Sifatni o`rganish jarayonida lеksik-stilistik ishlar.
Sifatni o`rganish jarayonida lеksik-stilistik ishlar. REJA: 1. Boshlang’ich ta’limda sifatni o`rganish bo`yicha ona tili dasturi tahlili. 2. Sifatni o`rganish jarayonida lеksik-stilistik ishlar
Boshlang’ich t a’limda sifat ni o` rganish bo` y icha ona t ili dast uri t ahlili Boshlang'ich sinflarda sifatni o’rganish ona tili dasturi talabiga ko’ra 1-4-sinflarda o’rganish mo’ljallangan bo’lib, “Sifat” mavzusini quyidagi izchillikda o’rganish ko’zda tutilgan: sifat bilan dastlabki tanishtirish (I, II sinf); sifat haqida tushuncha berish (III sinf); sifatlarning yozilishini o`zlashtirish (IV sinf). Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma’nosi va so`roqlari ustida kuzatish o`tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo`lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O`qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko`rsatadi, o`quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma – qizil, shirin, yumaloq olma;(qanday?) ip – uzun, ko`k ip. Albatta, suhbat asosida o`quvchilar olma, ip so`zlari nima? so`rog`iga javob bo`lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so`zlar qanday? so`rog`iga javob bo`lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar. O`qituvchi atrofimizni o`rab olgan predmetlarning o`z belgilari borligini, ular bir- biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday daraxt? – Katta, chiroyli, sershox, ko`m-ko`k daraxt. Qanaqa shkaf? – Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so`roqlariga javob bo`lgan so`zlar predmet belgisini bildiradi. O`quvchilar belgi bildirgan bunday so`zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko`p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so`ngra sifatlari bilan o`qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko`rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so`zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko`rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi. Sifat haqidagi bilim 4-sinfda quyidagi mavzular asosida mustahkamlanadi va kengaytiriladi:
1) Sifat - so‘z turkumi haqida ma’lumot ; 2) Sifat shaxs va narsaning rangini, shaklini, hajmini, mazasini, hidini, x ususiyatini bildirishi, qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lishi; 3) Sifatlarning otga bog‘lanishi, sifatlarning otga ohang yordamida bog‘lanishi, gapdagi vazifasi; sifatlarning gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi; 4) Sifatlarning ma’no turlari; 5) Shaxs va narsaning rangini, mazasini, shaklini, hajmini bildirishi, nutqda sifatning ma’no turlaridan to‘g‘ri foydalana olish; 6) Sifat yasovchi qo‘shimchalarning imlosi; 7) Sifatlar yuzasidan leksik mashqlar va ular yordamida o‘quvchilar nutqini sifatlar bilan boyitish; 8) Sifatlarning yozilishi. Belgi ma’nosini kuchaytirib ifodalash. - ko‘m-ko‘k, oppoq, sap-sariq, och sariq, to‘q qizil kabi sifatlarning talaffuzi va imlosi. So‘roqlar yordamida sifatlarni aniqlash va gapdagi vazifasini belgilash. Bu mavzulardan kelib chiqqan holda 4-sinfda sifatni o’rganishning vazifasi belgilab olinadi. Sifat ni o` rganish jaray onida lеk sik -st ilist ik ishlar Sifatni o`rganish jarayonida lеksik-stilistik ishlarni muntazam o’tkazib borish lozim. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalanish mumkin: Lug’at ustida ishlash; Leksik tahlil; Leksik-frazeologik tahlil;
Uslubiy tahlil. Lug’at ust ida ishlash DTS va ona tili dasturi talablariga muvofiq tarzda muntazam o’tkazilishi lozim. Bunda ma’lum mashq materiallari (gap, matnlar tarkibi)dagi sifatga oid so’zlarning ma’nosi ustida ish olib boriladi. Buni quyida mashqlar asosida ko’rib o’tamiz: 192-mashq (4-sinf, ”Ona tili”81-bet) Mashq sharti: Sifatlarning ma’nodoshlarini topib, namunadagidek guruhlab yozish. Ko’rkam, sezgir, katta, chaqqon, chiroyli, epchil,ziyrak, ulkan,shod, jasur, xursand, qahramon . Ushbu sifatlarning ma’nodoshlarini topish uchun, ularning ma’nolari lug’atlar asosida aniqlashtirib olinadi: Ko’rkam – Husni (qiyofasi yoki manzarasi) odatdagidan ortiq, chiroyli: ko’rkam yigit, ko’rkam tabiat. Ma’nodoshlari – chiroyli, go’zal, suluv, husndor; Sezgir – Sezish qobiliyati kuchli, tashqi ta’sirni tez sezadigan (shaxs yoki narsa): sezgir qiz, sezgir it . Ma’nodoshlari – ziyrak, hushyor, fahm- farosatli; Katta – 1) Hajmi, o’lchami me’yoridan yoki nisbatan ortiq (narsa- buyumga nisbatan); 2) Yoshi, kuch-qudrati, darajasi yuqori (bo’lgan insonlarga nisbatan ishlatiladi): katta hovli, katta odam . Ma’nodoshlari – ulkan, buyuk, ulug’, gigant ; Chaqqon – Tez, epchillik bilan harakat qiladigan (shaxs yoki narsa- buyumga nisbatan ishlatiladi): chaqqon quyon, chaqqon qiz . Ma’nodoshlari – chaqqon , epchil, chapdast ;
Shod – Biror narsa (voqea) dan mamnun, quvonchga to’la: ko’ngli shod, shod bo’lmoq . Ma’nodoshlari – xursand, shodon, quvnoq, xushchaqchaq, mamnun; Jasur – Qo’rqishni bilmaydigan jasoratli (shaxs yoki narsalarga nisbatan ishlatiladi): Jasur yigit, jasur quyon . Ma’nodoshlari – botir, qo’rqmas, dovyurak, g’oyat mard; Qahramon – Shijoati, dovyurakligi, botirligi bilan shuhrat qozongan, jonbozlik, mardlik qilib, o’zini ko’rsatgan shaxs: O’zbekiston qahramoni, qahramon bola . Ma’nodoshlari – chempion, fidoyi, jonkuyar . Lek sik t ahlil o’quvchilarga so’z va uning leksik ma’nolari, sema va sememalari ustida ishlash ko’nikmasini shakllantirish imkonini beradi. Bunda mavzu bo’yicha darslikda berilgan mashq materiallarida berilgan matn va gaplar tarkibidagi sifatga oid so’zlar leksik tahlilga tortiladi. Izohli lug’atdan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. LEKSIK TA HLIL N A MUN A SI 186-mashq (4-sinf ”Ona tili”, 78-bet) Saxiy ona tabiat Ko’k maysalar nish urib Quchog’ida havo sof . Yerning baland-pastida . Onda-sonda ko’rinar Go’zal bahor silkillab, Nursiz , qizg’ish oftob. Yetilar qor ustida (Qudrat Hakim). 1) Mazkur she’riy matn tarkibidagi sifatlar aniqlab olinadi: saxiy, sof, nursiz, qizg’ish, ko’k, baland-past, go’zal; 2) Har bir so’z ma’nosi izohlanadi, buni konseptual jadval yoki taqdimot shaklida ham tayyorlash mumkin: