MAKTABLARDA IQTISODIY GEOGRAFIYa KURSINING METODIKASI
MAVZU: MAKTABLARDA IQTISODIY GEOGRAFIYa KURSINING METODIKASI Reja: 1. Kursning v azifalari, mazmuni v a t uzilishi 2. Kurs mat eriallarini o‘rganish met odlari
O`zbekiston iqtisodiy geografiyasi kursining vazifasi – o`quvchilarga O`zbekiston ning aholisi, xalq xo`jaligi, uning rivojlanishi va joylanishi haqida tushuncha va bilimlar sistemasini berishdan iborat. Egallangan aniq ma`lumotlar asosida o`quvchlarda O`zbekiston ning iqtisodiy geografik o`rni, ishlab chiqarishning mamlakatimizda joylanishi, iqtisodiy rayonlar, territorial ishlab- chiqarish kompleksiva shaharlar haqida umumiy iqtisodiy geografik tushunchalar shakllanadi. O`quvchilar iqtisodiy kartalar bilan ishlashni o`rganadilar, bu esa ularda iqtisodiy kartalardagi shartli belgilarni tushunib etish, ob`ektlarning kartada joylanishini aniqlash, tabiiy va iqtisodiy kartalarni qiyoslash, turli mazmundagi kartalar asosida muayyan territoriyaga iqtisodiy geografik xarakteristika berish imkoniyatini vujudga keltiradi. O`zbekiston iqtisodiy geografiyasi o`rganilar ekan, o`quvchilar o`z o`lkasi boyliklari, xalqi hayoti haqida kengroq bilim oladilar, bu esa o`quvchilarning ona Vatanga bo`lgan muhabbat hissiyotini yanada rivojlantiradi. O`zbekiston iqtisodiy geografiyasining o`quvchilarga iqtisodiy bilim berishad a roli ham katta. Ularda xalq xo`jaligi, xalq xo`jaligi tarmoqlari, mehnat resurslari, ishlab chiqarish samaradorligi, milliy daromad, tannarx va mehnat samaradorligi kabi bir qancha iqtisodiy tushunchalar tarkib topadi. O`zbekiston iqtisodiy geografiyasi kursi materiallari o`quvchilarning kasb tanlashida ham kattra ahamiyatga ega. O`zbekiston xalq xo`jaligi bir-biriga uzviy bog`langan xo`jalik tarmoqlari kompleksiva ayni vaqtda bir-biriga bog`langan iqtisodiy rayonlar kompleksidan iborat. O`quvchilar O`zbekiston iqtisodiy geografiyasi materiallarini o`rganish jarayonida O`zbekiston aholisi, O`zbekiston ning iqtisodiy rayonlarining muhim xususiyatlari haqida ham bilim oladilar. O`zbekiston iqtisodiy geografiyasi asosan ikki bo`limdan iborat: 1. O`zbekiston ning umumiy iqtisodiy geografik obzori. 2 . O`zbekistonning iqtisodiy geografik rayonlari
O`zbekiston ning umumiy iqtisodiy geografik obzori bo`limi O`zbekiston xalq xo`jaligiga xarakteristika berishdan boshlanadi. O`zbekiston ning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari, aholisi va mehnat resurslari haqida bilim beriladi. Maktab iqtisodiy geografiya kurslari xalq xo`jaligining asosiy tarmoqlari: O`zbekiston sanoati, qishloq xo`jaligi va transportini o`rganadi. Bunda xo`jalikning asosiy tarmoqlari O`zbekiston territoriyasi bo`yicha qanday taqsimlanganligi (joylashganligi) va nima uchun shunday joylashganligini tushunib etishlari lozim. O`zbekiston sanoat geografiyasining quyidagi tarmoqlari: energetika (yoqilg`i sanoati – neft`, ko`mir sanoatlari: elektro energetika – issiqlik elektr stantsiyalari, gidroelektr stantsiyalar i ), metallurgiya (qora metallurgiya, rangdor metallurgiya), mashinasozlik (energetika, elektrotexnika, avtomobil`, aviatsiya, to`qimachilik, qishloq xo`jalik mashinalari), ximiya, engil va oziq-ovqat sanoatlari o`rganiladi. Sanoat tarmoqlari o`rganib bo`lingach, mahalliy korxonalardan biriga ekskursiya uyushtiriladi. O`zbekiston qishloq xo`jaligi geografiyasi mavzu sida, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari, intensiv va ekstensiv xo`jalik tushunchalari, dehqonchilik va uning tarmoqlari, chorvachilik va uning tarmoqlari, qishloq xo`jaligining zonalar bo`yicha ixtisoslanishi haqida o`quvchilarga bilim beriladi. O`zbekiston transporti geografiyasi mavzusida transportning xalq xo`jaligidagi ahamiyati, transport turlari – temir yo`l, avtomabil, aviatsiya, shuningdek quvur va elektron transportlari haqida ma`lumot beriladi. O`zbekiston iqtisodiy geografiyasi kursining ikkinchi bo`limi – O`zbekiston iqtisodiy rayoniga quyidagi tartibda iqtisodiy geografik xarakteristika beriladi: 1) Iqtisodiy geografik o`rni (IGO`) va tabiiy resurslari. 2) Aholisi va mehnat resurslari. 3) Xo`jaligi (sanoati, qishloq xo`jaligi va transporti). 4) SHaharlar.
Iqtisodiy rayon xarakteristikasida xo`jaligini o`rganish asosiy o`rinni egallaydi. Iqtisodiy rayon xo`jaligining ixtisosi ta`kidlanadi va asoslanadi, territorial-ishlab chiqarish kompleksiva rayon rivojlanishining asosiy istiqbollari aniqlanadi. Kurs materiallarini o`rganish metodlari O`zbekiston iqtisodiy geografiyasi kursining materiallari o`zining mazmuni va o`zlashtiriladigan ma`lumotlarining xaraketiriga ko`ra tabiiy geografiya kurslaridan keskin farqqiladi. Binobarin, kursni o`rganish uchun tatbiq etiladigan metod va usullar puxta o`ylab ko`rishni taqozo etadi. YAngi materiallarni o`rganishda o`qituvchining tushuntirishi katta ahamiyatga ega. SHuning bilan o`quvchilar faoliyatini aktivlashtirish uchun imkoniyatlar yaratib berish taqozo etiladi. O`quvchilar aktivligini oshirish uchun ko`proq suhbat metodi qo`l keladi. Suhbat jarayonida o`qituvchi o`quvchilarning tabiiy geografiya kurslarida va boshqa o`quv fanlaridan olgan bilimlariga tayanada. O`zbekiston sanoati geografiyasini o`rganishda o`quvchilarning fizika va ximiya kurslaridan egallagan bilimlariga tayaniladi. O`zbekiston qishloq xo`jaligini o`rganishda o`quvchilarning O`zbekiston tabiiy geografiyasi kursidan O`zbekiston ning tabiiy zonalari haqidagi, qishloq xo`jaligidagi asosiy ekinlarning xususiyatlarini o`rganishda esa botanika va zoologiya kurslaridan olingan bilimlarga tayaniladi. Kursning birinchi bo`limi – O`zbekiston ning umumiy iqtisodiy geografik obzorida iqtisodiy kartalar, darslikdagi karta – sxemalar, statistik ma`lumotlar (jadval, diagramma va grafiklar) bilan ish olib boriladi. Turli mazmundagi kartalar, sxemalar, diagramma va boshqa statistik jadvallardan o`qituvchi suhbat metodi jarayonida va o`quvchilarning mustaqil ishlarida foydalanadi. O`zbekiston ning umumiy iqtisodiy geografik obzorini o`rganishda quyidagi: O`zbekiston ning meneral resurslari, yoqilg`i sanoati, elektroenergiya, mashinasozlik, ximiya sanoati, engil sanoati, oziq-ovqat sanoati, dehqonchilik,
chorvachilik va transport kartalaridan, shuningdek, mavzular bo`yicha o`quv diafil`m va o`quv kinofil`mlardan foydalaniladi. Ikkinchi bo`lim – O`zbekiston ning yirik iqtisodiy geografik rayonlari obzorini boshlashdan avval, o`quvchilarda iqtisodiy rayon haqida tushuncha hosil qilish lozim, chunki o`quvchilar bu tushunchasiz O`zbekiston ning iqtisodiy rayonlarining iqtisodiy geografiyasini tushunib etishlari qiyin. O`zbekiston ning iqtisodiy rayonlari haqida etarli tasavvurga ega bo`lish uchun o`quvchilar quyidagi malalarni tushunib etishlari zarur: 1) Iqtisodiy rayon xo`jaligining plan asosida rivojlanishi. 2) Iqtisodiy rayon ixtisoslanishi. 3) Iqtisodiy rayon xo`jaligining kompleksi. 4) Rayon iqtisodiy va madaniy rivojining butun mamlakat iqtisodiy rivojlanish sur`ati bilan bog`liqligi. 5) Mehnatning rayonlararo geografik taqsimoti. Iqtisodiy rayonlarini o`rganishda uning ixtisoslanish xususiyatini o`rganishda suhbat metodi keng qo`llaniladi. Ayni vaqtda iqtisodiy rayonning iqtisodiy geografik o`rni, tabiiy resurslari, aholisi, xo`jaligining ayrim tarmoqlari va shaharlariga xarakteristika berishda qiyosiy usuldan foydalanish qo`l keladi. Iqtisodiy rayonlarni bir-biri bilan qiyoslab o`rganish ilgari o`rganilgan materiallarni takrorlash va mustahkamlash imkoniyatini beradi, shuningdek YAngi material puxta o`zlashtiriladi. Dastlabki iqtisodiy rayonlarni o`rganishda, o`qituvchi, iqtisodiy geografik xarakteristika berish plan (iqtisodiy geografik o`rni, tabiiy sharoiti, aholisi va mehnat resurslari, xo`jalik tarmoqlari va shaharlar) bilan o`quvchilarni xabardor qilib borishi maqsadga muvofiqdir. O`rganilayotgan ob`ekt va hodisalar haqida etarli tasavvur, tushuncha va bilimlar hosil qilish uchun ko`rsatmali vositalar keng tadbiq etilishi lozim. O`zbekiston iqtisodiy geografiyasi kursida nazarda tutilgan muayyan amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish uchun iqtisodiy kartalar bilan butun kurs davomida mustaqil va amaliy ishlar bajarib boriladi. O`quvchilar O`zbekiston xalq