logo

Ma’rifatparvarlik harakati, paydo qilgan omillar va tarixiy vaziyat

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.076171875 KB
Ma’rifatparvarlik harakati, paydo qilgan omillar va tarixiy vaziyat
Reja:
1.  Ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik omillar.
2. Jadid adabiyoti manbalari va yuzaga kelishi.
3.  Ch or Rossiyasi istilosi va jadidchilik.
4.  Adabiy maktablar va ularning o’lka hayotidagi o’rni.
 
  Jadidchilik   Turkistonda   X1X   asrning   oxirida   maydonga   keldi,   XX   asr
boshlarida   shakllandi.   1917   -   yili   bolьsheviklar   to’ntarishidan   keyin   ham
sotsialistik   diktatura   o’rnatilgunga   qadar   o’z   mavqei   va   yo’nalishini   saqlab
qola   olgan   ijtimoiy   harakatdir.   U   ijtimoiy   turmushnibarcha   jabhalarini
qamrab   olgan   edi.   Mubolag’asiz   aytish   mumkinki,   mazkur   davrda   yuzaga
chiqqan   na   siyosiy,   na   madaniy   biror   hodisa   yo’qki,   uning   e’tibor   va   ta’sir
doirasidan chetda qolgan bo’lsin. Jadidlar  siyosiy ishlar – haq-huquq, milliy
davlat,   hokimiyat   masalalari   bilan   muntazam   shug’ullandilar.   Ayni   paytda,
maktab-maorif   isloh   qilish   boshlandi.   Milliy   matbuot   yo’lga   qo’yildi.   Teatr
paydo   bo’ldi.   Yangi   adabiyot   shakllandi,   bir   so’z   bilan   aytganda   yangi
tafakkur   maydoni   keldi.   Bu   millatning   o’zligini   anglash   va   mustaqillik
mafkura   edi.  Bu,  shubhasiz,   millatni   keyingi  3-4   asrlik  tarixiy  taraqqiyotida
misli   ko’rilmagan   hol   edi.   Unnig   hayotda   uzoq   turg’unlikdan   keyin   yangi
bosqich boshlanishiga dalolat edi.
“Jadidchilik”ning   asosida   “jadid”   so’zi   yotadi.   “Jadid”ning   ma’nosi
“yangi”   demakdir.   U   shunchaki   “yangi”   yo   bo’lgan   “yangilik   tarafdori”
emas,   balki   “yangi   tafakkur”,   “yangi   inson”,   “yangi   avlod”   singari   keng
ma’nolar o’zida mujassam etgan.
Istiloning   kirib   kelishi   Ismoilbek   Gaspirali   ochgan   yangi   maktab   bilan
bog’liq.   U   yozadi:   “...   1884   sanasi   Bog’chasaroyda   bir   maktabga   “usuli
jadid”a   qo’ymish   edim”.   (I.Gaspirinskiy.   Rahbari   muslimi   yoki   muallimlari
yo’ldosh Simferepolь, 1898 y). Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Gaspirali 9
bolani   o’qitib,   40   kunda   savodini   chiqargan.   O’quvchilar   6   oyda   ota-onalar
va jamiyatchilik huzurida muvaffaqiyat bilan imtihon topshirdilar.
Jadidchilik   ijtimoiy,   siyosiy,   ma’rifiy   harakat   Turkistondagi   jadidchilik
X1X  asrning   80   -   yillarida   Rusiya   musulmonlari,   xususan   Kavkaz   va   volga
bo’yida yoyilgan shu nomda taraqqiyparvarlik harakatini bevosita   ta’siri va
samarali   sifatida   dunyoga   keldi.   Bunda   Ismoilbek   Gaspirali   “Tarjimon” gazetasi   (1883)   va   u   asos   solgan   “usuli   jadid”   (“usuli   savtiya”)   maktabi
(1884) hal qiluvchi rolь o’ynadi.
“Jadid”   atamasi   Turkiyada   XX   asr   boshidagi   adabiyotga,   uning   ham
birgina   yo’nalishi   nisbatan   ishlatiladi.   Masalan,   Turkiyada   1839   -   yildagi
mashhur   Mustafo   Rashid   Poshsho   tomonidan   yozilib,   Gulxona   maydonida
e’lon   etilgan   va   tarixga   “Gulxonai   xatto   Humoyun”   nomi   bilan   kirib,
“Tanzimat”ni   boshlab   bergan   davr   ham   yangilanish   jadidlikdir.   Jadidlarda
fikr   va   g’oya   qarshiligi   g’oyat   kuchli     an’anaviy   o’zbek   adabiyotini
shakllanishi   boshida   turgan   Muqimiy   va   Furqat,   ular   30-yillarda     jadid
adabiyoti vakillari sifatida ko’rsatilgan.
Muqimiy   o’z   hajviy   asarlarida   savdo   san’atning,   ya’ni   kapitalistik
turmush tarzining milliy  axloqsizni buzayotganligini tanqid qiladi. furqat esa
uning   hayotimizga   kirib   kelayotganligini   madh   etadi.   Bir   tasdiq,   ikkinchisi
inkor   yo’lidan   boradi.   Yoki   Dukchi   Eshonni   oling.   U   kun,   zo’rlik   bilan
mustaqillikka   erishish   tarafdori.   U   ham   jadid:   din   islohotchisi,   siyosiy
kurashchi.   Juda   ko’p   jadidlar   uni   rad   etdilar.   Bir   qator   jadidlarimiz   ongli
suratda sho’rolar bilan hamkorlik qildilar, komunist bo’ldilar. Bu bilan ham
hisoblashmoq   kerak.   Bu   ham,   ayniqsa,   mustaqillik   uchun   olib   borilgan
kurashida yaqqol ko’rindi. Bu borada3 yo’lni kuzatish mumkin.
1. Rusiyaga   tobelikdan   zo’rlik   bilan   qutilish,   kuch   bilan
istiqlol   olish   (Dukchi   Eshon   qo’zg’oloni,   1916   yil   mardikorlik
harakati, bosmachilik).
2. Mursse   yo’li.   Ruslar   yordamida   ma’rifatga   erishish.
Ma’rifat   masalasida   haq-huquq   olish,   milliy   xususiyatlarni   tiklash
(I.Gaspirali, M.Behbudiy).
3. Hamkorlik   yo’li.   CHor   ma’murlari,   so’ng   esa   SHo’ro
hukumati   bilan   birga   ularning   dasturlarida   qatnashish   va   imkon bo’lishi   bilan     mustaqillikni   qo’lga   kiritish.   Buning   uchun   ma’lum
tayyorgarlik ko’rib borishi (Munavvarqori, Hamza, Avloniy).
Bizdagi   jadidchilik   Kavkaz,   Volgabo’yi,   Turkiyadagi   jadidchilikka
nisbatan   an’analarga   ko’proq   bog’lanib   qolgan,   ulug’   ovrupa   ijtimoiy-
madaniy jarayoniga tortilish darajasi qiyinroq kechgan jadidchilik. Bizda har
bir yangilikni kirib kelish jarayoni g’oyat og’ir kechgan.
“Jadid”   atamasining   Turkistonda   ilk   marta   kim   tomonidan   qachon   va
qaerda qo’llanganini aniq belgilash qiyin. “Jadid” atamasi Turkiya turklarida
ilk   marta   Sulton   III   Salim   hukmronligi   (1782-1802)   davrida   paydo   bo’ldi.
Avstriyaga   elchi   qilib   yuborilgan   Abubakir   Ratib   afandi   shohga   yozgan
bildiruvlarida u yerda ko’rgan idora tizimini “Nizomi jadid” deb tushuntiradi.
1789   yilgi   frantsuz   inqilobidan   keyin   qurilgan   yangi   tizimni   esa   “Fransi
nizomi   jadidi”   deyila   boshlandi.   SHu   yillari   “Nizomi   jadid”   tor   ma’noda
askariy   tizimni   ovrupalashtirishni,   keng   ma’noda   ilm-fan,   maorif,   sanoat   va
qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirishni ko’zda tutadi.
Jadid   va   qadim   iborasi   keyingi   asrlarda   maydonga   kelgan   bo’lsa-da,   u
mohiyatan   eskilik   va   yangilik,   taraqqiyot   va   turg’unlik   o’rtasidagi   eski
kurashdir. “Yunon qadimgilari ikki ming necha yil ??? muqaddam Suhrobni
jadidchilik   qabohati   bilan   ayblab,   qatl   ettirdilar   deb   yozadi   Ismoilbek”.
“Qadimgi   jadidchilik”   (“Tarjimon”,   1909   yil   19-son)   maqolasida.   “Jadid”
atamasi   garchi   Ismoilbek   tomonidan   1884   yildan   iste’molga   kiritilgan   va
“Tarjimon”   gazetasi   orqali   SHarqu   G’arbning   juda   ko’p   o’lkalariga   yoyila
boshlagan bo’lsa-da, bizga, asosan, 90-yillarda kirib keldi.
1891   yilda   Rusiya   ichki   ishlar   vazirligining   maxsus   ishlar   bilan
shug’ullanuvchi   Vankevich   degan   xodimi   Qirimga   borib,   Gaspirinskiy
maktabini   tekshirib   kelgan.   SHu   munosabat   bilan   mashhur   islohotchi
Qirimdagi   musulmon   maktablarini   isloh   qilish   zaruratini   va   bu   islohotning
mazmun-mundarijasini asoslab ko’rsatib hujjat tayyorlagan edi. Rasmiy   murojaatdan   natija   chiqmagach,   Ismoilbekni   o’zi   Turkistonga
otlandi.   Toshkent,   Samarqand,   Buxoroda   bo’ldi.   Uning   tashabbusi   bilan
ushbu   shaxarlarda,   so’ngra   Farg’ona   vodiysida   “usuli   jadid”   maktablari
tashkil topdi.
Jadidchilik   bosib   o’tgan   yo’lni   shartli   ravishda   quyidagi   bosqichlarga
bo’lish mumkin:
1) 1900-1925;
2) 1925-1938;
3) 1938-1956;
4) 1956-1985;
5) 1985-1991;
6) 1991 yildan keyingi davr.
1900-1925   yillar   “jadidchilik”   tushunchasining   paydo   bo’lishi   va   o’z
davrining eng peshqadam hodisasi sifatida baholangan davridir. 20-yillarning
boshiga   qadar   jadid   va   jadidchilik,   uning   vakillari   atrofidagi   fikrlar   yo’l-
yo’lakay,   turli   voqea   va   munosabatlari   bilan   bildirilgani   bo’lib,   maxsus
tadqiqotlar   ko’zga   tashlanmaydi.   S.Ayniyning   1920   yilda   e’lon   qilingan
“Buxoro   inqilobi   tarixiy   materiallar”,   F.Xo’jaevning   “Buxoro   inqilobi
tarixiga   doir”   (1926)   kitoblari   bu   boradagi   dastlabki   ishlari   edi.   Har   ikki
muallif   jadidchilik     zamonaning   eng   muhim   hodisasi   sifatida   baholagan
edilar.  Biroq 20-yillarning ikkinchi yarmidan sharoit o’zgardi. Aslida bu son
oldin   –   1923   yildan   boshlangan   edi.   1923   yilda   BXR   rahbariyatidagi
o’zgarishlar,   besh   kishini,   xususan   Abdurauf   Fitrat   va   Ota   Xo’jaevlarning
ishdan   olinib,   Buxorodan   badarg’a   qilinishini   eslaylik.   Uzoq   davom   etgan
fuqarolar   urushi,   qishloq   xo’jaligining   izdan   chiqishi   mamlakatning   halokat
yoqasiga keltirib qo’ydi. Stalin aybdorni qidirishga tushib ketdi. Ayni paytda
partiya faoliyati haqidagi har qanday tanqidiy gap unga hujum sifatida qabul
qilindi.   Partiyada   esa   bo’linish   kuchaydi.   SHu   yil   oktyabrda   Tratsentning qator   e’tiroflari   ifodalangan   xati,   izma-iz   46   lar   arizasi   Mirzaqo’mga   kelib
tushdi. RKP (b) MQning kengaytirilgan Plenumi chaqirildi. Baholar 1924 yil
yanvarda   XIII   partkonferentsiyada   stalinchilikka   dastlabki   g’alaba   bilan
yakun topdi. Butun mamlakatda  dushman izlash boshlandi.
Akmal   Ikromov   O’zLKSM   MKning   1926   yil   13   may   II   Plenumdagi
nutqida shunday deydi:
“Jadidizm   ideologiyasi   savdo   burjuaziyasi   ideologiyasidir.   Uning   bizga
hech   bir   dahli   yo’q.   Negaki,   u   Oktyabrning   bir   tomonida,   biz   esa,   ikkinchi
tomonida   turamiz”.   SHu   yili   A.Qodiriy   partiya   –   davlat   arboblarini
obro’sizlantirishda   ayblanib   qamqqa   olindi.   “Inog’omovchilik”,
“Qosimovchilik”   nomlari   bilan   tarixga   kirgan,   ziyolilarni   yo’qotishga
qaratilgan   sud   jarayonlari   boshlandi.   1929   yilda   “Munavvarqori   va   uning
to’dasi”   qamoqqa   olindi,   tergov   ishlari   boshlandi.   1931   yil   25   aprelda
OGPUning qarori bilan 56 kishi sudga tortildi. 18 kishi otuvga hukm qilindi.
1973 yilda ommaviy qatag’onlar boshlandi. SHu tariqa SHo’ro hukumatining
jadidchilik   mafkurasiga   kirish   20-yillarni   ikkinchi   yarmidan   boshlagan
kurash ushbu mafkurani oradan ko’tarish bilan cheklanmay, uning vakillarini
jisman   yo’q   etishgacha   borib   yetdi.   Tabiiyki,   mazkur   siyosiy   muhit
jadidshunoslikning   ruhi   va   yo’nalishini   belgilab   berdi.   Jadidlar   va   ularning
ijtimoiy-siyosiy,   adabiy-madaniy   faoliyati   asosan   ayb   qidirish,   tanqid   va
qoralash   ob’ekti   bo’lib   xizmat   qildi.   Bularning   harakatchanlari   Olim
SHarafiddinovning   CHo’lpon,   J.Boybo’latovning   Fitrat,   Sotti   Husayinning
“O’tkan kunlar” haqidagi maqolalari edi. Badiiy adabiyotda esa jadidlarning
mehnatkash   xalq   manfaatiga   qarama-qarshi   qilib   qo’yilgan   dushman
obrazlari   yaratildi.   Jadidchilikka   maxsus   tadqiq   qilgan   Z.SH.Rajabovning
“Turkistonda jadidchilik” dissertatsiyasi (1937) ham davr ruhida edi.
1938-1956   yillarda   jadidchilik   va   uning   vakillari   avlodlari   qalbidan
tamom   siqib   chiqarildi.   Masalan,   1956   yilda   XX   asr   besh   adabiyoti   4 ijodkordan tarkib topgan. Hamza, Ayniy, Zavqiy, Avaz. Hamza – mutaasiblar
tomonidan   o’ldirilganligi   uchun.   Ayniy   Amir   Said   Olimxon,   Avaz
Isfandiyorxonning, Zavqiy Ergash qo’rboshini kaltagini yegani uchun.
KPSSning   XX   s’ezd   (1956)   Stalin   qatag’onlarini   yumshatdi.     “Xalq
dushmani”   sifatida   qatl   etilgan   ziyolilarimizni   bir   qismi   oqlandi.   Lekin
tarixga   “ilmiliq   davr”   nomi   bilan   kirgan.   “Xrushchev   davri”   uzoq   davom
etmadi.   60-yillarni   oxiri,   70-yillarning   boshlaridan   esa   yana   hamma   narsa
eski o’zanini qayta boshladi.
1985   yildan   belgilangan   demokratiya   va   oshkoralik   jadidchilikni   ilmiy
asoslarda   va   rejali   o’rganishga   imkoniyat   tug’dirdi.   Qator   ilmiy   anjumanlar
bo’lib o’tdi.
Turkiston   jadidchiligi   xorijda   ham   o’rganilmoqda.   Nьyu   Orlean
universiteti   professori   Lazzeri,   frantsuz   A.Benningson,   Amerikali   E.Olbert,
nemis I.Baldauf, yapon X.Komatsu bu borada samarali ishlamoqda.
Adabiy harakatchilik X1X asr oxiri XX asr boshlarida ko’proq Qo’qon,
Xiva, Samarqand, Buxoroda rivoj  topdi. Biroq Toshkent ham  yangi  poytaxt
sifatida tez yuksalib, adabiy-madaniy markazga aylana boshladi. Foydalanilgan adabiyotlar
2. Qosimov   B.   va   b.   Milliy   uyg’onish   davri   o’zbek   adabiyoti.   –   T.:
Ma’naviyat, 2004.
3. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti masalalari. – T.: Universitet,
1998.
4. Ziyoev   N.   Turkistonda   Rossiya   tajovuzi   va   hukmronligiga   qarshi
kurash. –T.: SHarq, 1998.
1. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. –T.: O’zbekiston, 2008.
2. Amir   Sayyid   Olimxon   Buxoro   xalqining   xasrati   tarixi.   –   T.:   Fan,
1991.
3. Fitrat.   Amir   Olimxonning   hukmronlik   davri.   –T.:   “Minxun”   xayriya
nashriyoti, 1992.
4. Narshaxiy.  Buxoro tarixi. –T.: “Meros”, 1991.
5. Sahbo. Tanlangan she’rlar. –T.: Fan, 1993.

Ma’rifatparvarlik harakati, paydo qilgan omillar va tarixiy vaziyat Reja: 1. Ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik omillar. 2. Jadid adabiyoti manbalari va yuzaga kelishi. 3. Ch or Rossiyasi istilosi va jadidchilik. 4. Adabiy maktablar va ularning o’lka hayotidagi o’rni.

Jadidchilik Turkistonda X1X asrning oxirida maydonga keldi, XX asr boshlarida shakllandi. 1917 - yili bolьsheviklar to’ntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura o’rnatilgunga qadar o’z mavqei va yo’nalishini saqlab qola olgan ijtimoiy harakatdir. U ijtimoiy turmushnibarcha jabhalarini qamrab olgan edi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, mazkur davrda yuzaga chiqqan na siyosiy, na madaniy biror hodisa yo’qki, uning e’tibor va ta’sir doirasidan chetda qolgan bo’lsin. Jadidlar siyosiy ishlar – haq-huquq, milliy davlat, hokimiyat masalalari bilan muntazam shug’ullandilar. Ayni paytda, maktab-maorif isloh qilish boshlandi. Milliy matbuot yo’lga qo’yildi. Teatr paydo bo’ldi. Yangi adabiyot shakllandi, bir so’z bilan aytganda yangi tafakkur maydoni keldi. Bu millatning o’zligini anglash va mustaqillik mafkura edi. Bu, shubhasiz, millatni keyingi 3-4 asrlik tarixiy taraqqiyotida misli ko’rilmagan hol edi. Unnig hayotda uzoq turg’unlikdan keyin yangi bosqich boshlanishiga dalolat edi. “Jadidchilik”ning asosida “jadid” so’zi yotadi. “Jadid”ning ma’nosi “yangi” demakdir. U shunchaki “yangi” yo bo’lgan “yangilik tarafdori” emas, balki “yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma’nolar o’zida mujassam etgan. Istiloning kirib kelishi Ismoilbek Gaspirali ochgan yangi maktab bilan bog’liq. U yozadi: “... 1884 sanasi Bog’chasaroyda bir maktabga “usuli jadid”a qo’ymish edim”. (I.Gaspirinskiy. Rahbari muslimi yoki muallimlari yo’ldosh Simferepolь, 1898 y). Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Gaspirali 9 bolani o’qitib, 40 kunda savodini chiqargan. O’quvchilar 6 oyda ota-onalar va jamiyatchilik huzurida muvaffaqiyat bilan imtihon topshirdilar. Jadidchilik ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy harakat Turkistondagi jadidchilik X1X asrning 80 - yillarida Rusiya musulmonlari, xususan Kavkaz va volga bo’yida yoyilgan shu nomda taraqqiyparvarlik harakatini bevosita ta’siri va samarali sifatida dunyoga keldi. Bunda Ismoilbek Gaspirali “Tarjimon”

gazetasi (1883) va u asos solgan “usuli jadid” (“usuli savtiya”) maktabi (1884) hal qiluvchi rolь o’ynadi. “Jadid” atamasi Turkiyada XX asr boshidagi adabiyotga, uning ham birgina yo’nalishi nisbatan ishlatiladi. Masalan, Turkiyada 1839 - yildagi mashhur Mustafo Rashid Poshsho tomonidan yozilib, Gulxona maydonida e’lon etilgan va tarixga “Gulxonai xatto Humoyun” nomi bilan kirib, “Tanzimat”ni boshlab bergan davr ham yangilanish jadidlikdir. Jadidlarda fikr va g’oya qarshiligi g’oyat kuchli an’anaviy o’zbek adabiyotini shakllanishi boshida turgan Muqimiy va Furqat, ular 30-yillarda jadid adabiyoti vakillari sifatida ko’rsatilgan. Muqimiy o’z hajviy asarlarida savdo san’atning, ya’ni kapitalistik turmush tarzining milliy axloqsizni buzayotganligini tanqid qiladi. furqat esa uning hayotimizga kirib kelayotganligini madh etadi. Bir tasdiq, ikkinchisi inkor yo’lidan boradi. Yoki Dukchi Eshonni oling. U kun, zo’rlik bilan mustaqillikka erishish tarafdori. U ham jadid: din islohotchisi, siyosiy kurashchi. Juda ko’p jadidlar uni rad etdilar. Bir qator jadidlarimiz ongli suratda sho’rolar bilan hamkorlik qildilar, komunist bo’ldilar. Bu bilan ham hisoblashmoq kerak. Bu ham, ayniqsa, mustaqillik uchun olib borilgan kurashida yaqqol ko’rindi. Bu borada3 yo’lni kuzatish mumkin. 1. Rusiyaga tobelikdan zo’rlik bilan qutilish, kuch bilan istiqlol olish (Dukchi Eshon qo’zg’oloni, 1916 yil mardikorlik harakati, bosmachilik). 2. Mursse yo’li. Ruslar yordamida ma’rifatga erishish. Ma’rifat masalasida haq-huquq olish, milliy xususiyatlarni tiklash (I.Gaspirali, M.Behbudiy). 3. Hamkorlik yo’li. CHor ma’murlari, so’ng esa SHo’ro hukumati bilan birga ularning dasturlarida qatnashish va imkon

bo’lishi bilan mustaqillikni qo’lga kiritish. Buning uchun ma’lum tayyorgarlik ko’rib borishi (Munavvarqori, Hamza, Avloniy). Bizdagi jadidchilik Kavkaz, Volgabo’yi, Turkiyadagi jadidchilikka nisbatan an’analarga ko’proq bog’lanib qolgan, ulug’ ovrupa ijtimoiy- madaniy jarayoniga tortilish darajasi qiyinroq kechgan jadidchilik. Bizda har bir yangilikni kirib kelish jarayoni g’oyat og’ir kechgan. “Jadid” atamasining Turkistonda ilk marta kim tomonidan qachon va qaerda qo’llanganini aniq belgilash qiyin. “Jadid” atamasi Turkiya turklarida ilk marta Sulton III Salim hukmronligi (1782-1802) davrida paydo bo’ldi. Avstriyaga elchi qilib yuborilgan Abubakir Ratib afandi shohga yozgan bildiruvlarida u yerda ko’rgan idora tizimini “Nizomi jadid” deb tushuntiradi. 1789 yilgi frantsuz inqilobidan keyin qurilgan yangi tizimni esa “Fransi nizomi jadidi” deyila boshlandi. SHu yillari “Nizomi jadid” tor ma’noda askariy tizimni ovrupalashtirishni, keng ma’noda ilm-fan, maorif, sanoat va qishloq xo’jaligini zamonaviylashtirishni ko’zda tutadi. Jadid va qadim iborasi keyingi asrlarda maydonga kelgan bo’lsa-da, u mohiyatan eskilik va yangilik, taraqqiyot va turg’unlik o’rtasidagi eski kurashdir. “Yunon qadimgilari ikki ming necha yil ??? muqaddam Suhrobni jadidchilik qabohati bilan ayblab, qatl ettirdilar deb yozadi Ismoilbek”. “Qadimgi jadidchilik” (“Tarjimon”, 1909 yil 19-son) maqolasida. “Jadid” atamasi garchi Ismoilbek tomonidan 1884 yildan iste’molga kiritilgan va “Tarjimon” gazetasi orqali SHarqu G’arbning juda ko’p o’lkalariga yoyila boshlagan bo’lsa-da, bizga, asosan, 90-yillarda kirib keldi. 1891 yilda Rusiya ichki ishlar vazirligining maxsus ishlar bilan shug’ullanuvchi Vankevich degan xodimi Qirimga borib, Gaspirinskiy maktabini tekshirib kelgan. SHu munosabat bilan mashhur islohotchi Qirimdagi musulmon maktablarini isloh qilish zaruratini va bu islohotning mazmun-mundarijasini asoslab ko’rsatib hujjat tayyorlagan edi.

Rasmiy murojaatdan natija chiqmagach, Ismoilbekni o’zi Turkistonga otlandi. Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo’ldi. Uning tashabbusi bilan ushbu shaxarlarda, so’ngra Farg’ona vodiysida “usuli jadid” maktablari tashkil topdi. Jadidchilik bosib o’tgan yo’lni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin: 1) 1900-1925; 2) 1925-1938; 3) 1938-1956; 4) 1956-1985; 5) 1985-1991; 6) 1991 yildan keyingi davr. 1900-1925 yillar “jadidchilik” tushunchasining paydo bo’lishi va o’z davrining eng peshqadam hodisasi sifatida baholangan davridir. 20-yillarning boshiga qadar jadid va jadidchilik, uning vakillari atrofidagi fikrlar yo’l- yo’lakay, turli voqea va munosabatlari bilan bildirilgani bo’lib, maxsus tadqiqotlar ko’zga tashlanmaydi. S.Ayniyning 1920 yilda e’lon qilingan “Buxoro inqilobi tarixiy materiallar”, F.Xo’jaevning “Buxoro inqilobi tarixiga doir” (1926) kitoblari bu boradagi dastlabki ishlari edi. Har ikki muallif jadidchilik zamonaning eng muhim hodisasi sifatida baholagan edilar. Biroq 20-yillarning ikkinchi yarmidan sharoit o’zgardi. Aslida bu son oldin – 1923 yildan boshlangan edi. 1923 yilda BXR rahbariyatidagi o’zgarishlar, besh kishini, xususan Abdurauf Fitrat va Ota Xo’jaevlarning ishdan olinib, Buxorodan badarg’a qilinishini eslaylik. Uzoq davom etgan fuqarolar urushi, qishloq xo’jaligining izdan chiqishi mamlakatning halokat yoqasiga keltirib qo’ydi. Stalin aybdorni qidirishga tushib ketdi. Ayni paytda partiya faoliyati haqidagi har qanday tanqidiy gap unga hujum sifatida qabul qilindi. Partiyada esa bo’linish kuchaydi. SHu yil oktyabrda Tratsentning