Testologiya tarmoqlari. Test turlari va funksiyalari





![ Qiyosiy metodlar (bir yoshdagi turli chegaralarni qiyoslash).
Longityud (uzoq vaqt davomida davomida qandaydir belgi orasidagi
farqlarnitaqqoslash).
Kompleks metod (shaxs xususiyatlarini teng yoki tobeligini aniqlashga
qaratilgan).
Empirik metodlar:
Kuzatishga doir. Tashqi kuzatish va o’z-o’zini kuzatish
Eksperiment. Laboratoriya, tabiiy, o’rgatuvchi, dala.
Praksimetrik-faoliyat va uning natijalarini tahlil etish.
Modellashtirish (matematik, kibernitek).
Biografiya (faktlar va hayotiy hodislarni, tahlil etish)
Eksperimental ma’lumotlarni tahlil etish metodlari:
Miqdor
Sifat
Interpretatsiya metodilari:
Genetik -o’zgarilarning qonuniyatlarini aniqlash.
Strukturali- shaxs xususiyatlari orasidagi o’zaro aloqalarni o’rganish.
YUqoridagi ikki klassifikatsiyadan tashqari yana bir qator yondashishlar
mavjudki, ular bilan quyidagi taqdim etilayotgan materiallarda ko’rib chiqiladi
Y.SHvansar bo’yicha metod lar k lassifikatsi yasi [5]
Y.SHvansar psixodiagnostik metodlarni quyidagi asoslarga ko’ra birlashtirdi :
1. Foydalaniladigan materiallarga ko’ra (verbal, neverbal, manipulyasion,
" qog’oz va qalam ) test lari.
2. Olingan ko’rsatkichlarning miqdoriga ko’ra ( oddiy va kompleks );
3. “To’g’ri» javobli testlar va har xil javobli test lar.
4. Tekshiriluvchilarning psixik faolligiga ko’ra :
introspektiv ( tekshiriluvchining shaxsiy tajribasi va munosabatlariga ko’ra
ma’lumotlar ): anket lar , suhbat ;
ekstrospektiv ( har xil ko’rinishlarni kuzatish va baholash );](/data/documents/73fac5e7-9a1b-48de-9a98-09318cc1081c/page_6.png)
![ proektiv. Tekshiriluvchi shaxsning anglashilmagan xususiyatlarini kam
strukturalashgan , har xil ahamiyatli stimullarni proeksiyalaydi (ichki nizolar,
yashirin mayllar va boshqalar);
ijrochilik . Tekshiriluvchi shaxs xislatlari va intellekt ko’rsatkichlaridan
iborat miqdoriy darajalar va sifatiy xususiyatlarni biror bir harakat orqali
(perseptiv, aqliy, motor) amalga oshiradi.
V.K.Gayda va V.P.Zaxarovning psixodiagnostik metodlari klassifikatsiyasi
[6]
Mualliflar klassifikatsiyalarida psixodiagnostik metodikalarni quyidagi
asoslar bo’yicha birlashtirganlar:
1. C ifatiga ko’ra : standart lashtirilgan , standartlashmagan ;
2. B elgilanishiga ko’ra:
umumdiagnostik ( so’rovnoma tipidagi shaxslik testlari ( R . Kettell
yoki G . Ayzenk so’rovnomalari) , umumiy intellekt testlar );
kasbga yaroqlilik testlari ;
maxsus qobiliyat testlari (texni k, musiqiy, uchuvchilar uchun testlar );
erishganlik testlar ;
tekshirilichuvlarning o’rganish materialiga ko’ra :
blank li ;
predmet li (Koosa kubiklari , Vekslerning to’plamidan " figurani
yig’ish " );
apparatur ali ( diqqat xususiyatlarini o’rganish uchun moslama va
boshqalar );
3. Tekshiriluvchilarning miqdoriga ko’ra : individual va g u ru hiy ;
4. Javoblar shakliga ko’ra : og’zaki va yozma ;
5. E takchi yo’nalishiga ko’ra: tezlik testlari, kuchni o’rganio’ testlari,
aralash testlar. Kuch testlarining vazifalari murakkab va echish vaqti
cheklanmagan; tadqiqotchi muvaffaqiyat sifatida qiziqadi, masalalarni echish
usullariga ham qiziqadi;](/data/documents/73fac5e7-9a1b-48de-9a98-09318cc1081c/page_7.png)
![6. Topshiriqlarni bir xillik darajasiga ko’ra: gomogen va geterogen
(gomogen topshiriqlar bir biriga o’xashashligi hamda shaxslilik va intellektual
xususiyatlarni o’lchashda qshllanilishi; geterogen testlarning topshiriqlari har xil
bo’lib, intellektning turli xil xarakteristikasini o’rganishi bilan tafovutlanadi);
7. Kompleksligiga ko’ra: ajartib qo’yilgan testlar va test to’plamlari
(batareyalar);
8. Topshiriqlarga javobiga ko’ra: javoblari bilan berilgan testlar, erkin
javobli testlar;
9. Psixika xususiyatlarini qamrab olish sohasiga ko’ra: shaxslik testlari
va intellektual testlar;
10. Aqliy harakatlarning xarakteriga ko’ra : verbal, n o verbal.
A.A.Bodalev, V.V.Stolin lar bo’yicha psixodiagnostika metodlari
klassifikatsiyasi [7]
Mualliflar psixodiagnostika metodlarini turli xil asoslar bo’yicha
birlashtirdilar:
1. Ushbu usulning asosiga to’rgan metodik prinsipning xarakteriga
ko’ra :
ob’ektiv test lar ( topshiriqni to’g’ri bajarilishiga ko’ra to’g’ri javob
berish imkoniyatili );
standart lashgan o’zini -o’zi baholash (hisobotlash) :
test- so’rovnomalar , ochiq so’rovnomalar ;
shkal ali texnik alar (CH.Osgud ning semanti k differensial
so’rovnomasi ), sub’ektiv klassifikatsiya;
rolli repertuar texnika tipining individual- yo’naltirilgan texnik alar
(ideografi k );
proektiv texnik alar ;
dialogi k te xnik alar ( suhbat, interv ь yu, diagnosti k o‘yinlar );
2. Psixodiagnostning diagnostik protseduraga jalb etish me’yoriga
va uning psixodiagnostika natijalariga ta’siri darajasiga ko‘ra : ob’ektiv va 3.](/data/documents/73fac5e7-9a1b-48de-9a98-09318cc1081c/page_8.png)

Mavzu: Testologiya tarmoqlari. Test turlari va funksiyalari Reja: 1. Testologiya -har xil testlarning matematik yo’l bilan yaratish va foydalanish texnologiyasi. Uning psixologik, texnik, tibbiyot, kasbiy pedagogik ko’rinishlari. 2. Zamonaviy testologiya amaliy matematika va kibernetikaning tarmog’i sifatida. Pedagogik testologiya, didaktik testologiya, psixodiagnostika va psixologik testlashtirish. 3. Testlarning turlari. Diagnostik yoki umumiy qobiliyat testlari; didaktik testlar; shaxsni o’rganish testlari; tuzilishi vamazmuniga ko’ra testlar; maqsadli testlar; test topshiriqlari bo’yicha testlar; o’rgatuvchi testlar. 4. Ochiq va yopiq testlar. Testlar ning yutuq va kamchiliklari.
Birinichi mashg’ulotimizda psixodiagnostika bilan psixologik testlashtirish bilan sinonimik xarakterga egaligini ta’kidlab o’tgandek. SHunga ko’ra jahon psixologiya amaliyotida diagnostik metodlarning klassifikatsiyasiga doir yondashuvlarda xilma xillik kuzatiladi. Bu holatni amerikalik olim A.Anastazining munosabatlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, u psixologik testlashtirish nuqtai nazardan yondashgan holda metodlarni tahlilini quyidagicha izohlashga harakat qilgan. Uning talqinicha psixodiagnostika metodikalar, xususan, psixologik testlashtirishning ushbu tartibda taqdim etgan: I.Qobiliyat testlari: 1.1. Individual testlar 1.2.Maxsus populyasiya uchun mo’ljallangan testlar 1.3.Guruhiy testlari II. SHasxlik testlari: a. Standartlashgan o’zi haqida o’zi hisobot berish metodi b. Qiziqish va attityudni o’rganish testlari c. Proektiv metodikalar d. Stil va tiplarni aniqlash vositalari e. Vaziyat testlari III. Ta’lim testlari. 3 .1. Umumiy erishganlik testlari 3.2.Minimal tayanch malakalarni o’rganish testlari 3.3. Ta’lim beruvchi tomonidan tuzilgan testlar 3.4. Universitetdagi ta’lim darajasini baholash testlari IV.Kasbiy faoliyat testlari V.Me hna sohasida tatbiq qilinadigan testlar. VI . Klinik psixologiya va psixologik maslahat sohasida qo’llaniladigan testlar. SHuningdek, xorijiy psixologiyada diagnostik maqsadda qo’llaniladigan metodikalarning qo’llanilishini yana bir holatini Gary Groth-Marnatning kitobi
asosida tahlil qilish mumkin. U psixologik testlarni qo’llash bilan bog’liq holat klinik maqsadlarga bog’laganligini guvohi bo’linadi. U klinik tadqiqotlarda qo’llaniladigan psixologik testlarni quyidagi turlarga ajratdi 1.Klinik intervyu 2. Xulqni baholash 3.Layoqatni baholash 4. Xotirani baholash 5.SHaxslilik so’rovnomasi Groth-Marnatning kitobida bayon etilishicha klinik maqsadda qo’llanilayotgan bir qator testlar mavdujki, ular psixologik amaliyotda yuqori ahamiyatga ega. Veksler, Minnesoti ko’p omilli shaxsni o’rganish so’rovnomlari nevropsixologik Skiriningda baholashda qo‘llanilgan va o‘z vazniga ega bo‘lgan metodiklar sanaladi. Quyida keltirilgan testlarning ko‘pchiligi testlar ham klinik masalalarni o‘rganishda keng qo‘llanilgan: Vekslerning intellekt shkalalari (WAIS-III / WISC-III), Vesы pamyati Vekslerning xotirani o‘rganish shkalasi (WMS-III), Minnesotining ko‘p omilli shaxslilik so‘rovnomasi (MMPI-2), Mulьtiaksial inventarizatsiyalash (MCMI-III), Benderning Vizual-motor Geshtalьt- test, Rorshax va Tematik appersepsiya Test (TAT; Kamara, Natan, i Puente, 2000; S. 1993 Watkins, 1991; Uotkins, Kempbell, Nieberding, i Hallmark, 1995). Kaliforniya shaxs so’rovnomasi (CPI) (Anastazi & Urbina, 1997; Baucom, 1985; Gof, 2000; Vetsler, 1990). Keltirib o’tilgan metodikalar ko’pchilik amaliyotchilarning asosiy baholash vositasi hisoblanadi. Vrachlar tomonidan berilgan savollarga muvofiq javob olish ular faoliyatining tomonini belgilaydi. Bunday rolni belgilash uchun klinistlar turli sohadagi bilimlarni o’zaro uyg’unlashtirishlariga to’g’ri keladi. SHunday qilib, ular testlarning bekorga ko’lamini kengaytirib emas, balki ularning foydalik darajasiga ko’ra ajratishlari lozim bo’ladi (Maloney & Ward, 1976; Mataratsso, 1990).
Psixiatrlar odatda ma’lumotlar olish maqsadida testlashtirish texnik aspektidan vazifani idrok qilgan holda foydalandilar. Ularning yondashuvlari birinchigalda ma’lumotlarga yoki qator alomatlarning yakuniyo natijasi yoki qobiliyatlar bayoniga qaratilgan. Ammo bunday bayonlar insonning umumiy kontekst bilan bog’langan bo’lmay, inson duch kelishi mumkin bo’lgan muammolardan chetda qoladi. Bundan farq qilgan holda muammoli vaziyatlarda shaxsni psixologik baholash muammo bilan bog’liq zarur ma’lumotni olishga ko’maklashadi. Testlar ma’lumot olishga yo’naltirilgan metodlardan biri bo’lib, ularning natijalari mahsulot sifatida tugallanmay, balki farazlarni generatsiya qilish vositasi bo’lib qoladi. Psixologik baho ma’lumotlarni keng rejada joylashtirib, uning tayanchi muammoniechish va qaror qabul qilishga qaratiladi. Psixometrik yondashuvga muvofiq keyingi rivojlanishda «test batareyalar”idan foydalanishga olib keldi. Agar biror bir test shaxsning qobiliyati, qirralari haqida to’liq izohni bersa, test batareyalari inson haqida yaxlit tasvirni ifodalaydi. Maqsad esa global ahamiyatga ega bo’lgan testni ishlab chiqishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur, ammo insonni ifodalashda ko’proq ob’ektiv metodlardan foydalaniladi. Bu maqsadga erishishda psixologik testlarning eng yaxshi vosita ekanligidan dalolat beradi. Ushbu yondashuvlardan individual va shaxs psixologiyasining tushunib olinadi. Ular ushbu usullardan biri har xil alomatlariga munosabati bo’yicha ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini o’lchashda insonlar o’rtasidagi tafovutlarni bayon etishning eng maqbulidir. SHunday qilib, shaxsni o’rganishga jalb etilgan eng maqbul yondashuv alomatlarning tizimlashtirishni ta’minlashi, so’ngra qirralarni o’rganishga mo’ljallangan testlarni yaratishdan iborat. Psixometrikada testlar bilan ishlashning yana bir jihati ularning natijalirini talqin etishga o’rgatishdan iborat. Psixologik baholash shaxsn tushunish va baholashning eng maqbul yo’li sanaladi. Klinik baholashda foydalaniladigan testlashtirish modellari individual
yo’nalishdagi 5 ta bahoga yo’naltirilgan bo’lib, ammo har doim ham sotsial mavjudlikni ifodalaydi deya olmaymiz. Kattalar va bolalar uchun intervьyuning xulqiy strategiya yuzasidan mos sohalarga ko‘ra ajratib ko‘rsatish mumkin. Kanfer va Grimm (1977) intervьyuning umumiy yo‘nalishda baholashni quyidagi yo‘nalishda qayd etadilar: 1. Xulqiy etishmovchilar. 2. Xulqiy o‘zgarishlar. 3. Stimullarning muhitini nazorat qilishga yo’l qo’yib bo’lmaydigan holatlar. 4. O’zini noto’g’ri davolash stimullarni umumlashtiradi 5. Taxminiy baholash. Ushbu kategoriyalashga mos, Lazarus (1973) xulq-atvor (V), affekt (A), sezgi (S), obrazlilik (I), bilish qobiliyatlarini buzilishi (S), shaxslararo munosabat ishtirokini ifodal (I) va formakologik/ narkotik (D) aralashuvni ifodalovchi o’zining BASIC-ID modelini ishlab chiqdi. Psixodiagnostika metodlari klassifikatsiyasi bo’yicha yondashuvlar ancha keng bo’lib, ularning har bir masalani o’ziga xos tarzda yoritishga erishgan. S.L.Rubinshteyn klassifikatsiyasi Asos metodlar: Bevosita kuzatish (insonni), chetdan kuzatish (insonning faoliyat natijalarini kuzatish), tashqi (ob’ektiv). Laboratoriya eksperimenti (modellashtirish); tabiiy eksperiment (kasbiy faoliyatni amalga oshirish sharoitida); qo’shimcha (anketa, suhbat); ta’limda. Muhim tadqiqot metodlari: Genetik (har xil yosh guruhlarini taqqoslash). Qiyosiy (norma va patologiya). B.G.Ananьev klassifikatsiyasi (1977) Tashkiliy metodlar: