Matlab paketining kengaytmasi. Matlabda kutubxonalardan foydalanish
Matlab paketining kengaytmasi. Matlabda kutubxonalardan foydalanish Reja: 1.Matlabning strukturasi; 2.Wavelet kutubxonasi; 3.Image Processing kutubxonasi; 4.Signal Processing kutubxonasi.
1. Matlabning strukturasi. Matlab strukturasini (tuzilishini) umuman olganda ikkita katta qismdan iborat deb hisoblash mumkin: 1.Yadro; 2.Kutubxonalar. Matlabning yadrosi asosan umumiy harakterga ega bo’lgan operatsiyalar va funksiyalardan iboratdir. Kutubxonalar esa tor mutaxassislikdagi funksiyalardan iborat bo’lib, foydalanuvchilar uchun shu mutaxassisliklar doirasida berilganlarga ishlov berish va hisoblashlarni bajarish imkoniyatini beradi. Matlab tizimida juda ko’p kutubxonalar mavjud bo’lib, ularni bir qismi MathWorks kompaniyasi tomonidan yaratilgan, bir qismi esa foydalanuvchilar tomonidan yaratilgandir. Kutubxonalarni yana kengaytirish imkoniyati ham mavjuddir. Kutubxonalardagi funksiyalar matematik mantiq, boshqarish nazariyasi, neyron to’rlar, matematik modellashtirish, signallarga ishlov berish va boshqa yo’nalishlardagi masalalarni yechishga mo’ljallangan. MATLAB dasturchilarga quyidagi sohalardagi paketlar kengaytmasini taqdim etdi: harbiy sanoat majmualari, energetika, aerokosmik va avtomobil
qurilishi va b. Ammo shular ichidan turli tizim va qurilmalarni blokli imitatsion modelini qiluvchi Simulink paketi eng mashhuriga aylandi. MATLAB+Simulink tipik kompleksi katta qiymatdagi MATLAB paketlar instrumentlar “qutisi” Toolboxes va visual-mo’ljallangan blokli imitatsion modellashgan Simulink dinamik tizimini imkoniyatlarni kengaytiruvchi Blocksets dan iborat. Simulink paketi Matlab bilan birga o’rnatiladi. 2.Wavelet kutubxonasi. Wavelet kutubxonasi-Matlab bazasida shakllantirilgan funksiyalar to’plami bo’lib, ular elementar to’lqinlar va elementar to’lqinlar paketini ishlatuvchi signal va tasvirlarni Matlab strukturasida analiz va sintez qilishning instrumental vositalari bilan ta’minlab beradi. Instrumental vositalar ikki xil bo’lishi mumkin: -komandalar qatori funksiyalar; -grafik interaktiv instrumental vositalar. Birinchi turdagi vositalar bu shunday funksiyalarki, ularni bevosita komandalar qatoridan chaqirish mukin bo’ladi. Bu funksiyalar asosan M- fayllar bo’lib, ular elementar to’lqinlarning maxsus analizini amalga oshiradi. Bu funksiyalar kodini: Type<funksiya nomi>
komanda yordamida o’rganish mumkin bo’ladi.Yoki Matlab dasturiga Demos buyrug’ini berib, u yerdan Toolbox bo’limi orqali yuqoridagi kutubxona haqida ma’lumot olish mumkin. Funksiya bosh qismini(yordamchi qism) >>Help<funksiya nomi> komanda orqali ko’rish mumkin bo’ladi. Wavelet kutubxonasining barcha funksiyalari ro’yhatini: >>Help wavelet komandasi ko’rsatib beradi. Kutubxonadagi ixtiyoriy funksiyani ishlatishini o’zgartirish mumkin. Buning uchun uni nusxasini nomi o’zgartirilgan M- faylga joylashtiriladi. Wavelet kutubxonasini yangi funksiyalar bilan kengaytirish mumkin.
Ikkinchi turdagi instrumental vositalarga grafik instrumental vositalar interfeysi majmuasi kiradi. Bu vositalar yordamida keng funksional imkoniyatlarga kirish imkoniyati yaratiladi. Bu vositalarga komandalar qatoridan Wavemenu komandasi orqali murojat qilinadi. Bunda kerakli bo’lim tanlanadi, masalan, Wavelet 2-D ni tanlab quyidagi natijaga erishamiz: