logo

Mahalliy xom-ashyolar asosida quruq qurulish qorishmalari tayorlash

Yuklangan vaqt:

20.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

373.560546875 KB
“  Mahalliy xom-ashyolar asosida quruq qurulish qorishmalari tayorlash  “.
MUNDARIJA
KIRISH  ……………………………………………………………………………3
Adabiyotlar tahlili  ……………………………………………………………
Ekstrimal qism  …………………………………………………………………
Olingan natijalar va ularning tahlili  …………………………………………
Xulosalar  ………………………………………………………………………
Adabiyotlar ruyxati  …………………………………………………………….. KIRISH 
Avvallari quruq qurilish qorishmalaridan tayorlangan aralashmalari 
tushunchasi amaliyotdan ko'ra, nazariyotda ko'proq uchrar edi. Bugunga kelib 
zamonaviy qurilishni bu turdagi mahsulotlarsiz tasavvur etish qiyin. Quruq 
aralashmalar an'anaviy eritmalar va betonlardan yuqori ishlab chiqarish quvvati,
bajariladigan qurilish ishlarining madaniyati va sifatini ta'minlash orqali ajralib 
turadi. 
An'anaviy eritmalar va betonlar bilan solishtirganda quruq aralashmalar bir
qator quyidagi ustunliklarga ega: quruq qurilish aralashmalarini ishlatishga 
tayyorlash uchun minimal operatsiyalar yetarli-ularni suvda eritsa, shuning o'zi 
kifoya; eritmalardan chiqadigan chiqindilarning kamligi; komponentlarni aniq 
me'yorlash va ularni samalari aralashtirish natijasida quruq qurilish 
qorishmalaridan tayorlangan aralashmalari tarkibining turg'unligi; quruvchilar 
ish samaradorligining ancha ortishi, shuningdek transport harajatlarini 
qisqartirish va sermashaqqat texnologik protsesslarning qisqarishi va bir 
vaqtning o'zida ish sifatining o'sishi. 
Betonlarda va qurilish qorishmalarida to’ldiruvchilarning miqdori 80% ni 
tashkil qiladi. To’ldiruvchilar bog’lovchi sarfini kamaytirish bilan birga, 
qorishma xossalariga va qotib toshga aylangan beton va qorishma xossalariga 
ham ta’sir etadi.
To’ldiruvchilar siniflanishi:
 kelib chiqishi bo’yicha – tabiiy ( tog’ jinslarining nurashi tufayli paydo ⁕
bo’lgan ) va suniy ( tog’ jinslarini va sanoat chiqindilarini maydalash orqali 
olingan );
 o’rtacha ( yoki uyma ) zichligi bo’yicha – og’ir va engil;
⁕
 donalarining o’lchami bo’yicha –mayda ( qum ) va yirik (chaqiq tosh va 
⁕
shag’al );
 donalarining shakli bo’yicha – serqirrali va dumaloq shaklda.
⁕
Beton va qurilish qorishmalarining tayorlashda tekshirilgan va amaldagi 
meyoriy hujjatlar ( DAST ) talabiga mos keladigan to’ldiruvchilar ishlatiladi.
Beton qorishmalarining to’ldiruvchilari sifatida, matda to’ldiruvchi – qum 
va yirik to’ldiruvchi – maydalangan tosh ( chaqiq tosh ) hamda shag’al 
ishlatiladi. Betonning konstruksiyada qaysi sharoitda ishlashiga qarab, 
materiallarga ham shunga yarasha talablar quyiladi. Qum  deb, donalarining yirikligi 0,14 dan 5,0 mm gacha bo’lgan, tabiiy 
buzilishi natijasida hosil bo’lgan ( tabiiy qumlar ) yoki maydalashdan hosil 
bo’lgan ( sun’iy qumlar ) materiallarga aytiladi. 
Og’ir betonlarni tayorlash uchun mayda to’ldiruvchilar sifatida 
fraksiyalangan va fraksiyalanmagan tabiiy va sun’iy qumlarni ishlatish mumkin.
Tabiiy qumlarning mineralogik tarkibiga qarab, kvarsitlar, dala shpatlar, 
ohaklar va dolomitlarga bo’linadilar. Qumlardagi zararli aralashmalardan biri 
giltuproq hisoblanadi. Ular qum donalarini o’rab olib, sement toshi bilan 
yopishishga xalaqit ko’rsatadi va betonning mustahkamligini pasaytiradi, beton 
qorishmasining suv talabchanligini oshiradi va shu bilan sovuqqa chidamliligini
kamaytiradi.
Sulfatli va sulfatoksidli birikmalari betonni korroziyaga duchor qiladi, 
organic zararli aralashmalar organic kislotalar hosil qilishi natijasida betonning 
mustahkamligini pasaytiradi. Shaffof minerallar ( slanes ) betonning 
mustahkamligini pasaytiradi. Chunki ular sement  toshi bilan mahkam 
yopishmaydi va bundan tashqari, shaffof minerallarning shapaloqlari engil 
parchalanib sinadilar.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI  
Respublikamizda faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha 
moliyaviy intellektual va boshqa resurslarni import o‘rnini bosuvchi va 
eksportga chiqarish mumkin bo‘lgan qo‘l ostimizdagi o‘z zaminimiz 
xomashyosini qayta ishlash, ishlab chiqarish sohasini yaratish katta ahamiyatga 
egadir. Iqtisodiy asoslangan investitsion rejalarni bajarish va O‘zbekiston 
iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi davlatlar sarmoyasi va kreditlarni 
jalb etish, amalda xalq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlarni rivojlantirish 
maqsadida belgilangan eng muhim va ustuvor vazifa deb qaralmoqda. 
Respublikamizda bu vazifani samarali bajarish uchun investitsion faoliyat 
yuritilishiga qulay muhit va zarur bo‘lgan shart-sharoitlar, huquqiy me'yorlar 
yaratildi, anchagina yetakchi donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy va sanoat 
tashkilot va o‘z investitsiyalari, kreditlarini ajratishmoqda. Ular kattagina 
miqdordagi investitsiya va kreditlarni ajratishga tayyor ekanligini bildirishdi.  
Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish 
uchun samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish 
talab qilinadi. Mamlakatimizning barcha 12 ta viloyatimizda boshqa sohalar 
qatori qurilishda ham juda katta yutuqlarga erishildi. Ko‘plab hashamatli 
binolar, sport saroylari, yopiq bozorlar, zamonaviy ko‘cha va maydonlar, 
hiyobonlar va bog‘lar, turar joy binolari, institutlar, litseylar, magistral yo’l 
qurilishi, osma kupriklar, yer osti kupriklar (tunnelar), zavod va korxonalar 
boshqa qurilgan imoratlar qurilish va me'morchilik sohasidagi ishlarning keng 
ko‘lamidan dalolat berib turibdi. Bugungi kunda me'morchilik ijtimoiy-
iqtisodiy, estetik, demografik va ko‘p asrlik tarixiy madaniyat an'analarining 
birligini tiklamoqda. Ma'lumki, yangi turar joy va sanoat rayonlari va  majmualarining qurilishi bilan bir qatorda bugungi kunda mavjud fondni 
modernizatsiyalash va qayta qurish masalalari muhim ahamiyatga egadir. 
Shaharlar imoratlarini yangilash va qayta qurishning muhimligi shundaki, XX 
asrning ikkinchi yarmida shahar qurilishi shaharlarning chetki rayonlaridagi 
bo‘sh yerlarida yoppasiga ekstensiv rivojlanish xarakteriga ega edi. Natijada 
qurilish narxi oshdi, ekspluatatsion chiqimlar qimmatlashdi, unumdor yerlar 
kamayib ketdi. Bu usul arxitektura-shaharsozlikda salbiy ijtimoiy-iqtisodiy 
yo‘qotishlarga, transportda yurishda ko‘p vaqt yo‘qotilishiga, odamlar orasidagi
aloqalarning susayishiga, markaziy rayonlar funksiyasining pasayishiga va 
hokazolarga olib keldi. So‘nggi yillarda shahar imoratlarini qayta qurishda eski 
imoratlarni buzishning, tarixiy binolarni asrab qolishning yangi konsepsiyalari 
ishlab chiqildi.  
Biz shaharlardagi juda ko‘p turar joy hududlarini qayta qurishimiz kerak, 
bu esa muammolar yechimiga yondashish prinsiplarini qayta ko‘rib chiqishni 
talab etadi, shu jarayon mobaynida binolarning loyihaviy va me'moriy 
kompozitsion yechimlari yangilanishi kerak. Industrial qurilish usullarining 
yangi qurilish va konstruktiv sxemalari, qurilish texnikasining intensiv 
rivojlanishida kuzatiladi. Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi 
munosabati bilan keyingi yillarda konstruktiv va badiiytasviriy ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha ko‘p miqdorda yangi materiallar paydo bo‘ldi. Qurilish ishlarining 
umumiy hajmida pardozlash eng sermehnat ish bo‘lib, jami mehnat sarfining 
20-25 % ini, shu jumladan suvoqchilik ishlari 10% dan 13 ko‘prog‘ini tashkil 
etadi. Mazkur ishlarning sermehnatliligini kamaytirish qurilishni 
industrlashtirish imkoniyatini beradi. Industrlashning o‘ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, bunda zavodda to‘liq tayyorlangan yig‘ma konstruksiyalar 
(quruq qurilish qorishmalaridan devorbop va pardevorbop buyumlar, 
qavatlararo yopma plitalar, zina marshlari) dan foydalaniladi . Yangi turdagi 
pardozlash materiallaridan– gipskarton, qoplama plastiklardan foydalanilganda 
ham mehnat sarfi ancha kamayadi.  Qurilish hajmini tobora ko‘paytirish bilan 
birga, jami qurilish ishlari, shu jumladan qurilish qorishmalari sifatini 
yaxshilash muhim vazifalardan hisoblanadi. Suvoqchilik ishlari binolar va 
inshootlarning chidamliligini oshirish, ularning tashqi ko‘rinishini ko‘rkam 
qilish, xonalarda me'yoriy sanitariya-gigiena sharoitlari yaratish maqsadida 
konstruksiyalar sirtini qoplashdan iborat. Barcha turdagi suvoqchilik ishlari 
xavfsizlik texnikasi qoidalari va yong‘inning oldini olish tadbirlariga qat'iy 
rioya qilgan holda bajariladi. Binolarning chidamliligiga, me'morlik nuqtai 
nazaridan ko‘rkamliligiga, tashqi va ichki pardozning sifatiga qo‘yiladigan 
talablar yildanyilga oshib bormoqda. Uzoq muddatga chidaydigan pishiq qatlam
hosil qiladigan yangi, tejamli, samarali qurilish qorishmalari ana shu talablarni 
qondiradi.  
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA 
Bu materiallardan foydalanilganda binolarni pardozlashga ketadigan vaqt 
qisqaradi hamda ish sifati oshadi. Pardozlash ishlarida pigment va to‘ldirgichlar,
gruntovkalar, shpaklyovkalar, bog‘lovchi moddalar va turli yordamchi  materiallardan foydalaniladi. Qurilish ishlari ko‘lamining kengligi va bu ishlar 
sifatiga nisbatan qo‘yilayotgan yuqori talablar suvoqchilik ishlarining 
hozirgacha qo‘llanib kelinayotgan usullari hamda vositalarini tubdan o‘zgartirib
yubordi. Pardozlash ishlarining hamma asosiy operatsiyalari 
mexanizatsiyalashtirildi. Quruq qurilish aralashmalari tarkiblarida mineral 
bog‘lovchi va to‘ldirgichdan tashqari, mineral bog‘lovchining qotishi va 
mustahkamligini boshqarish va qorishma qotgandan keyingi zarur fizik-
mexanik xossalarga erishishini ta'minlash maqsadida kimyoviy qo‘shimchalar 
kompleksi mavjuddir. Quruq qurilish qorishmalari 14 xil aralashmalarining 
asosi sifatida ohak, yoki gips, yoki sementdan foydalaniladi. 
Qurilish qorishmalariga zarur xossalarni berish uchun qo‘shimchalardan 
foydalaniladi. Polimer qo‘shimchalar yopishish qobiliyatini oshiradi.  
Quruq qurilish aralashmalari yordamida yuqori ishlov berish 
mumkinligini ta'kidlash zarur. Bundan tashqari ular quyidagilarni imkonini 
beradi: - vaqt va joyni iqtisod etish, ya'ni hamma komponentlarni xarid qilish, 
saqlash va murakkab bo‘lgan tarkiblarni aralashtirib tayyorlashdan voz 
kechiladi; - har qanday murakkablikdagi tarkiblarga buyurtma berish 
imkonining mavjudligi, chunki quruq qurilish aralashmalari zamonaviy 
uskunalar yordamida tayyorlanadi; - nobudgarchilikning yo‘qligi, ya'ni 
xohlagan vaqtda zarur miqdordagi qorishmani tayyorlash mumkin; - transport 
xarajatlarining iqtisodi, ya'ni quruq qurilish qorishmalaridan foydalanish 
qurilish maydoniga doim tayyor qorishmani tashib keltirishdan voz kechish 
imkonini beradi; - yuqori sifat kafolatining mavjudligi, ya'ni tarkib 
komponentlarini aniq o‘lchash hisobiga qorishma retseptining aniqligi (quruq 
qurilish qorishmalarining sifatini qurilish maydonida komponentlarni o‘lchab 
tayyorlangan qorishmalarning sifati bilan solishtirib bo‘lmaydi).  
Zamonaviy quruq qurilish qorishmalari aralashmalarining nomenklaturasi
juda kengdir. Qurilish materiallari bozori hozirgi vaqtda suvoq, shpaklyovka, 
zatirka, yelim, gruntovka styashka va boshqalarning xilma-xil turlarini taklif 
etmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizda 70 yaqin kichik va o‘rta biznes 
tadbirkorlari tomonidan quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarilmoqda. 
O‘zbekiston quruq qurilish aralashmalari bozorida o‘zimizning mahalliy quruq 
qurilish qorisjmalari aralashmalarini ishlab chiqaruvchilarimizdan KNAUF, 
«Alimix Prodution», OOO "REAL BUILDING MATERIALS" 
OOO “Eleron Elit Servis”, SP “BAUPLAST”, «Rademus-servis» xususiy 
kompaniyasi, VENTUM, OOO "New Live Buildis", «RAHNAMO» 
kompaniyasi, MeGAMIX 15 kompaniyasi, 
OOO «ZeNGeR IMPeX», OOO "RAZATA", OOO "BI Vermikulit Grup" va 
boshqalar yetakchilik qilmoqda (1.1-rasm). Eng zamonaviy uskunalar bilan 
jihozlangan zavod-avtomatlarda yuqori sifatli, dunyo standartlari talablariga 
javob beradigan suvoq qorishmalari, shpaklyovkalar, gruntovkalar, quyma 
pollar va boshqalar ishlab chiqarilmoqda.  GOST 31189-2003 “Quruq qurilish qorishmalari aralashmalari. 
Klassifikatsiyasi” da quruq qurilish qorishmalari aralashmalarining 
klassifikatsiyasi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra quruq qurilish aralashmalari asosiy
vazifasi, foydalanilayotgan bog‘lovchisining turi va to‘ldiruvchisining eng yirik 
o‘lchamiga qarab sinflarga bo‘linadi. Asosiy vazifasiga ko‘ra ular: tekislovchi; 
pardozlovchi; pol uchun; ta'mirlash uchun; himoyalovchi; terish uchun; montaj 
uchun; dekorativ; gidroizolyattsiya uchun; issiqlik izolyatsiyasi uchun; gruntlash 
uchun kabi asosiy turlarga bo‘linadi.  
ADABIYOTLAR TAHLILI. Ishchi ma’lumotnomani tayyorlashda quyidagi adabiyotlardan foydalanilgan.
1. Информационное издание “  C ухие строительные смеси КНАУФ “ 
03/2010.
2. Информационные листы: “ Ф20 – Наливные стяжки на основе гипса “ , 
“ КНАУФ-Боден 15. Стяжка самовыравнивающаяся толщиной до 15 
мм ” , “ КНАУФ-Боден 25 . Стяжка самовырававнивающаяся толщиной
10-35 мм ” , “ КНАУФ-Боден 30. Стяжка самовыравнивающаяся 
толщиной более 25 мм ” , “ Мощная техника для отделочных работ “ , “
PFTG 4. Одна для всего ,  все с одной  “.
3. Конспекты стандартизированных программ КНАУФ: “ Штукатурные 
работы с применением сухих штукатурных смесей КНАУФ (ручной 
способ)” , “ Эк c плуатация и обслуживание машин  PFT  при проведении 
штукатурных работ и устройстве наливных полов “.
4. Руководство по эксплуатации “ Лазерный уровень (построитель точек) 
“ , “  RT  7510-3 ( Robotoolz ® )”. EKSPEREMENTAL QISM.
Quruq qurilish qorishmalari va betonlarda ishlatiladigan 
to’ldiruvchilarga quyiladigan texnik talablar.
Davlar standarti ( DAST 8736-93 (2001) “ Qurilish ishlari uchun 
ishlatiladigan qumlar. Texnik talablar “ ) ga asosan tabiiy qumning tabiiy holatdagi
donadorlik tarkibiga bo’yicha sinf va guruhlarga bo’linadi.
I sinif – juda yirik ( maydalangan toshni elashdan olingan qum ) yuqori 
yiriklikda, yirik, o’rtacha va mayda;
II sinif – juda yirik ( maydalangan toshni elashdan olingan qum ) yuqori 
yiriklikda, yirik, o’rtacha, mayda, juda mayda, mayin va juda mayin.
Har bir guruh uchun qum donadorligi yiriklik moduli M
y  bilan xarakterlanadi.
Qumlar maxsus elaklarda №063 o’lchamli elakdagi donalari 5 mm dan yirik 
bo’lgan qumning umumiy qoldig’iga qarab guruhlanadi ( 1-jadval ) 
1-jadval
Qumlarning yirikliklari bo’yicha xarakteristikalari 
№ Qumlarning gruppalari 0.63 nomerli elakdagi umumiy
qoldiq % Yiriklik moduli M
y  
(M
k )
1 Juda yirik  >75 >3,5
2 Yuqori yiriklikda  65 dan 75 gacha 3,0 dan 3,5 gacha
3 Yirik  45 dan 65 gacha 2,5 dan 3,0 gacha
4 O’rtacha  30 dan 45 gacha 2,0 dan 2,5 gacha
5 Mayda  10 dan 30 gacha 1,5 dan 2,0 gacha
6 Juda mayda  10 gacha 1,0 dan 1,5 gacha
7 Mayin  meyorlanmagan 0,7 dan 1,0 gacha
8 Juda mayin  meyorlanmagan 0,7 gacha
Eslatma:
1. Agar qumlar gruppalarining yirikligi bo’yicha aniqlashda u jadvaldagi
talablarga to’g’rli javob bera olmasa, unda M
y  miqdori hal qiluvchi bo’lib 
hisoblanadi. 
2. M
y  ≤ 1 bo’lgan qumlarni betonlar va qurilish qorishmalari uchun 
ishlatish mumkin emas.
Qum tarkibida 10 va 5 mm dan katta hamda 0,16 mm kichik bo’lgan zarralar 
3-jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshmasligi kerak. 
                                                                                                             3-jadval
Massa bo’yicha foizlarda
Qum sinifi va guruhlari Zarrachalar yirikligi
>10 mm > 5mm < 0,16 mm
I sinif
Juda   yirik ,  yuqori   yiriklikda ,  yirik ,
o ’ rtacha 0,5 5 5
Mayda 0,5 5 10
II sinif Juda yirik, yuqori yiriklikda 5 20 10
Yirik, o’rtacha 5 15 15
Mayda, juda mayda 0,5 10 20
Mayin, juda mayin Ruxsat etilmaydi Me’yorlanmagan
Qumni yuvish (  отмучивание  ) orqali aniqlangan chang va loy qurilishidagi 
zarrachalar miqdori 4- jadvalda keltirilgan qiymatlar oshmasligi kerak. 
4- jadval
Massa bo’yicha foizlarda 
Qum sinifi va
guruhlari Chang va loyli zarralari
miqdori Loy   bo ’ laklari  ( глина в
комках )
Tabiiy
qum Sun’iy (maydalab
elangan qum ) Tabiiy qum Sun’iy
(maydalab
elangan qum )
I sinf
Juda yirik - 3 - 0,35
Yuqori   yiriklikda , 
yirik   va   o ’ rtacha   2 3 0,25 0,35
Mayda 3 5 0,35 0,50
II sinf
Juda yirik  - 10 - 2
Yuqori   yiriklikda , 
yirik   va   o ’ rtacha   3 10 0,5 2
Mayda va juda 
mayda  5 10 0,5 2
Mayin va juda 
mayin 10 Me’yorlanmagan 1,0 0,1
Sulfat oksidli va sulfat birikmalarining qumda bo’lishi ( SO
3  ga qayta 
hisoblanganda ) massaga nisbatan 1% oshmasligi kerak. Qumda shaffof 
minerallarning (  слюда  ) bo’lishi 1% dan oshmasligi kerak. 
Mayda to’ldiruvchilarning betonga yaroqli ekanligini ularning yirikligini 
ko’rsatuvchi grafik orqali ham aniqlash mumkin ( 1-rasm ). Qum har tomonlama 
sifatli bo’lsa, elash natijalari grafikda shtrixlangan chegara ichida bo’ladi. Agar 
elash egri chizig’i shtrixlangan chegaraning yuqorisidan o’tsa, qum mayda, past 
tomonidan o’tsa, qum yirik bo’ladi.
Qumlarning yiriklik moduli 2,10  ÷  3,25 bo’lishi kerak.  
1-rasm. Qumning zarralarning yirikligini ifodalovchi grafik.
Shag’al (  гравий  )  deb, tog’ jinslarining tabiiy buzilishlari natijasida hosil 
bo’lgan donalardan tashkil topgan sochiluvchi materialga aytiladi. Shag’allar tog’ 
(jarlik ), daryo va dengiz shag’allariga ajratiladi. 
Tog’ shag’ali donalarining sirti g’adur-budur bo’lishi bilan birga, unga qum, 
gil, chang va organik moddalar yopishgan buladi. Daryo va dengiz shag’allari tog’ 
shag’alidan tozaroq va donalarining sirti silliq bo’ladi. 
Chaqiq tosh (  щебень  )  deb, katta o’lchamli tog’ jinslari va suniiy toshlardan
maydalanib olingan, bo’lakchalarining o’lchamlari 5-70 (80) mm bo’lgan 
sochiluvchan materilaga aytiladi.
Tog’ shag’allari shakli g’adir-budur bo’lganligi uchun sement toshi bilan 
yaxshi yopiladi. Beton uchun, kam silliqlangan maydaroq shaklga ega bo’lgan 
donalar bo’lishi yaxshiroq, silliq dumaloq shakldagi tosh donalarining bo’lishi esa 
maqsadga muvofiq emas. Yapaloq ( plastinka ) va ingichka uzun ignasimon tosh 
donalarining bo’lishi yomon hisoblanadi.
Beton tayorlash uchun odatda otilib chiqqan yoki cho’kindi tog’ jinslarini 
maydalanishidan hosil bo’lgan maydalangan toshlardan foydalaniladi. 
Maydalanish paytida nafaqat maydalangan tosh donalari balki mayda fraksiyalar – 
qum va chang ham hosil bo’ladi. Maydalanish paytida hosil bo’lgan toshlarning 
kub va tetroedr shaklida bo’lganlari eng sifatlisi hisoblanadi. Maydalangan toshlar 
sirtining g’adir-budir bo’lishi sababli u sement toshi bilan mustahkam yopishadi, 
amma bunday beton qorishmasi kam harakatchan bo’ladi.
Yirik to’ldiruvchilarga quyiladigan texnik talablar. ГОСТ  8267-93 ( 2003 ) “ Qurilish ishlari uchun tog’ jinslaridan olingan 
chaqiq tosh va shag’al. Texnik talablar “ ;  ГОСТ  8269.0-97 “ Qurilish ishlari 
uchun tog’ jinslaridan va qurilish ishlab chiqarish chiqindilaridan olingan chaqiq 
tosh va shag’al. Fizik  va mexanik sinash usullari “ ;  ГОСТ  23735-79 ( 2003 ) “ 
Qurilish ishlari uchun qum-shag’al aralashmasi. Texnik talablar “ ,  ГОСТ  7394-85 
Temir yo’llar uchun shag’alli va qum-shag’alli ballast. Texnik talablat “ kabi 
meyoriy hujjatlarda ko’rsatilgan yirik to’ldiruvchilarga qo’yilgan talablar va sinash
usullari yordamida amalga oshiriladi. 
Texnik talablar bo’yicha chaqiqtosh va shag’al quyidagi fraksiyalarga 
bo’linadi :
5 dan 10 mm gacha ; 10 dan katta 15 mm gacha ; 15 dan katta 20 mm gacha ; 
20 dan katta 40 mm gacha ; 40 dan katta 70 ( 80 ) mm gacha ; 5(3) dan 20 mm 
gacha aralashma.
Chqiqtoshning tabiiy donadorlidi
G’alvir kattaligining 
yirikligi, mm d 0,5(d+D) D 1,25 D
Elakda   qolgan   jami   qoldiq , 
og ’ irligiga   ko ’ ra  %  hisobida   90-100 30-60 10 gacha 0,5 gacha
Eslatma : d va D – donalarning eng kichik va eng katta o’lchami
Chaqiqtosh va shag’al tarkibida yapaloq ( plastinka ) va ingichka uzun 
ignasimon tosh donalarining miqdori ( massasi ) 15 % dan osmasligi lozim. 
Beton uchun ishlatiladigan chaqiq tosh va shag’al donalarining 
mustahkamligi beton mustahkamligidan 1,5-2 marotaba yuqori bo’lishi kerak. 
Chaqiqtosh va shag’al donalarining ichida uncha mustahkam bo’lmagan 
bo’sh jinslarning miqdori massasi bo’yicha 10 % dan osmasligi kerak. Elaklardagi katagining yirikligi, mm
2-rasm. Shag’al ( chaqiqtosh )ning mayda-yiriligini ifodalovchi grafik.
1-tajriba.
Qumning, shag’alning va chaqiqtoshning haqiqiy zichligini aniqlash.
Material va asboblar:  qum (tosh), suv, piknometr (yoki Le Shatelye asbobi),
texnik tarozi; voronka, filtrlovchi qog’oz.
Qumning, shag’alning va chaqiqtoshning zichligini 100 mm sig’imli 
piknometr yordamida yoki o’lchov silindri yordamida aniqlanadi.
Silindr maxsus belgiga qadar suv bilan to’ldiriladi, oldindan o’lchab olingan 
ma’lum ulchamli (m
1 ) g quritilgan va maydalangan qum, shag’al yoki chaqiqtosh 
suv yuqori 20 sm 3 
belgigacha ko’tarilguncha qadar silindrga asta-sekin solinadi. 
Keyin ortib qolgan o’lcham (m
2 ) g tarozida tortiladi.
Haqiqiy zichlik quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
ρ  =  m 1 − m 2
V  = m1−m	2	
20  ;  g
sm 3  
bu yerda m
1   - m
2  – silindrga joylashgan material massasi, g; V – siqib chiqarilgan 
suvning hajmi.
2-tajriba.
Qumning, shag’al va chaqiqtoshning uyma zichligini aniqlash.
Material va asboblar:  qum (tosh), sig’imi 1  l  (qum uchun) va 5, 10, 20 va 50
l  (tosh uchun) o’lchamli silindr idishlar, metal chig’ich, teshiklari 5 mm bo’lgan 
elak, texnik tarozi ; metal voronka. 
Oldindan quritilgan qumni teshiklari 5 mm li elakdan elab olinadi va kesik 
konus shaklidagi voronkaga joylashtiriladi. Og’irligi o’lchab olingan 1 litrli silindr 
idishga 10 sm balandlikdan qum silindrdan to’lib tushguncha solinadi. Silindr 
idishdagi ortiqcha materialni zichlamaslik kerak. Undan keyin silindr qumi bilan 
birga tarozida tortib og’irligi aniqlanadi.
Alohida porsiyalab o’rnatilgan hajmdagi shag’al yoki chaqiq tosh quyidagi 
sig’imli idishlarda o’lchanadi:
Eng yirik donasining o’lchami 10, 20, 40, va 40 mm dan katta bo’lganda mos 
ravishda o’lchov silindrining sig’imi 5, 10, 20, va 50 litrga tashkil qilishi kerak.
Quruq holatdagi sochiluvchan materialning uyma zichligi quyidagi formula 
bilan hisoblanadi.: ρ
uyma   =  m 1 − m 2
V  ; g/sm 3
 , (kg/m 3
),
bu yerda m
1  – bo’sh idishning massasi, g(kg).
 m
2  – idishning material bilan birga massasi, g(kg).
 V – o’lchov idishining hajmi sm 3
 (m 3
).
3 –tajriba
Qum, shag’al chaqiqtoshning g’ovakligini aniqlash.
Qum, shag’al va chaqiqtoshning oldindan topilgan haqiqiy zichligi va uyma 
zichligi orqali g’ovaklik quyidagi formula bilan hisoblanadi:
F = ( 1-  p
P uyma  )  ∙ 100 %
Bu yerda ρ – materialning haqiqiy zichligi, g/sm 3
 .
ρ
uyma  – materialning uyma zichligi, g/sm 3
 . 
3 – jadval.
1, 2 va 3 tajriba natijalari quyidagi jadvalga kiritiladiM
aterial nom
i
Hajmiy (uym) zichligi, g/sm 3	
H
aqiqiy zichligi,	
g/sm
3	
G’ovakligi, %
Massalari, gramm	
To’ldiruvchining	
hajm
i, g/sm
3	
U
ym
a zichligi	
g/sm
3	
O’lchov idishi	
To’ldiruvchi,	
idish bilan birga	
To’ldiruvchi
1
2
3
4 – tajriba.
Qumdagi chang va tuproq miqdorini aniqlash .
Material va asboblar:  qum, quritish shkafi, silindr shaklidagi idish (chelak), 
texnik tarozi; sekndomer.
Qumdagi mayda zarrachalarning miqdorini aniqlash usuli ularning suvda 
turg’un eritma hosil qilishiga asoslangan. ( KMK 8785-2005 ).
Ishning bajarilish tartibi: Qumdan 1000 g olinib idishga solinadi va uning 
ustiga suv quyiladi. Suvning sathi qum yuzasidan 200 mm yuqorida bulishi kerak, 
qum va suv yaxshilab aralashtirib, 2 daqiqa tindirilgandan so’ng, loyqa ehtiyotlik 
bilan to’kiladi. Bu ish bir necha marta takrorlanadi ( qumdagi loyqa butunlay 
yuvilib ketguncha ). Yuvilgan qum quritish qutisida quritiladi. Bajarilgan ishning 
natijasi quyidagicha hisoblanadi:
G =  m 1 − m 0
m 1   ∙  100 % Bu yerda m
1  – qumning dastlabki og’irligi ,  g;
m
0  – qumning yuvilgandan keying og’irligi ,  g .
5 – tajriba.
Chqiq tosh, shag’al va qumlarning tarkibining donaligini va qumning
yiriklik moduli M
y  aniqlash.
Material va asboblar:  qum 10 kg (tosh 80 kg), qumni elash uchun: tegishli 
2,5 ; 1,25 ; 0,63 ; 0,315 ; 0,14 mm 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 
1. Mirziyoyev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz.  T.  “O‘zbekiston”. 2016.  
2. A.M.Neville. Properties of concrete.  5th edition. TA439.N48. 2011.  
3. A.Al.Kourd,   A.Del   Hammad.   Cement   and   Concrete   technology.   Second
Edition, New Jercey, 2003.  
4. Akramov   X.A.,   Nuritdinov   X.N.   Beton   va   temir   beton   ishlab   chiqarish
texnologiyasi.  Darslik. 
T. O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, Toshkent, 2011. 
5. E. Qosimov “Qurilish ashyolari”. Darslik.  “Mexnat nashriyoti”, T., 2004.  
6. Akramov   X.A.,   Nuritdinov   X.N.   Beton   va   temir-beton   buyumlari   ishlab
chiqarish   texnologiyasi.   O‘quv   qo‘llanma.   I   va   II   qism.   T.,   TAQI.,
Arxitekrura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi 2012.  
7. X.A.Akramov,   Sh.T.Raximov,   X.N.Nuritdinov,   M.T.Turopov   “Beton
to‘ldirgichlari   texnologiyasi”.   O‘quv   qo‘llanma(lotin   imlosida).   T.:   TAQI.
2012.  
8. Mahmudova   N.A.   Quruq   qorishmalar   texnologiyasi.   O‘quv   qo‘llanma.
Toshkent-2013.  
9. Баженов   Ю.М.   Технология   бетонных   и   железобетонных   изделий.   М.:
Стройиздат. 1987.  
10. Nuritdinov   X.N.,   Maxmudova   N.A.   Beton   qorishma   ishlari   texnologiyasi.
T., Talqin, 2004.  
11. Qodirova D.Sh. Vog‘lovchi moddalar va qurilish materiallarini tadqiq etish
usullari.  O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2011.  
12. Gaziev   U.A.,   Qodirova   D.Sh.   Beton   va   qorishmalar   uchun   qo‘shimchalar.
O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2015.  
13. Несветаев Г.В. Расчет состава цементных бетонов: Учебное пособие. –
Ростов-н/Д: Рост.гос. строит. ун-т, 2002. 46 с.  
14. Рекомендациипоподбору   составов   тяжелых  и  мелкозернистых  бетонов
(к ГОСТ 2700686). Москва ЦИТП 1990.

“ Mahalliy xom-ashyolar asosida quruq qurulish qorishmalari tayorlash “. MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………………………3 Adabiyotlar tahlili …………………………………………………………… Ekstrimal qism ………………………………………………………………… Olingan natijalar va ularning tahlili ………………………………………… Xulosalar ……………………………………………………………………… Adabiyotlar ruyxati ……………………………………………………………..

KIRISH Avvallari quruq qurilish qorishmalaridan tayorlangan aralashmalari tushunchasi amaliyotdan ko'ra, nazariyotda ko'proq uchrar edi. Bugunga kelib zamonaviy qurilishni bu turdagi mahsulotlarsiz tasavvur etish qiyin. Quruq aralashmalar an'anaviy eritmalar va betonlardan yuqori ishlab chiqarish quvvati, bajariladigan qurilish ishlarining madaniyati va sifatini ta'minlash orqali ajralib turadi. An'anaviy eritmalar va betonlar bilan solishtirganda quruq aralashmalar bir qator quyidagi ustunliklarga ega: quruq qurilish aralashmalarini ishlatishga tayyorlash uchun minimal operatsiyalar yetarli-ularni suvda eritsa, shuning o'zi kifoya; eritmalardan chiqadigan chiqindilarning kamligi; komponentlarni aniq me'yorlash va ularni samalari aralashtirish natijasida quruq qurilish qorishmalaridan tayorlangan aralashmalari tarkibining turg'unligi; quruvchilar ish samaradorligining ancha ortishi, shuningdek transport harajatlarini qisqartirish va sermashaqqat texnologik protsesslarning qisqarishi va bir vaqtning o'zida ish sifatining o'sishi. Betonlarda va qurilish qorishmalarida to’ldiruvchilarning miqdori 80% ni tashkil qiladi. To’ldiruvchilar bog’lovchi sarfini kamaytirish bilan birga, qorishma xossalariga va qotib toshga aylangan beton va qorishma xossalariga ham ta’sir etadi. To’ldiruvchilar siniflanishi: kelib chiqishi bo’yicha – tabiiy ( tog’ jinslarining nurashi tufayli paydo ⁕ bo’lgan ) va suniy ( tog’ jinslarini va sanoat chiqindilarini maydalash orqali olingan ); o’rtacha ( yoki uyma ) zichligi bo’yicha – og’ir va engil; ⁕ donalarining o’lchami bo’yicha –mayda ( qum ) va yirik (chaqiq tosh va ⁕ shag’al ); donalarining shakli bo’yicha – serqirrali va dumaloq shaklda. ⁕ Beton va qurilish qorishmalarining tayorlashda tekshirilgan va amaldagi meyoriy hujjatlar ( DAST ) talabiga mos keladigan to’ldiruvchilar ishlatiladi. Beton qorishmalarining to’ldiruvchilari sifatida, matda to’ldiruvchi – qum va yirik to’ldiruvchi – maydalangan tosh ( chaqiq tosh ) hamda shag’al ishlatiladi. Betonning konstruksiyada qaysi sharoitda ishlashiga qarab, materiallarga ham shunga yarasha talablar quyiladi.

Qum deb, donalarining yirikligi 0,14 dan 5,0 mm gacha bo’lgan, tabiiy buzilishi natijasida hosil bo’lgan ( tabiiy qumlar ) yoki maydalashdan hosil bo’lgan ( sun’iy qumlar ) materiallarga aytiladi. Og’ir betonlarni tayorlash uchun mayda to’ldiruvchilar sifatida fraksiyalangan va fraksiyalanmagan tabiiy va sun’iy qumlarni ishlatish mumkin. Tabiiy qumlarning mineralogik tarkibiga qarab, kvarsitlar, dala shpatlar, ohaklar va dolomitlarga bo’linadilar. Qumlardagi zararli aralashmalardan biri giltuproq hisoblanadi. Ular qum donalarini o’rab olib, sement toshi bilan yopishishga xalaqit ko’rsatadi va betonning mustahkamligini pasaytiradi, beton qorishmasining suv talabchanligini oshiradi va shu bilan sovuqqa chidamliligini kamaytiradi. Sulfatli va sulfatoksidli birikmalari betonni korroziyaga duchor qiladi, organic zararli aralashmalar organic kislotalar hosil qilishi natijasida betonning mustahkamligini pasaytiradi. Shaffof minerallar ( slanes ) betonning mustahkamligini pasaytiradi. Chunki ular sement toshi bilan mahkam yopishmaydi va bundan tashqari, shaffof minerallarning shapaloqlari engil parchalanib sinadilar. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Respublikamizda faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy intellektual va boshqa resurslarni import o‘rnini bosuvchi va eksportga chiqarish mumkin bo‘lgan qo‘l ostimizdagi o‘z zaminimiz xomashyosini qayta ishlash, ishlab chiqarish sohasini yaratish katta ahamiyatga egadir. Iqtisodiy asoslangan investitsion rejalarni bajarish va O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi davlatlar sarmoyasi va kreditlarni jalb etish, amalda xalq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlarni rivojlantirish maqsadida belgilangan eng muhim va ustuvor vazifa deb qaralmoqda. Respublikamizda bu vazifani samarali bajarish uchun investitsion faoliyat yuritilishiga qulay muhit va zarur bo‘lgan shart-sharoitlar, huquqiy me'yorlar yaratildi, anchagina yetakchi donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy va sanoat tashkilot va o‘z investitsiyalari, kreditlarini ajratishmoqda. Ular kattagina miqdordagi investitsiya va kreditlarni ajratishga tayyor ekanligini bildirishdi. Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish uchun samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish talab qilinadi. Mamlakatimizning barcha 12 ta viloyatimizda boshqa sohalar qatori qurilishda ham juda katta yutuqlarga erishildi. Ko‘plab hashamatli binolar, sport saroylari, yopiq bozorlar, zamonaviy ko‘cha va maydonlar, hiyobonlar va bog‘lar, turar joy binolari, institutlar, litseylar, magistral yo’l qurilishi, osma kupriklar, yer osti kupriklar (tunnelar), zavod va korxonalar boshqa qurilgan imoratlar qurilish va me'morchilik sohasidagi ishlarning keng ko‘lamidan dalolat berib turibdi. Bugungi kunda me'morchilik ijtimoiy- iqtisodiy, estetik, demografik va ko‘p asrlik tarixiy madaniyat an'analarining birligini tiklamoqda. Ma'lumki, yangi turar joy va sanoat rayonlari va

majmualarining qurilishi bilan bir qatorda bugungi kunda mavjud fondni modernizatsiyalash va qayta qurish masalalari muhim ahamiyatga egadir. Shaharlar imoratlarini yangilash va qayta qurishning muhimligi shundaki, XX asrning ikkinchi yarmida shahar qurilishi shaharlarning chetki rayonlaridagi bo‘sh yerlarida yoppasiga ekstensiv rivojlanish xarakteriga ega edi. Natijada qurilish narxi oshdi, ekspluatatsion chiqimlar qimmatlashdi, unumdor yerlar kamayib ketdi. Bu usul arxitektura-shaharsozlikda salbiy ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlarga, transportda yurishda ko‘p vaqt yo‘qotilishiga, odamlar orasidagi aloqalarning susayishiga, markaziy rayonlar funksiyasining pasayishiga va hokazolarga olib keldi. So‘nggi yillarda shahar imoratlarini qayta qurishda eski imoratlarni buzishning, tarixiy binolarni asrab qolishning yangi konsepsiyalari ishlab chiqildi. Biz shaharlardagi juda ko‘p turar joy hududlarini qayta qurishimiz kerak, bu esa muammolar yechimiga yondashish prinsiplarini qayta ko‘rib chiqishni talab etadi, shu jarayon mobaynida binolarning loyihaviy va me'moriy kompozitsion yechimlari yangilanishi kerak. Industrial qurilish usullarining yangi qurilish va konstruktiv sxemalari, qurilish texnikasining intensiv rivojlanishida kuzatiladi. Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi munosabati bilan keyingi yillarda konstruktiv va badiiytasviriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ko‘p miqdorda yangi materiallar paydo bo‘ldi. Qurilish ishlarining umumiy hajmida pardozlash eng sermehnat ish bo‘lib, jami mehnat sarfining 20-25 % ini, shu jumladan suvoqchilik ishlari 10% dan 13 ko‘prog‘ini tashkil etadi. Mazkur ishlarning sermehnatliligini kamaytirish qurilishni industrlashtirish imkoniyatini beradi. Industrlashning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda zavodda to‘liq tayyorlangan yig‘ma konstruksiyalar (quruq qurilish qorishmalaridan devorbop va pardevorbop buyumlar, qavatlararo yopma plitalar, zina marshlari) dan foydalaniladi . Yangi turdagi pardozlash materiallaridan– gipskarton, qoplama plastiklardan foydalanilganda ham mehnat sarfi ancha kamayadi. Qurilish hajmini tobora ko‘paytirish bilan birga, jami qurilish ishlari, shu jumladan qurilish qorishmalari sifatini yaxshilash muhim vazifalardan hisoblanadi. Suvoqchilik ishlari binolar va inshootlarning chidamliligini oshirish, ularning tashqi ko‘rinishini ko‘rkam qilish, xonalarda me'yoriy sanitariya-gigiena sharoitlari yaratish maqsadida konstruksiyalar sirtini qoplashdan iborat. Barcha turdagi suvoqchilik ishlari xavfsizlik texnikasi qoidalari va yong‘inning oldini olish tadbirlariga qat'iy rioya qilgan holda bajariladi. Binolarning chidamliligiga, me'morlik nuqtai nazaridan ko‘rkamliligiga, tashqi va ichki pardozning sifatiga qo‘yiladigan talablar yildanyilga oshib bormoqda. Uzoq muddatga chidaydigan pishiq qatlam hosil qiladigan yangi, tejamli, samarali qurilish qorishmalari ana shu talablarni qondiradi. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Bu materiallardan foydalanilganda binolarni pardozlashga ketadigan vaqt qisqaradi hamda ish sifati oshadi. Pardozlash ishlarida pigment va to‘ldirgichlar, gruntovkalar, shpaklyovkalar, bog‘lovchi moddalar va turli yordamchi

materiallardan foydalaniladi. Qurilish ishlari ko‘lamining kengligi va bu ishlar sifatiga nisbatan qo‘yilayotgan yuqori talablar suvoqchilik ishlarining hozirgacha qo‘llanib kelinayotgan usullari hamda vositalarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Pardozlash ishlarining hamma asosiy operatsiyalari mexanizatsiyalashtirildi. Quruq qurilish aralashmalari tarkiblarida mineral bog‘lovchi va to‘ldirgichdan tashqari, mineral bog‘lovchining qotishi va mustahkamligini boshqarish va qorishma qotgandan keyingi zarur fizik- mexanik xossalarga erishishini ta'minlash maqsadida kimyoviy qo‘shimchalar kompleksi mavjuddir. Quruq qurilish qorishmalari 14 xil aralashmalarining asosi sifatida ohak, yoki gips, yoki sementdan foydalaniladi. Qurilish qorishmalariga zarur xossalarni berish uchun qo‘shimchalardan foydalaniladi. Polimer qo‘shimchalar yopishish qobiliyatini oshiradi. Quruq qurilish aralashmalari yordamida yuqori ishlov berish mumkinligini ta'kidlash zarur. Bundan tashqari ular quyidagilarni imkonini beradi: - vaqt va joyni iqtisod etish, ya'ni hamma komponentlarni xarid qilish, saqlash va murakkab bo‘lgan tarkiblarni aralashtirib tayyorlashdan voz kechiladi; - har qanday murakkablikdagi tarkiblarga buyurtma berish imkonining mavjudligi, chunki quruq qurilish aralashmalari zamonaviy uskunalar yordamida tayyorlanadi; - nobudgarchilikning yo‘qligi, ya'ni xohlagan vaqtda zarur miqdordagi qorishmani tayyorlash mumkin; - transport xarajatlarining iqtisodi, ya'ni quruq qurilish qorishmalaridan foydalanish qurilish maydoniga doim tayyor qorishmani tashib keltirishdan voz kechish imkonini beradi; - yuqori sifat kafolatining mavjudligi, ya'ni tarkib komponentlarini aniq o‘lchash hisobiga qorishma retseptining aniqligi (quruq qurilish qorishmalarining sifatini qurilish maydonida komponentlarni o‘lchab tayyorlangan qorishmalarning sifati bilan solishtirib bo‘lmaydi). Zamonaviy quruq qurilish qorishmalari aralashmalarining nomenklaturasi juda kengdir. Qurilish materiallari bozori hozirgi vaqtda suvoq, shpaklyovka, zatirka, yelim, gruntovka styashka va boshqalarning xilma-xil turlarini taklif etmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizda 70 yaqin kichik va o‘rta biznes tadbirkorlari tomonidan quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarilmoqda. O‘zbekiston quruq qurilish aralashmalari bozorida o‘zimizning mahalliy quruq qurilish qorisjmalari aralashmalarini ishlab chiqaruvchilarimizdan KNAUF, «Alimix Prodution», OOO "REAL BUILDING MATERIALS" OOO “Eleron Elit Servis”, SP “BAUPLAST”, «Rademus-servis» xususiy kompaniyasi, VENTUM, OOO "New Live Buildis", «RAHNAMO» kompaniyasi, MeGAMIX 15 kompaniyasi, OOO «ZeNGeR IMPeX», OOO "RAZATA", OOO "BI Vermikulit Grup" va boshqalar yetakchilik qilmoqda (1.1-rasm). Eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan zavod-avtomatlarda yuqori sifatli, dunyo standartlari talablariga javob beradigan suvoq qorishmalari, shpaklyovkalar, gruntovkalar, quyma pollar va boshqalar ishlab chiqarilmoqda.