Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari. Lokal va global tarmoqlar
Mav zu. Kompy ut er t armoqlari v a ularning t urlari. Lok al v a global t armoqlar Reja: 1. Kompyuter tarmoqlari. 2. Lokal tarmoq. 3. Global tarmoq.
Kompy ut er t armoqlari Ќ ozirda kompyuterni qo’llashda ko’pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim hahamiyatga ega. Uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan kompyuterlar majmuiga k o m p yu t ye r t a r m o g’ i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi. Kompterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob uskunalar - katta hajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishini ta’minlash va ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo’lib foydalanishni tashkil etish. Mahalliy tarmoqlarida foydalanuvchilar ishlashi uchun ma’lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarida yagona ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.h Kompyuter tarmoqlarni ko’pgina belgilar, xususan hududiy taqsimlanishi jihatidan klassifikasiyalash mumkin. Bunga ko’ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlarga farqlanadi. G l o b a l t a r m o q l a r butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10-15 ming
kilometr uzoqlikdagi KOMPYuTER va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi sputnik aloqa kanallaridan foydalanadi. Masalan, INTERNET tarmog’i. M i n t a q a v i y t a r m o q l a r uncha katta bo’lmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni bir-lashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalanadi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 kilometrni tashkil etadi. Kompyutern i n g l o k a l t a r m o q l a r i bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Mahalliy tarmoqlar juda keng tarqalgan. Chunki 80-90% axborotlar o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Mahalliy tarmoqlari har qanday strukturaga ega bo’lishi mumkin. Lekin mahalliy tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanallarning bo’lishi - mahalliy tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug’lik o’tkazgich inson soch tolasi qalinligida yasalgan. Bu o’ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel. Mahalliy tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa uncha katta emas -10 km.gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa -20 km. Mahalliy tarmoqlarida kanallar tashkilot mulki hisoblanadi va bu narsa ularni ekspluatasiya qilishni osonlashtiradi. Kompyuter tarmoqlarining dasturiy ta’minoti Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko’rsatadigan xizmati bilan o’lchanadi. Tarmoqning har bir xizmat turi hamda, unga
kirish uchun dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko’plab foydalanuvchilar foydalanishi uchun mo’ljallangan bo’lishi kerak. Ќ ozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy konsepsiyasi joriy etilgan. Birinchi konsepsiyada tarmoqning dasturlashtirilgan ta’minoti ko’pgina foydalanuvchilarga hamma kirish mumkin bo’lgan tarmoqning bosh kompyuteri resurslarini taqdim etishga mo’ljallagan. U f a y l - server deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma’lumotlarga ega fayllar bo’lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Tarmoqda bir qancha fayl-serverlar bo’lishi mumkin. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko’pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta’minoti tarmoqning operasiya tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stansiyada faqat resurs va fayl-server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig’gidagi interfeys rolini bajaruvchi, uncha katta bo’lmagan qobiq joylashtiriladi. Ushbu konsepsiya doirasida ishlashga mo’ljallangan dastur tizimlari foydalanuvchiga fayl-serverdan foydalanish imkonini beradi. Љ oida bo’yicha ushbu dasturli tizimlar faylli serverda saqlanishi va barcha foydalanuvchilar tomonidan bir vaqtda foydalanilishi mumkin. Lekin bu dasturlarning modullarini bajarish uchun zarur bo’lganda foydalanuvchi kompyuteriga ya’ni ishchi sta nsiyaga o’tkaziladi va kerakli ishni bajaradi.
Ikkinchi konsepsiya “klient-server” arxitekturasi deb ataladi. Uning dasturiy ta’minoti resurslardan jamoa bo’lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay ularni qayta ishlash va foydalanuvchi talabiga ko’ra resurslarni joylashtirishga mo’ljallangan. “Kliyent-server” arxitekturalar dastur tizimi ikkita bo’linmadan iborat: serverning dasturli ta’minoti va foydalanuvchi-mijozning dasturli ta’minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining kompyuterida bajariladi va umumiy kirish kompyuterida ishlaydigan dastur - serverga so’rov jo’natiladi. Ma’lumotlarning asosiy qismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi kompyuteriga faqat bajarilgan so’rov natijalari yuboriladi. Ma’lumotlar bazasi serverlari katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashga mo’ljallangan va ko’p sonli foydalanuvchilar yuqori unumli ishlab chiqarishni, ishonch va himoyalanganlikni ta’minlaydi. Taqsimlanadigan resursga ega har qanday kompyuter tarmog’i server deb yuritilishi mumkin. Chunki, boshqa kompyuterlardan foydalanishga ruxsat bo’lgan bo’linuvchi modemli kompyuter - bu modem yoki kommunikasiyali serverdir. Shaxsiy kompyuterlarning mahalliy tarmog’i keng tarqalgan. Dunyodagi ko’pgina shaxsiy kompyutelar shu tarmoqlarda ishlaydi. Mahalliy tarmoqlari bir-biridan uncha uzoq bo’lmagan masofada joylashgan kompyuterlarni bog’lab turadi. Odatda ular bir yoki bir necha yaqin joylashgan korxona, muassasa va ofislar kompyuterlarini birlashtiradi. Mahalliy tarmoqlarining asosiy farqlanuvchi xususiyati barcha uchun yagona kompyuterlarning ma’lumot uzatish tezkor