MILLIY VA IJTIMOIY KURASHLAR DAVRI ADABIYOTI BOSQICHI. ISMOILBEK GASPRINSKIY, MAHMUDXO’JA BEHBUDIY VA ABDULLA AVLONIYLARNING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI
MILLIY VA IJTIMOIY KURASHLAR DAVRI ADABIYOTI BOSQICHI . ISMOILBEK GASPRINSKIY, MAHMUDXO’JA BEHBUDIY VA ABDULLA AVLONIYLARNING H AYOTI VA IJODIY FAOLIYATI Reja: 1.XX asr boshlari Turkistonda ijtimoiy siyosiy, madaniy hayot. 2.Jadidchilik. Turkistonda jadidchilikning rivojlanish bosqichlari. 3.Davrlashtirish tamoyillari. Jadid adabiyoti. 4.Ismoilbek Gaspirinskiyning Turkiston xalqi hayotiga oid asarlari 5.Mahmudxo`ja Behbudiy hayoti va ijodi 6.Abdulla Avloniyning ijodi
1905-1917-yillarda Rusiya va jahon tarixida yuz bergan bir qator muhim siyosiy voqealar Turkiston ijtimoiy-madaniy hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. CHunonchi, 1904 yilda boshlangan rus-yapon urushi va Rusiyaning engilishi, 1905 yilda mamlakatda yuz bergan hukumatga qarshi g‘alayonlar va bularning natijasi o‘laroq podsho 2-Nikolayning barcha fuqarolarga, shu jumladan, tobe’ millatlarga so‘z, matbuot, vijdon erkinligini va’da etuvchi 17 Oktyabr Manifestini e’lon qilishga majbur bo‘lishi, Birinchi Jahon urushi va Turkistondagi mardikorlik voqealari, 1917 yil Fevral, Oktyabr o‘zgarishlari, nihoyat shu yili 27 noyabrda Turkiston muxtoriyatining e’lon qilinishi va xoinona qonga botirilishi kabi olamshumul hodisalar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. XX asr boshi o‘zbek adabiyotida bu voqealarning aks-sadosini sezmaslik mumkin emas. Mashhur tatar shoiri Abdulla To‘qay shuni ko‘zda tutib: Biz Beshinchi yilda bir kun ko‘zni ochdik tong bilan, Ishga da’vat etdi bizni kimdir ezgu nom bilan,- deb yozgan edi. 1905 yil voqealari Turkistonda ham aks-sado topgan. SHoira Nozimaxonim(1870-1924)ning: “Bayon et, ey ko‘ngul, rozingni har dam, Eshitsun ahli dillar, bo‘lsa hamdam”,- satrlari bilan boshlanadigan bir she’ri bor. SHoira bo‘lib o‘tgan “turfa taloto‘f”lar, “eyarga noni yo‘q bechora mardum”ning “o‘z ahvolin” aytib “muzlam” bo‘lib qolgani, “hurriyatu erklik taloshin” qilgan “yurt erlari”ning “badnom” qilinib, “boshlari kesil”gani yoxud “badarg‘a” etilgani haqida yozgan edi. Qolaversa, XX asr boshida Rusiyaning bir-biridan uzoq uch nuqtasida -Turkiston, Kavkaz, Volgabo‘yida istiqomat qilayotgan turkiy xalqlar o‘rtasida qardoshlik va hamkorlikka tayanuvchi o‘zaro xabardorlik paydo bo‘ldi. Va bu Turkiston sha’ni ustida ketgan katta-kichik barcha hodislarda, ayniqsa, 1916 yil mardikorlimk voqealariga munosabatda yorqin namoyon bo‘lgan edi. XX asrning 20-yillari esa eski mustamlaka tuzumidan yangisiga, sotsialistik diktaturaga o‘tish davri bo‘ldi. O‘tish davrida hamisha muayyan erkinliklarga
imkon qoladi. 20-yillarning birinchi yarmidagi qizg‘in adabiy-madaniy harakatchilik va Fitrat, Qodiriy, CHo‘lpon ijodi misolida yangi adabiyotning eng sara namunalarining xuddi shu davrda maydonga kelishi bejiz emas. XX asr Turkistonda ham Rusiyada bo‘lgani kabi yirik siyosiy hodisalar bilan boshlandi. 1900 yillardan iqtisodiy buhronga kirgan Rusiyada YAponiya bilan urushdagi muvaffaqatsizlikdan so‘ng tanazzul yanada chuqurlashdi. Tabiiyki, bunday sharoitda mustamlaka xalqlarining, birinchi navbatda, Turkistonning axvoli og‘irlashdi. YAngi qurilib bitkazilgan Krasnovodsk (1898) va Orenburg (1905) temir yo‘li o‘lkani har ikki tomonidan mahkam siqib olib, o‘ngu so‘lga qayrilishga imkon bermas, Turkistonning adadsiz tabiiy boyliklari keti uzilmas vagonlarda Rusiya markaziga oqardi. Xususan, paxtaga zo‘r berildi. Qorako‘l, ipak, quruq meva ham chetda qolmadi. Rusiya Turkistonni asosiy xomashyo manbaiga aylantirdi. Rusiyadan millonlab mujiklarni ko‘chirib keltirib, mahalliy xalqdan tortib olingan serhosil va unumdor erlarga joylashtirish avj oldi. O‘lka mustamlakachilikning shafqatsiz tartiblari bilan idora etila boshlandi. Maorif va ijtimoiy sohalarda esa islomni buzish, erli xalqni ruslashtirish davlat siyosati qilib belgilandi. Ushbu maqsadni ko‘zda tutuvchi davlat qaramog‘idagi rus-tuzem maktablari ko‘payib bordi. Bu maktablar tubjoy bolalarga dastlabki ta’limni berishni, go‘dakligidanoq aqlu fikrini jilovlab olishni ko‘zda tutardi. O‘rta maktablarga ular o‘qishga qo‘yilmas edilar. Rus-tuzem maktablariga munosabat erli ziyolilarda ikki xil edi: 1.Hamkorlik qiluvchilar (Saidg‘ani Saidazimboy o‘g‘li, Sattorxon Abdug‘afforov, Saidrasul Saidazizov). 2.Rad etuvchilar (I.Gasprinskiy, Z.Validiy, M.CHo‘qaev). 1905 yil 17 Oktyabr Manifesti xalqqa matbuot va siyosiy tashkilotlar tuzishga ruxsat bergach, Turkiston jadidlari bir qator uyushma-jamiyatlar bilan birga gazeta-jurnal ishlariga ham kirishdilar. SHulardan biri 1906 yilning 27 iyunida dunyo ko‘rgan “Taraqqiy” 1 gazetasi edi.“Bugazeta tez fursatda shunday 1 Тара ққ ий” газетаси ташкил топган кун ҳозир Ўзбекистонда “Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни” сифатида нишонланади.
shuhrat qozondiki,- deb yozadi Abdulla Avloniy,- hatto gazeta muharriri bo‘lgan Ismoil Obidiyga “Taraqqiy” ismi berildi. Hozirgacha xalq Ismoil Obidiyning ismini “Taraqqiy” deb yuritadur”. “Xurshid” (1907), “SHuhrat” (1907), “Tujjor” (1907, muharriri Saidkarim Saidazimboy o‘g‘li), “Osiyo” (1908, muharriri Ahmadjon Bektemirov) kabi gazetalar ham chiqa boshladi. Bu gazetalarning hech biri uzoq yashay olmadi. Ayrimlari iqtisodiy, ba’zilari esa, siyosiy sabablar bilan bekitildi. Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy “Samarqand” (1913) gazetasini va “Oyna” (1913-1915) jurnalini chiqardi. Toshkentda 10-yillarda “Sadoyi Turkiston” (1914, muharriri Ubaydulla Xo‘jaev), Farg‘onada “Sadoyi Farg‘ona” (1914, muharriri Obidjon Mahmudov), “Tirik so‘z” (1915, muharriri Obidjon Mahmudov), Buxoroda “Turon” (1913) kabi gazetalar, “Al-isloh” (Toshkent, 1915-1918, muharriri Abdurahmon Sayyoh) jurnali chiqib turdi. Adabiy kuchlar ko‘proq mana shu gazeta-jurnallar atrofida uyushdilar. CHunonchi, Samarqandda “Oyna” Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919), Saidahmad Vasliy (1869-1925), Siddiqiy-Ajziy (1864-1927), Saidrizo Alizoda (1887-1945), Hoji Muin (1883-1942) kabi iste’dodlarni to‘pladi. Buxorodan Fitrat (1886-1938), Toshkentdan Kamiy (1865-1922) faol qatnashib turdilar. Toshkentda “Sadoyi Turkiston” gazetasida Munavvarqori (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), Tavallo (1883-1937), Xislat (1880-1945), Mirmulla (1886-1923), Abdulla Qodiriy (1894-1938) faol ishtirok etdilar. Qo‘qondan Ibrohim Davron (1874-1922), Hamza (1889-1929), Andijondan Abdulhamid Sulaymon CHo‘lpon (1897-1938)ning she’r va maqolalari tez-tez bosilib turdi. 10 - yillarning boshida, bemalol aytish mumkinki, yangi adabiyot shakllanib ulgurgan edi. Bu borada 1901 yildan chop etila boshlagan Munavvarqorining “Adibi avval”, “Adibi soniy”, Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval”(1902), Aliasqar Kalininning “Muallimi soniy”(1903), so‘ngroq Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, Rustambek YUsufbekov(1880-1950)ning “Ta’limi avval”, “Ta’limi soniy” kabi darslik va darslik-majmualari, xususan, ulardagi
ixcham didaktik she’r va hikoyalar yangi adabiyotning shakllanishida ilk tajribalar vazifasini o‘tadi. Abdulla Avloniyning “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” (1909), Saidahmad Vasliyning “Milliy she’rlar” (1912), Sidqiy Xondayliqiyning “Tuhfayi SHavkat (1913), “Savg‘oti SHavkat” (1914), “Bazmi ishrat” (1914), Hoji Muinning “Guldastai adabiyot” (1914) kitoblari yangi o‘zbek she’riyatining dastlabki namunalari edi. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1911 yilda yozib, 1913 yilda chop etgan “Padarkush” dramasi bilan o‘zbek dramachiligini boshlab berdi. “Falokatzada” (1911 yil, muallifi: Abdulrauf SHahidiy), “Befarzand Ochildiboy” (1914 yil, muallifi: Mirmuhsin SHermuhamedov), “Do‘xtur Muhammadyor” (1914 yil, muallifi: CHo‘lpon) kabi ilk realistik proza namunalari paydo bo‘ldi. Matbuotning maydonga kelishi publits i stika taraqqiyotiga yo‘l ochdi. Bu borada Behbudiy, Fitrat, Munavvarqorilarning xizmati katta bo‘ldi. Turkistonning ko‘zi ochiq ziyolilari oq imperiyani ham, qizil imperiyani ham qabul qilgan emas. SHu sababli, Oktyabrning dastlabki kunlaridanoq millatning vatanparvar farzandlari istiqlol yo‘llarini qidirdilar. Arxiv materiallari va tarixiy shaxslarning guvohliklari 1917 yildan o‘lkada shu maqsadni ko‘zda tutuvchi “Ittihod va taraqqiy”, “Turk adam markaziyati”, “Ittihodi milliy”, “Birlik” (1919), “Erk” (1919), “Temur”, “Botir gapchilar” kabi yashirin tashkilotlar tuzilganligini, 1921 yilda “Turkiston milliy birligi” tashkil topganligini ko‘rsatadi. Turkiston milliy birligi 20-yillarda tarixga “bosmachilik” nomi bilan kirgan milliy- ozodlik harakatlarini o‘zaro muvofiqlashtirib borishda muhim rol o‘ynadi. Birinchi Jahon urushi yillarida, so‘ng inqilobiy harakatlar davrida matbuot va adabiyot faollashdi. Toshkentda “Najot” (muharriri: Munavvarqori), “SHo‘royi islom” (A.Battol), “Turon” (Avloniy), “Kengash” (Zaki Validiy), “Ulug‘ Turkiston” (Kabir Bakir), “Turk so‘zi” (T.Xudoyorxonov), “Xalq dorilfununi” (Muxtor Bakir), Samarqandda “Hurriyat” (Mardonqul SHohmuhammadzoda, Akobir SHohmansur, Abdurauf Fitrat), Qo‘qonda “El bayrog‘i” (Po‘lat Soliev), Namanganda “Farg‘ona nidosi” (Husayn Makaev) kabi ko‘plab gazetalar,