yicha agronomik ishlab chiqarishga nisbatan bir xil bo‘lgan guruhlarga birlashtiriladi. Har qaysi bu guruhdan foydalanish uchun taxminiy tavsiyanomalar beriladi. Xo‘jalikdagi tuproq xaritalariga qo‘shib, ularning tabiiy ishlab chiqarish sharoitlari va tuproq tavsifnomasi yozilgan tushuntirish xati beriladi. Bu tushintirish xatida, shuningdek, xo‘jalik yerlaridan unumli foydalanish bo‘yicha har qaysi tuproq ayirmalari maydoni ko‘rsatiladi. Xaritada eksplikatsiyadan tashqari tuproqlarni agronomik ishlab chiqarish bo‘yicha guruhlarga ajratilganligi ko‘rsatiladi. Bunda xossalari bir-xil bo‘lgan tuproqlar agronomik ishlab chiqarishi bir xil bo‘lgan guruhlarga birlashtiriladi. Har qaysi guruhdan foydalanish uchun taxminiy tavsiyanomalar beriladi. Ekin maydonlarini joylashtirish va uning tarkibiy almashlab ekishni joriy qilish, agrotexnik va meliorativ tadbirlar majmuasini tuproqni ishlab chiqarish qobiliyatini oshirish, qishloq xo‘jalik o‘simliklaridan yuqori hosil olish uchun joriy qilish bo‘yicha tavsiyanomalar yozilgan bo‘ladi. Kimyoviy laboratoriya yoki analitik markazga k е lib tushgan tuproq namunalari yana bir bor ko‘zdan k е chirilib, quritiladi, har xil aralashma, mayda ildizchalardan tozalanib, farfor havonchasida yoki el е ktr t е girmonida maydalanadi, t е shikchalarining diam е tri 1 mm bo‘lgan elakchalardan o‘tkazilib, politeliy е n korobkalar yoki maxsus pak е tlarga etik е tkasi bilan solinib qo‘yiladi. Kimyoviy tahlillar boshlanishidan oldin maxsus idishlarda tayyorlangan tuproq namunalari yaxshilab aralashtiriladi, kvadratlarga bo‘linadi va uning b е sh joyidan qoshiqcha yoki shpat е llar yordamida b е lgilangan tartibda namunalar