logo

Shimoliy Amerikada mustaqillik urushi va AQShning XIX asr XX asr boshlaridagi tarixi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.6474609375 KB
Shimoliy Amerikada mustaqillik urushi va AQShning XIX asr XX
asr boshlaridagi tarixi  
Reja:
1. Shimoliy Amerikada ingliz    mustamlakachiligining o’rnatilishi.
2. Mustaqillik urushining sabablari va urushning boshlanishi.
3. Mustamlakalarning   Angliyadan   ajralib   chiqishi   va   «Mustaqillik
deklarasiyasi».
4. Mustaqillik urushining yakuni va oqibatlari.
5. XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH Shimoliy Amerikada ingliz    mustamlakachiligining o’rnatilishi
Tarixchilarning taxminicha, Amerikaning dastlabki aholisi hozirgi 
hindular va eskimoslarning bundan 20-25 ming yilcha oldin Osiyodan kelgan 
ajdodlari bo’lgan. Kolumb Amerikani ochgandan keyin ko’p o’tmay, qit’a 
muntazam ravishda Yevropa davlatlarining mustamlakalariga aylantirila 
boshlangan. Mustamlakalarni egallash uchun Yevropa davlatlari o’rtasida 
kurash qizigan.
    XVII   asrning   boshida   Ispaniya   Shimoliy   Amerikada   Florida,   Texas,
Kaliforniya,   Meksikani   (Portugaliya   egallab   olgan   Braziliyadan   tashqari)
butun Markaziy va Janubiy Amerikani bosib oldi. Fransuzlar Kanadada (1604
yildan   boshlab),   Missisipi   daryosi   havzasida   –   Luizianada   (1699   yildan
boshlab) o’rnashib oldilar. Gollandlar (1609 yildan boshlab) Gudzon daryosi
havzasida Yangi Gollandiya mustamlakasiga asos soldilar.
  Shimoliy   Amerikani   inglizlar   tomonidan   mustamlakaga   aylantirilishi
1607   yildan   ya’ni   Virginiya   deb   atalgan   mustamlaka   (qirolicha   Yelizaveta
sharafiga shunday deb nomlangan) barpo qilingandan keyin boshlandi. «May
guli»   kemasida   kelgan   mustamlakachi   puritanlar   1620   yilda   Nyu-Plimutga,
1622 yilda Nyu-Gempsherga, 1628 yilda Massachusetsga, 1934-1637 yillarda
Konnektikutga,   1636-1643   yillarda   Rod-Aylendga   va   Nyu-Gevenga   asos
soldilar. Bu mustamlakalar 1664 yilda Massachusetsga qo’shib olinib, Yangi
Angliya   deb   ataldi.   Mustamlakalar   ichki   boshqaruvda   o’z   mustaqilligini
saqlagan   holda   Yangi   Angliyaning   birlashgan   mustamlakalari   nomli   ittifoq
tuzdilar.   Markaziy   rayonda   Nyu-Jersi,   Pensilvaniya,   janubda   Merilend,
Shimoliy   Karolina   va   Janubiy   Karolina   va   Jorjiya   nomli   mustamlakalar
tashkil topdi
1760 yilda Sharqda Atlantika okeanining qirg’oq bo’ylaridan to G’arbda
Appalachi   tog’larigacha   bo’lgan   hududda   13   ta   ingliz   mustamlakalarida
hindulardan   tashqari   1,6   millionga   yaqin   aholi   yashagan.   Ingliz
mustamlakalari aholisining milliy tarkibi juda murakkab bo’lib, aholisi asosan
yevropaliklar   (inglizlar,  irlandlar,  shotlandliklar,   nemislar   va   gollandlar)   dan iborat bo’lgan. ingliz mustamlakalari aholisining soni tez o’sgan bo’lib, 1775
yilda   2,6   million   kishiga   yetgan.   Amerikadagi   ingliz   mustamlakalarini
xo’jaligiga   ko’ra   3   ta   guruhga   ajratish   mumkin.   Yangi   Angliya   deb   atalgan
shimoliy   mustamlakalarda   asosan   ijara-fermer   xo’jaligi,   qisman
hunarmandchilik   va   manufaktura   sanoati   taraqqiy   etgan.   Shimoliy
mustamlakalarning   markazi   Boston   shahri   bo’lgan.   Markaziy   mustamlakalar
hududi   g’alla   yetishtirishga   ixtisoslashgan.   Ularda   kapitalistik   fermerliklar  
ko’pchilikni   tashkil   etgan.   Pensilvaniya,   Nyu-Jersi   va   Nyu-York
mustamlakalarida   fermerlik   bilan   birga   sanoat   korxonalari   va   savdo
rivojlangan.
Janubiy   mustamlakalarda     asosan   quldorlik   plantasiyalari,   xususan  
tamaki   yetishtirish   keng   tarqalgan.   XVIII   asrning   70-yillarigacha   janubiy
mustamlakalarda   paxta   yetishtirishga   katta   ahamiyat   berilmagan.   Paxtaga
mashinalar  bilan ishlov berish 90-yillarda boshlandi. 1793 yilda Ilay Uayten
paxtani chigitdan tozalaydigan mexanik mashina–jinni    ixtiro qilgandan so’ng
quldorlik plantasiyalarida keng ravishda paxta ekila boshlangan.
Mustaqillik urushining sabablari
XVIII   asrning   so’nggi   choragida   ko’pchilik   mustamlakalar   Angliya
qirolining   boshqaruvi   ostida   bo’lgan.   Konnektikut   va   Rod   Aylend
mustamlakalari   qirol   tomonidan   tasdiqlanuvchi   saylangan   gubernatorlar
tomonidan   boshqarilgan.   Pensilvaniya,   Delaver   va   Merilend   alohida
kishilarga   tegishli   bo’lgan.   Barcha   mustamlakalarda   maslahat   organiga   ega
bo’lgan   saylangan   vakillarning   palatalari   faoliyat   ko’rsatgan.
Mustamlakalarda   din   katta   rol   o’ynagan.   Amerikada   ko’plab   diniy   sektalar
mavjud bo’lib, ularning orasida puritanlik cherkovi ustunlik qilgan.
Inqilob   arafasida   mustamlakalarda   8   ta   kollej   (oliy   maktablar)   mavjud
bo’lib,   ular   asosan   ruhoniylar   va   amaldorlarni   tayyorlagan.   XVIII   asrning
oxirlarida Amerikada dunyoviy bilimga ega bo’lgan aholi ko’pchilikni tashkil
qilgan.   Shunday   kishilardan   biri   Veniamin   Franklin   (1706-1790)   bo’lgan.
V.Franklin   Amerika   jamiyati   hayotida   katta   tashabbuskorlik   faoliyatini ko’rsatib,     tipografiya, jamoat  kutubxonasi, kasalxona va akademiya ochgan.
Mustamlakalarning    Angliyadan ajralib chiqish uchun boshlangan kurashining
muhim   sabablaridan   biri   mustamlakalar   va   metropoliya   o’rtasidagi   savdo   va
sanoat   sohasidagi   raqobat   edi     Mustamlakalarda   boshidanoq   sanoat   tez
rivojlangan. Mustamlakalarda dehqonlar bir vaqtning o’zida hunarmandchilik
ham   qilishgan.   Amerikada   XVIII   asr   o’rtalaridan   boshlab   shishasozlik,
charmgarlik, kemasozlik, temirchilik kabi yirik manufakturalar keng taraqqiy
etgan.
XVIII   asr   ingliz   hukumati   mustamlakalarda   manufakturalar   qurilishini
taqiqlovchi   ko’plab   qonunlar   qabul   qilgan.   Mustamlakalarda   savdo
cheklangan.   Navigasion   aktlar   mustamlakalarni   Angliyadan   tashqari   har
qanday   davlat   bilan   savdo   qilishini   man   etgan.   Ingliz   mustamlakachi
hukumatining   bu   siyosati   birinchi   navbatda   mustamlakalarning   savdo   va
sanoatini bug’ib qo’yishga qaratilgan edi.
Shimoliy Amerikadagi ingliz mustamlakalari
Metropoliyaning   g’arbiy   hududlarga   aholining   ko’chib   kelishini
ta’qiqlash   siyosati   janubiy   quldor   plantatorlarning   manfaatiga   jiddiy   salbiy
ta’sir   ko’rsatdi.   Chunki   yirtqich   plantasion   xo’jalikka   yangi-yangi   unumdor
hududlar   zarur   edi.   Virginiya   aholisi   Amerika   mustamlakalaridagi   xalqlarni
ingliz   qiroli   o’zining   fuqarolari   deb   hisoblashga   haqli   emasligi   haqidagi
shiorlar bilan chiqdi.
1765   yil   ingliz   hukumati   gerb   solig’   to’g’risida   qonun   e’lon   qildi.
Mustamlakadagi  barcha savdo va sanoat korxonalarida bu soliq joriy qilindi.
Hisob-kitoblar, shartnomalar, tilxatlar, ro’znomaning har bir soni, universitet
diplomlari   va   boshqa   hujjatlar   gerb   solig’iga   tortildi.   Bunga   javoban
mustamlakalarda   namoyishlar   bo’lib,   unda   Angliyaga   qarshi   norozilik
chiqishlari yangradi. Shu yili Nyu-York shahrida mustamlakalarning vakillari
ishtirokida   kongress   chaqirildi.   Kongress   a’zolari   mustamlakalarda   faqat
aholining roziligi bilangina yangi soliqlar joriy qilinishini talab qildilar. Ingliz
sanoati va savdo mahsulotlariga boykot e’lon qilindi. Boykot   natijasida   metropoliyaning   mustamlakalar   bilan   savdosiga   katta
zarar   yetdi.   London   savdogarlari   umumpalatasiga   savdoning   qisqarib
ketganligidan   zarar   ko’rilayotganligi   bois   gerb   solig’ini   bekor   qilish   haqida
talabnomalar   tusha   boshladi.   Parlament   gerb   solig’i   to’g’risidagi   qonunni
1766   yilda   bekor   qilishga   majbur   bo’ldi.   Britaniya   moliya   vaziri   bo’lgan
Tausendning   taklifi   bilan   1767   yil   iyunda   yangi   qonun   qabul   qilindi   va   u
«Tausend qonuni»     deb nom oldi. Bu qonunga ko’ra ingliz mustamlakalarida
oyna,   qog’oz,   choy   va   boshqa   kontrabanda   importi   deb   ataluvchi   sanoat
mahsulotlariga soliq solindi. Bu qonun ham ommaning norozilik harakatlarini
kuchaytirdi.
Angliya   parlamenti   mustamlakalarni   soliq   to’lashga   majbur   qilish
maqsadida   va   boykot   kurashiga   qarshi   chora   sifatida   mustamlakalarga
keltirilgan   ingliz   choylarini   boj   solig’idan   ozod   qildi.   Ingliz   parlamenti
arzonlashtirilgan   choyni   aholi   tomonidan   xarid   qilinishining   kuchayishiga
umid   qilmoqda   edi.   Ammo   Amerika   vatanparvarlari   bunday   tuzoqqa
tushmadilar.   Ingliz   choylariga   boykot   e’lon   qilindi,   mustamlakalarda
vaqtincha   choy   iste’mol   qilish   to’xtatildi.   1773   yilda   Boston   savdogarlari
mahalliy fuqarolar orqali kemalardagi ingliz choylarini suvga tashlatdilar. Bu
voqyea tarixda «Boston choyxo’rligi» deb ataladi.
1774   yil   Ogayo   va   Missisipi   shtatlari   orasidagi   hududlarni   Kvebek
provinsiyasiga   berish   to’g’risidagi   mashhur   qonun   e’lon   qilindi.   Bu   qonun
vakillik organiga ega bo’lmagan, katolik dini hukmron bo’lgan mustamlaka -
Kvebek   hududining   kengaytirilishini   anglatar   edi.   Bu   qonun   Virginiya,
Massachusets   va   Konnektikut   mustamlakalarining   shimoliy-sharqqa   tomon
kengaytirish to’g’risidagi talablariga zid kelmoqda edi.
Mustamlakalarni   birlashtirish   maqsadida   Massachusets   va   Virginiya
mustamlakalarining   tashabbusi   bilan   1774   yil   5   sentyabrida   Filadelfiyada
kongress chaqirildi. Bu kontinental kongressda ingliz hukumati bilan qonuniy
usullarda   munosabatda   bo’lish   tarafdorlari   –   loyyalistlar   ko’pchilikni   tashkil
qildi.   Ular   Angliya   bilan   mustamlakalar   uchun   maxsus   konstitusion   rejim asosida   aloqalarni   saqlab   qolishni   taklif   etdilar.   Bu   kongressda   virjiniyalik
deputat   Jorj   Vashington   (1732-1799)   katta   rol   o’ynaydi   Kongressdagi
virjiniyalik   deputatlar   orasida   advokat   va   publisist   Tomas   Jefferson   (1743-
1826)   ham   o’zining   o’tkir   chiqishlari   bilan   ajralib   turdi.   Jefferson   yerga
mutloq   egalik   va   merosga   katta   o’g’ilning   egalik   huquqini   bekor   qilishni,
qulchilikni tugatilishini talab qilib chiqdi.
1774   yilgi   kontinental   kongress   amerikaliklarning   o’z-o’zini   milliy
anglashini   shakllanishiga   zamin   tayyorladi.   Kontinental   kongress   5
sentyabrdan 26 oktyabrgacha faoliyat yuritdi. U qirolga bir qator talabnomalar
tayyorladi,   mustamlakalarga   yangi   soliqlar   joriy   qilmaslik   ingliz
huqumatining mustamlakalarda siquviga barham berish shular jumlasidan edi.
Kongress   mustamlakalar   aholisidan   ingliz   tovarlarini   baykot   qilishni   talab
qildi,   shundan   so’ng   muammolarni   tinch   yo’l   bilan   yechish   maqsadida
kongress   o’zining   majlisini   1775   yilning   may   oyida   davom   ettirishga   qaror
qildi. O’rtadagi bu    tanaffus davrida mustamlakalar va metropoliya o’rtasidagi
nizo qurolli kurashga aylanib ketdi.
Mustaqillik urushining boshlanishi
1775   yil   19   aprelda   ingliz   generali   Geyj   Konkorddagi   zambaraklar,
porox,   mushket   o’qlari   va   un   zahiralari   omborini   egallash   maqsadida
Bostondan   1700   kishidan   iborat   harbiy   korpusni   jo’natdi.   Boshqa
mastamlakalardan   kelgan   aholi   Boston   shahrida   lager   tashkil   qilib,   uni
«Ozodlik   lageri»   deb   atadilar.   Tezda   Bostonda   amerikaliklarning   20   ming
kishilik   qo’shini   tashkil   topdi.   1775   yil   17   iyunda   Boston   yaqinida
mustamlakalarning   qo’shini   Angliyaning   Bostondagi   harbiy   garnizonini
mag’lubiyatga   uchratdi.   Shundan   so’ng   boshqa   rayonlarda   ham   harbiy
harakatlar boshlanib ketdi.
1775   yil   may   oyida   Filadelfiyada   kongress   chaqirildi   va   u   ikkinchi
kontinental kongress deb nom oldi. 15 iyunda Yangi Angliya deputatlarining
taklifi   bilan   kongress   Jorj   Vashingtonni   oliy   bosh   qo’mondon   qilib   sayladi.
Vashington   jangovar   qo’shin   tashkil   qilishga   kirishdi.   1776   yil   mart   oyida Vashington qo’shini  Bostonni  egalladi. Zamondosh muallim  Jon Adamsning
aytishicha   urush   davrida   Amerika   aholisining   har   uchtadan   biri   mustaqillik
tarafdori,   biri   esa   qarshi,   uchinchisi   betaraf   bo’lgan.   Amerikada   bu   davrda
qurol   ko’tarishga   qurbi   yetadigan   2   million   200   ming   kishilik   oq   tanli   aholi
bo’lgan.   Ammo   Vashington   qo’shinining   soni   22   ming   kishidan   oshmagan.
Bu   vaqtda   50   mingdan   ziyod   amerikalik   aholi   vakillari   ingliz   qo’shinlari
tarkibida xizmat qilgan. Hammasi bo’lib Shimoliy Amerikaga Angliyadan 90
ming   kishilik   qo’shin   yuborilib,   ularning   30   minggi   yollangan   nemis
qo’shinidan iborat bo’lgan.
Urush   harakatlarining   borishi   yana   shu   bilan   qiyinlashdiki,
mustamlakalarning   mahalliy   aholisi   orasida   ko’plab   torilar   –   ya’ni
Angliyadan   ajralmaslik   tarafdorlari   mavjud   edi.   Tarkibida       mustamlakalar
vakillari   ko’pchilik   bo’lgan   vigilar   orasida   ham   xoinlar   va   qo’poruvchilar
yetarli     bo’lgan.   Bu   vaqtda   Amerikada   torilar   va   vigilar   siyosiy   partiya
sifatida   rasmiylashmagan   edi.   Ularning   na   dasturi,   na   ustavi   va   boshqa
tashkilotlari   mavjud   edi.   Aholining   loyyalchilari   –   torilar   deb,   inqilob
tarafdorlari esa vigilar deb atalgan. Torilar ingliz qirolidan yerga egalik qilish
uchun maxsus  yorliq  olgan  aslzoda  yer  egalari   edi. Vigilarning asosiy   kuchi
fermerlar   bo’lib,   ular   g’arbdagi   yerlarga   erkin  ko’chib  borish   huquqini   talab
qilayotgan   edilar.   Vigilarga   manufaktura   ishchilari,   hunarmandlar   va
shaharlarning   mayda   burjuaziyasi   kabi   ingliz   ma’muriyatidan   aziyat
chekayotgan ijtimoiy guruh vakillari ham qo’shildilar.
  AQSh fuqarolar urushi  (1861-1865) o’zining mohiyati va oqibatlariga ko’ra
Yevropadagi   burjua   inqiloblariga   teng   bo’ldi.   Fuqarolar   urushi   davomida
sanoatlashgan   Shimol   burjuaziyasi   Janub   quldori   ustidan   g’alaba   qildi.   Natijada
mamlakatda kapitalizm taraqqiyoti uchun keng yo’l ochildi. AQSh iqtisodiyoti tez
sur’atlar bilan o’sdi. XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida jahonning biron – bir
mamlakati   na   kapitalizm   taraqqiyotidagi   jadallik,   na   bir   ulkan   hududda   fan   va
texnika   yutuqlaridan   foydalanish,   na   bir   siyosiy   erkinliklar   va   aholining   madaniy
darajasining yuqoriligi bo’yicha AQSh bilan raqobat qila olmas edi. AQSh   iqtisodiyotining   taraqqiyoti   birinchi   navbatda   sanoat   mahsulotlari
hajmini   tez   o’sishi   bilan   tavsiflanadi.   XIX   asr   oxirlarida   mamlakat   iqtisodiy
qudrati   va   uning   jahon   xo’jaligidagi   o’rnini   aniqlashda   po’lat,   tosh   ko’mir,   neft,
rangli metallar ishlab chiqarish asosiy ko’rsatkich bo’lib xizmat qilgan. AQSh bu
mahsulotlarni   ishlab   chiqarish   bo’yicha   1900   yildi   jahonda   birinchi   o’rinni
egalladi.   Masalan,   po’lat   qo’yishning   o’sishi,   undan   foydalanish   doirasining
kengayishi     va   po’lat   qo’yish   jarayonining   mukammallashuvi   bilan   bog’liq   edi.
Ayniqsa,   temir   yo’llar   qurilishi,   mashinasozlik,   paravoz   va   vagonlar   ishlab
chiqarish sohalarining rivoji natijasida ham po’latga bo’lgan talab ortib bordi. 60-
yillarda   yuk   ko’tarish   quvvati   va   hajmi   7,5   t   bo’lgan   vagonlar,   1873   yilda   14   t,
1885   yilda   30   t,   1900   yilda   esa   50   t   gacha   bo’lgan   vagonlar   ishlab   chiqarila
boshlagan. 1897 yilda kompaniyalardan biri tomonidan 501 ta po’lat vagon ishlab
chiqarilgan bo’lsa, 1901 yilda ularning soni 25 mingtaga yetgan.
Sanoatning tez rivojlanishi, hindulardan tortib olingan katta-katta maydonlarni
mumkin   qadar   tezroq   o’zlashtirishga   intilish,   sharqdagi   shtatlarni   Tinch   okeani
qirg’oqlari hududi bilan bog’lashning iqtisodiy va siyosiy jihatdan zarurligi, temir
yo’llar   qurilishini   tezlashtirib   yubordi.   XIX   asrning   oxirlariga   kelib   AQShning
Atlantikadan   Tinch   okeanigacha   bo’lgan   barcha   rayonlari   5   ta   ulkan   temir   yo’l
magistrallari   bilan   o’zaro   bog’landi.   Agar,   1865   yilda   AQSh   temir   yo’llarining
umumiy   uzunligi   56,5   ming   km.   bo’lgan   bo’lsa   1910   yilga   kelib   u   309,9   min
km.ga   yetdi *
.   AQShda   temir   yo’llar   qurilishiga   chet   el   kapitali   ham   keng   jalb
qilingan. 1865 – 1873 yillarda temir yo’l qurilishiga sarflangan 2 mlrd. dollarning
yarmi Yevropadan jalb qilingan edi.
AQSh   iqtisodiy   taraqqiyotining   xususiyatlaridan   biri   bu   sanoatni   xom   ashyo
manbalariga yaqinlashuvi natijasida g’arb va janubning sanoatlashuvi bo’ldi. O’rta
Atlantika   va   shimoli-sharqiy   shtatlarda   metallurgiya   sanoati,   markaziy   shtatlar
oziq-ovqat, Farbda esa tog’ va o’rmon sanoati ixtisoslashdi. 
Sanoat   ishlab   chiqarishning   o’sishi   natijasida   AQSh   eksporti   ham   ortdi.
Eksport   importdan   oshib   ketdi,   asosan   qimmat   turadgan   sanoat   mahsulotlari eksport   qilindi.   Natijada,   jahon   bozorida   AQShning   mavqyei   mustahkamlanib
bordi.   AQShda   tayyorlanayotgan   mahsulotlarning   10%dan   kamrog’i   chet   el
davlatlariga   chiqarilganiga   qaramasdan   AQSh   Angliya,   Fransiya   va   Germaniya
uchun   xavfli   raqibga   aylanib   bordi.   AQShda   ishlab   chiqarishning
konsentrasiyalashuvi (birlashish) va monopollashuvi 1873 yildagi inqirozdan keyin
kuchaydi.  1873, 1884  va 1893  yillardagi   iqtisodiy inqirozlar  juda  ko’p  mayda  va
o’rtaxol   ishlab   chiqarish   korxonalarini   izdan   chiqardi   va   konsentrasiyallashuv
jarayonini tezlashtirdi.
AQShda birinchi  yirik ishlab  chiqarish  korporasiyasi   1870 yilda  D.Rokfeller
tomonidan   tashkil   qilingan   «Standart   oyl»   kompaniyasi   edi.   1882   yilda   mazkur
kompaniya trestga aylantirilib, u AQShning neft sanoatiga o’zining hukmronligini
(monopoliyasini) o’rnatdi. «Standart oyl» trestidan keyin AQShda bir necha o’nlab
yangi   kompaniyalar   va   trestlar   paydo   bo’ldi.   Trestlarning   eng   gullangan   davri
1887-1897   yillarga   to’g’ri   keladi.   1893   yilda   AQShda   yirik   iqtisodiy   inqiroz   yuz
berdi.   Bunda   155   ta   milliy   bank,   15   mingdan   ortiq   sanoat   mahsulotlari   ishlab
chiqarish firmalari sindi.1901 yilda Morgan, bir yarim milliard dollar kapitalga ega
bo’lgan   «Qo’shma   shtatlarning   po’lat   korporasiyasi»   deb   atalgan   katta   trestni
tashkil   qildi.   Morgan   AQShda   moliyaviy   sohada   ham   hukmron   edi.   XIX   asrning
oxirida AQSh kapitalizmi o’zining imperializm bosqichiga o’tdi. Mamlakat ichida
kapitalning   konsentrallashuvi,   ya’ni   bank   kapitali   bilan   sanoat   kapitalining
qo’shilib ketishi  davom  etdi. AQSh trestlar hukmron bo’lgan klassik  mamlakatga
aylandi.
XX     asr   boshlariga   kelib   AQSh   sanoat   ishlab   chiqarishning   hajmi   bo’yicha
Yevropa   mamlakatlarini   orqada   qoldirib   ketdi.   Birinchi   jahon   urushi   arafasida
AQShda   qazib   olinayotgan   toshko’mirning,   ishlab   chiqarilayotgan   cho’yan   va
po’latning   miqdori   Angliya,   Fransiya   va   Germaniya   birgalikda   erishgan   darajaga
teng edi.
Ma’lumki,   AQSh   birinchi   jahon   urushiga   1917   yilning   aprelida   kirdi,   bunga
qadar u mamlakat moliya oligariyasiga foydali bo’lgan «betaraflik» siyosatini olib bordi,   chunki   bu   siyosat   unga   urush   tufayli   misli   ko’rilmagan   darajada   boyish
uchun   sharoit   yaratib   bergan   edi.   AQSh   kapitalistlari   boshqa   mamlakatlarning
mustamlakalaridagi   bozorlarini   va   xom   ashyo   manbalarini   qo’lga   kiritib   olish,
o’zlarining   asosiy   raqobatchilari   bo’lgan   Angliya   va   Germaniyani   bu   yerlardan
siqib   chiqarish,   Farbiy   yarim   sharda   o’z   hukmronligini   o’rnatish   uchun   mavjud
xalqaro   vaziyatdan   foydalandilar.   AQSh   magnatlari   avvalo   Lotin   Amerikasi
mamlakatlari bozorlarini egallab oldilar. 1913 yildan to 1920 yilgacha AQShning
bu mamlakatlar bilan savdosi deyarli 400% ga o’sdi. 
AQShning   iqtisodiy   taraqqiyotida   qishloq   xo’jaligi   sohasidagi   yutuqlarning
ham   ahamiyati   katta   bo’ldi.   Fuqarolar   urushidan   keyin   AQSh   qishloq   xo’jaligi
kapitalistik   yo’ldan,   ya’ni   qishloq   xo’jaligida   kapitalizm   taraqqiyotining
«amerikacha   yo’li»   deb   atalgan   ijara   fermerlik   yo’lidan   rivojlandi.   Bu   janubdagi
quldorlar   plantasiyasiga   qaraganda   ancha   ilg’or   yo’l   edi.   XIX   asrning   so’nggi
choragi   va   XX   asr   boshlarida   AQShda   ekin   maydonlarining   hajmi   kengaytirildi,
qishloq xo’jaligi texnikalari va qurilmalaridan tobora ko’proq foydalanildi, ximiya
sanoatining   rivojlanishi   natijasida,   ximiyaviy   o’g’itlar   ishlatila   boshlandi,
mamlakat hududi iqtisodiy rayonlarga bo’linib, ularning aksariyati dehqonchilik va
chorvachilik   mahsulotlarini   yetishtirishga   ixtisoslashtirildi.     Bularning   natijasida
AQSh   jahon   miqiyosida   ko’pgina   qishloq   xo’jalik   mahsulotlarini   yetishtirishning
hajmi bo’yicha birinchi o’ringa chiqib oldi.
Xulosa qilib aytganda, fuqarolar urushidan keyin AQShda kapitalizmning tez
o’sishiga   bir   qancha   qulay   omillar   sabab   bo’ldi.   Xususan   kapitalizmning
rivojlanishi   uchun   asosiy   to’siq   bo’lgan   quldorlik   tizimiga   xotima   berildi,
mamlakat   butun   yer   maydonlarining   yarmidan   ko’prog’i   hukumat   qo’lida   bo’lib,
hukumat   ularni   sanoatchi   va   bankirlarga   juda   arzon   narxda   sotdi,   bu   tadbirlar
sanoat   rivoji   uchun   ma’lum   miqdordagi   kapitalni   yuzaga   keltirdi,   boy   tabiiy
resurslarning   mavjudligi,   immigrasiya   natijasida   qo’shimcha   arzon   ishchi   kuchi
manbaining   doimo   mavjudligi   (XIX   asrning   so’nggi   30   yilida   AQShga   asosan
Yevropa   davlatlaridan   14   millionga   yaqin   immigrantlar   kelgan),   qishloq
xo’jaligida   kapitalizm   taraqqiyotining   «amerikacha   yo’li»ni   g’alaba   qilganligi, jadal   ravishda  temir   yo’llar   qurilishi,   mustaqillik  urushidan  so’ng  AQSh  urushsiz
va   urushda   muqarrar   bo’ladigan   katta   harajatlarsiz   rivojlanish   va   birinchi   jahon
urushidan   moliyaviy   foydalanish   imkoniyatlariga   ega   bo’ldi,   Farbiy   Yevropa
davlatlarining urushda bandligidan foydalanib Lotin Amerikasi mamlakatlarida o’z
mavqyeini mustahkamlashga erishdi.
AQShda ijtimoiy-siyosiy harakatlar va siyosiy partiyalarning tashkil topishi
Fuqarolar urushidan keyin xabash qullar chinakkamiga ozod bo’ldilar, ularga
oq   tanlilar   bilan   teng   siyosiy   va   grajdanlik   huquqlari,   quldorlik   plantasiyalarini
tugatish   hisobiga   ularga   chek   yerlar   berildi.   Janubda   «ku-kluks-klan»   (ko’zlari
uchun   teshiklar   qoldirilgan   oq   bulaxon   kiyib   yurib,   qora   tanli   aholini   terror
qiluvchilar) singari terrorchi tashkilotlar yana bosh ko’tardi, «linch sudlari» (unga
binoan   olomon   biror   jinoyatda   ayblanayotgan   kishini   ushlab   olib,   o’lim   jazosiga
hukm   qilgan   va   shu   yerda   ijro   etgan)   –   oddiy   hol   bo’lib   qoldi.   Ozod   qilingan
xabashlar   va   oq   tanli   kambag’allarning   kattagina   qismi   korandalarga   aylantirildi.
Hyech qanday mulkka ega bo’lmagan korandalar yer egalari bo’lgan plantatorlarga
hosilning   1/3   yoki   1/2   qismini   olish   sharti   bilan   yollangan.   Yer   egasi   sudxo’rlik
qilib,   olinadigan   hosil   evazidan   korandaga   qarz   berardi.   Qarzni   to’lashga   qurbi
yetmagan koranda odatda peonlarga (qarzdor qullarga) aylanardi.
AQShda   kapitalizm   taraqqiyotiga   imkon   tug’dirgan   qulay   sharoit   ishchilar
harakatiga ham ta’sir qildi. O’z ahvolidan norozi bo’lgan sanoat ishchilarining bir
qismi   Farbga   ko’chib   ketib,   bo’sh   yerlarni   qo’lga   kiritgach   fermerlik   bilan
shug’ullana   boshladilar.  XIX  asrning   oxirlarida   AQShda   doimiy   sanoat   ishchilari
tarkib  topdi. AQSh  ishchilar  harakatidagi   yana  bir   xususiyat  –  ishchilarning ko’p
millatligidir. Immigrasiya tufayli tarkib topgan bunday murakkablikdan burjuaziya
ishchilar   harakatini   bo’lib   tashlashda,   ular   o’rtasiga   nifoq   solishda   ustalik   bilan
foydalandi.   Immigrantlar   evaziga   ishchi   kuchi   bozorida   mavjud   bo’lgan   raqobat
ham ishchilar harakatini o’sishiga o’zining ta’sirini o’tkazdi.
1869   yilda   AQSh   ishchilarining   siyosiy   tashkiloti   «Mehnat   risarlari   ordeni»
tashkil   qilindi.   U   dastlab   maxfiy   tashkilot   sifatida   faoliyat   yuritdi   va   faqat   1878 yildan   ochiq   ishlashga   o’tdi.   Orden   o’z   oldiga   kooperativlar   tashkil   etish,   o’zaro
yordam   uyushtirish,   mehnat   sharoitlarini   yaxshilash   uchun   kurash   vazifalarini
qo’ygan edi. Orden rahbarlari jamiyatni evolyusion (tinch) yo’l bilan qayta tashkil
qilishga   intildilar.   1886   yil   mayida   Chikago   shahrida   bo’lib   o’tgan   ish
tashlashlardan   so’ng   orden   o’z   ta’sirini   yo’qotib   bordi.   Ordenning   ishchilar
hamkorligi   haqidagi   siyosati,   orden   ishchilari   bilan   mayda   burjuaziya   o’rtasidagi
kurash,   kooperativlik   faoliyatining   muvaffaqiyatsizlikka   uchrashi,   hukumatning
ta’qiblari   ordenni   tushkunlikka   olib   keldi.   XIX   asr   oxirlarida   AQShda   ishchilar
harakatiga rahbarlik qilish «Amerika mehnat  federasiyasi»  qo’liga o’tdi. 1881 yil
noyabrida   tred-yunionlarning   tashabbusi   bilan   Pitsburgda   syezd   chaqirilib,   unda
Qo’shma   shtatlar   va   Kanadaning   uyushgan   tred-yunionlari   va   ishchi   ittifoqlari
federsiyasi   tashkil   qilingan   edi.   Tashkilotning   1886   yilgi   Kolumbiya   syezdida
federasiyaga   «Amerika   mehnat   federasiyasi»   (AMF)   nomi   berildi.   AMF   sakkiz
soatlik   ish   kuni   uchun   kurashib,   ishchilarning   ommaviy   harakatlariga,   ish
tashlashlariga   rahbarlik   qildi.   AQShda   ishchilar   harakati   bilan   bir   vaqtda
fermerlarning ommaviy harakati ham rivojlanib bordi.
Temir   yo’l   kompaniyalarining   yer-suvni   talon-taroj   qilishi,   sanoat   mollari
narxini   ko’tarilishi,   temir   yo’l   ta’riflarining   qimmatlashuvi,   soliqlarning   og’irligi,
hukumatning   monopoliyalar   manfaatini   ko’zlab   yurgizayotgan   moliyaviy   siyosati
fermerlar   ahvolini   og’irlashtirib   yubordi.   60-yillarning   oxirlarida   O’rta   Farbning
agrar   shtatlarida   fermerlarning   norozilik   harakati   boshlanib   ketdi,   bu   harakat
tarixda «grenjerlar harakati» nomi bilan ma’lum. Mavjud ahvoldan norozi bo’lgan
fermerlar   1867   yilda   Grenjer   («ferma»)lar   ittifoqi   nomli   tashkilot   tuzdilar.   70-
yillarda   1,5   million   a’zoni   birlashtirgan   grenjerlar   kooperativlar   tashkil   qildilar,
bank kapitali ekspluatasiyasiga,  temir yo’l kompaniyalarining suyistemolliklariga,
jamoat   yer-suvini   talon-taroj   qilinishiga   qarshi   kurash   olib   bordilar.   Biroq,
iqtisodiy   ahvol   yaxshilanishi   bilan   ularning   faoliyati   susaya   boshladi.   Ko’p
o’tmasdan grenjerlar o’z o’rnini radikalroq harakat «grinbekerlar»ga    berib, o’zlari
siyosiy sahnadan tushib ketdilar. Grinbekerlar   hukumatning   valyuta   siyosatiga   qarshi   bosh   ko’tarib   chiqqan
qarzdor   fermerlar   harakati   bo’lib,   fuqarolar   urushi   vaqtida   federal   hukumat   450
million dollar qog’oz pul (grinbek – «greenback» ya’ni ko’k yelka yoki dollarning
teskari tomoni degan so’zdan olingan) chiqargan edi, bu pullar ularning qiymatini
to’lash   to’g’risidagi   hukumat   majburiyatlaridan   boshqa   hyech   nima   bilan
ta’minlanmagan   edi.   Urushdan   keyin   bu   pullarning   kursi   50%   ga   tushib   ketdi.
Hukumat grinbeklar miqdorini kamaytirib, asta-sekin ularni muomaladan chiqarish
to’g’risida   qonunlar   chiqardi.   Fermerlar   hukumatning   ana   shu   siyosatiga   qarshi
bosh ko’tarib chiqdilar. Ular o’z qarzlarini qiymati tushib ketgan grinbeklar bilan
to’lash huquqini himoya qilib, bunda arzon valyuta va qadri tushib ketgan qog’oz
pullar ularni iqtisodiy qiyinchilikdan qutulib olishiga yordam beradi degan qalbaki
nazariyaga   asoslangan   edi.   1875   -   yilda     «Grinbek   partiyasi»   tuzildi,   bu   partiya
qog’oz   pullarni   birdan   bir   muomaladagi   pul   deb   e’tirof   etilishini   talab   qildi.   Bu
partiyaga   1878   yilda   ishchi   va   kasaba   tashkilotlarining   ham   kirishi   natijasida   u
«Grinbek   ishchi   partiyasi»   degan   nom   oldi.   Shu   yili   u   kongress   saylovlarida
milliondan ortiq ovoz olib, kongressdan 15 ta o’rin oldi. Ammo, keyingi 1880 va
1884 yillardagi saylovlarda bu partiyaning ta’siri tushib ketdi.
Ishchilar   harakatini   shafqatsizlik   bilan   bostirish   va   rahbarlarni   ta’qib
qilinishiga   javoban   ishchilar   mustaqil   siyosiy   harakatni   kuchaytirib   yubordilar.
Nyu-Yorkda 1882 yildayoq Markaziy ishchilar ittifoqi tuzildi. Keyinchalik kasaba
ittifoqlari   va   Sosialistik   ishchi   partiyasini   o’ziga   birlashtirgan   «Birlashgan   Nyu-
York   ishchi   partiyasi»   tuzildi.   Birlashgan   ishchi   partiyasi   Genri   Jorj   nomzodini
Nyu-York merligiga qo’ydi. U yagona yer solig’ini joriy qilish uchun targ’ibot olib
borganligi   tufayli   shuhrat   qozongan   edi.   Jorj   o’zining   yagona   soliq   to’g’risidagi
nazariyasini   «Progress   va   qashshoqlik»   degan   kitobida   bayon   qilib,   u   ijtimoiy   –
iqtisodiy   balo-qazolarning   ildizi   yerning   xususiy   mulkchiligida   va   yer   rentasida
deb bildi. Shuning uchun u yer rentasini tugatib, yerni davlat ixtiyoriga o’tkazishni
taklif   etdi.   Bu   maqsadga   u   yerga   progressiv   soliq   solish   yo’li   bilan   erishmoqni
targ’ib qilgan edi. Uning taklifiga ko’ra soliq sekin ko’payib borib yer rentasining
miqdoriga barobarlashishi va qolgan barcha soliqlar esa bekor qilinishi kerak edi. 1892   yilgi   prezident   saylovida   respublikachilar   va   demokratlar   partiyasidan
tashqari o’sha yili paydo bo’lgan «Populistlar (xalq) partiyasi» ham faol qatnashdi.
Uning   tarkibiga   fermerlarning   shimoliy   va   janubiy   ittifoqlari,   «mehnat
risarlari»ning   qoldiqlari,   Genri   Jorj   muxlislari,   sosialistik   va   boshqa   progressiv
tashkilotlarning   vakillari   kirgan   edi.   Uning   dasturida   quyidagi   talablar   qo’yilgan
edi:   arzon   pul   chiqarish,   progressiv   daromad   solig’i   joriy   qilish,   temir   yo’llar,
telegraf   va   telefonni   milliylashtirish,   yer-suvni   unda   mehnat   qiluvchilar   qo’liga
topshirish,   sakkiz   soatlik   ish   kuni   to’g’risidagi   qonunga   qat’iy   amal   qilish   va
boshqalar.
De Leon boshchiligidagi AQSh sosialistik ishchi partiyasi  XX asr boshlarida
sektantchilik   siyosatini   o’tkazib,   ommaviy   harakatlardan   ajralib   qoldi.   Shuning
uchun   ham   birinchi   jahon   urushi   arafasida   partiya   a’zolarining   soni   keskin
kamayib   (3   ming   kishi)   ketdi.   1901   yilda   tuzilgan   Amerika   sosialistik   partiyasi
Yevropa sosial demokratik partiyalari tipidagi partiya bo’lib, uning ijtimoiy tarkibi
turli-tuman (ishchilar, fermerlar, mayda burjuaziya immigrantlar va h.k.) edi.
1905   yilda   AQShda   «Jahon   industrial   ishchilari»   ittifoqi   tuzildi.   Debs,   De
Leon va Xeyvud uning asoschilari bo’ldilar. Ittifoqning ta’sis syezdida u AMFning
sinfiy hamkorlik siyosatiga o’zining sinfiy kurash dasturini qarama-qarshi qo’ydi.
Ittifoq   ommaviy   tashkilot   bo’la   olmadi.   Uning   eng   kuchaygan   vaqtida   ham
a’zolarining soni 60 ming kishidan oshmagan.
XX asrning dastlabki 15 yili davomida AQSh aholisining soni 76 mln.dan 98
mln. kishiga yetdi. Amerika mehnatkashlarining murakkab hayoti nafaqat statistik
ma’lumotlarda   balki,   Amerika   madaniyatining   yorqin   namoyondalari   T.Drayzer,
E.Senkler,   L.Steffens,   J.London   va   boshqalarning   ijodi   namunalarida   ham   o’z
aksini  topgan, ular  makreykerlar  harakati  (axlat tozalovchilar – 1906 yilda AQSh
prezidenti T.Ruzvelt ularni shunday nomlagan edi) deb nomlangan harakatga asos
soldilar.   Makreykerlar   asarlarida   Shimoliy   Amerika   hayotining   deyarli   barcha
tomonlarini   siyosiy   korrupsiya,   katta   biznesdagi   jinoyatlar,   immigrantlarning ekspluatasiya   qilinishini   va   boshqalarni   aks   ettirib   islohotchilik   harakati   uchun
zamin tayyorladilar.
Islohotlarni   zarurligini   AQSh   hukmron   doiralari   ham   anglab   yetdilar.
Islohotchilikning   yorqin   vakili   sifatida   prezident   T.Ruzveltni   ko’rsatish   mumkin.
1901   yilda   Makkenli   vafotidan   so’ng   prezidentlik   lavozimiga   o’tirgan   va   1904
yilda   respublikachilar   partiyasi   tomonidan   qayta   saylangan   T.Ruzvelt
korrupsiyaga,   trestlar   monopoliyasiga,   sifatsiz   mahsulotlar   va   dori-darmonlar
ishlab chiqarishga, ayollar va bolalarning ekspluatasiya qilinishiga qarshi kurashdi.
U   trestlar   faoliyatini   nazorat   qilish,   turli   xil   mahsulotlarni   ishlab   chiqarishni,   ish
sharoitlari   va   temir   yo’llarni   nazorat   qilish   to’g’risida   qonunlar   chiqarishga
muvaffaq bo’ldi. Shuning uchun ham u AQSh tarixida «Trestlarni yakson etuvchi»
deb   nom   olgan.   Lekin   shunga   qaramasdan   AQShda   monopoliyalar   o’sib,   yanada
mustahkamlanib boraverdi.
AQShning tashqi siyosati va xalqaro ahvoli
XIX   asrning   so’nggi   choragi   davomida   AQShda   kapitalizmning   jadal
taraqqiyoti  AQShning tashqi  siyosatini  o’zgartirishiga  olib keldi. Endi AQShning
sanoat ishlab chiqarishdagi mavqyei uning jahon bozorida egallab turgan holatiga
mos kelmay qoldi. Tashqi bozorlarni qayta taqsimlash uchun kurash AQSh uchun
muqarrar bo’lib qoldi.
Amerika kontinentida iqtisodiy va siyosiy hukmronlikni qo’lga kiritish uchun
AQSh   panamerika   harakatidan   foydalandi.   Bu   harakat   Amerika   mamlakatlari
manfaatlarining   umumiyligini   targ’ib   qilar   edi.   1869-1890   yillarda   AQSh
tashabbusi   bilan   ilk   bor   Amerika   mamlakatlarining   xalqaro   konferensiyasi
chaqirildi,   u   Amerika   respublikalarining   xalqaro   ittifoqini   ta’sis   etish   to’g’risida
qaror qabul qildi. O’zaro iqtisodiy informasiya almashish va ittifoq qoshida doimiy
tijorat   byurosini   tashkil   qilish   (1910   yildan   u   «Panamerika   ittifoqi»   deb
nomlangan) mazkur ittifoqning asosiy maqsadi edi.
XIX   asrning   oxirlarida   Amerika   monopolistlarining   ideologlari   Bleyn,
Beverich,   Barrjes,   Fiski,   Mexxenlar   ekspansionizmni   targ’ib   qilib,   ingliz-sakslar irqining   ustunligi   va   AQShning   sivilizatorlik   roli   to’g’risidagi   nazariyalarni   avj
oldirdilar.
AQSh   diplomatiyasining   tipik   vositalaridan   biri   oldingi   ekspansion
doktrinalarni   kengaytirish   bo’ldi.   Venesuella   va   Britaniya   Gvineyasi   o’rtasidagi
chegara   nizosi   Olni   doktrinasining   e’lon   qilinishiga   sabab   bo’ldi.   AQSh   davlat
kotibi   R.Olni   1895   yil   20   iyulda   e’lon   qilingan   notasida   Amerika   qit’asidagi
davlatlarning   ichki   ishlariga   va   ular   o’rtasidagi   munosabatlarga   Yevropa
davlatlarining har qanday nazorati be’manilikdir degan fikrni surdi. 
AQSh,   Kuba   va   Filippinda   ispanlarga   qarshi   ko’tarilgan   milliy   ozodlik
harakatidan o’z maqsadi yo’lida foydalanmoqchi bo’ldi. AQSh Kubani bosib olish
rejalarini   bir   necha   o’n   yillardan   beri   tayyorlab   kelmoqda   edi.   AQSh   hukumati
ispanlarning   Kubada   qilayotgan   zulm   va   vahshiyliklariga   qarshi   bir   necha   marta
norozilik notalarini yubordi va AQShning «Meyn» kreyseri Gavannaga yuborildi.
1898   yil   15   fevralda   «Meyn»   kreyseri   portlab   ketdi,   natijada   260   kishi   halok
bo’ldi,   100   ga   yaqin   kishi   yarador   bo’ldi.   Kemaning   portlash   sabablari
aniqlanmagan bo’lsada, AQSh hukumati unda Ispaniyani aybladi. Ispaniyaning har
qancha   yon   berishiga   qaramasdan   AQSh   25   aprelda   Ispaniyaga   qarshi   o’zining
birinchi   imperialistik   urushini   e’lon   qildi.   3   oy   davom   etgan   urush   katta   harbiy
ustunlikka   ega   bo’lgan   AQShning  g’alabasini   ta’minladi.   Ispaniya   sulh   so’rashga
majbur bo’ldi.
1898   yil   10   dekabrda   Parijda   tuzilgan   sulh   shartnomasiga   muvofiq   AQSh
Filippin,   Puerto-Riko   va   Guam   orollarini   egallab   oldi.   Filippin   uchun   Ispaniyaga
20   mln.dollar   to’lab,   go’yoki   uni   sotib   oldi.   Kuba   mustaqil   respublika   deb   e’lon
qilindi,   amalda   esa   AQSh   protektorati   ostiga   o’tdi.   Kubaning   olinishi   Karib
havzasida   AQShning   hukmronligini   ta’minladi.   XIX   asrning   90-yillarida   AQSh
monopolistlari   Xitoyni   mustamlakaga   aylantirishga   urindilar.   Biroq,   boshqa   yirik
davlatlar   Xitoyni   o’z   ta’sir   doiralariga   taqsimlab   olganliklari   sababli   AQSh   o’z
mahsulotlarini Xitoyga olib kirishga haqli ekanligi to’g’risida 1899 yil sentyabrda
AQSh   davlat   kotibi   Xey   Angliya,   Germaniya,   Rossiya,   Yaponiya,   Fransiya   va Ispaniyaga   yuqoridagi   mazmunda   notalar   yuborib,   Xitoyga   nisbatan   «ochiq
eshiklar   va   bab-baravar   imkoniyatlar»   doktrinasini   e’lon   qildi.   AQSh   Xitoydagi
mavjud   ta’sir   doiralarini   tan   olar   ekan,   Amerika   tovarlari   uchun   Xitoyda   eshikni
ochib qo’yishni va teng imkoniyatlar, ya’ni bironta ham imtiyozlarsiz imkoniyatlar
prinsipini   joriy   qilishga   da’vo   qildi.   Shuningdek   AQSh   Xitoyda   «boksyorlar
qo’zg’oloni»ni   bostirishda   ishtirok   etdi.   1901   yil   7   sentyabrda   imzolangan
shartnomaga   ko’ra   Xitoy   g’olib   davlatlarga   333   mln.   dollar   (shundan   25   mln.
dollar   AQShga)   miqdorida   kontribusiya   to’lashi   lozim   edi.   1902   yilda   AQSh
kontribusiya   miqdorini   kamaytirib   uni   11   mln.   dollarga   keltirishga   rozi   bo’ldi.
«Ochiq   eshiklar»   doktrinasini   e’lon   qilinishi   va   «boksyorlar   protokoli»   Xitoyda
AQSh mavqyeini mustahkamlashda muhim rol o’ynadi.
AQShning Xitoyda «Ochiq eshiklar» siyosatini e’lon qilganligi, Tinch okeani
mamlakatlari   bilan   savdo-sotiqni   kuchayib   ketganligi,   hamda   Gavayi   va   Filippin
orollarini   bosib   olganligi   sababli   Tinch   va   Atlantika   okeanlarini   birlashtiruvchi
kanal qurish zaruriyati paydo bo’ldi. Angliya, Fransiya va Germaniya Xitoyga qarz
berish   to’g’risida   va   temir   yo’llar   qurish   uchun   birgalikda   konsessiya   olish
to’g’risida 1909 yilda Xitoy bilan bir bitimga kelganlaridan keyin AQSh Xitoyga
qarz   berish   jarayonida   AQSh   banklarining   qatnashishini   talab   qildi.   AQShning
diplomatik   tazyiqi   natijasida   Yevropa   davlatlari   rozilik   berdilar.   1911   yilda
imzolangan   bitimga   muvofiq   Xitoyni   ekspluatasiya   qilmoq   uchun   mazkur   4   ta
davlat banklarining konsersiumi tashkil qilindi. Kolumbiya territoriyasida Panama
kanalini   qurayotgan   fransuz   aksionerlik   jamiyatining   bankrotga   uchraganligidan
foydalanib,   AQSh   uning   barcha   aksiyalarini   sotib   olib,   kanal   qurilishini   o’z
nazoratiga   oldi.   Bunga   qarshilik   ko’rsatgan   Kolumbiyaga   nisbatan   Panama
isyonini   uyushtirgan   AQSh   Panamani   mustaqil   respublika   deb   e’lon   qilinishiga
erishdi.   Kanal   qurilishini   qo’lga   kiritgan   AQSh   1914   yilda   uni   qurib   bitkazdi.
Panama   kanali   AQSh   uchun   katta   harbiy   strategik   va   iqtisodiy   ahamiyatga   ega
bo’lgan yutuq edi.
AQSh   prezidenti   T.Ruzvelt   «Amerika   mamlakatlaridan   birortasida
tartibsizliklar   doimiy   tus   olganda   xalqaro   polisiya   rolini   bajarish   AQShning burchi»   ekanligini   ma’lum   qildi.   Shu   tariqa   o’rnatilgan   «Katta   to’qmoq»   siyosati
AQShni  Farbiy yarim  sharning  polisiyasiga  aylantirib  yubordi,  hamda AQShning
moliya   va   sanoat   kapitalining   Lotin   Amerikasi   mamlakatlariga   kiritilishini
osonlashtirdi.
1911   yilning   oxirlarida   AQShning   Meksikaga   sarflagan   kapitali   1,5   mlrd.
dollarga   yetdi.   Meksika   shaxtalarining   78%,   metallurgiya   korxonalarining   72%  
AQShga    tegishli edi. AQSh iqtisodiy, diplomatik va harbiy tazyiq o’tkazish orqali
Markaziy   Amerika   mamlakatlarini   o’zining   yarim   mustamlakasiga   aylantirdi.
Natijada   bu   mamlakatlar   AQSh   sanoati   uchun   xom   ashyo   yetkazib   beradigan
monokulturali   agrar   mamlakatlarga   aylanib   qoldi.   AQShning   Lotin   Amerikasi
mamlakatlaridagi   moliya-iqtisodiy   siyosatiga   «Dollar   diplomatiyasi»   deb   nom
berildi. Asosiy adabiyotlar
1. Новая   история   стран   Азии   и   Африки.   Под.   Ред.
А.М.Родригеса. В. 3 т. М., 2010.
2. Х рестоматия  по истории Нового времени стран Европы и
Америки .   сост. Д.В. Кузнецов . В. 2 часть.   Благовещенск:
Изд-во БГПУ, 2010.
3. Новая история стран Европы и Америки. Второй период.
Под ред. И.М. Кривогуза и Е.Е. Юровской. М., 1998.
4. Новая   история   стран   Европы   и   Америки.     Под   ред.
А.М.Родригеса  и  М . В .  Пономарева .  В. 3 т.  М.,  2005 .
5. Хидоятов Г.А. История дипломатии. Ташкent, 2004.
6. Ergashev Shuhrat. Jahon tarixi yangi  davr XVI-XVIII  asrlar.
Toshkent «O‘zbekiston». 2014.

Shimoliy Amerikada mustaqillik urushi va AQShning XIX asr XX asr boshlaridagi tarixi Reja: 1. Shimoliy Amerikada ingliz mustamlakachiligining o’rnatilishi. 2. Mustaqillik urushining sabablari va urushning boshlanishi. 3. Mustamlakalarning Angliyadan ajralib chiqishi va «Mustaqillik deklarasiyasi». 4. Mustaqillik urushining yakuni va oqibatlari. 5. XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH

Shimoliy Amerikada ingliz mustamlakachiligining o’rnatilishi Tarixchilarning taxminicha, Amerikaning dastlabki aholisi hozirgi hindular va eskimoslarning bundan 20-25 ming yilcha oldin Osiyodan kelgan ajdodlari bo’lgan. Kolumb Amerikani ochgandan keyin ko’p o’tmay, qit’a muntazam ravishda Yevropa davlatlarining mustamlakalariga aylantirila boshlangan. Mustamlakalarni egallash uchun Yevropa davlatlari o’rtasida kurash qizigan. XVII asrning boshida Ispaniya Shimoliy Amerikada Florida, Texas, Kaliforniya, Meksikani (Portugaliya egallab olgan Braziliyadan tashqari) butun Markaziy va Janubiy Amerikani bosib oldi. Fransuzlar Kanadada (1604 yildan boshlab), Missisipi daryosi havzasida – Luizianada (1699 yildan boshlab) o’rnashib oldilar. Gollandlar (1609 yildan boshlab) Gudzon daryosi havzasida Yangi Gollandiya mustamlakasiga asos soldilar. Shimoliy Amerikani inglizlar tomonidan mustamlakaga aylantirilishi 1607 yildan ya’ni Virginiya deb atalgan mustamlaka (qirolicha Yelizaveta sharafiga shunday deb nomlangan) barpo qilingandan keyin boshlandi. «May guli» kemasida kelgan mustamlakachi puritanlar 1620 yilda Nyu-Plimutga, 1622 yilda Nyu-Gempsherga, 1628 yilda Massachusetsga, 1934-1637 yillarda Konnektikutga, 1636-1643 yillarda Rod-Aylendga va Nyu-Gevenga asos soldilar. Bu mustamlakalar 1664 yilda Massachusetsga qo’shib olinib, Yangi Angliya deb ataldi. Mustamlakalar ichki boshqaruvda o’z mustaqilligini saqlagan holda Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari nomli ittifoq tuzdilar. Markaziy rayonda Nyu-Jersi, Pensilvaniya, janubda Merilend, Shimoliy Karolina va Janubiy Karolina va Jorjiya nomli mustamlakalar tashkil topdi 1760 yilda Sharqda Atlantika okeanining qirg’oq bo’ylaridan to G’arbda Appalachi tog’larigacha bo’lgan hududda 13 ta ingliz mustamlakalarida hindulardan tashqari 1,6 millionga yaqin aholi yashagan. Ingliz mustamlakalari aholisining milliy tarkibi juda murakkab bo’lib, aholisi asosan yevropaliklar (inglizlar, irlandlar, shotlandliklar, nemislar va gollandlar) dan

iborat bo’lgan. ingliz mustamlakalari aholisining soni tez o’sgan bo’lib, 1775 yilda 2,6 million kishiga yetgan. Amerikadagi ingliz mustamlakalarini xo’jaligiga ko’ra 3 ta guruhga ajratish mumkin. Yangi Angliya deb atalgan shimoliy mustamlakalarda asosan ijara-fermer xo’jaligi, qisman hunarmandchilik va manufaktura sanoati taraqqiy etgan. Shimoliy mustamlakalarning markazi Boston shahri bo’lgan. Markaziy mustamlakalar hududi g’alla yetishtirishga ixtisoslashgan. Ularda kapitalistik fermerliklar ko’pchilikni tashkil etgan. Pensilvaniya, Nyu-Jersi va Nyu-York mustamlakalarida fermerlik bilan birga sanoat korxonalari va savdo rivojlangan. Janubiy mustamlakalarda asosan quldorlik plantasiyalari, xususan tamaki yetishtirish keng tarqalgan. XVIII asrning 70-yillarigacha janubiy mustamlakalarda paxta yetishtirishga katta ahamiyat berilmagan. Paxtaga mashinalar bilan ishlov berish 90-yillarda boshlandi. 1793 yilda Ilay Uayten paxtani chigitdan tozalaydigan mexanik mashina–jinni ixtiro qilgandan so’ng quldorlik plantasiyalarida keng ravishda paxta ekila boshlangan. Mustaqillik urushining sabablari XVIII asrning so’nggi choragida ko’pchilik mustamlakalar Angliya qirolining boshqaruvi ostida bo’lgan. Konnektikut va Rod Aylend mustamlakalari qirol tomonidan tasdiqlanuvchi saylangan gubernatorlar tomonidan boshqarilgan. Pensilvaniya, Delaver va Merilend alohida kishilarga tegishli bo’lgan. Barcha mustamlakalarda maslahat organiga ega bo’lgan saylangan vakillarning palatalari faoliyat ko’rsatgan. Mustamlakalarda din katta rol o’ynagan. Amerikada ko’plab diniy sektalar mavjud bo’lib, ularning orasida puritanlik cherkovi ustunlik qilgan. Inqilob arafasida mustamlakalarda 8 ta kollej (oliy maktablar) mavjud bo’lib, ular asosan ruhoniylar va amaldorlarni tayyorlagan. XVIII asrning oxirlarida Amerikada dunyoviy bilimga ega bo’lgan aholi ko’pchilikni tashkil qilgan. Shunday kishilardan biri Veniamin Franklin (1706-1790) bo’lgan. V.Franklin Amerika jamiyati hayotida katta tashabbuskorlik faoliyatini

ko’rsatib, tipografiya, jamoat kutubxonasi, kasalxona va akademiya ochgan. Mustamlakalarning Angliyadan ajralib chiqish uchun boshlangan kurashining muhim sabablaridan biri mustamlakalar va metropoliya o’rtasidagi savdo va sanoat sohasidagi raqobat edi Mustamlakalarda boshidanoq sanoat tez rivojlangan. Mustamlakalarda dehqonlar bir vaqtning o’zida hunarmandchilik ham qilishgan. Amerikada XVIII asr o’rtalaridan boshlab shishasozlik, charmgarlik, kemasozlik, temirchilik kabi yirik manufakturalar keng taraqqiy etgan. XVIII asr ingliz hukumati mustamlakalarda manufakturalar qurilishini taqiqlovchi ko’plab qonunlar qabul qilgan. Mustamlakalarda savdo cheklangan. Navigasion aktlar mustamlakalarni Angliyadan tashqari har qanday davlat bilan savdo qilishini man etgan. Ingliz mustamlakachi hukumatining bu siyosati birinchi navbatda mustamlakalarning savdo va sanoatini bug’ib qo’yishga qaratilgan edi. Shimoliy Amerikadagi ingliz mustamlakalari Metropoliyaning g’arbiy hududlarga aholining ko’chib kelishini ta’qiqlash siyosati janubiy quldor plantatorlarning manfaatiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi. Chunki yirtqich plantasion xo’jalikka yangi-yangi unumdor hududlar zarur edi. Virginiya aholisi Amerika mustamlakalaridagi xalqlarni ingliz qiroli o’zining fuqarolari deb hisoblashga haqli emasligi haqidagi shiorlar bilan chiqdi. 1765 yil ingliz hukumati gerb solig’ to’g’risida qonun e’lon qildi. Mustamlakadagi barcha savdo va sanoat korxonalarida bu soliq joriy qilindi. Hisob-kitoblar, shartnomalar, tilxatlar, ro’znomaning har bir soni, universitet diplomlari va boshqa hujjatlar gerb solig’iga tortildi. Bunga javoban mustamlakalarda namoyishlar bo’lib, unda Angliyaga qarshi norozilik chiqishlari yangradi. Shu yili Nyu-York shahrida mustamlakalarning vakillari ishtirokida kongress chaqirildi. Kongress a’zolari mustamlakalarda faqat aholining roziligi bilangina yangi soliqlar joriy qilinishini talab qildilar. Ingliz sanoati va savdo mahsulotlariga boykot e’lon qilindi.

Boykot natijasida metropoliyaning mustamlakalar bilan savdosiga katta zarar yetdi. London savdogarlari umumpalatasiga savdoning qisqarib ketganligidan zarar ko’rilayotganligi bois gerb solig’ini bekor qilish haqida talabnomalar tusha boshladi. Parlament gerb solig’i to’g’risidagi qonunni 1766 yilda bekor qilishga majbur bo’ldi. Britaniya moliya vaziri bo’lgan Tausendning taklifi bilan 1767 yil iyunda yangi qonun qabul qilindi va u «Tausend qonuni» deb nom oldi. Bu qonunga ko’ra ingliz mustamlakalarida oyna, qog’oz, choy va boshqa kontrabanda importi deb ataluvchi sanoat mahsulotlariga soliq solindi. Bu qonun ham ommaning norozilik harakatlarini kuchaytirdi. Angliya parlamenti mustamlakalarni soliq to’lashga majbur qilish maqsadida va boykot kurashiga qarshi chora sifatida mustamlakalarga keltirilgan ingliz choylarini boj solig’idan ozod qildi. Ingliz parlamenti arzonlashtirilgan choyni aholi tomonidan xarid qilinishining kuchayishiga umid qilmoqda edi. Ammo Amerika vatanparvarlari bunday tuzoqqa tushmadilar. Ingliz choylariga boykot e’lon qilindi, mustamlakalarda vaqtincha choy iste’mol qilish to’xtatildi. 1773 yilda Boston savdogarlari mahalliy fuqarolar orqali kemalardagi ingliz choylarini suvga tashlatdilar. Bu voqyea tarixda «Boston choyxo’rligi» deb ataladi. 1774 yil Ogayo va Missisipi shtatlari orasidagi hududlarni Kvebek provinsiyasiga berish to’g’risidagi mashhur qonun e’lon qilindi. Bu qonun vakillik organiga ega bo’lmagan, katolik dini hukmron bo’lgan mustamlaka - Kvebek hududining kengaytirilishini anglatar edi. Bu qonun Virginiya, Massachusets va Konnektikut mustamlakalarining shimoliy-sharqqa tomon kengaytirish to’g’risidagi talablariga zid kelmoqda edi. Mustamlakalarni birlashtirish maqsadida Massachusets va Virginiya mustamlakalarining tashabbusi bilan 1774 yil 5 sentyabrida Filadelfiyada kongress chaqirildi. Bu kontinental kongressda ingliz hukumati bilan qonuniy usullarda munosabatda bo’lish tarafdorlari – loyyalistlar ko’pchilikni tashkil qildi. Ular Angliya bilan mustamlakalar uchun maxsus konstitusion rejim