logo

Kognitiv jarayonlarni shaklllanishi. Insonda aks ettirish darajalari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

43.7705078125 KB
Kognitiv jarayonlarni shaklllanishi. Insonda aks ettirish darajalari.
Reja:
1. Insonda aks ettirish darajalari.   
2. Ongni vujudga kelishi va rivojlanishi   
3. Individual va jamoaviy ong    Insonda aks ettirish darajalari
Barcha   psixologik   mexanizmlar   ma’lum   bir   tahlildarni   talab   qiladi   ular
ma’lum   bir   muammolarning   yechimlariga   qaratilgan   bo’lishi   kerak.   Bu
muammolar   o’zining   holatlariga   ko’ra   ijtimoiy   tarixiy   tabiatga   egadir.   Kognitiv
psixologiya boshqa insonlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatiga ega
bo’lishi  zarur. Barcha  kognitiv jarayonlar  bir  biri  bilan bog’liq bo’lgan kompleks
tarzdagi   ma’lumotlarni   o’zida   jamlaydi.   An’anaviy   kognitiv   jarayonlar   tarixiy
muammolarni tahlil qilish holatini yaratishi mumkin 1
. 
Psixika   ta’rifidan   kelib   chiqqan   holda,   ikki   asosiy   vazifani   bajaradi:   aks
ettiruvchi va regulyativ  (moslashuvchanlik). P.A. Ponomarev psixikaning quyidagi
vazifalarini   ko’rsatib   o’tadi:   atrof-olam   ta’sirlarining   aks   etishlari;   insonlar   hulq-
atvorlari va faoliyatlarini tartibga solish; insonlarning atrof-olamdagi o’zlari tutgan
o’rinlarini anglashlari. 
Voqyelikni   psixik   aks   ettirish   o’ziga   xos   xususiyatlarga   e ga:   psixika
obyektiv   voqyelikni   haqqoniy   aks   ettiradi;   haqqoniy   aks   ettirish   amaliyotda
tekshiriladi;   u   rivojlantiriladi   va   takomillashtiriladi;   faol   harakatda   namoyon
bo’ladi;   psixika   shaxsiyat   orqali   o’z   ma’nosini   o’zgartiradi;   u   ilgarilab   ketish
xususiyatiga ega 2
. 
Psixik   voqyelikni   shartli   ravishda:   ekzopsixika,   endopsixika   va
intropsixikaga   ajratish   mumkin.   E kzopsixika   –   inson   psixikasining   bu   bo’lagi
organizmga   nisbatan   tashqi   bo’lgan   voqyelikni   aks   ettiradi.   E ndopsixika   –   inson
organizmining holatini aks ettiruvchi psixik voqyelikning bir bo’lagi.  Intropsixika
–   fikr,   iroda   kuchi,   xayolot,   tushlarni   o’z   ichiga   olgan   psixik   voqyelikning   bir
qismi. 
Psixika rivojining ikki darajasi  mavjud: tuban va yuqori. Psixikaning tuban
darajasi   anglanmagan   ong   ostini,   yuqorisi   esa   –   ongni   tashkil   etadi.   Bundan
shunday xulosa kelib chiqadiki, psixika ongdan ko’ra anchagina kengroqdir. Ong –
muzlikning   ko’rinayotgan   qismi   bo’lib,   uning   katta   qismini   esa   insonning
anglangan nazoratidan yashiringan ong osti tashkil etadi. 
1
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed  р389
2
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed  р389 Inson   psixikasi   tarkibiga:   psixik   jarayonlar:   bilish,   hissiy,   irodaviy   va
anglanmagan   jarayonlar;   psixik   holatlar:   motivatsion   sohada   –   ehtiyojlar,
qiziqishlar,   istaklar,   intilishlar;   emotsional   sohada   –   sezgilarning   hissiy   toni,
emotsional   aks   ta’sir,   kayfiyat,   stress,   affekt;   irodaviysohada   –   tashabbuskorlik,
qaror qabul qilish, maqsadga yo’nalganlik, qat’iyatlilik; ongning umumiy tarkibini
ifodalovchi   – diqqatning  turli   darajalari,  frustratsiya,  apatiya  va  boshqalar;  psixik
xossalar: yo’nalganlik, temperament, fe’l-atvor, qobiliyatlar kiradi. 
Shu tarzda, inson psixikasi aks ettirish va tartibga solish faoliyatining yaxlit
psixik hodisasi demakdir. 
Psixikani tushunishga oid turli yondoshuvlar mavjud: 
1. Antropsixizm ta’limoti (R. Dekart) – psixika faqat insonga xos. 
2.   Panpsixizm   ta’limoti   (frantsuz   materialistlari)   –   tabiatning   umumiy
ruhlanganligi;   psixika   butun   tabiatga,   butun   olamga   xos   (shu   jumladan   toshga
ham). 
3. Biopsixizm ta’limoti – psixika – bu tirik tabiatning xossasi (o’simliklarga
ham xos) 3
. 
4.   Neyropsixizm   ta’limoti   (Ch.   Darvin) 4
  –   psixika   asab   tizimi   mavjud
bo’lgan organizmlargagina xos. 
5.   Miyapsixizmi   ta’limoti   (K.K.   Aflotunov)   –   psixika   faqat   bosh   miyali,
naysimon   asab   tizimiga   ega   organizmlarda   mavjud   (bunga   ko’ra,   hasharotlarda
psixika mavjud emas, chunki ular bosh miyasiz tugunli asab tizimiga ega). 
6.   Tirik   organizmlarda   psixika   kurtaklarining   namoyon   bo’lish   mezoni
bo’lib   ta’sirchanlik   hisoblanadi(A.N.   Leontyev)   –   hayotiy   ahamiyatsiz   bo’lgan
muhit omillariga javoban ta’sirlanish (tovush, hid va sh.o’.), ular obyektiv barqaror
aloqasiga   ko’ra   muhim   hayotiy   ta’sirlanuvchilar   (ozuqa,   xavf)   uchun
ogohlantiruvchi bo’lib xizmat qiladi. 
Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixiy bosqichlari  . 
Shunday   qilib,   psixologiya   predmetini   to’liq   bayon   etish   psixologiya
fanining o’zini ko’rib chiqishni taqazo etadi. 
3
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed  р387
4
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed  р388 «Psixologiya» so’zi birinchi marta 1590 yilda nemis teolog olim R. Gokle-
nius   tomonidan   qo’llanilgan   edi.   XVIII   asrda   esa   nemis   olimi   X.   Volf   birinchi
marta   ilmiy   atamalar   qatoriga   «psixologiya»   atamasini   kiritdi.   U   dastlabki   yirik
ilmiy-psixologik   asarlar:   «Yempirik   psixologiya»   (1732)   va   «Ratsional
psixologiya» (1734) ni yaratdi. 
Psixologiya   –   ham   qadimiy,   ham   ma’lum   darajada   yangi   fan.   Qadimiy   fan
sifatida u ikki ming yil avval paydo bo’lgan. 
Psixika   haqidagi   dastlabki   ilmiy   tasavvurlar   qadimgi   dunyo   (Hindiston,
Xitoy, Misr, Bobil, Yunoniston)da  falsafa  bag’rida paydo bo’lgan va jamiyatdagi
amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi. 
XIX asrning 70-80-yillarida psixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.
Ilmiy   psixologiyaning,   xususan,   eksperimental   psixologiyaning   asoschisi   sifatida
1879   yilda   Leyptsig   shahrida   dunyoda   birinchi   bo’lib   eksperimental   psixologik
laboratoriyani   ochgan   nemis   tadqiqotchisi   V.   Vundt   tan   olingan.   Bunga   mos
ravishda   ushbu   yil   psixologiyaning   fan   sifatida   yuzaga   kelgan   sanasi   bo’lib
hisoblanadi.   Dastlab   eksperimental   psixologiyaning   asosiy   mavzulari   sifatida
sezgilar   va   ta’sirlanish   vaqti   (F.   Donders),   keyinchalik   esa   –   assotsiatsiyalar   (G.
Ebbingauz), diqqat (Dj. Kettel), hissiy holat (U. Djeyms, T.A. Ribo), ong va iroda
(Vyurtsburgskaya shkola, A. Bine) xizmat qildi. 
XX   asrning   birinchi   yarmida   amaliy   psixologiyaning   ko’plab   maxsus
bo’limlari yuzaga keldi – bu mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot
psixologiyasi   va   boshqalar,   shu   bilan   bir   qatorda   ilmiy   psixologiyaning   ko’plab
maxsus   sohalari   –   psixofiziologiya,   oila,   yosh,   differentsial   psixologiya   va
boshqalar   ajralib   chiqdi.   Ilmiy   amaliy   psixologiya   turli   yo’nalishlar   bo’yicha
rivojlanib   bordi,   inqiroz   ma’lum   darajada   bartaraf   etilgan   bo’lsada,   ko’plab
masalalar hal etilmagan edi. 
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilob psixologiyaga katta ta’sir
ko’rsatdi.   Fanda   matematika,   kibernetika,   informatika   nazariyalari   metodlari,
shuningdek, elektron-hisoblash  texnikasi  kengroq qo’llanila boshladi. Psixologiya tibbiyot   va   biologiya   sohalaridagi   eng   so’nggi   yutuqlardan   faol   tarzda   foydalana
boshladi. 
Shunday   qilib,   psixologiya   rivojlanish   yo’lida   uzoq   tarixiy   yo’lni   bosib
o’tgan   holda,   o’rganish   predmeti   va   fan   sifatidagi   nomlanishini   o’zgartirib   bordi.
L.D.   Stolyarenko   psixologiyaning   fan   sifatidagi   rivojlanishini   to’rt   bosqichga
ajratadi. 
Birinchi   bosqich.  Psixologiya   –  ruh  haqidagi  fan  (Arastu).  Psixologiyaning
bunday   ta’rifi   ikki   ming   avval   keltirilgan   edi.   Ruhning   mavjudligi   bilan   inson
hayotidagi barcha noma’lum hodisalarni tushuntirib berishga urinar edilar. 
Ikkinchi bosqich. Psixologiya – ong haqidagi fan (R. Dekart, B. Spinoza, D.
Lokk,   G.  Leybnits,   D.  Gartli).  XVII   asrda   tabiiy  fanlar   rivoji   bilan   yuzaga   keldi.
Fikrlash,   sezish,   xohishga   bo’lgan   layoqat   ong   deb   ataldi.   O’rganishning   asosiy
metodi bo’lib, insonning o’zini kuzatishi va voqyelikni bayon etishi hisoblanar edi.
Uchinchi   bosqich.   Psixologiya   xulq-atvor   haqidagi   fan   sifatida   XX   asrda
paydo   bo’ldi   (D.   Uotson,   e.   Torndayk).   Psixologiyaning   vazifalari   –   tajribalar
qo’yish   va   bevosita   ko’rish   mumkin   bo’lganlarni,   aynan,   insonning   xulq-atvori,
harakatlari,   ta’sirlanishga   javoblarini   kuzatish   (harakatlarni   keltirib   chiqaruvchi
motivlar hisobga olinmas edi). 
To’rtinchi   bosqich.   Psixologiya   obyektiv   qonuniyatlarni,   psixikaning
faoliyat   va   ifodalanish   mexanizmlari,   shuningdek,   faktlarni   o’rganuvchi   fan
sifatida. 
Ongni vujudga kelishi va rivojlanishi
Inson   ongining   birlamchi   psixologik   xossasi   o’zini   bilish   subyekti   sifatida
his   etish,   mavjud   va   tasavvurdagi   voqyelikni   xayolan   tasvirlash   layoqati,   shaxsiy
psixik   va   hulq-atvor   holatlarini   nazorat   qilish,   ularni   boshqara   olish,   atrofdagi
reallikni   tasavvurlar   shaklida   ko’rish   va   idrok   qilish   layoqati   kabilarni   o’z   ichiga
oladi.   O’zini   bilish   subyekti   sifatida   his   etish   insonning   olamni   o’rganish   va
bilishga,  ya’ni,  olam  haqida  u  yoki  bu  darajada  aniq  bilimlarni   egallashga  tayyor
va   layoqatli,   bu   olamdan   bo’lak   qilingan   mavjudot   sifatida   anglashini   bildiradi.
Ongsizlik (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.o’.) holatlarida bunday layoqat yo’qoladi.  Xayolan tasavvur qilish  va  voqyelikni tasvirlash  – ongning ikkinchi muhim
psixologik   xossasi.   U,   ong   kabi   yaxlitligicha,   iroda   bilan   uzviy   bog’langan.
Odatda,   tasavvurlarni   ongli   boshqarish   va   tasavvur   qilish   haqida   ularning   inson
iroda   kuchi   yordamida   yuzaga   kelgan   va   o’zgarishlarga   uchragan   holatlarda   so’z
yuritiladi.   Ushbu   holatda   inson   ixtiyoriy,   ya’ni,   ongli   ravishda   atrofni   idrok
qilishdan,   taalluqli   bo’lmagan   xayollardan   chalg’igan   holda,   o’z   diqqatini
qandaydir   g’oya,  tasavvur,   xotira  va   shu   kabilarda  jamlab,   o’z  tasavvurida   ushbu
damda bevosita ko’rolmaganlarini aks ettiradi va rivojlantiradi. 
Ong   uzviy   ravishda   nutq   bilan   bog’langan   bo’lib,   o’zining   yuksak
shakllarida   usiz   mavjud   bo’la   olmaydi.   Ongli   aks   ettirish   sezgilar   va   idrokdan,
tasavvurlar   va   xotiradan   farqli   o’laroq,   qator   o’ziga   xos   xossalari   bilan   ajralib
turadi.   Ulardan   biri   –   tasavvur   etilayotganlarning   anglanganligi,   ya’ni,   ularning
so’z-tushunchaviy   ma’nodorligi,   inson   madaniyati   bilan   bog’liq   holda   ma’lum
mohiyatga ega ekan-ligi. 
Ongning   keyingi   xossasi   ongda   jism,   voqyea   va   hodisalarning   faqat   asosiy
tub mohiyatga ega bo’lganlarining aks ettirishidir. 
Inson   ongining   to’rtinchi   xossasi   –   bu   uning   kommunikatsiyaga,   ya’ni,
ma’lum   odamning   o’zi   bilgan   ma’lumotlarni   til   va   boshqa   belgi   tizimlari
yordamida   boshqalarga   yetkaza   olish   layoqati.   Insonlar   bir-biri   bilan   turli
axborotlar  bilan almashinuv jarayonida asosiy xabarni ajratib oladilar. Shu tarzda
abstraktlashtirish,   ya’ni,   ahamiyatga   ega   bo’lgan   ma’lumotlarni   ikkinchi
darajalilaridan ayirib olish sodir bo’ladi. 
Inson   tabiat   muhitiga   oddiy   holatda   moslashibgina   qolmasdan,   ongli
ravishda  mehnat  qurollari  yasagan  holda, uni  o’ziga bo’ysundirishga intiladi. Shu
asnoda   inson   turmush   tarzi   ham   o’zgarib   boradi.   Atrofdagi   tabiatni   o’zgartirish
maqsadida mehnat qurollari yasash qobiliyati ongli ravishda mehnat qilish layoqati
mavjudligini   bildiradi.   Mehnat   –   insonni   yashash   sharoitlari   bilan   ta’minlash,
shuningdek,   moddiy   va   ma’naviy   boylik   yaratish   maqsadida   tabiatga   ta’sir
ko’rsatishni   amalga   oshirishdan   iborat   bo’lgan,   faqat   inson   uchun   xos   maxsus faoliyat   turi.   Shunday   qilib,   mehnat   faoliyati   inson   ongining   ahamiyatga   molik
bo’lgan xossasidir. 
Inson ongi quyidagi muhim va ahamiyatli bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarga
ega: 
1.   Inson   o’z   hulq-atvoriga   tegishli   bo’lgan   irsiy   va   tajribada   orttirilgan
shakllari   bilan   bir   qatorda,   so’z   orqali   yetkaziladigan,   insoniyat   tajribasi
ko’rinishidagi   atrof-olamda   o’z   yo’nalishini   belgilab   olishning   yangi   vositasi   –
bilimlarga ega 5
. 
2. Inson ongi voqyelikning ahamiyatli tomonlarini, qonuniyatga ega bo’lgan
aloqalarini  aks ettiradi. Ong – bu insonning olamga uning obyektiv qonuniyatlari
haqidagi   bilimlarga   ega   bo’lgan   holdagi   munosabati.   Bu   munosabat   hayotiy
muammolarni sinov va xatolar metodi yordamida emas, balki, atrofdagi muhitning
turli   tomonlari   o’rtasida   aniq,   qonuniyatli   aloqalarni   o’rnatish   asosida   hal   etish
imkonini beradi. 
3.   Ong   faoliyat   maqsadining   anglanganligi,   kelajakda   sodir   bo’ladigan
hodisalarni   tushunchalar   orqali   modellashtirish,   umuminsoniy   tushunchalar,
bilimlar   tizimida   harakatlarining   natijalarini   oldindan   sezish   kabi   xususiyatlarga
ega.   Inson   oldindan   ko’ra   oladi,o’z   harakatlaridan   kutilayotgan   natijalarni
rejalashtiradi, ularga erishishning muvofiq usul va vositalarini tanlaydi. 
4. Shaxs ongi ijtimoiy ong bilan belgilanadi. Ijtimoiy ongning to’rt xil shakli
mavjud:   fan   –   ilmiy   bilimlar,   tasavvurlar,   kontseptsiyalar   va   dunyoqarashlar
yo’nalishlari   tizimi;   ijtimoiy   ongning   jamiyat   qonunlari   sohasi   –   ma’lum
jamiyatning   ahloqiy,   g’oyaviy,   siyosiy   va   huquqiy   qadriyatlar   va   qoidalar   tizimi;
san’at   –   voqyelikni   tasviriy   vositalar   orqali   ma’naviy-amaliy   o’zlashtirishning
maxsus turi, inson turmush tarzining turli tomonlarini tasviriy modellashtirish; din,
e’tiqod   –   o’zida   yuksak   sifatlarni   mujassamlashtirgan   g’ayritabiiy   kuchlarga
ishonish, e’tiqodli odamlarning ruhiy tayanchi. 
5
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed  р389 Ijtimoiy   ongning   barcha   shakllari   birgalikda   g’oyaviylikni   –   insonlarning
voqyelikka   va   bir-birlariga   bo’lgan   munosabatni,   jamiyat   hayotiy   faoliyatini
boshqaruvchi tub negizli qadriyatlar, asosiy g’oyalar tizimini shakllantiradi. 
5.   Ong   o’zlikni   anglash,   shaxsiy   refleks   bilan   bog’liq.   Inson   o’z   atrofidagi
olamni   anglashda   o’zini   u   bilan   taqqoslaydi.   O’zlikni   anglash   –   bu   insonning
olamga   nisbatan   ahamiyatga   molik   hamda   zarur,   shuningdek,   shaxsiy
munosabatlar tizimi. 
Ong   inson   psixikasining   xossasi   sifatida   bidominantlik   –   shaxs   ichki
kommunikatsiyasi,   insonning   o’zi   bilan   bo’lgan   muloqoti   mexanizmi   orqali
amalga   oshiriladidi.   Va   bu   shaxsning   ichki   dialogi   ijtimoiy   mezonlar   bilan
belgilanadi. 
Voqyeiy hodisalar  ong orqali intentsional ( lot.dan intentio – intilish) – har
taraflama   tanlagan   holda   inson   amaliyotida   tutgan   o’rniga   bog’liq   ravishda   aks
ettiriladi. Ong tafakkurga nisbatan kengroqdir. U o’zida psixik faoliyatning barcha
shakllari:   olamni   hissiy   aks   ettirish,   ilmiy   bilish,   psixik   o’zini   boshqarishning
hissiy-iroda   sohasining   jamlangan,   tashqi   olamning   birlashtirilgan,   yaxlitlangan
aksidir. 
Shunday qilib, ong – psixik taraqqiyotning yuksak darajasi bo’lib, obyektiv
reallikka nisbatan faqat insonga xos bo’lgan odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining
umumiy shakllari vositasidagi obyektiv reallikka bo’lgan munosabatdan iborat. 
Amaliy   nuqtai   nazar   bo’yicha   ong   subyekt   ichki   olamining   bevosita   ko’z
oldidagi   sezgi   va   aqliy   obrazlarining   uzluksiz   o’zgaruvchi   yig’indisi   sifatida
namoyon   bo’ladi.   Ong   qator   protsessual   va   mazmundor   xususiyatlarga   ega.   U
faollik,   ya’ni,   individning   voqyelik   bilan   hayotiy   muhim   aloqalarini   ta’minlovchi
dinamika,   intentsionallik   –   jismga   yo’nalganlik;   ko’p   tomonlama   mustaqillilik   –
insonning   asosan   ichki   o’lchov   va   modellarga   yo’nalishi;   refleksivlik   –
nomutanosib   aks   ettirishdan   himoyalash,   o’zini   baholash   layoqati;   yaqqolik   va
tashkil etilganlikning turli darajalari bilan xarakterlanadi. 
Ong  muayyan   tuzilishga   ega   bo’lib,   unga:   birinchidan,   atrof-olam   haqidagi
bilimlar   yig’indisi;   subyekt   va   obyektni,   ya’ni,   insonning   «Men»i   va   «Men emas»iga   tegishli   bo’lganlarni   aniq   farqlash;   insonning   maqsadga   muvofiq
faoliyati;   muayyan   munosabat   tarkibi   –   «mening   o’z   muhitimga   munosabatim
mening ongimdir». 
Mazmuniga   ko’ra,   odamlar   ongi   ijtimoiy-tarixiy   sharoitlar   ta’siri   ostida
bo’ladi.   Ongning   barcha   tarkibiy   qismlari   antropogenez   jarayonida   shakllanib,
ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega bo’ladi. 
Inson   ongining   paydo   bo’lishi   va   rivojlanishining   asosiy   sharti   bo’lib
odamlarning   hamkorlikdagi   samarali   nutq   vositasidagi   qurolli   faoliyati
hisoblanadi.   Bu   faoliyat   odamlarning   muloqoti   va   o’zaro   ta’siri,   ishning
taqsimlanishini   talab   etadi.   U   hamkorlikdagi   faoliyat   ishtirokchilari   tomonidan
hamkorlik   maqsadi   sifatida   anglanadigan   mahsulot   yaratishni   taqazo   etadi.
Individual   ong   insoniyat   tarixi   boshlanishida   jamoaviy   faoliyat   jarayonida   uni
tashkil   etishning   zarur   sharoiti   sifatida   yuzaga   keldi:   axir   odamlarga   u   yoki   bu
faoliyat   bilan   shug’ullanishlari   uchun   ularning   har   biri   hamkorlikdagi   faoliyat
maqsadini   aniq   tasavvur   qilishlari   lozim.   Bu   maqsad   aniqlanib,   so’z   bilan
ifodalanishi  kerak.  Avval  jamoa  ongi,  undan so’ng  individual  ong  paydo bo’ladi,
bunday   ketma-ketlikdagi   rivojlanish   faqat   ong   filogenezi   uchun   emas,   balki   ong
ontogenezi uchun ham xarakterlidir.   Bolaning individual ongi jamoa ongi asosida
va   uning   mavjudligi   sharoitida   uni   o’zlashtirish   yo’li   orqali   shakllanadi
(interiorizatsiya, ijtimoiylashuv). 
Inson   ongining   rivojlanishida   inson   faoliyatining   ijodiy   xarakteri   muhim
ahamiyatga   ega.   Ong   inson   tomonidan   tashqi   olamnigina   emas,   balki,   o’zi,
hissiyotlari,   obrazlari,   tasavvur   va   sezgilari   anglanishini   taqazo   etadi.   Odamlar
obrazlari,   fikrlari,   tasavvurlari   va   sezgilari   ularning   ijodiy   mehnatlari   mahsulida
mujassamlantiriladi   va   bu   jismlarning   keyingi   idrok   qilinishida,   aynan,   o’zlarida
yaratuvchilari   psixologiyasini   gavlantirgan   holatda   anglanadilar.   Shuning   uchun
ijod inson o’zining shaxsiy ijod namunalarini idrok qilishi orqali o’zini anglash va
ongini rivojlantirish yo’li va vositasi bo’lib hisoblanadi. 
Inson   unga   tabiatdan   berilgan   sezgi   organlari   yordamida   olamni   undan
uzoqlashgan   va   undan   mustaqil   mavjud   bo’lgan   holda   idrok   qilishini   anglaydi. Keyinchalik   refleksiv   qobiliyat,   ya’ni,   insonning   o’zi   uchun   bilish   obyektiga
aylanishi va zarurligini anglash hissi  paydo bo’ladi. Ongning filo-va ontogenezda
rivojlanish   ketma-ketligi   mana   shunday   iborat.   Ong   rivojlanishidagi   Ong
rivojlanishidagi   ushbu   birinchi   yo’nalishni   refleksiv   yo’nalish   sifatida   belgilash
mumkin. Ikkinchi yo’nalish tafakkur rivojlanishi va fikrning so’z bilan asta-sekin
birlashishi   bilan   bog’liq.   Inson   tafakkuri   borgan   sayin   rivojlanib,   narsalar
mohiyatiga   kirib   boradi.   Bu   bilan   birgalikda   orttiriladigan   bilimlarni   belgilash
uchun   qo’llaniladigan   til   ham   rivojlanadi.   Til   so’zi   chuqur   mohiyat   bilan
to’ldiriladi,   va,   nihoyat,   fanlar   rivojlana   boshlaganida,   tushunchalarga   aylanadi.
So’z-tushuncha ong birligi, hosil bo’ladigan oqim esa tushunchali yo’nalish bo’lib
hisoblanadi. 
Har bir yangi tarixiy davr uning zamondoshlari ongida o’ziga xos tarzda aks
etadi, va odamlar mavjudligining tarixiy sharoitlari o’zgarishi  bilan ularning ongi
ham   o’zgaradi.   Uning   rivojlanish   filogenezini   tarixiy   rakursda   tasavvur   qilish
mumkin.   Lekin   xuddi   shuning   o’zi   inson   ontogenezining   rivojlanishi   davomida
inson   ongiga   nisbatan   ham   haqqoniydir,   individ   insonlar   tomonidan   yaratilgan
san’at,   madaniyat   asarlari   orqali   ungacha   yashab   o’tgan   xalqlarning
psixologiyasiga   kirib   boradi.   Ong   rivojlanishidagi   bu   yo’nalish   tarixiy   yo’nalish
sifatida belgilanadi. 6
Tarixning   hozirgi   davrida   insonlar   ongi   rivojlanishda   davom   etmoqda,   bu
rivojlanish   ilmiy,   madaniy   va   texnikaviy   taraqqiyotning   yuqori   tezlanishi
yordamida jadallik bilan bormoqda. 
Insoniyat   ongi   rivojlanishining   keyingi   asosiy   yo’nalishi   insonning   o’zi   va
atrof-olamdagi   anglanuvchilar   sohasining   kengayishi   bo’lib   hisoblanadi.   Bu   o’z
navbatida   madaniy-ahloqiy   inqilobga   o’sib   boradigan   dunyoviy   ijtimoiy-iqtisodiy
inqilob   bilan,   moddiy   va   ma’naviy   ishlab   chiqarish   vositalarini   takomillashtirish
bilan bog’liq. 
Bunday   o’tishning   birlamchi   belgilari   hozirdanoq   sezilmoqda.   Bu   –   turli
xalqlar   va   mamlakatlar   iqtisodiy   farovonligining   o’sishi,   ular   mafkurasi   va
6
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed  р389 siyosatining   halqaro   va   ichki   maydonda   o’zgarishi,   davlatlararo   harbiy   qarama-
qarshilikning pasayishi, odamlar muloqotida diniy, madaniy va ahloqiy qadriyatlar
ahamiyatining   oshishida   ko’rinadi.   Shu   bilan   birga   insonning   hayot,   makro-   va
mikrodunyolar   tilsimotlariga   kirib   borishi   sodir   bo’lmoqda.   Fan   yutuqlari
natijasida  insonni   bilish  va boshqarish,  o’zi   va dunyo  ustidan  hukmronligi  sohasi
kengaymoqda, insonning ijodiy imkoniyatlari, shuning, ongi ham oshmoqda. 
Individual va jamoaviy ong
Odamning   asosiy   xususiyatlaridan   biri   uning   mehnat   qilish   qobiliyatidir,
mehnatning istalgan turi esa faoliyat bo’lib hisoblanadi. Jamoaviy ong faoliyatning
psixologik   nazariyasi   umumjahon   psixologiyasida   yaratilgan   edi.   Shuningdek,   u
L.S.   Vigotskiy,   S.L.   Rubinshteyn,   A.N.   Leontyev,   A.R.   Luriya,   A.V.   Zaporojets,
P.Ya. Galperin va boshqa ko’pchilik ruhshunoslarning asarlarida yoritib berilgan.
Jamoaviy   ong   –   bu   subyektning   olam   bilan   o’zaro   ta’sirlashuvining
rivojlanuvchi   tizimi.   Bunday   o’zaro   ta’sir   jarayonida   psixik   tasvirning   yuzaga
kelishi va uning obyektda ifodalanishi, shuningdek, subyektning voqyelik bilan o’z
munosabatlarini ro’yobga chiqarishi sodir bo’ladi. Faoliyatning istalgan oddiy akti
subyekt   faolligining   ifodalanish   shakli   bo’lib   hisoblanadi,   bu   esa,   har   bir
faoliyatning   undovchi   sabablarga   ega   bo’lishi   va   ma’lum   natijalarga   erishishga
yo’naltirilishini   bildiradi.   Shunday   qilib,   faoliyatni   odamga   xos   bo’lgan,   ong
tomonidan   boshqariladigan,   ehtiyojlarni   qondirishda   yuzaga   keladigan,   tashqi
olam   va   insonni   bilish,   shuningdek,   ularni   o’zgartirishga   qaratilgan   faollik
sifatida   ta’riflash   mumkin .   Jamoaviy   ong predmetlilik   va   subyektlilik
xususiyatlariga   ega.   Jamoaviy   ong   predmeti   deb,   u   bevosita   shug’ullanadigan
hodisalarga  aytiladi.  Masalan,   bilish   faoliyatining  predmeti  bo’lib,  har  xil  turdagi
axborotlar   xizmat   qiladi,   o’quv   faoliyatining   pred-meti   –   bilim,   malaka   va
ko’nikmalar,   mehnat   faoliyatining   predmeti   –   yaratilgan   muayyan   moddiy
mahsulot   hisoblanadi.   Faoliyat   subyekti   bo’lib   odam,   individ   hisoblanadi.
Faoliyatning   predmeti   va   subyektidan   tashqari,   ushbu   tushuncha   bilan   faoliyat
vositalari   va   natijalari   ham   bog’liq.   Faoliyatni   amalga   oshirishda   odam   uchun
mehnat   vositalari   sifatida   u   yoki   bu   harakat   va   muolajalarni   bajarishda foydalanadigan   asboblar   tushuniladi.   Faoliyat   natijalari   bo’lib,   moddiy   yoki
ma’naviy   xususiyatga   ega   bo’lgan   yaratilgan   mahsulotlar   hisoblanadi.   Shunday
qilib,   faoliyat   quyidagi   belgilari   bilan   farqlanadi:   -   faollikning   ichki   motivga   ega
shaklidir;   -   inson   faoliyatining  mahsuldorligi.   Moddiy  yoki   har   tomonlama   yetuk
mahsulotning   yaratilishi;   -   insonning   xususiy,   oliy,   ijtimoiy   ehtiyojlaridan   kelib
chiqadi;
-   insonning   faoliyati   o’zi   ishlab   chiqargan   mahsulotda   namoyon   bo’ladi,
faoliyatning   bunday   ifodalanishi   yoki   aks   etishi   o’zida   insoniy   bilimlar   va
malakalarni   mujassamlashtiradi.   Faoliyat   nazariyasi   to’laligicha   A.N.
Leontyevning ilmiy ishlarida, xususan, «Faoliyat. Ong. Shaxs» asarida (M., 1982)
bayon   etilgan.   Faoliyatning   tuzilishi   haqidagi   tasavvurlar   faoliyat   nazariyasini
to’liq tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi. Inson faoliyati murakkab
tartibli   zinapoyali   ketmaketlik   tuzilishiga   ega.   U   bir   necha   qatlam   yoki
darajalardan   iborat.   Yuqoridan   quyiga   harakatlanib,   ularni   nomlab   chiqamiz:
alohida   faoliyatlar   darajasi   (yoki   faoliyatning   alohida   turlari);   harakatlar
darajasi ;   muolajalar   darajasi ;   psixofiziologik   vazifalar   darajasi .   Shunday   qilib,
faoliyat tuzilishining tarkibiy qismlariga motiv, maqsad, harakat (tashqi, predmetli
va   ichki,   aqliy;   interiorizatsiya   va   eksteriorizatsiya   jarayonlari),   muolajalar,
psixofiziologik vazifalar kiradi. Motiv – bu faoliyatga undovchi sabab. Maqsad  –
bu istalgan, ya’ni, faoliyatni bajarish bilan erishiladigan natijaning tasviri.  Harakat
– bu faoliyat tahlilining asosiy birligi. Ta’rifga ko’ra harakat – bu maqsadni amalga
oshirishga   yo’naltirilgan   jarayon.   «Harakat»   tushunchasiga   oid   quyidagi
xususiyatlarni   keltirish   mumkin.   Birinchi   xususiyat:   harakat   zarur   tarkibiy   qism
sifatida   maqsad   qo’yish   va   uni   ushlab   qolish   ko’rinishidagi   ong   aktini   o’z   ichiga
oladi.   Ikkinchi   xususiyat:   harakat   –   bu   bir   vaqtning   o’zida   hulqatvor   akti   ham
bo’lib   hisoblanadi   .   Shunday   qilib,   faoliyat   nazariyasi   avvalgi   kontseptsiyalardan
(bixeviorizm)   tafovutlari   ko’rsatilgan   birlamchi   ikki   xususiyatlarining   ong   va
hulqatvorning   uzluksiz   birligini   tan   olishidan   iborat.   Uchinchi,   juda   muhim
xususiyat :   faoliyat   nazariyasi   faollik   tamoyilini   «harakat»tushunchasi   orqali
ta’sirchanlik   tamoyiliga   qarama-qarshi   qo’ygan   holda   tasdiqlaydi.   Faollik   va ta’sirchanlik   tamoyillarining   alohida   har   biridan   kelibchiqqan   holda   faoliyat
tahlilining   boshlang’ich   nuqtasi   tashqi   muhitga   yoki   subyekt   organizmiga
joylashtirilishi   lozim.   To’rtinchi   xususiyat :   harakat   tushunchasi   odam   faoliyatini
ijtimoiy   va   jismli   dunyoga   «olib   chiqadi».   Harakat   doimo   maqsad   bilan   bog’liq
bo’ladi.   Maqsad   harakatni   belgilaydi,   harakat   esa   maqsadning   amalga   oshishini
ta’minlaydi.   Maqsadning   xususiyati   orqali   harakat   xususiyatini   aniqlash   mumkin.
Inson   maqsadlarini   tahlil   qilib,   nimalarni   aytish   mumkin?   Avvalambor,   ularning
juda   xilma-xilligini,   muhimi   esa   keng   hajmliligini   keltirish   mumkin.   Yirik
maqsadlar   maydaroq,   xususiy   maqsadlarga   bo’linadi,   ular   ham   o’z   o’rnida
bulardan   ham   xususiyroq   maqsadlarga   bo’linishi   mumkin   va   h.k.   Shunga   mos
ravishda   har   bir   yetarli   darajadagi   yirik   harakat   quyi   tartibli   ketma-ketlikning
harakatlar tizimida turli darajalarga o’tib turishidan iborat. Masalan, boshqa shahar
bilan   telefon   orqali   bog’lanmoqchisiz.   Bu   harakatni   amalga   oshirish   uchun   (I
tartib) siz bir qator xususiy harakatlarni bajarishingiz kerak (II tartib): shaharlararo
so’zlashuv   telefon   tarmog’iga   borib,   zarur   avtomatni   topib,   navbatga   turishingiz
lozim   va   h.k.   Kabinaga   kirgandan   so’ng,   abonent   bilan   bog’lanishingiz   kerak.
Lekin buning uchun qator mayda ishlarni bajarishingizga to’g’ri keladi (III tartib):
tanga tashlab, tugmachani bosib turib, ma’lum sonlarni terish kerak bo’ladi va h.k.
Muolaja   –   bu   faoliyat   bajarilishining   navbatdagi   quyiroq   darajasi.   Muolaja   deb,
harakat   bajarilishining   usuliga   aytiladi.   Masalan,   ikkita   ikki   xonali   sonlarni
ko’paytirish   amalini   xotirada   va   misolni   ustuncha   shaklida   yozgan   holda   yechish
mumkin.  Bu bir xildagi matematik misolning ikki turlicha usuli yoki ikki xil amal
bo’ladi.   Qo’llaniladigan   muolajalarning   xususiyati   nimaga   bog’liq   bo’ladi?
Avvalambor, ular  harakat  amalga oshiriladigan sharoitlarga bog’liq. Agar harakat
maqsadning   o’ziga   javob   bersa,   muolaja   maqsad   qo’yilgan   sharoitlarga   javob
beradi.   Bunday   sharoitlarga   tashqi   vaziyatlardan   tashqari,   shuningdek,   faoliyat
ko’rsatayotgan subyektning imkoniyatlari yoki ichki vositalari ham kiradi.
Individual ong  jarayonini tasvirlashda ularni amalga oshiruvchi harakatlarni
ham,   muolajalarni   ham   ko’rsatish   lozim.   Muolajalarning   asosiy   xossasi   ularning
kamroq anglanganligi yoki umuman anglanmaganligidan iborat. Bu xossalari bilan muolajalar   ongli   maqsadni   ham,   harakatning   bajarilishini   nazorat   qilishni   ham
belgilab   beradigan   harakatlardan   tamomila   farq   qiladi.   Muolajalar   ikki   turga
bo’linadi:   ba’zilari   adaptatsiya,   moslashish,   bevosita   taqlid   qilish   yordamida
yuzaga  keladi;  boshqalari   harakatlarni  avtomatlashtirish   vositasida   paydo  bo’ladi.
Birinchi turdagi muolajalar anglanmaydi, ularni ongimizda, hatto, maxsus vositalar
yordamida ham hosil qilish mumkin emas. Ikkinchi tur muolajalar ong chegarasida
joylashadi.   Ular   osongina   dolzarb   anglanuvchilarga   aylanishi   mumkin.   Har   bir
murakkab   harakat   harakatlar   ketma-ketligi   va   «to’shaluvchi»   muolajalar
qatlamidan   iborat.   Har   bir   murakkab   harakatda   dolzarb   bo’lgan   ongli   va
anglanmagan   faoliyatlar   o’rtasidagi   chegaraning   belgilanmaganligi   harakatlar
ketma-ketligini   muolajalar   ketma-ketligidan   ajratib   turuvchi   chegaraning
harakatchanligini   bildiradi.   Bu   chegaraning   yuqoriga   yo’nalgan   harakati
muolajadagi ba’zi harakatlarning (asosan, eng soddalarining) o’zgarishini anglata-
di.   Chegaralarning   pastga   harakatlanishi   esa,   aksincha,   muolajalarning   harakatga
aylanishini, ya’ni, faoliyatning maydaroq birliklarga bo’linishini bildiradi. Quyida
shunga mos misol keltiramiz. Munozara vaqtida sizda yangi g’oya tug’ildi, va siz
ifodalanish usulini  hisobga olmagan holda, asosan,  mazmunidan kelib chiqib, uni
bayon   qildingiz,   deb   tasavvur   qilamiz.   Siz   ko’plab,   ya’ni,   aqliy,   nutqli   va   h.k.
muolajalar   bilan   ta’minlangan   harakatni   amalga   oshirgan   bo’lasiz.   Ularning
barchasi   birgalikda   g’oyani   bayon   qilish   faoliyatini   amalga   oshirgan   bo’ladilar.
Faoliyat   tuzilishidagi   eng   quyi   daraja   –   psixofiziologik   vazifalarni   ko’rib
chiqamiz.   Faoliyat   nazariyasida   bu   vazifalarga   psixik   jarayonlarning   fiziologik
ta’minoti   kiradi.   Ularga   odam   organizmiga   xos   bo’lgan   his   etish,   o’tmish
t aassurotlarining qoldiqlarini hosil qilish va qayd etish layoqatlari, motor layoqati
va   boshqalar   kiradi.   Mos   ravishda   sensor,   mnemik,   motor   vazifalar   haqida   so’z
yuritish mumkin. Bu darajaga shuningdek, asab tizimi morfologiyasida mustahkam
o’rin   tutgan   tug’ma   va   hayotning   birinchi   oylarida   yuzaga   keladigan   mexanizlar
kiradi.   Barcha   layoqat   va   mexanizmlar   insonga   tug’ilishi   bilanoq   beriladi,   ya’ni
ular   irsiyat   tomonidan   belgilangan   bo’ladi.   Psixofiziologik   vazifalar   psixik
vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   faoliyat   vositalarini   zarur   dastlabki   shart- sharoitlar bilan ta’minlaydi. Masalan,  biror ma’lumotni xotiramizda saqlab qolish
uchun   tez   va   sifatli   yodda   saqlab   qolishning   maxsus   usullaridan   foydalanamiz.
Lekin   agarda   biz   yodda   saqlab   qolish   layoqatidan   iborat   mnemik   vazifalarga   ega
bo’lmaganimizda,   bu   faoliyatni   amalga   oshira   olmagan   bo’lardik.   Mnemik
vazifalar   tug’ma   bo’ladi.   Bola   tug’ilishi   bilanoq   katta   miqdordagi   ma’lumotni
yodida saqlay boshlaydi. Dastlab, bu oddiy axborot bo’lib, keyinchalik rivojlanish
jarayonida   xotirada   saqlanishi   zarur   bo’lgan   axborot   hajmidan   tashqari,   yodda
saqlashning   sifat   ko’rsatkichlari   ham   o’zgaradi.   «Korsakov   sindromi»   deb
ataladigan (uni ilk marotaba o’rgangan mashhur rossiyalik psixiatr S.S. Korsakov
nomi   bilan)   xotira   kasalligi   mavjud.   Bunda   aynan   mnemik   vazifa   oqsaydi.   Bu
kasallikda voqyealar, hatto, bir necha daqiqa avval sodir bo’lganlari ham umuman
yodda   saqlanib   qolmaydi.   Bunday   bemorlar,   masalan,   shifokor   bilan   kuniga   bir
necha   marta   salomlashib,   bugun   ovqatlanganmi   yoki   yo’qmi,   eslamasligi   ham
mumkin.   Bir   bemor   onasiga   kitobiy   asarning   o’ziga   yoqib   qolgan   parchasini
hozirgina o’qib berganini yodidan chiqarib yuborib, beto’xtov o’qib berardi va, shu
asnoda   bir   necha   o’n   martalab   takrorlardi.   Agar   bunday   bemor   biror   matnni   yod
olishga urinib ko’rsa, u shu zahotiyoq matn bilan birga yod olishningrni o’zini ham
yodidan   chiqarib   yuborishi   mumkin.   Shunday   qilib,   psixofiziologik   vazifalar
faoliyat   jarayonlarining   organik   ustqurmasini   tashkil   etadi,   deb   xulosa   yasash
mumkin.   Ularga   tayanmay   turib,   harakatlar   va   muolajalarning   bajarilishidan
tashqari vazifalar belgilanishining ham imkoniyati mavjud emas.
Istalgan faoliyat tuzilishida   ichki   va   tashqi   tarkibiy qismlarni ajratish mum-
kin.   Ichki   tarkibiy   qismlarga   markaziy   asab   tizimi   tomonidan   boshqariladigan
faoliyatlarda ishtirok etadigan anatomik va fiziologik tuzilmalar hamda jarayonlar,
shuningdek,   faoliyatni   boshqarishga   taalluqli   psixologik   jarayonlar   va   holatlar
kiradi.   Tashqi   tarkibiy   qismlarga   esa   faoliyatni   amaliyotda   bajarish   bilan   bog’liq
turli harakatlarni kiritish mumkin (N.A. Bernshteyn). Faoliyatning taraqqiy etib va
o’zgarib borishi bilan tashqi tarkibiy qismlarning ichkilariga tizimli o’tishi amalga
oshiriladi.   Bunda   interiorizatsiya,   avtomatizatsiya   va   e ksteriorizatsiya   ham
kuzatiladi.   Shunday   qilib,   tashqi   faoliyatdan   tashqari   ichki,   aqliy   faoliyatni   ham ajratish   mumkin.   Bunday   faoliyatning   vazifalari   nimalardan   iborat?   Avvalambor,
bu   vazifalar   ichki   harakatlarning   tashqi   harakatlarni   tayyorlashidan   iborat.   Ular
zarur   harakatni   tezda   tanlab   olishga   imkon   yaratib,   inson   kuchini   tejashga,
shuningdek,   qo’pol   xatoliklarga   yo’l   qo’ymaslikka   yordam   beradilar.   Masalan,
odam kitob javonlarini devorga qoqib qo’yish uchun joyni mo’ljallaydi. Bir yo’lni
tanlab olib, baholaydi, so’ngra undan voz kechib, ikkinchisiga, uchinchisiga o’tadi,
nihoyat,   o’ziga   mos   va   qulay   holatda   to’xtaladi.   Garchi   bu   vaqt   ichida   bir   marta
ham «barmog’ini qimirlatib» qo’ymaydi, ya’ni, biror bir amaliy harakatni amalga
oshirmaydi.   Harakatlarni   miyada   «aylantirib   chiqish»   ularni   oldindan   o’ylab
olishga   kira-di.   Qanday   harakat   qilishni   o’ylayotgan   inson   qanday   yo’l   tutadi?
Qandaydir   harakatning   ro’yobga   chiqqanligini   tasavvur   qilib,   uning   oqibatlarini
ko’rib   chiqadi.   Ularga   qarab,   o’zining   holatiga   mos   keladigan   harakatni   tanlaydi.
Yoki   boshqa   misol,   ko’p  hollarda   inson   qandaydir   quvonchli   hodisani   kutganida,
vaqtdan   o’zib,   o’sha   hodisani   bo’lib   o’tganday   tasavvur   qiladi.   Natijada   o’zini
yuzida   baxtli   tabassum   bilan   o’tirganini   ko’radi.   Bu   misollar   insonning   ichki
faoliyatiga   misol   bo’la   oladi.   U   o’zining   ikki   asosiy   xususiyati   bilan   farqlanadi.
Birinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyat kabi tuzilishga ega, ular bir-biridan faqat
codir   bo’lish   shakli   bilan   tafovutlanadi.   Bu   ikki   faoliyat   motivlar
yordamidauyg’otilishini,   hissiy   kechinmalar   bilan   birga   kuzatilishini,   o’zining
muolajaviy   texnik   tarkibi   mavjudligini   bildiradi.   Ichki   faoliyatning   tashqi
faoliyatdan   farqi   harakatlar   real   jismlar   bilan  emas,   ularning   xayoliy  tasviri   bilan
amalga   oshirilishidan,   real   mahsulot   o’rniga   g’oyaviy   natija   hosil   bo’lishidan
iborat.   Ikkinchidan,   ichki   faoliyat   tashqi   faoliyatdan   mos   harakatlarning   ichki
holatga o’tkazilish yo’li bilan paydo bo’lgan. Biror-bir harakatni samarali ravishda
fikran   amalga   oshirish   uchun   uni   avvalo   amaliyotda   o’zlashtirib   olib,   real   natija
olish lozim. Masalan, shaxmat o’yinida donalarning yurishi o’zlashtirilib, ularning
oqibatlari   idrok   etilgandan   keyingina   shaxmat   yurishini   o’ylab   olish   imkoniyati
tug’iladi.   Shuni   ta’kidlab   o’tish   lozimki,   faoliyat   nazariyasining   mualliflari   ichki
faoliyat   tushunchasi   orqali   ong   va   psixik   jarayonlar   tahlili   muammosi   bilan
to’qnashdilar.   Faoliyat   nazariyasi   mualliflarining   fikriga   ko’ra,   psixik   jarayonlar faoliyat   nuqtai   nazaridan   tahlil   qilinishi   mumkin,   chunki   istalgan   psixik   jarayon
o’z   vazifalari   va   muolajaviy-texnik   tuzilishiga   ega   bo’lib,   ma’lum   maqsadda
amalga oshiriladi. Masalan, ta’mni idrok qilish ta’m sifatlarining o’zaro farqlari va
mos   kelish   darajalarini   aniqlash   bilan   bog’liq   pertseptiv   maqsad   va   vazifalariga
ega.   Pertseptiv   vazifaga   yana   bir   misol   sifatida   aniqlash   jarayonini   keltirish
mumkin.   Bunday   vazifalarni   kundalik   hayotimizda   muntazam   holatda   ko’z   bilan
chamalash  masalalarini  hal   etishda,  chehralarni, ovozlarni  tanib  olishda  va h.k.da
bajarishga   to’g’ri   keladi.   Barcha   vazifalarni   hal   etish   uchun   har   biriga   mos
ravishda   farqlash,   aniqlash,   o’lchash,   tanish   va   boshqa   harakatlar   ko’rinishidagi
pertseptiv   harakatlar   amalga   oshiriladi.   Psixik   jarayonlar   (idrok,   diqqat,   xotira,
tafakkur va h.k.)ni faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faoliyatning alohida shakli
sifatida   o’rganib,   ma’lum   axborotlar   –   faoliyatning   umumiy   tuzilishi,   darajalari,
kechish shakllari va h.k.ni qo’llash mumkin va zarurdir.  A dabiyotlar :
1. Leontyev   A.N.   Leksii   po   obщyey   psixologii:   ucheb.posobiye   dlya
stud.vыssh.ucheb.zavedeniy.   –   5-ye   izd.,   ster.   –   M.:   Smыsl;   Izdatelskiy
sentr «Akademiya», 2010. – 511 s.
2. Luriya A.R. Leksii po ob щ yey psixologii.  –SPb.: Piter, 2006. – 320 s.
3. Lyubimov V.V. Psixologiya vospriyatiya.  –  M.: Eksmo, 2007.  – 472 s.
4. Ob щ aya psixoloriya: v 7 t.: uchebnik dlya stud. v ы ssh. ucheb.   Pod red.
B.Bratusya. –  M.: Izdatelskiy sentr «Akademiya», 2007. 
5. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910   
p.
6. Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind /   
David M. Buss. - 3rd ed .
 
7. Galperin   P.   Ya.,   Kab ы lniskaya   S.   L.   Eksperimentalnoye   formirovaniye
vnimaniya. M.: Izd-vo Mosk. un-ta, 1999.
8. Gibson   Dj.   Ekologicheskiy   podxod   k   zritelnomu   vospriyatiyu.   M:
Progress, 1988. 462 s.
9. G’oziyev E.G’. Psixologiya. -T.,  O’ zMU «Universitet», 2003.
10. G’oziyev E.G’. Tafakkur psixologiyasi.  Toshkent: Universitet ,1990.
11. G’oziyev E.G’. Xotira psixologiyasi. -ToshDu , 1994.
12. Dormashev Yu. B., Romanov V. Ya.  Psixologiya vnimaniya. - M.,  1995 .
13. Kr ы lov A.A., Manicheva S.A. Praktikum po ob щ yey, eksperimentalnoy i
prikladnoy psixologii.-Spb.: Piter, 2005.-550 s.

Kognitiv jarayonlarni shaklllanishi. Insonda aks ettirish darajalari. Reja: 1. Insonda aks ettirish darajalari. 2. Ongni vujudga kelishi va rivojlanishi 3. Individual va jamoaviy ong

Insonda aks ettirish darajalari Barcha psixologik mexanizmlar ma’lum bir tahlildarni talab qiladi ular ma’lum bir muammolarning yechimlariga qaratilgan bo’lishi kerak. Bu muammolar o’zining holatlariga ko’ra ijtimoiy tarixiy tabiatga egadir. Kognitiv psixologiya boshqa insonlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Barcha kognitiv jarayonlar bir biri bilan bog’liq bo’lgan kompleks tarzdagi ma’lumotlarni o’zida jamlaydi. An’anaviy kognitiv jarayonlar tarixiy muammolarni tahlil qilish holatini yaratishi mumkin 1 . Psixika ta’rifidan kelib chiqqan holda, ikki asosiy vazifani bajaradi: aks ettiruvchi va regulyativ (moslashuvchanlik). P.A. Ponomarev psixikaning quyidagi vazifalarini ko’rsatib o’tadi: atrof-olam ta’sirlarining aks etishlari; insonlar hulq- atvorlari va faoliyatlarini tartibga solish; insonlarning atrof-olamdagi o’zlari tutgan o’rinlarini anglashlari. Voqyelikni psixik aks ettirish o’ziga xos xususiyatlarga e ga: psixika obyektiv voqyelikni haqqoniy aks ettiradi; haqqoniy aks ettirish amaliyotda tekshiriladi; u rivojlantiriladi va takomillashtiriladi; faol harakatda namoyon bo’ladi; psixika shaxsiyat orqali o’z ma’nosini o’zgartiradi; u ilgarilab ketish xususiyatiga ega 2 . Psixik voqyelikni shartli ravishda: ekzopsixika, endopsixika va intropsixikaga ajratish mumkin. E kzopsixika – inson psixikasining bu bo’lagi organizmga nisbatan tashqi bo’lgan voqyelikni aks ettiradi. E ndopsixika – inson organizmining holatini aks ettiruvchi psixik voqyelikning bir bo’lagi. Intropsixika – fikr, iroda kuchi, xayolot, tushlarni o’z ichiga olgan psixik voqyelikning bir qismi. Psixika rivojining ikki darajasi mavjud: tuban va yuqori. Psixikaning tuban darajasi anglanmagan ong ostini, yuqorisi esa – ongni tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, psixika ongdan ko’ra anchagina kengroqdir. Ong – muzlikning ko’rinayotgan qismi bo’lib, uning katta qismini esa insonning anglangan nazoratidan yashiringan ong osti tashkil etadi. 1 Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р389 2 Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р389

Inson psixikasi tarkibiga: psixik jarayonlar: bilish, hissiy, irodaviy va anglanmagan jarayonlar; psixik holatlar: motivatsion sohada – ehtiyojlar, qiziqishlar, istaklar, intilishlar; emotsional sohada – sezgilarning hissiy toni, emotsional aks ta’sir, kayfiyat, stress, affekt; irodaviysohada – tashabbuskorlik, qaror qabul qilish, maqsadga yo’nalganlik, qat’iyatlilik; ongning umumiy tarkibini ifodalovchi – diqqatning turli darajalari, frustratsiya, apatiya va boshqalar; psixik xossalar: yo’nalganlik, temperament, fe’l-atvor, qobiliyatlar kiradi. Shu tarzda, inson psixikasi aks ettirish va tartibga solish faoliyatining yaxlit psixik hodisasi demakdir. Psixikani tushunishga oid turli yondoshuvlar mavjud: 1. Antropsixizm ta’limoti (R. Dekart) – psixika faqat insonga xos. 2. Panpsixizm ta’limoti (frantsuz materialistlari) – tabiatning umumiy ruhlanganligi; psixika butun tabiatga, butun olamga xos (shu jumladan toshga ham). 3. Biopsixizm ta’limoti – psixika – bu tirik tabiatning xossasi (o’simliklarga ham xos) 3 . 4. Neyropsixizm ta’limoti (Ch. Darvin) 4 – psixika asab tizimi mavjud bo’lgan organizmlargagina xos. 5. Miyapsixizmi ta’limoti (K.K. Aflotunov) – psixika faqat bosh miyali, naysimon asab tizimiga ega organizmlarda mavjud (bunga ko’ra, hasharotlarda psixika mavjud emas, chunki ular bosh miyasiz tugunli asab tizimiga ega). 6. Tirik organizmlarda psixika kurtaklarining namoyon bo’lish mezoni bo’lib ta’sirchanlik hisoblanadi(A.N. Leontyev) – hayotiy ahamiyatsiz bo’lgan muhit omillariga javoban ta’sirlanish (tovush, hid va sh.o’.), ular obyektiv barqaror aloqasiga ko’ra muhim hayotiy ta’sirlanuvchilar (ozuqa, xavf) uchun ogohlantiruvchi bo’lib xizmat qiladi. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixiy bosqichlari . Shunday qilib, psixologiya predmetini to’liq bayon etish psixologiya fanining o’zini ko’rib chiqishni taqazo etadi. 3 Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р387 4 Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р388

«Psixologiya» so’zi birinchi marta 1590 yilda nemis teolog olim R. Gokle- nius tomonidan qo’llanilgan edi. XVIII asrda esa nemis olimi X. Volf birinchi marta ilmiy atamalar qatoriga «psixologiya» atamasini kiritdi. U dastlabki yirik ilmiy-psixologik asarlar: «Yempirik psixologiya» (1732) va «Ratsional psixologiya» (1734) ni yaratdi. Psixologiya – ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan. Qadimiy fan sifatida u ikki ming yil avval paydo bo’lgan. Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar qadimgi dunyo (Hindiston, Xitoy, Misr, Bobil, Yunoniston)da falsafa bag’rida paydo bo’lgan va jamiyatdagi amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi. XIX asrning 70-80-yillarida psixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Ilmiy psixologiyaning, xususan, eksperimental psixologiyaning asoschisi sifatida 1879 yilda Leyptsig shahrida dunyoda birinchi bo’lib eksperimental psixologik laboratoriyani ochgan nemis tadqiqotchisi V. Vundt tan olingan. Bunga mos ravishda ushbu yil psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelgan sanasi bo’lib hisoblanadi. Dastlab eksperimental psixologiyaning asosiy mavzulari sifatida sezgilar va ta’sirlanish vaqti (F. Donders), keyinchalik esa – assotsiatsiyalar (G. Ebbingauz), diqqat (Dj. Kettel), hissiy holat (U. Djeyms, T.A. Ribo), ong va iroda (Vyurtsburgskaya shkola, A. Bine) xizmat qildi. XX asrning birinchi yarmida amaliy psixologiyaning ko’plab maxsus bo’limlari yuzaga keldi – bu mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi va boshqalar, shu bilan bir qatorda ilmiy psixologiyaning ko’plab maxsus sohalari – psixofiziologiya, oila, yosh, differentsial psixologiya va boshqalar ajralib chiqdi. Ilmiy amaliy psixologiya turli yo’nalishlar bo’yicha rivojlanib bordi, inqiroz ma’lum darajada bartaraf etilgan bo’lsada, ko’plab masalalar hal etilmagan edi. XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilob psixologiyaga katta ta’sir ko’rsatdi. Fanda matematika, kibernetika, informatika nazariyalari metodlari, shuningdek, elektron-hisoblash texnikasi kengroq qo’llanila boshladi. Psixologiya

tibbiyot va biologiya sohalaridagi eng so’nggi yutuqlardan faol tarzda foydalana boshladi. Shunday qilib, psixologiya rivojlanish yo’lida uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tgan holda, o’rganish predmeti va fan sifatidagi nomlanishini o’zgartirib bordi. L.D. Stolyarenko psixologiyaning fan sifatidagi rivojlanishini to’rt bosqichga ajratadi. Birinchi bosqich. Psixologiya – ruh haqidagi fan (Arastu). Psixologiyaning bunday ta’rifi ikki ming avval keltirilgan edi. Ruhning mavjudligi bilan inson hayotidagi barcha noma’lum hodisalarni tushuntirib berishga urinar edilar. Ikkinchi bosqich. Psixologiya – ong haqidagi fan (R. Dekart, B. Spinoza, D. Lokk, G. Leybnits, D. Gartli). XVII asrda tabiiy fanlar rivoji bilan yuzaga keldi. Fikrlash, sezish, xohishga bo’lgan layoqat ong deb ataldi. O’rganishning asosiy metodi bo’lib, insonning o’zini kuzatishi va voqyelikni bayon etishi hisoblanar edi. Uchinchi bosqich. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda paydo bo’ldi (D. Uotson, e. Torndayk). Psixologiyaning vazifalari – tajribalar qo’yish va bevosita ko’rish mumkin bo’lganlarni, aynan, insonning xulq-atvori, harakatlari, ta’sirlanishga javoblarini kuzatish (harakatlarni keltirib chiqaruvchi motivlar hisobga olinmas edi). To’rtinchi bosqich. Psixologiya obyektiv qonuniyatlarni, psixikaning faoliyat va ifodalanish mexanizmlari, shuningdek, faktlarni o’rganuvchi fan sifatida. Ongni vujudga kelishi va rivojlanishi Inson ongining birlamchi psixologik xossasi o’zini bilish subyekti sifatida his etish, mavjud va tasavvurdagi voqyelikni xayolan tasvirlash layoqati, shaxsiy psixik va hulq-atvor holatlarini nazorat qilish, ularni boshqara olish, atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida ko’rish va idrok qilish layoqati kabilarni o’z ichiga oladi. O’zini bilish subyekti sifatida his etish insonning olamni o’rganish va bilishga, ya’ni, olam haqida u yoki bu darajada aniq bilimlarni egallashga tayyor va layoqatli, bu olamdan bo’lak qilingan mavjudot sifatida anglashini bildiradi. Ongsizlik (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.o’.) holatlarida bunday layoqat yo’qoladi.