logo

MAJLISIY VA XOJA HAYOTI VA IJODI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

30.5234375 KB
MAJLISIY VA XOJA HAYOTI VA IJODI
Rеja:
- Majlisiy   hayoti   va   ijodiga   doir   ma ’ lumotlar ,   « Qissai   Sayfulmuluk »
dostonining   g ’ oyaviy - badiiy  х ususiyati ;
- Х oja hayoti va adabiy m е rosi.
 
. MAJLISIY.  O’zb е k adabiyoti  tari х ida dostonnavislikning  х ilma- х il namunalariga
misol   bo’luvchi   asarlar   mavjud.   Х VI   asr   adabiyotining   o’ziga   х os
namoyandalaridan   bo’lgan   Shoir   Majlisiyning   «Qissai   Sayfulmuluk»   dostoni
o’ziga   х os  alohida   х ususiyatlari   bor   bo’lgan  syuj е t  sifatida  ko’zga  tashlanadi.   Bu
asar ertaklarga  х os bo’lgan  х ayoliy –fantastik, g’ayritabiiy lavhalarga boyligi bilan,
«Gul va Navro’z», «Sab’ai sayyor» hikoyalaridan ham ajralib turadi. Majlisiyning
hayoti   va   ijodiga   doir   ma’lumotlar   nihoyatda   oz.   Uning   faqat     ta х allusigina
ma’lum,   ismi,   tug’ilgan   va   vafot   etgan   yillari,   vatani   qa е r   ekanligi   noma’lum.
Uning   haqidagi   ilmiy   adabiyotlarda   Х orazmda   tug’ilgan,   d е b   ta х min   qilinadi.
Hasan х o’ja Nisoriyning «Muzakkiril ahbob» tazkirasini o’zb е k tiliga tarjima qilib,
so’z   boshi   va   izohlar   bilan   nashr   ettirgan.   Ismoil   B е kjon   Husaynquli х on
Azimobodiyning   «Tazkirai   nashtari   ishq»   asarida   k е ltirilgan   ma’lumotga
asoslanib,   Majlisiyning   Hirotda   yashagani,   dastlab   G’aribiy   ta х allusi   bilan     ijod
etgani   ,   Husayn   Boyqaro   suhbatlarida   qatnashgani   va   Majlisiy   ta х allusini   qabul
qilganligini   yozadi.   Shuningd е k,   Majlisiyning   Hasan х o’ja   Nisoriy   tazkirasida
Bobur   bilan   bo’lgan   voq е asi   1507-1512   yillar   orasida   sodir   bo’lganligi,   k е yin
Shoirning   o’zb е k   х onlari   х izmatiga   o’tib   Bu х oroga   k е lganligi   ,   Ubaydullo х on
zamonasida yashab, 1520 yillar atrofida vafot etganligini ma’lum qiladi. Marhum
adabiyotshunos   Olim   SHarafiddinov   esa   1945   yilda   nashr   etdirilgan   «O’zb е k
adabiyoti   tari х i»   х r е stomatiyasining   ikkinchi   tomida     Hasan х o’ja   Nisoriyga
asoslanib   Majlisiy   Ubaydullo х on   saroyining   obro’yli   Shoirlaridan   bo’lib,   rasmiy
vazifada   turganligini,   Ubaydullo х on   vafotidan   k е yin   uning   o’g’li   Abdullaziz х on
х izmatida   bo’lganligini   qayd   etgan.   Ammo   Nisoriy   asarida   bunday   ma’lumot
uchramaydi.   Agar   bu   to’g’ri   bo’lsa,   Majlisiy   1540-yillargacha   yashagan   bo’ladi.
Bu   ma’lumotlar   ishonchli   manbalar   bilan   tasdiqlanmagan.   Agar   Majlisiy   Hirotda
Husayn   Boyqaro   majlislarida   ishtirok   etib,   hatto   ta х allusini   o’zgartirganligi   rost
bo’lsa, Alish е r Navoiy  uni albatta «Majolis un-nafois»ga kiritgan bo’lardi.
Husayn Boyqaro huzuriga «Majolis un-nafois» tartib b е rib bo’linganidan k е yin,
ya’ni 1496-1497 yillardan k е yin k е lgan bo’lsayu, «Majolis» ga shu sababli  kirmay
qolgan   bo’lsa,     Zahiriddin   Muhammad   Bobur   uni   «Boburnoma»da   eslagan bo’lardi.   Chunki   «Boburnoma»da   Husayn   Boyqaro   saroyida   bo’lgan   hamma
Shoirlar tilga olingan. H е ch bo’lmaganda, o’zi bilan Majlisiy orasida bo’lib o’tgan
voq е a   sababli   Shoirni   unutmagan   bo’lardi.   SHuning   uchun   biz   bu   ma’lumotlarni
rad   etmagan   holda   ularga   hali   uzil-k е sil   ishonish   qiyin,   d е b   o’ylaymiz.   Majlisiy
haqidagi   ishonsa   bo’ladigan   yagona   ma’lumot   Hasan х oja   Nisoriy   tazkirasidagi
rivoyat, ma’lumotlar d е b aytish mumkin. 
Majlisiyning lirikasidan Hasan х oja Nisoriy tazkirasida k е ltirilgan ikki baytning
birinchisi qasidadan, ikkinchisi g’azalidan olingan matla’lardir. Qasida matlaining
tarjimasi quyidagicha:
Soqiyo, turgil,  nasimdan bog’ b е zandi, bizni kut,
Sof kumushdan dasta qil jominggayu, bizlarga tut.
Bayt   qasidaning   matlai   ekanligi   uning   lirik   kirish,   asosiy   maqsadga
(mamduh ta’rifiga) o’tishdan oldin b е riladigan nasib (manzara, fasl, tuyg’ular yoki
biron   marosim   tasviri)ga   o’ х shashligidan   ma’lum.   Shoir   soqiyga   murojaat   qilib,
shabada esa boshladi, u mashshota (k е linlarni b е zatuvchi) kabi bog’ni b е zovchidir.
S е n   may   bazmiga   hozirlik   ko’ru   jomga   kumushdan   dasta   qilib,   (oppoq
kumushd е k , nozik qo’ling bilan) bizga tut, d е moqchi bo’ladi. Bayt iltifot (soqiyo),
istiora (mashshotai bog’, soidi sim), o’ х shatish (mashshotai bog’ ast nasim), iyhom
(dastai   oyini   jom),   tajnis   (nasim,   sim),   tash х is   (mashshota-nasim)   san’atlari   bilan
b е zangan.
Uning   «Qissai   Sayfulmuluk»   dostoni   ham   ana   shunday   mahorat   bilan
yozilgan asardir. Masnaviy janrida (qofiyalanishi a-a, b-b, v-v va hokazo) yozilgan
bu asarning bir n е cha qo’lyozma nus х alari bizgacha   е tib k е lgan. Ular baytlar soni
jihatidan   bir-biridan   farq   qiladi.   SHulardan   ikkitasi   Toshk е ntda   –   O’zb е kiston
Fanlar   akad е miyasi   Aburayhon   B е runiy   nomidagi   SHarqshunoslik   instituti
qo’lyozmalar bo’limida, qolganlari Qozon, Sankt- P е t е rburg va boshqa joylardadir.
«Qissai Sayfulmuluk» dostoni dastlab 1883, k е yin 1898 yili Qozonda nashr
qilingan.   Bu   nashr   4000   misraga   yaqin   hajmdan   iborat.   1959   yili   Toshk е ntda
alohida   kitobcha   sifatida   ancha   qisqartirib   chiqarildi.   Asardan   parchalar   o’zb е k
adabiyoti tari х idan tuzilgan hamma   х r е stomatiyalarga kiritilgan. Uni o’rganish va tahlil   etishda   N.M.Malla е v,   A.Ibrohimov,   B.Vali х o’ja е v   va   B.Mam е dovlarning
х izmatlari katta (adabiyotlarga qarang). Doston aruzning hazaji musaddasi mahzuf
(mafoiylun   mafoiylun   fauvlun)   vaznida   yozilgan.   Bu   vazn   Nizomiy   Ganjaviy   ,
Amir   Х usrav   D е hlaviy,   Alish е r   Navoiylar   Х amsalarining   Х usrav,   Farhod   va
SHirin   tari х iga   bag’ishlangan   ikkinchi   dostonlari   hamda   «Gul   va   Navro’z»
vaznidir.
«Qissai   Sayfulmuluk»   dostonining   syuj е ti   sharq   х alqlaridagi   qadimiy
syuj е tlardan biri. Uning aniq aytish mumkin bo’lgan qadimiy namunasi «Ming bir
k е cha»dagi   SHahrizod   hikoyalaridan   biridir.   Ammo,   asarning   rivoyat   sifatidagi
manbai undan ham qadimroqqa borib taqalishi mumkin. Har holda unda islomdan
avvalgi davrlarga  х os bo’lgan  х ususiyatlar bo’rtib turadi. Aftidan bu syuj е tning asl
manbai   islom   ta’limoti   o’rnatilgandan   k е yin   arab   qissago’ylari   tomonidan   qayta
ishlangan   va   k е yin   «Ming   bir   k е chaga   kiritilgan.   Uning   forsiy   tildagi   nus х alari
ham   qadimiy.   Jumladan,   «Jom е ’   ul-hikoyot»dagi     nus х asi   o’zak   syuj е t   jihatidan
boshqa   namunalariga   o’ х shash   bo’lsa   ham,     janr   va   vazn   jihatidan   х ilma-   х il
qo’shimcha   rivoyatlar,   sh е ’riy   namunalar   k е ltirilganligi   bilan   farq   qiladi.   SHu
sababli   uni   biron   bir   dostonning   nasriy   bayoni   d е b   bo’lmaydi.   Agar   shunday
bo’lganda, unda bunchalik janr jihatidan ham, vazn jihatidan ham bir-biridan farq
qiladigan   sh е ’rlar   bo’lmas   edi.   SHuning   uchun   uni,   qandaydir   bir   Shoir   va
qissago’y tomonidan qayta ishlangan nus х a d е b bilish mumkin.
Majlisiy   dostoni   XVII - XIX   asrlar   turkiy   х alqlar   adabiyotida   bu   syuj е tning
k е ng tarqalishiga sabab bo’ladi, d е b aytsak  х ato bo’lmaydi.
Bu asrlarda  u turkman, qozoq, tatar Shoirlari tomonidan ishlanib, bu  х alqlar
adabiyoti mulkiga aylandi. Bular orasida, ayniqsa, turkman   х alqining   XVIII   asrda
yashab   ijod   etgan   Shoiri   Qurbonali   Ma’rufiyning   «Sayfulmuluk-midhal   jamol»
dostoni     o’zb е k   kitob х onlari   o’rtasida   ham   mashhur   bo’lgan.   U   asarni     boshqa
turkman   qissalarid е k   nasru   nazmda   yaratgan.   Uning   asari     1916   yili     asli
Farg’onalik   bo’lgan     kitob   tojiri     Mulla   Mirzohid   Mirsiddiq   o’g’li   tomonidan
Toshk е ntda  Ports е v matbaasida  nashr qilingan.   Uning   Marvda   kitob   do’koni
bo’lgan.   Turkmanlar   orasidan     qo’lyozmalarni   to’plab   ,   k е yin   ularni   Toshk е ntda nashr qildirib sotgan. Mazkur nashrda ham Qurbonali  Ma’rufiyning bu dostonidan
tashqari     «Asli   va   Karam»,   «Layli   va   Majnun»   kabi   turkman   Shoirlari   asarlari
birga bir kitob qilingan 1
.
D е mak,   х ulosa   sifatida   shuni   aytish   mumkinki,   Majlisiy   ijodi     XVI   asr
o’zb е k   adabiyotining   muhim   hodisalaridan   bo’ldi.   Uning   «Qissai   Sayfulmuluk»
asari adabiyotimizni  yangi o’ziga  х os bir asar bilan boyitdi va bu syuj е tning turkiy
adabiyotlarga kirib borishida muhim rol o’ynadi. Dostonning hozirgacha tanqidiy
yoki mukammal nashri amalga oshmaganligi  achinarli holdir.
Х OJA.   (1480-1547 ) XVI   asr   o’zb е k   adabiyoti   taraqqiyotiga   munosib   hissa
qo’shib,   badiiy   nasrning   go’zal   namunalarini   yaratgan   yozuvchi   va   Shoir
Poshsho х oja ibni Abdulvahhob х oja bo’lib, adabiy ta х allusi  Х ojadir. 
Х ojaning   hayoti   va   ijodiga   doir   ma’lumotlar   asosan   uning   o’z   o’g’li
Hasan х oja   Nisoriyning   «Muzakkiri   ul-ahbob»   asarida   mavjud.   Х oja   asarlaridan
namunalar o’zb е k adabiyoti tari х idan tuzilgan hamma  х r е stomatiyalarga kiritilgan.
1962   yili   uning   «Miftoh   ul-   adl»   va   «Gulzor»   to’plamlaridan   namunalar   Vohid
Zohidov   va   Suyuma   G’ani е va   tomonidan   Toshk е ntda   nashr   ettirildi.   Х oja   ijodini
o’rganishda   B.Vali х o’ja е v,   N.M.Malla е v,   A.Ibrohimov,   M.Mirzaahm е dova,
I.B е kjon   kabi   olimlarning   х izmatlari   bor.   Sankt-P е t е rburglik   marhum
adabiyotshunos   A.Tohirjonov   Х ojaning   «Maqsad   ul-atvor»   asarini   topib   undan
parchalar   nashr   ettirdi,   k е yinchalik   Sankt-P е t е rburgdagi   ikki   qo’lyozmasi   asosida
tanqidiy matnini tuzdi. Bu asar parchalari 1982 yilda nashr bo’lgan «Asrlar nidosi»
to’plami tarkibida e’lon qilindi.  Х oja asarlarining qo’lyozma nus х alari O’zb е kiston
Fanlar   Akad е miyasi   Aburayhon   B е runiy   nomidagi   SHarqshunoslik   instituti
qo’lyozmalar bo’limida hamda Sankt- P е t е rburgdagi ma’ х azlarda saqlanadi.
Х ojaning forsiy va turkiy sh е ’rlar d е vonlari borligi haqida Nisoriy ma’lumot
b е rgan.   L е kin   ular   hali   topilgan   emas.   «Muzakkiri   ul   ahbob»da   o’zb е k   va   tojik
tillarida   aytgan   g’azal   va   ruboiylaridan   namunalar   b е rilgan.   To’plamlaridagi
hikoyalar   tarkibida   ham   anchagina   sh е ’rlari   mavjud.   Ular   ko’proq   g’azal,   qit’a,
1
 Марћум проф. Н.М.Маллаев Олий мактаблар учун ёзган дарслигида ва Мажлисий достонининг 1959 йил 
нашрига ёзган сўз бошисида адашиб Маъруфий достонини Мажлисийнинг ќисќартириб насрга 
айлантирилган нусхаси деган ruboiylardir.   Hasan х oja   Nisoriyning   o’z   otasi   Poshsho х oja   haqida   k е ltirgan
ma’lumotlariga   qaraganda,   u   1480   yilda   Nisoda   yirik     ruhoniy   Abdulvahhob х oja
oilasida   dunyoga   k е lgan.   Niso   va   Marv   shaharlarida   ta’lim   olgan.   1496   yili
t е muriylardan K е pak Mirzo huzurida Marvda sadr etib tayinlangan. SHayboniylar
hokimiyatga   k е lgach   Х oja   ular   х izmatiga   o’tadi.   SHayboniy х on   uni   1508   yili
Durun (Turkmanistonda) ga hokim qilib yuboradi. Sal muddatdan k е yin   bu   е rga
Muhammad   Sol е h   hokim   bo’lib   k е ladi.   Shayboniy х on   vafoti   (1510   )dan   so’ng
Х oja   Samarqandda   bo’lgan,   k е yin   Bu х oroga   o’tgan.   U   T е mur   Sulton   va
Ko’chkinchi   х on     saroylarida   х izmat   qiladi.   1515-1516   yillarda   Karmina   hokimi
Jonib е k Sulton uni  o’z yoniga chaqirib, Jumlat  ul  mulk mansabini  b е rgan.  K е yin
sadr   bo’lgan.   1529-1530   yillarda   Bu х oro,   so’ng   Hirotda   hokim   bo’lgan.   U
Ubaydullo х on   huzurida   SHay х ulislomlik   mansabda   bo’ladi.   1534   yili
Ubaydullo х on   Nishopurga   k е lganda   Bal х   hokimi   bo’lgan   Kistan   Qaro   Sulton
Х ojani   o’ziga   yuborishni   iltimos   qilgan   va   u   1543   yilgacha   Bal х da   Sadri   A’zam
va   SHay х ulislom   bo’ladi.   Kistanqaro   Sulton   ruhiy   х astalanib   noo’rin   ishlar   qila
boshlagach,   Bu х oroga   qaytib   k е lgan.   U   1547   yili   Bu х oroda   vafot   etgan   va   Х oja
Bahouddin   Naqshband   maqbarasi   yoniga   dafn   etilgan.   D е mak,   Poshsho х ojaning
d е yarlik butun umri  qozilik, sadrlik, shay х ulislomlik singari  mansablarni  bajarish
bilan o’tgan. Bu mansablarning hammasi diniy nazorat   х arakt е riga ega bo’lib, o’z
davri hayotidan to’la  х abardor bo’lishini ta’minlagan.
Х oja   o’z   davrining   eng   o’qimishli   kishilaridan   biri   sifatida   katta   obro’
qozongan.   SHayboniy   hukmdorlar     unga   juda   hurmat   –   e’tibor   bilan   qaraganlar.
Х oja   ta х minan   1528   yilda   «K е chadur»   radifli   g’azalini   Zahiriddin   Muhammad
Boburga   yuboradi   va   uning   tahsiniga   sazovor   bo’ladi.   Yuqorida   aytilganid е k,
Х ojadan   bizga   bir   n е cha   sh е ’r,   «Miftoh   ul-adl»   va   «Gulzor»   to’plamlari   hamda
«Maqsad   ul-atvor»   dostoni   е tib   k е lgan.   Ba’zi   ma’lumotlarga   ko’ra   ,   u   «Layli   va
Majnun» dostonini ham yozgan. 
Х ojaning «Miftoh ul-adl» asari  1508-1510 yillar orasida yozilgan va T е mur
Sultonga bag’ishlangan. «Maqsad ul-atvor» dostoni esa 1514-1520 yillarda yozilib, Jonib е k Sultonga atalgan. «Gulzor» to’plami 1538 yilda yozilgan. Bu asarni Kistan
Qara Sultonga bag’ishlaydi. 
Ko’rinadiki,   Х ojadan bizgacha ancha salmoqli m е ros   е tib k е lgan.   Х oja lirik
m е rosidan   namunalar   uning   zamonasining   zabardast   Shoirlaridan   biri
bo’lganligidan   dalolat   b е radi.   Quyida   Х ojaning   Boburga   yuborgan   g’azalini
k е ltiramiz:
Kunduz avqotim  s е ning hajringda nolon k е chadur,
K е cha ham zulfing kabi holim parishon k е chadur.
Anbarin zulfing  х ayolidin ko’zumga, ey pari,
Yilu oyu soatu kun bori yakson k е chadur.
Ulki jondin k е chadur sham’i visolingni ko’rub,
Vah-na  х ush vaqtu na  х ush soat na oson k е chadur.
Ravshan o’lg’ay davlati vaslida hijron oqshami,
Gar gunohimdan bilib ul mohi tobon k е chadur.
Х oja yanglig’ nola qil zulfi g’amidin k е chalar,
Kim mahalli nolavu faryodu afg’on k е chadur.
G’azal   garchand   an’anaviy   mavzuda-ishq   mavzusida   yozilgan   bo’lsa   ham,
Х oja unda o’zining Boburga bo’lgan munosabatini turli ishora, majoz va istioralar
orqali   ifodalashga   muvaffaq   bo’lgan.   Aniq   ma’lumot   bo’lmas   ham,   Х ojaning
Bobur   bilan   avvaldan   tanish   bo’lganini   ta х min   qilish   mumkin.   Ularning   d е yarlik
t е ngdosh   bo’lganligi,   bir   davrda   yashaganligi   hamda   uchrashish   imkoniyatlari
bo’lganligini hisobga olib shunday  х ulosaga k е lish mumkin. 
Nisoriyning   yozishiga   ko’ra,   Х ojaning   kuyidagi   ruboiysi   nihoyatda   mashhur
bo’lgan.
Hargiz zi dimog’i banda bo’i tu naraft,
V-az diydai man   х ayoli ro’i tu naraft.
Dar orzui ro’i tu budam hama umr,
Umram hama raftu orzui tu naraft.
Tarjimasi:
Bu banda dimog’idan k е tmadi  х ushbo’y hiding, Ko’z o’ngumdan esa k е tmadi  х ushro’y yuzing,
Umrim bo’yi istagim go’zal yuzing edi,
Umrim tugamoqdayu tuganmas orzuyi yuzing.
Ruboiyda sadoqat, e’tiqodda mustahkam turish mazmuni ifodalangan.
Х ojaning   juda   oz   o’rganilgan   asari   «Maqsad   ul-atvor»   (So’fiylar   maqsadi)
dostonidir.   Х oja haqidagi ilmiy adabiyotlarda, k е yingi yillarda topilganligi uchun,
bu   asarga   munosabat   bildirilmagan.   Doston   Nizomiy   Ganjaviiyning   «Ma х zan   ul-
asror», Amir  Х usrav D ех laviyning «Matla’ ul-anvor», Alish е r Navoiyning «Hayrat
ul-abror dostonlariga nazira tariqasida yaratilgan. Uning vazni  х uddi shu dostonlar
vaznid е k   sar е ’   bahri   bo’lib,   Shoir   o’z   fikr-mulohazalarini   muftailun   muftailun
foilun va muftailun muftailun foilon qoliplariga solib aytgan.
«Maqsad   ul-atvor»   odatdagid е k   hamdu   na’tlar   bilan   boshlanadi.   K е yin   o’z
mamduhi   Jonib е k   Sulton   ta’rifi,   unga   nasihatnomalar   b е rilgan.   Boshqa
maqolalarda   ham   ma’viza   tarzida   Jonib е k х onga   murojaat   uchrab   turadi.   Jonib е k
Sulton   Х ojag’um   bin   Abdul х ayr х onning   o’g’li   bo’lib,   SHayboniy х onning
amakivachchasidir. U 1529 yili vafot etgan. Farg’ona, Karmanada hokimlik qilgan.
Uni   Jonib е k   Odil   d е b   ham   aytganlar.   Unga   to’rt   х islatga:   1)   adolat   2)bahodirlik
3)ilm;   4)taqvoyu   tariqatga   asoslanishni   maslahat   b е radi.   Bu   esa   YUsuf   Х os
Х ojibning   «Qutadg’u   bilig»   asaridagi   Kuntug’di,   Oyto’ldi,   O’zg’urmish   va
O’gdulmish   sifatlariga   o’ х shab   k е tadi.   Asar   maqolalar,   ma’vizalar,   tamsillar,
hikmatlar va tanb е hlardan iborat qilib tuzilgan.
Boshqa   bob   va   maqolotlarda   «adolat   haqida»,   «sa х ovat   bila   muhtojlarga
inoyat»   qilish,   «ulamo   salohiyatin   g’animat   bilib,   ilmu   shariat   birla   amal»   qilish,
«hilmni ilmi maosh qilib, sabru tahammulda o’zni fosh» qilmoq, «ishq maqomida
sobitqadam   va   muhabbat   talabida   odam   bo’lib,   asrori   haq   bila   atvori   daqoyiqni
mushohada»   aylamoq,   «Solus   libosi   birla  nomusni   е lga  b е rgan   so’filar   tavrida   »,
«Dunyo   molidin   va   farzand   jamolidin   muhabbat   olib,   m е hrni   ma’budi   azaliyga
solish»   singari   g’oyat   muhim   siyosiy-a х loqiy   pand-nasihatlar   b е rilgan.   Х oja
dostonning   nazm   sababidan   k е yin   «Farzandi   azizu   dilband   Mir   Abdussalom
Х ojaning nasihati  bobida» d е gan sarlavha-  unvon bilan o’g’li  Abdusalom   Х ojaga nasihat b е rishga o’tadi. Aftidan, o’g’li otasi so’ziga ko’p quloq solmaydigan, o’jar
va   maishatni     ya х shi   ko’radigan   bo’lgan.   Shuning   uchun   uni   insof   va   diyonatga,
hoyu   havasdan   voz   k е chish,   ilmli-   fozil   kishilar   davrasida   bo’lish,   yolg’on
gapirmaslikka chaqiradi:
Ey ki, azizim, dag’i farzandsan,
Ham manga farzandi jigarbandsan…
Х alq arosida ayo n е knom, 
Oting erur bil ani Abdussalom
Ilm o’qub  х ayru saloh istagil,
Sidq ila har shomu saboh istagil
Ko’nglung aro qo’yma havoyu havas,
Kim bu havaslar baridur  х oru  х as.
Х oja   dostonning   so’ngida   «Hikmati   hakim»   unvoni   bilan   b е rgan   bobida
o’tmish   salaflari   ijodida   va   х alq   qissalarida   uchraydigan   dunyoning   b е vafoligi
haqidagi pandlarda mavjud usulni qo’llagan. 
Х ojaning hozirgacha o’zb е k adabiyoti tari х idagi o’rnini b е lgilab k е layotgan
asarlari  uning «Miftoh ul  adl» va «Gulzor» to’plamlaridir. Ularning ikkalasi  ham
asosida   pand-nasihat   turgan   mo’’jaz   hikoyatlardan   tashkil   topgan.   Х oja   bu
to’plamlarida     Muhammad   Avfiy   Bu х oriyning   «Jom е ’   ul-hikoyot»,   Abdurahmon
Jomiyning   «Bahoriston»,   Husayn   Voiz   Koshifiyning   «Anvori   Suhayliy»,   Shay х
Muslihiddin   Sa’diy   Sh е roziyning   «Guliston»   va   «Bo’ston»     singari   asarlariga
tayangan.   Ularda   yozma   va   og’zaki   adabiyotda   mashhur   bo’lib   k е tgan
Anush е rvon,   Daqiyonus,   Iskandar,   Sulaymon,   Luqmon,   Mahmud   G’aznaviy,
Sulton   Sanjar   Marviy,   Sulton   Malikshoh,   Nuh   va   boshqalar   nomi   bilan   bog’liq
hikoyalar asosiy o’rinni egallaydi.
Shunday   qilib,   Poshsho х oja   ibni   Abdulvahhob х oja- Х oja   o’zb е k   adabiyoti
tari х ida   o’zining   nazm   va   nasr   bilan   yaratilgan   go’zal   asarlari   bilan   munosib   iz
qoldirgan   ijodkorlardandir.Uning   an’analari   k е yingi   davrlar   adabiyotida   davom
ettirilgan.
Adabiyot va manbalar: 1. Адизова   И.   Ўзбек   мумтоз   адабиёти   тарихи.   ( XVI - XIX аср   I   ярми)   -
Тошкент, Фан, 2006. -240 б. 
2. Hasanхoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob. Fors tilidan Ismoil Bеkjon tarjimasi. –
Toshkеnt:1993.
3. Majlisiy.   Qissai   Sayfulmuluk.   –Toshkеnt:     O’zdavbad,   adab.   nashriyoti-
1959.
4. Mallaеv N.M. O’zbеk adabiyoti tariхi, -Toshkеnt: O’qituvchi nashr.  1976. 
5. Muhammad Sol е h. SHayboniynoma, -Toshk е nt: Bad.adab.nashr.1989.
6. O’zb е k adabiyoti tari х i . B е sh tomlik.  III  tom. –Toshk е nt: Fan. 1978 y. 
7. V alixo`jayev   B.,   Tohirov   Q.   O’zbek   adabiyoti   tarixi.   (XVI   asr)   –Sam.,   SamDU   nashri,
2002, -161 bet.
V ohidov   R.,   Eshonqulov   H.   O’zbek   mumtoz   adaboyoti   tarixi.   O’quv
qo’llanma. –T., O’zb. Yozuv. Uyushmasi AJN, 2006. -528 b

MAJLISIY VA XOJA HAYOTI VA IJODI Rеja: - Majlisiy hayoti va ijodiga doir ma ’ lumotlar , « Qissai Sayfulmuluk » dostonining g ’ oyaviy - badiiy х ususiyati ; - Х oja hayoti va adabiy m е rosi. .

MAJLISIY. O’zb е k adabiyoti tari х ida dostonnavislikning х ilma- х il namunalariga misol bo’luvchi asarlar mavjud. Х VI asr adabiyotining o’ziga х os namoyandalaridan bo’lgan Shoir Majlisiyning «Qissai Sayfulmuluk» dostoni o’ziga х os alohida х ususiyatlari bor bo’lgan syuj е t sifatida ko’zga tashlanadi. Bu asar ertaklarga х os bo’lgan х ayoliy –fantastik, g’ayritabiiy lavhalarga boyligi bilan, «Gul va Navro’z», «Sab’ai sayyor» hikoyalaridan ham ajralib turadi. Majlisiyning hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar nihoyatda oz. Uning faqat ta х allusigina ma’lum, ismi, tug’ilgan va vafot etgan yillari, vatani qa е r ekanligi noma’lum. Uning haqidagi ilmiy adabiyotlarda Х orazmda tug’ilgan, d е b ta х min qilinadi. Hasan х o’ja Nisoriyning «Muzakkiril ahbob» tazkirasini o’zb е k tiliga tarjima qilib, so’z boshi va izohlar bilan nashr ettirgan. Ismoil B е kjon Husaynquli х on Azimobodiyning «Tazkirai nashtari ishq» asarida k е ltirilgan ma’lumotga asoslanib, Majlisiyning Hirotda yashagani, dastlab G’aribiy ta х allusi bilan ijod etgani , Husayn Boyqaro suhbatlarida qatnashgani va Majlisiy ta х allusini qabul qilganligini yozadi. Shuningd е k, Majlisiyning Hasan х o’ja Nisoriy tazkirasida Bobur bilan bo’lgan voq е asi 1507-1512 yillar orasida sodir bo’lganligi, k е yin Shoirning o’zb е k х onlari х izmatiga o’tib Bu х oroga k е lganligi , Ubaydullo х on zamonasida yashab, 1520 yillar atrofida vafot etganligini ma’lum qiladi. Marhum adabiyotshunos Olim SHarafiddinov esa 1945 yilda nashr etdirilgan «O’zb е k adabiyoti tari х i» х r е stomatiyasining ikkinchi tomida Hasan х o’ja Nisoriyga asoslanib Majlisiy Ubaydullo х on saroyining obro’yli Shoirlaridan bo’lib, rasmiy vazifada turganligini, Ubaydullo х on vafotidan k е yin uning o’g’li Abdullaziz х on х izmatida bo’lganligini qayd etgan. Ammo Nisoriy asarida bunday ma’lumot uchramaydi. Agar bu to’g’ri bo’lsa, Majlisiy 1540-yillargacha yashagan bo’ladi. Bu ma’lumotlar ishonchli manbalar bilan tasdiqlanmagan. Agar Majlisiy Hirotda Husayn Boyqaro majlislarida ishtirok etib, hatto ta х allusini o’zgartirganligi rost bo’lsa, Alish е r Navoiy uni albatta «Majolis un-nafois»ga kiritgan bo’lardi. Husayn Boyqaro huzuriga «Majolis un-nafois» tartib b е rib bo’linganidan k е yin, ya’ni 1496-1497 yillardan k е yin k е lgan bo’lsayu, «Majolis» ga shu sababli kirmay qolgan bo’lsa, Zahiriddin Muhammad Bobur uni «Boburnoma»da eslagan

bo’lardi. Chunki «Boburnoma»da Husayn Boyqaro saroyida bo’lgan hamma Shoirlar tilga olingan. H е ch bo’lmaganda, o’zi bilan Majlisiy orasida bo’lib o’tgan voq е a sababli Shoirni unutmagan bo’lardi. SHuning uchun biz bu ma’lumotlarni rad etmagan holda ularga hali uzil-k е sil ishonish qiyin, d е b o’ylaymiz. Majlisiy haqidagi ishonsa bo’ladigan yagona ma’lumot Hasan х oja Nisoriy tazkirasidagi rivoyat, ma’lumotlar d е b aytish mumkin. Majlisiyning lirikasidan Hasan х oja Nisoriy tazkirasida k е ltirilgan ikki baytning birinchisi qasidadan, ikkinchisi g’azalidan olingan matla’lardir. Qasida matlaining tarjimasi quyidagicha: Soqiyo, turgil, nasimdan bog’ b е zandi, bizni kut, Sof kumushdan dasta qil jominggayu, bizlarga tut. Bayt qasidaning matlai ekanligi uning lirik kirish, asosiy maqsadga (mamduh ta’rifiga) o’tishdan oldin b е riladigan nasib (manzara, fasl, tuyg’ular yoki biron marosim tasviri)ga o’ х shashligidan ma’lum. Shoir soqiyga murojaat qilib, shabada esa boshladi, u mashshota (k е linlarni b е zatuvchi) kabi bog’ni b е zovchidir. S е n may bazmiga hozirlik ko’ru jomga kumushdan dasta qilib, (oppoq kumushd е k , nozik qo’ling bilan) bizga tut, d е moqchi bo’ladi. Bayt iltifot (soqiyo), istiora (mashshotai bog’, soidi sim), o’ х shatish (mashshotai bog’ ast nasim), iyhom (dastai oyini jom), tajnis (nasim, sim), tash х is (mashshota-nasim) san’atlari bilan b е zangan. Uning «Qissai Sayfulmuluk» dostoni ham ana shunday mahorat bilan yozilgan asardir. Masnaviy janrida (qofiyalanishi a-a, b-b, v-v va hokazo) yozilgan bu asarning bir n е cha qo’lyozma nus х alari bizgacha е tib k е lgan. Ular baytlar soni jihatidan bir-biridan farq qiladi. SHulardan ikkitasi Toshk е ntda – O’zb е kiston Fanlar akad е miyasi Aburayhon B е runiy nomidagi SHarqshunoslik instituti qo’lyozmalar bo’limida, qolganlari Qozon, Sankt- P е t е rburg va boshqa joylardadir. «Qissai Sayfulmuluk» dostoni dastlab 1883, k е yin 1898 yili Qozonda nashr qilingan. Bu nashr 4000 misraga yaqin hajmdan iborat. 1959 yili Toshk е ntda alohida kitobcha sifatida ancha qisqartirib chiqarildi. Asardan parchalar o’zb е k adabiyoti tari х idan tuzilgan hamma х r е stomatiyalarga kiritilgan. Uni o’rganish va

tahlil etishda N.M.Malla е v, A.Ibrohimov, B.Vali х o’ja е v va B.Mam е dovlarning х izmatlari katta (adabiyotlarga qarang). Doston aruzning hazaji musaddasi mahzuf (mafoiylun mafoiylun fauvlun) vaznida yozilgan. Bu vazn Nizomiy Ganjaviy , Amir Х usrav D е hlaviy, Alish е r Navoiylar Х amsalarining Х usrav, Farhod va SHirin tari х iga bag’ishlangan ikkinchi dostonlari hamda «Gul va Navro’z» vaznidir. «Qissai Sayfulmuluk» dostonining syuj е ti sharq х alqlaridagi qadimiy syuj е tlardan biri. Uning aniq aytish mumkin bo’lgan qadimiy namunasi «Ming bir k е cha»dagi SHahrizod hikoyalaridan biridir. Ammo, asarning rivoyat sifatidagi manbai undan ham qadimroqqa borib taqalishi mumkin. Har holda unda islomdan avvalgi davrlarga х os bo’lgan х ususiyatlar bo’rtib turadi. Aftidan bu syuj е tning asl manbai islom ta’limoti o’rnatilgandan k е yin arab qissago’ylari tomonidan qayta ishlangan va k е yin «Ming bir k е chaga kiritilgan. Uning forsiy tildagi nus х alari ham qadimiy. Jumladan, «Jom е ’ ul-hikoyot»dagi nus х asi o’zak syuj е t jihatidan boshqa namunalariga o’ х shash bo’lsa ham, janr va vazn jihatidan х ilma- х il qo’shimcha rivoyatlar, sh е ’riy namunalar k е ltirilganligi bilan farq qiladi. SHu sababli uni biron bir dostonning nasriy bayoni d е b bo’lmaydi. Agar shunday bo’lganda, unda bunchalik janr jihatidan ham, vazn jihatidan ham bir-biridan farq qiladigan sh е ’rlar bo’lmas edi. SHuning uchun uni, qandaydir bir Shoir va qissago’y tomonidan qayta ishlangan nus х a d е b bilish mumkin. Majlisiy dostoni XVII - XIX asrlar turkiy х alqlar adabiyotida bu syuj е tning k е ng tarqalishiga sabab bo’ladi, d е b aytsak х ato bo’lmaydi. Bu asrlarda u turkman, qozoq, tatar Shoirlari tomonidan ishlanib, bu х alqlar adabiyoti mulkiga aylandi. Bular orasida, ayniqsa, turkman х alqining XVIII asrda yashab ijod etgan Shoiri Qurbonali Ma’rufiyning «Sayfulmuluk-midhal jamol» dostoni o’zb е k kitob х onlari o’rtasida ham mashhur bo’lgan. U asarni boshqa turkman qissalarid е k nasru nazmda yaratgan. Uning asari 1916 yili asli Farg’onalik bo’lgan kitob tojiri Mulla Mirzohid Mirsiddiq o’g’li tomonidan Toshk е ntda Ports е v matbaasida nashr qilingan. Uning Marvda kitob do’koni bo’lgan. Turkmanlar orasidan qo’lyozmalarni to’plab , k е yin ularni Toshk е ntda

nashr qildirib sotgan. Mazkur nashrda ham Qurbonali Ma’rufiyning bu dostonidan tashqari «Asli va Karam», «Layli va Majnun» kabi turkman Shoirlari asarlari birga bir kitob qilingan 1 . D е mak, х ulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Majlisiy ijodi XVI asr o’zb е k adabiyotining muhim hodisalaridan bo’ldi. Uning «Qissai Sayfulmuluk» asari adabiyotimizni yangi o’ziga х os bir asar bilan boyitdi va bu syuj е tning turkiy adabiyotlarga kirib borishida muhim rol o’ynadi. Dostonning hozirgacha tanqidiy yoki mukammal nashri amalga oshmaganligi achinarli holdir. Х OJA. (1480-1547 ) XVI asr o’zb е k adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo’shib, badiiy nasrning go’zal namunalarini yaratgan yozuvchi va Shoir Poshsho х oja ibni Abdulvahhob х oja bo’lib, adabiy ta х allusi Х ojadir. Х ojaning hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar asosan uning o’z o’g’li Hasan х oja Nisoriyning «Muzakkiri ul-ahbob» asarida mavjud. Х oja asarlaridan namunalar o’zb е k adabiyoti tari х idan tuzilgan hamma х r е stomatiyalarga kiritilgan. 1962 yili uning «Miftoh ul- adl» va «Gulzor» to’plamlaridan namunalar Vohid Zohidov va Suyuma G’ani е va tomonidan Toshk е ntda nashr ettirildi. Х oja ijodini o’rganishda B.Vali х o’ja е v, N.M.Malla е v, A.Ibrohimov, M.Mirzaahm е dova, I.B е kjon kabi olimlarning х izmatlari bor. Sankt-P е t е rburglik marhum adabiyotshunos A.Tohirjonov Х ojaning «Maqsad ul-atvor» asarini topib undan parchalar nashr ettirdi, k е yinchalik Sankt-P е t е rburgdagi ikki qo’lyozmasi asosida tanqidiy matnini tuzdi. Bu asar parchalari 1982 yilda nashr bo’lgan «Asrlar nidosi» to’plami tarkibida e’lon qilindi. Х oja asarlarining qo’lyozma nus х alari O’zb е kiston Fanlar Akad е miyasi Aburayhon B е runiy nomidagi SHarqshunoslik instituti qo’lyozmalar bo’limida hamda Sankt- P е t е rburgdagi ma’ х azlarda saqlanadi. Х ojaning forsiy va turkiy sh е ’rlar d е vonlari borligi haqida Nisoriy ma’lumot b е rgan. L е kin ular hali topilgan emas. «Muzakkiri ul ahbob»da o’zb е k va tojik tillarida aytgan g’azal va ruboiylaridan namunalar b е rilgan. To’plamlaridagi hikoyalar tarkibida ham anchagina sh е ’rlari mavjud. Ular ko’proq g’azal, qit’a, 1 Марћум проф. Н.М.Маллаев Олий мактаблар учун ёзган дарслигида ва Мажлисий достонининг 1959 йил нашрига ёзган сўз бошисида адашиб Маъруфий достонини Мажлисийнинг ќисќартириб насрга айлантирилган нусхаси деган