logo

XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.642578125 KB
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va
rivojlanishi bosqichlari
Reja:
1. O‘zbek adabiy tanqidi tarixini davrlashtirish masalasi.
2. Adabiy tanqidning shakllanishida matbuotning o‘rni.
3. Yangi o‘zbek tanqidchiligining mustaqil odimlari.
4. Tanqidchilikda janriy izlanishlar Mavzuga   oid   qisqacha   annotatsiya
Tanqid- so’zi arabcha bo’lib, baholash ,o’lchash, saralash degan ma’nolarni
bildiradi. Shundan ko’rinib turibdiki,bu fanning paydo bo’lishi ham mumtoz davr
bilan bog’liq.Garchi  tanqid so’zi  XIX  asr oxilari XX asr boshlarida  qo’llanilgan
bo’lsa-da,   alohida   soha   sifatida   qadimdan   ko’zga   tashlanib   kelingan.   Mumtoz
adabiyotda   u   ikki   shaklda:   birinchisi   adabiy-   nazariy   masalalarga   bag’ishlangan
alahida   asarlarda,   ikkinchisi   badiiy   asarlar   tarkibida   qo’llanilib   kelingan.   Har
ikkala   jarayon   ham   davr   adabiy   tanqidchiligi   va   adabiyotshunosligi   taraqqiyoti
uchun xizmat qilgan.
Yangi   estetik   tushunchalarni   ustuvor   etib,   kitobxonda   chinakam   insoniy
fazilatlarni   tarbiyalovchi   tanqid   O‘zbekistonda   XX   asr   boshlarida   yuzaga   kela
boshladi. Albatta, uning yuzaga kelishida mumtoz   adabiyotshunosligi, jahon ilmiy-
estetik tafakkuri mustahkam zamin  bo‘lganini hamisha nazarda tutish lozim.
O‘zbek   adabiy   tanqidchiligining   maxsus   hodisa   sifatida   tug‘ilib,   shakllanib,
kamolot   bosqichiga   ko‘tarilish   yo‘lida   kechgan   qiyinchilik   va   ziddiyatlar
mohiyatini   anglash   uchun   tarix   sahifalarini   birma-bir   varaqlab   ko‘zdan   kechirish,
erishilgan ilmiy- estetik yutuqlarni, mavjud nuqsonlarni tahlildan o‘tkazish, adabiy-
badiiy ilmiy-estetik tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini haqqoniy  yoritish zarur.
O‘zbek   tanqidchiligi   ildizlari   uzoq   o‘tmishdan   boshlangan   bo‘lib,   ularning
fazilatlarini   o‘zlashtirish,   nuqsonlarini   haqqoniy   tahlildan   o‘tkazib,   ularga   barham
berishda,   adabiy   tanqidning   yozuvchilar   va   o‘quvchilar   ommasiga   tasiri   doirasini
kengaytirish zarur.
"Biz   bugun   yangi   asrga   qadam   qo‘ydik.   Xo‘sh,   yangi   asrga   o‘zbek
adabiyotshunosligi   qanday   yo‘llanma   bilan   kiradi?   U   o‘zining   qaysi   jihatlaridan
voz   kechadi   va   hatto   qaysi   gunohlaridan   tavba   qilib,   qaysi   fazilatlari   bilan   yangi
davrga yuz tutadi?...
...Lekin   shunga   qaramay,   butun   umidsizlikni   yig‘ishtirmoq   kerak   va   ahillik
bilan   ishga   kirishib,   yangi   adabiyotning   rivojiga   faol   ko‘maklashmoq   kerak" 1
.
1
 Шарафиддинов О. Адабиёт мангу яшайди // Жаҳон адабиёти. 1998, № 1. Б. 4. Mazkur   so‘zlarni   adabiy   tanqidga   nisbatan   bemalol   qo‘llash   mumkin,   chunki
adabiyot bilan adabiy tanqid doimo birga harakat qilishi hammaga ayon.
Zero, har qanday ijtimoiy, hatto iqtisodiy hodisalar muayyan   davrlarga ajratib
o‘rganilmasa,   maqsadga   olib   boradigan   to‘g‘ri   yo‘lni   topish   qiyin.   Shunga   ko‘ra,
adabiyot   tarixi   badiiy   ijod   va   ijtimoiy   hayotda   ro‘y   bergan   katta   voqealar,   tub
burilishlarga   asoslanib   davrlashtiriladi,   bazan   soddagina   qilib,   "20-yillar
adabiyoti", "60- yillar adabiyoti" tarzida qismlarga ajratiladi. Bundan anglashiladiki,
davrlashtirish   tamoyillari   hali   qatiy   belgilangan   emas.   Ammo   shunisi   ayonki,
ijtimoiy   hayot   taraqqiyoti   qonuniyatlari,   xususiyatlari   hamma   vaqt   muayyan
sohaning o‘ziga xos mazmuni, mundarijasi mzrkazida turadi.
Adabiyot   rivoji   tanqid   rivoji   bilan   chambarchas   bog‘liqdir.   Adabiyot   ham,
tanqid   ham   hayotdagi   go‘zallikni   ifoda   etadi,   ular   buni   turlicha   shaklda   ifoda
etadilar,   V.G.Belinskiy   bu   haqda   shunday   yozadi:   "Sanatkor   va   adabiyotchi
o‘zining   sanat   va   adabiyot   haqidagi   tushunchasini   bevosita   yaratgan   asarlarining
o‘zi bilan ifoda etadilar:  tanqidchi esa sanat va adabiyot haqidagi tushunchasini fikr
vositasi   bilan   ongli   ravishda   ifoda   etadi.   Bu   holda  sanat   va   adabiyot   tanqid  bilan
qo‘lga-qo‘l berishib boradilar va bir-birlariga o‘zaro tasir etadilar" 2
.
Buyuk   munaqqid   qayta-qayta   takidlagan   bu   hodisa   adabiy   tanqid   tarixi
o‘rganilmaguncha   badiiy   adabiyot   tarixining   haqqoniy   va   to‘liq   manzarasi
yaratilishi   mumkin   emasligidan   guvohlik   beradi.   Bu   hol   adabiy   tanqid   tarixini
adabiyot tarixining ajralmas bir qismi qilib  qo‘yadi. Shu mantiqdan kelib chiqilgani
tufayli   "O‘zbek sovet   adabiy tanqidi   tarixi"  (1987)   ikki   jildligi   mualliflari  o‘zbek
adabiy   tanqidi   bosib   o‘tgan   yo‘lni   o‘sha   davr   mafkurasi   asosida   davrlarga   bo‘lib
tahlil etadilar:
1. O‘zbek  sovet  adabiy  tanqidining  vujudga  kelishi  va  ilk  qadamlari
(1917-1932)".
2.   O‘zbek   sovet  adabiy   tanqidi   sotsialistik   realizm   estetikasi   bilan qurollanish
yo‘lida (1932-1941).
3. Ulug‘ Vatan urushi davri o‘zbek adabiy tanqidi tarixi (1941- 1945).
2
  Белинский В. Танланган асарлар. Б. 244. 4.Ulug‘ Vatan urushidan keyingi davr o‘zbek adabiy tanqidchiligi  (1945-1956).
5. Adabiy tanqid tarixida yangi bosqichning boshlanishi (1956- 1961).
6. Adabiy tanqidning tez va keng rivojlanish yo‘liga kirishi(1962-
1972).
7. O‘zbek adabiy tanqidi yangi bosqichda (1972-1980) 3
. 
O‘z-o‘zidan   ko‘rinayotirk,   bunday   davrlashtirishda   suniylik   ustuvor   bo‘lib,
o‘zbek   adabiy   tanqidining   chinakam   ilmiy   tarixini   -rivojlanish   yo‘lidagi   haqiqiy
manzara   aks   ettirilmagan.   Unda   adabiy   tanqidda   kechgan   jarayonlar   sho‘ro
mafkurasini moslashtirib talqin  etilgan. Chunonchi, o‘zbek adabiy tanqidchiligining
sotsialistik realizm bilan qurollanishi aslida uning mafkuraviylashtirilishidan iborat
bo‘lib,   partiyaning   1925   yil   18   iyunda   qabul   qilgan   "Partiyaning   adabiyot
sohasidagi   siyosati   to‘g‘risida"gi   qaroridan   o‘z   sarchashmasini   olgan   va   to
jamiyatda   shaxsga   sig‘inish   oqibatlarining   fosh   etilishigacha   shiddat   bilan davom
etgan   jarayondir.   Demakki,   ikkinchi   jahon   urushi   va   undan   keyingi   60-yillar
arafasigacha   bo‘lgan   davrni   qamrab   oluvchi   uch   davr   esa   aslida   o‘zbek   adabiy
tanqidchiligining   shiddat   bilan   rivojlanishi   adabiy-tanqidiy   tafakkurning   parvozi,
hayotiyligi,   yangidan-yangi   shakllarni   zabt   eta   borishi   va   tom   ma’nodagi   realizm
uchun   kurash   yillari   bo‘ldi.   Albatta,   bu   jarayon   ham   sho‘ro   va   partiyaviy
mafkuraga   to‘yingan   holda   kechgan   esa-da,   shaxsga   sig‘inish   oqibatlarining
tugatila   borilishi   tufayli   har   qalay   adabiy   tanqidda   hur   fikrning
uyg‘onayotganligiga   omuxta   holda   voqelikka   aylana   boshladi.   Adabiy   tanqid
stalincha qatag‘on qurbonlari ijodini qayta baholashga kirishdi,   ijodkorning badiiy
mahorati   va   adabiy   jarayon   xususiyatlarining   estetik   tahlilida   dadillik   ko‘rsatdi.
Ayniqsa,   tarixiy   asarlarda   o‘zlikni   anglash   va   erk   tuyg‘ularining   jamiyatni
uyg‘otuvchi   mohiyatini   idrok   etishga   urindi.   Qolaversa,   adabiy   jarayonda   yuz
berayotgan xilma-xil izlanishlar - ijodiy metod va janrlar rang-barangligi hodisalari
mohiyatini, qiynala-qiynala bo‘lsa-da, idrok eta bordi va estetik bahosini berishga,
umumlashtirishga   hamda   ulardan   tegishli   xulosalar   chiqarishga   harakat   qildi,
qisman ma’lum natijalarga erishdi.
3
  Ўзбек совет адабий танқид тарихи. Т. 1987. Б.31. Adabiyotshunos   N.Xudoyberganov   va   A.Rasulovlar   masala   mohiyatini   shu
nuqtai   nazardan   fahmlab,   o‘zbek   tanqidi   tarixini   ikki   davrga   bo‘lib   o‘rganishni
tavsiya etadilar:
1-davr:   1917-1955   yillarni   o‘z   ichiga   oluvchi   bu   bosqichda   munosib   o‘zbek
tanqidchiligining tug‘ilishi, shakllanishi va maxsus fan sifatida tarkib topishi sodir
bo‘ladi.
2-davr:   1956   yildan   to   shu   kunlargacha   kechgan   va   kechayotgan   vaqtni
qamrab   oladi.   Bu   davrda   o‘zbek   tanqidchiligi   fan   va   sanat   uyg‘unligida   tashkil
topgan   maxsus   adabiy   hodisa   tarzida   rivojlanib,   ilmiy   estetik   kamolotga   erishish
jarayonini boshdan kechirayotir 4
.
Tabiiyki,   N.Xudoyberganov   taklif   etgan   o‘zbek   adabiy   tanqidi   tarixini   ikki
davrga   bo‘lib   o‘rganish   nihoyatda   shartlidir.   Chunki   adabiy   tanqid   so‘z   san’ati
singari   dunyoga   kelib,   rivojlanish   jarayonida   to‘siqlarga   duch   keldi.   Ba’zan
ko‘tarilish,   ba’zan   esa   pastga   tushish   hollariga   uchradi.   Unda   nimalardir   ilgarilab
bordi,   nimalardir   orqaga   ketdi.   Goh   salbiy,   goh   ijobiy   tomonga   o‘zgardi.   Shu
sababli butun jarayonni bir xilda zamon tarozisida o‘lchash qiyin.
Mustaqillik   davrida   yaratilgan   o‘quv   qo‘llanmalarida   ham   davrlashtirish
masalasiga   e’tibor   qaratilgan.   Adabiyotshunos   olim   B.Raxmonov   o‘zbek   adabiy
tanqidchiliginint   butun   taraqqiyot   yo‘lini   uchga,   ya’ni   "jadidchilik   davri",   sho‘ro
davri va hozirgi yillar singari katta  bosqichlarga bo‘ladi" 5
.
B.Rahmonov   taklif   etgan   davrlashtirishni   munaqqid   S.Sodiq   tanqid   qilar
ekan,   sho‘ro   davri   tanqidchiligi   tarixini   20-yillar,   30-yillar,   urush   davri,   undan
so‘nggi   davr,   1956   hamda   1972   yildan   keyingi   bosqichlar   tarzida   kichik-kichik
etaplarga  taqsimlaganini  xato  deb   hisoblaydi. Bunga sabab tanqidchilik taraqqiyot
yo‘lini davrlashtirishda   asosan,  bitta prinsipga, ya’ni jamiyat rivoji  xususiyatlarini
ko‘proq inobatga olish tamoyiliga amal qilgani deb qaraydi.
S.Sodiq   davrlashtirish   masalasida   o‘zining   tubandagi   taklifini
o‘rtaga tashlaydi:
1. O‘zbek adabiy tanqidchiligining shakllanish davri (1914-1932)
4
  Худойберганов Н., Расулов А. Ўзбек совет адабий танқидчилиги. Т. 1990.
5
  Раҳмонов Б. Ўзбек адабий танқидчилиги. Т. !Янги аср авлоди”. 2004. 2. Tahlil ko‘lamining kengayishi bosqichi (1932 -1961 yillar).  
3. Umumlashmalar tomon burilish pallasi (1961-1991).
4. Talqinlarning yangilanish bosqichi (1991 yildan hozirgi kunlarga qadar) 6
.
Bunday   davrlashtirishda   ham   munozarali   o‘rinlar   yo‘q   emas.   Garchand
S.Sodiq   adabiyot   rivojining   o‘ziga   xosligi   va   tanqidchilikning   ichki   taraqqiyot
qonuniyatlarini   inobatga   olish   tamoyiliga   tayangan   bo‘lsa-da,   tasnifda   jarayon
tadrijiga   e’tibor   qaratilganday   tuyulsa-da,   aslida     ijtimoiy-siyosiy     tuzumdagi
o‘zgarishlarni     aks     ettirmaydi.   Natijada   jarayon   va   zamon   oralig‘ida   allaqanday
larokandalik   sezilganday   tuyuladi.   Aslida   o‘zbek   adabiy   tanqidchiligi   XX   asr
hosilasi,   u   asr   boshida   jadidchilik   boshlagan   milliy   uyg‘onish   g‘oyalaridan   suv
ichib bunyodga keldi va shakllanish jarayoniga kirdi.   Sho‘ro zamonida sotsrealizm
bayrog‘i ostida mafkuraviy qurolga  aylandi, nihoyat- istiqlol g‘alabasi arafasida asl
o‘zaniga   qaytib,   xolisona yangi taraqqiyot yo‘lini tutdi. Shu mantiqdan qaralsa, XX
asrda   kechgan   ijtimoiy-estetik   jarayonlarga   daxldorlik   holatida   o‘zbek   adabiy
tanqidchiligi   tarixining   taraqqiyot   yo‘lini   quyidagi   bosqichlarga   bo‘lib   o‘rganish
ma’qul:
Birinchi bosqich -  o‘zbek adabiy tanqidchiligining   paydo bo‘lishi va  shakllanishi
tamoyillari (1905-1925).
Ikkinchi   bosqich -o‘zbek   adabiy   tanqidi   mafkuraviylashtirish   va   realizm
uchun kurash jarayonida (1925-1985).
Uchinchi   bosqich   -   o‘zbek   tanqidchiligida   istiqloliy   hurfikrlilik   tamoyillari
(XX asrning 90-yillari va XXI asr boshlari davr).
Hozirgi   adabiy   jarayon   va   uning   xususiyatlarini   ochib   berish   tanqidchilik
zimmasida   turadi.   Badiiy   ijod   haqidagi   fikr- mulohazalar   ilmiy-estetik   tahlilda
haqqoniy o‘z ifodasini topishi   kerak. Bugungi kun - istiqlol mafkurasi hammadan har
bir hodisaga   xolis baho berishni talab qilyapti. Ammo taassuflar bo‘lsinki, XX   asr
o‘zbek adabiyoti, shu bilan birga o‘zbek adabiy tanqidi o‘zining  rivojini 20-yillardan,
asosan, to‘ntarishdan keyin boshladi degan bir   tomonlama   fikrlar   oldingi   darsliklarda
uchraydi. Bu qarash   1987   yilda chop qilingan "O‘zbek sovet adabiy tanqidi tarixi"
6
 Содиқ С. Танқидчилигимизнинг машаққатли йўли / Мустақиллик даври адабиёти. Адабий танқидий 
мақолалар тўплами. Т. 2006. ikki   jildligida   ham,   N.Xudoyberganov   va   A.Rasulovlarning   hamkorliqda   yozgan
"O‘zbek   sovet   adabiy   tanqidchiligi"   (1990)   darsligida   ham   o‘z   aksini   topgan.
Binobarin, bugungi kun talablari asosida bu fikrga  isloh kiritish zaruriyati davr talabiga
aylanmoqda. Holbuki, adabiy   tanqid  juda  qadimiy ildizlarga  ega  ekanligini   inkor   etib
bo‘lmaydi.   Bu   xususda   professor   A.Hayitmetovning   "Alisher   Navoiyning   adabiy-
tanqidiy   qarashlari"   va   akademik     B.Valixo‘jayevning     "O‘zbek   adabiyotshunosligi
tarixi"   singari   asarlarida   g‘oyat   qimmatli   malumotlar   keltirilgan.   Shu   bois   asr
boshidagi adabiy hayotga nazar  solish tanqidchilikning shakllanish jarayonini aniq va to‘g‘ri
tushunib  olishga yordam beradi.
Adabiyotshunoslikda istiqlol tufayli 20-yillardagi adabiy   hayotga oid masalalar
talqinidagi   chalkashliklarni   tuzatish   sohasida   jiddiy     harakat     boshlandi.     Bir     qator
yozuvchilar   va   tanqidchilar   ijodini,   jumladan,   Munavvarqorn   Abdurashidxonov,
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat; Abdulhamil Cho‘lpon,
Otajon   Xoshim,   Vadud   Mahmud,   Abdurahmoi   Sa’diy,   Sotti   Husayn,   Kamiy,
Ajziy,   Ibrat,   Abdulhamid   Majidiy,   So‘fizoda,   Elbek,   Sidqiy-Xondayliqiy   va
boshqalar faoliyati, merosini, shuningdek, alohida nazariy masalalarni qayta ko‘rib
chiqish   va   baholash   sohasida   ko‘plab   ishlar   amalga   oshirildi.   Bu   xususda   qator
dissertatsiyalar   yozildi.   Ilmiy   risolalar   va   to‘plamlar,   adabiy-tanqidiy   maqolalar
elon   qilindi.   Bular-ku   kerakli   va   o‘rinli   ishlar,   davr   adabiyotini   butunicha   olib
tekshirish, shu yo‘l bilan uning adabiyot va madaniyat tarixiy taraqqiyoti  jarayonida
tutgan o‘rnini belgilashga xizmat qiladigan izlanishlar edi,   biroq bular hali o‘sha davr
adabiy   hayotini   va   adabiy-tanqidiy   fikrini   o‘rganish   sohasida   amalga   oshirilajak
ishlarning hammasi emas.
XX   asr   boshlaridagi   adabiy   xayot   o‘zbek   adabiyoti   tarixiy   taraqqiyotida
qanday o‘rin tutishi, boshqa bosqichlardagi taraqqiyot jarayonidan qaysi va qanday
xususiyatlari   bilan   farq   qilib   turishi- obektiv va ilmiy jihatdan  to‘g‘ri  ochilsa, ko‘p
chigal   muammolar,   jumladan,   yozuvchi,   shoirlar   ijodini   to‘g‘ri   baholash   imkoni
tug‘ilar,   shu   bilan   birga   adabiy   tanqidga   doir   bir   qancha   muammolar   yechimi
topilgan bo‘lar edi. Ilk adabiy tanqidiy maqola va taqrizlar bosilganligi   inobatga   olinsa,   adabiy   tanqid
namunalari 19-asrning oxirlaridan chop  etila boshlangan. Biroq 1905 yildan so‘ng to 20-
yillarning   o‘rtalarigacha   bo‘lgan   davr   -   o‘zbek   xalqining   ijtimoiy   hayotida   o‘zining
alohida   xususiyatlari bilan ajralib turdi. Bu davrda yangi zamonaviy hayotga   intilish,
ilm-marifatni,   maktab-maorifni   targ‘ib   qilish,   ijtimoiy   hayotning   hamma   sohalarida
o‘zgarish   yasash   uchun   kurashish   kun   tartibida   turdi.   Bu   uyg‘onish   harakatining
boshida Ahmad Donish, Furqat,   Muqimiy, Komil Xorazmiy, Avaz O‘tar o‘g‘li, Ibrat,
Anbar   Otin,   Nodim   kabi   marifatparvar-demokrat   shoirlar   turadilar.   Ular   o‘z   ijodiy   va
amaliy   faoliyatlari   bilan   o‘zbek   xalqida   yangi   ong   kurtaklarining   uyg‘onishida   madad
berib turdilar. Bu tarixiy-manaviy zamindan   foydalanib, o‘zbek xalqi 1905 yildan keyin
ijtimoiy,   madaniy   hayotning   hamma   jabhalarida   o‘zgarishlar,   yangiliklar   yaratishga
kirishdi. Bu   davrda ulkan istedodli siymolar yetishib chiqdilar. "Cho‘lpon yangi o‘zbek
sheriyatining,   Qodiriy   o‘zbek   nasrining,   Fitrat   yangi   o‘zbek   dramachiligi   va
adabiyotshunosligi ilmining eng go‘zal namunalarini yaratdilar" 7
.
Mahmudxo‘ja  Behbudiy,  Munavvar qori,  Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy,
Hamza,   Muhammadsharif   So‘f izoda,   A.Shakuriy,   Saidrasul   Aziziy,   Ajziy   kabilar
maktab-maorif   sohasiga   katta   o‘zgartirishlar   kiritdilar.   O‘zlari   maktablar   ochib,
o‘zlari   darsliklar   yoedilar,   xalq     bolalarining     ko‘zini   ochishga,   zamonaviy
bilimlardan xabardor qilishga intildilar.
Bu   davrda   Turkistonning   deyarli   hamma   katta   shaharlarida   bosmaxona,
litografiyalar ochildi, kitob, ro‘znomalar nashr qilish ishi yo‘lga qo‘yildi. Madaniy
hayotdagi   uyg‘onish   professional  teatr   sanatinish  yuzaga kelishida  ham  ko‘rinadi.
Bu sohada XX asrnnng 10- yillarida katta yangiliklar  yaratilgani malum. Ayniqsa,
bu   davrda   Mahmudxo‘ja   Behbudiyning   “Padarkush"idan   o‘z   sarchashmasini
ochgan Ovropacha tipdagi o‘zbek dramaturgiyasi  tug‘ildi va tezlik bilan   rivojlana
boshladi.   O‘zbek   adabiyoti   tarixida   yangi   xodisa   hisoblangan   dramaturgiyaning
paydo   bo‘lishi   teatr   tanqidchiligining   tug‘ilishiga   olib   keldi.   Mirmuhsin
Shermuhammedov, Hoji Muin kabi teatr tanqidchilari yetishib chiqdilar. 
7
 Қосимов Б. Олам ичра олам бўлмоқ // Жаҳон адабиёти. 1998. № 1. Б. 12. Tatar,   turk,   ozarbayjon,   rus   adabiyoti   va   sanatlari   tasirida   o‘zbek   milliy
adabiyotida yo‘l  taassurotlaridan iborat  ocherk, feleton,   hikoya, qissa,  roman  kabi
janrlarniig ilk namunalari paydo bo‘la boshladi.
 M. Shermuhammedov, Hamza, S.Ayniy, A.Qodiriy, Cho‘lpon kabi ijodkorlar
ilk milliy romanlar ustida ish olib bordilar.   Marifatparvar adiblar publitsist, shoir,
yozuvchi,   jurnalist,   adabiy   tanqidchi   va   pedagog   sifatida   ko‘p   qirrali   faoliyat
ko‘rsata   boshladilar.   Dastlabki   o‘zbek   romanini   yozishga   uringan
M.Shermuhammedov   ijodi   nazarga   tusha   bordi.   Hamzaning   "Milliy   roman   yoki
yangi saodat" asarida Olimjonning ilm-marifat orqali baxtga erishgani tasvirlansa,
A.Qodiriyning   "Uloqda",   "Juvonboz"   singari   realistik   hikoyalarida   davr   ruhini
ifodalovchi izlanishlar mahsuli sifatida etiborni torta  boshladi.
Marifatparvarlik   jadid   adabiyotining   yetakchi   tamoyiliga   aylandi,   milliy
o‘zbek   adabiyotining   poydevoriga   birinchi   g‘ishtlar   qo‘yila   boshlandi.   Bu   davr
shoirlari ijodida taraqqiyparvarlik, tenglik, ilm, ozodlik haqidagi g‘oya o‘sha davr
sheriyatining leytmotiviga aylandi. Asta-sekinlik bilan o‘zbek milliy adabiyotining
tug‘ilishi   tufayli   demokratik   yo‘nalish   birinchi   o‘ringa   o‘ta     boshladi.     Davrning
mavjud   ijtimoiy   tartibini   tanqidiy   realistik tarzda tasvirlab, uning ruhini yanada
chuqurroq   berish,   xalq   orzularini   har   tomonlama   aks   ettirish   adabiyotda   asosiy
mavzuga   aylandi.   Ammo   davr   adabiyotiga     yetarli     baho     berishga   o‘sha
zamondagi adabiy tanidning kuchi yetmas edi, chunki adabiy tanqid hali qorishiq,
endi shakllanayotgan pallaga kirgan edi. Shuning uchun o‘ziga xos fan,  ilmiy-estetik
tafakkur   mahsuli   sifatida   endi   dunyoga   kelayotganligi   tufayli   ijtimoiy   hayotga,
ijodiy jarayonga sezilarli  tasir ko‘rsata   olmasligi   tabiiy  edi,  20-yillarning ikkinchi
yarmida,   xususan,   30-yillardan  etiboran  adabiyot   butunlay  mafkuralasha  bordi   va
ko‘r   imkoniyatlari   qo‘ldan   ketdi.   "Sovet   tuzumi   uning   markscha-lenincha
mafkurasi,   shubhasiz,   adabiyotimizning   kamoliga   katta   zarar   keltirdi" 8
.   Buning
oqibatida   adabiyotshunoslik   ilmida   jadid   davri   adabiyoti   va   uning   namoyandalari
hayoti   va   ijodi   chetlab   o‘tila   boshlandi.   Natijada   XX   asr   boshlarigacha   o‘zbek
adabiyoti   bilan   undan   keyingi   davrdagi   adabiyotlar   o‘rtasida   katta   o‘pirlishlar   va
8
 Каримов Н. Маънавий бойликка эҳтиёж // Жаҳон адабиёти. 1998. № 1. Б.14. uzilish   paydo   bo‘ldi.   Holbuki,   bu   davr   adabiyotini,   tanqidchiligini   barcha
murakkabliklari   bilan   yoritish,   barcha   ijodkorlarning   badiiylik   mezonlariga   javob
beradigan asarlarini chop etish o‘zbek mumtoz adabiyotiga tutashtiruvchi ko‘prikni
tiklash zarur edi. Xuddi shu boradagi xayrli ishlarni  E.Karimov va B.Qosimov kabi
adabiyotshunoslar boshlab berdilar.
Tanqidning   muhim   xususiyatlaridan   biri   uning   publitsistika   bilan
chambarchas   aloqasidir.   Joriy   adabiy   jarayonning   hodisalarini   va   badiiy   ijodning
ayrim   asarlarini   tahlil   etib,   uning   qimmatli   fazilatlarini   keng   ommaga   tushuntirib
berish   asosida   uning   estetgas   didini   tarbiyalashga   mo‘ljallangan   tanqid   o‘z
o‘quvchisiga   matbuot   -gazeta   va   jurnallar   orqali   murojaat   qila   boshladi.   XIX
asrning birinchi  yarmida asosli  ravishda V.Belinskiy:  "Tanqid allaqachon bizning
publikaning   ehtiyoji   bo‘lib   qoldi.   Hech   bir   jurnal   yoki   gazeta   tanqid   va
bibliografiya bo‘lishisiz yashay olmaydi",- deb yozgan edi.
XIX asrning so‘nggi choragi va XX asr boshlarida Turkistonda  O‘zbek milliy
vaqtli   matbuoti   tug‘ildi   va   tez   suratlar   bilan   rivojlana   bordi.   Vaqtli   matbuotning
tug‘ilishi  ro‘znomachilik ishining rivoj  topishi  munosabati  bilan o‘zbeklarda ham
dastlabki milliy jurnalistlar yetishib chiqa boshladi. "Turkiston viloyatining gazeti"
(TVG)   o‘zbek   madaniyati,   sanati,   adabiyoti   bilan   birga   tanqidchilikning   yuzaga
kelishida   malum     o‘rin   tutadi.     U   1883   yildan   boshlab   o‘zbekcha   gazeta   sifatida
nashr   etilgan.   Unda   "O‘sh   shahri   xususidagi   risola"   h aqida bosilgan taqriz, aytish
mumkinki, shu janrdagi dastlabki  namunalardandir.
Gazeta   isyonkor   o‘zbek   shoiri   Boborahim   Mashrab   ijodiyotiga   oid   maqola
bilan   o‘zbek   adabiyotshunosligi   ruknini   boshladi.   1907   yildan   etiboran   unda
M.Behbudiyning‘ maqola va ocherklari nashr etila boshlandi. Gazeta XIX asrning
oxirgi   choragida   o‘zbek   demokrat   shoirlari   Furqat   va   Sattorxonni,   1903   yilda
Muqimiyni,   1905   yilda ,   Nodim,   Rojiy,   Ibrat,   Behbudiy,   Vasliy,   Ibrohim   Davron
kabilarni   o‘z   atrofiga   to‘plagan   bo‘lsa,   1930   yilda   bunday   adiblar   safiga
M.Shermuhammedov,   M.So‘fizoda,   Tavallo,   A.Zohiriy,   A.   Qodiriy   (Julqunboy)
kabi ijodkorlar kelib qo‘shildilar. Ular tanqidchilik   bilan ham shug‘ullanib, adabiy
jarayonda   faollik   ko‘rsatdilar.   Garchi   missionerlik   maqsadi   asosida   ish   ko‘rsa-da, uning   muharriri   N.P.Ostroumov   marifatparvar   ziyoli   bo‘lgani   sababli   o‘zbek
adabiyoti   namunalarini   va   ular   haqidagi   maqolalarni   chop   etishga   katta-katta
sahifalarni   ajratdi.   Chunonchi,   1914   yilda   "Padarkush"   dramasining
sahnalashtirilishi   munosabati   bilan   chop   etilgan   o‘zbek   teatriga,   sahna   asarlariga
bag‘ishlangan   taqrizlar   etiborga   loyiq.   Bu   jihatdan   Hoji   Muinning   "Yangi   asar"
nomli maqolasi diqqatni tortadi. Unda   "Padarkush" fojeasi kitob holida bosmadan
chiqqanligi aytilib, asar   mazmuni bayon qilinadi. Taqrizda Behbudiy asari  o‘zbek
dramaturgiyasining   qaldirg‘och   namunasi   sifatida   baholanar   ekan,   uning   xalq
madaniy,   marifiy   tafakkuri   rivojida   katta   tarbiyaviy   ahamiyat   kasb   etishi   alohida
takidlanadi.
M.Shermuhammedov maqolasida ham bu fojia haqida ijobiy fikrlar bildiriladi
va   xalqni   "Padarkush”ni   o‘qishga   chorlaydi.   "TVG"ning   1914   yilgi   71-sonida
Mirmuhsin   imzosi   bilan   chop   etilgan   "Sabzazor   risolasi"   nomli   maqolasi   ham
etiborlidir.Unda   to‘plamning   mundarijasi,   qatnashgan   shoirlar,   ularning   davr
adabiy   jarayonida   tutgan   o‘rni   haqida   malumotlar   beriladi.   Vasliy   ijodiga
bag‘ishlangan   maqola   esa   Mirmuhsinning   tanqidchilik   istedodidan   darak   beradi.
Gazetada bosilgan maqolalar tufayli o‘zbek  tanqidchiligiga asos solina boshlandi.
"TVG"   1910-1916   yillardagi   faoliyati   davomida   o‘zbek   adabiyoti,
madaniyati,   tanqidi   rivojiga   ahamiyat   bersa-da,   chor   hukumatiga   sodiqligini   sira
unutmadi.   Unda   Ostroumov   iltimosi   bilan   "buyurtma"   tarzida   yozilgan   sherlar   va
boshqa asarlar bosilib turganini etibordan  qochirmaslik kerak.
Bu   davrga   kelib,   Turkistonda   bir   qator   o‘zbekcha   gazetalar   nashr   etila
boshlandi. "Taraqqiy", “Xurshid”, “Shuhrat”, “Sadoi Turkiston”  kabi gazetalarning
paydo   bo‘lishida   jadidchilik   harakatining   asoschisi   I.Gaspirali   va   u   tashkil   etgan
"Tarjumon" gazetasining tasiri beqiyosdir.
1913   yilda   M.Behbudiyning   say’-harakati   bilan   "Samarqand"   gazetasi   nashr
etildi.   Behbudiy   gazetada   badiiy   asarlarni   ko‘proq   nashr   ettirishga   e’tibor   qildi.
Gazetada   "Sayyohi   hindi"   asarining   fors   tilidan   rus   va   o‘zbek   tillariga   tarjima
qilinganligi,   tez   orada   kitob   holida   nashrdan   chiqishi   haqida   elon-maqola
berilganligi   harakterlidir.   Maqolada   Fitratning   bu   asarini   fors-tojik   tilini   yaxshi bilgan   rus   polkovnigi   A.Kondratov   o‘z   ona   tiliga,   o‘zbek   marifatparvar   shoiri,
dramaturg Hoji Muin Shukrullo o‘zbek tiliga  tarjima etganlari malum qilinadi.
  "Sadoi Turkiston" ham 1914-1917 yillarda o‘z yo‘nalishi va mavqei jihatidan
ajralib   turgan   ro‘znomalardek   bo‘ldi.   Uning   atrofiga   o‘sha   davrning   ilg‘or   fikrli
ziyolilari   Hamza,   A.Qodiry,   Cho‘lpon,   S.Ayniy,   Mirmuhsin   kabi   ijodkordar
to‘plangan   edilar.   Chindan-da,   "Sadoi   Turkiston"   o‘zbek   milliy   adabiyotining
qanday   yo‘nalishda   bo‘lishi   kerakligini   aniq   tasavvur   qildi.   Uning   sahifalarida
Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, S.Ayniy va Hamzalarning asarlari tez-tez ko‘rinib turdi.
Vaqtli   matbuot   milliy   adabiyotning   taraqqiyoti   bilan   birga   o‘zbek
tanqidchiligi   rivoji   uchun   ham   o‘ziga   xos   minbarga   aylana   bordi.   Nashr   etilgan
badiiy va tarjima asarlarga vaqtli matbuot o‘z sahifalarida  taqrizlar bera boshladi; bu
taqrizlar   adabiy   tanqidning   rivojiga   yo‘l   ochdi.   Bundan   shunday   xulosaga   kelish
mumkin:  hozirgi  adabiy  tanqidning  eng  ommaviy,  eng  ko‘p  tarqalgan  janrlaridan
biri taqrizning tug‘ilishi, rivojlanishi  bevosita uyg‘onish davri bilan bog‘liq. Buni
taqrizlarning   gazetada   alohida   "Tanqid"   rukni   ostida   chop   etila   boshlagani
haqqoniy isbotlay oladi.
Vaqtli   matbuot   o‘z   sahifalarida   adabiy   tanqid,   uning   ahamiyati,   yozilajak
asarlarga ijobiy tasiri, umuman, adabiyotning taraqqiyotidagi roli haqida qimmatli
ilmiy   maqolalar   chop   eta   bordi.   Chunonchi,   "Sadoi   Turkiston"   tanqid   istilohi   va
uning adabiyot  sohasiga   ilk   bor   kirib   kelayotganligi   xususida   Ahlullo   maqolasida
berilgan   sharhni   eslatish   mumkin.   Maqola   muallifi   bu   davrga   kelib,   "tanqid"
istilohining butunlay yangi mano kasb etganligini  aytish bilan birga adabiyotning
kelgusi taraqqkyoti bevosita vaqtli matbuot va adabiy tanqidga bog‘liqligini qayta-
qayta takidlagan edi.
Xulosa   qilib   aytganda,   1905-1920   yillardaga   o‘zbek   vaqtli   matbuoti   adabiy
tanqidning yuzaga kelishini  ta’minlashda,  shakllanishi  va keyingi rivojida muhim
rol o‘ynadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Валихўжаев   Б .   Ўзбек   адабиётшунослиги   тарихи   ( X - X 1 X   асрлар ).   T.:
Ўзбекистон , 1993.
2. Назаров   Б.   ва   бошқалар .   Ўзбек   адабий   танқиди   тарихи .   T.   Чўлпон   НМИУ .
2012
3. Расулов А .  Танқид, тадқин, баҳолаш . T.:  Фан,  2006
4. Ўзбек адабий танқиди. Антология. Т.  TURON - IQBOL .  2011
5. Йўлдошев Қ. Бадиий таҳлил асослари. Т. Камалак. 2016.

XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari Reja: 1. O‘zbek adabiy tanqidi tarixini davrlashtirish masalasi. 2. Adabiy tanqidning shakllanishida matbuotning o‘rni. 3. Yangi o‘zbek tanqidchiligining mustaqil odimlari. 4. Tanqidchilikda janriy izlanishlar

Mavzuga oid qisqacha annotatsiya Tanqid- so’zi arabcha bo’lib, baholash ,o’lchash, saralash degan ma’nolarni bildiradi. Shundan ko’rinib turibdiki,bu fanning paydo bo’lishi ham mumtoz davr bilan bog’liq.Garchi tanqid so’zi XIX asr oxilari XX asr boshlarida qo’llanilgan bo’lsa-da, alohida soha sifatida qadimdan ko’zga tashlanib kelingan. Mumtoz adabiyotda u ikki shaklda: birinchisi adabiy- nazariy masalalarga bag’ishlangan alahida asarlarda, ikkinchisi badiiy asarlar tarkibida qo’llanilib kelingan. Har ikkala jarayon ham davr adabiy tanqidchiligi va adabiyotshunosligi taraqqiyoti uchun xizmat qilgan. Yangi estetik tushunchalarni ustuvor etib, kitobxonda chinakam insoniy fazilatlarni tarbiyalovchi tanqid O‘zbekistonda XX asr boshlarida yuzaga kela boshladi. Albatta, uning yuzaga kelishida mumtoz adabiyotshunosligi, jahon ilmiy- estetik tafakkuri mustahkam zamin bo‘lganini hamisha nazarda tutish lozim. O‘zbek adabiy tanqidchiligining maxsus hodisa sifatida tug‘ilib, shakllanib, kamolot bosqichiga ko‘tarilish yo‘lida kechgan qiyinchilik va ziddiyatlar mohiyatini anglash uchun tarix sahifalarini birma-bir varaqlab ko‘zdan kechirish, erishilgan ilmiy- estetik yutuqlarni, mavjud nuqsonlarni tahlildan o‘tkazish, adabiy- badiiy ilmiy-estetik tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini haqqoniy yoritish zarur. O‘zbek tanqidchiligi ildizlari uzoq o‘tmishdan boshlangan bo‘lib, ularning fazilatlarini o‘zlashtirish, nuqsonlarini haqqoniy tahlildan o‘tkazib, ularga barham berishda, adabiy tanqidning yozuvchilar va o‘quvchilar ommasiga tasiri doirasini kengaytirish zarur. "Biz bugun yangi asrga qadam qo‘ydik. Xo‘sh, yangi asrga o‘zbek adabiyotshunosligi qanday yo‘llanma bilan kiradi? U o‘zining qaysi jihatlaridan voz kechadi va hatto qaysi gunohlaridan tavba qilib, qaysi fazilatlari bilan yangi davrga yuz tutadi?... ...Lekin shunga qaramay, butun umidsizlikni yig‘ishtirmoq kerak va ahillik bilan ishga kirishib, yangi adabiyotning rivojiga faol ko‘maklashmoq kerak" 1 . 1 Шарафиддинов О. Адабиёт мангу яшайди // Жаҳон адабиёти. 1998, № 1. Б. 4.

Mazkur so‘zlarni adabiy tanqidga nisbatan bemalol qo‘llash mumkin, chunki adabiyot bilan adabiy tanqid doimo birga harakat qilishi hammaga ayon. Zero, har qanday ijtimoiy, hatto iqtisodiy hodisalar muayyan davrlarga ajratib o‘rganilmasa, maqsadga olib boradigan to‘g‘ri yo‘lni topish qiyin. Shunga ko‘ra, adabiyot tarixi badiiy ijod va ijtimoiy hayotda ro‘y bergan katta voqealar, tub burilishlarga asoslanib davrlashtiriladi, bazan soddagina qilib, "20-yillar adabiyoti", "60- yillar adabiyoti" tarzida qismlarga ajratiladi. Bundan anglashiladiki, davrlashtirish tamoyillari hali qatiy belgilangan emas. Ammo shunisi ayonki, ijtimoiy hayot taraqqiyoti qonuniyatlari, xususiyatlari hamma vaqt muayyan sohaning o‘ziga xos mazmuni, mundarijasi mzrkazida turadi. Adabiyot rivoji tanqid rivoji bilan chambarchas bog‘liqdir. Adabiyot ham, tanqid ham hayotdagi go‘zallikni ifoda etadi, ular buni turlicha shaklda ifoda etadilar, V.G.Belinskiy bu haqda shunday yozadi: "Sanatkor va adabiyotchi o‘zining sanat va adabiyot haqidagi tushunchasini bevosita yaratgan asarlarining o‘zi bilan ifoda etadilar: tanqidchi esa sanat va adabiyot haqidagi tushunchasini fikr vositasi bilan ongli ravishda ifoda etadi. Bu holda sanat va adabiyot tanqid bilan qo‘lga-qo‘l berishib boradilar va bir-birlariga o‘zaro tasir etadilar" 2 . Buyuk munaqqid qayta-qayta takidlagan bu hodisa adabiy tanqid tarixi o‘rganilmaguncha badiiy adabiyot tarixining haqqoniy va to‘liq manzarasi yaratilishi mumkin emasligidan guvohlik beradi. Bu hol adabiy tanqid tarixini adabiyot tarixining ajralmas bir qismi qilib qo‘yadi. Shu mantiqdan kelib chiqilgani tufayli "O‘zbek sovet adabiy tanqidi tarixi" (1987) ikki jildligi mualliflari o‘zbek adabiy tanqidi bosib o‘tgan yo‘lni o‘sha davr mafkurasi asosida davrlarga bo‘lib tahlil etadilar: 1. O‘zbek sovet adabiy tanqidining vujudga kelishi va ilk qadamlari (1917-1932)". 2. O‘zbek sovet adabiy tanqidi sotsialistik realizm estetikasi bilan qurollanish yo‘lida (1932-1941). 3. Ulug‘ Vatan urushi davri o‘zbek adabiy tanqidi tarixi (1941- 1945). 2 Белинский В. Танланган асарлар. Б. 244.

4.Ulug‘ Vatan urushidan keyingi davr o‘zbek adabiy tanqidchiligi (1945-1956). 5. Adabiy tanqid tarixida yangi bosqichning boshlanishi (1956- 1961). 6. Adabiy tanqidning tez va keng rivojlanish yo‘liga kirishi(1962- 1972). 7. O‘zbek adabiy tanqidi yangi bosqichda (1972-1980) 3 . O‘z-o‘zidan ko‘rinayotirk, bunday davrlashtirishda suniylik ustuvor bo‘lib, o‘zbek adabiy tanqidining chinakam ilmiy tarixini -rivojlanish yo‘lidagi haqiqiy manzara aks ettirilmagan. Unda adabiy tanqidda kechgan jarayonlar sho‘ro mafkurasini moslashtirib talqin etilgan. Chunonchi, o‘zbek adabiy tanqidchiligining sotsialistik realizm bilan qurollanishi aslida uning mafkuraviylashtirilishidan iborat bo‘lib, partiyaning 1925 yil 18 iyunda qabul qilgan "Partiyaning adabiyot sohasidagi siyosati to‘g‘risida"gi qaroridan o‘z sarchashmasini olgan va to jamiyatda shaxsga sig‘inish oqibatlarining fosh etilishigacha shiddat bilan davom etgan jarayondir. Demakki, ikkinchi jahon urushi va undan keyingi 60-yillar arafasigacha bo‘lgan davrni qamrab oluvchi uch davr esa aslida o‘zbek adabiy tanqidchiligining shiddat bilan rivojlanishi adabiy-tanqidiy tafakkurning parvozi, hayotiyligi, yangidan-yangi shakllarni zabt eta borishi va tom ma’nodagi realizm uchun kurash yillari bo‘ldi. Albatta, bu jarayon ham sho‘ro va partiyaviy mafkuraga to‘yingan holda kechgan esa-da, shaxsga sig‘inish oqibatlarining tugatila borilishi tufayli har qalay adabiy tanqidda hur fikrning uyg‘onayotganligiga omuxta holda voqelikka aylana boshladi. Adabiy tanqid stalincha qatag‘on qurbonlari ijodini qayta baholashga kirishdi, ijodkorning badiiy mahorati va adabiy jarayon xususiyatlarining estetik tahlilida dadillik ko‘rsatdi. Ayniqsa, tarixiy asarlarda o‘zlikni anglash va erk tuyg‘ularining jamiyatni uyg‘otuvchi mohiyatini idrok etishga urindi. Qolaversa, adabiy jarayonda yuz berayotgan xilma-xil izlanishlar - ijodiy metod va janrlar rang-barangligi hodisalari mohiyatini, qiynala-qiynala bo‘lsa-da, idrok eta bordi va estetik bahosini berishga, umumlashtirishga hamda ulardan tegishli xulosalar chiqarishga harakat qildi, qisman ma’lum natijalarga erishdi. 3 Ўзбек совет адабий танқид тарихи. Т. 1987. Б.31.

Adabiyotshunos N.Xudoyberganov va A.Rasulovlar masala mohiyatini shu nuqtai nazardan fahmlab, o‘zbek tanqidi tarixini ikki davrga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadilar: 1-davr: 1917-1955 yillarni o‘z ichiga oluvchi bu bosqichda munosib o‘zbek tanqidchiligining tug‘ilishi, shakllanishi va maxsus fan sifatida tarkib topishi sodir bo‘ladi. 2-davr: 1956 yildan to shu kunlargacha kechgan va kechayotgan vaqtni qamrab oladi. Bu davrda o‘zbek tanqidchiligi fan va sanat uyg‘unligida tashkil topgan maxsus adabiy hodisa tarzida rivojlanib, ilmiy estetik kamolotga erishish jarayonini boshdan kechirayotir 4 . Tabiiyki, N.Xudoyberganov taklif etgan o‘zbek adabiy tanqidi tarixini ikki davrga bo‘lib o‘rganish nihoyatda shartlidir. Chunki adabiy tanqid so‘z san’ati singari dunyoga kelib, rivojlanish jarayonida to‘siqlarga duch keldi. Ba’zan ko‘tarilish, ba’zan esa pastga tushish hollariga uchradi. Unda nimalardir ilgarilab bordi, nimalardir orqaga ketdi. Goh salbiy, goh ijobiy tomonga o‘zgardi. Shu sababli butun jarayonni bir xilda zamon tarozisida o‘lchash qiyin. Mustaqillik davrida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalarida ham davrlashtirish masalasiga e’tibor qaratilgan. Adabiyotshunos olim B.Raxmonov o‘zbek adabiy tanqidchiliginint butun taraqqiyot yo‘lini uchga, ya’ni "jadidchilik davri", sho‘ro davri va hozirgi yillar singari katta bosqichlarga bo‘ladi" 5 . B.Rahmonov taklif etgan davrlashtirishni munaqqid S.Sodiq tanqid qilar ekan, sho‘ro davri tanqidchiligi tarixini 20-yillar, 30-yillar, urush davri, undan so‘nggi davr, 1956 hamda 1972 yildan keyingi bosqichlar tarzida kichik-kichik etaplarga taqsimlaganini xato deb hisoblaydi. Bunga sabab tanqidchilik taraqqiyot yo‘lini davrlashtirishda asosan, bitta prinsipga, ya’ni jamiyat rivoji xususiyatlarini ko‘proq inobatga olish tamoyiliga amal qilgani deb qaraydi. S.Sodiq davrlashtirish masalasida o‘zining tubandagi taklifini o‘rtaga tashlaydi: 1. O‘zbek adabiy tanqidchiligining shakllanish davri (1914-1932) 4 Худойберганов Н., Расулов А. Ўзбек совет адабий танқидчилиги. Т. 1990. 5 Раҳмонов Б. Ўзбек адабий танқидчилиги. Т. !Янги аср авлоди”. 2004.