Ma’sofaviy o’qitish va uning uning ta’lim tizimidagi tutgan o’rni
Mavzu: Ma’sofaviy o’qitish va uning uning ta’lim tizimidagi tutgan o’rni Reja : 1) Kirish qism 2) Nazariy qism 3) Amaliy qism 4) Xulosa 5) Foydalanilgan Adabiyotlar
KIRISH Yangi axborot texnologiyalarining telekonferentsaloqa va videotelefon vositalari o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida ikki tomonlama aloqani o‘rnatish imkonini ta’minlaydi. Bunda bir vaqtning o‘zida videotasvirlarning, ovoz va grafiklarning 2 tomonlama uzatilishi amalga oshiriladi. Bularning barchasini mijozning (o‘qituvchi va talabalar) har bir monitori ekranida 3ta oynada bir vaqtda kuzatish mumkin. Katta auditoriyada guruhli mashg‘ulotlar davomida monitordagi tasvirni katta ekranda suyuq kristalli yoki boshqa proektsiya qurilmalari yordamida namoyish qilish mumkin. Bitta ish joyining qurilmaviydasturiy jihozlanish talablari: kompyuter, monitor, printer, videokamera, mos dasturiy ta’minot, klaviatura, manipulyatorli sichqoncha, modem. Videotelefonlar videokonferentsaloqadan o‘lchamning chegaralanganligi va vizual axborotni namoyish etish sifati va kompyuter ilovalarini real vaqtda ishlatish imkoni yo‘qligi bilan farq qiladi. Bu sinf yangi axborot texnologiyalarining didaktik xossalari tasvir, ovoz, grafikani real vaqtda uzatish imkoni va talabalarga o‘quv maqsadlari uchun ko‘rsatish imkonini o‘z ichiga oladi. Bu xossalar o‘qitishning an’anaviy shaklida tuzilgan ma’ruza, seminar va nazorat tadbirlarini o‘quv jarayonida to‘la holicha qo‘llash imkonini beradi. Nazariy qism Masofaviy o`qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o`quv shartsharoitlari va o`qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o`quvchidan ko`proq mustaqil ravishda shug`ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o`qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo`lishiga bog`liq emas. Masofaviy ta’lim – masofadan turib o`quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o`qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko`rsatuvchi ta’lim kompleksidir. Demak, masofaviy o`qitish masofaviy ta’lim kompleksidagi jarayon ekan. Masofaviy
o`qitishning va masofaviy ta’limning o`ziga xos xususiyatlari, pedagogik tizimi, zarurligi va maqsadi mavjud. Masofaviy o‘qitishdagi shaxsiy yo‘naltirilgan yondoshuv Internet taqdim etayotgan ajoyib imkoniyatlarga suyangan holda o‘quv jarayonining ta’lim darajasini sezilarli oshiradi. Masofaviy o‘qitish jarayonini shunday pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish lozimki, talabalarning quyidagi imkoniyatlari shakllansin: aniq ilmiy yoki amaliy muammolarni yechishga tadbiq eta oladigan zaruriy fundamental bilimlarni olish; bilish faoliyati jarayonida kelib chiqqan muammolarni do‘stlar bilan hal etish; qo‘yilgan masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborot manbalari bilan ishlash; barcha mavjud muammolarni bartaraf etish, egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llash; Internet texnologiyalardan foydalangan holda mustaqil kuzatishlar olib borish; o‘z bilim darajalarni , erishilgan yutuqlarini baholash imkoniga ega bo‘lish, o‘z faoliyatini to‘g‘rilay olish. Bir tomondan, barcha aytilganlar tanqidiy fikrlashni shakllantirishni keltirib chiqaradi. Boshqa tomondan, shunday pedagogik texnologiyalarni va tashkiliy shakllarni tanlash talab etiladiki, yuqorida keltirilgan o‘qitish shartlarining tadbiqi tanqidiy fikrlashning shakllanishiga xizmat qilsin. Masofadan videokonferentsiya tizimini qo‘llash yordamida interaktiv o‘quv darslarini olib borish imkoniyati yaratildi, ya’ni interfaol usulda ma’ruzalarni o‘qish, seminarlar tashkil etish, savollarga javoblar va hokazo. Interfaol forma – masofadan videokonferentsiya o‘qitish tizimi, masofadan turib Internet yoki lokal tarmoq orqali o‘qitishdan farq qiladi, xuddi radiodan va televideniyadan ma’ruza o‘qish kabi. Masofadan videokonferentsiya tizimi – matnli axborotlar almashish, fayllar almashish imkonini beradi. Tashqi elektron doska qo‘llashda o‘qituvchi doskaga yozadi va bu videokonferentsaloqa ko‘magida boshqa auditoriya tinglovchilariga ko‘rsatiladi. Elektron doskadan masofadan o‘qitish tizimi foydalanuvchilari bir xil foydalanishlari mumkin, ya’ni bir doskaga chizilgan rasm boshqa auditoriyadagi doskalarda
ko‘rsatiladi. Dars olib borish jarayonida videokamera avtomat tarzda ma’ruza o‘qiyotgan proffessor, talaba yoki savol beruvchi tomonga buriladi. Darslarni masofaviy o‘qitishning videokonferentsiya tizimidan foydalanish alohida talablar asosida tashkil etiladi. Birinchidan, o‘quvchilar uchun ham o‘qituvchi uchun ham alohidagi talablar qo‘yiladi. Efir vaqtini tejash maqsadida, o‘qituvchi avvaldan o‘tadigan mavzularini taqdimot materiallar ko‘rinishida tayorlab olishi talab etiladi. Masofaviy o‘qitishning videokonferentsiya tizimida o‘qituvchi o‘zini xuddi sahnadagi aktyor kabi his etishi va tinglovchilar ham oldindan darsni o‘zlashtirish jarayoniga tayyor turishlari talab etiladi . Tinglovchilarga ma’ruza bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Ikkinchidan, masofadan o‘qitishning videokonferentsiya tizimi o‘rnatilgan auditoriya maxsus jihozlangan bo‘lishi kerak: qorong‘ulashgan xona, oval formadagi tinglovchilar stoli va terminal kamera qurilmasi to‘liq xonani va elektron doskani ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Masofadan o‘qitishning videokonferentsiya tizimidan foydalanish ishtirokchilar uchun axborot almashishda qulaylik yaratadi va ortiqcha xarajatlarni qisqartiradi. Videokonferentsiya – bu shunday kompyuter texnologiyasiki, u orqali foydalanuvchi shaxslar bir-birlarini real vaqtda ko‘radi, eshitadi va ma’lumotlar bilan almashadi. Videokonferentsiya tarixi 1964 yil AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Videophone (real vaqtda ovoz va tasvirni almashish) qurilmasidan boshlanadi. Videokonferentsiya o‘tkazish uchun asosan ikkita shartni bajarish lozim: a) videokonferentsiyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kompyuter (texnik) qurilmalari; b) videokonferentsiyani o‘tkazish talabiga javob beruvchi aloqa kanallaridan foydalangan holda, muloqotga chiquvchilar bilan bog‘lanish. Videokonferentsiya nima uchun kerak degan savolga quyidagi sabablarni ko‘rsatish mumkin. Insonlar kundalik hayotida olayotgan ma’lumotlarni 80,85% ni ko‘rish orqali oladi. Shuningdek, boshqaruv ishlari, meditsina, masofaviy ta’lim va boshqa jabhalarda videokonferentsiyani ahamiyati juda muhim. Minglab kilometr masofadagi shaxslarni real vaqtda muloqotini oshirish ham vaqt , ham iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi.
GOOGLE MEET PLATFORMASI BILAN ISHLASH Mashhur Moodle dasturiy ta’minot platformasi o’qituvchi va talabalar, shuningdek talabalarning bir-biri bilan faol o’zaro ta’sirini qo’llab-quvvatlashga – muammolarni birgalikda hal qilish, muhokama qilish, bilim almashish va jamoaviy ishning boshqa turlariga e’tibor qaratib, turli xil o’quv kurslarini yaratish va onlayn tarzda o’tkazishga imkon beradi. Moodle o’quv platformasidan dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlaridan, shu jumladan Rossiyadan 50 mingdan ortiq tashkilotlar foydalanadi, bu erda bugungi kunda Moodle eng mashhur ochiq manbali ta’lim echimlaridan biri hisoblanadi (SPO). Rossiya Federatsiyasida 600 dan ortiq inshootlar ro’yxatga olingan, ulardan ba’zilaridagi foydalanuvchilar soni 500 ming kishiga etadi. Moodle platformasi modulli tuzilishga ega, bu tizimning funksionalligini moslashuvchan ravishda o’zgartirish va to’ldirishga imkon beradi. 2011 yil mart oyida Rossiyaning SPIRIT kompaniyasi Internet-telefoniya uchun dasturiy ta’minot platformasi ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisi, Linux asosida bepul dasturiy ta’minot va tarqatishlarni ishlab chiqish sohasida Rossiyaning ALT Linux kompaniyasi bilan birgalikda VideoMost videokonferentsaloqa tizimini va ommabop mahsulotlarni birlashtirish uchun yangi modulni chiqarganligini e’lon qildi. Google Meet - bu Google tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo'lib, foydalanuvchilarga uchrashuvlar va videokonferentsiyalarni tez va oson yaratishga va ularga qatnashishga imkon beradi. Agar siz Google Meet-da yaratilgan uchrashuvga qo'shilmoqchi bo'lsangiz, bilingki, bu funktsiya har doim to'liq bo'lgan ozod , yangi uchrashuvlarni tashkil qilishda va odamlarni uchrashuvga taklif qilishda ilgari saqlab qo'yilgan vazifalar Foydalanuvchilar Suite G (Google biznesga yo'naltirilgan to'lov platformasi) lekin 2020 yil may oyidan boshlab hamma uchun bepul , Google o'zining rasmiy blogida yozganidek.