logo

XX asr boshidagi adabiy bahslar va ularning adabiy-estetik tafakkur rivojidagi o`rni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.724609375 KB
  XX asr boshidagi adabiy bahslar va ularning adabiy-estetik tafakkur
rivojidagi o`rni
1. Adabiyot – so’z san’ati.
2. XX asr boshidagi o’zbek adabiyoti.
3. Jadid adabiyotining rivojlanishi. San’at   turlari   orasida   adabiyot   alohida   o’rin   tutadi.   Badiiy   adabiyotda
hayot   boshqa   san’at   turlariga   qaraganda   to’laqonliroq   aks   ettiriladi.
Shuningdek,   badiiy   adabiyotda   aks   ettirilgan   hayot   serqirra   va   ta’sirchan
bo’ladi. Tasavvur qilaylik, siz Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanini
o’qish bilan mashg’ulsiz. Bilasizki, romandagi voqealar, bundan bir yarim yil
oldin   ro’y   bergan,   asar   qahramonlarining   dunyodan   o’tib   ketganligi   ham
sizga   yaxshi   ma’lum.   Buning   ustiga,   ular   sizga   qarindosh   ham,   yaqin
bo’lmaganlar.   Lekin   asardan   bosh   ko’tara   olmaysiz.   Roman
qahramonlarining   taqdiri   sizning   taqringizga,   ularning   tuyg’ulari   siznikiga
qo’shilib   ketganday   bo’ladi.   Ular   qiynalsa,   azob   chekasiz,   quvonsa,   rohat
qilasiz.   Ba’zan   esa,   hatto,   yig’lab   olishga   ham   to’g’ri   keladi.   Kumushni
opangizday,   balki   undan   ham   ortiqroq ,   Otabekni   akangizday   yaxshi   ko’rib
qolasiz.
Fanlar orasida badiiy adabiyotga eng yaqin turadigani tarixdir. Chunki
tarix   ham   odamlar   hayoti,   ularning   faoliyati   va   o’zaro   munosabatlarini
o’rganadi. Lekin bir-biriga g’oyat yaqin deb hisoblanadigan tarix bilan badiiy
adabiyot   o’rtasida   ham   jiddiy   farqlar   mavjuddirki,   bu   farqlar   solishtirganda
ko’zga yaqqol tashlanadi.
Ijodkor   yaratgan   asl   badiiy   manzaradadoimo   fikr   bilan   birgalikda   tuyg’u,
hissiyot   ham   bo’ladi.   Yozuvchi   hamisha   yo   nimanidir   yoqlaydi,   yoki   inkor
qiladi. Betaraf badiiy ijod bo’lishi mumkin emas. Chunki inson tafakkuri va
ruhiyatida   betaraflik   tugagandan   so’nggina   chinakam   badiiy   asar
yaratiladigan   holat   paydo   bo’ladi.adibning   tuyg’ulari   nechog’lik   kuchli,
nigohi   qanchalar   o’tkir,   tili   qanchalik   boy   bo’lsa,   o’quvchi   uning   asariga
ta’siriga   shunchalik   qattiq   beriladi.   Yaratilgan   badiiy   matnning   qanchalik
hissiy, ta’sirchan bo’lishi uning timsoliyligi – obrazliligi darajasiga bog’liq. Shunday   qilib,   badiiy   adabiyotning   ilmiy   adabiyotdan   asosiy   hal   qiluvchi
farqi   uning   obrazliligidadir.   Badiiy   adabiyot   obrazli   bo’lganligi   uchun   ham
odamga   kuchli   ta’sir   etadi.   Xo’sh,   u   holda   badiiy   timsol   –   obrazning   o’zi
nima   degan   savol   tug’iladi.   Bu   haqda   oltinchi   sinfda   ham   qisman   fikr
yuritilgan edi. Yuqoridagi misollardan kelib chiqadigan bo’lsak, ijodkorning
fikr, tuyg’u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan tasvirni badiiy timsol yoki
obraz, deyish mumkin.
Badiiy   adabiyot   san’atining   boshqa   turlaridan   asosiy   ish   quroli   ham,   asosiy
materiali   ham   so’z   ekanligi   bilanfarq   qiladi.   Yozuvchi   insonning   ko’z   bilan
ko’rish,   quloq   bilan   eshitish,   qo’ying-chi,   biron-bir   sezgi   a’zosi   bilan   bilish
imkoni bo’lmagan   eng yuksak fikrlari , murakkab tuyg’ulari, nozik sezgilarini
birgina so’z orqali ifoda etadi.
Ko’p asrlik o’zbek adabiyoti tarixida XX asr adabiyoti alohida mavqeni
egallaydi.   Zero,   xuddi   shu   davrda   adabiyotimiz   xazinasida   roman,   qissa,
drama,   komediyalari   ilg’or   jahon   yozuvchilarining   badiiy   tajribalaridan   tom
ma’noda  bahramand  bo’la  boshladilar.  Adabiyotning  xalq  va  jamiyat  hayoti
bilan aloqasi barqarorlashdi.
XX asrda  o’zbek  xalqi  hayotida  ro’y  bergan  bir  qator  voqealar  olamshumul
ahamiyatga molik bo’lib, ular shu asr adabiyoti tarixini turli davrlarga ajratib
o’rganishni taqozo etadi. Bu davlar esa quyidagilardir:
1. Asr boshidagi o’zbek adabiyoti (1905-1917-yillar).
2. 20-yillar adabiyoti.
3. 30-40-yillar adabiyoti.
4. 50-80-yillar adabiyoti. 5. Hozirgi adabiy jarayon (90-yillar).
An’anaviy   aruz   vazni   qatoriga   barmoq   vazni   kelib   qo’shildi.   Og’ir
zamonadan  va  chor  istibdodidan  norozilik  ruhidagi  folklor  namunalari,  xalq
qo’shiqlari   ko’paydi.   Sahna   asarlari   paydo   bo’ladi.   Xalq   sahnada   o’z   dardi,
muammolari, orzu-umidlari, ideallari badiiytalqini bilan yuzma-yuz uchrasha
boshladi. Bu o’zbek madaniyati uchun yangilik edi. Adabiy tanqid jonlandi.
Dastlabki e’lon qilingan maqollarning ta’sir kuchi va doirasi kengaydi. Davr
adabiyotida realistik, romantik, satirik yo;nalishlar paydo bo’ldi.
Inqilobiy adabiyotning tug’ilishi shu davrga to’g’ri keladi. Bu yo’nalishdagi
asarlarning ilk namunalari 1905-yildan keyin vujudga keldi.
Qilib hururiyatu erklik taloshin,
Ko’ring, yurt erlari so’ng bo’ldi badnom –
deydi Rusiyadagi hodisalar haqida Nozimaxonim 1907-yilda yozgan “Bayon
et” nomli she’rida.
Shoirlar   ijodida   boshqacha   hayotni   qo’msash   ruhi   kuchli   bo’lgani   bilan
yangi ,   ozod,   baxtli   turmushga   qanday   qilib   erishish   mumkinligi   haqida
ularning bu davrdagi asarlarida aniq javob ham yo’q edi. Bu holatning aniq
ifodasiga Abdulla Avloniyning “Nadir, bilmam” radifli g’azalida (1912) duch
kelamiz.
Dunyoning o’zi, bilmam, bo’lg’usi qachon barbod,
Bu g’am uyidur hijron, ijrosi nadur, bilmam.
Biroq   hayot   bunday   davom   etishi   mumkin   emas,   degan   fikr   shoirlar
dunyoqarashida   yildan-yilga   mustahkamlanib   bordi   va   bu   g’oya   o’zining turlicha badiiy talqinini topdi. Masalan, Zavqiy bu zamonda inqilob bo’lishi
muqarrar, degan fikrga keldi.
H.H.Niyoziy esa, bunday deb yozdi:
O’ylama o’lguncha har kim bu razolatda ketar,
Shohlar bir kun gado, bir kun gado shahzoddir.
Avloniy esa kelajakka ishonch ruhi bilan bunday yozdi:
Inqilob bo’lmak tabiiy har zamonning oxiri,
Shodlikka do’nmayurmu har fig’onning oxiri.
Oktabr   to’ntarishigacha   bo’lgan   davrda   yaratilgan   inqilobiy   ruhdagi   asarlar,
ayniqsa,   Shavkat   ijodida   yorqin   ko’rindi.   Uning   “Qahramon   fidokorlar
haqida”,   “Toshkentlik   yoshlar   haqida”   nomli   she’rlari   va   “Toza   hurriyat”,
“Rusiya   inqilobi”   kabi   dostonlari   o’zbek   adabiyotida   inqilob   mavzui   ancha
keng va chuqur yoritilgan dastlabki asarlardir.
Xususan,   “Rusiya   inqilobi”ni   janr   nuqtai   nazaridan   yangi   yo’nalishdagi
birinchi o’zbek tarixiy dostoni deb atash mumkin.
Bu   davrda   maktab   va   madrasalarda   “usuli   jadid”   degan   tushunchalar   paydo
bo’lib,   jadid   maktablari   ochildi   (jadid   “yandi”   degan   ma’noni   bildiradi).
Qrim-tatar   xalqining   buyuk   farzandi   Ismoilbek   Gaspirali   tashabbusi   bilan
paydo   bo’lgan   bu   yangilikni   Turkiston   maktablarida   Avloniy ,   Hamza,
Shakuriy   kabi   ilg’or   pedagoglar   hayotda   joriy   eta   boshladilar.   Ular,   ayni
vaqtda, maktablar uchun qator yangi darsliklar yaratdilar.
Mahmudxo’ja   Behbudiy,   Munavvar   qori   Abdurashidov,   Abdurauf   Fitrat,
Hoji   Muin,   Sadriddin   Ayniy,   Abdulla   Avloniy,   Ismoil   Obidiy,   Abdulvohid Munzim   va   boshqalar   jadidchilik   g’oyalarini   yoyishda   nashriyot   ishlariga,
matbuot  sohasiga  katta  e’tibor  berdilar.  Ular  va  ularning  maslaklari  “Vaqt”,
“Osiyo”,   “Shuhrat”,   “Hurriyat”,   “Ulug’   Turkiston”,   “Buxoroyi   sharif”,
“Sadoi   Turkiston”   gazetalarida   Turkistonning   ijtimoiy ,   iqtisodiy,   siyosiy,
milliy, madaniy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlardagi ravnaqi uchun zarur bo’lgan
muammolarni ko’tarib chiqdilar, kezi kelganda, mustamlaka siyosatiga qarshi
fikrlarni ilgari surishda jasorat ko’rsatdilar.
Munavvar   qori   20-yillardagi   maqolalaridan   birida   “chor   hukumatini
yo’qotish jadidlarning tilagida bor edi”, deb yozdi.
Mohiyat   e’tibori   bilan   XX   asr   tongida   dunyoqarashi   shakllanib   ulgurgan
o’zbek   adabiyoti   va   madaniyatining   eng   ko’zga   ko’ringan   arboblarining
deyarli   barchasi   jadidchilik   harakatining   rahbarlari,   asoschilari   yoki   bu
harakatga   faol   ravishda   ijobiy   munosabatda   bo’lgan   kishilar   edi.   Behbudiy,
Fitrat, Qodiriy, Cho’lpon, Ayniy, Avloniy, Tavallo, Hamza, Hoji Muinlar ana
shunday ijodkorlardir.
Jadidchilik   harakatining   natijalari   o’laroq   Turkiston   hayotida   jiddiy   ilg’or
madaniy   jarayonlar   kechdi.   O’lkada   teatr   vujudga   keldi,   fan-texnikaga
qiziqish   kuchaydi,   milliy   til   qadriga   ahamiyat   ortdi,   tor   biqiqlikdan   chiqib,
farzandlarni   jahon   ma’naviyatiga,   talimiga   oshno   etish   tamoyili
mustahkamlandi ,   uy-joy   tutish   muomala-munosabat,   kiyim-kechak,   tabobat,
me’morchilik,   matbaa,   aloqa   masalalarida   jahonning   ilg’or   tajribalarini
o’zlashtirish boshlandi, ommaviy kutubxonalar ochildi va hokazo.
Matbuot   va   adabiyot.   Bu   davrda   matbuot   sohasida   kuchli   jonlanish   ro’y
berdi.   O’zbek   matbuotining   dastlabki   taraqqiyoti   shu   yillarga   to’g’ri   keladi.
Munavvar   qori   muharrirlik   qilgan,   1906-yilning   sentyabridan   noyabrigacha
chiqqan   “Xurshid”   gazetasi   hech   qaysi   guruh   yoxud   firqaga   mansub emasligini   e’lon   qilsa-dayerli   bo’lmagan   sarmoyadorlarni   tanqid   ostiga
olgani, millatni uyg’otish yo’lida harakat qilgani uchun yopildi.
O’sha   yilning   boshida   tashkil   etilib,   deyarli   bir   yarim   yil   davomida   chiqib
turgan   jadidlarning   birinchi   gazetasi   “Taraqqiy”   ilg’or   g’oyalarni   yoyishga
intildi.   Uning   muharriri   Ismoil   Obidiy   eski   maktablarni   isloh   qilishga
chaqirdi,   millat   manfaati   yo’lida   vatandoshlarni   birlashishga   da’vat   etdi,
sinfiy tabaqalanmaslikka chorladi.
Turkistonda   milliy   uyg’onish,   o’zlikni   anglash   g’oyalarini   targ’ib   etishda,
ayniqsa,   “Sadoi   Turkiston”   (1914-1915)   gazetasi   katta   ishlarni   amalga
oshirdi.
Gazetaga turli muddatlarda Rauf Muzaffarzoda, Abdulla Avloniy, Ubaydulla
Asadullaxo’jayev kabi millat jonkuyarlari muharrirlik qildilar.
“Oina”   (1913,   Samarqand)   va   “Al-isloh”   (1915,   Toshkent)   oynomalari   ham
ijtimoiy-siyosiy   va   adabiy-madaniy   hayotdagi   muammolarni   ko’tarib
chiqishga alohida e’tibor berdi.
Behbudiy   “Oina”   jurnalida   e’lon   qilingan   “Yoshlarga   murojaat”
maqolasida   yoshlarni zamonaviy ishlarni , ayni vaqtda, o’ris tilini mukammal
o’zlashtirishga   chaqirdi,   biroq   bu   ishlarni   milliy   va   diniy   e’tiqodni
buzmasdanamalga   oshirish   kerakligini   ta’kidlaydi.   “Din   va   millatga   xizmat
ilm va aqcha bilan bo’lur”, deb yozdi u.
Bu yo’nalishda Behbudiy, Avloniy, Mirmuhsin singari so’z ustalari, ayniqsa,
barakali ijod qildilar. Milliy uyg’onishni va haq-huquqni anglashga chaqirish
masalasi ilg’or publitistlarning diqqat markazida turdi. “Bilmoq kerakki, haq
olinur,   berilmaydur”,   deb   yozdi,   masalan,   Behbudiy   “Bayoni   haqiqat”   deb nomlangan   maqolalaridan   birida.   Bu   davr   publitistikasida   faol   ijod
qilganlardan biri Mirmuhsin Shermuhammedov.
1917-yilda yozilgan “Tarixiy ikki voqea” Mirmuhsin ma’rifat dushmanlarini
qattiq tanqid qildi. Hatto Buxorodagi shunday kishilarni “Buxoro mikroblari”
deb   atadi.   Maqola   katta   shov-shuvlarga   sabab   bo’ldi.   Uni   e’lon   qilgan
“Turon”   gazetasi   yopib   qo’yildi.   Muallifi   esa   dinsizlikda   ayblanib,   sazoyi
qilindi.
Mardikorlikka   olish   voqealari   adabiyotda   chuqur   iz   qoldirdi.
H.H.Niyoziyning   “Salom   ayting”,   “Sog’inib”,   Shavkatning   “Rabochiylar”,
“Sizlarga mujdam” kabi asarlari vatanidan olis o’lkalarda mardikorlik tufayli
azob-uqubatlarda   qolgan   yurtdoshlarimizning   kechinmalari,   otalari,
farzandlari,   erlarini   kutib ,   ko’zlari   to’rt   bo’lgan   jigargo’shalarning   ruhiy
holatlari yoritildi:
Qachon ozod bo’lur, tangri, boshimiz,
Vatan borib qurur ko’zdan yoshimiz,
Ko’p qatori rahm aylag’il bu zora,
Ado bo’ldim ellarimni sog’inib,
deydi H.H.Niyoziyning “Sog;inib” she’ridagi lirik qahramon.
Shavkatning   “Sizlarga   mujdam”   she’rida   esa   o’z   yurtiga   omon   qaytganlar
mehri va sevinchiga aytilgan shukronalarni o’qiymiz:
G’ariblikda jafo chekkan, sitam ko’rgan, alam ko’rgan,
Qaddi g’amdin duto bo’lgan, mashaqqatparvarim keldi. G’ariblig’ yurtida hayronu sarson o’lmasin hechkim,
G’aribu notavon o’g’lon, sitamkash rahbarim keldi.
Avloniyning   “Mardikorlar   ashulasi”   (1917)   ruhi,   g’oyasi,   qahramonlari,
hatto, badiiy tasvir vositalari bilan yuqoridagi asarlarga hamohangdir.
Mardikorlik   bilan   bog’liq   mavzu   Oktyabr   to’ntarishidagi   arafasidagi   o’zbek
adabiyotining   o’ziga   xos   xususiyatlaridan   biridir.   Shu   sabab   bu   masalaga
faqat   ayrim   she’rlar,   qo’shiqlar   emas,   hatto   maxsus   to’plam   va   dostonlar
bag’ishlandi,   M.Ibrohimov   tuzgan   “Loshmon”   (1916)   nomli   to’plam,
H.H.Niyoziyning “Safsargul” to’plami, Po’lkanning “Mardikor” dostoni ana
shular jumlasidandir.
Bu   davr   adabiyotida   milliy   uyg’onish   bilan   bir   qatorda   erk   va   ozodlik
ohaglari, xususan, ozodlik harakati bilan aloqador ohanglar kuchaydi. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qosimov   B.   va   b.   Milliy   uyg’onish   davri   o’zbek   adabiyoti.   –   T.:
Ma’naviyat, 2004.
2. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti masalalari. – T.: Universitet,
1998.
3. Ziyoev   N.   Turkistonda   Rossiya   tajovuzi   va   hukmronligiga   qarshi
kurash. –T.: SHarq, 1998.
1. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. –T.: O’zbekiston, 2008.
2. Amir   Sayyid   Olimxon   Buxoro   xalqining   xasrati   tarixi.   –   T.:   Fan,
1991.
3. Fitrat.   Amir   Olimxonning   hukmronlik   davri.   –T.:   “Minxun”   xayriya
nashriyoti, 1992.
4. Narshaxiy.  Buxoro tarixi. –T.: “Meros”, 1991.
5. Sahbo. Tanlangan she’rlar. –T.: Fan, 1993.

XX asr boshidagi adabiy bahslar va ularning adabiy-estetik tafakkur rivojidagi o`rni 1. Adabiyot – so’z san’ati. 2. XX asr boshidagi o’zbek adabiyoti. 3. Jadid adabiyotining rivojlanishi.

San’at turlari orasida adabiyot alohida o’rin tutadi. Badiiy adabiyotda hayot boshqa san’at turlariga qaraganda to’laqonliroq aks ettiriladi. Shuningdek, badiiy adabiyotda aks ettirilgan hayot serqirra va ta’sirchan bo’ladi. Tasavvur qilaylik, siz Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanini o’qish bilan mashg’ulsiz. Bilasizki, romandagi voqealar, bundan bir yarim yil oldin ro’y bergan, asar qahramonlarining dunyodan o’tib ketganligi ham sizga yaxshi ma’lum. Buning ustiga, ular sizga qarindosh ham, yaqin bo’lmaganlar. Lekin asardan bosh ko’tara olmaysiz. Roman qahramonlarining taqdiri sizning taqringizga, ularning tuyg’ulari siznikiga qo’shilib ketganday bo’ladi. Ular qiynalsa, azob chekasiz, quvonsa, rohat qilasiz. Ba’zan esa, hatto, yig’lab olishga ham to’g’ri keladi. Kumushni opangizday, balki undan ham ortiqroq , Otabekni akangizday yaxshi ko’rib qolasiz. Fanlar orasida badiiy adabiyotga eng yaqin turadigani tarixdir. Chunki tarix ham odamlar hayoti, ularning faoliyati va o’zaro munosabatlarini o’rganadi. Lekin bir-biriga g’oyat yaqin deb hisoblanadigan tarix bilan badiiy adabiyot o’rtasida ham jiddiy farqlar mavjuddirki, bu farqlar solishtirganda ko’zga yaqqol tashlanadi. Ijodkor yaratgan asl badiiy manzaradadoimo fikr bilan birgalikda tuyg’u, hissiyot ham bo’ladi. Yozuvchi hamisha yo nimanidir yoqlaydi, yoki inkor qiladi. Betaraf badiiy ijod bo’lishi mumkin emas. Chunki inson tafakkuri va ruhiyatida betaraflik tugagandan so’nggina chinakam badiiy asar yaratiladigan holat paydo bo’ladi.adibning tuyg’ulari nechog’lik kuchli, nigohi qanchalar o’tkir, tili qanchalik boy bo’lsa, o’quvchi uning asariga ta’siriga shunchalik qattiq beriladi. Yaratilgan badiiy matnning qanchalik hissiy, ta’sirchan bo’lishi uning timsoliyligi – obrazliligi darajasiga bog’liq.

Shunday qilib, badiiy adabiyotning ilmiy adabiyotdan asosiy hal qiluvchi farqi uning obrazliligidadir. Badiiy adabiyot obrazli bo’lganligi uchun ham odamga kuchli ta’sir etadi. Xo’sh, u holda badiiy timsol – obrazning o’zi nima degan savol tug’iladi. Bu haqda oltinchi sinfda ham qisman fikr yuritilgan edi. Yuqoridagi misollardan kelib chiqadigan bo’lsak, ijodkorning fikr, tuyg’u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan tasvirni badiiy timsol yoki obraz, deyish mumkin. Badiiy adabiyot san’atining boshqa turlaridan asosiy ish quroli ham, asosiy materiali ham so’z ekanligi bilanfarq qiladi. Yozuvchi insonning ko’z bilan ko’rish, quloq bilan eshitish, qo’ying-chi, biron-bir sezgi a’zosi bilan bilish imkoni bo’lmagan eng yuksak fikrlari , murakkab tuyg’ulari, nozik sezgilarini birgina so’z orqali ifoda etadi. Ko’p asrlik o’zbek adabiyoti tarixida XX asr adabiyoti alohida mavqeni egallaydi. Zero, xuddi shu davrda adabiyotimiz xazinasida roman, qissa, drama, komediyalari ilg’or jahon yozuvchilarining badiiy tajribalaridan tom ma’noda bahramand bo’la boshladilar. Adabiyotning xalq va jamiyat hayoti bilan aloqasi barqarorlashdi. XX asrda o’zbek xalqi hayotida ro’y bergan bir qator voqealar olamshumul ahamiyatga molik bo’lib, ular shu asr adabiyoti tarixini turli davrlarga ajratib o’rganishni taqozo etadi. Bu davlar esa quyidagilardir: 1. Asr boshidagi o’zbek adabiyoti (1905-1917-yillar). 2. 20-yillar adabiyoti. 3. 30-40-yillar adabiyoti. 4. 50-80-yillar adabiyoti.

5. Hozirgi adabiy jarayon (90-yillar). An’anaviy aruz vazni qatoriga barmoq vazni kelib qo’shildi. Og’ir zamonadan va chor istibdodidan norozilik ruhidagi folklor namunalari, xalq qo’shiqlari ko’paydi. Sahna asarlari paydo bo’ladi. Xalq sahnada o’z dardi, muammolari, orzu-umidlari, ideallari badiiytalqini bilan yuzma-yuz uchrasha boshladi. Bu o’zbek madaniyati uchun yangilik edi. Adabiy tanqid jonlandi. Dastlabki e’lon qilingan maqollarning ta’sir kuchi va doirasi kengaydi. Davr adabiyotida realistik, romantik, satirik yo;nalishlar paydo bo’ldi. Inqilobiy adabiyotning tug’ilishi shu davrga to’g’ri keladi. Bu yo’nalishdagi asarlarning ilk namunalari 1905-yildan keyin vujudga keldi. Qilib hururiyatu erklik taloshin, Ko’ring, yurt erlari so’ng bo’ldi badnom – deydi Rusiyadagi hodisalar haqida Nozimaxonim 1907-yilda yozgan “Bayon et” nomli she’rida. Shoirlar ijodida boshqacha hayotni qo’msash ruhi kuchli bo’lgani bilan yangi , ozod, baxtli turmushga qanday qilib erishish mumkinligi haqida ularning bu davrdagi asarlarida aniq javob ham yo’q edi. Bu holatning aniq ifodasiga Abdulla Avloniyning “Nadir, bilmam” radifli g’azalida (1912) duch kelamiz. Dunyoning o’zi, bilmam, bo’lg’usi qachon barbod, Bu g’am uyidur hijron, ijrosi nadur, bilmam. Biroq hayot bunday davom etishi mumkin emas, degan fikr shoirlar dunyoqarashida yildan-yilga mustahkamlanib bordi va bu g’oya o’zining

turlicha badiiy talqinini topdi. Masalan, Zavqiy bu zamonda inqilob bo’lishi muqarrar, degan fikrga keldi. H.H.Niyoziy esa, bunday deb yozdi: O’ylama o’lguncha har kim bu razolatda ketar, Shohlar bir kun gado, bir kun gado shahzoddir. Avloniy esa kelajakka ishonch ruhi bilan bunday yozdi: Inqilob bo’lmak tabiiy har zamonning oxiri, Shodlikka do’nmayurmu har fig’onning oxiri. Oktabr to’ntarishigacha bo’lgan davrda yaratilgan inqilobiy ruhdagi asarlar, ayniqsa, Shavkat ijodida yorqin ko’rindi. Uning “Qahramon fidokorlar haqida”, “Toshkentlik yoshlar haqida” nomli she’rlari va “Toza hurriyat”, “Rusiya inqilobi” kabi dostonlari o’zbek adabiyotida inqilob mavzui ancha keng va chuqur yoritilgan dastlabki asarlardir. Xususan, “Rusiya inqilobi”ni janr nuqtai nazaridan yangi yo’nalishdagi birinchi o’zbek tarixiy dostoni deb atash mumkin. Bu davrda maktab va madrasalarda “usuli jadid” degan tushunchalar paydo bo’lib, jadid maktablari ochildi (jadid “yandi” degan ma’noni bildiradi). Qrim-tatar xalqining buyuk farzandi Ismoilbek Gaspirali tashabbusi bilan paydo bo’lgan bu yangilikni Turkiston maktablarida Avloniy , Hamza, Shakuriy kabi ilg’or pedagoglar hayotda joriy eta boshladilar. Ular, ayni vaqtda, maktablar uchun qator yangi darsliklar yaratdilar. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidov, Abdurauf Fitrat, Hoji Muin, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy, Ismoil Obidiy, Abdulvohid